4 sinf ingliz tili bilimlar bellashuvi
Xalqimiz tilida ham kitob o`qib bilim va munosib ta`lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug`ullanish, kasb-hunar o`rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko`p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Go`zallik – ilmu ma`rifat bilan”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog`i”, “Beshikdan qabrgacha bilim izla”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bu kabi purma`no va serhikmat naqllar kitob sevuvchi xalqimiz lug`atida ko`plab topiladi.
Судьба на лестничной клетке 2023 фильм на Домашнем
Соня Белова работает медсестрой. Девушки воспитывает двух детишек. В наследство Соня получила от матери квартиру, куда и перебирается вместе с ребятнёй. На новом месте девушка сразу же вступила в конфликт с соседкой. Настя своенравная личность, и её можно назвать полной противоположностью скромной Сони. У соседки есть собственный блог, где она рассказывает окружающим, как нужно жить красиво и правильно. В общем, у каждой из героинь свои представления. Постепенно, конфликт между девушками стал переходить в самую настоящую войну. Никто не собирался отступать просто так! Кирилл муж Насти. Он решил вмешаться в ситуацию. Когда Кирилл впервые пообщался с Соней, то сразу понял, что это очень добрый искренний человек. Ребята начинают очень хорошо общаться, а, постепенно, их отношения переходят на новый этап, и их уже нельзя назвать просто дружескими. Это становится очевидно всем, в том числе и Насте. Любовник Илья даёт совет благоверной – опорочить конкурентку в глазах Кирилла.
Если двум людям суждено быть вместе, то так оно и будет. Они пройдут все трудности и докажут, что настоящие чувства невозможно разрушить. Если судьба распорядилась, что будет именно так, то никакие недуги не смогут изменить её!
4 sinf ingliz tili bilimlar bellashuvi
«Bilimlar bellashuvi» baholash mezonlarida nimalar o‘zgardi?
Har yili an’anaviy tarzda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun fanlar bo‘yicha «Bilimlar bellashuvi» uch bosqichda (maktab, tuman/shahar, viloyat) o‘tkaziladi. O‘quvchilar bilimini baholash, ularni izlanishga yanada rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi mazkur bellashuv baholash mezonlariga bir qator yangiliklar kiritildi. Baholash mezonidagi o‘zgarishlar haqida Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i Farrux Abdullev batafsil ma’lumot berdi.
Ilgari to‘rt, keyin esa uch bosqichda
Mutaxassisning bayon etishicha, «Bilimlar bellashuvi»ni tashkil etishning ikki huquqiy asosi mavjud. Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 16 yanvardagi 13-sonli buyrug‘iga asosan tanlovning Nizomi tasdiqlangan. Keyinchalik ota-onalar va o‘qituvchilarning fikr va takliflariga binoan 2017 yil may oyida tanlov nizomiga o‘zgartirish kiritilgan. Ya’ni bellashuvni 4 bosqichda (maktab, tuman/shahar, viloyat, respublika) emas, balki 3 bosqichda o‘tkazib, tugatish, respublika bosqichini bekor qilish belgilandi. Bunga o‘quvchilarning kichik yoshda ekanligi, respublika bosqichi uchun poytaxtga kelish zarurati noqulaylik tug‘dirgani sabab bo‘ldi.
Test savollari miqdori kamaytirildi
Test topshiriqlarini onlayn platformada topshirish yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni o‘quvchi kompyuterda onlayn tarzda ishlagan test natijalarini o‘sha zahotiyoq bilishi mumkin. Bu testlarni baholash jarayonida noxolisliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ko‘zda tutadi. Shunda ham ishtirokchida e’tiroz bo‘lsa, xatoliklarini ko‘rib chiqishi uchun imkoniyat beriladi.
Test topshiriqlari miqdori bilan bog‘liq o‘zgarishlar mavjud. Testlar soni 30tadan 25taga tushirilgan. Ilgari 30ta testga 2 balldan berilgan bo‘lsa, endi 25ta testga 2,4 balldan ajratiladi.
Bu ishtirokchilar uchun bir qator qulayliklar yaratadi. O‘quvchi kompyuter qarshisida kamroq o‘tiradi. Jarayonni tezroq yakunlab, uyiga tezroq qaytishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, test sonlarining kamligi ham ishtirokchiga yengillik beradi, ruhiy bosim kamroq bo‘ladi.
Faqat tarix, huquq va iqtisodiyot fanlari bundan mustasno. Chunki bu fanlarda ishtirokchi faqat test ishlaydi, yozma ish bo‘lmaydi. Shu bois ular ikkinchi bosqichda 40ta, uchinchi bosqichda 50ta test ishlaydi. Ularga o‘zgartirish kiritilmagan.
Darslikdan tashqari manbalardan ham savollar tuziladi
Xalqaro olimpiadalarning o‘tkazilish me’yorlari o‘rganilgan holda yana bir yangilik joriy etildi. Ya’ni bellashuv topshiriqlariga 20-25 foizgacha darslikdan tashqari manbalardan ham savollar kiritilishi mumkin. Bu orqali ishtirokchining masalaga ijodiy yondashuvini oshirish ko‘zlangan. Shuningdek, o‘quvchilarning xalqaro olimpiadalar tizimiga moslashishiga ham yordam beradi.
Misol uchun, o‘quvchi fizika darsida Nyutonning ikkinchi qonunini o‘zlashtirgan. «Bilimlar bellashuvi»dagi topshiriqlar aynan maktab darsligidan olinmaydi, yangi masalalar beriladi, ammo ularning yechimi aynan Nyutonning ikkinchi qonuni asosida topiladi. Bu jihatdan o‘quvchi masala bilan tanish bo‘ladi.
Agar o‘quvchi darslikdan tashqari manbalar bilan tanish bo‘lmasachi, degan savolga mutaxassis quyidagicha javob berdi: «Har bir mavzu bo‘yicha darsdan tashqari o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar mavjud. Iqtidorli o‘quvchilar ular bilan tanish bo‘lishi kerak. Darsdan tashqari o‘quvchilar tanishishi kerak bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati Xalq ta’limi vazirligining saytiga ham joylashtirilgan, ular bo‘yicha ma’lumot hududiy boshqarmalarga ham yuborilgan».
Topshiriqlar uchun ko‘proq vaqt ajratiladi
Fizika va kimyo fanlari bo‘yicha yozma ish uchun 90 daqiqa ajratilgan edi, endilikda bu miqdor 120 daqiqa (2 soatga) uzaytirildi. Bu fanlar bo‘yicha topshiriqlar soni 5taligi inobatga olinib, vaqt miqdori oshirildi.
Iqtisodiy bilim asoslari (7-, 8-sinflar uchun) bo‘yicha test topshiriqlari uchun 40ta savolga 90 daqiqa vaqt berilardi. Endilikda bu vaqt 100 daqiqaga yetkazilgan. Ya’ni har bir savol uchun 2,5 daqiqa vaqt ajratiladi.
Belgilangan normativlar bo‘yicha ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 2 daqiqa, aniq fanlar uchun esa 3 daqiqa ajratiladi. Iqtisodiy bilim asoslari nazariy fan bo‘lish bilan birga unda yechilishi kerak bo‘lgan masalalar ham borligi bois unga har bir savol uchun 2,5 daqiqa kerakligi belgilandi.
Ko‘proq vaqt berilishi o‘quvchi uchun qulaylik beradi, xatolarga kamroq yo‘l qo‘yadi, o‘zini nazorat qila oladi.
Yangi tartib qachon kuchga kiradi?
Mazkur o‘zgartirishlar 2019 yilning birinchi choragida o‘tkazilgan Ilmiy-metodik kengashlarda ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan. Shu bois 2019 yil uchun o‘tkazilayotgan «Bilimlar bellashuvi»ning uchinchi (viloyat) bosqichida baholash jarayoni shu tartib asosida amalga oshiriladi. Agar keyingi yilga qadar boshqa o‘zgartirishlar kiritilmasa, 2020 yildagi bellashuvda ham yangi tartib amal qiladi.
«Baholash mezonlarining o‘zgarishi tanlovning haqqoniylik prinsiplari asosida o‘tishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?» degan savol tug‘ilishi tabiiy. «Tanlovlarning o‘tkazilish prinsiplari ko‘proq Nizomga bog‘liq. «Bilimlar bellashuvi»ning Nizomiga ham bir qator o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Yangi o‘quv yilida bilimlar bellashuvi yangilangan Nizom va yanada takomillashtirilgan baholash mezonlari asosida o‘tkazilishi kutilmoqda», deya ta’kidlaydi Farrux Abdullayev.
Fan olimpiadalarida ham o‘zgarishlar bo‘ladimi?
Oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli kirish huquqini beruvchi fan olimpiadalari ham har yili katta bahs va ziddiyatlarga sabab bo‘ladi.
«Olimpiadaning o‘tkazilish tartibiga ham haqqoniylikni ta’minlovchi o‘zgartirishlar kiritiladimi?» degan savol bilan mutaxassisga murojaaat qildik.
«Bu yilgi fan olimpiadasi o‘tgan yildagilarga qaraganda ancha yaxshi o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi «klaviatura qahramonlari»ning barcha gap-so‘zlari ham yuz foiz dalillarga asoslangan deb bo‘lmaydi. Jarayonni chetdan kuzatib mutlaqo xolis baho berish oson emas», deydi Farrux Abdullayev.
Mutaxassisning ma’lum qilishicha, bu yili olimpiadalar katta pavilonlarda tashkil etildi, ovozli kameralar orqali monitorlarda kuzatuvchilar uchun namoyish etildi. Ota-onalar, o‘quvchilar, hakamlar hay’ati a’zolaridan «olimpiadaning adolatligiga qanday baho berasiz?», «savollardan qoniqdingizmi?» kabi savollardan iborat anketa so‘rovnomalari olindi. Unda bildirilgan takliflar va fikrlarga tayangan holda jarayonni keyinchalik yanada yaxshilash, takomillashtirish vazifasi qo‘yiladi.
Saodat Abdurahmonova
Bilimdonlar bellashuvi.
Aziz muxlislar! G eografiya fani bilimdonlari va barcha qiziquvchilar uchun Bilimlar bellashuvi intellektual tanlovi o`z faoliyatini boshladi. Chempion bo`lmoqchimisiz? Agar bunga erishishni istasangiz, saytdagi ilmiy ma`lumotlardan muntazam foydalanib, bilimingizni oshirib boring. Tanlovda g`olib bo`ling va o`zligingizni namoyon qiling!
Bilimlar bellashuvni tashkil etishdan maqsad umumiy o’rta va o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablari asosida foydalanuvchilar bilimlaridagi bo’shliqlarni to’ldirish choralarini ko’rish, sayt foydalanuvchilarining iqtidor, qobiliyatlarini rivojlantirib, tizimli ravishda ularni olimpiada va turli tanlovlarga tayyorlash, ularning faoliyatiga bilim sifati asosida baho berib, reytingini aniqlashdan iborat.
- Umumiy o’rta va o`rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida Davlat ta’lim standartlari asosida sayt foydalanuvchilarida bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanishini muntazam ravishda tahlil qilish;
- Foydalanuvchilar bilimlarida aniqlangan bo’shliqlar va ularni keltirib chiqargan omillarning bartaraf etish choralarini ko’rish;
- Foydalanuvchilarning iqtidorini o’z vaqtida aniqlash, ularning qobiliyatlarini sayt orqali ro’yobga chiqarish;
- Geografiya fani o`qituvchilar va barcha qiziquvchilarning ta’lim sifatini oshirishga bo’lgan faolligini kuchaytirish;
- O`quvchilarning geografiya faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularni kasbga yo’naltirish va ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash;
- Sog`lom raqobat muhitini shakllantirish;
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.
Kitob – bilimlar xazinasi
Darhaqiqat kitob o`qimagan insonning ma`naviyati bo`lmaydi. Dunyoqarashi past bo`ladi, olam sirlarini bilmoq istasak ko`p kitob o`qimoq kerak. Zero, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma`naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai ”.
Xalqimiz tilida ham kitob o`qib bilim va munosib ta`lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug`ullanish, kasb-hunar o`rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko`p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Go`zallik – ilmu ma`rifat bilan”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog`i”, “Beshikdan qabrgacha bilim izla”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bu kabi purma`no va serhikmat naqllar kitob sevuvchi xalqimiz lug`atida ko`plab topiladi.
Eng asosiysi, necha asrlardan buyon sayqallanib, qanchadan-qancha avlodlarga yo`lchi yulduzdek to`g`ri yo`lni ko`rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli hamda davlatli bo`lishining muhim omili – bu kitobga oshno bo`lish, hamisha kitob o`qish va uning mutolaasini umr bo`yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o`rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Kitob insonni komillikka etaklaydi. Hayot qoidalari yashash san`atini o`rgatadi. Kitob bilim beradi, ilm esa ziyo, nur, ma`naviy quvvat demakdir.
Kitob insoniyat ongli hayoti va ma`naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. U – bepoyon olam: bag`rikeng, osmoni balanddir. Kitob bilim manbai, insoniyat to`plagan hikmatlar xazinasi, ijtimoiy ong mahsulidir.
Kitob mutolaasi inson tafakkurini oshiradi, hayotga teran ko`z bilan qaraydi. E`tibor bergan bo`lsak, so`nggi vaqtlarda yosh avlod, bolalar internet va turli ijtimoiy tarmoqlarga qiziqib ketib, ko`p kitob o`qimay qo`ygan edi. Bu bilimsizlikdan darak beradi. Bugun vatanimiz jadal rivojlanayotgan bir davrda ajdodlarimiz, donolar fikrida o`z aksini topgan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga bo`lgan e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Chunki yosh avlodning har tomonlama shakllanishidakitob mutolaasining o`rni beqiyosligini anglagan holda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Bu hujjatda aholining keng qatlamini kitob o`qishga jalb qilish, kitob o`qish va kitobxonlikni targ`ib etish, voyaga etgan farzandlarimizni bog`cha yoshidan boshlab kitobga mehrli qilib tarbiyalash, kitob mahsulotlarining mazmuniga e`tibor berish, ularni chop etish sifatini yaxshilash, turli mazmundagi kitoblar bilan to`ldirilgan kitob do`konlarini ko`paytirish, kitoblar fondini yanada boyitish ko`zda tutilgan.
Mamlakatimizda ko`p kitob o`qishni targ`ib qilish maqsadida keng ko`lamli ma`naviy islohotlar, tadbir, tushuntirish ishlari, shoirlar bilan uchrashuvlar natijasida bolalarning kitobga bo`lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Barcha ta`lim maskanlarida, jumladan bizning 15-o`rta umumta`lim maktabida ham o`quvchilarning kitobxonlik madaniyatini tobora yuksaltirish maqsadida sayyor o`quv-seminarlar, o`quvchilarning fikr-mulohazalari, talab ehtiyojlari asosida badiiy adabiyotlar kutubxonalarga keltirilmoqda.
Va nihoyat Prezident Sh.Mirziyoevning mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosida jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an`analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning ma`naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg`usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo`lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, 5 tashabbus yo`nalishi asnosida kitobga mehr-muhabbat kuchaytirildi. Natijalar samarasi o`laroq bolalar o`rtasida turli tadbirlar kitobxonlik kechalarida bellashuvlar o`tkazilib ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ko`p kitob o`qigan kitobxon turli nominasiyalarda moddiy va ma`naviy rag`batlantirilmoqda, jumladan qimmatbaho buyumlar, hatto, mashinalar sovg`a qilinmoqda. Bu orqali bolalarning, kitobga oshno qalblarning ming yashirin qirralari ochilmoqda, o`zlarini namoyon etishmoqda. Shu islohotlar samarasi asnosida bizning maktabimizda ham nafaqat o`quvchilar, balki ularning ota-onalari ham kitob inson uchun eng yaqin do`stligini tushunishmoqda va farzandlari bilan birga mutolaa qilishmoqda.
Ta`lim muassasalarida bu jarayon o`quvchilarning bilim darajasini oshirishga, aql-zakovatini kuchaytirishga yordam bermoqda. Shuning uchun ham yoshlarni har tomonlama fikrlaydigan, ma`nan etuk, har qanday axborotlarni aql bilan tahlil eta oladigan, barkamol inson qilib tarbiyalash biz o`qituvchilarning asosiy vazifamizdir.
Rahimova Gulchiroy Aliqulovna
Samarqand viloyati Jomboy tumani
15-o`rta umumta`lim maktab boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi