Sevgi haqida she’rlar
Koinot yurtiday zaminimizni
Mehrdan yog‘ilar qalblarda chiroq
Mehrla asrasak o‘z elimizni
Soldi nar g‘animlar qalbiga titroq.
Bayroq haqida sara sherlar to‘plami uzbekcha she’r
Ko‘kda hilpirar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i
Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i
“O‘z bayrog‘im” deb xalqim, dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, o‘z ramzi, manosi bor.
Iqbol Mirzo: O‘zbekiston bayrog‘i
Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Abdulla Oripov: O‘zbekiston bayrog‘i
Har qanday lashkarning ham
O‘z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tog‘dor yurtim,
Muhtasham respublikam.
O‘ylama, ha, olamda
Nasibiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaverar.
Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir sanat yaratibdi,
Maqsadi – bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.
Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.
Sanasang hodisot mo‘l
O‘zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.
Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?
Bir kuni yovqur shoir
Yani Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaverdi
Uning dardi so‘rog‘i,
O‘sha-o‘sha zamin kar,
O‘sha-o‘sha gung oftob.
Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.
Hilpirayver bayrog‘im
Bayrog‘imiz to‘rt rangda,
Qizil, yashil, moviy, oq
Menga oq rangi yoqar,
Hammasidan ham ko‘proq.
Oq rang insonlarga xos,
Odil, soflik belgisi
Yashil rangi Vatanning
Qir-adrlar ko‘zgusi.
Qizil rangi ham inson,
Tomirida oqqan qon.
Moviy rang o‘lkadagi
Ko‘m-ko‘k musaffo osmon.
O‘n ikki yulduz asli,
Viloyatlar ramzidir.
Bu bayroq Vatanimiz
Chiroyidir, faxridir.
O‘zbekiston ramzlari
Bobom uqtirgan takror
Istiqlol bu – baxt, deya.
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq, gerb va madhiya.
Bugun dadam berar dars
Asramog‘ing shart, deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.
Millat bayrog‘i
Qora o‘tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda,
Mehr-ko‘zda, muhabbatda,
Porla, Millat bayrog‘i!
Osmon to‘la yulduz-oppoq,
Bir-biridan chaqnoq biroq,
12 si eng yarqiroq,
Porla, Millat bayrog‘i!
Mangulik hur yo‘lidasan,
O‘ngidasan, so‘lidasan.
Ozod xalqning qo‘lidasan
Porla, Millat bayrog‘i.
Qo‘limda bayroq
Moviy, yashil, oq,
Qo‘limda bayroq,
Yuguraman shod,
Vatanda ozod!
Shamolda g‘ir-g‘ir,
Hilpiraydi hur.
Dilim shoshadi,
Zavqim toshadi.
Ona tabiat
Va jo‘shqin hayot,
Musaffo osmon,
Tomirimda qon.
Pok orzularim,
Jam bo‘lgan bari.
Boshla mayog‘im
Vatan bayrog‘i!
Hilpilla bayrog‘im!
Yellar-la hilpilla, bayrog‘im,
Viqor-la silkilla, bayrog‘im!
Qulama, yiqilma, egilma,
Olamga qut ula, bayrog‘im!
Vatan bayrog‘i
Sog‘insak boqamiz
Moviy rangini
Yulduzlar eslatar
O‘z osmonimizni
Oy ham yangidan
Bayroqqa payvanddir
Bizning jonimiz
Bunda hindu arab
Hatto bor hakas
O‘zbekiston desak
Qilishar havas
Farangu olmondan
Do‘stlarim talay
Mening bo‘ylarim ham
Undan kam emas
Bilaman dunyoda
Vatanlar ko‘pdir.
Har birin o‘z yori
Bordir o‘z nomi.
Jo‘marddan deganing
Armoni yo‘qdir,
Bayroqdan boshlansa
Vatan salomi
Balki bu so‘zlarim
Sodda, odmiroq
Etibor bermaymiz
Bazan o‘zimiz
Bayrog‘imiz doim
Bizdan jidinroq
Dunyoga tanitar
Yorug‘ yuzimiz.
Yurtim bayrog‘i
Boshim uzra hilpiraydi bayrog‘im
Senga boqsam chaqnar ko‘zim qarog‘im.
Moviy, yashil, oppoq erur ranglari
Qizil chiziq tomirdagi qonlari.
Osmonimiz bo‘lsin moviy musaffo
Poyi uzra yashil vodiylar paydo.
Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,
Oy yulduzlar shulasini porlatib
Hilpirayver ona yurtim bayrog‘i
Sen erursan yuraklarning ardog‘i.
O‘zbekcha bayroq!
Vatan siymosini ifoda etib
Ko‘kda hilpiraydi o‘zbekcha bayroq
Hilol oy yulduzlar va to‘rtta rangi
Moviy, qizil, yashil hamda oq.
Harbiri o‘zgacha mano kasb etib
G‘urur iftixorla tilga kiradi.
O‘zida yashirin sirli hilqatni
Navbatma navbat ochib beradi.
Moviy rang tiriklik yashash imkoni
Beg‘ubor osmon–u halollik ramzi
Agarki bilsangiz shu rangda edi
Temur davlatining bayrog‘i rangi.
Sadoqat yashirin unda begumon
Shon shuxrat yaxshilik bari jamuljam
Unda tavof aylab ko‘zlarga surtsak
Dunyolar ichida bo‘lmasmiz hech kam.
Oq rangda aks etgan poklik va soflik
Orzu va xayollar charag‘onligi
Tinchlikday muqaddas qo‘rg‘onimiz u
O‘zbekistondek yurtim faravonligi.
Koinot yurtiday zaminimizni
Mehrdan yog‘ilar qalblarda chiroq
Mehrla asrasak o‘z elimizni
Soldi nar g‘animlar qalbiga titroq.
Yashil rang uyg‘onish yasharish demak
Yashillik yarashar go‘zal bo‘stonga
Navqiron umidli shodumon yoshlar
Timsoli ko‘rk berar O‘zbekistonga.
Bayrog‘imda
Vatanim shon-shuhrati,
Salohiyat, qudrati,
Mustaqillik nusrati
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da.
Ranglarining manosi,
Xalqning ruhi, navosi,
O‘zbekiston havosi –
Aks etgan Bayrog‘imda.
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da.
Men shu Vatan erkasi,
Men shu Vatan ertasi.
Alpqomat yelkasi –
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da!
Bir bayroq ostida
Hurlikni ulug‘lab hilpirar mag‘rur
O‘zbek iftixori vatan bayrog‘i
Yashaydi millatlar do‘st-inoq masrur
Sajdagoh makondir oltin tuprog‘i.
Karvonin boshlaydi dovyurak sarbon
Murodli manzilga aziz xalqini
Ko‘rsam der yurtini jannatiy makon
Bag‘ishlab eliga umri qalbini.
Kechdi bu zamindan Manguberdilar
Kubrolar, Temurlar shavkati-shoni
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt
Bir bayroq ostida yashnadi zamon.
Istiqloldan keyin ajdodlar tug‘in
Yangiladik ne tong erk bo‘ldi qarov
Balqdi tantanavor boshimiz uzra
Xalqimiz timsoli milliy bir yalov.
Mo‘tabar bayrog‘im
Bayroqdagi 4 xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to‘ldirar
Maqsad sari tenglikda.
Havo rang tinchlik demak
Oq – rangdir poklik ramzi
Yashil – yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi.
Yulduzlar doim sirli
Manolarni so‘zlaydi
12 yulduz 12 oy
tarixdan so‘zlaydi.
Yangi chiqqan to‘lin oy
Har ko‘zni o‘zga chorlar
Duoga ochamiz qo‘l
Dilga nur, poklik solar.
12 baxt yulduzi.
O‘ziga xo‘p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog‘i
Bizga juda mo‘tabar
O‘zbekiston bayrog‘i.
Bayrog‘imiz dunyo uzra
Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog‘imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug‘ soladi.
Bayroq ranglariga sher
Oq rang:
Men-chi oq rang bo‘laman
Vazifam – doim tinchlik
Timsolim – soflik, poklik
Orzu va xayollar bilan
Intilishim ichki go‘zallik.
Moviy rang:
Men moviy rang bo‘laman
Bayroqdan joy olganman,
Tiriklik, mangu osmon
Obihayot ramziman
Donishmandlik, halollikni
Yaxshilik sadoqatni
O‘zimda aks etganman.
Amir Temur ruhini
Doimo shod etgayman.
Yashil rang:
Bayroqdagi yashil rang
Tabiat yangilanishi
Ko‘pgina xalqlarda esa
Umid va shodumonlik.
Qizil chiziq:
Qizil chiziqlar esa
Vujudda oqayotgan
Hayotiy irmoqlarni
Jo‘shishidan berar darak.
Oy:
Men bilan tarix bog‘liq
Ayni paytda esa men
Sizlarga muhim bog‘liq
Mustaqillik ramzi ham.
Yulduz:
O‘zbek xalqi qadimiy
Madaniyat beshigi
Tuprog‘ida saodat
Komillikdir eshigi.
Istiqlol bayrog‘i
Ona yurtim jon yurtim
Hur O‘zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog‘ini
O‘pib yuzimga surtdim.
Ichida it hurgan odamlar, Aybim izlab yurgan odamlar, Sizga yordam bergim keladi, Meni yomon ko’rgan odamlar.
Orzular yo‘lidan ORTGA qaytolmay, Bechora qalbimni o‘yib tig‘ladim, Xattoki onamga DARDIM aytolmay, Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim.
Bir do’stim bor jondan ham aziz, Yuzi doim kulib turadi. Unga hamma havasla boqar uni shodlik yaxshi ko’radi. Bir do’stim bor qalblari otash.
Dard cheksang ogrikni tanang biladi Kiynoklar ozorin boshqalar bilmas Kimlardir ustingdan handon kuladi O’zingdan o’tkanin o’zgalar bilmas.
Ko’p adashib qoldim g’aflat uyqusida. Vafo bor deb netay do’stning kulgusida. Omad ketib mehrga zor bolgan kunim. Kim kimligin ko’rdim hayot ko’zgusida.
Allohim insof ber bag’ri toshlarga, Vijdoni yo’qlar u benomuslarga, Allohim insof ber nomard nokasga, Bir umr hayosiz nazar pastlarga, Allohim insof ber tig’siz so’yganga, Yoningda do’stman deb iymon sotganga.
Ayolning baxosi bebaxo biling Bexuda savdoga qo’yib qo’ymanglar G’uriri yo’q bo’lsa o’nta ayolni Minglab ayollarni yerga urmanglar. .
Shu kunlarda bahorga zorman, Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q. Kuz singari za’far ruxsorman, Mevalar ham shoxlardan uzuq.
Mayli qish bo’lsinu bahor bo’lmasin. Mayli to’y bo’lsinu naxor bo’lmasin. Qizlar yanog’idan oqmasin ko’zyosh. Bir qizga ikki bor yor yor bo’lmasin.
Yolg’on emas qiyomatning daxshatlari.. Million yilga tatigulik azoblari.. O’tkinchidir bu dunyoning lazzatlari.. Omonatdir bu UMRNING tillolari.
Izohlar 30
Xush kelibsiz she’r saytimizga!
Bu sayt she’r yozishni sevuvchilar uchun yaratilgan. Bu yerda siz o’z she’rlaringizni yozishingiz, ularga izoh qoldirishingiz va boshqa foydalanuvchilar bilan ulashingiz mumkin.
Yangi she’rlar
Bu sahifada yangi yozilgan she’rlar ro’yhati joylashadi. Siz bu yerda boshqa foydalanuvchilarning yozgan yangi she’rlarini ko’rish, ularga izoh qoldirish va ularga reaksiya ko’rsatishingiz mumkin.
She’r ro’yhati
She’r ro’yhatida sizning yozgan she’rlaringiz va boshqa foydalanuvchilar tomonidan yozilgan she’rlar joylashadi. Siz bu yerda o’z she’rlaringizni boshqa foydalanuvchilar bilan baham ko’rish, ularga izoh qoldirish va ularga reaksiya ko’rsatishingiz mumkin.
Izohlar
Bu sahifada siz o’z izohingizni qoldirishingiz mumkin. Siz boshqa foydalanuvchilarning yozgan she’rlarga izoh qoldirishingiz va ularga reaksiya ko’rsatishingiz mumkin.
Biz bilan bog’lanish
Agar sizda savollar yoki takliflar bo’lsa, biz bilan bog’lanishingiz mumkin. Bizning xodimlarimiz sizning savollaringizga javob berishadi va sizga yordam berishadi.
Ma’lumotlar himoyasi
Biz foydalanuvchilarimizning ma’lumotlarini himoya qilishga qat’iy nazar tutiladi. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qanday xususiyatlarga ega bo’lmaydigan holda himoya qilamiz.
Xavfsizlik
Biz saytimizga kirish uchun xavfsizlikni ta’minlash uchun kerakli qo’llanmalarni amalga oshirishga intilamiz. Bizning saytimiz xavfsiz va himoyalangan.
Qo’llash shartlari
Siz saytimizda yozilgan she’rlarni o’qishingiz, ularga izoh qoldirishingiz va o’z she’rlaringizni yozishingiz mumkin. Ammo sizning yozgan she’rlaringizda hech qanday qonunvoya yoki qonunvoya qarshi mazmuni bo’lishi mumkin emas. Biz sizning yozgan she’rlaringizni tekshirib, qonunvoya qarshi mazmunlarni o’chirishga intilamiz.
Yakun
Umid qilamizki, sizning uchun bizning she’r saytimiz foydali bo’ladi va sizning yozgan she’rlaringiz boshqa foydalanuvchilar uchun ilham manbai bo’ladi. Bizning saytimizga xush kelibsiz!
© 2023 «Vatanda.Com» – Sherlar.
Sevgi haqida she’rlar
Dunyoga kelib ko’rib men seni.
Va lekin demasman sendan o’zgani
Agar hayot k’izg’onsa mendan seni
Shu kundan hisobla o’lgan deb meni.
Sevgi o’ta shirin bo’ladi,
Uni fak’at yurak biladi..
Agar sevgi yurakda bo’lsa
Uni k’izlar oshkor k’iladi.
Armon bo’lgan sevgilim
Parilarga o’xshaysan
YOnimda yo’k’san lekin
Yuragimda yashaysan..
Ehtirosga limmo-lim k’albim
To’lib bo’lgan orzu muhabbat
Beixtiyor pichirlar k’albim
YOlg’iz seni sevaman fak’at
Yuragimdan otilgan nido
Orzularim bo’ cho’zar k’at-k’at
Tog’lar berdi shunday aks sado
YOlg’iz seni sevaman fak’at.
Ketib k’oldi o’chmas xotira
K’o’limdagi dasta dasta xat,
Bir yozuv bor hech tortmas xira
YOlg’iz seni sevaman fak’at.
Sevaman toki jonim chik’k’uncha
Sevaman toki umrim etguncha
Sevaman toki sevgim dilga botguncha
Shahlo ko’zlaring sevgi bilan bok’k’uncha.
Mayli meni k’iynasin hayot,
G’azab bilan solsin firok’k’a.
Seni sevdim sevaman fak’at,
Ko’mulguncha k’albim tuprok’k’a.
Meni ko’rib kulib k’arashiyz
K’alaysan deb ahvol so’rashiyz
Sezmaysizmi dilim o’rtashiyz
Ko’rsam ko’zlaringizni sog’indim
Uchrashganda k’o’l berishingiz
To’k’nash kelsak yo’l berishingiz.
Kutaman xatlaring har ok’shom sahar,
Shunchalik k’iyinmi olmok’lik xabar
Kutaver hayotim bo’lsada zahar,
SMS yozarsan balki bu sahar.
Nigohlarim unsiz yig’laydi,
Orzulardan kechib bo’lmaydi
Kechdim hatto dunyo dardidan,
Nechun sizdan kechib bo’lmaydi.
Siz baxtlisiz men esa birok’,
Tilkalaydi k’albimni firok’.
Yuum-yuum yig’lar ko’zlarim tinmay,
Ayting sizsiz ayting men ne k’ilay.
Sizsiz hatto yashay olmasam.
Ayting jonim men k’anday yashay?
Oshik’ bo’lsang bir go’zal k’izga,
Aldamasdan ayt yuziga.
Aytolmasan shu go’zal k’izga
Tegma unda uning labiga.
Jimgina sevaman yonib sevaman,
Bo’ldi ishk’im zorim aytmayman sizga
Ko’nglim azobidan tonib sevaman,
Dardlarim aytmayman endi yulduzga.
Sevgi vafo mkhabbat,
Bu ajab bir tuyg’udir.
Sevish kerak olohni,
Tangri o’zi buyukdir.
Insonni k’ancha sevmang
U baribir omonat,
Bir kun tashlab ketadi,
Inson k’albi o’likdir.
Yig’lab sik’tab k’olamiz
Tak’dirimizni ayblab,
Bilmaymizda har inson.
Olloh ila tirikdir
Shuning uchun ey do’sti
G’am g’ussaga ne hojat
Olloh doim biz bilan,
Shudir katta boylikdir.
Azizim k’ulok’ sol sevaman seni
Go’zallik taratuvchi shaxta ko’zingni
O’ylama sevdi deb go’zalligimni
Men seni sevaan ak’li hushingni.
Gar bo’lsa falakda
Cheksiz yulduzlar
Xayolim sendadir
Kechayu-kunduz
Seni sog’inaman
Har tong har kecha
K’albimda yashaysan
Mangu o’lganumcha.
Shirin-shirin xayol suraman,
Goho senga duchor kelaman.
Shunda k’albim pichirlab deydi,
YOndirsang ham seni deydi.
Osmonga uzatsam etadi k’o’lim
Sevgi izhor k’ilishga ojizdir tilim
K’o’rk’aman rad etsangiz og’riydi dilim
Hanuz sizni sevaman yolg’iz sevgilim
Orzusida etgan kim bor armoni yo’k’
Armoni bor kimsa borki imkoni yo’k’
Hurmat bilan so’rok’lashib turgani baxt
Kerak bo’lmay k’olishingdan yomoni yo’k’
Bo’lar bo’lmas k’o’ng’irok’k’a xushim yo’k’ deb
Ming tashvishga mening o’nta boshim yo’k’ deb
Noliyvermang charchadim deb ishim ko’p deb
Kerak bo’lmay k’olishingdan yomoni yo’k’.
Og’ushimda zangori sevgi
Kiprigimda suyuk’ hayajon
Ko’zlarimda yumalok’ sezgi
Salomatman men ham onajon
Men sevgimni xavolarga uchirdim
Yuragimdan muhabbating o’chirdim
Menga k’ilgan xiyonating kechirdim
Kechirdimu, lekin endi k’aytolmayman.
Gulim, mehr ko’zda degani yolg’on,
Mening dilimda hech o’chmas york’insiz,
K’ancha ko’rishmasak shuncha k’adrdon,
K’ancha olis bo’lsak shuncha yak’insiz.
Devon oshik’man, men bir devona,
Ayting, sizdan bo’lak kimim bor yana
Siz yo’k’ chog’imdagi dunyom begona,
Siz yo’k’ bog’imdagi gullar yok’imsiz.
Siz achchik’ k’ismatim siz iztirobim
Siz shirin dardimsiz shirin azobim,
Siz mening ko’klardan topgan oftobim,
Erlarga yo’k’otgan ko’zmunchog’imsiz.
Siz o’sha ko’zimning kiftida yurgan,
Siz o’sha ko’nglimda ko’nglini k’urgan,
To’kilay deb tilim uchida turgan
Sherimsiz bir umr bitmas ohimsiz…
Sevaman deb kuchada ortingdan yurganga emas!!
Eshigingni bir tepib sovchi yuborganga ishon.
Jonim sizni birgina men emas mayus boqan ko’zlar sog’indi
Jonim sizni birgina men emas yurak qumsab ko’nglim sog’indi
Jonim sizni birgina men emas quchoq ochgan qalbim sog’indi
Jonim sizni birgina men emas sizga intiq lablar sog’indi
Sog’inib ketaman sog’inaman jim!
Ko’rgim kelar uning charos ko’zlarin
Endi unga xech kim ekanman xech kim,
Xatto ko’rishgani yo’q ekan xaqqim
Xayot deb atalmish ushbu dunyoda …
Odamzot soginmay yashay olmaydi …
Xattoki dunyoda telba inson xam …
Kimnidur soginib kutib yashaydi
Dunyoda biz doim kadr izlaymiz
Kadrimiz bilganni kadrin bilmaymiz
Mexrimiz tashna insonni kochaga xaydab
Gulni senlaymizu toshni sizlaymiz.
Yigitlarning uzi qiziq
O’zidan xam so’zi qiziq
Bitta qizni ko’rib qolsa
O’ynab turgan ko’zi qiziq
Sevishadi ikki xafta
Ko’pi bilan olti xafta
Boshqasini ko’rib qolsa
Boshlanadi yangi xafta!))
Ona deb umringni surmoğing kerak,
Bolam deb oyoqqa turmoğing kerak.
Hammasi õtginchi boylik ham, pul ham,
Dozoxning borligin bilmoğing kerak…
sevgi sherlar, sevgi haqida sherlar, sherlar sevgi skachat, sevgi haqida sherlar skachat, sherlar to plami sevgi, mp3 sherlar sevgi, sevgi foto sherlar, uz sherlar sevgi.
Bahor fasli haqida sher va sherlar to‘plami
Qisqacha: Bahor fasli, toʻrt fasldan biri boʻlib yoz va qish fasllarining oʻrtasida joylashgan fasldir. Bahor fasli 3 oydan iborat: Shimoliy yarimsharda — mart, aprel va maydan, janubiy yarimsharda esa sentabr oktabr va noyabr
Baxor haqida sher
Uchib yurar mayin shamollar,
Yelpib-yelpib anhor yuzini.
Qirg‘oqlarda soyabon tollar
Oyna-suvda ko‘rar o‘zini.
Tong yellari o‘ynoqlab sekin,
Jiydazorga kirib yo‘qolar.
Maysa o‘tlar tebranib sekin,
Orqasidan kuzatib qolar.
Chumchuqlarning og‘zida cho‘p-xas,
In qo‘yishar tutlar ustiga.
Ko‘kni quchgan teraklar tinmas,
Oro berar kulrang po‘stiga.
Bedapoya, yam-yashil o‘tloq,
Chinorlarda qushlar chug‘urlar,
Ko‘klam ko‘rkin ko‘rdingmi, o‘rtoq,
Chamanzordek hammayoq gullar.
Ifor kelmush
Gar uyg‘onsam, erta nahor, bir ajoyib, ifor kelmush,
Bu tun kim -chun, bemorligu, kim uyqusiz, bedor kelmush.
Yuzim chaysam zavq olurman, har chog‘u, har lahzalarda,
O‘ziga xos viqor bila, suvlar to‘la anhor kelmush.
Qaldirg‘ochning chug‘uri ham shu elning zo‘r shukronasi,
Xush ovozli bulbul ila sho‘xu-shodon bir tor kelmush.
Qanttak o‘rik novdasiga bog‘labon zar kokillarin,
Go‘yo atrof yoritguvchi Oy yuzli yor, dildor kelmush.
Bu o‘lkaki jannatmakon, ta’rifi ming tilda doston,
Aytingizchi shu el ichra, qay bir dilga g‘ubor kelmush?
Ey Sherzod xo‘p alqading sen ne sababdin diyoringni?
Chunki do‘stlar yurtimizga kelinchak hur bahor kelmush!
Iliqlik berar bahor
Ko‘kka quyosh bo‘y cho‘zib,
Ta’ftin asta oshirar.
Bahor nafasin sezgan,
Qish ziynatin yashirar.
Bosh ko‘tarib maysalar,
Yashnaydi bog‘-u rog‘lar.
Xar bahor bu pallalar,
Eslatar yoshlik chog‘lar.
Zamin uzra yangidan ,
Xayot boshlanar go‘yo.
Xar yili mart oyidan,
Qayta tug‘ilar dunyo.
Go‘zallik va nafislik,
Ishq fasli bu betakror.
Xar qanday muz yurakga,
Iliqlik berar baxor!
Seni sog’indim bahor
Sizib chiqar ko‘zimdan sog‘inch,
Kelgin bahor sog‘indim seni.
Sezilar har so‘zimdan sog‘inch,
Kelgin bahor sog‘indim seni.
Qanday nafis, ex qanday dilgir,
Qabog‘imda asta qor erir,
Kelib dardli hayotimda bir,
Kulgin bahor, sog‘indim seni.
Bir yon g‘urbat, bir yonda tuhmat,
Hayotimga solmoqchi zulmat,
Hech yo‘q bir sen menla hamsuhbat,
Bo‘lgin bahor, sog‘indim seni!
Boshda sarson paydar-pay o‘yim,
Sezilmaydi senla qayg‘uyim,
Sen ketgandan buyon rang ro‘yim,
So‘lg‘in… Bahor sog‘indim seni!
Tabiatning ko‘zlari yumuq,
Boshqalardan mening ko‘nglim to‘q,
Sendan boshqa sog‘inganim yo‘q,
Tushun bahor sog‘indim seni!
Bilgandirsan holim hoynaxoy,
Tunlar menla birga yig‘lar oy,
Kelaqolgin, kelgin bahoroy,
Bugun bahor sog‘indim seni,
Gulgun Bahor sog‘indim seni,
Eh «Gulbahor» sog‘indim seni!
Ko‘kingdan ber bir chimdim
Sochimda oq, men bahordan o‘tindim:
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Qor qo‘ynida seni qo‘msab o‘kindim,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Ko‘nglimga ko‘k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo‘llar ochilsin –
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Fasl boshi, ham oxiri o‘zingsan,
Majnunlarning yo‘ldoshi ham o‘zingsan.
Laylilarning sirdoshi ham o‘zingsan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Kel-da endi sog‘intirmay odamni,
Sen yo‘g‘ingda bir g‘am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko‘mib keldim otamni…
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Ko‘king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O‘zing olgin ko‘ksimdagi alamni,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Ginam yo‘qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik biz qishdan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Bahor keldi seni so’roqlab
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.
O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.
Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab”
Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nega bu ko‘klamda sen parishonhol?
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham.
Jonajon bahor
Inson ko‘zlarida jon olar bahor,
Barcha tomirida uning to‘lqini.
O‘tmishning behuda oni kabi qor,
Beiz, bedard erib ketar uchquni.
Inson ko‘zlarida jon olar bahor,
O‘yinqaroq go‘dak singari bulut.
Ko‘k qovog‘i uyuq, yorqin bir viqor,
Kishilar qalbidan boqar bo‘lib o‘t.
Bahorning sehrgar boqiy chiroyi,
Yosh-u keksa ko‘nglin ovlaydi birdek.
Ko‘zguni sindirib tashlar. Chiroyi
Har kishining yoshi bu fasl dildak.
Har nurga, har qushga, har kurtakka shod,
Benihoya yaqin bo‘ladi yiroq.
Go‘yo sensiz hosil bo‘ladi barbod,
Har tikilgan chigit ko‘ksing etar tog‘.
Bahor bo‘lmasaydi, odamzod albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Bahor keldi
Bahor keldi o’lkamizga
Yana keldi qaldirg’och.
Humo qo’ndi yelkamizga
Borliq bizga bag’ring och.
Bahor fasli tarovatin
Shunda bildim tabiat.
Qish ketib bahor keldi
Quyosh bobo nuring soch.
Bahor kelinchak misol,
Sepin yoydi olamga.
Ko’rib ko’zing quvnaydi,
Boychechagu lolamga.
Sen yaproqdagi shabnam,
Fasllarning sarasi.
Qo’y qo’zilar o’tlagan,
Yaylovlarning egasi.
O’zingdir olam ko’rki,
Fasllar kelinchagi.
Bolasi orom olgan,
Kelinchak belanchagi.
Senda hayot mujassam,
Sen yasharish faslisan.
Yangi yil ibtidosi,
Yorqin hayot aslisan.
Sevgi fasli kirib keldimi?
Qizg’aldoqlar ochilganda qirlarda
Asta sevgi uyg’onadi dillarda.
Doston bo’lib mahallayu tillarda
Sevgi fasli bahor kirib keldimu.
Bolalikning sog’inchini eslatib
Shirin ahirin hayollarni qo’zg’atib.
Kimni xursand kimni esa yig’latib
Sevgi fasli bahor kirib keldimu.
Yomg’irlaru gohi iliq kun bilan
Yulduzlarga to’la sokin tun bilan.
Hamroh bo’lib do’stim senu mem bilan
Sog’inch fasli bahor kirib keldimu.
Ilk sevgining iforini taratib
Dalalaru qirlariga qaratib.
Go’zal qizlar kulgularin yangratib
Sevgi fasli bahor kirib keldimu.
Bahor kelayotur
Bahor kelayotir, toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shaharda yotmoqlik malol.
Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u,
Oniy umri bilan sollanar chechak.
Bahor, bu — eng toza shabbodadir bu,
Bahor, bu — eng toza shamoldir, demak.
Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringay dilbar diyorim.
Go‘dak nafasidek yupatar yuzni,
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.
Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli, o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin