Press "Enter" to skip to content

Chol bilan Bo‘ri ertagi bolalar uchun

Aqlli, idrokli, zehnli

Chol bilan bo‘ri — O‘zbek xalq ertagi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir bo‘ri bor ekan. Bo‘ri qo‘ylarga hujum qilaverib, cho‘ponlarning joniga tegibdi. Ular ovchiga arz qilibdilar. Ovchi bo‘ri izidan tushib o‘rmonga kiripti. Bo‘ri qo‘rqib o‘rmondan qochib chiqibdi. Ovchi uni tirqiratib quvipti.
Quvaveripti, quvaveripti, bo‘rining tinkasi quribdi. Bo‘ri oxiri qochadigan joy topolmay qolipti. Shu vaqt to‘satdan qop ko‘targan bir chol uchrab qolipti.
— Assalomu alaykum, chol bobo, — depti bo‘ri. — Menga rahmingiz kelsin, ovchining qo‘lidan qutqaring. U meni otib tashlaydi. Yosh jonimga rahm qiling.
Uning ko‘z yoshini ko‘rib, cholning rahmi kelipti.
— Kel, qopga kir, — debdi chol.
Bo‘ri qopga kiribdi. Chol qopni orqalab ketaveribdi.
Chol oldidan ovchi chiqibdi.
— Bobo, shu yerdan bo‘ri o‘tmadimi? Ko‘rmadingizmi? — deb so‘rabdi ovchi.
— Yo‘q, ko‘rmadim, — debdi chol.
Ovchi oshiqib chopganicha nari ketibdi.
— Qopdan chiq, qutulding, debdi chol bo‘riga. Bo‘ri qopdan chiqibdi.
— Endi ortingga qayt, o‘rmonga ketaver, — debdi chol.
— Nimaga, debdi bo‘ri. — Men ochman, seni yeyman.
— Voy noinsof. Men seni o‘limdan qutqazib qolib, yaxshilik qilsam-u, sen meni yeysanmi?
— Ha, ishim yomonlik, — debdi bo‘ri. Ular janjallashib turgan ekanlar, birdan tulki kelib qolibdi.
— Ha, nima gap? — deb so‘rabdi tulki.
— Yaxshilikka bo‘ridan yomonlik qaytayapti, — deb ko‘z yoshi qilibdi chol. Bo‘ri voqeani aytib beribdi.
Tulki debdi:
— Gapingga ishonmayman, bo‘ri. Nahotki bo‘ri shu kichkina qopga sig‘sa…
— Ha, sig‘aman, — debdi bo‘ri.
— Bo‘lmasa qopga kirib ko‘r-chi, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rib ishonay. Keyin cholni yesang, mayli, haqqing bor, — debdi u.
Bo‘ri darrov qopga kiribdi.
— Qopning og‘zini bogiang, bobo, — debdi tulki.
Chol darrov qopning og‘zini bog‘labdi.
Bo‘ri endi ming yalinsa ham, chol uni qopdan chiqarmabdi.

 

Chol bilan Bo‘ri ertagi bolalar uchun

Sehrgar bola

Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg’a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. Agar xohlasangizchi, bolalar, men hozir sizlarga ana shu chaqimchi chumchuqdan eshitganim sehrgar bola haqidagi ertakni aytib beraman. Sehrgar bolaning ismi Anvar ekan. Anvar bir kuni maktabdan qaytayotsa shundoqqina yo’l chekkasida do’mboqqina kuchukcha yig’lab o’tirgan ekan. Anvar dunyodagi jamiki jonivorlaming tilini bilgani uchun kuchukcha bilan bemalol gaplashibdi.
— Kap-katta bo’lib qolibsan-u, nega yig’laysan?

Tadbirli bola

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir kambag‘al chol bilan kampir va ularning uch o‘g‘li bor ekan. Ular juda qashshoq yashar ekan. Kunlardan bir kun chol kasal bo‘lib, qazo qilibdi. Bolalarning tarbiyasi yolg‘iz kampirga qolibdi. Kampir qiyinchilik bilan bolalarini boqibdi. U odamlarning uyida kir yuvibdi, hovli tozalabdi, xullas, nima ish to‘g‘ri kelsa, barchasini qilib kun o‘tkazibdi.
Yillar o‘tib, bolalar ham voyaga yetishibdi. Bir kuni kampir o‘g‘illarini chaqirib:
— O‘g‘illarim, endi men qarib qoldim, sizlar ham katta bo‘lib qoldinglar. Endi biror yumush topsalaring bo‘lardi, — debdi.

Qo’y bilan bo’ri

O‘zbek xalq ertagi

Bor ekan-da, yo’q ekan, och ekan-da, to’q ekan, o’tgan zamonda bir ona qo’y bilan bir qari bo’ri o’tgan ekan. Qo’yning to’rtta qo’zisi bor ekan. Bo’ri qo’zilarning barra go’shtlarini eyish orzusida doim payt poylab yurar ekan, ammo hech ilojini qilolmas ekan. Oxiri bo’ri o’ylab-o’ylab avval qo’y bilan do’st bo’lishga, keyin paytini topib, qo’zilarni eyishga ahd qilibdi. Qo’ynikiga kelib unga shunday debdi:

— E qo’yjon, eski gina-kuduratlarni tashlaylik, sen bilan bir umrga oshna bo’lgani keldim.

Qo’y bechora bo’rining gaplari chin bo’lsa kerak, deb o’ylabdi-da, u bilan oshna tutinibdi.

Oltin olma

O‘zbek xalq ertagi

O‘tgan zamonda ikki qo‘shni yashagan ekan. Biri boy, lekin befarzand, ikkinchisi esa bola-chaqasi ko‘p-u, biroq nihoyatda kambag‘al ekan.
Bola-chaqasi ko‘p kambag‘al qo‘shnining uyi kecha-yu kunduz shovqin-suron, to‘polon, bag‘ir-bug‘ur bo‘lib, boy qo‘shnisiga hech tinchlik bermas ekan.
Bir kuni boy qo‘shni kambag‘alnikiga chiqib:
— Tinchlik berasizlarmi, yo‘qmi, yeyishga ovqatlaring yo‘q, hamma yoqdan qarz bo‘lib yotibsanlar-ku, kechasi-yu kunduz uylaringda kulgi, shovqin-suron, bu nima degan gap! — deb do‘q uribdi. Shunda kambag‘al javob qaytaribdi:

Aqlli, idrokli, zehnli

O‘zbek xalq ertagi

O‘tgan zamonda bir boy yashagan ekan. Uning uch o‘g‘li bo‘lib, uchalasi ham zo‘r bilimdon ekan.
Kunlardan bir kuni mo‘ysafid ota betob bo‘lib yotib qolibdi. U uchala bolasini oldiga chaqirib, nasihat qilibdi:
— Bolalarim, agar qazom yetib o‘lsam, bog‘dagi katta uzumning tagiga har biri otning kallasidek keladigan uchta oltin ko‘mganman. Shuni uchalang boshqa shaharga olib borib, bo‘lashib olinglar.
O‘z shahrimizda, «otasi o‘lgandan keyin yillik oshini bermay turib, bolalari dunyo bo‘lishga tushibdi», degan gap-so‘z tarqamasin. Mening nomimga isnod tegmasin.

Qushlar

Bir ovchi daraning chekkasiga to'rdan tuzoq qo'yibdi. To'r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to'da qush tuzoqqa ilinih qolibdi.

Bir ovchi daraning chekkasiga to'rdan tuzoq qo'yibdi. To'r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to'da qush tuzoqqa ilinih qolibdi.

Ovchi to'r tuzoqlaridan xabar olgani kelsa, unga ilingan qushlar gurr etib, to'rni ham ko'tarib, ucha ketishibdi. Qushlarning bir tan-bir jon bo'Iib, ustiga-ustak, to'r tuzoqni ham ko'tarib uchishlariga lol qolgan ovchi orqalaridan quva boshlabdi.

Yo'lda bir odam duch kelibdi. Ovchidan nega buncha hovliqib chopayotganini so'rabdi.

Aqlli devona

(Uyg’ur xalq ertagi)

Qadim zamonda bir podsho o'tgan ekan. Bu mamlakatda bir devona bo'lib, aqlliligi, tadbirkorligi bilan mashhur ekan. Devonaning ta'rifini eshitgan podsho uni huzuriga chaqirtiribdi. Devona: "Haq do'st yo alloh!" deya saroyga kirib kelib-di. Podsho uning aqlu zakovatini sinab ko'rish maqsadida yuzini tutibdi. Unga javoban devona tomog'iga ishora qiJibdi. Podsho boshini ushJagan ekan, devona tili-ni ko'rsatibdi. Uning javobidan qanoat-langan podsho xizmatkoriga bir lagan til-lo oJib kelishni buyuribdi. Oltin tangalar-ni podshoning o'zi devonaning xurjuniga solib beribdi. Buni ko'rgan vazir-u vuzarolar norozi bo'lib g'udurlashibdi:

Xo’roz bilan bo’ri ertagi

Hurmatli ertaksevar bolajonlar — sizlarga xo’roz bilan bo’ri ertagi havola etamiz.

Bir bo‘ri daraxt ustida o‘tirgan Xo‘rozni ko‘ribdi va uni tutib yemoqchi bo‘lib, daraxt ostiga keldi. Hiyla bilan bechora Xo‘rozni daraxtdan tushirmoqchi bo‘libdi: «Ey, Xo‘roz o‘rtoq! Men senga bir yaxshi xabar keltirdim. Hayvonlar bilan qushlar o‘rtasida sulh bo‘ldi. Bir-biriga zulm qilmaslikka, biri ikkinchisini tutib yemaslikka qaror qilindi. Kel, birodar, pastga tush! Bir-birimizga do‘st bo‘lib, birga o‘ynaylik», — dedi. Xo‘roz Bo‘rining so‘ziga aldanadigan darajada nodon va ahmoq bo‘lmaganidan Bo‘riga qarab shunday dedi:

— Do‘stim, so‘zing rost. Lekin biroz sabr qil. Sendan boshqa ikki it ham sulh xabarni eshitib, bu yerga kelishmoqda. Hammamiz birga o‘ynaymiz.

Bo‘ri Xo‘rozdan bu so‘zni eshitgan zamon dumini orqasiga qo‘yib, qocha boshladi.

Xo‘roz: «Hoy, birodar, nima uchun qochayapsan, o‘rtamizda sulh bor-ku?» — desa. Bo‘ri:

— Oh, do‘stim! Bu zolim itlar sulhni buzganga o‘xshaydi, — deb qochib ketibdi. Xo‘roz orqasindan: «quq- qa…ru…qu-u…», — deb qichqirib qolibdi.