Press "Enter" to skip to content

Olov, Tutun va Chiroq haqida topishmoqlar javobi bilan

Bir bosh bug‘doy uy to‘ldirar.
(Chiroq)

Olov va tutun haqida topishmoqlar

Olov, cho’g’, tutun haqida topishmoqlar. Barcha topishmoqlar javobi bilan. Eng sara topishmoqlar to’plami.

1. Bir savat anor,
Hadding bo‘lsa ol.

Topishmoqning javobi

2. Bir tovoq qizil olma,
Ushlamoqqa hadding borma.

Topishmoqning javobi

3. Yalt-yalt etadi,
Yamlab ketadi.

Topishmoqning javobi

4. Changaroqdan uchib chiqadi,
Qarasa, ko‘zni ko‘r qiladi.

Topishmoqning javobi

5. Ko‘k ho‘kiz oldin chiqar,
Qizil ho‘kiz quvib chiqar.

Topishmoqning javobi
(Tutun, olov)

6. Ko‘k otim qo‘yivordim,
Qizil otim olib qoldim.

Topishmoqning javobi
(Tutun, olov)

7. Taq etdi, taqolon ketdi,
Otasi etigini kiyguncha
Bolasi bog‘lon ketdi.
(O

Topishmoqning javobi
‘t-olov, tutun)

8. Ko‘k otim ko‘kka qarab yo‘rg‘alaydi.

Topishmoqning javobi

9. Oyoqsiz, qo‘lsiz tomga chiqadi.

Topishmoqning javobi

10. Oyog‘i yo‘q qochadi,
Qanoti yo‘q uchadi.

Topishmoqning javobi

11. Uzundan uzoq,
Havoga tuzoq.

Topishmoqning javobi

12. Otasi arava qo‘shgancha,
O‘g‘li Qo‘qon boribdi.

Topishmoqning javobi

13. Qizil sigir qora sigirning qornini yalaydi.

Topishmoqning javobi
(Olov, qozon)
 

Olov, Tutun va Chiroq haqida topishmoqlar javobi bilan

Bir savat anor,
Hadding bo‘lsa ol.
(Cho‘g‘)

Bir tovoq qizil olma,
Ushlamoqqa hadding borma.
(Cho‘g‘)

Yalt-yalt etadi,
Yamlab ketadi.
(O‘t-olov)

Changaroqdan uchib chiqadi,
Qarasa, ko‘zni ko‘r qiladi.
(Uchqun)

Ko‘k ho‘kiz oldin chiqar,
Qizil ho‘kiz quvib chiqar.
(Tutun, olov)

Ko‘k otim qo‘yivordim,
Qizil otim olib qoldim.
(Tutun, olov)

Taq etdi, taqolon ketdi,
Otasi etigini kiyguncha
Bolasi bog‘lon ketdi.
(O‘t-olov, tutun)

Ko‘k otim ko‘kka qarab yo‘rg‘alaydi.
(Tutun)

Oyoqsiz, qo‘lsiz tomga chiqadi.
(Tutun)

Oyog‘i yo‘q qochadi,
Qanoti yo‘q uchadi.
(Tutun)

Uzundan uzoq,
Havoga tuzoq.
(Tutun)

Otasi arava qo‘shgancha,
O‘g‘li Qo‘qon boribdi.
(Tutun)

Qizil sigir qora sigirning qornini yalaydi.
(Olov, qozon)

Bir bosh bug‘doy uy to‘ldirar.
(Chiroq)

Uyog‘i devol, bu yog‘i devol,
O‘rtasida o‘lik ilon.
(Chiroq)

Nur buva,
Usti boshi kir buva.
(Chiroq)

Qorongi tomda bir kampir,
Sochini yoyib o‘tiribdi.
(Chiroq)

O‘zi qovoq,
Boshida tovoq,
Og‘zida karnay,
Tunlari hay-hay.
(Chiroq)

Hovuz,
Hovuz ichida suv,
Suv ichida ilon,
Ilonning og‘zida o‘t.
(Chiroq)

O‘zining badanini o‘zi yeydi.
(Sham)

O‘z qonini o‘zi ichar.
(Sham)

Ko‘zining yoshi oyog‘iga dori.
(Sham)

Qilich uchi qaltiroq.
(Sham)

Miltillaydi ko‘zlari,
Mo‘ltillaydi yoshlari.
(Sham)

Kichkinagina sandiqcha,
Ichi to‘la mixcha.
(Gugurt)

Kichkintoygina kelinchak,
Boshida bor tugunchak.
(Gugurt)

O‘zi uzun, oriq,
Sallasi sariq.
(Gugurt)

Men ajoyib bir askar ko‘rdim,
Boshi uzra quvvati.
Ko‘p qavatli, yo‘q qadri qimmati,
Suvli yerni aslo bosmas,
Cho‘lni poymol qilmay qo‘ymas.
(Gugurt)

Xirmoni katta,
Doni yo‘q.
Dastori katta,
Noni yo‘q.
(Kul, o‘tin)

Uy ortida qora tuya o‘lib yotir,
Ichak-chavog‘i oqib yotir.
(O‘tin va arqoni)

Tutun, Chiroq va Olov haqida topishmoqlar javobi bilan

Olov, Chiroq hamda tutun haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Miltillaydi ko‘zlari,
Mo‘ltillaydi yoshlari.

Topishmoqning javobi

2. Bir bosh bug‘doy uy to‘ldirar.

Topishmoqning javobi

3. Uyog‘i devol,
Bu yog‘i devol,
O‘rtasida o‘lik ilon.

Topishmoqning javobi

4. Ko‘k otim qo‘yivordim,
Qizil otim olib qoldim.

Topishmoqning javobi Tutun, olov.

5. Changaroqdan uchib chiqadi,
Qarasa, ko‘zni ko‘r qiladi.

Topishmoqning javobi

6. Taq etdi, taqolon ketdi,
Otasi etigini kiyguncha
Bolasi bog‘lon ketdi.

Topishmoqning javobi O‘t-olov, tutun.

7. Qilich uchi qaltiroq.

Topishmoqning javobi

8. Kichkinagina sandiqcha,
Ichi to‘la mixcha.

Topishmoqning javobi

9. Nur buva,
Usti boshi kir buva.

Topishmoqning javobi

10. Ko‘zining yoshi oyog‘iga dori.

Topishmoqning javobi

11. Oyoqsiz, qo‘lsiz tomga chiqadi.

Topishmoqning javobi

12. Yalt-yalt etadi,
Yamlab ketadi.

Topishmoqning javobi

13. Uy ortida qora tuya o‘lib yotir,
Ichak-chavog‘i oqib yotir.

Topishmoqning javobi O‘tin va arqoni.

14. Kichkintoygina kelinchak,
Boshida bor tugunchak.

Topishmoqning javobi

15. Otasi arava qo‘shgancha,
O‘g‘li Qo‘qon boribdi.

Topishmoqning javobi

16. Ko‘k ho‘kiz oldin chiqar,
Qizil ho‘kiz quvib chiqar.

Topishmoqning javobi Tutun, olov.

17. O‘zining badanini o‘zi yeydi.

Topishmoqning javobi

18. Ko‘k otim ko‘kka qarab yo‘rg‘alaydi.

Topishmoqning javobi

19. Xirmoni katta,
Doni yo‘q.
Dastori katta,
Noni yo‘q.

Topishmoqning javobi

20. Oyog‘i yo‘q qochadi,
Qanoti yo‘q uchadi.

Topishmoqning javobi

21. O‘zi qovoq,
Boshida tovoq,
Og‘zida karnay,
Tunlari hay-hay.

Topishmoqning javobi

22. Qorongi tomda bir kampir,
Sochini yoyib o‘tiribdi.

Topishmoqning javobi

23. O‘zi uzun, oriq,
Sallasi sariq.

Topishmoqning javobi

24. Uzundan uzoq,
Havoga tuzoq.

Topishmoqning javobi

25. Hovuz,
Hovuz ichida suv,
Suv ichida ilon,
Ilonning og‘zida o‘t.

Topishmoqning javobi

26. Bir tovoq qizil olma,
Ushlamoqqa hadding borma.

Topishmoqning javobi

27. Qizil sigir qora sigirning qornini yalaydi.

Topishmoqning javobi Olov, qozon.

28. Bir savat anor,
Hadding bo‘lsa ol.

Topishmoqning javobi

29. O‘z qonini o‘zi ichar.

Topishmoqning javobi

30. Men ajoyib bir askar ko‘rdim,
Boshi uzra quvvati.
Ko‘p qavatli, yo‘q qadri qimmati,
Suvli yerni aslo bosmas,
Cho‘lni poymol qilmay qo‘ymas.