Press "Enter" to skip to content

Vatan himoyachilari kuni uchun she’rlar to’plami

Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.

Vatanparvarlar uchun yangi she'rlar to'plami

Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari,
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuprog‘ini sevgan bobojonlari.

Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,
Bir bog‘ bor , bir gulshan , bitta chamanzor!
Oh , mening yuragim – jon, O’bekiston,
Mening muhabbatim aks etgan diyor.

Ko‘taring boricha bu el shonini,
Ko‘rsating dunyoga bor imkonini,
G’ayurlarning dami ichida qolsin,
E’zozlab olishsin tilga nomini.

Erkakdan omadni ayama falak,
Jonini asragil, etmagil xalak.
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.

Erkakdan omadni ayama hayot,
Muhabbat qasrin ham etmagin barbod.
Ishiga unum ber, hamyoniga pul,
Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil!

Mayliga har zamon ichib “sher” bo‘lsin,
Maysaga ag‘anab usti kir bo‘lsin.
Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda,
Yer bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin!

Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘,
Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib chog‘.
Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma,
Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma!

Nomardga zor qilma, dushmaniga xor,
Sha’nini bukmasin, hech qaysi dildor.
Sen unga qudrat ber, ko‘ngliga g‘urur,
Tokim yiqilmasin yuragida or.

Hiyonat etmasin yori berib pand,
Oyog‘idan chalmasin hech qaysi nomard.
Ayoldan qolmasin dildagi dog‘i-
Allohim, asragin bo‘lib panohi.

..Erkakning boshini egma, ey falak?!

Xonadon obro‘yi, taxti-erkaqdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.

Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.

Dasturxon qutligi – ular mehnati,
Ustimiz butligi – ular himmati.
Farzandlar chirog‘i – ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.

Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.

Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at.

Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz,
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan
Nomus-ori, e’tiqodi but kapitan.

Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz kapitan.

Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo kapitan?

Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.
Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan-
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q kapitan!.

Biringiz ugilsiz, biringiz yorsiz,
Biringiz inimiz, ishda xamkorsiz.
Ogirimiz yengil kilib doimo,
Yaxshi xamki baxtimizga siz borsiz.
Muxtojlik sezamiz ximoyangizga,
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.
Yer va kukka sizni ishonmay,
Doim aylanurmiz xamsoyangizga

Vatan himoyachilari kuni uchun she’rlar to’plami

E’tiboringizga Vatan himoyachilari haqida kuni she’rlar ni taqdim etamiz. Eng sara she’rlar to’plamidan foydalaning. O’z fikringizni albatta qoldiring.

  1. Vatan himoyachilari kuni haqida she’rlar
  2. Askarlar
  3. 14-yanvar she’rlar
  4. Vatanim nomini dunyoga aytib
  5. Askarlar haqida tabrik she’r
  6. Vatanparvarlar
  7. Xarbiy askarlar
  8. 14-yanvar bayrami
  9. Vatan himoyachilari kuni she’rlar. Harbiy askarlar
  10. Askar haqida she’r

Vatan himoyachilari kuni haqida she’rlar

Saflarda qad kerib turgan ey askar, Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar. Yurakni, bilakni etgil safarbar, Gulday diyoringni asra hamisha! Duosi, so‘zlari yodingda tursin, Nur ingan yuzlari yodingda tursin, Mehrli ko‘zlari yodingda tursin, Onaizoringni asra hamisha! Singling bor – tegrangda parvona, halak, Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak. Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak – Qatorda noringni asra hamisha. Bir kuni omading, baxting kuladi, Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi. Bolangga munosib ona bo‘ladi – Intizor yoringni asra hamisha! Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon, Nomus bilan aziz sanalgay inson. Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on, Oringni – boringni asra hamisha!

Askarlar

Biringiz o’g’ilsiz, biringiz yorsiz,
Biringiz inimiz, ishda xamkorsiz.
Og’irimiz yengil qilib doimo,
Yaxshi xamki baxtimizga siz borsiz…..
Muxtojlik sezamiz ximoyangizga,
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.
Yer va ko’kka sizni ishonmay,
Doim aylanurmiz xamsoyangizga.

14-yanvar she’rlar

Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,

Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at.

Vatanim nomini dunyoga aytib

Vatanim nomini dunyoga aytib,
Yetkizdim ta’rifin hech bir nuqsonsiz,
Dunyo go’zal dedi men aytdim unga,
Dunyo ham dunyomi O’zbekistonsiz.
Tinchlikni bahshida etdi yurtboshim,
So’ngi manzilimda xalqim yo’ldoshim,
Vatanim faxrimdir ko’kdadir boshim,
Dunyo ham dunyomi O’zbekistonsiz.
Bolakay yiqilib tushsa gar nogoh,
Qo’shnisi o’rnidan turgizar panoh,
Mehmonlar aytishar bu go’zal dargoh,
Dunyo ham dunyomi O’zbekistonsiz.
Bolalar hur quvnab o’ynashiga boq,
Bolakay vatan deb kuylashiga boq,
Yaxshilar ketmasin yurtimdan yiroq,
Dunyo ham dunyomi O’zbekistonsiz.
Azaldan mehribon oq-ko’ngil xalqim,
Albatta buyukdir bilsinlar har kim,
Barchaga savolim eshitingiz jim,
Dunyo ham dunyomi O’zbekistonsiz.

Askarlar haqida tabrik she’r

Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.

Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
«Havf, havf”, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.

Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.

Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.

Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.

Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.

Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.

Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.

Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.

Vatanparvarlar

Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga,
Tegadi g‘ururning baland tomiga,
Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t,
Tortadi alamli o‘ylar domiga…

Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari,
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuprog‘ini sevgan bobojonlari.

Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,
Bir bog‘ bor , bir gulshan , bitta chamanzor!
Oh , mening yuragim — jon, O’bekiston,
Mening muhabbatim aks etgan diyor.

Ko‘taring boricha bu el shonini,
Ko‘rsating dunyoga bor imkonini,
G’ayurlarning dami ichida qolsin,
E’zozlab olishsin tilga nomini.

Erkakdan omadni ayama falak,
Jonini asragil, etmagil xalak.
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.

Xarbiy askarlar

Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz,
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan
Nomus-ori, e’tiqodi but ASKAR.

Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz ASKAR.

Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo ASKAR?
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.

Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan-
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q ASKAR!.

Vatan himoyachilari kuni she’rlar

14-yanvar bayrami

Xonadon obro‘yi, taxti-erkaqdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.

Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.

Dasturxon qutligi — ular mehnati,
Ustimiz butligi — ular himmati.
Farzandlar chirog‘i — ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.

Vatan himoyachilari kuni she’rlar. Harbiy askarlar

Bir xil yur, deb uqtirar serjant,
Bir xil tur, deb uqtirar serjant.
Uxlar bo‘lsang, tushlaringni ham
Bir xil ko‘r, deb uqtirar serjant.Bir xil tushmas ammo negadir,
Poyma-poydir qadamlarimiz.
Kimdir safdan qolib ketadi,
O‘zib ketar ildamlarimiz.Bir haftami, o‘n kunmi o‘tgach,
Izga tusha boshlar hammasi.
Tarbiyalar bizlarni chanqash
Va toshyo‘lning o‘tdek nafasi.Hayotda-chi, ammo hayotda
Teng tushmaydi aslo odimlar.
Kimlar qolib ketadi ortda,
Ilgarilab ketadi kimlar.Buni o‘nglab bo‘lmaydi hargiz,
Har kim qo‘ldan kelgancha yashar.
Lekin, do‘stlar, shu yurt uchun biz
Bir umrga askarmiz, askar.Mayli, turfa kechsin kunimiz,
Har xil bo‘lsin bizda quvonch, dard.
Ammo shu el, shu Vatanni biz
Birday halol sevmog‘imiz shart!

Vatan himoyachilari kuni she’rlar

Askar haqida she’r

O’zbekiston Askari
Qadamingdan o‘t chaqnar
liboslaring yarashar,
Ko‘rganlar xavas qilar-
O’zbekiston Askari!Sen o‘z o‘rning sardori
Ximoyangda yosh-kari
Sergak turgin, charchama,
O’zbekiston Askari!Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir xar oning,
Oshgay shuxrat va shoning-
O’zbekiston Askari!Ardoqlagin Vatanni
Bag‘ishlab jonu tanni
Yo‘latmagin dushmanni
O’zbekiston Askari!Ozod yurtim bor, deb ayt
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt-
O’zbekiston Askari!

Vatan himoyachilari kuni haqida she’rlar sizlarga yoqqan bo’lsa o’z fikringizni qoldiring. Sizlarga tavsiyamiz bor :

14-yanvar vatan himoyachilari kuniga she’rlar to‘plami

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan sara va ta’sirli she’rlar to‘plamini qabul qiling.

Mazkur to‘plamda yigitlar , erkaklar, askarlar va harbiylar uchun, shuningdek vatanparvarlik ruhi haqidagi ajoyib she’rlar o‘rin olgan.
14-yanvar vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan she’rlar to‘plamini – yuklab olish
Darvoqe, vatanimiz posbonlariga bag‘ishlangan harbiy qo‘shiqlar izlayotgan bo‘lsangiz ushbu sahifadan, senariylar izlayotgan bo‘lsangiz ushbu sahifadan topishingiz mumkin.