Ushbu kitobga o xshash asarlar
Hozirgi Markaziy Osiyo hududida ijod etgan tabiatshunoslar orasida dunyoga tanilgan olimlardan buxorolik Abu Ali ibn Sino (980-1037) tibbiyot sohasida ko’p ishlari bilan mashxurdir. Uning fikricha kimyoviy bilimlar oddiy moddalardan oltin olishga emas, balki dorivor moddalar yaratishga xizmat qilishi kerak.
Kimyo fani va uning vazifalari
Kimyo tabiiy fanlar qatoriga kiradi. U dunyoni tashkil etgan elementlarni hamda shu elementlardan hosil bo’lgan turli – tuman moddalarni, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va o’zgarishlarini, shuningdek, bu o’zgarishlarda sodir bo’ladigan xossalarni o’rganadi.
Kimyoviy o’zgarishlarda (reaktsiyalarda) dastlabki moddalarda, ya‘ni xomashyodan boshqa tarkibga va boshqa xossalarga ega bo’lgan mahsulotlar olinadi.
Kimyoviy o’zgarishlarda, albatta, dastlabki moddalarning tarkibi o’zgaradi, fizik o’zgarishlarda esa bu hol kuzatilmaydi.
Kimyoviy jarayonlarning borishi reaktsiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga bog’liq. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaktsiyaga kirishish qobiliyati orasidagi bog’lanishni o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Odamlar bundan bir necha ming yil ilgari rudalardan metallar ajratib olishda, metall qotishmalar tayyorlashda, shisha pishirish va shunga o’xshash jarayonlarni amalga oshirishda kimyoviy hodisalardan keng foydalanib kelganlar. Bundan ming yil elgari yashab o’tgan o’zimizning mashhur allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar o’z ishlarida fizikaviy xossalardan foydalanib minerallarni o’rganganlar va dori-darmonlar tayyorlaganlar. Bunda ular quritish, kukunlash, eritish, filtrlash, tindirish, qayta kristallash, bug’latish kabi jarayonlarni qo’llaganlar.
Modda toza holda olingandagina uning xossalarini ancha aniq bilish mumkin, chunki tekshiriladigan moddaga juda oz miqdorda qo’shimchalar aralashgan bo’lsa ham modda konstantalarining son qiymatlari o’zgaradi. Ammo modda tabiatda toza holda kamdan-kam uchraydi. Ko’pincha, tabiiy moddalar turli moddalardan iborat aralashmalar holida bo’ladi. Masalan, tabiiy suvda ma‘lum miqdorda mineral tuzlar bo’ladi. Tabiatdagi moddalarda xilma- xil o’zgarishlar sodir bo’lib turadi. Masalan, temir buyumlar havoda zanglaydi va hokazo.
Kimyo fizika bilan uzviy bog’langan. «Bu ikkala fan,- deb yozgan edi Lomonosov, – bir- biri bilan shunday bog’langanki, ular bir- birisiz mukammal bo’la olmaydi». Kimyo boshqa tabiiy fanlar va, ayniqsa, geologiya hamda biologiya bilan ham tutashib ketadi. Kimyo bilan geologiya o’rtasida geokimyo fani vujudga keldi, u Yerning turli sistemalarida kimyoviy elementlarning tarqalishini va ko’chib yurishini o’rganadi. Kimyo bilan biologiya orasida tirik organizmlarda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni o’rganadigan biokimyo, bioanorganik va bioorganik kimyo fanlari tarkib topdi.
Moddalar juda ko’p: xozirgi vaqtda 4 mln.dan ortiq organik va 100 mingdan ortiq anorganik moddalar ma‘lum. Ularni o’rganishni osonlashtirish uchun bu moddalar turli belgilariga ko’ra sinflarga bo’linadi. Masalan, ma‘lum bo’lgan barcha moddalarni uchta guruxga ajratish mumkin: oddiy moddalar, murakkab moddalar va aralashmalar. Moddalarni sinflarga bo’lishning juda ko’p boshqa usullari ham bor.
Kimyoning eng muhim vazifasi- oldindan belgilangan xossali moddalar olish va sanoat ishlab chiqarishini jadallashtirishdan, chiqindisiz texnologiya yaratishdan iborat. Yana bir muxim vazifasi- kimyoviy o’zgarishlar energiyasidan foydalanishdir.
2. KIMYONING PAYDO BO’LISH VA RIVOJLANISH TARIXI.
Kimyo fani ham boshqa fanlar kabi insoniyatning amaliy faoliyati natijasida paydo bo’lgan. Odam yashash vositalarini qidirib topar ekan, turli hodisalarning sabablarini asta- sekin o’rganib, moddalarda bo’ladigan ba‘zi o’zgarishlardan foydalanish yo’llarini izlab topdi; kishilar ko’p foydali materiallar hosil qilishni, rudalardan metall suyuqlantirib olish, har xil qotishmalar tayyorlash va ulardan foydalanish, shisha pishirish hamda undan turli buyumlar yasash va boshqalarni qadimdan bilar edilar. Qadimgi Misrda kimyoviy jarayonlardan foydalanishga asoslangan ko’pgina kasbkorliklar eramizdan ancha ilgariyoq taraqqiy etgan edi. Misrliklar temir rudasidan temir suyuqlantirib olish, rangli shisha hosil qilish, teri oshlash, o’simliklardan dorilar, bo’yoqlar hamda xushbo’y moddalar ajratib olish va boshqalarni bilar edilar. Madaniyati qadimdanok ravnaq topgan Xitoy, O’rta Osiyo va Xindistonda turli kimyo korxonalari bundan ham ilgariroq paydo bo’lgan.
Tabiatga birmuncha keng va tugal falsafiy qarash qadimgi Yunonistonda vujudga keldi. Yangi eradan avvalgi V asrda o’tgan yunon olimlari Fales, Anaksimen, Ksenafont, Geraklit butun borliqni suv, havo, tuproq va olovdan kelib chiqqan deb tasavvur qildilar. Empedokl o’zidan avval o’tgan olimlarning g’oyalarini umumlashtirib, to’rtta negiz bor dedi va ularni elementlar deb atadi.
Qadimgi dunyoning eng mashhur olimlari- Levkip va uning shogirdi Demokrit ta‘limotiga ko’ra, tabiatda barcha jismlar ko’zga ko’rinmaydigan, juda mayda va bo’linmaydigan zarrachalardan iborat. Demokrit bu zarrachalarni atomlar deb atadi. Demokrit ta‘biri bilan aytganda, atomlar shakli va o’lchami jihatidan nihoyatda xilma- xil bo’lishi mumkin, lekin ularning hammasi bir turdagi materiyaning o’zidan tuzilgan. Olamda atomlar va ular orasidagi bo’shliqdan boshqa hech narsa yo’q. Moddalar orasidagi farq shu moddalarni hosil qilgan atomlar soniga, o’lchamiga va qay tariqa joylashganligiga bog’liq, xolos. Atomlar doimo harakatda bo’ladi. Jismlarning soviganda torayishi, qizdirilganda kengayishi, va nihoyatda, suyuqlanishi, eritilganda suv bilan aralashishi va boshqa hodisalar atomlarning harakatidan kelib chiqadi. Sodir bo’ladigan har qanday o’zgarish atomlarning o’zaro birikishidan va ularning bir- biridan ajralishidan iborat.
Demokritning atomistik ta‘limoti umum tomonidan e‘tirof qilinmadi. Shundan keyin taraqqiy eta boshlagan falsafa barcha hodisalarni moddaning abstrakt sifatlariga asoslanib tushuntirishga urindi.
Keyingi asrlarda tabiiyot fanining rivojlanishiga ta‘sir ko’rsatgan Arastu (Aristotel) ta‘limoti bu falsafaga asos bo’ldi. U butun borliqning negizi ibtidoiy materiyadir deb hisobladi. Bu materiya abadiy bo’lib, yo’qdan bor bo’lmaydigan va bordan yo’q bo’lib ham ketmaydi, uning tabiatdagi miqdori o’zgarmaydi. Ibtidoiy materiyaga biz seza oladigan va juft- jufti o’zaro qarama- qarshi bo’lgan to’rtta asosiy sifat: issiqliq va sovuqliq, quruqlik va namlik xosdir. Moddalarning xilma- xil bo’lishiga sabab shuki, ularda ana shu sifatlardan turli miqdorda bo’ladi. Aristotel bu sifatlarni juft- jufti bilan ko’shib, Empedoklning to’rt elementini-tuproq, suv, olov va havoni keltirib chiqardi.
Yunon faylasuflari materiyaning ichki tuzilishini tushunish maqsadida asosiy e‘tiborni abstrakt nazariyalarga qaratgan bo’lsa, boshqa mamlakatlarda kimyoviy o’zgarishlar qakidagi amaliy ma‘lumotlar asta- sekin to’plana bordi.
Misrliklarning amaliy kimyosi va Yunon olimlarining falsafiy tasavvurlari asosida miloddan 300 yil avval qadimiy dunyoning madaniy markazi Aleksandriyada akademiya va kutubxonalar tashkil topdi. Misrni arablar zabt etganidan keyin, Aleksandriya akademiyasining boyliklari VII asrda arablar qo’liga o’tadi. Arablar «kimyo» so’zi oldiga, arab tiliga xos «al» qo’shimchasini qo’shib kimyoni «alkimyo» deb ataganlar. Arablar faoliyati natijasida kimyoviy ma‘lumotlar birmuncha rivljlandi; ular yangi- yangi moddalar kashf qildilar. VIII asrda kimyoviy bilimlar arablardan Ispaniyaga va undan Yevropaga o’ta boshlaydi. Qadimiy Markaziy Osiyo, jumladan o’zbek olimlari ham dunyo adabiyotida arab olimlari qatoriga kiritilganlar.
Hozirgi Markaziy Osiyo hududida ijod etgan tabiatshunoslar orasida dunyoga tanilgan olimlardan buxorolik Abu Ali ibn Sino (980-1037) tibbiyot sohasida ko’p ishlari bilan mashxurdir. Uning fikricha kimyoviy bilimlar oddiy moddalardan oltin olishga emas, balki dorivor moddalar yaratishga xizmat qilishi kerak.
Xorazmda yashab ijod etgan Abu Rayxon Beruniy (980-1048) ning «Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma‘lumotlar to’plami» degan risolasi o’sha zamondagi Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham ma‘danshunoslik sohasidagi eng yirik asar hisoblangan.
Arablarning Janubiy Ispaniyani istelo etishi kimyoga doir amaliy bilimlarning Garbiy Yevropaga yoyilishiga yo’l ochdi, bu bilimlar bilan birga noasl metallarni oltinga aylantirish mumkin degan g’oya ham yoyildi. Kimyo tarixida bu davr alkimyo davri deb ataldi. O’rta asrlarda Yevropada ilmiy fikr tamomila qatolik cherkovning ta‘siri va nazorati ostida edi. Aristotelning ruxoniylar sohtalashtirib yuborgan ta‘limoti hukmron edi. Bu ta‘limotga shubha bilan qaragan har qanday kishi qattiq ta‘qib qilinar edi. O’rta asrlarda fan bir joyda qotib qoldi va bilimlar tushkunlikka uchradi. Alkimyogarlarning butun harakati sirli «falsafiy toshlar» ni axtarib topishga qaratilgan edi. Fanning rivojlnishida ijobiy rol uynagan arab alkimyosiga qarama-qarshi ularok, G’arbiy Yevropa alkimyosi reaktsion, ilmga xilof oqim bo’lib, cherkov bilan feodallar manfaati uchungina xizmat qildi. Kimyoning rivojlanashida burilish yasagan davr o’yg’onish davri bo’ldi. Bu davrda hayot kimyo oldiga yangidan-yangi amaliy masalalarni quydi. Kasalliklarni davolashda kimyoviy preparatlardan foydalanish tajribalari kimyoda yangi bir oqim, ya‘ni tabiyot kimyosi oqimini vujudga keltirdi. Bu oqim tarafdorlari (asoschisi Paratsels) kimyoning asosiy maqsadi dori moddalar tayyorlash deb hisoblar edilar.
Tabiatni hayotdan ajratilgan holda o’rganish XVII asrdagina yo’qola boshladi va kimyo fani aniq tajriba natijalariga asoslanib xulosalar chiqaradigan bo’ldi. Kimyoda bu yangi oqimga Robert Boyl asos soldi. Bu olim fikricha kimyoviy tajribalar o’tkazish, kuzatishlar olib borish natijasida ma‘lumotlar to’plash lozim. Kimyoning maqsadi jismlarning tuzilishini o’rganishdir, jismlarning tuzilishini bilishning vositasi esa ularni elementlarga parchalashdan iborat kimyoviy analizdir. Boyl ta‘limotiga ko’ra, element murakkab jismlar tarkibiga kiradigan va murakkab jismlar parchalanganda hosil bo’ladigan eng oddiy jismlardir. R.Boylning kimyo sohasida qilgan ishlari va uning tekshirish uslubi kimyoning rivojlanashiga katta yordam berdi. Bu davrdan boshlab pnevmatik kimyo (gazlar kimyosi ) rivojlana bordi. XVII asrning oxiridda nemis kimyogari Shtal yaratgan flogiston nazariyasi xukumron edi. Bu nazariyaga ko’ra, barcha yonuvchi moddalarda flogiston, ya‘ni olov modda mavjud. Bunday modda metallarda ham bo’ladi, ayniqsa ko’mirda ko’p. Vaqt o’tishi bilan juda ko’p kuzatishlar o’tkazish natijasida flogiston nazariyasiga zid ma‘lumotlar to’plandi va deyarli bir asr xukumronlik qilgan bu nazariya kimyoning rivojlanishiga to’siq bo’lib qoldi. XVIII asr boshlarida kimyogarlar olovning tabiati va yonish jarayonining mohiyatiga katta e‘tibor berdilar. Yonishning ilmiy nazariyasini yaratishda Rossiya olimi M. V. Lomonosovning xizmati katta bo’ldi. U og’zi kavsharlab berkitilgan retorta deb nomlanuvchi idishda metallarni qattiq qizdirib, kimyoning rivojlanishi uchun muhim yangiliklar kashf etdi. Shu tajribalarga asoslanib, Lomonosov metallar qizdirilganda ular havo bilan birikadi, degan xulosaga keldi.
Keyinchalik frantsuz olimi A.Lavuaze yonish, moddalarning havodagi kislorod bilan birikish reaktsiyasi ekanligini isbotladi. Lavuaze flogiston nazariyasiga zarba berib, yonish va oksidlanish jarayonlarining mohiyati haqida to’g’ri va aniq ilmiy nazariya yaratdi. Kimyoning aniq fan sifatida rivojlanishida ingliz olimi J.Daltonning atomistik tasavvurlari hal qiluvchi rol o’ynadi. Binobarin, atomistik ta‘limotni rivojlantirgan Rossiya olimi M.V.Lomonosov bilan ingliz olimi J.Daltonni hozirgi zamon kimyosining asoschilari deb atalsa xato bo’lmaydi.
Kimyo fanining rivojlanishida Rossiya olimlaridan D.I.Mendeleev bilan A.M.Butlerovning xizmati katta. Moddalarning tuzilishini tekshirishda, tekshirish natijalariga ko’ra kerakli xossaga ega bo’lgan moddalar hosil qilishda A.M.Butlerovning moddalar tuzilish nazariyasi katta rol o’ynadi.
3. KIMYONING AHAMIYATI.
Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy ishlab chiqarish xalq xo’jaligida g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. U tabiatda bo’lmaydigan mahsulotlarni sintez qilishga, ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish uchun, turar joy binolari ko’rish va xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga imkon berdi. Tabiatdan faqat xomashyo, ruda, toshko’mir, neft va boshqalargina olinmoqda. Tabiiy xomashyoni kimyoviy yo’l bilan qayta ishlab xalq xo’jaligi uchun zarur mineral o’g’itlar, pestitsidlar, metallar, plastmassalar, bo’yoqlar, dorivor moddalar va boshqalar tayyorlanadi. Kimyo sanoati sintetik kauchuk, sintetik tola, sun‘iy yoqilg’i, dori-darmonlar va boshqa juda ko’p moddalar ishlab chiqaradi.
Ko’plab miqdorlarda asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari-kislotalar, ishqorlar, tuzlar ishlab chiqariladi.
Kimyoning imkoniyatlari bitmas – tuganmasdir. Faqat neftning o’zidan 20 mingdan ortiq, toshko’mirdan esa bundan ham ortiq organikaviy moddalar olish mumkin. Masalan, yaqinda ishga tushgan o’lkan «SHo’rtan gaz kimyo majmuasi» nomli kimyo zavodi tabiiy gaz asosida o’nlab qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish ishiga kirishdi.
Kimyo fani tabiiy mahsulotlarni tejab ishlatish, ishlab chiqarishning qo’shimcha mahsulotlari va chiqindilaridan foydalanish masalalari bilan ham shug’ullanishi lozim. Ammo sobiq Shuro xukumati davrida mamlakatimizning ko’pgina tabiiy boyliklari hisobsiz ishlatilgan va tashib ketilgan. Atrof muhit esa sanoat chiqindilari bilan ifloslantirilab ekologik holatga ancha ziyon yetkazilgan edi. Mamlakatimiz mustakillikka erishgandan keyin tabiiy boyliklarga munosabat ham o’zgardi, ularni avaylab ishlatish yo’lga qo’yildi.
ADABIYOTLAR
1. K. Axmerov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O’qituvchi», 1988 yil.
2. K. Axmerov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O’zbekiston», 2003 yil.
3. N.A. Parpiev va boshqalar. «Anorganik kimyo nazariy asoslari» Toshkent, «O’zbekiston»,
2000yil. Maksudov N. X. Umumiy ximiya. K.x. injenerlik fakulteti stundentlari uchun darslik. Toshkent.; «O’qituvchi», 1977 yil.
5. Obshaya ximiya; Uchebnik (Pod red. Ye.M. Sokolovskiy i L.S. Guzeya -3–e iz d. prerab. i dop. – M.: Izd – vo Moskva un.ta, 1989. – 640s.
6. Rustamov X.R. Fizik kimyo: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. – T. «O’zbekiston», 2000. – 487 b.
Kimyo fani darsliklari
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Kimyo fanidan ma’lumotnoma
Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob:
Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26
Qog’ozli kitob
Сотувчи – KITOBXON
Дўкон тел.: +998 90 959-25-26, +998 90 976-99-88
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Kitobda kimyo faniga doir mavzular aks etgan bo’lib, 7 – 9-sinf va akademik litsay, kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga mo’ljallangan so’nggi yillardagi darsliklarga tayanilgan. Unda kimyo fanining barcha mavzulari mufassal va ommabop tarzda berilgan. Shuningdek, sohaga doir muhim ma’lumotlar jadval, formula hamda ilovalar asosida tushuntirilgan.
Cho’ntakbop qo’llanma umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari, abituriyentlar hamda mazkur fanga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.Ushbu qo’llanma oliy o’quv yurtlariga kiruvchi abituriyentlar uchun mo’ljallangan bo’lib, biologiya fanidan eng muhim ma’lumotlarni qam-rab olgan. Kitobni tayyorlashda 5 – 9-sinf va akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining botanika, zoologiya, biologiya faniga oid so’nggi yillarda nashr qilingan darsliklariga tayanildi. Unda biologiya fanining barcha mavzulari ma’lum izchillikda savol-javob tarzida keltirilgan. Shu bilan birga, mazkur fanni o’zlashtirishga oid eng sara maslahatlar berilgan.
Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari, abituriyentlar hamda ushbu fanga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan.
O`quv va o`quv-metodik ishlari
1.1. O`qitish ma`ruzalar o`qish, amaliy mashg’ulotlar o`tish hamda talabalar tomonidan mustaqil ish bajarish orqali amalga oshiriladi.
Kafedra multimediya va videofilmlardan foydalangan holda zamonaviy interfaol pedagogik usul va o’qitish shakllaridan foydalanadi.
1.2. Talabalar bilimini joriy nazorat qilish har bir darsda olib boriladi va o’qituvchi va talabalar o’rtasida suhbat shaklida, shuningdek test nazorati orqali amalga oshiriladi.
Ma`ruza materiallarini o`zlashtirish o`qituvchilarni talabalar bilan suxbati, hamda oraliq va yakuniy nazorat o`tkazish shaklida amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini joriy nazorati to`rt shaklda o`tkaziladi:
a) laborator ishlar
b) test masalalariga javoblar
v) og’zaki so`rov
g) vaziyatli masalalarni echish
Natijalar joriy, oraliq va yakuniy nazorat ko`rsatkichlari bo`yicha chiqariladi.
YAkuniy nazorat ToshPTIning Test markazida test nazorati shaklida o`tkaziladi.
1.3. O’quv mavzusining bir turi laboratoriya mashg’ulotidir. Uni tayyorlash bilan kafedraning laboratoriya mudiri va laborantlari shug’ullanishadi.
1.4. Kafedraning barcha professorlari va dotsentlari talabalar uchun konsul’tatsiyalar o`tkazadilar.
1.5. 20 kishiga mo`ljallangan metodik kabinet mavjud bo`lib, keyingi yillarda u talabalarni rejali mashg’ulotlarini hamda TIJ ishlarini o`tkazishda o`quv xonasi sifatida ishlatilmoqda.
1.6. Har yili ma`ruzalar kursi va amaliy mashg’ulotlarga mul’timediyali illyustratsiyalar yangilanadi.
2. O`qishni mazmuni
O`quv jarayonini yaxshilash va uni metodik ta`minlash kafedraning asosiy ishi hisoblanadi.
2.1. ToshPTI Biokimyo kafedrasi, TTA Biokimyo kafedrasi bilan birga O`zR SSV tomonidan tasdiqlanadigan Biokimyo bo`yicha ishchi dasturni ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi. Ushbu dasturni tayyorlashda bevosita kafedra mudiri hamda kafedraning barcha xodimlari qatnashadilar.
2.2. Kafedrada yana Biokimyo bo`yicha yangi namunaviy dastur ishlab chiqilgan bo`lib, u patologik xolatlarni molekulyar-biologik asoslari hamda odam metabolizmini yosh xususiyatlarini qamrab olgan o`zgarishlarni yoritadi.
2.3. Kafedrada xodimlar tomonidan doimiy ravishda biokimyoning barcha bo`limlaridan joriy va yakuniy nazorat testlari yangilanib turiladi.
2.4. Biologik kimyo bo’yicha asosiy darsliklar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Berezov T.T., Korovkin B.F. Biologicheskaya ximiya», M., 1990.
2. Aleynikova T.L., Rubstova G.V. Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po biologicheskoy ximii, 1988.
3. Sobirova R.A., Inoyatova F.X., Shukurov I.B. «Biologik kime», Tashkent, 2008.
4. Sobirova R.A., Abrorov O.A., Inoyatova F.X., Aripov A.N. «Biologik kime», Tashkent, 2006.
5. Sultanov R.G., Xolmuxamedova N.M., Sultanxodjaev O.L., Karimova Sh.F. «Bioximiyadan amaliy mashgulotlar», Tashkent, 2006.
6. Sultanov R.G., XolmuxamedovaN.M. «Bioximiyadan amaliy mashgulotlar», Toshkent, 1995.
7. Nikolaev A.Ya. «Biologik ximiya», Tashkent, 1991.
Bulardan tashqari talabalarga qo’shimcha darsliklar sifatida Rossiya mualliflarini darsliklari hamda rus tiliga tarjima qilingan chet el mualliflarining quyidagi darsliklari tavsiya qilinadi:
1. Sultanov R.G., Ibragimov U.K. Sbornik bioximicheskix pokazatele
2. «O’zbekiston biologiya jurnali»
4. «Bioximiya», (Rossiya).
5. Nikolaev A.Ya. «Biologicheskaya ximiya», Moskva, 2006 (elektron versiya).
6. Berezov T.T., Korovkin B.F. «Biologicheskaya ximiya», M., 2006 (elektron versiya)
7. Lenindjer A. Bioximiya, 1, 2, 3 tom. 1990 (rus va ingliz varianti)
8. Kolman «Naglyadnaya bioximiya» (elektron versiya).
9. Pod red. Severina E.S. «Bioximiya», 2007.
2.6. Talabalarga yana quyidagi elektron Internet-resurslar tavsiya qilingan:
2.7. Kafedra xodimlari doimiy ravishda kimyo bo`yicha kirish testlarini o`tkazishda hamda abiturientlar orasida kimyoviy olimpiadalarni o`tkazishda taklif etiladilar.
• Ma`ruza va amaliy mashg’ulotlarning kalendar-tematik rejalari (qarang: Yuklab oling)
• Baholash mezonlari va Biologik kimyodan reyting tizimida baholash mezoni (qarang: Studentlarga)
• Biokimyo bo`yicha bilimlarni saqlanib qolishini tekshiruvchi testlar ToshPTI ning test markazida mavjuddir.
Kafedraning o`quv-uslubiy ishlari
O`quv-uslubiy qo`llanmalar
1. Chop etilgan hamda xozirda biokimyo kursi mavzulari bo`yicha, shu jumladan ayrim fakul’tetlar uchun va ingliz tilida o`qiydigan chet el talabalari uchun yangi uslubiy va o`quv qo`llanmalari tayyorlanmoqda. Test nazorati masalalari bo`yicha ham uslubiy qo`llanma tayyorlanmoqda.
2. Kafedra tomonidan 1 va 2 kurs bakalavrlari uchun o`zbek, rus va ingliz tillarida uslubiy va o`quv qo`llanmalari tayyorlangan va chop etilgan:
O’quv-uslubiy qo’llanmalar | ||||
№ | Uslubiy qo’llanmalar nomi | Mualliflar | Chop etilgan joyi | Yili, betlari |
1 | Metodika provedeniya laboratornix analizov v SVP, ix kliniko-diagnosticheskoe znachenie (dlya studentov 2-kursa pediatricheskogo i mediko-pedagogicheskogo fakultetov medistinskix VUZ)(rus. tilda) | Saatov T. S.,Yuldashev N. M.,Ziyamutdinova Z. K.,Xaybullina Z. R.,Sultanxodjaev U. L.Akbarxodjaeva X.N.,Nishantaev M. K. | «Yoshlar Matbuoti», 100113, sh. Tashkent, Chilanzar-8,k. Kataral, 60 | 2011y.30 b. |
2 | QVPda bajariladigan tashxis usullari va ularning klinik-diagnostik ahamiyati.(Tibbiyot oily o`quv yurtlari pediatriya va tibbiy-pedagogika fakultetlari 2-kurs talabalari uchun o`quv uslubiy qo`llanma)(uzbek.-lotin. tilda) | Saatov T.S.,YuldashevN.M.,Karimova Sh.F. Ziyamutdinova Z.K.,Xaybullina Z.R, Sultanxajaev U.L.,Akbarxodjaeva X.N.,Nishantaev M.K. | Toshkent | 2011y.30 b. |
3 | QVPda bajariladigan laborator tashxis usullari va ularning klinik- diagnostik axamiyati.(Tibbiyot oliy uquv yurtlari pediatriya va tibbiy – pedagogika fakultetlari 2-kurs talabalari uchun)(uzbek. tilda) | Saatov T.S.,Yuldashev N.M.,Karimova Sh.F.,Ziyamutdinova Z.K.,Xaybullina Z.R.,Sultanxodjaev U.L.,Akbarxodjaeva X.N.,Nishantaev M.K | Toshkent | 2011 y.30 b. |
4 | Methodology of laboratory analysis performance, clinical-diagnostic interpretation. | Saatov T.S.,YuldashevN.M.,KarimovaSh.F., Xaybullina Z.R. | Tashkent | 2011y.30 p. |
5 | “Bioanorganik kimyo fanidan amaliy ko’nikmalarning qadamma–qadam bajarilishi” o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Suleymanova G.G.,Akbarxodjaeva X.N. | “Geo fan poligraf” MChJ bosmaxonasida chop etilgan.Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y36 b. |
6 | “Bioanorganik kimyo fanidan testlar to’plami” o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Ayxodjaev B.K.,Ikramova Z.A.,Suleymanova G.G.,Azimov A.M. | “Geo fan poligraf” MChJ bosmaxonasida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y70 b. |
7 | “Bioanorganik kimyo fanidan amaliy ko’nikmalarning qadamma – qadam bajarilishi” (lotin) o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Suleymanova G.G. | “Geo fan poligraf” MChJ bosmaxonasida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y35 b. |
8 | “Bioanorganik kimyo fanidan testlar to’plami” (lotin) o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Ayxodjaev B.K.,Ikramova Z.A.,Suleymanova G.G. | “Geo fan poligraf” MChJ bosmaxonasida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y63 b. |
9 | “Bioanorganik kimyo fanidan amaliy ko’nikmalarning qadamma – qadam bajarilishi” (rus tili) o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Suleymanova G.G.,Akbarxodjaeva X.N. | “Geo fan poligraf” MChJ bosmaxonasida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y61 b. |
10 | “Bioanorganik kimyo fanidan testlar to’plami” (rus tili) o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Ayxodjaev B.K.,Ikramova Z.A.,Suleymanova G.G.,Azimov A.M. | “Geo fan poligraf” MChJ bosmaxonasida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y60 b. |
11 | “Bioorganik kimyo fanidan amaliy ko’nikmalarning qadamma – qadam bajarilishi” o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Arifjanov S.Z.,Ikramova Z.A.,Suleymanova G.G.,Azimov A.M. | “Geo fan poligraf” MChJ bosmaxona-sida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y35 b. |
12 | “Bioorganik kimyo fanidan amaliy ko’nikmalarning qadamma – qadam bajarilishi” (lotin) o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Ikramova Z.A. | “Geo fan poligraf” MChJ bosmaxonasida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y35 b. |
13 | “Bioorganik kimyo fanidan testlar to’plami” (lotin) o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Arifjanov S.Z.,Ikramova Z.A.,Suleymanova G.G.,Azimov A.M. | “Geo fan poligraf” MChJ bosmaxonasida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y59 b. |
14 | “Bioorganik kimyo fanidan amaliy ko’nikmalarning qadamma – qadam bajarilishi” (rus tili) o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Ikramova Z.A.,Akbarxodjaeva X.N., | “Geo fan poligraf” MChJ bosmaxonasida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y35 b. |
15 | “Bioorganik kimyo fanidan теsтlar тoplami” (rus tili) o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Arifjanov S.Z.,Ikramova Z.A.,Suleymanova G.G., Azimov A.M. | “Geo fan poligraf” МЧЖ bosmaxonasida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y60 b. |
16 | “Bioorganik kimyo fanidan amaliy ko’nikmalarning qadamma – qadam bajarilishi” (rus tili) o’quv-uslubiy qo’llanma | Alimxodjaeva N.T.,Suleymanova G.G.,Akbarxodjaeva X.N., | “Geo fan poligraf” МЧЖ bosmaxonasida chop etilgan. Manzili: 100170, Toshkent sh., Do’rmon yo’li ko’chasi, 24 uy | 2013 y34 b. |
17 | «Sut biohimiyasy» | Yuldashev N.M.,Karimova Sh.F.,Ziyatdinova Z.K.,Ismailova G.O.,Nishantaev M.K. | «The original layout extremum press» MCHZH nashriёti, 100053 Tashkent shahri, Bogishamol 3. | 2015 y40 b. 2,5 b.t. |
18 | «Oddiy va patologik holatlarda lipidlar almashinuvi» o’quv-usluby qo’llanma | Yuldashev N.M., Ziyamutdinova Z.K., Karimov Sh.F., Akbarhodzhaeva H,N., Sultanhodzhaev U.L. |
«Original reja Eksteremum press» MCHZH nashriёti, 100053 Toshkent shah’ri, Bogishamol 3. | 2016.63 betlar7,6 b.t. |
19 | Kimyo. Test vazifalarni Solutions. 2014-2015 | Ismailova G.О. | Arizachi Kutubxona. Testlar: a tutorial. Toshkent 2016 tipografiyani. «Spektr Media Group» MChJga. Toshkent, Bunyodkor ko’chasi, 28 | 2016.240 betlar24,2 b.t. |
Uslubiy tavsiyanomalar | |||
№ | Nomi | Mualliflar | Nashriyot |
1. | «Gipoksiya ploda: effektivnost nanodoz antioksidantov» (rus. tilda) | Xaybullina Z.R. | O’zR Sog’liqni Saqlash Vazirligi fan va oliy o’quv yurtlari boshqarmasi rahbari, Ataxanov Sh.E.OOO «Vita color», 04.08.11, №8/118. 15 -bet. Toshkent -2011y. |
Darsliklar | |||
№ | Nomi | Mualliflar | Nashriyot |
1. | «Tibbiy kimyo» (uzb. tilda) | Alimxodjayeva N.T.,Ikramova Z.A.,Suleymanova G.G.,Tadjiyeva X.S. | МЧЖ “Fan va ta’lim poligraf” bosmaxonasida chop etildi100170, Toshkent shahar,Do‘rmon yoli ko‘cha, 24-uy.452 bet, shartli bosma tabog’I 28,75Toshkent – 2017 |
Kafedrada darslik va o`quv-uslubiy qo`llanmalarning elektron variantlari mavjud.
• Elektron o’quv-uslubiy qo’llanmalar (qarang: Yuklab oling)
Kimyo fanining rivojlanishi
Kimyo, ximiya — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Miloddan avvalgi Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. “Kimyoi hunar” sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistondan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli orqali miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar Oʻzbekiston hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-asrga taalluqli kimyo lab. topilgan. Lab. jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.
Kimyoning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bogʻlashadi. Savdo-sotiq, xunarmandchilik va maaaniy alokalar juda rivojlangan bu mamlakatda ilm, falsafiy qarashlar, sanoat va qishloq xoʻjaligi yaxshi rivoj topali. Nil boʻyidagi Iskandariya shahrida 1-asrda yozilgan traktatlarda koʻpgina kimyoviy maʼlumotlar, jumladan, kimyoviy ji-hozlarning koʻrinishlari, kuydirish, pishirish, toblash, quruq haydash, eritish, kristallanish, ajratish va boshqa usullar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish gʻoyasi ham ilgari surilgan boʻlib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi, olimlar fikrini boshka — amalga oshmaydigan yoʻnalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari maʼlumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va boshqalarni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi Kimyoga arablar “al” qoʻshimchasini qoʻshib mashhur “Alkimyo”ga asos soldilar. Natijada koʻpgina ilmiy asarlar, kitoblar, maqolalar va tajribalar ifodalari paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz Yevropa mamlakatlarida “Ximiya” nomi bilan ommalashdi. Muhammad Xorazmiy 10-asrda “Kimyo” soʻzi arabcha “kamoyakmi”, yaʼni “yashirmoq”, “berkitmoq” ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha “kimyax” dan olingan. Baʼzi olimlar “Kimyo” soʻzi Misrning qad. nomi “Xem” yoki “Hame”dan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu soʻz “qora” yoki “qoramtir” maʼnosini anglatib, manbalarda “Kimyo” “Misr fani” degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa “Kimyo” soʻzi yunoncha “kimyo” iborasidan kelib chiqqan boʻlib, “suyuqlik”, “eritilgan metall”ni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday boʻlishidan qatʼi nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada oʻrta osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.
“Alkimyo” asoschisi Jobir ibn Xayyom metallarning paydo boʻlishidagi oltingugurt-simob nazariyasini olgʻa surgan, yaʼni yer qaʼrida quruq bogʻlanishdan oltingugurt (“metallar otasi”), nam bugʻlanishdan esa simob (“metallar onasi”) paydo boʻladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda birikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, shisha hosil boʻladi. Shu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga oʻtkazish haqida maʼlumotlar beriladi. “Element” tushunchasiga koʻra, oltingugurt — yonuvchanlik, simob — uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildiradi. Shoʻnga koʻra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr boʻldi. Olimning izdoshlaridan boʻlgan Abu Nasr Forobiy oʻzining “Us todi Soniy” asarida alkimyo ilmining yoʻnalishini maʼqullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy “Sirlar kitobi”da alkimyo maʼlum boʻlgan moddalarni oʻrganish, asbob-uskunalarni yigʻish va foydalanish hamda tajribalar oʻtkazishni keltiradi. Roziy oʻz asarida oʻngacha maʼlum boʻlgan moddalarni tasniflab, asbob va tajribalarni maʼlum bir tizimga solgan. Abu Abdullo al-Xorazmiyning “Bilimlar kaliti” kitobida Kimyoga alohida boʻlim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar toʻgʻrisida mukammal maʼlumotlar keltirilgan. Abul Hakim al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qoʻllanilgan taroziga ahamiyat beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125 yilda yozilgan “Dono tarozu haqida kitob”da turli koʻrinish va tuzilishdagi tarozilarda tortish usullari bayon qilinganligi manbalardan maʼlum. Abu Ali ibn Sino “Al-qonun” kitobida oʻsimlik, hayvonot, minerallar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar, metallar, oksidlar va boshqa birikmalarning 750 dan ortiq turini yozadi. Ularning nomi, xossalari, ishlatilishini tula ifo-dalaydi. Uning “taboshir kulchalari”dan (Indoneziyada oʻsadigan bambukdan olib kulchaga qoʻshib oyoq-qoʻli singan bemorlarga beriladigan kremniy oksidi — inson organizmida tez erib singadigan modda) qanchadan-qancha odamlar shifo topgan. Ibn Sino Jo-birdan farqli ravishda metallarning xususiyatini chuqur va mukammal oʻrgan-di, uning xatolarini tuzatdi. Ibn Sino nafaqat Jobirning , balki barcha alkimyogarlarning xatolarini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oddiy metallardan nodir metallar, jumladan, oltin olib boʻlmasligini birinchi boʻlib amalda isbot etdi. Fransuz olimi M. Bertlo, rus olimi B. Menshutkin, akad. O. Soimovlarning fikricha, Abu Ali ibn Sino asarlarida hozirgi zamon anorganiq kimyo fanining ilk kurtaklari namoyon boʻlgan. Abu Rayhon Beruniyning “Mineralogiya”sida moddalarning moddalik xususiyatlari uz aksini topgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida mineralogiyaga oid 18 ta, Kimyoga oid 31 ta qulyozma mavjud. Bular arab, fors, eski oʻzbek (turk) tillarida bitilgan “Hunarlar javohiri” kitobidagi marvarid, boʻyoqlar, sir, zaharga qarshi ishlatiladigan dorilar, upa-elik tayyorlash usullarini oʻz ichiga olgan manbalardir.
8-asrdan 17-asr oʻrtalarigacha davom etgan alkimyo bir tomondan fanni rivojlantirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan uning tez qadamlar bilan oʻsishiga toʻsqinlik qildi. Ingliz kimyogari R. Boyl Kimyoni oʻrganishda yangicha yondoshish va faqat tajribalar yordamida olingan maʼlumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha, Kimyoning maqsadi jismlar tuzilishini aniqlash, shundan soʻng uni elementlarga ajratib, tahlilga oʻtishdan iborat boʻlishi kerak. Bunday ilgor ilmiy fikrlar paydo boʻlishiga qaramay Kimyoning haqiqiy yoʻlga tushishiga yana bir asr kerak boʻldi. Nemis kimyogari G.E. Shtal (1659—1734)ning flogiston nazariyasiga qarshi oʻlaroq, M. V. Lomonosov 1756 yilda yonish, yaʼni oksidlanish — oksidlovchi moddaning havo bilan birikishidan iborat ekanligini miqdoriy tajribalar asosida koʻrsatib berdi. Fransuz kimyogari A. Lavuazye esa 1772—77-yillarda turli moddalar ustida tajribalar oʻtkazib, ular yonganida kislorod bilan birikishini koʻrsatdi hamda kimyoviy reaksiyalarda moddalar ogʻirligining saqlanish qonunini isbotladi. Mazkur qonun tasdiqlangach, Kimyo sifat-tavsif ilmidan miqdoriy bilimga aylandi. Endilikda massaning saqlanish qonuni deb ataluvchi mazkur qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Bir qancha gazlar kashf qilinishi natijasida pnevmatik kimyoga asos solindi. Flogiston nazariyasi tamomila rad etildi, kislorodli yonish nazariyasi oʻz tasdigʻini topdi. Natijada koʻpgina nazariy tasavvurlar oʻzgardi, yaʼni kimyoviy nomenklatura ishlab chiqildi. Mana shu davrda kimyoning analitik tahlil yoʻli shakllandi.
19-asr Kimyo fani tarixida nazariy asoslarni ishlab chiqish davri boʻldi. Natijada ato m – molekulyar taʼlimot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803 i. moddaning atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar oʻtkazdi. Elementlarning muayyan bir miqdorda reaksiyaga kirishuvini ularning ayrim zarrachalardan, yaʼni boshqacha aytganda atomlardan tashkil topganligidan deb bildi. Karrali nisbatlar qonuni deb atalmish fikri asosida kimyoviy elementlarning bir-biri bilan maʼ-lum ogʻirlik nisbatlarida birikishini koʻrsatib, atom ogʻirliklariga alohida ahamiyat berdi. Nisbiy atom ogʻirlik tushunchasini fanga kiritib, eng yengil element sifatida vodorod atomi ogʻirligini birga teng deb qabul qildi va uni birlik sifatida taklif etdi. Dalton elementning atom ogʻirligi sifatida mazkur element atom ogʻirligining vodorod atomiga boʻlgan nisbatini oldi. Italiyalik olim A. Avogadro atom va molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini aniqlab berdi. U moddaning kichik zarrachasi molekula, elementlarning eng kichik zarrachasi esa atom deb taʼrifladi. Pekin uning bu fikri faqat oradan ancha vaqt oʻtgach, tan olindi. Gep-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni (q. Gey-Lyussak qonunlari) eʼtirof etilgach, Avogadroning bir xil temperatura va bosimda olingan ixtiyoriy gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni teng boʻlishi haqidagi qonuni (gipotezasi) amaliyotga kiritildi. Fransuz fizigi J. B. Perren (1870—1942) tajribalari asosida hisoblab topilgan 6,022SH23 soni Avogadro soni deb ataldi.
1852 yilda ingliz kimyogari E. Franklend fanga valentlik tushunchasini kiritdi. A. M. Butlerov tomonidan 1861 yil eʼlon qilingan tuzilish nazariyasi Kimyoning rivojida muhim bosqich boʻldi. Mazkur nazariya asosida organiq moddalarning molekulalardagi atomlar valentliklariga muvofiq bir-biri bilan birikishi, moddalarning xossalari kimyoviy tuzilishi (tarkibi)ga bogʻliqligi, atomlar bir-biri bilan qanday ketma-ketlikda birikkanligini aniqlash, kimyoviy tuzilish formulasi birikma xossasini ifodalashi, molekuladagi oʻzaro birikkan va birikmagan atomlarning bir-biriga boʻlgan taʼsirining borligi yotadi. Nazariya yangi moddalar sintez qilishni, ularning xossalarini oldindan aytib berishni va nazariy jihatdan muhim boʻlgan izomeriya hodisasini ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berdi.
19-asrda fandagi tarixiy kashfiyotlardan biri 1869 yil D. I. Mendeleyev tomonidan ochilgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va sistemasi boʻldi. Mendeleyev elementlarni ilmiy asosda sinflarga ajratdi, ular orasidagi ichki bogʻlanish qonuniyatlarini topdi, hali nomaʼlum boʻlgan elementlar mavjudligini oldindan bashorat qildi. Uch nomaʼlum elementning xossalarini oldindan aytib berib, ularga “ekabor”, “ekaalyuminiy” va “ekasilitsiy” degan shartli nomlar berdi. Oradan 15 yil oʻtar-oʻtmas uning ba-shorati amalda tasdikdandi. Bu elementlar fransiyalik Lekok de Buabodran, shvetsiyalik Nilson va germaniyalik Vinklerlar tomonidan kashf etildi. Ekaalyuminiyga Fransiyaning eski nomi Galliyadan olinib “galliy” nomi, ekaborga “skandiy” (Skandinaviya nomidan) va ekasilitsiyga “germaniy” degan nomlar berildi. Mendeleyevning maʼlumotlari boshqa olimlar maʼlumotlariga juda yaqinligi bilan ilmiy tasdigʻini topdi. Uning yana 11 elementning tez orada ochilishini nazarda tutib boʻsh kataklar qoʻyganligi qonun va uning grafik ifodasi boʻlgan davriy sistemaning katta ilmiy gʻalabasi boʻldi. Sistemada davrlar va guruhdar shunday joylashtirildiki, bunda valentlik, atom massalari, atom radiuslarining oʻzgarishi va shahrik. xossalar oʻz ifodasini topdi. Natijada ilgari tasdikdanmagan kimyoviy elementlar sistemalaridagi xatolik va kamchiliklarga barham berildi, atom massalariga tuzatishlar kiritildi, nodir elementlar va asl gazlar xossalari toʻgʻri talqin qilindi. Davriy qonun nafaqat Kimyo uchun, balki boshqa tabiiy fanlar, falsafadagi miqdorning sifatga oʻtish qonuniyatlarini aks ettiruvchi tabiatning fundamental qonuni boʻlib qoldi. Buning isboti sifatida davriy qonun va sistema asosida kimyo qonunlari va tabiatning yuzlab boshqa qonunlari, jumladan, radioaktiv elementlarning kashf qilinishi, ingliz fizigi E. Rezerfordning atom tuzilishi modelini taklif qilishi, Daniya fizigi N.Borningatomlarda elektron qobiqlari va qobiqchalari ketma-ket joylashuvini topishi, atom energiyasining nihoyatda ulkan kuchidan foydalanish qabilarni koʻrsatish mumkin. Ayni vaqtda Kimyo fani Mendeleyev davriy qonuni va sistemasi asosida oʻqitiladi.
19-asr ning 70-yillaridan boshlab organiq kimyo tez rivojlana boshladi. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalari, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari olindi, xossalari oʻrganildi va bularning maʼlum qismi sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshladi. 80-yillarda toʻyinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy pigment va oqsillar oʻrganila boshlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari rivojlandi. Bu davrda elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (G. I. Gess, M. Bertlo), elektrolitik dissotsiatsiya (S. Arrenius), kimyoviy reaksiyalar tezligi (Ya. Vant-Goff) oʻrganildi. Buning natijasida kimyoviy termodinamika faniga asos solindi.
19-asr oxiri va 20-asr boshlari fizikada atom tuzilishining oʻrganilishi, radioaktivlik hodisasining ochilishi, elektronning amaliyotdagi ahamiyati oʻrganilishi va kvant kimyosinit chuqur nazariy yutuqlaridan foydalanish Kimyo fanining olamshumul yutuqlaridan boʻldi. Mac, tabiiy hodisa — Adriatika dengizining fosforessensiyalanishini 1835 yildayoq fransuz fizigi A. [[Bekkerel sezganligi maʼlum. Ammo oradan 60 yil dan ortiqroq vaqt oʻtib uning nabirasi Anri [[Bekkerel 1896 yilning 1 martida uran hosilalari, bir oz keyinroq esa uranning oʻzi ham shunday xossaga egaligini aniq-ladi (q. [[Bekkerel). 1895 yili V. Rentgen tomonidan kashf etilgan nurlar ham shunday xossalarga ega ekanligini [[Bekkerel koʻrsatib oʻtgan edi. ʼL.Skladovskaya-Kyuri bu nurlarni radioaktiv nurlar, nurlanish hodisasini esa radioaktivlik hodisasi deb atadi. U bu hodisani shaxsan oʻzi toriy elementida uchratdi. U P. Kyuri bilan birgalikda uran minerallaridan 2 ta yangi radioaktiv element — poloniy va radiyni ajratib olishga muvaffaq boʻddi. Yangi elementlarning biri M. Skladovskaya-Kyurining vatani boʻlmish Polshaning eski nomi sharafiga poloniy deb nomlanadi. Shunday keyin aktinoidlar qatori tuzildi. Radioaktiv elementlarning yarim yemirilish davri, yaʼni har bir radioaktiv moddaning yarmisi parchalanishi uchun ketgan vaqtni belgiladilar. E. Rezerford, ingliz olimi F. Soddi, keyinroq Iren va Jolio-Kyurilar radioaktivlikni chukur oʻrganishdi, Kyurilar sunʼiy radioaktivlik hodisasini tadqiq qilishdi. Yadro reaksiyalari yordamida davriy sistemadagi barcha kimyoviy elementlarning sunʼiy radioaktiv izotoplarini olish mumkinligi ishlar koʻlamini fizika bilan bir qatorda Kimyoga ham olib kirdi. Natijada Kimyoning zanjir reaksiyalari mukammal oʻrganildi va amaliy ahamiyat kasb etdi. Pozitron chiqishi yoki (3+-yemirilish va K-zabt etish (yadroning yaqinida turgan K-qobiqchadagi elektronni yutishi) turli elementlar radioizotoplarini oʻrganishga yordam berdi. Hozirgigacha bunday radioaktiv izotoplardan 1500 dan ortigʻi olingan. Sunʼiy radioizotoplarni oʻrganish aylanishlarning yangi xillarini topishga imkon berdi. Radioaktiv moddalarning xossalarini oʻrganadigan, ularni ajratib olish, yigʻish va tozalash usullarini ishlab chiqadigan fan radiokimyo nomini oldi.
Kimyoning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida elektron va u haqsagi tushunchalar aniqlanib, kvant kimyosi hamda sunʼiy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi shakllandi. Oqsillar kimyosida misli koʻrilmagan yangiliklar ochildi. Million atmosfera bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar oʻrganildi, sunʼiy olmos olishning nazariy yoʻllari koʻrsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi.