Diniy va Islomiy savollar javoblari bilan eng saralari
Assalamu alayko’m va rohmatullahi va barokatuxu, Alloh rozi bo’lsin! Juda yaxshi savollar tayyorlangan, javoblar ham aniq va tushunarli! Shunday savol va javoblar tugamasa yaxshi bo’lar edi!
Islomiy va Diniy savollar javoblari bilan
Islomiy hamda Diniy savollar to’plami — Islom olamiga mansub bo’lgan eng sara va eng hikmatli savollar to’palmi javobi bilan.
Savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishdan avval, o’z bilimingizni sinab ko’rishni tavsiya etamiz. Savolning javobini bilish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.
1 — Rasululloh s.a.v.ning duolari sabab o’qi hech qahcon hato ketmagan va duosi doimo ijobat bo’lgan sahobiy kim?
Savolning javobi Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
2 — O‘z mahriga Islomni qabul qilgan birinchi ayol kim?
Savolning javobi
Javob: Ummu Sulaym r.a. o’z mahriga Islomni qabul qilgan birinchi ayol bo’ldi. Erlari Abu Tolha Islomni qabul qilish bilan Ummu Sulaymni xotinlikka oldi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)
3 — Islom olamida Andalusiya deb qayerni aytishadi?
Savolning javobi Javob: Portugaliya va Ispaniya.
4 — Ummu Salama r.a. Madinaga hijrat qilganlarida u kishiga kim hamrohlik qilgan?
Savolning javobi
Javob: Ummu Salama r.a. Madinaga hijrat qilganlarida u kishiga bani abduddorlik Usmon ibn Talha hamrohlik qilgan. Ummu Salama r.a. u haqda: «Allohga qasamki, arablardan undan ko’ra karamliroq kishiga hamsafar bo’lmaganman» deb aytganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)
5 — Oyisha r.a.ga nisbatan ifq (bo‘hton) hodisasi qaysi g‘azotidan so‘ng sodir bo‘lgan?
Savolning javobi
Javob: Oyisha r.a.ga nisbatan ifq (bo’hton) hodisasi Bani Mustaliq g’azotidan so’ng sodir bo’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)
6 — Islom tarixida birinchi tarovih namozini boshlab bergan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
7 — «Sahihi Buxoriy»ga nechta sharh yozilgan?
Savolning javobi Javob: «Sahihi Buxoriy»ga 82 ta sharh yozilgan. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)
8 — Abu Bakr Siddiqning onalari ismi nima edi?
Savolning javobi Javob: Ummul Xayr Salmo binti Saxr ibn Omir.
9 — Payg’ambarimiz Muhammad SAV hadislarida ta’kidlangan «Ozi halol-u, lekin Allohga eng yomon korilgan narsa» nima?
Savolning javobi Javob: Taloq.
10 — Islom tarixida birinchi marta mamlakatni uluslarga, viloyatlarga bo’lgan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
11 — Jamoat namozi kishilar uchun yolg’iz o’qilgan namozdan necha barobar darajada ustun?
Savolning javobi Javob: 27 baravar.
12 — Islom tarixida birinchi bojxonani tashkil etgan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
13 — Islom tarixida aholini birinchi marta ro’yxatga olgan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
14 — Shunday amal borki insonlar uchun juda qiyin ko’rinadi lekin Ibn Sirriyn uni juda oson deb tariflagan osonligi shundaki shubhani tark etish bilan u amalga erishish mumkin u qanday amal?
Savolning javobi Javob: Taqvo.
15 — Salaflarning eng so’nggi vakili kim?
Savolning javobi Javob: Ahmad ibn Hanbal.
16 — Islom tarixida birinchi marta ayollar ismini she’rlarda madh etishni ta’qiqlagan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
17 — Rasululloh s.a.v. dedilar: «Bu yigit menga tog’a bo’ladi, yana kim menga o’z tog’asini ko’rsatadi?» Rasululloh s.a.v. ga «tog’a» bo’lgan sahobiy kim?
Savolning javobi Javob: Sa’d Ibn Abu Vaqqos.
18 — Islom tarixida birinchi marta Qiyos ilmini boshlab bergan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
19 — Ikki qulog’ing va og’zingga bo’lgan munosabatda ehtiyot insof qil. Gapirmog’ingdan ko’ra tinglamog’ing ko’p bo’lishi lozimligi uchun ham senga quloqni ikkita , og’izni esa bitta qilib berildi. Bu so’zlar qaysi sahobaga tegishli?
Savolning javobi Javob: Abu Dardo.
20 — Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga ota-onam senga fido bo’lsin, deganlar. Bu sahobiy kim va Rasululloh s.a.v. unga buni qaysi g’azotda aytganlar?
Savolning javobi Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos, Uhud g’azotida.
21 — Nuh payg’ambar kemasi to’xtagan tog’ nomi nima?
Savolning javobi Javob: Ju’di.
22 — Umar r.a.ga suyiqasd qilishgandan keyin, halifa to o’zlarini o’rnilariga yangi halifa tayin qilingunicha musulmonlarga namozda imomlik qilishni qaysi sahobiyga topshirganlar?
Savolning javobi Javob: Suhayb ibn Sinon r.a.ga.
23 — Islom tarixida birinchi ayol qullarni sotishni ta’qiqlagan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
24 — Islomning eng birinchi elchisi kim? Va bu sahobiy qaysi shaharga elchi bo’lib borgan?
Savolning javobi
Javob: Mus’ab ibn Umayr. Bu zot birinchi elchi bo’lib, dastlab, Madinaga va madinaliklarga Islomni yoyish va yetkazish uchun madinaga elchi bo’lib borganlar.
25 — Islom tarixida birinchi kanal qurgan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
26 — Rasululloh S.A.V ikki kishining orqasida iqtido qilib namoz o’qiganlar. Ular kimlar?
Savolning javobi
Javob: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki marta: Abu Bakr va Abdurrahmon ibn Avf (r.a.) larning orqasida iqtido qilib namoz o‘qidilar («Musnadi Imom Ahmad»).
27 — Hazrati Umar xalifalik davrlarida Islomning nechta minbari barpo etildi?
Savolning javobi
Javob: Hazrati Umar xalifalik davrlarida Islomning 12000 minbari barpo etildi. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)
28 — Islom tarixida birinchi marta imom va muazzinlarga maosh belgilagan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
29 — Usmon r.a. halifalik davrida bir sahobiyga qozi bo’lishni taklif qilganlar, lekin u sahobiy o’zining kuchli taqvosi tufayli bu amaldan voz kechgan. Bu sahobiy kim?
Savolning javobi Javob: Abdulloh inb Umar.
30 — Islom tarixida birinchi marta qattiq hajviya yozganlarni jazolagan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
31 — Islom tarixida birinchi pul zarb qilgan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
32 — Bir ayol g’azotda asir tushdi. Rasululloh s.a.v. uni ozod qilib o’z nikohlariga oldilar. Buni ko’rgan ayolning qavmining hammasi Islomni qabul qilishdi. Bu ayol qaysi mo’minlar onasi? Va shu sabab bo’lib Islomni qabul qilgan qavm qaysi qavm?
Savolning javobi
Javob: Juvayriya binti-al Horis. Otalari Bani Mustaliq qabilasini raisi bo’lganlar va bu onamiz hazrati payg’ambarimiz S.A.V.ga nikohlanganlaridan keyin qabilalari islomni qabul qilgan ekanligi haqida hadis rivoyat qilingan.
33 — Islom olamida ushbu insonning janozasiga eng ko’p odam yig’ilgan(1.000.000 dan ziyod). Ushbu buyuk inson kim?
Savolning javobi Javob: Ahmad ibn Hanbal.
34 — Bir g’azotda bu sahobiy 7 ta qilichni sindirgan. U kim?
Savolning javobi Javob: Abu Dujona.
35 — Rasululloh S.A.V ning birinchi sut onalari kim?
Savolning javobi
Javob: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning birinchi sut onalari Abu Lahabning cho‘risi Suvayba edi. («Sifatus-sofvah»).
36 — Hijriy-qamariy yil hisobining birinchi oyi qaysi?
Savolning javobi Javob: Muharram.
37 — Halifalar ichida eng boyi kim edi?
Savolning javobi Javob: Hazrati Usmon r.a.
38 — Halifalar ichida eng ko’p halifalik qilgani kim?
Savolning javobi Javob: Hazrati Usmon ra.
39 — Rasululloh davrlarida yashab u zotni umuman ko’rmagan inson kim deb ataladi?
Savolning javobi Javob: Tobein.
40 — Rasululloh S.A.V ning nechta nevaralari bo’lgan?
Savolning javobi
Javob: Rasululloh (s.a.v.) ning nevaralari oltitadir:
1. Umoma binti Abu Os ibn Rabiy’, onalari — Zaynab Rasululloh (s.a.v.) qizi.
2. Abdulloh ibn Usmon ibn Affon, onalari — Ruqiyya Rasululloh (s.a.v.) qizi.
3. Hasan ibn Ali ibn Abu Tolib, onalari — Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
4. Husayn ibn Ali ibn Abu Tolib, onalari — Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
5. Zaynab binti Ali ibn Abu Tolib, onalari — Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
6. Ummu Kulsum binti Ali ibn Abu Tolib, onalari — Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi. («Siyaru a’lamin-nubala’», «Sofvatus-sofvah»).
41 — Islomiy ramz sifatida hiloldan foydalanish kimdan va qachondan boshlangan?
Savolning javobi Javob: Usmoniy imperiyasidan boshlangan.
42 — Sahobalar bir sahobiyga: «Changalida arslonni tutgan inson», deya ta’rif berishgan. Bu ta’rif sohibi bo’lgan sahobiy kim?
Savolning javobi Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
42 — Duo qilganda Omiyn qaysi payg’ambardan qolgan?
Savolning javobi Javob: Muso a.s. duo qilganlarida Horun a.s. Amiyyn deb turganlar.
43 — Islom tarixida birinchi marta Madinadagi Rasululloh masjidlarini kengaytirgan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
44 — Islomning birinchi chavandozi, Alloh yo’lida ot choptirgan sahobiylarning birinchisi kim?
Savolning javobi Javob: Miqdod ibn Amr.
45 — Oyisha r.a.ning mahrlari qancha bo‘lgan edi?
Savolning javobi
Javob: Oyisha r.a.ning mahrlari 500 dirham bo’lgan edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)
46 — Rasululloh S.A.V o’qigan oxirgi namoz qaysi edi?
Savolning javobi
Javob: Rasululloh (s.a.v.) ning oxirgi namozlari — vafot etgan dushanba kunidagi bomdod namozi edi («Dalolilun-nubuvvah»).
47 — Bizga ma’lumki Qiyomatda barcha bandalardan birinchi so’raladigan narsa bu amallarning eng buyugi NAMOZ dir. Savol shunday: Qiyomatda insonlarning (birinchi inson bilan ikkinchi inson) o’rtasidagi birinchi bo’lib ajrim qilinadigan narsa nima?
Savolning javobi
Javob: Qiyomat kunida bir inson bilan ikkinchi inson o’rtasidagi birinchi ajrim qilinadigan narsa, bu — QONdir,ya’ni nohaq to’kilgan qonlardir.
48 — Rasululloh s.a.v. sahobiylariga bir so’zni aytishni ma’n qilganlar. Va bu so’zga ojizlik belgisi deya ta’rif berganlar. Bu so’z qaysi?
Savolning javobi Javob: Agar.
49 — Islom tarixida birinchi shahar qurgan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
50 — Mo’minlar onalarining eng yoshi ulug’i kim edi?
Savolning javobi Javob: Savda onamiz.
51 — Eng birinchi sahih hadis to‘plami kimniki?
Savolning javobi Javob: Eng birinchi sahih kitob Imom Buxoriyning «Sahih»laridir. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)
52 — Islom tarixida birinchi mirshablik bo’limini tashkil qilgan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
53 — «Harsanglarni toshlarni ko’tardim lekin …..dan ko’ra og’irroq narsani ko’rmadim» Ali ibn abu Tolib. Ali raziyallohuga og’irlik qilgan narsa nima?
Savolning javobi Javob: Qarz.
54 — Islom tarixida birinchi marta masjidlarda tunlari chiroq yoqishni joriy qilgan shaxs kim?
Savolning javobi Javob: Umar ibn Hattob.
55 — Uhud jangida qaysi sahoba Rasululloh s.a.v.ga qilingan bir hamlani qo‘li bilan qaytarib, Janobimizni qutqarib qoldi? Bu zarbadan keyin uning qo‘li bir umrga harakat qilmaydigan bo‘ldi.
Savolning javobi
Javob: Uhud jangida Talha ibn Ubaydulloh Rasulullohga qilingan bir hamlani qo‘li bilan qaytarib, Janobimizni qutqarib qoldi. Bu zarbadan keyin uning qo‘li bir umrga harakat qilmaydigan bo‘ldi. («Saodat asri qissalari»)
56 — Islom tarixida birinchi marta Alloh yo’lida hijrat qilgan sahoba kim?
Savolning javobi Javob: Hazrati Usmon r.a.
57 — Uylanganiga endi bir necha soat bo‘lgan, Uhud jangida shahid bo‘lgan Hanzalaning xotini kimning qizi edi?
Savolning javobi
Javob: Uylanganiga endi bir necha soat bo‘lgan, Uhud jangida shahid bo‘lgan Hanzalaning xotini mashhur munofiq Abdulloh ibn Ubayy ibn Salulning qizi edi. («Saodat asri qissalari»)
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Ассалам алейкум лабдан 2 махраж чикаркан улардан нечта хариб чикади Qalblarni yumshatuvchi islomiy sherlar bo’libdi. Mahzun_ko'zlar : Ma Sha Allah. Barchalaringizga kattakon raxmat. Juda zo’r savollar to’plangan ekan, bilmaganlarimni bilib oldim. Islomiy va diniy savollar juda zo’r ekan, barchangizga tashakkur deyman. Yaxsgi savollar ekan, Mashaalloh. Islom diniga doir juda yaxshi savol-javoblar ekan raxmat. Ro'zimuhammad :
Bu islomiy va diniy savol-javoblarni ilovasi ham bormi? yoki shu saytni o’zidan kirib foydalanish kerakmi?
Judaham zo’r diniy savollar ekan, menga ayniqsa 13-raqami ostidagi savol juda yoqdi. Barchaga omad tilayman, shunaqangi savollardan yana kutib qolaman.
Assalomu alayko’m. Men hali bilmaydigan savollarim ham bor ekan. Alhamdulillah bilib oldim. Shoxruxxon : Islom dinimizga oid bo’lgan judaham yaxshi savollar javobi bilan keltirilgan ekan. Islomga oshno qalblar : Berilgan savollar Juda qiziqarli ekan, ALHAMDULILLAH bilib oldim.
Assalomu aleyko’m. Juda ham ajoyib savollar ekan. Bilmagan savollarimni ham javobini bilib oldim kotta rahmat.
Assalomu alayko’m juda foydali malumotlar ekan, kattakon raxmat.
Bu juda zo’r savollar to’plami bo’libdi, shaxsan menga juda ham yoqdi. Bilmaganlarimni esa o’rganib oldim. Barchangizga tashakkurlar
Assalomu alayko’m. Savolim bor edi. Qur’onda qaysi payg‘ambarimizni nomlari eng ko‘p keltirilgan? Juda yaxshi to’plam ekan. Kelgusi ishlarda omad. Assalomu alayko’m. Diqqat savol: Sajdada eng ko’p o’tirgan sahoba qaysi? Xadicha bintu :
Assalomu alayko’m va raxmatullohi va barokatuh. Mashaallah. Juda ham go’zal savollar. Go’zal savollarga go’zal javoblar. Yana shunaqa savollar bo’lsin iltimos!
Assalamu alayko’m va rohmatullahi va barokatuxu, Alloh rozi bo’lsin! Juda yaxshi savollar tayyorlangan, javoblar ham aniq va tushunarli! Shunday savol va javoblar tugamasa yaxshi bo’lar edi!
Judaham zo’r va foydasi tegadigan savollar bo’libdi, sizlarga kattakon raxmat. Islom olami chiroyli bo’lgani kabi, savollar ham juda go’zal ekan. Savol: Qurondagi oyatlar ichida insonni eng qo’rqituvchi oyat qaysi? Juda yaxshi savollar bor ekan, kelgusidagi ishlaringizga omad tilab qolamiz.
Ibn Abbos roziallohu anhu rivoyat qiladlar: Rasululloh salallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men isro kechasi Muso alayhissalomni ko‘rdim, u kishi qorachadan kelgan, baland bo‘yli va sochlari jingalak kishi ekanlar, go’yokim Shinva‘a kishilariga o’xshaydilar. Keyin Iso alayhissalomni ham kurdim, u kishi o’rta bo’ylik qizg‘ish oqsh yuzli va sochlari silliq kishi erkanlar. So’ng men Molikni jahannam xazinachasini ham ko‘rdim. U Alloh taolo Quronda belgilarga ega ekan. Zinhor sen u bilan uchrashmog’inga shubhalanma savol u kim?
Assalomu alayko’m! hammaga kotta raxmat, Subxanolloh judaham ajoyib savollar ekan. Bilmagan savollarimga ham javob topdim. Hammaga uzoq umir tilayman. Inshaolloh hammalarizga jannat nasib etsin.
Zoʻr, qoyil qoldim sizlarga, ishlaringizga omad, shunaqa savol-javoblar berishda davom etinglar. Bilmagan narsalarimni bilvoldim, raxmat sizlarga ham.
So‘nggi yuklangan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang
Diniy va Islomiy savollar javoblari bilan eng saralari
801. Dinimiz ilm o‘rganishni musulmonlarga nima uchun farz qilgan?
Javob: Chunki Islomning martabasi ilm yuksakligi bilan namoyon bo‘ladi.
802. "Zamon o‘tishi bilan Qur’on yosharaveradi" so‘zlari kimga tegishli?
Javob: Badiuzzamon Said Nursiy.
803. Payg‘ambar SAV tug‘ilgan kechada qanday tarxiy voqealar yuz bergan?
Javob: Rasuli akram SAV tug‘ilgan kechda Kisroning saroyidagi 14 ta ustun yiqilgan, ma’jusiylrning otashlari so‘ngan va Savo ko‘li qurigan.
804. Qamariy oylarni tartib bilan sanang.
Javob: Muharram, Safar, Rabiul-avval, Rabiul-ohir, Jumodul-avval, Jumodul-oxir, Rajab, Sha’bon, Ramazon, Shavvol, Zulqa’da. Zulhijja.
805. "Hasbunalloh va ni’mal vakil" nima degani?
Javob: Alloh bizga yetar. U naqadar go‘zal vakildir.
806. Rasululloh SAVning hadislariga ko‘ra, kimlarning duoasi Alloh huzurida rad etilmaydi?
Javob: Ota va onaning farzadi haqiga qilgan duosi, bir musulmonning boshqa birodariga qilgan duosi, iftor qilgunga qadar ro‘zadorning duosi, adolatli hukmdorning duosi.
807. Ulamolar unga bog‘liq masalalarda eng ko‘p ixtilof qilgan fan qaysi?
Javob: Fiqh
808. Sutra nima?
Javob: Sutra – bu namozhonning oldidan biror narsa o‘tmasligi uchun qo‘yilgan to‘siqdir.Sutrani Hanafiy va Molikiy mazhablari mandub, Shofe’iy va Hanbaliy mazhabalari mustahab deganlar.
809. Men o’n olti yildan beri to’yib ovqatlanmadim. Zero, to’yib ovqatlanish badanni og’irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi. Bu ibratli so‘zlar kim tamonidan aytilgan?
Javob: Imom Shofeiy rahmatullohi alayh.
810. Fiqh ilmining peshvolari va odob-axloq namoyondalari, tobe’lari ko’p bo’lgan zotlar beshta deyiladi. Bular kimlar, nomlarini sanab o‘ting.
Javob: Imom Abu Hanifa, Imom Shofeiy, Ahmad ibn Hanbal, Imom Molik, Sufyon Savriy.
811. Zardusht so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Javob: "Sariq tuya mingan kishi" degan ma’noni bildiradi.
812. Hadislarni ilk bor yozib olgan sahobiy kim?
Javob: Abu Hurayra r.a.
813. Madinaliklardan birinchi bo‘lib kim musulmon bo‘lgan?
Javob: As’ad ibn Zurora r.a.
814. Siroti Mustaqim nima degani?
Javob: Eng to‘g‘ri yo‘l – Islomiyat yo‘li.
815. Hasanot va shayyiot nima degani?
Javob: Hasanot: yaxshi amallar, yaxshiliklar; shayyiot: yomonliklar, gunohlar, jinoyatlar.
816. G‘animat nima?
Javob: Jangda dushmandan olingan mol.
817. Islomda ilk g‘animat va asir qachon olingan?
Javob: Ilk g‘animat Abdulloh ibn Jahsh tomonidan olingan.
818. "Adolat davlatning tamal toshidir" so‘zi kimga tegishli?
Javob: Hazrati Umar.
819. Qur’oni karimning boshqa ismlari qaysilar?
Javob: Kitob, Furqon, Mushaf, Burhon, Hablulloh, Hablul matin, Kalomulloh, Zikr, Hudo, Nur, Shifo.
820. Hadisi qudsiy deb nimaga aytiladi?
Javob: Rasululloh SAVning Qur’oni karimdan boshqa Allohdan rivoyat etgan so‘zlari. Ma’nosi, so‘z va ifoda Rasulullohga tegishlidir.
821. Hazrati Odam a.s.ning 10-o‘g‘li va ikkinchi payg‘ambar kim?
Javob: Shis alayhissalom.
822. Qaysi sunnatni bajarish bilan qaysi farzni ado etishdan ko‘p savob olinadi?
Javob: salom berish sunnat, javob berish farz bo‘lgani holda, salom berishning savobi katta bo‘ladi.
823. Imom Abu Mansur Muhammad Moturidiy qayerlik va qachon vafot etgan?
Javob: Samarqandning Moturid degan qishlog‘idan, turkiy edi. Hijriy 333 yili vafot etgan.
824. Abul Hasanil Ashariy hazratlari qayerlik va qachon vafot etgan?
Javob: Basralik bo‘lib, hijriy 324 yili vafot etgan.
825. Namozning qazo qilinishiga shar’iy sabablar qaysidir?
Javob: Uyqu, urush paytida dushman hujumidan biron fursat topa olmaslik, unutish.
826. Ko‘p qabilalar payg‘ambarimizga elchilar jo‘natib, o‘zlarining Islomga kirganliklarini e’lon qilardilar. Shu sababdan bu yil Elchilar yili deyildi. Bu yil hijratning nechanchi yili edi?
Javob: Hijratning 9-yili.
827. Badr g‘azoti ramazon oyining nechanchi va haftaning qaysi kuni boshlandi?
Javob: Ramazonning 17-chisida, seshanba kuni boshlandi.
828. Badr g‘azotida ansorlardan necha kishi qatnashdi?
Javob: 231 kishi.
829. Payg‘ambarimiz SAVning amrlari bilan 10 kun ichida Madinani tark etishlari, aks holda o‘ldirilishlari hukm qilingan yahudiy qabilasi qaysi?
Javob: Banu Nazr.
830. Yahudiylarning yordami bilan Makka musriklari madinaga hujum qilish maqsadida 10000 kishilik qo‘shin hozirladilar. Bu qo‘shinning qo‘mondoni kim edi?
Javob: Abu Sufyon.
831. Qaysi butning olib kelinishi natijasida Saudiya Arabistonida butparastlik boshlandi?
Javob: Hubal.
832. Handaq g‘azotining boshqa ismi nima? Bu ga’zot qaysi hijriy yilda bo‘lgan?
Javob: Ahzob g‘azoti. Hijratning 5-yilida bo‘lgan.
833. Makka mushriklari Qusay tarafidan hukumat qarorgohi bo‘lib qurilgan binoda to‘planib, masalalarni hal etishardi. Bu binoni qanday ism bilan atalardi?
Javob: Dorun-nadva.
834. Quddusning rimliklar tomonidan bosib olinishidan so‘ng Madinaga kelgan yahudiy qabilalarining nomi nima?
Javob: Nadr, Qurayza, Qaynuqo‘.
835. Islomda bandaning amali necha qismga bo‘linadi?
Javob: Ular sakkiz qismga bo‘linadi: Farz, Vojib, Sunnat, Mustahab, muboh, xarom, makruh va mustakrah.
836. Mustakrah qanday amal?
Javob: Islomda mustakrah amalini qilishlik bilan banda gunohkor bo‘lmasa ham u odobsizlikka kiradi.
837. Mustakrahga qanday amallar kiradi?
Javob: unga asosan taomni kotta kotta yeyish, baland ovoz bilan kekirish, esnash bundan tashqari ko‘chada ovqatlanish kabilar.
838. Qiblamizning Masjidul Aqsodan Ka’baga o‘zgartirilishini amr etgan oyat Qur’oni karimning qaysi surasida?
Javob: Baqara surasi, 144-oyat.
839. Aqoba bay’atini qilgan musulmonlar qayerlik edi?
Javob: Madinalik.
840. Madinada qurilgan va chegaralari belgilangan va boshqaruviga Payg‘ambarimiz SAV kelgan davlatga qanday nom berilgan?
Javob: Madina shahar davlati.
841. Islomiyat davrida ilk mustaqil masjidning nomi nima?
Javob: Qubo masjidi.
842. Payg‘ambarimiz SAV yozishmalarida yahudiylarga ishonmaganliklari uchun ashoblardan birini yahudiy tilini o‘rganish vazifasini berdilar. Bu sahoba kim?
Javob: Zayd ibn Sobit.
843. Payg‘ambarimiz SAV Madinaga kelganlarida bu shaharda ikkita katta qabila bor edi. Bu ikki katta qabilaning nomlari nima?
Javob: Avs va Hazraj qabilalari.
844. Hazrati Abu Bakr, Usmon, Zubayr, Abdurahmon ibn Avf kabi insonlar ilk musulmon bo‘lganlardandir. Bularning hammasiga nima deb nom berilgan?
Javob: As-sabiqul-avvaliyn.
845. Hazrati Oyisha onamizga munofiqlar tomonidan qilingan tuhmat voqeasi qaysi jang paytida bo‘lgan edi?
Javob: Muraysa jangida
846. Suv topilmagani bois tayammumning farz qilinishi qaysi g‘azot paytida bo‘lgan edi?
Javob: Muraysi g‘azotida.
847. Makkaning fath etilishiga nima sabab bo‘lgan edi?
Javob: Hudaybiya sulhining buzilishi.
848. E’tikof nima?
Javob: E’tikof – ma’lum muddatni niyat qilib mazjid yoki uydan chiqmay ro‘za tutib, ibodat qilish.
849. Imronning qizi Maryamga kim kafil qilingan?
Javob: Qur’oni Karimning "Oli – Imron" surasida shunday yozilgan ekan. Kafil menimcha, kafolatchi degani. Ya’ni Maryamni Zakariyo o‘z himoyasiga olgan ma’nosida.
850. Al – masihning ma’nosi nima?
Javob: Tiriltiruvchi.
851. Havoriylar kimlar?
Javob: Iso alayhissalomga ergashganlar.
852. An’omning ma’nosi nima?
Javob: Chorvalar. Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat Qur’oni karim surasi An’om deb nomlanadi.
853. Nyu-yorkda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra AQSH aholisi telefonda gaplashayotganda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zni toping.
Javob: "I" yani "Men"
854. 1891-yil Kanadalik jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Neysmit qaysi sport turiga asos solgan?
Javob: Basketbol
855. 1499-yil Ispanlar ummon osha Janubiy Amerika qirg‘og‘iga yaqinlashgach, ushbu makonning tabiatini Venetsiyaga qiyoslaydilar. Va uni erkalab kichik Venetsiya deb atashadi. Bu davlat hozirda qanday nomlanadi?
Javob: Venesuela
856. Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Keniya, Braziliya, Kongo, Zair. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?
Javob: Barcha mamlakatlar ekvatorda joylashgan.
857. 2006 yil Angliyada maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada "Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo‘lishini xohlaysiz degan savolga eng ko‘p ovoz Manchester Yunayted jamoasi o‘yinchisi Ueyn Runiga beriladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan inson real shaxs emas.U kim?
Javob: Garri Potter
858. Angliyada S, AQShda U. Xo‘sh Toshkentdachi?
Javob: M (metro). S – Subway U – Underground
859. O‘zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan xolda bog‘liqligini toping.
Javob: Barchasi U harfidan boshlanadi.
860. U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo‘qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Til
861. Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech qachon birga yig‘ilishmagan va o‘z navbatini o‘zgartirishmagan. Biz hozir ularni o‘zbekchada njima deb ataymiz?
Javob: 4 fasl: Bahor, yoz, kuz va qish
862. Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida “Mashhur juftliklar” katalogi mavjud. Bu katalogdan Romeo va Julyetta, Piter va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir Arofat kabi maqolalar o‘rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida?
Javob: Odam Ato va Momo Havo
863. Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud. O‘zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko‘p iste’mol qilishadi.
Javob: Choy
864. U qush o‘z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig‘i u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush?
Javob: Pingvin
865. O‘zbekiston Respublikasining 1 so‘mlik pulida nechta “bir so‘m” degan yozuv bor?
Javob: 2 ta
866. Sizga ma’lumki qadimda qo‘shinlarda o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi degan unvonlar bo‘lgan. Yunon tilida o‘nboshi degan so‘z bor. U so‘z hozir ham ishlatiladi. Faqat harbiy sohada emas, ta’lim sohasida. U qaysi so‘z?
Javob: Dekan
867. Qadimda ko‘p davlatlarni shohlar boshqargan. Hozir ular yo‘q. Lekin Osiyodagi bir shaharda biz tirik shohni uchratamiz. Albatta bu so‘zni tarjima qiling va qaysi shaharligini ayting.
Javob: Shohi Zinda – Samarqand
868. Yunonchaga "Kiyimlarni qo‘riqlayman" so‘zini tarjima qiling.
Javob: Garderop
869. Qaysi fanning ma’nosi "Donolikni sevaman" degani?
Javob: Donolikni sevaman – Filosofiya – Falsafa
870. Lotinchada bir mamlakatning ma’nosi "Janubiy yer" degani. U davlat haqiqatan ancha janub tomonda joylashgan. Bu qaysi davlat?
Javob: Avstraliya
871. Menga 2 ta qit’a nomini ayting, qaysiki 1-ma’nosi quyoshning chiqishi; 2-ma’nosi quyoshning botishi bo‘lsin.
Javob: Osiyo va Yevropa
872. Suaxili tilini bilmaysiz. Lekin u tildagi 1 so‘zni mashhur multfilmdan ko‘p eshitganmiz va ishlatganmiz. U so‘zning ma’nosi "xavotirsiz yaxshi yashash" degani. Qaysi so‘z?
Javob: Akuna matata
873. Bu sport turi rus tilidan "o‘z o‘zini himoya qilish" degan ma’noni beradi. Bu qaysi sport?
Javob: Sambo – samooborona bez orujiya
874. Koreys tiliga "poytaxt" so‘zini tarjima qiling.
Javob: Seul
875. Bu poytaxt 2 ta shahar qo‘shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi qo‘shilgandan so‘ng paydo bo‘lgan. Bu qaysi shahar?
Javob: Budapesht
876. Bu shaharga mo‘gullar asos solishgan. Uning ma’nosi "Saroy" degani. Siz menga bu qaysi shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat poytaxti ekanligini ayting.
Javob: Qarshi – Qashqadaryo viloyati markazi
877. Bu poytaxt shaharga o‘sha davlatning 1 Prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi poytaxt shahar?
Javob: AQSH poytaxti Washington
878. Nauru davlatini ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa kerak. U davlatning aytarli tomoni ham yo‘q. Lekin 1 sababga ko‘ra u dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. O‘sha sababni aniq ayting.
Javob: Bu mitti davlatning poytaxti yo‘q
879. Aynan mana shu poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashagan. Bu qaysi shahar va davlat?
Javob: Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan Vatikan
880. Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o‘rnatilgan bo‘lib, unda 3 raqam yo‘lovchilarga ko‘rsatilib turadi.
1. Aniq vaqt – ya’ni soat
2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura.
Xo‘sh 3-raqam nimani ko‘rsatib turadi?
Javob: Spidometr tezligi
881. Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha
1-o‘rin: Segareta maxsulotlari
2-o‘rin: Kiyim-kechak
Xo‘sh 3-o‘rinda qaysi maxsulot turadi?
Javob: Qalbaki CD va DVD disklar
882. Filipp Morris kompaniyasi o‘z xodimlarining 40% iga aynan bir oyda mehnat ta’tili berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?
Javob: Ramazonda. Bu oyda sigaret kam sotiladi.
883. Tailand qonunlariga ko‘ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o‘ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?
Javob: Imperator tasviri tushirilganligi uchun.
884. 2002 yil Angola hayvonot bog‘idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher, antilopa, zebra, jirafa, to‘tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu operatsiya qanday nomlanagan?
Javob: Nuh kemasi
885. Eng birinchi uning yorug‘ligi ko‘rinadi. So‘ng ovozi eshitiladi. So‘ng shamolini xis qilasiz. Ana undan keyingina o‘zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Metrodagi poyezdning kelishi.
886. Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo‘shsangiz kichrayadi. Nima u?
Javob: Chuqur
887. Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o‘tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo‘ygan: Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey. U qaysi ovqatni nazarda tutgan?
Javob: Tuxum
888. Karate Yaponiyada paydo bo‘lganini bilasiz. Uning ma’nosi "Bo‘sh qo‘l" degani. Xo‘sh unda yaponchasiga "Bo‘sh ovoz" nima ekanligini toping.
Javob: Karaoke
889. Yunon tiliga "Sakkizinchi oy" degan so‘zni tarjima qiling.
Javob: Oktyabr – "okta" – sakkiz
890. Bu ro‘yxatdan faqat 3 ta Yevropa davlatlari poytaxti o‘rin olgan. Shveytsiya poytaxti 67-o‘rinda, Fransiyaniki 71-o‘rinda, Daniya poytaxti 72-o‘rinda. Yordam sifatida aytishim mumkin bu ro‘yxatda insonlar nomi ham uchraydi.Bu qaysi ro‘yxat?
Javob: Mendeleyev davriy jadvali. Unda 3 davlat poytaxtining eski nomiga qo‘yilgan elementlar bor: Golmiy(Stokgolm), Lyutetsiy(Parij), Gafniy(Kopengagen)
891. Bu poytaxt shaharda San-Fernando akademiyasi joylashgan. Bu akademiyada 1924-1926 yillarda mashhur rassom Salvador Dali o‘qigan. Gap qaysi poytaxt haqida bormoqda?
Javob: Madrid
892. 1896 yil bu shahar poytaxt deb e’lon qilindi va uning nomi ham o‘zgardi. Uning nomini ma’nosi "Sharq poytaxti". Bu qaysi shahar?
Javob: Tokio
893. Bu poytaxt dunyoga ancha mashhur va yirik shahar hisoblanadi. Qizig‘i bu shaharga qo‘li uzun inson asos solgan deyishadi. Menga poytaxtni emas, asos solgan insonni ayting.
Javob: Yuriy Dolgorukiy. Bu shahar Moskva edi.
894. 1 daraxt, daraxtda 12 shox, 12 shoxda 30 ta barg. Siz esa menga bu narsalar nima ekanligini aytishingizni hojati yo‘q. Faqat menga o‘sha daraxtdagi 5 meva nima ekanligini ayting. U 5 mevaning 3 tasi quyoshda, 2 tasi soyada turibdi.
Javob: 5 vaqt namoz.
895. Islom taraqqiyotiga oid so‘ngi statistikaga ko‘ra so‘ngi vaqtlarda Muhammad ismi borgan sari ko‘payotgan emish. Siz albatta bunga sabab musulmonlarning o‘z farzandiga ixlos qilib shunday ism qo‘ysa kerak deb o‘ylayotgandirsiz. Yo‘q. Bunga aniq boshqa sabab bor. Siz menga o‘sha sababni ayting.
Javob: Islom dinini qabul qilgan boshqa din vakillari o‘zlariga ko‘proq shu ismni qo‘yishmoqda.
896. AQSHlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko‘rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab bo‘lgan ekan. Savol, bu dunyoga mashhur ayol kim?
Javob: Jakonda
897. Donetsklik shifokor Andrey Mazur o‘zining Kesha laqabli to‘tiqushiga 3 xil tilda bir necha so‘z va raqmdan iborat bo‘lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga o‘zining to‘tiqushini o‘rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol quyidagicha, u to‘tiqushiga bir necha so‘z va raqamdan iborat bo‘lgan qanday jumlani yodlatgan?
Javob: Uy manzili (mabodo yo‘qolib qolsa).
898. 1898 yili Ispaniya AQShdan mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Kubaga bo‘lgan xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin o‘zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta emasdir) bo‘lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko‘chirib ketishini aytishadi. Bu kim edi?
Javob: Xristofor Kolumb
899. Dunyoga mashhur Metro Golden Mayer kinokompaniyasining emblemasi o‘kirayotgan sher ekanligidan xabaringiz bor. Buning ma’nosi nima? Nega aynan o‘kirayotgan sher?
Javob: 1-ovozli kinoga va rangli lentaga ishora edi
900. "Ko‘zlarim yo‘lingda" filmining bosh qahramonini kim o‘ynagan va uning filmdagi kasbi nima edi?
Javob: Mirzabek Holmedov, kinochi.