Press "Enter" to skip to content

Yangi yil bayramiga eng yangi ssenariylar to’plami

1-Boshlovchi: Yangi yil muborak, aziz Vatanim!
Farzandlari sog’lom, qudratli yurtim!
Yangi yil muborak, mehnatkash halqim!
Fidoiy, mardona, jonkuyar elim!

Yangi yil archasi qanday tanlanadi?

Yangi yil bayramining eng muhim qismi bu albatta – bezatilgan archa sanaladi. Shunday ekan qay birini tanlagan yaxshi : sun’iy archanimi yoki tabiiy turini? Yoki xonani archa shoxchalaridan yasalgan to’plam bilan bezatish kifoya deb o’ylaysizmi?

Bu variantlarning har biri yaxshi, lekin asosiy qoidalar haqida ham unutmang – archa bezaklari yangi yil uchun yasatilgan uyingiz bezaklariga mos bo’lmog’i lozim. Tabiiy archaning ham sun’iy archaning ham afzalliklari yetarlicha.

Tabiiy archaning ijobiy va salbiy tomonlari

U haqiqiy bolalik onlarini yodga soladi. Har biri kishi intiqib kutayotgan yangi yil bayrami muhitiga tabiiy paxmoq archaning sovuq harorati va hushbo’y hidi orqali erishish mumkin. Archa bozorlarida turli xil darahtlar bor, shuning uchun ham tanlov borasida cheklanmaysiz.

Yangi 2019-yilni kutib olish uchun bu safar Norveg shimoli archasini harid qilsangiz, kelgusi dekabrda rus qarag’ayini tanlashingiz mumkin. Tabiiy ignabargli daraxtlarning kamchiligiga kelsak, uni umri qisqa bo’ladi. Xattoki alohida parvarish bilan ham uch haftada to’kila boshlaydi. Aslida 3 hafta ham katta muddat!

Sun’iy archaning ijobiy va salbiy tomonlari

Birinchi afzallik tomoni – bu archa sizga uzoq yillar hizmat qiladi va, u payt mobaynida pulingizni tejay olasiz. Bundan tashqari pollarga to’kiladigan ignachalarni terishga xojat ham bo’lmaydi. Ammo plastikdan yasalgan archa tanlamagan ma’qul.

Uyni hozirda urfga kirgan ekostil ko’rinishida bezatishga kirishgan bo’lsangiz – bu uning tabiiy materiallardan bo’lishi kerakligini anglatadi.

Dekorativ archaning ijobiy va salbiy tomonlari

So’nggi yillarning ajoyib tendensiyalaridan biri dekorativ archalar hisoblanadi. Bu aslida archa daraxti bo’lmasligi ham mumkin. Misol uchun devorga osilgan girlandiyalardan yasalgan archa ham antiqa ko’rinadi. Yoki futuristik uslubdagi metallarning stol kompozitsiyasini yaratishga urinib ko’ring.

Yasalgan archalar haqiqiy daraxtni sig’dirish qiyin bo’lgan kichik joylarda asqotadi. Huddi shu kategoriyaga ignabargli to’plamni kiritish mumkin. Uni har bir xonaga, dahlizlar va oshxonaga ham joylashtirsa bo’ladi.

Agar sizning xonadoningizda bayram harorati uzoq vaqt gurkirab turishini hoxlasangiz, uyingizni bezatishda qarag’ay daraxti tanlashni maslaxat beramiz. Bu archa daraxti bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilib o’tkazilganda ta’sir sezmaydi. Unga har kungi g’amxo’rlik qilishning hojati ham yo’q.

Ha, qarag’ay shaklini tuzatish juda oson. Odatda uning pastki shoxlari kesib olinadi va bo’sh bo’lgan joyga bog’lanadi. Qarag’aydan juda chiroyli yangi yil daraxti chiqadi. U ignalarini to’kib yubormaydi va ularning uchi sarg’ish tusga kirmasdan, chiroyli ko’rinishda qoladi.

Qarag’ayni tanlashda jo’ylashuvini ham hisobga olish kerak. Agar uni xonaning burchak qismiga joylashtirmoqchi bo’lsangiz, bir tomonli qarag’ay bilan cheklansangiz ham bo’ladi. Bunday archa bozorda qo’pol ko’rinsa-da uyga kelganingizda uning barcha afzalliklari namoyon bo’ladi. Hamma tomonlama yumshoq va qalin archani faqatgina xonaning markazi uchun tanlash kerak.

Yangi yil archasi qanday tanlanadi?

Archa issiq xonalarni yoqtirmaydi. Agar chindan ham shunday archa xohlasangiz, u holda ko’k tusdagi archa daraxtini tanlang. Bu archaning issiqdan qo’rqmaydigan yagona turidir. Archaning qolgan turlari qor bilan qoplangan o’rmondan ko’chib o’tishga mone’lik qiladi.

Ularning ignalari tezda namlikni yo’qotadi, quriydi va intensivligi tushib ketadi. Agar bunday archani yangi yildan ikki hafta oldinroq bezatsangiz, bayramda uning quvnoq ko’rinishidan asar ham qolmaydi. «Unday bo’lsa yangi yil arafasida archa sotib olish kerak ekan-da» deb o’ylarsiz balki.

Bu to’g’ri! Faqat bozordagi archalar ham bu yerga bir marta keladi-da. Vaqt o’tishi bilan, sotilmay qolgan narsalarni harid qilishingiz kerak bo’ladi va bu sizga mos kelmasligi mumkin.

Sun’iy archa qanday tanlanadi?

Yoqimli, g’amho’rlikka muhtoj bo’lmagan yangi yil sun’iy archasi qanday tanlanadi? 2019 yilga borib ularning tanlovi ajoyib darajada yuqori bo’lmoqda! Bunday daraxtlarni qo’shimcha muammolarni istamagan, tabiatni sevadigan va pul tejamaslikka qodir odamlar sotib oladilar.

Darhaqiqat, bugungi kunda sotuvga chiqarilgan sun’iy daraxtlar muammolarni hal qila oladi. Bunga qo’shimcha ravishda, u sizga yetarlicha uzoq xizmat qilishi ham aniq. Bu uzoq vaqt xizmat qiladigan narsa bo’lgani uchun tanlayotgangan vaqtingizda pul tejamasligingiz kerak. Sifatli archada metall ramka, ingichka (baliq ovlash liniyasiga o’xshash) ignalar bo’lishi lozim. Bundan tashqari, mahsulotni xidlab ko’rish ham tavsiya etiladi.

Plastmassaning hidi uning past sifati haqida gapiradi. Yupqa qog’ozga o’xshash ignalar o’z ko’rinishini tez yo’qotadi. Sotib olish paytida uning ignalarini tortib ko’ring, ularni kuch bilan ta’sir qiling. Yaxshi sifatli daraxt ushbu harakatlardan zararlanmaydi. Agar «ignalar» egilgan bo’lsa, ular tez fursatda ajralib qoladilar.

Bu holatda sizga boshqa rastaga o’tishni maslaxat beramiz. Maxsus mexanizmlar bilan jihozlangan daraxtlarni diqqat bilan tanlanish kerak. Yomon elektronika bayram oxirigacha ham «yashamasligi» mumkin. Bunda kayfiyat buziladi va pulingiz ham bexudaga sarflanadi. Bu kabi archalarni maxsus do’konlardan sotib olgan yaxshiroq. Albatta, kafolatini ham unutmagan holda!

Archani uzoqroq saqlash uchun?

Archa sizni o’z go’zalligi bilan ko’proq zavqlantirishi uchun siz uni chelakka o’rnatib, qum bilan chelakni to’ldirishingiz kerak. Birinchi navbatda taglikdagi ildiz o’z qobig’idan tozalanadi. Daraxtning qiyshayishiga yo’l qo’ymaslik uchun pastki qismining diametri bilan teng bo’lgan bir juft detal ildizga mixlanadi. Bunday konstruktsiya archaga bardamlik bag’ishlaydi.

 

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Yangi yil bayramiga eng yangi ssenariylar to’plami

Ushbu sahifamiz orqali Yangi yil bayrami uchun yangi tadbir ssenariylarini taqdim etamiz. Kerakli faylni ustiga bosing va bepul yuklab oling.

“Yangi yil sarguzashtlari” bayram kechasi ssenariysi

Zal. Yangi yil ruhida bayramona bezatilgan. Yangi yil mavzusida tayyorlangan devoriy gazetalar, plakatlar, sharlar, yasatilgan archa tadbirga ko’tarinki ruh bag’ishlaydi. Bolalar bayramona liboslarda, ertak qahramonlari obrazlarida tashrif buyurishgan.

1-Boshlovchi: Assalomu alaykum, mehri daryo ustozlar va qalbi qaynoq bolalar!

Tabrik aylay sizni, do’stlar-yoronlar,
Yangi yil ham yangi iqbollari bilan.
Er-u osmon chin ko’ngildan jo’r bo’lar
Nurli xush ayyomda xushhollar bilan.

2-Boshlovchi:

Yayraylik to sahar to’lqin bo’lib,
CHehralar gulgun bo’lib,
Davramizda raqsga tushsin oy bo’lib,
Raqsga tushsin archalar tollar bilan.

1-Boshlovchi: Mana, 2017 yil tugab, 2018 yil kirib kelishiga ham oz fursat qolgan.

2-Boshlovchi: Barchangizga yangi yilda yangi baxt, yangi kuch-quvat, sog’liq-salomatlik tilaymiz.

(Eshik orasida g’ala-g’ovur boshlanadi.
Eshik ochilib, Oppog’oy va 3 ta mittivoy kirib keladi).

1-Boshlovchi: Iya, bular kim bo’ldi ekan?

2-Boshlovchi: Axir bu Oppog’oy bilan mittivoylar-ku! Bayramimizga tashrif buyurib, bizlarni juda xursand qildingiz.

1-Boshlovchi: “Topgan gul, topmagan bir bog’ piyoz” deyishadi. Oppog’oy, sizlar ham bayramimizga quruq kelmagan bo’lsangiz kerak.

Oppog’oy: To’g’ri aytasiz. Yangi yil tabriklarimizni qabul qiling. Qani, mittivoylar!

Mittivoylar:

Biz – mitti-mittivoylar,
(Birgalikda) Xushchaqchaq chaqqonvoylar!
Gar o’yinga tushsak biz,
Qattiq qarsak chaling siz.

Oppog’oy: So’zlaringiz isboti bilan bo’lsin, Mitivoylar, davraga marhamat!

(SHo’x kuy yangraydi. Mittivoylar mehmonlarni ham davraga tortib, birga raqsga tushadilar. SHu payt qaroqchilar sekin kirib kelib, Oppog’oyni o’g’irlab ketishadi. Raqs tugagach, hamma uning yo’qligini sezib qoladi).

1-mittivoy: Voy,Oppog’oy yo’q-ku, qayoqqa ketdi ekan?

(Eshikdan qizil qalpoqcha kirib keladi).

Qizil qalpoqcha: Salom, bolalar! Hammangizni Yangi yil bilan tabriklayman. Men ham sizlar bilan bayramda o’ynasam maylimi?

1-Boshlovchi: Qizil qalpoqcha, bizning Oppog’oyimiz yo’qolib qoldi. Sen uni ko’rmadingmi maboda?

Qizil qalpoqcha: Ko’rdim. Uni qaroqchilar o’rmon tomonga olib ketishayotgandi. SHu yo’ldan to’g’ri ketsangiz, ularni topasiz.

(Mittivoylar chiqib ketishadi. SHu payt bo’ri kirib keladi).

Bo’ri: Qizil qalpoqcha, men seni yeyman!

Qizil qalpoqcha: SHoshma, bo’rivoy! Avval shartimni bajar. Agar g’olib chiqsang, mayli, yeyaver. Lekin yutqizib qo’ysang, Oppog’oyni topishda mittivoylarga yordam berasan. Bo’ptimi?

2-Boshlovchi: Tennis koptogini qoshiqda manzilga yetkazishingiz kerak. Lekin qoshiqni qo’lda emas, og’zingda ushlashing kerak bo’ladi.

1-Boshlovchi: Qani, bo’rivoy bilan bellashadigan mard bolalarimiz bormi? Marhamat . . .

(Bo’ri va 2 bola o’zaro bellashadi. G’olib bolaga sovg’a beriladi).

2-Boshlovchi:

Eh, maqtonchoq bo’rivoy,
Yutdi-ku bu bolakay.
Jazosiga o’ynaysan,
Baland-baland sakraysan.

Bo’ri: Mayli, roziman. Mana shu chaqqon bolajonlar bilan o’ynaganim bo’lsin. Mashshoqlar, chalinglar “Bagdaduri”ga!

(SHo’x qo’shiq yangraydi. Bo’ri va bolalar raqsga tushishadi. Musiqa tugagach, Bo’ri chiqib ketadi. SHum bola va SHumtaka kirib keladi. Ular o’zaro bahslashadi).

SHum bola: Ha, topolmadingiz-ku, “Aqlda tengi yo’qman” derdingiz-ku. SHuniyam topolmading.

SHumtaka: Qiyin ekanda, topishmoqlaring, osonrog’ini so’ragin.

1-Boshlovchi: Hoy-hoy, SHum bola, SHumtaka. Nega bahslashayap-sizlar? Yangi yilni janjallashib kutib olmoqchimisizlar?

2-Boshlovchi: Biron nimani bilmayotgan bo’lsangiz, keling, bolalardan so’raymiz.

SHum bola: To’g’ri aytasiz. Bolajonlar, SHumtaka aytgan topishmoqlarimga javob topolmayapti. Unga yordam berasizlarmi?

Bolalar: Ha.

SHum bola: Unda eshitinglar.

  1. Tomorqada o’sadi,
    Tilingni xo’b chaqadi.
  1. O’zi bitta, ko’zi ikkita,
    Mo’ylovi o’zidan ham uzun.
  1. Dunyoda eng mazali,
    Sedanali, jizzali.
  1. Bo’g’irsoqday dumaloq,
    Issiqda bosar chanqoq.
  1. Yoz bo’yi u mehnatda,
    Qishda uxlar, albatta.
  1. Ayyorlikda tengi yo’q,
    Tovuq, g’ozning tinchi yo’q.

(SHum bolaning topishmoqlariga to’g’ri javob bergan bolalarga sovg’a beriladi).

1-Boshlovchi: Qoyil, ofarin, bolalar! “Aqlda tengi yo’q” deb sizlarni aytsa bo’larkan.

2-Boshlovchi: SHumtaka, SHum bola, sizlar mabodo qaroqchilarning qayoqqa ketganini bilmaysizlarmi? Ular Oppog’oyni o’g’irlab ketishdi. Mittivoylar esa ularning ketidan quvib ketishgandi.

SHumtaka: Ko’rdik, ko’rdik ularni. Qayoqqa ketishganini ham bilamiz. Lekin avval bolalar bilan bir “Andijoncha”siga raqsga tushmoqchimiz.

SHum bola: Avval mazza qilib o’ynab olaylik. Keyin Mittivoylar qayoqqa ketganini aytamiz. Qani, bolalar davraga marhamat!

(SHum bola, SHumtaka va bolalar raqsga tushadilar).

SHumtaka: Ey, rahmat. Zo’r o’ynarkansizlar. Mazza qildim.

SHum bola: Ana endi aytsak bo’ladi, Mittivoylar qayoqqa ketganini. Ular Alishox saroyiga kirib ketishganini ko’rdik.

1-Boshlovchi: Iya, qaranglar, olampanohimizning o’zlari bakovul-yasovullari bilan birga tashrif buyurishibdi bayramimizga.

2-Boshlovchi: Marhamat, davra sizlarga muntazir.

(“ Alishox” guruhi ijrosida raqs ijro etiladi. Raqsdan so’ng Mittivoylar, SHumtaka,
SHumbola, Bo’ri, Yalmog’iz kampirni, qaroqchilarni sudrab olib kelishadilar).

2-Mittivoy: Mana, biz ularni tutdik.

3-Mittivoy: Yalmog’iz kampirning buyrug’i bilan manavilar Oppog’oyni o’g’irlab, berkitib qo’yishdi.

1- Mittivoy: Qaytarib ber, Oppog’oyni, yaramas kampir!

Yalmog’iz: Bo’pti, bo’pti. Agar biz bilan o’rtoq bo’lsanglar, biz bilan birga raqsga tushsanglar,Oppog’oyni qaytarib beraman.

1-Boshlovchi: Bolajonlar, yalmog’iz kampir bilan, qaroqchilar bilan raqsga tushamizmi?

Bolalar: Ha, mayli.

2-Boshlovchi: Unda hamma raqsga tushsin!

(SHo’x kuy yangraydi. Hamma raqsga tushadi. Musiqa to’xtaganida, Oppog’oy kirib keladi).

Oppog’oy: Hammangizga katta rahmat. Meni bandilikdan ozod qildinglar.

1-Boshlovchi: Oppog’oy, Yalmog’iz kampir ham, qaroqchilar ham “Endi yovuzlik qilmaymiz” deb so’z berishmoqchi hammamizga.

Yalmog’iz va qaroqchilar: So’z beramiz! Endi hech ham yomonlik qilmaymiz.

2-Boshlovchi: Juda soz. Ana endi bayramimiz bayramday o’tadi.

1-Boshlovchi: Bolajonlar, yangi yil kirib kelishi uchun yana 2 ta mehmonni taklif qilishimiz kerak bu yerga.

Oppog’oy: Kim ekan u mehmonlar?

Bolalar: Qorbobo! Qorqiz!

SHumbola: To’ppa-to’g’ri. Endi hammamiz birgalikda Qorbobo bilan Qorqizni chaqiramiz.

Hamma: Qorbobo! Qorqiz! ( 3 marta).

(Qorbobo Qorqiz bilan kirib keladi)

Qorbobo: Salom, meni aziz bolajonlarim. Kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo’lsin.

Qorqiz: Bobojon, bayram avjida-ku. O’yin-kulgi-ga, musoboqalar ham qiziqarli o’tgan bo’lsa kerak. Yangi yil sovg’alarsiz bo’lmaydi, albatta.

Qorbobo: To’g’ri aytasan, qizim, hammangizga yetarli sovg’a bor qopimda.

(Qorbobo bolalarga sovg’a ulashadi).

Qorbobo: Iya, archamiz uxlab qopti-ku. Bayram chiroqlarini yondirishim uchun menga yordam berishingiz kerak, bolajonlarim. Hammamiz birgalikda “Archa, yon” deymiz.

Bir, ikki, uch . . . archa yon! ( 3 marta). (Archa yonadi).

1-Boshlovchi: Yangi yil muborak, aziz Vatanim!
Farzandlari sog’lom, qudratli yurtim!
Yangi yil muborak, mehnatkash halqim!
Fidoiy, mardona, jonkuyar elim!

(Yangi yil haqida qo’shiq yangraydi. Bolalar raqsga tushadi)

2-Boshlovchi: Mana, bugungi bayram dasturimiz ham nihoyasiga yetdi. Barchangizga o’qishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Xayr, salomat bo’ling!

  1. Oppog’oy
  2. 3 ta mittivoy
  3. Qizil qalpoqcha
  4. Bo’ri
  5. SHum bola
  6. SHumtaka
  7. Qorbobo
  8. Qorqiz

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sun'iy?

Yangi yil bayramining eng muhim qismi bu albatta – bezatilgan archa sanaladi. Shunday ekan qay birini tanlagan yaxshi : sun’iy archanimi yoki tabiiyi turini? Yoki xonani archa shoxchalaridan yasalgan to’plam bilan bezatish kifoya deb o’ylaysizmi? Bu variantlarning har biri yaxshi, lekin asosiy qoidalar haqida ham unutmang – archa bezaklari yangi yil uchun yasatilgan uyingiz bezaklariga mos bo’lmog’i lozim. Tabiiy archaning ham sun’iy archaning ham afzalliklari yetarlicha.

Sun'iy archa: ijobiy va salbiy tomonlari

Birinchi afzallik tomoni – bu archa sizga uzoq yillar hizmat qiladi va,u payt mobaynida pulingizni tejay olasiz. Bundan tashqari pollarga to’kiladigan ignachalarni terishga xojat ham bo’lmaydi. Ammo plastikdan yasalgan archa tanlamagan ma'qul. Uyni hozirda urfga kirgan ekostil ko'rinishida bezatishga kirishgan bo’lsangiz – bu uning tabiiy materiallardan bo’lishi kerakligini anglatadi.

Tabiiy archa: ijobiy va salbiy tomonlari

U haqiqiy bolalik onlarini yodga soladi. Har biri kishi intiqib kutayotgan yangi yil bayrami muhitiga tabiiy paxmoq archaning sovuq harorati va hushbo’y hidi orqali erishish mumkin. Archa bozorlarida turli xil darahtlar bor, shuning uchun ham tanlov borasida cheklanmaysiz. Yangi 2019-yilni kutib olish uchun bu safar Norveg shimoli archasini harid qilsangiz, kelgusi dekabrda rus qarag'ayini tanlashingiz mumkin. Tabiiy ignabargli daraxtlarning kamchiligiga kelsak, uni umri qisqa bo'ladi. Xattoki alohida parvarish bilan ham uch haftada to’kila boshlaydi. Aslida 3 hafta ham katta muddat!

Dekorativ archa: ijobiy va salbiy tomonlari

So'nggi yillarning ajoyib tendensiyalaridan biri dekorativ archalar hisoblanadi. Bu aslida archa daraxti bo’lmasligi ham mumkin. Misol uchun devorga osilgan girlandiyalardan yasalgan archa ham antiqa ko'rinadi. Yoki futuristik uslubdagi metallarning stol kompozitsiyasini yaratishga urinib ko'ring. Yasalgan archalar haqiqiy daraxtni sig’dirish qiyin bo’lgan kichik joylarda asqotadi. Huddi shu kategoriyaga ignabargli to’plamni kiritish mumkin. Uni har bir xonaga, dahlizlar va oshxonaga ham joylashtirsa bo’ladi.

Agar sizning xonadoningizda bayram harorati uzoq vaqt gurkirab turishini hoxlasangiz, uyingizni bezatishda qarag’ay daraxti tanlashni maslaxat beramiz. Bu archa daraxti bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilib o’tkazilganda ta’sir sezmaydi. Unga har kungi g'amxo'rlik qilishning hojati ham yo'q. Ha, qarag'ay shaklini tuzatish juda oson. Odatda uning pastki shoxlari kesib olinadi va bo'sh bo'lgan joyga bog'lanadi. Qarag’aydan juda chiroyli yangi yil daraxti chiqadi. U ignalarini to’kib yubormaydi va ularning uchi sarg’ish tusga kirmasdan, chiroyli ko’rinishda qoladi.

Qarag’ayni tanlashda jo’ylashuvini ham hisobga olish kerak. Agar uni xonaning burchak qismiga joylashtirmoqchi bo’lsangiz, bir tomonli qarag’ay bilan cheklansangiz ham bo’ladi. Bunday archa bozorda qo’pol ko’rinsa-da uyga kelganingizda uning barcha afzalliklari namoyon bo'ladi. Hamma tomonlama yumshoq va qalin archani faqatgina xonaning markazi uchun tanlash kerak.

Yangi yil archasi qanday tanlanadi?

Archa issiq xonalarni yoqtirmaydi. Agar chindan ham shunday archa xohlasangiz, u holda ko’k tusdagi archa daraxtini tanlang. Bu archaning issiqdan qo’rqmaydigan yagona turidir. Archaning qolgan turlari qor bilan qoplangan o'rmondan ko'chib o'tishga mone'lik qiladi. Ularning ignalari tezda namlikni yo'qotadi, quriydi va intensivligi tushib ketadi. Agar bunday archani yangi yildan ikki hafta oldinroq bezatsangiz, bayramda uning quvnoq ko’rinishidan asar ham qolmaydi. "Unday bo’lsa yangi yil arafasida archa sotib olish kerak ekan-da" deb o’ylarsiz balki. Bu to’g’ri! Faqat bozordagi archalar ham bu yerga bir marta keladi-da. Vaqt o'tishi bilan, sotilmay qolgan narsalarni harid qilishingiz kerak bo'ladi va bu sizga mos kelmasligi mumkin.

Archa uzoqroq saqlanishi uchun:

Archa sizni o'z go'zalligi bilan ko'proq zavqlantirishi uchun siz uni chelakka o'rnatib, qum bilan chelakni to'ldirishingiz kerak. Birinchi navbatda taglikdagi ildiz o'z qobig'idan tozalanadi. Daraxtning qiyshayishiga yo'l qo'ymaslik uchun pastki qismining diametri bilan teng bo'lgan bir juft detal ildizga mixlanadi. Bunday konstruktsiya archaga bardamlik bag’ishlaydi.

Sun’iy archa qanday tanlanadi?

Yoqimli, g’amho’rlikka muhtoj bo’lmagan yangi yil sun’iy archasi qanday tanlanadi? 2019 yilga borib ularning tanlovi ajoyib darajada yuqori bo'lmoqda! Bunday daraxtlarni qo'shimcha muammolarni istamagan, tabiatni sevadigan va pul tejamaslikka qodir odamlar sotib oladilar. Darhaqiqat, bugungi kunda sotuvga chiqarilgan sun'iy daraxtlar muammolarni hal qila oladi. Bunga qo'shimcha ravishda, u sizga yetarlicha uzoq xizmat qilishi ham aniq. Bu uzoq vaqt xizmat qiladigan narsa bo'lgani uchun tanlayotgangan vaqtingizda pul tejamasligingiz kerak. Sifatli archada metall ramka, ingichka (baliq ovlash liniyasiga o'xshash) ignalar bo'lishi lozim. Bundan tashqari, mahsulotni xidlab ko’rish ham tavsiya etiladi. Plastmassaning hidi uning past sifati haqida gapiradi. Yupqa qog'ozga o'xshash ignalar o'z ko’rinishini tez yo’qotadi. Sotib olish paytida uning ignalarini tortib ko'ring, ularni kuch bilan ta'sir qiling. Yaxshi sifatli daraxt ushbu harakatlardan zararlanmaydi. Agar "ignalar" egilgan bo'lsa, ular tez fursatda ajralib qoladilar. Bu holatda sizga boshqa rastaga o'tishni maslaxat beramiz. Maxsus mexanizmlar bilan jihozlangan daraxtlarni diqqat bilan tanlanish kerak. Yomon elektronika bayram oxirigacha ham "yashamasligi" mumkin. Bunda kayfiyat buziladi va pulingiz ham bexudaga sarflanadi. Bu kabi archalarni maxsus do’konlardan sotib olgan yaxshiroq. Albatta, kafolatini ham unutmagan holda!