Press "Enter" to skip to content

Biologiya darsi konspektlar

4-nazorat topshirig`i: “Klasster”

Biologiya, 8 sinf, Odam va uning salomatligi, Mavlonov O., Tilavov T., Aminov B., 2019

Biologiya, 8 sinf, Odam va uning salomatligi, Mavlonov O., Tilavov T., Aminov B., 2019.

Учебник по биологии для 8 класса на узбекском языке.

Sizning mustaqil bilim olishingiz va olgan bilimlaringizni esda saqlab qolishingiz uchun darslikda barcha mavzularga mantiqiy topshiriqlar, biologik masalalar, amaliy mashqlar va o‘ylab javob beriladigan savollar ilova qilingan. Mantiqiy topshiriqlar sizning mustaqil bilim olishingizni yengillashtiradi, olgan bilinilaringizni tekshirib ko‘rib, yo‘l qo‘ygan xatolaringizni aniqlashga yordam beradi. Biologik masalalar, mashqlar, jurnboqli savollar esa o‘zlashtirgan bilimlaringizni uzoq vaqt esda saqlab qolishingizga yordam beradi. Buning uchun darslikdan foydaianish qoidalarini bilib oling va ularga amal qiling.
Bilim cho‘qqilarim egallashingizda sizlarga omad tilaymiz!

Hujayra va organizmning hayotiy xossalari.
Moddalar almashinuvi. Barcha tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar moddalar almashinuvi, qo‘zg‘a1uvchanlik, ko‘payish, rivojlanish, o‘sish, nafas olish, oziqlanish va ayirishdan iborat. Moddalar almashinuvida tashqi muhitdan hujayraga moddalar kiradi. Bu moddalardan hujayranmg o‘sishi va ko‘payishi uchun zarur boMgan moddalar sintczlanadi. Hujayradagi bunday biosintez reaksiyalar majmui assimilatsiya deyiladi. Hujayrada moddalar sintezianishi bilan bir vaqtning o‘zida organik moddalar parchalanadi. Bu jarayonda suv, karbonat angidrid kabi oddiy birikmalar hosil boMadi va energiya ajralib chiqadi. Suv va karbonat angidrid ayirish va nafas olish organlari orqali tashqi muhitga chiqariladi, energiya esa hujayrada boradigan hayotiy jarayonlarga sarf bo‘ladi (4-rasm). Bu jarayon energiya almashinuvi, ya‘ni dissimilatsiya deyiladi. Biosinlez va parchalamsh hujayralarda boradigan moddalar almashinuvi jarayonlarining ikki tomoni boiib, aynan bir vaqtning o‘zida sodir boMib turadi.

Qo‘zg‘aluvchanlik. Tirik organizmlar atrof-muhitdagi o‘zgarishlardan ta’sirlanadi. Bunda hujayralar tinim holatdan faol holatga o‘tadi. Hujayraning bu holati go‘zg‘aluvchanlik deyiladi. Ushbu holatda hujayrada biosintez va parchalanish jarayonlari tezlashadi, kislorod sarfi oshadi. Ilar xil hujayralar qo‘zg‘aluvchanlik holatida o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Masalan, muskul hujayralari qisqaradi, nerv hujayralari nerv impulslari hosil qiladi.

MUNDARIJA.
Darslikdan foydalanish qoidalari.
KIRISH.
I BOB. ODAM ORGANIZMI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT.
II BOB. ORGANIZM FUNKSIYASINING BOSHQARILISHI, SEKRETSIYA BEZLARI.
III ВОВ. TAYANCH-HARAKATLANISH SISTEMASI.
IV ВОВ. QON.
V ВОВ. QON AYLAMSH SISTEMASI.
VI ВОВ. NAFAS OLISH SISTEMASI.
VII BOB. OVQAT HAZM QILISH SISTEMASl.
IX BOB. TERI VA SIYDIK AYIRISH SISTEMASI.
X ВОВ. NERV SISTEMASI.
XI ВОВ. OLIY NERV FAOLIYATI.
XII BOB. SEZGl ORGANLARI.
XIII BOB. KO‘PAYISH VA RIVOJLANISH. ODAMNING BIOLOGIK VA IJTIMOIY TABIATI.
Topshiriqlarning javoblari.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Biologiya, 8 sinf, Odam va uning salomatligi, Mavlonov O., Tilavov T., Aminov B., 2019 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Agentlik tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari namunalari

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar

Telegram: @sadikovuz

Qonning tarkibi va shaklli elementlari mavzusida biologiyadan dars ishlanma

2. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni qonning tarkibi va shaklli elementlari haqidagi bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning mavjud bo`lgan bilimlari rivojlanadi, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishlari to`g`risida bilim va ko`nikmalari shakllanadi.

2. Metod: Oddiy test, “Klaster”. “Biologik mashq”, “Blis-so`rov”, “Moychechak”.

3. Darsni jihozlash: didaktik material, jadval,

4. Baholash: reyting tizimi(5 ball)

Qon plazmasi. Qon plazmasi tarkibida oqsillar, yog`lar, uglevodlar, miniral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelolar bo`ladi. Plazma tarkibida o`rtacha 90-92% suv, 7-8% oqsillar, 0,9% tuzlar, 0,1% glukoza, 0,8% yog` bo`ladi.

Eritrotsitlar(qizil qon tanachalari) Eritrotsitlar suyaklarning ko`mik qismida hosil bo`ladi. Ular o`rtasi ozroq botiq yumoloq shaklga ega. 1mm 3 qonda 4-6 million, o`rtacha 5 million dona eritrotsit bo`ladi.

Leykotsitlar (oq qon tanachalari)Leykotsitlar

yadroli qon hujayralari bo`lib ular granulotsitlar (donador) va agronulotsitlarga (donasiz) bo`linadi.

Mavzuga oid yangi malumotlar to`playdi, darsiga yangi texnologiyalarni olib kiradi, qonning shakilli elementlari haqida qiziqarli malumotlar, qonning foydali tomonlari to`g`risida malumotlar beradi, gigiyena qoidalariga rioya qilishga unqaydi.

Qonning shakilli elementlarining tuzilishi, ularning inson hayotidagi o`rni to`g`risida yangi malumotlar bazasiga ega bo`ladi.

1. O`tgan darsni tashkil qiladi va o`zini baholaydi.

2. Kelgusida shu mavzuni o`tish uchun yangi g`oya va istaklarini belgilab oladi.

3. Shu mavzuga oid internet sahifalaridagi yangi malumotlarni to`playdi.

Odam organizmidagi qonning tarkibiga diqqatini qaratadi, etiborli bo`ladi, shakilli elementlarning nomi inson hayotida qanchalik muhim ekanligi haqidagi malumotlari bilan o`rtoqlari, do`stlari bilan malumot almashinadi.

1-Nazorat topshirig`: “Moychechak”

2-Nazorat topshirig`I: “Oddiy test”

3-nazorat topshirig`i: `”Blis-so`rov”

O`tilgan mavzuni so`rash texnologiyalari bilan tanishadilar va bajaradilar

2.Eritrotsitlar (qizil qon tanachalari)

3.Leykotsitlar (oq qon tanachalari)

Yangi mavzu va uning rejasini daftariga yozib oladilar. O`qituvchi hamkorligida yangi mavzuni o`zlashtiradilar.

4-nazorat topshirig`i: “Klasster”

2.Uyga vazifani tushuntiradi va uni kundaliklariga yozib olishini ta’minlaydi.

2-Bosqich. O`tilgan mavzuni so`rash va xulosalash.

1-Nazorat topshirig`I: “Moychechak”

O`qituvchi na’munasi

Moychechakni qaysi barglari sarg’ayganligini o`quvchilar topishi kerak. Bu uchun moychechak yaproqlaridan noto`g`ri javobini aniqlash kerak. O`quvchilar noto`g`ri javoblarini topib moychechakning ana shu barglari sarg`ayadi deydi.

3-nazorat topshirig’i. “Blis-so`rov”

T/r O`qituvchi na`munasi O`quvchi na`munasi
1. Qon qanda funksiyalarni bajaradi?
2. Qonning osmotik bosimi?
3. Qonning necha %ini osh tuzi tashkil etadi?
4. Qonning ichki muhiti qanday?
5. Ovqat tarkibidagi oziq moddalar dastlab qayerga so`riladi?
6. Qonning yopishqoqligi nechaga teng?
7. Organizmdagi zararli moddalar qon orqali qaerga chiqarilib yuboriladi?

Bu metod tezkor savol javob ham deyiladi. Savollar va javoblar qisqa va aniq bo`lishi kerak. Bu metodda o`quvchilar tez fikrlashga o`rganadi.

3-bosqich: Yangi mavzu bayoni

Mavzu bayoni: Qon organizm ichki muhitining bir qismidr. Qon organizmning hujayra tashqarisidagi, tomirlar ichidagi suyuqlik hisoblanadi. Qon odam tana massasining o’rtacha 7% ini tashkil qiladi, shundan qon plazmasi tana massasining 4,5-5%ini tashkil etadi.Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq-1,050-1,060ga teng. Qon plazmasining solishtirma massasi 1,025-1,034, shaklli elementlarining solishtirma massasi 1,090ga teng. Qonning yopishqoqligi 5,0ga teng, qonning yopishqoqligi oqsil moddalar, shaklli elementlar va eritrotsitlar miqdoriga bog’liq. Qonning osmotic bosimi 7,6-8,1 atm ga teng. Qon osmotik bosimining nisbiy doimiyligi ayirish organlarining faoliyati orqali boshqariladi.Qon ikki qismdan iborat: qon suyuq holatdagi biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, murakkab tarkibli suyuq hujayralararo modda, ya’ni plazma va bir-biriga taqalmay turadigan hujayralar, qon shaklli elementlaridan iboratdir. Qon umumiy hajminining 55-60% ini qon plazmasi va 40-45% ini shaklli elementlari tashkil etadi. Qoning o’rtacha miqdori katta odamlarda 5L bo’ladi.Qon plazmasida 91% suv, 7% oqsillar, 0,7% yog‘lar, 0,1% qand, ya’ni glyukoza, 0,9% mineral tuzlar bo‘ladi, qonning qolgan qismini gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, moddalar almashinuvi mahsulotlari tashkil etadi . Qon hamda qon plazmasi odam tanasi hujayralarining oziqlanishida, ulardagi barcha hayotiy jarayonlar normal o’tishida va organizmni yuqumli kasalliklardan saqlishda muhim ahamiyatga ega.Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombositlar kiradi. Ular qonnig quyuq qismi hisoblanadi.

Eritrositlar(qizil qon tanachalari) suyaklarning ko’mik qismida hosil bo’ladi. Ular o’rtasi ozroq botiq yumaloq shaklga ega. 1mm 3 qonda o’rtacha 5 ml dona eritrositlar bo’ladi, ular 120 kun yashaydi. So’gra jigar va toloqda parchalanadi, parchalangan eritrositlardan ajralgan temir moddasi suyak ko’migida yosh eritrositlar hosil bo’lishi uchun sarflanadi. parchalangan eritrositlarning gemoglabini tarkibidagi gem moddasi jigarda biluribin moddasiga aylanib, o’t suyuqligi hosil bo’lishi uchun sarflanadi. Erit6rositlarpning asosiy vazifasi organizmning barcha to’qima va organlarini kislorod bilan ta’minlash.

Leykositlar (oq qon tanachalari) yadrosining shakli va bo’yalishiga qarab 3 guruhga : monositlar- bur yadroli yirik leykositlar, limfositlar-bir yadroli monositlardan kichik, granulositlar- yadrosi ko’p shaklli.1 mm 3 qonda 6-8 ming dona leykositlar bo’ladi, 2-5 kun yashaydi. Ular suyak ko’migida va taloqda hosil bo’ladi, asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish.

Trombositlar(qon plastinkalari) suyaklarning ko’migida va taloqda hosil bo’ladi. 1 mm 3 qonda 300-400 ming dona bo’ladi, 2-5 kun yashaydi. Trombositlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlash

Biologiya fanidan dars ishlanmasi. Federal davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq biologiya darsini ishlab chiqish

Maktab o’quv dasturidagi fanlarning juda muhim tsikli tabiatshunoslikdir. Axir aynan u tabiat, uning hodisalari, tirik mavjudotlar, ularning inson bilan munosabatlari to’g’risida tasavvur beradi. Geografiya, biologiya, fizika va kimyo bolalarning hayotga kirishiga, atrofdagi voqealarni tushunishga, ularda harakat qilish va ularni boshqarishga imkon beradigan asosdir.

Biologiya maktab kursiga har doim 6-sinfdan kirib kelgan, ammo zamonaviy ta’lim standartlari talablariga binoan, endi ushbu fan ta’limning beshinchi bosqichidan boshlab majburiy hisoblanadi. Hozirda dars tayyorlashga qanday talablar qo’yilayotgani, o’qituvchiga qanday vazifa yuklanganligi, biologiya fanidan zamonaviy dars rejasi qanday bo’lishi kerakligini ko’rib chiqing.

Maktab o’quv dasturida biologiya

Ushbu fan barcha ma’lum bo’lgan fanlarning eng qadimiyidir. Inson paydo bo’lganidan beri u darhol uni o’rab turgan hamma narsaga qiziqdi. Tirik organizmlar qanday ishlaydi? Nima uchun ba’zi bir hodisalar ro’y beradi? O’z tanasining tuzilishi qanday? Atrofdagi tabiatning xilma-xilligi nimada?

Bu savollarning barchasiga biologiya darsi javob beradi. Aynan shu ta’lim shakli asosiy hisoblanadi, chunki bu talabalarga belgilangan vaqt ichida mumkin bo’lgan maksimal ma’lumot miqdorini o’zlashtirishga imkon beradi.Ayni paytda, ushbu mavzuni o’rganish uchun etti yil beriladi – beshinchi sinfdan o’n birinchi sinfgacha. Tabiiyki, shu vaqt ichida bola biologiya predmeti va ob’ektiga kiritilgan tabiatshunoslik bilimlarining butun majmuasini oladi.

Darsning asosiy mezoni

Dars muvaffaqiyatli bo’lishining eng muhim mezoni bu uning ustida ishlashning xilma-xil shakllari, uning tuzilishini vakolatli va aniq qurilishi. Agar ushbu talablar bajarilsa, eng samarali natija kuzatiladi. Asosiy maqsad – bolalarni o’rganilayotgan mavzuga qiziqishini uyg’otish va o’z-o’zidan iloji boricha ko’proq o’rganish istagini rag’batlantirish.

Shuning uchun zamonaviy biologiya darsi bu demokratiya tamoyillari asosida qurilgan o’qituvchi va talabaning birgalikdagi faoliyati. Shu bilan birga, ular 5-sinf yoki 11-sinf o’quvchilari bo’ladimi, muhim emas – darsning maqsadi va mohiyati bundan o’zgarmaydi. Faol ish shakllari, turli xil texnikalar va yangi usullardan foydalanish – bularning barchasi o’qituvchi tomonidan ushbu mavzuni o’qitishning istalgan bosqichida foydalanishi kerak.

Biologiya darslari: turlari

Darslarni qurishda yangi standartlarni joriy etishni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, shuningdek darslarning samaradorligini oshirish uchun biologiya darslarining har xil turlaridan foydalanish kerak. Hammasi bo’lib 15 ta asosiyni ajratish mumkin:

  • suhbat;
  • muammoli dars;
  • birlashtirilgan dars;
  • ekskursiya;
  • leksiya;
  • seminar;
  • rol o’ynash o’yini;
  • ofset;
  • kino darsi;
  • Internet manbalaridan foydalangan holda dars;
  • laboratoriya ishlari;
  • umumlashtiruvchi dars;
  • ofset;
  • nazorat va tekshirish darsi;
  • konferentsiya.

Biroq, ba’zi o’qituvchilar o’zlari yaratadigan va muvaffaqiyatli amalga oshiriladigan boshqa turlari ham mavjud. Bularning barchasi o’qituvchining shaxsiyati va uning ijodkorligiga, natijalarga yo’naltirilganligiga, mavzuga munosabatiga bog’liq.

Shubhasiz, har bir ta’lim darajasi bilan dars turlari ham murakkablashishi kerak. Shunday qilib, beshinchi sinfda dars-ma’ruza yoki konferentsiya, seminar o’tkazish qiyin. Ammo rol o’ynaydigan o’yin yoki laboratoriya ishi, ekskursiya bolalarda shiddatli hayajon va jonlanishni keltirib chiqaradi, bu esa mavzuga qiziqishni kuchayishiga yordam beradi.

Katta menejment uchun, aksincha, talabalarning ma’ruzalariga tayyorgarlik ko’rishlariga imkon beradigan darslarni o’tkazishning ancha etuk va jiddiy shakllarini tanlagan ma’qul. Biroq, siz oson turlar haqida unutmasligingiz kerak, aks holda bolalarning joylashuvi va mavzuga bo’lgan qiziqishini yo’qotish xavfi mavjud.

Amaldagi usullar

Biologiya darsi metodlari ba’zida shakllar deb ham yuritiladi. Ular juda xilma-xil va ma’lum bir maqsadga erishishga qaratilgan. Ularning nima ekanligini ko’rib chiqing:

  1. Loyiha usuli nafaqat dars davomida, balki butun o’quv yilida ishlashni nazarda tutadi. Ishni yakka tartibda ham, guruhlarda ham olib borish mumkin. Asosiy maqsad – oxir-oqibat muayyan natijaga ega bo’lgan muammoni, ob’ektni o’rganish.
  2. Frontal ish uslubi butun sinfni boshqarishni va bir vaqtning o’zida barcha bolalar bilan muloqot qilishni o’z ichiga oladi (masalan, yangi mavzuning bir qismini tushuntirish yoki kontseptsiyani ochishda).
  3. Shaxsiy shakl – vazifalar har bir talabaning faolligi va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
  4. Kollektiv ish darsning barcha a’zolari: o’qituvchi – talaba – talabaning yaxshi muvofiqlashtirilgan o’zaro ta’siriga asoslangan. Buni, masalan, ekskursiya yoki laboratoriya ishlarida bajarish mumkin.
  5. Guruh shakli talabalarning alohida “orollarga” bo’linishini nazarda tutadi, ularning har biri ma’lum bir muammoni o’rganish bilan shug’ullanadi.
  6. AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) dan foydalanish har qanday zamonaviy o’qituvchining dars metodikasining muhim qismidir.
  7. Energiyani tejash texnologiyalari.

Ko’rsatilgan usullar va ish turlarining kombinatsiyasi bilan tuzilgan FSES uchun biologiya darsi rejasi, albatta, muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.

Biologiyadan zamonaviy dasturlar

Bugungi kunda dars uchun biologiya darsligini tanlashda afzal bo’lgan bir nechta mualliflar mavjud. Ular orasida quyidagilar mavjud:

  • A. I. Nikishov;
  • V. V. Pasechnik;
  • I. N.Ponomarev;
  • N.I.Sonin;
  • D. I. Traitak va N. D. Andreeva;
  • L. N. Suxorukova va boshqalar.

Mualliflarning har biri nafaqat darslikni, balki unga tegishli qo’llanmalar to’plamini ham tuzadi. Bu:

  • talabalar uchun ish daftarlari;
  • kuzatuv kundaligi (hamma uchun emas);
  • o’qituvchi uchun uslubiy qo’llanma;
  • yil uchun ish dasturi va darsni rejalashtirish.

Qaysi muallifni tanlashni, qaysi qatorni rivojlantirishni o’qituvchining o’zi maktab rahbariyati bilan birgalikda tanlaydi. Biologiya bo’yicha tanlangan dastur ta’limning barcha bosqichlarida dolzarb bo’lishi, materialni idrok etishning uzluksizligi va yaxlitligi buzilmasligi muhimdir.

Texnologik dars xaritasi: tuzish

Bugungi kunda yangi FSES (federal davlat ta’lim standartlari) qabul qilindi va faol ravishda amalga oshirilmoqda. Ularning fikriga ko’ra, biologiya fanidan dars rejasi – bu darsning barcha asosiy bosqichlari va borishi yozilgan texnologik xarita. Uni qanday tuzish kerak? Buning uchun quyidagi jadvallarni aks ettiradigan jadval tuzishingiz kerak:

  1. Dars mavzusi.
  2. Darsning maqsadi.
  3. Rejalashtirilgan natija, unda bitta ustunda predmet ko’nikmalari, boshqasida UUD (universal o’quv harakatlari) tasvirlanishi kerak.
  4. Ushbu mavzuning asosiy tushunchalari.
  5. Uch komponentni (ustunlarni) o’z ichiga olgan makonni tashkil qilish: mavzulararo aloqalar, ish shakllari, resurslar.
  6. O’qituvchining faoliyati aniq tasvirlangan dars bosqichlari, shuningdek o’quvchilarning uchta yo’nalishdagi faoliyati: bilim, kommunikativ, tartibga solish.

Biologiya darslari rejasi darsni qurishda quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olishi kerak:

  • tashkiliy moment, shu jumladan mavzuni belgilash va uning dolzarbligi;
  • maqsadlarni belgilash;
  • bilimlarni birlamchi assimilyatsiya qilish va qo’llash, tushunish;
  • dars natijalari;
  • aks ettirish;
  • Uy vazifasi.

Aynan shu tuzilma o’qituvchi va o’quvchilarning barcha faoliyatini, ishlatilgan ish usullari va turlarini, natijalarini, material hajmini aks ettiruvchi to’liq hisoblanadi. Federal Davlat Ta’lim Standartining talablariga muvofiq tuzilgan biologiya darslari reja, o’quv faoliyatiga asoslangan va talabalarga yo’naltirilgan yondashuvni anglatadi.

Dars natijalarini tahlil qilish

Tanlangan yo’nalish bo’yicha va Federal Davlat Ta’lim Standartiga muvofiq ish qanchalik muvaffaqiyatli olib borilayotganligini tushunish uchun biologiya darsining tahlili mavjud. Bu sizga afzalliklar va kamchiliklarni, zaif tomonlarni, kuchli tomonlarni aniqlashga imkon beradi. Natijada, sinflarni sozlash va ularning samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini oshirish mumkin.

Tahlil shakllari har xil bo’lishi mumkin. Masalan:

  • ichki qarash;
  • kompleks tahlil;
  • uslubiy tahlil va boshqalar.

Siz ushbu tadbir o’tkaziladigan maqsadlarga qarab tanlashingiz kerak.

Zamonaviy biologiya o’qituvchisi

Ta’limning barcha darajalarida o’qituvchiga katta talablar qo’yiladi. Federal Davlat Ta’lim Standarti nuqtai nazaridan hozirgi biologiya o’qituvchisi kasbiy vakolatlarni yaxshi bilishi kerak. Bundan tashqari, uning shaxsiy fazilatlari ma’lum darajada bo’lishi kerak.

O’qituvchining psixologik portreti Federal Davlat Ta’lim Standarti nuqtai nazaridan ham ko’rib chiqilishi kerak. Keling, o’qituvchi shaxsining qaysi kompetentsiyalari va xususiyatlariga kirishini batafsil ko’rib chiqamiz.

Kasbiy vakolat

  1. Kommunikativ. Konstruktiv muloqot qilish, talabalar bilan suhbat qurishning demokratik usullarini topish va ularni qo’llash qobiliyati. Ota-onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan bepul suhbatlar o’tkazing. Muloqot muvaffaqiyatli o’rganish jarayonining muhim qismidir.
  2. Professional. Tabiiyki, zamonaviy o’qituvchi o’z fanidan yuqori darajadagi bilimga ega bo’lishi, keng umumiy dunyoqarashga ega bo’lishi va sinfda metan-mavzu aloqalarini amalga oshirishi kerak.
  3. AKT vakolati. Bugungi kunda biologiya fanidan bironta ham ochiq dars axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan o’tmagan. Va bu to’g’ri. Bizning bolalarimiz hayotda kompyuterning doimiy borligi ular uchun odatiy bo’lgan davrda o’sadi.O’qituvchi bundan yaxshi ta’lim natijasiga erishish uchun foydalanishi kerak.
  4. Ta’limga faollik asosidagi yondashuvni aniq amalga oshirishga imkon beradigan boshqaruv.
  5. Umumiy pedagogik. Bu talabalar psixologiyasi va pedagogikasi asoslarini bilishni nazarda tutadi.
  6. Refleksiv – o’z ishini ehtiyotkorlik bilan va malakali baholash, xatolar ustida ishlash qobiliyati.

O’qituvchining shaxsiy fazilatlari

Belgilangan kasbiy vakolatlardan tashqari, shaxs sifatida o’qituvchiga qo’yiladigan talablar ham mavjud. Maktabda biologiyani quyidagilarga ega bo’lgan kishi o’qitishi kerak deb ishoniladi.

  • hazil tuyg’usi;
  • hissiylik;
  • nutqning ekspresivligi;
  • ijodkorlik;
  • tashkiliy ko’nikmalar;
  • intizom;
  • qat’iyat;
  • maqsadga muvofiqligi.

Kasbiy mezonlar bilan birgalikda Federal Davlat Ta’lim Standartining talablariga javob beradigan zamonaviy o’qituvchining portreti olinadi.

Sinovlar: mohiyati va ma’nosi

Har bir darsda hamma joyda qo’llaniladigan bilimlarni nazorat qilishning eng muhim shakllaridan biri bu biologiya testlari. Va bu tushunarli. Birinchidan, bunday chek darsda vaqtni tejaydi. Biologiya darslarining deyarli har qanday rejasi ushbu ish shaklini o’z ichiga oladi. Ikkinchidan, bu ko’proq hajmdagi savollarni savollar bilan qoplashga imkon beradi. Uchinchidan, bu taxminiy mablag’larni ko’paytirishga imkon beradi. Ammo bu asosiy sabab emas.

GIA va USE imtihonlarining shakli test qismidagi asosiy qismni nazarda tutadi. Shuning uchun o’quvchilarni ushbu test shakliga oldindan tayyorlash juda muhimdir. Bitirgunlariga qadar ular bunday asarlarni yozish usulini yaxshi bilishadi va buni odatiy deb bilishadi.

Biologiya fanidan testlar, boshqa mavzular singari, o’qituvchi tomonidan mustaqil ravishda tuziladi yoki o’quv qo’llanmalaridan tayyor shakllardan foydalaniladi. Qanday bo’lmasin, savollarga imtihon varaqalarida mavjud bo’lganlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Sinov shaklining o’zi yakuniy sertifikatlash uchun dizaynga imkon qadar yaqin bo’lishi kerak.

Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish

Bobonorova Zulayxo Qudratovnaning ish tajribasidan.Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish.Umumta’lim maktablarining biologiya fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma. – Samarqand , 2015, 24 bet.
Tuzuvchilar: Z.Bobonorova -Samarqand shahar 14-umumta’lim maktab biologiya fan o`qituvchisi

N.Yunusova –Samarqand VXTXQTMOI

“ Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi assistenti

Mas’ul muharrir: S.Yuldosheva-VXTXQTMOI “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar: Z.F.Xalimov-SamDU tabiiy fanlar fakulteti dotsenti
F.Batirova -VXTXQTMOI Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi
Quyida tavsiya etilayotgan qo’llanma biologiya fani o’qituvchilari foydalanishlari uchun mo’ljallangan.

Uslubiy korsatma institut imiy kengashining 2016-yil ……………… -sonli yig`ilish qarori bilan nashr etishga ijozat berilgan.
BOBONOROVA ZULAYXO QUDRATOVNA
Bobonorova Zulayxo Qudratovna 1981-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. Hozirda Samarqand shahar 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilariga biologiya fanidan dars berib kelmoqda.

Zulayxo Bobonorova izlanuvchan, intiluvchan, o’z ishiga sidqidildan yondashadi.O’qituvchining ish faoliyatidagi shiori – “Dars – muqaddas, uning bir daqiqasi ham qadrli, uni san’at asari darajasiga yetkazish lozim”.

Bugungi kun ta’limi o’qituvchilardan kompitentli bo’lishni talab qilar ekan, Z.Bobonorova ana shunday o’qituvchilardan biri. O’qituvchi darsda yangi pedagogik texnologiyalardan juda samarali va o’rinli foydalanadi. Darslarda ko’rgazma qurollar bilan bir qatorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ham foydalanadi. Dars jarayonida o’qituvchi nazariy bilimlarni shunchaki tushuntirib emas, balki ko’rsatib, bajarib ko’rsatib, tirik tabiat ob’ektlarining o’zini ko’rsatib tushuntirib berishga harakat qiladi. O’qituvchi har bir darsni noan’anaviy usulda tashkil etib, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishga harakat qiladi.Bundan tashqari o’qituvchi o’quvchilarning ijodiy izlanishiga ham alohida e’tibor qaratadi, qo’shimcha manbalar bilan ishlashga undaydi, o’quvchi shaxsining har bir harakatini ijobiy rag’batlantiradi. Z.Bobonorova shahar, viloyat miqyosida o’tkazib kelingan turli tanlov, tadbirlarda faol qatnashib keladi. Bir necha yillardan beri o’qituvchi Viloyat xalq ta’liml xodimlarini qayta taqyyorlash va ularning malakasini oshirish instituti biologiya kursi tinglovchilariga ochiq darslar, tadbirlar namoish etmoqda va me’yoriy hujjatlar bo’yicha o’z tavsiyalarini berib kelmoqda. Ish faoliyati davomida ko’plab shogirdlarga ustozlik qildi, o’z ustida tinmay izlanadi, ota-onalar va shogirdlar hurmatiga sazovor bo’ldi.

Taqdim etilayotgan bu uslubiy qo’llanmada biologiya darslarida qo’llaniladigan samarali interfaol usullar, tadbir va ochiq dars ishlanmalaridan namunalar keltirilgan bo’lib, bu jamlanma biologiya fani o’qituvchilari uchun xizmat qilsa ajab emas.

Yunusova N.A.

Samarqand VXTXQTMOI

Tabiiy va aniq fanlar ta’limi”

kafedrasi assistenti

BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

1.“Kamalak” usuli .

Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.Bunda birinchi ustindagi asosiy tushunchalar har xil ranglarda beriladi. Jadvalning qolgan qismlarida so’zlar aralash yozilgan bo’ladi. O’quvchilar ushbu tushunchalarni asosiy tushuncha ranglariga mos ranglarda ifodalahslari shart.Bunda jadval bo’yatiladi yoki yopishuvchi rangdor qog’ozlar to’plamidan foydalanib to’ldiriladi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, bir paytning o’zida 9 nafar o’quvchining bilimi sinab ko’riladi.

Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.Bunda o’quvchilar atama yoki biologiya faniga oid so’zning oxirgi harfiga keyingi so’zni bog’laydi.Masalan:

Amyoba-askarida-ayiq-qo’ng’iz-zigota va hokoza.
3.”Pochta qutisi”usuli.

Bu usulni guruhlarda ham, kichik juftliklarda ham qo’llash mumkin.Bunda o’quvchilarga turli mavzular yuzasidan aralash atama va tushunchalar aralash holatda beriladi. Pochta qutisi berilgandan so’ng o’quvchilarga quti ichidagi so’z yoki atamalarni mos tarzda ajratishi aytiladi.Masalan:

Tobulg’i, archa, vergin, savr, maymunjon, itsigak, bo’ritaroq, afsonak, yeryong’oq, talg’ir lola, qarag’ay, sarvi archa.

Bunda ochiq urug’li va yopiq urug’li o’simliklarni ajtaring deb topshriq beriladi. Topshiriqni bajarish uchun so’zlar soniga qarab vaqt beriladi.Bundan tashqari ikki oila o’rtasida(6-sinflarda), ikki sinfni , turkumni(7-sinflarda), ichki, tashqi, aralsh bezlarni, odam organizmidagi organlarni(8-sinflarda) bir biridan ajratib olishida ham qo’llash mumkin.

4.”Matn+test” usuli.

Bunda o’quvchilarga matn o’qib beriladi yoki ovozli moslama yordamida matn eshittiriladi. O’quvchilar diqqat bilan tinglaydi va quyida beriladigan testlarning yechimini topishadi.Bu usul orqali o’quvchilarning diqqat va xotirasi mustahkamlanadi.Bu usul butun sinf bilan ishlaganda qo’llanadi.

Bir tup o’simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa, uzunligi 20 kmga yetishi mumkin.Ildiz tukchalarining faoliyati 10-20 kun davom etadi.Ildizning po’st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo’ladi.Makkajo’xorining 1 mm 2 so’rish qismida 700 ta ildiz tukchalari bo’ladi.G’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda 2-3 sm o’sadi.

1.Bir tup o’simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa uzunligi qancha bo’ladi?

a)10 km b)20 sm d)20 km

2.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi.

a)10-20 kun b)20-31 kun d)18-48 kun

3.Ildizning po’st hujayralari qanday tuzilgan?

a)o’lik, yumaloq, yupqa qobiqli

b)tirik, yumaloq, yupqa qobiqli

d)tirik, cho’ziq, qalin qobiqli

4.Makkajo’xorining 1mm 2 so’rish qismida qancha ildiz tukchalari bor?

a)700 ta b)500 ta d)300 ta

5.Go’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda qancha o’sadi?

a)5 sm b)10-20 sm d) 2-3 sm
5.”Ertak matn”usuli.

Ertak-matn usulida o’quvchilar diqqati oshadi.Sababi matn ichida noto’g’ri fikrlar, atamalar berilgan bo’ladi.To’g’ri javobni topish uchun o’quvchi matnni diqqat qilib tinglashi shart.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan.O’zbekiston degan yurt bor ekan.Tabiati xushhavo, maydoni bisyor ekan.Ana shunday dalalardan biri Bilmasvoyning e’tiborini tortibdi.Bu dala ikki urug’pallali o’simlik bo’lgan bug’doy dalasi ekan.

-Boy, buning oltinday qovoq mevasini-ey-debdi.

Uzoq sayrdan so’ng Bilmasvoy taassurotlarini bobosiga quyidagicha so’zlab beribdi.

-Bobojon, oltin boshoq o’simlikni ko’rdim.Barglaridagi tomirlari to’rsimon ekan, ildizi uzun o’q ildiz bo’lsa kerak-a, bobo, siz bu o’simlikni taniysizmi?-so’rabdi Bilmasvoy.

Shunda bobosi Bilmasvoyga bilganlari haqida quyidagicha so’zlab beribdi.

Qani bolalar, siz nima deb o’ylaysiz, bobosi Bilmasvoyga nimalar haqida so’zlab berdi.

6.”Topib ko’rchi”usuli.

Bunda o’quvchilardan bir nafari doskaga chiqadi.Fanga oid rasmlardan birini doskadagi o’quvchi orqasidan o’tirganlarga ko’rsatadi.O’tirgan o’quvchilar shu rasmga tegishli tushunchalarni ayta boshlaydi.Doskadagi o’quvchi rasmda nima tasvirlanganligini topadi.

7. “Hayvonlar xaritasi”usuli

Bu usul hayvonlar yoki o’simliklarning tarqalish joylarini eslab qolishlari uchun qo’llaniladi.Bunda o’quvchilarga “xarita” va hayvonlar nomlari yozilgan varaqchalar beriladi.O’quvchilar hayvon yoki o’simliklarni ular taqalgan xududlarga joylashtirib chiqishadi.

Qora dengiz-lansetnik, ildizog’iz medusa

O’rta Osiyo, Kavkaz, Qrim-qoraqurt

Yaponiya –Tut ipak qurti

Zarafshon –mo’ylov baliq

8.”Masalalar yechish” usuli

Bu usulda o’quvchilarda matematik kompitensiyalar shakllantiriladi, masalalar yechimi topish yo’llarini izlashga undaydi, topqirlik va ziyraklini oshiradi.

1) 1 tup makkajo’xori yoz davomida 200 l, shirinmiya 600 l suvni bug’latishi hammaga ma’lum.1 gektar maydonda 40 tup makkajo’xori, 18 tur shirinmiya o’sgan bo’lsa, hammasi bo’lib qancha suv bug’latiladi?

1) 1 gektar maydonda tugunak bakteriyalar 200 kg azotni to’plasa, 11.000 kv.m maydonda qancha azot to’planadi?

2) Bir dona kungaboqar urug’i tarkibida 1 gr moy mavjud.1 kgmida 1000 dona kungaboqar bo’ladigan bo’lsa, undagi moyning miqdorini toping.

3) No’xat urug’i tarkibida oqsil ko’p bo’lishi ma’lum.Bitta no’xat tarkibida 2,5 gr oqsil bor.Yarim kgmida 5000 dona no’xat bo’lsa, undagi oqsil miqdorini hisoblang.

1)Tuyaqush tuxumining og’irligi 100 grammdan 1.5 kg gacha keladi.1 ta 30 talik feykaning 3/1 qismiga 100 gli, 3/1 qismiga 1 kg li, qolgan qismiga 1.5 kg li tuyaqush tuxumlari joylashtirilgan bo’lsa, fleykadagi jami tuyaqush tuxumlarining og’irligi qancha?

2)Ot sutemizuvchi hayvon.Undan bir kecha kunduzda o’rtacha 500 ml ter ajraladi.Ot yugurganda bu ko’rsatkich 1.5 baravar oshadi.Ot yugurganda ajraladigan ter necha ml?

3)500 ml ter tarkibida 10 ml tuz ajraladi deb faraz qilsak, ot yugurganda ajralgan terning terning tarkibida qancha tuz ajraladi?

1)Berilganlarni sonlarga aylantiring.

Nafas havosi + qo’shimcha havo +rezerv havo=o’pkaning tiriklik sig’imi

1)180 gr glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori 2800 kj ga teng.540 gr glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori qancha?

9. Zig-zag usuli

Bu usulda 1-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab, savolga javob yozishadi. 2-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab, savolning javobini tekshirib berishadi. 3-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab javobni baholashadi.

Sutemizuvchilarning ter bezlari tana harorati doimiyligini saqlash bilan birga yana qanday vazifa bajaradi.
Bajaruvchi: ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
10. Shaxmat jadvali

Bunda o’quvchilar “oq” kataklarga “qora” kataklardagi belgi va xususiyatlarga tegishli javoblarni yozishadi.

11.”Bir savolda ikki test” usulida test sinovi

Bu usulda raqamlangan javoblar bir marta yoziladi.O’quvchilar bir nechta savolga javobni shu raqamlardagi javoblardan mosini tanlab belgilashadi.Bunda o’quvchilarda axborot bilan ishlash kompitensiyalari shakllantiriladi..

1.O’rta ichak epiteliysi. 2.Hazm bezlari. 3.O’pka epiteliysi. 4.Muskul to’qimasi. 5.Biriktiruvchi to’qima. 6.Yurak-qon tomir sistemasi. 7.Ayirish sistemasi. 8.Jabra epiteliysi.

1.Mezodermadan qanday organlar rivojlanadi?

A)1, 2, 3, 8 B)4, 5, 6, 7 D)1, 3, 5, 7 E)2, 4, 6, 8

2.Endodermadan qanday organlar rivojlanadi?

A)1, 2, 3, 8 B)4, 5, 6, 7 D)1, 3, 5, 7 E)2, 4, 6, 8