Press "Enter" to skip to content

Odam organizmi haqida kutilmagan qiziqarli malumotlar

Yildan-yilga chandir va paylar kuchsizlana boshlaydi. Shu sababli oyoq kaftlari yuzasi yassilashishi mumkin, shunda oyoq kaftlari kengroq va uzunroq bo‘lib qoladi. Odatda 70-80 yoshlarga borib oyoqlar bir razmerga kattalashadi.

Odam organizmi haqida 5 ta qiziq fakt

Bu maqolamizni o‘qisangiz odam organizmiga bog‘liq qiziq faktlarni bilib olasiz.

1. Yosh o‘tishi bilan oyoq kaftlari kattalashishi rostmi?

Yildan-yilga chandir va paylar kuchsizlana boshlaydi. Shu sababli oyoq kaftlari yuzasi yassilashishi mumkin, shunda oyoq kaftlari kengroq va uzunroq bo‘lib qoladi. Odatda 70-80 yoshlarga borib oyoqlar bir razmerga kattalashadi.

2. Nima uchun ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq sovqotadi

Ayollarda teri osti yog‘lari ko‘proq, lekin ular tananing markazida to‘plangan bo‘ladi va faqat ichki a’zolarni isitadi. Shuning uchun qo‘l-oyoqlar sovuqdan kamroq himoyalangan bo‘ladi. Qo‘llar va oyoqlar sovqotganda esa, butun organizm sovqotayotgandek tuyuladi.

3. Keksalarga xos hidning borligi rostmi

Ha, rost. Bundan tashqari yoshlar va o‘rta yoshlilar ham o‘ziga xos hidga ega. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, keksa kishilar qolgan ikki guruhdagilarga qaraganda biroz kuchsizroq va ancha yoqimliroq hid chiqarar ekan.

4. Nima uchun to‘lib ketgan ichaklar tufayli emas, balki to‘lib ketgan siydik pufagi tufayli uyg‘onib ketish mumkin?

Ichaklardagi neyronlar hazm bo‘lgan chiqindilarni chiqarib yuboruvchi yo‘g‘on ichakning qisqarishini nazorat qiladi. Neyronlarning ishi esa sirkadli maromlar — organizmning ichki soatlari orqali nazorat qilinadi.

Siydik pufagi aniq bergilangan miqdordagi suyuqlikni sig‘dira olishi mumkin, u esa buyraklar tomonidan har doim ishlab chiqiladi.

5. Barmoq izlari bizga nima uchun kerak

Ilgari ular narsalarni ushlashga yordam beradi deb hisoblanar edi. Lekin Manchester universiteti olimlarining ta’kidlashicha, barmoqlardagi burushiqlar silliq buyumlarni ushlashga bizga faqat xalal berar ekan. Ular bu burushiqlar barmoqlar terisini shikastlanishdan himoya qiladi deb taxmin qilmoqda.
Manba: Daryo.uz

Odam organizmi haqida kutilmagan qiziqarli malumotlar

Asosiy menyu

So‘nggi maqolalar

1-qism. Shifokor qorli adirlardan o‘tolmaydi: Rossiyada teletibbiyotni kim.

2-qism. Davriy jadvalning birinchi elementi uglevodorod o‘rnini bosa.

DNK (dezoksiribonuklein kislota) yoxud asrning eng katta ilmiy.

Odam organizmi haqida kutilmagan faktlar

Boshlangʻich

Ushbu maqolada odam organizmi haqida koʻpchiligimiz bilmagan gʻayrioddiy faktlar haqida gaplashishga nima deysiz?

  1. Odamdagi DNK 80 000 gendan tarkib topgan.
  2. Oʻrtacha umr davomida odam boshidan oʻsib chiqadigan sochlarning uzunligi 725 kilometrga yetadi.
  3. Sargʻish-malla odamlarning soqoli qoracha odamlarnikidan koʻra tezroq oʻsadi.
  4. Gripp epidemiyasi 1918–1919-yillarda AQSh va yevropalik 20 milliondan ortiq odamni hayotdan olib ketgan.
  5. Odamning barmoqlari oʻrtacha umri davomida 25 million marta bukilib-yoziladi.
  6. Odam tugʻilgan payt uning miyasida 14 milliard hujayra boʻladi va bu oʻlgunicha koʻpaymaydi. Aksincha, 25 yoshdan keyin kuniga 100 mingdan kamayib boradi. Kitob oʻqishga sarflangan 1 daqiqa vaqt 70 taga yaqin hujayrani oʻldiradi. 40 yoshdan keyin inqiroz jarayoni tezlashadi va miya yengillashib, kichrayib boradi.
  7. Odam suyagining 50 foizi suvdan iborat.
  8. Odam tanasida yashovchi bakteriyalarning umumiy ogʻirligi 2 kilogrammga yetadi.
  9. Odamning bosh miyasida sekundiga 100 000 kimyoviy reaksiya sodir boʻladi.
  10. Bola tugʻilganda tizzasining koʻzi boʻlmaydi, u 2–6 yoshda paydo boʻladi.
  11. Odam yuragining hajmi mushtumiga teng. Voyaga yetgan odamning yuragi oʻrtacha 220–260 gramm ogʻirlikka ega boʻladi.
  12. Odamda 2 million ter bezlari bor. Har bir litr ter uchun 540 kaloriya sarflanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan 40 foiz koʻproq ter chiqaradi.
  13. Odam kuniga oʻrtacha 23 000 marta nafas oladi yoki nafas chiqaradi.
  14. Odam koʻzi 10 000 000 rang turini farqlay oladi.
  15. Odam ogʻzida 40 000 ga yaqin bakteriya yashaydi.
  16. Odamda 33 yoki 34 ta umurtqa suyagi boʻladi.
  17. Ayollar erkaklarga qaraganda taxminan 2 barobar koʻp koʻz ochib yumadi.
  18. Odam tanasidagi eng mustahkam muskul — til.
  19. Odam tanasida 2000 ta taʼm biluvchi sezgi organi bor.
  20. Bola 300 ta suyak bilan tugʻiladi, balogʻatga yetganda 206 tasigina qoladi xolos.
  21. Odam yuragi bir yilda taxminan 36 800 000 marta uradi.
  22. Koʻk koʻzli odamlar boshqalarga qaraganda koʻproq kasallikka chalinadilar.
  23. Odam tanasi oʻrtacha umri davomida 1000 marta oʻzgaradi.
  24. Tumov chaqiradigan 100 dan ortiq turdagi virus bor.
  25. Kulgan payt 17 ta muskul “ishlaydi”.
  26. Balogʻatga yetgan odam tanasidagi nerv tolalari uzunligi oʻrtacha 75 kilometrni tashkil etadi.
  27. Odam tanasidagi issiqlikning 80 foizi boshidan chiqib ketadi.
  28. Notanish ish bilan ilk bor shugʻullanish miyani rivojlantirishning eng yaxshi usuli. Miya xuddi muskullar singari qancha koʻp ishlasa, shuncha koʻp oʻsadi.
  29. Bitta odamning tanasida butun Yer yuzidagi odamlardan koʻproq tirik organizm yashaydi.
  30. Burun insonning butun umri davomida kattalashadi.
  31. Bir dona soch oʻrtacha 3 kg gacha yuk koʻtarishi mumkin.

Maqola oriftolib.uz saytidan olindi. Original maqola → Odam haqida kutilmagan maʼlumotlar.
Muqova surat muallifi: Annie Spratt / unsplash.com

Qiziqmi? Doʻstlaringizga ham ulashing!

ODAM ORGANIZMI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

1. Chaqaloq yetti oylik bo’lgunga qadar bir vaqtning o’zida yutinish va nafas olish xususiyatiga ega bo’ladi.

2. Miyadagi asab impulslari soatiga 275 km tezlikda harakatlanadi.

3. Odamning bosh chanog’i 29 xil suyakdan iborat.

4. Bir kun davomida odam organizmi dunyodagi jami qo’l telefonlari birgalikda ishlab chiqaradigan energiyani ishlab chiqaradi.

5. Bir daqiqada odam organizmida 50 ta to’qima o’ladi va shuncha yangisi paydo bo’ladi.

6. Homila uch oylikka to’lgach, o’z barmoq izlariga ega bo’ladi.

7. O’naqaylar chapaqaylarga nisbatan 10 yilcha ko’proq yashashi kuzatilgan.

8. Odam hayoti davomida 150 trillion bit axborotni xotirasida saqlab qoladi.

9. Tanamizdagi jami issiqlikning 80 foizi boshimizdan chiqib keladi.

10. Chalqanchasiga faqat biz odamlargina uxlaymiz. Boshqa jonzotlar chalqancha yotib uxlash xususiyatiga ega emas.

11. Odam organizmidagi faqat bitta a’zo qayta tiklanish imkoniga ega emas. U bizning tishimizdir.

12. Agar odam organizmidagi temir moddasini to’plansa, undan kichkinagina boltcha yasash mumkin bo’ladi xolos.

13. Bir kunda sog’lom inson o’rtacha 23000 marta nafas oladi.

14. Kulganda, odamning jami 18 ta mushagi baravar ishlaydi.

15. Bir kunda odam o’rtacha 5000 ta so’zni tiliga ko’chiradi.

16. Yurak asosan haftaning yakshanbadan dushanbaga o’tar kechasi xuruj qiladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi