Press "Enter" to skip to content

Pomidor texnikasi

d) Vazifalar ro'yxatini tutish

Ishni samarali tashkil etishning sinalgan usuli

1980-yillarda Francesco Cirillo tomonidan yaratilgan «Pomodoro Technique» bugungi kunimizning eng samarali «time managment» metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metodni sizning ish yoki o’qish faoliyatingizga to’g’ri kelish-kelmasligini ushbu maqolamizni o’qigach bilib olasiz.

Aslida pomidor texnikasi o‘zi nima?

Pomodoro Technique yoki Pomidor Texnikasi – vaqtdan samarali foydalanish metodi bo’lib, belgilangan vazifaga maksimum diqqat e’tibor bilan, ortiqcha ruhiy bosimlarsiz erishish uchun ishlab chiqilgan.

Agar siz qisqa vaqt ichida ma’lum bir belgilangan maqsadga ortiqcha aqliy va jismoniy zo’riqishlarsiz erishmoqchi bo’lsangiz, unda bu metod aynan siz uchun.

Jarayon juda sodda: belgilangan loyihaga sarflamoqchi bo’lgan vaqtingizni qisqa, 25 daqiqalik «davr»larga bo’lib olasiz va xar bir shunday davrdan keyin kichik, 5 daqiqalik tanaffus qilasiz. Ya’ni, 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Xar bir 25 daqiqa «pomodoro» deb ataladi.

Bu so’z italyanchasiga pomidor degani bo’lib, bu metodni yaratgan Francesco Cirillo dastlab pomidor shaklidagi oshxona soatidan foydalangani uchun shunday atalgan. Keyinchalik bu butun jarayon nomiga aylanib ketgan. Xar 4 ta «pomodoro» keyin, kattaroq, 15-20 daqiqalik tanaffus qilinadi va ish jarayonidagi kamchilik va yutuqlar yozib chiqiladi.

  1. Tadqiqotlarga ko’ra, biror bir loyihani amalga oshirishda eng katta to’siq bu o’z-o’zini nazorat qila olmaslik hisoblanadi. Yuqoridagi metod orqali siz qisqa vaqt ichida kichik vazifalarni bajarishingiz kerak. Bu esa odatdagi zo’r berib ishlashdan ancha osonroq va nazorat qilishga qulay.
  2. Ish jarayonida sizga xalal beruvchi va chalg’ituvchi mayda detallar aslida siz o’ylaganizdan ko’proq vaqt va diqqatingizni olib qo’yadi. Pomidor texnikasi orqali siz tashqi chalg’ishlarni ham nazorat qilishingiz mumkin. Timerni 25 daqiqaga qo’yib ishga kirishganizda o’zi shundoq ham kam vaqt sizga boshqa tashqi omillarga chalg’imaslik kerakligini eslatib turadi. Xar bir «pomodoro» dan keyin qilinadigan 5 daqiqalik tanaffus esa, diqqatingizni yana ishga jamlab olish uchun sharoit yaratib beradi.
  3. Bu metod sizni vaqtni qadrlashga o’rgatadi. Shuningdek, bu jarayon orqali siz o’z imkoniyatlaringiz haqida chuqurroq bilib olasiz. Bir necha kunlik mashg’ulotlar natijasida ma’lum bir ishni udallash uchun sizga nechta «pomodoro» kerak bo’lishini aniq bilib olasiz.
  4. Pomidor texnikasi-sizni mukammallikka o’rgatadi. Bunda har bir «pomodoro» yangi bir imkoniyat, avvalgisida qilgan kamchilik va xatolarni keyingisida to’g’irlab, samaradorlikni yanada oshirib borishingiz mumkin.

Yuqoridagi metod sizning ish uslubingizga yoki ish jarayonni o’ziga mos kelmasligi mumkin. Lekin ko’p holatlarda bu sizga kundalik vazifalarni bajarishda va to do-listingizni yengillashtirishda qo’l kelishi mumkin.

Eng asosiysi esa, bu mutlaqo tekin! Albatta, agar siz pomidor shaklidagi oshxona soatini sotib olishga pul sarflamoqchi bo’lsangiz bemalol. Lekin, timer uchun smartfoningiz yoki istalgan turdagi vaqtni ko’rsatuvchi qurilma to’g’ri keladi.

Pomodoro texnikasi uchun eng yahshi timerlardan birini mana bu linkdan topishingiz mumkin. Dastur mutlaqo bepul bo’lib, metodning barcha elementlarini o’zida jamlagan. Yoqimli ish jarayoni hamrohingiz bo’lsin!

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Pomidor texnikasi

Hozir men sizga vaqtingizni boshqarish uchun bitta samarali usulni taklif qilmoqchiman va bu usul "Pomodoro Technique" deb nomlangan.

1980-yillarni tasavvur qiling. O'sha paytda odamlar rejalashtirish muammolariga hech qanday e'tibor berishmagan. Aniqrog'i, bu muammolar paydo bo'lmagan. Har kim o'z ishini qilgan, agar biror narsaga ulgurmasa, ertasi kuni yoki keyingi hafta topshiriqni bajarib bo’laman deb yurishgan. Ammo vaqt juda kam bo'lsa va "keyingi" kun bo'lmasa nima bo'ladi? Italiyalik talaba Franchesko Tsirillo bu savolga chuqur kirishdi.

Franchesko, xuddi boshqa talabalar singari, kuniga 24 soat vaqti bo’lgan. U dam olmasdan ta’lim olardi. Bir kun imtihon topshirish vaqti kelganda, Franchesko bu imtihonga tayyor bo'lmaganidan hayratda qolganini tasavvur qiling. Bu holat, yumshoq qilib aytganda, yigitni xafa qildi. U vaqtni nimaga sarf qilganini tushunmadi. Natija uni umuman qoniqtirmadi. «Nima qilish kerak? O'qish uchun yana ham ko'proq vaqt ajrataymi? Ammo bu mumkin emas, men uyqudan voz kechishim kerakmi» – degan ekan.

Pomidor texnikasi qanday ishlaydi

Aytganimdek, pomodoro texnikasi ishda, o'qishda va uy ishlarida ham qo'llanilishi mumkin. Bu ikkala tug'ruq ta'tilidagi onalarga ham, ish bilan band bo'lgan ishbilarmonlarga ham foydalidir.

Rejalarni qog’ozga yozishdan boshlang. Siz pomodoro rejalashtirish uslubiga endi-endi moslasha boshlaganingiz uchun, qisqa , kunlik rejalardan boshlang!

Avval muhim narsalarni yozing, so’ng osonroq ishlarga o'ting. Hamma narsa to'g'ri yozilganligiga ishonch hosil qiling. Endi pomodoro taymerini ishga tushirish vaqti keldi. Pomidor deb ataladigan vaqt bu – 25 daqiqalik ish va 5 daqiqalik dam olishga teng vaqt hisoblanadi. Endi bu vaqt oralig'ida juda ko'p tortishuvlar mavjud, ammo biz hozir klassik versiyani tahlil qilamiz: 1 ta pomidor = 30 daqiqa. Keyinchalik, siz o'zingiz uchun bu vaqtni ko’paytirishingiz mumkin.

Endi hamma narsa samarali ishlashga tayyor. Vazifalar rejalashtirilgan, taymerda 25 daqiqa belgilang . Tinchlikda ishlang, begona narsalar bilan chalg'itmang o’zingizni. Agar bu vaqt ichida kimdir qo'ng'iroq qilsa, javob bermang, keyinroq aloqaga chiqasiz. O'zim aytishim mumkin, boshida sal qiyin bo'ladi, go'yo siz maktabdagi dars tugash qo’ng’iroqini kutgandek. Shunday bo'lsa-da, 25 daqiqa samarali ish uchun unchalik ko'p emas. Qo'ng'iroqdan so'ng siz 5 daqiqa dam olishingiz kerak. Ish haqida o'ylamang, o'zingizni chalg'iting. Keyin yana ishga kiring. 30 daqiqa davomida 4 ta pomidorni "yeb" bo'lgandan keyin o'zingizni 20-30 daqiqalik uzoq tanaffus bilan mukofotlang. Bu vaqtda siz kichik nonushta yoki badantarbiya qilishingiz mumkin!

Agar topshiriq bajarilgan bo'lsa, uni bajariladigan ishlar ro'yxatidan chiqarib tashlang. Bu sizning bandligingiz va samaradorligingiz bo'yicha yaxshiroq harakat qilishingizga yordam beradi, agar sizga qulay bo'lsa, kompyuteringiz yoki uyali telefoningiz uchun dasturlardan biri orqali ishlashingiz mumkin, masalan, Pomodoro Tracker.

Pomidor texnikasi sizning vaqtingizni boshqarishning samarali usuli hisoblanadi

Taymer bilan qanday ishlash kerak

Yangi vazifani e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydigan holatlar mavjud. Masalan, zudlik bilan nimadir qilish kerak, va siz hozirgi biznesingiz bilan bandsiz. Chiqish yo’li bor. Vazifalar ro'yxatiga yangi vazifani qo'shing. Pomodoro taymerini qayta ishga tushiring. Keyin, avvalgi vazifaga qaytganingizga ishonch hosil qiling.

Agar endi uni to'ldirishning iloji bo'lmasa, uning oldiga chiziqcha qo'ying. Pomodoro texnikasidan foydalanishni rejalashtirayotganda, har bir topshiriq oldida, bajarishga qancha vaqt sarflasangiz, shuncha pomidor ajrating. Har kuni bu usul bilan shug'ullanishdan tushkunlikka tushmang, tez orada vaqtni boshqarish bo'yicha mutaxassis bo'lasiz.

Kunning oxirida sizning ro'yxatingizni ko'rib chiqishni unutmang.

Pomidorning 4 qoidasi

Samarali bo'lish uchun bir qator qoidalarga amal qilish kerak. Albatta, vaqt o'tishi bilan siz o'zingizning kontseptsiyangizni rivojlantirasiz va unga ishonch bilan amal qilishingiz mumkin, ammo pomidor usulining 4 ta asosiy qoidalarini unutmang. Ushbu rejalashtirish usuli siz uchun juda mos keladi, agar:

– Do'stlaringiz va qarindoshlaringiz qo'ng'iroqlari sizni ko'pincha ishdan chalg'itadi, shuningdek siz ijtimoiy tarmoqlarda, video tomosha qilishni yoqtirasiz.

– Qiyin vazifalarni qaeyrdan boshlashni bilmasligingiz sababli ularni qoldirasiz

– Zerikarli vazifalar sizni uyquchan qiladi.

– Kichik vazifalarni bajarasiz, ammo muhimlari uchun kuch va g'ayrat yetishmaydi.

– Siz sarflangan vaqtni hisoblab bo'lmaydi.

Xulosa chiqardizmi? Endi siz pomodoro usuli sizga mos ekanligini aniq bilasiz. Keling, uning 4 asosiy qoidalariga o'tamiz.

a) Pomidor texnikasi

Ha, dam olish juda zarur. Men ilgari 25 daqiqalik ish munozarali vaqt deb yozgan edim, ammo baribir Franchesko Sirillo bunga qat'iy turib oldi. Miyaning ma'lumotni uzoq vaqt davomida qabul qilishi va qayta ishlashi mumkinligi ilmiy jihatdan isbotlangan. 25 daqiqadan so'ng, besh daqiqali chalg'itish yetarli va boshimizda «perezagruzka» sodir bo'ladi. Shunday qilib, 5 soatlik uchta tanaffus bilan 1,5 soat ishlash, 2 soat dam olmasdan ishlashdan ko'ra samaraliroq.

Bilasizmi, "xiralashgan ko'z" degan narsa bor. Shunday qilib, men buni ushbu vaziyatda aaaaniq qo'llab bo’linishini bilmayman, ammo mohiyati aniq. Yangi, qiziqarli fikrlar uchun sizga dam olish kerak. Ammo o'zingizga xushomad qilmang, 5 daqiqadan ko'proq dam olish harakatsizlik, beparvolik va dangasalikka olib keladi. Ijtimoiy tarmoqlarga qaytib "qiziqarli" video-prikollarni tomosha qilishni boshlaysiz

b) Pomidor texnikasi

Pomidor uzunroq bo'lishi mumkin emas, uning vaqti aniq (25 daqiqa ish + 5 daqiqa dam olish). O'zingiz uchun boshqa vaqt jadvallarini ishlab chiqsangiz ham, har qanday holatda ham ular teng bo'lishi kerak.

Vaqt o'tishi bilan ishlarning murakkabligi oshib, pomidorlar soni kamayib ketishiga hayron qolasiz. Hammasi tajribaga bog’liq. Yana bir bor takrorlayman, usul juda samarali va e'tiboringizga loyiqdir.

c) Pomidor texnikasi

Siz bitta topshiriq uchun 3 ta pomidorni o'lchab, uni 2,5 da bajargansiz. Ajoyib, siz hali ham harakatlarni tahlil qilishga va hamma narsani yaxshilab tekshirishga vaqtingiz bor. Ishga mo'ljallangan vaqtni hech qachon sarflamang va taymerni tezroq o'chirishga harakat qilmang. Tugatolmasangiz yaxshi. Qolgan vaqt hech narsa uchun yetarli emas deb o'ylamang. Faqat qoidalarga rioya qiling.

O’zingizni aldanmang va hech qachon taymerni pauzaga qo’ymang. Oxir oqibat, bu sizning hayotingiz, uning sifati faqat sizga bog'liq.

O’zingizni aldanmang, samarali harakat qilishni o'rganing.

d) Vazifalar ro'yxatini tutish

Vazifalar ro'yxatini tutish pomodoro usulining muhim qoidasidir. Kuningizni samarali boshlash va kun oxirida tahlil qilish uchun sizga ro'yxat kerak.

Pomidor usuli intizomga va o'zini o'zi boshqarishga o'rgatadi.

e) Har 4-pomidordan so’ng katta tanaffus oling. 30 daqiqa kifoya. Kuniga 8-10 pomidor bajaraish – bu norma!

Ehtimol, birinchi qarashda pomidor usuli sizga qiyin va noqulay bo'lib tuyulgandir? Ishonchim komilki, unday emas. Bu usul 100% ishlaydi. Amalda qo'llashga harakat qiling, agar u darhol ishlamasa, tashvishlanmang, o’rganib qolasiz.

Ishni samarali tashkil etishning sinalgan usullari

1980-yillarda Francesco Cirillo tomonidan yaratilgan «Pomodoro Technique» bugungi kunimizning eng samarali «time managment» metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metodni sizning ish yoki o’qish faoliyatingizga to’g’ri kelish-kelmasligini ushbu maqolamizni o’qigach bilib olasiz.

Aslida pomidor texnikasi o‘zi nima?

Pomodoro Technique yoki Pomidor Texnikasi – vaqtdan samarali foydalanish metodi bo’lib, belgilangan vazifaga maksimum diqqat e’tibor bilan, ortiqcha ruhiy bosimlarsiz erishish uchun ishlab chiqilgan.

Agar siz qisqa vaqt ichida ma’lum bir belgilangan maqsadga ortiqcha aqliy va jismoniy zo’riqishlarsiz erishmoqchi bo’lsangiz, unda bu metod aynan siz uchun.

Jarayon juda sodda: belgilangan loyihaga sarflamoqchi bo’lgan vaqtingizni qisqa, 25 daqiqalik «davr»larga bo’lib olasiz va xar bir shunday davrdan keyin kichik, 5 daqiqalik tanaffus qilasiz. Ya’ni, 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Xar bir 25 daqiqa «pomodoro» deb ataladi.

Bu so’z italyanchasiga pomidor degani bo’lib, bu metodni yaratgan Francesco Cirillo dastlab pomidor shaklidagi oshxona soatidan foydalangani uchun shunday atalgan. Keyinchalik bu butun jarayon nomiga aylanib ketgan. Xar 4 ta «pomodoro» keyin, kattaroq, 15-20 daqiqalik tanaffus qilinadi va ish jarayonidagi kamchilik va yutuqlar yozib chiqiladi.

Pomidor texnikasi samaradorligi qayerda?