Erk va erksizlik haqida maqollar
Kimning aravasiga minsang,
O’shaning qo’shig’ini ayt.
Erksizlik va Erk haqida sara maqollar to‘plami
Birovga qui bo'lgandan
Ko'pchilikka bo'ysungan yaxshi.
Birovning qoiida o'g'il bo'lguncha,
O'z uyingda qui bo'l.
Bo'ynidan bog'langan it ovga yaramas.
Darding bo'lsa bo'lsin, qarzing bo'lmasin.
Devonaga ikki dunyo barobar.
Devonaga yo'l bo'lsin, deb bo'larmi.
Dunyo — bevafo, mol-dunyo — bebaqo.
Yegan og'iz uyalar.
Iso ham o'z yo'liga,
Muso ham o'z yo'liga.
It o'z uyida — botir.
It o'yin bilan,
Qum quyun bilan.
Yigit bo'lsang, sho'x bo'l,
Sho'x bo'lmasang, yo'q bo'l.
Yigit ko'ngli — podsho.
Yigit — ovulning erki.
Kambag'alnikida intilib yeysan,
Boynikida — qimtinib.
Kimning aravasiga minsang,
O'shaning qo'shig'ini ayt.
Kiprigim ko'zimniki,
Nima qilsam o'zimnlki.
Kuykunak o'z yerida ham g'oz bo'lar, ham — o'rdak.
Maqolning boshi ochiq.
Minnatli norindan
Och turgan qorin yaxshi.
Mol topganning tili uzun.
Nari borma, bo'ri yemasin,
Beri kelma, ko'zim ko'rmasin.
Ov bor joyda ovchi ham bo'lar.
Otali o'g'il — xo'jali qul.
Otasiz o'g'ilning og'zi katta.
Og'asiz el bo'lmas,
Sog'asiz — suv.
Soy qayoqqa oqsa, tosh ham shu yoqqa dumalar.
Suvga tushgan quruq chiqmas,
Mozorga tushgan tirik chiqmas.
Sulaymon o'ldi, devlar qutuldi.
Tirik qulga tinim yo'q.
Tiriklik toshdan qattiq.
Tomib tursa, quhngman,
Tommay qolsa, quhmsan.
Tog' boshi tumansiz bo'lmas.
To'qayga o't tushsa, ho'l-quruq baravar yonar.
Ulkan uydagi kulsa,
Kichkina uydagi yig'lar.
Xatga tushding — o'tga tushding.
Xon bilganni biy bilar,
So'zlaguday haddi yo'q.
Er yigit ko'p bo'lsa,
Erkinliging ko'p bo'lar.
Erga boqqan yerga boqar.
Erga tegish oson,
Etik yechari qiyin.
Erimnikiga hokimman,
O'g'limnikiga boqimman.
Erimning topganini o'ynab yeyman,
O'g'limning topganini o'ylab yeyman.
Erli uy — eshikli uy.
Ersiz xotin — boshvoqsiz xotin.
Eshagim yurar edi zo'rg'a,
Yuki ko'pligidan bo'ldi yo'rg'a.
Yuz yil qul bo'lib yashagandan,
Bir kun hur bo'lib yashagan yaxshi.
O'zi bemalolning so'zi bemalol.
Qafasdagi bulbuldan
Vayronadagi boyqush erkin.
Qiz bola — birovning xasmi.
Qiz bola — palaxmon toshi,
Otildimi, qaytib kelmas.
Qiz — ovulning ko'rki,
O'g'il — ovulning erki.
Qiz chog'im — sulton,
Kelin chog'im — ulton.
Qizingga erk bersang, baxtini topar,
O'g'lingga erk bersang — taxtini.
Yaratganning erki bor
Qaydan buloq chiqarsa.
Qozonchining erki bor
Qaydan quloq chiqarsa.
G'amli uyga shodlik kelar,
Kambag'alga — ozodlik.
Har kim o'z uyida sulton.
Har kim o'ziga — xon, o'ziga — bek.
Har kimning o'z fikri bor.
Har qush o'z uyasida erkin.
Erk va erksizlik haqida maqollar
Birovga qui bo’lgandan
Ko’pchilikka bo’ysungan yaxshi.
Birovning qoiida o’g’il bo’lguncha,
O’z uyingda qui bo’l.
Bo’ynidan bog’langan it ovga yaramas.
Darding bo’lsa bo’lsin, qarzing bo’lmasin.
Devonaga ikki dunyo barobar.
Devonaga yo’l bo’lsin, deb bo’larmi.
Dunyo — bevafo, mol-dunyo — bebaqo.
Yegan og’iz uyalar.
Iso ham o’z yo’liga,
Muso ham o’z yo’liga.
It o’z uyida — botir.
It o’yin bilan,
Qum quyun bilan.
Yigit bo’lsang, sho’x bo’l,
Sho’x bo’lmasang, yo’q bo’l.
Yigit ko’ngli — podsho.
Yigit — ovulning erki.
Kambag’alnikida intilib yeysan,
Boynikida — qimtinib.
Kimning aravasiga minsang,
O’shaning qo’shig’ini ayt.
Kiprigim ko’zimniki,
Nima qilsam o’zimnlki.
Kuykunak o’z yerida ham g’oz bo’lar, ham — o’rdak.
Maqolning boshi ochiq.
Minnatli norindan
Och turgan qorin yaxshi.
Mol topganning tili uzun.
Nari borma, bo’ri yemasin,
Beri kelma, ko’zim ko’rmasin.
Ov bor joyda ovchi ham bo’lar.
Otali o’g’il — xo’jali qul.
Otasiz o’g’ilning og’zi katta.
Og’asiz el bo’lmas,
Sog’asiz — suv.
Soy qayoqqa oqsa, tosh ham shu yoqqa dumalar.
Suvga tushgan quruq chiqmas,
Mozorga tushgan tirik chiqmas.
Sulaymon o’ldi, devlar qutuldi.
Tirik qulga tinim yo’q.
Tiriklik toshdan qattiq.
Tomib tursa, quhngman,
Tommay qolsa, quhmsan.
Tog’ boshi tumansiz bo’lmas.
To’qayga o’t tushsa, ho’l-quruq baravar yonar.
Ulkan uydagi kulsa,
Kichkina uydagi yig’lar.
Xatga tushding — o’tga tushding.
Xon bilganni biy bilar,
So’zlaguday haddi yo’q.
Er yigit ko’p bo’lsa,
Erkinliging ko’p bo’lar.
Erga boqqan yerga boqar.
Erga tegish oson,
Etik yechari qiyin.
Erimnikiga hokimman,
O’g’limnikiga boqimman.
Erimning topganini o’ynab yeyman,
O’g’limning topganini o’ylab yeyman.
Erli uy — eshikli uy.
Ersiz xotin — boshvoqsiz xotin.
Eshagim yurar edi zo’rg’a,
Yuki ko’pligidan bo’ldi yo’rg’a.
Yuz yil qul bo’lib yashagandan,
Bir kun hur bo’lib yashagan yaxshi.
O’zi bemalolning so’zi bemalol.
Qafasdagi bulbuldan
Vayronadagi boyqush erkin.
Qiz bola — birovning xasmi.
Qiz bola — palaxmon toshi,
Otildimi, qaytib kelmas.
Qiz — ovulning ko’rki,
O’g’il — ovulning erki.
Qiz chog’im — sulton,
Kelin chog’im — ulton.
Qizingga erk bersang, baxtini topar,
O’g’lingga erk bersang — taxtini.
Yaratganning erki bor
Qaydan buloq chiqarsa.
Qozonchining erki bor
Qaydan quloq chiqarsa.
G’amli uyga shodlik kelar,
Kambag’alga — ozodlik.
Har kim o’z uyida sulton.
Har kim o’ziga — xon, o’ziga — bek.
Har kimning o’z fikri bor.
Har qush o’z uyasida erkin.
Sayt Haqida
Assalomu alaykum, saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.
Hayotiy gaplar / Aforizmlar va statuslar to'plami
Biz bilib goxida amal kilmaydigan xakikatlar yoxud kichik maslaxatlar.
Odamlar rosa pul ishlatdim deyishadi, aslida pul odamlarni ishlatadi
————
Nomardni uyida bir marta choy ichsang , o‘zim katta qilganman deydi
————
Hayotda shunday qiyin yo'ldan yuringki, toki hech qanday raqib sizdan o'zish uchun u yo'ldan yurolmasin.
————
Qasam ichish. Koka-Kola ichishdanam oson bopketti..
————
Agar erkak kishini ishi yurishmay yomon ahvolda qolsa, o'ziga bir suyanchiq ayol istarkan. Agar uni ishlari yurishib, unda hammasi zo'r bo'lsa yana bitta ayol istarkan.
————
Aqlingizni "qila olmayman" degan so‘zdan tozalang.
————
Dono shunchalik uzoq sukut saqladiki, nodon gapiraverib holdan toydi.
————
G’iybatlarni eshitmang, chunki eshak gapirishni o‘rgangan bo‘lsa uni eshitish majburiy emas.
————
Qarz berarkansan, yo pulni, yo do‘stni yo‘qotasan.
————
Har doim ham bilgan narsangni gapirma, lekin har doim nimani gapiryotganingni bil.
————
Sevgi xuddi olovga o‘xshaydi. Qarovsiz qoldirsangiz u o‘chadi.
————
Ayol kishini bo‘ysundirish uchun ba’zan unga bo‘ysunib turish kerak.
————
Har bir yangi tug‘ilgan chaqaloq Tangri haliyam bandalaridan marhamatini darig‘ tutmayotganidan dalolatdir.
————
Urinib ko‘rmasdan befoyda dema.
————
Puldorlik – barcha baloyu-ofatlar, muammolar va och-ko‘zlikka olib keladi pulsizlik ham xuddi shunga sabab bo‘ladi.
————
Uxlayotgan bolani kiyimini almashtirish xuddi bombani zararsizlantirishga o‘xshaydi, bitta qaltis harakat va tamom!
To‘rt soat uyqu yo‘q!
————
Shunday yashaginki; Otangning boshi egilmasin, onangning kozi yoshlanmasin.
————
Mehmonni yoqtirmaganlar, o‘zi ham bu dunyoda mehmon ekanligini unutmasinlar.
————
Qilgan ishinga o'zingni boshing qancha egilsa egilsin, lekin ota-onangni boshi egilmasin!
————
To‘g‘ri ish qilsang birov eslamaydi, ammo xatoga yo‘l qo‘ysang hech kim unutmaydi.
————
Tuhmat ko'mirga o'xshaydi, yonmaydi,lekin kuydiradi.
————
Odamlar kambag'al yashashdan qiynalishmaydi, odamlar atrofidagilar boy yashaganidan qiynalishadi.
————
Tanishlar senga salom deb emas, Assalomu aleykum deb murojat qilishni boshlaganlarida yoshing katta bo‘lib qolganligini seza boshlaysan.
————
Odamlarni kichginagina yutuqlari uchun ham maqtang.
————
. Hech kımsanı aslo haqorat qılma! Sen ko'zga ılmagan kımsa ALLOH Taologa sendan yaqınroq bo'lsa ajab emas.
————
G’iybatni eshitish ― kasallik, eshitmaslik ― dori.
————
Hayot – bu katta supermarket. Hohlagan narsangni ol, lekin unutma, kassa oldinda turibdi. Hammasini haqini to‘lashing kerak.
————
Rashk qilishga faqat xiyonat qilmagan odam haqli.
————
Pulni sevmayman, ammo pul asablarimni tinchlantiradi.
————
Erkak – hech qachon xotini va mashinasidan nolishi kerak emas – o‘zing tanlagansan.
————
Biz qadriga yetmaganlarimizga bir kun zor bo‘lishimiz tayin.
————
Kimdir dadam boy bo‘lsaydi deydi, kimdirlar dadam bo‘lsaydi deydi.
————
Ba'zi do'stlar asalariga o'xshaydi, faqat gullaganingda paydo bo'ladi.