Press "Enter" to skip to content

Odam alayhissalom

Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizmda asosiy energiya manbai bo’lib hisoblanadi. 1 g, uglevod parchalanganda 4,2 kkal. energiya ajraladi. Bir sutkslik energiyaning 50% uglevodlar hisobiga xosil bo’ladi.

Odam va uning salomatligi 8 sinf darslik 2014

Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoniga aylandi.

2020-yil 12-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdi.

Axborotda qayd etilganidek, soʻnggi yillarda onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularga ixtisoslashgan va yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish, reproduktiv salomatlikni saqlash, goʻdaklar va bolalar oʻlimining oldini olishga qaratilgan qator qonunlar, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi. Mazkur yoʻnalishda bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida perinatal, skrining, reproduktiv salomatlik va diagnostika markazlari, tugʻruq boʻlimlari, koʻp tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlari tomonidan aholiga tibbiy xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar deputatlar tomonidan eʼtirof etildi.

Xususan, ayollar va oʻsmir qizlarni sogʻlomlashtirish va boʻlajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish, onalar salomatligini mustahkamlash maqsadida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida “Ayollar maslahatxona”lari, qizlar salomatligi boʻlimlari tashkil etilgan. Aholini profilaktik koʻrik, tizimli patronaj bilan qamrab olish va reproduktiv salomatligini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan choralar oʻz natijasini bermoqda.

Shuningdek, ginekologik kasalliklarni zamonaviy xalqaro talablarga mos tashxislash, davolash va reabilitatsiya usullari amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Onalik va bolalikni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan markazlardagi malakali mutaxassislarining joylarga chiqib homiladorlar, reproduktiv yoshdagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi, mahorat darslari va oʻquv-seminarlari tashkil etishi yoʻlga qoʻyilgan.

Joriy yilning oʻtgan davri davomida hududlardagi tugʻruq muassasalari mutaxassislarining 15 nafari xorijiy mamlakatlarda (13 nafari Rossiyada, 1 nafardan Polsha va Turkiyada) malaka oshirdi.

Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasiga chalingan homilador ayollar uchun respublikadagi 15 ta muassasa qoshida ixtisoslashtirilgan 820 shifo oʻrni tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, yigʻilish ishtirokchilari sohada kuzatilayotgan ayrim muammolar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar borasida oʻz fikr va mulohazalarini, shuningdek ularning yechimlari hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni bildirishdi.

Shuningdek, deputatlar onalar va goʻdaklar oʻlimi jumladan, erta neonatal oʻlim, voyaga yetmaganlar orasidagi tugʻruqlarni kamaytirish borasida kadrlar salohiyatini kuchaytirish, tizimga yangicha yondashish borasida bir qator takliflar berdilar.

Eshituvda xalq vakillari tomonidan hududlarda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar va fertil yoshdagi ayollar sonidan kelib chiqqan holda “Ayollar maslahatxonasi” va “Qizlar salomatlik markazlari” uchun shtatlar ajratish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shtat meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati umumiy amaliyot shifokorlarining ish yuklamalarini qayta koʻrib chiqib, ularning sonini optimallashtirish hisobiga oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida akusher-ginekolog hamda pediatr, qizlar uchun bolalar ginekologi shtat birliklarini joriy etish taklifi bildirildi.

Tadbirda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflardan kelib chiqib, qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Odam alayhissalom

Alloh taolo farishtalariga loydan bir insonni, ya’ni barchamizning otamiz Odam alayhissalomni yaratib, uni yer yuzida Alloh taoloning hukmini yurituvchi – xalifa qilishini aytibdi. Shunda ular: «. Unda buzg‘unchilik qiladigan, qon to‘kadigan kimsani qilasan mi? Holbuki, biz Seni hamding ila poklab yod etib va Seni muqaddas lab turib miz”, dedilar. Shunda Alloh taolo ularga «Men sizlar bilma ydi gan narsani bilаman» (Baqara surasi, 30-oyat) – dedi

Shunday qilib Alloh taolo Odamni juma kuni yaratdi va unga ruh, ya’ni jon kiritibdi.

Keyin Alloh Odamga barcha yaratilgan va endi yaratiladigan narsalar nomlarni o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga birma-bir ko‘rsatib dedi: «Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, manavilarnin g is mlari ni Menga aytib bering chi », – d edi.

Tabiiyki, h amma narsaning nomini aytib berishdan ojiz qolgan Farishtalar: «O‘zing pok san! B izda se n bildirgandan boshq a ilm yo‘q. Albatta, Sen O‘zing o‘ ta ilmlisan, o‘ ta hikmatli san» (Baqara surasi, 31-32-oyatlar) – dedilar.

S hunda Alloh taolo Odamga farishtalar aytib bera olmagan narsalarning nomlarini birma-bir aytib berishni buyuribdi. Odam o‘ziga ko‘rsatilgan barcha narsaning nomini farishtalarga aytib beribdi. So‘ng Alloh taolo farishtalarga Odamni e’zozlash hamda uni yaratgan Alloh taoloning qudratini ulug‘lash uchun Odamga sajda qilishni buyuribdi. Barcha farishtalar buyruqqa bo‘ysunib, Odamga alayhissalomga sajda qilibdilar.

Qarangki, bolajonlar, farishtalar orasida Iblis ham yasharkan. Aslida u farishta emas, jinlardan ekan. Shuning uchun manmanlik qilib, Alloh taoloning buyrug‘iga bo‘ysunmabdi, Odamga sajda qilishdan bosh tortibdi. Bu itoatsizlikdan g‘azablangan Alloh taolo la’nati shaytonni O‘zining marhamatidan uzoqlashtiribdi va uni Jannatdan chiqarib yuboribdi. Bundan ma’yus bo‘lgan iblis Odamni yana ham qattiq yomon ko‘rib qolibdi. Allohga qasam ichib, endi Odam va uning farzandlariga dushmanlik qilishga, ularga barcha yomon ishlarni chiroyli ko‘rsatishga, ularni ham o‘zidek g‘azabga yo‘liqtirishga ahd qilibdi.

Alloh taolo Odam alayhissalom va uning xotini Havvoni jannatga kirgazibdi. Ikkalasiga Jannatdagi birgina mevadan tashqari barcha mevalarni xohlagancha yeyishga ruxsat beribdi. Ularni iblisdan ehtiyot bo‘lishga buyurib shunday debdi:

«Ey, Odam, albatta , bu senga va juft ingga ham dushmandir. Yana u ikkovingizni jannatdan chiqarib, badbaxt bo‘lib qolmagin» (Toha surasi, 117-oyat).

La’nati iblis esa endi bu Jannatda mazza qilib yashab turgan Odam va Havvoni qanday qilib Allohning to‘g‘ri yo‘lidan adashtirsam, ularga gunoh ish qildirsam, ularni ham o‘zimga o‘xshatib Jannatdan quvg‘in qildirsam ekan, deb rosa o‘ylanibdi. O‘ylay-o‘ylay, oxiri o‘zining shaytoniy rejasini tuzibdi va Odamning oldiga kelib: “Ey Odam, men senga mangulik daraxtini va bitmas-tuganmas mulkni ko‘rsataymi?”, (Toha surasi, 120-oyat) – dedi.

Odam va Havvoni o‘zining yolg‘on so‘ziga ishontirish uchun gapining orasida “Men sizlarga yaxshilikni ilinyapman”, – deb yolg‘on qasam ham ichibdi. Afsuski, u la’nati shaytonning yolg‘on qasamiga Odam va Havvo ishonishibdi.

Ular shaytonning hiylasiga uchib taqiqlangan mevadan yeb qo‘yishibdi. Shayton o‘zining yovuz niyatiga yetibdi. Odam va Havvo qilgan bu xato ishlari tufayli yalang‘och holga tushib qolishibdi. Darrov o‘zlarini jannatdagi daraxtlarning yaproqlari bilan to‘sa boshlabdilar. “Shunda Robblari ularga: «Sizlarni o‘sha daraxtdan qaytargan emasmidim va: “Albatta, shayton ikkovingizga ochiq-oydin dushmandir”, – demaganmidim?!» – deb nido qildi. (A’rof surasi, 22-oyat).

Shaytonni so‘ziga kirib, Allohning buyrug‘ini unutib gunoh qilib qo‘yganlari uchun Odam va Havvo jannatdan chiqarilib, yerga tushishga majbur etilibdilar. Ular qilgan gunohlariga pushaymon bo‘lishibdi. Alloh taologa tavba qilib, gunohlarini kechirishini so‘rabdilar va Robbimiz esa ularning gunohlarini kechiribdi.

O‘sha vaqtdan buyon mana shu yashab turgan yerimizda insonlar hayot kechirishni boshlabdi. Odam va Havvo ko‘plab farzandlar ko‘rishibdi. Odam alayhissalom qarib vafot etibdi. Farishtalar uning farzandlariga qanday dafn etishni o‘rgatibdilar. Farzandlar Odam alayhissalomni yerdan qabr qazib, u yerga ko‘mibdilar va uning haqqiga Alloh taolodan rahmat tilabdilar.

Qissadan hissa shuki, asli tuproq, ya’ni loydan yaratilgan Odam bolalari umr bo‘yi shu tuproq yuzida yashab, bir kun kelib vafot etib yana o‘sha tuproqqa qaytar ekan. Agar u yerning ustida yaxshi ishlar qilib yashagan bo‘lsa, Alloh taoloning buyurganini qilib, pokiza yursa, namoz o‘qisa, ro‘za tutsa, har bir kishiga yaxshilik qilsa, hech kimga yomonlikni ravo ko‘rmasa, ota-onasini rozi qilsa, vafot etib yerning ostiga tushganda Jannat ismli eng yoqimli, shirin taomlari va ichimliklari bor bo‘lgan eng go‘zal manzarali bog‘ga tushadi. U yerda xohlagan narsalarini yeb-ichadi va doim rohatlanib yashaydi.

Agar odamlar yaramas shaytonning so‘ziga kirib, yomonlik qilsalar, vafot etgach Do‘zax nomli azob va qiynoqlar koni, turli zaharli ilonlar makoni bo‘lgan eng yomon va badbo‘y joyga tushib, u yerda jazolanadilar. Ha, ana shunaqa, bolajonlar, bu dunyodan keyin yana boshqa dunyo ham bor ekan. U yerda ham sizu bizlar yashar ekanmiz.

Odam va uning salomatligi 8 sinf darslik 2014

1. Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi.

2. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari.

3. Organizmda modda almashinuvi.

4. Ovqatlanish gigienasi.

Odam xayot faoliyatini saqlashi, mexnat qilishi, o’sib rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mehanik maydalanadi, ximik parchalanadi, so’riladi.

Odamning hazm qilish kanali 8-10 m uzunlikda bo’lib, devori uch qavatdan: ichki – shillik, o’rta- muskul, tashki- seroz qavatlaridan tuzilgan . Ovqat xazm qilish kanaliga : ogiz bo’shligi va undagi organlar halqum , qizil o’ngach , oshqozon , ingichka va yug’on ichaklar, yirik bezlardan – jigar , me’da osti bezi kiradi .

Ovqatning tarkibida oksillar , yog’lar , uglevodlar , vitaminlar , mineral tuzlar va suv bo’ladi .

Og’iz bo’shligi , og’iz daxlizi va xaqiqiy og’iz bo’shligidan tashkil topgan bo’lib , bu yerda ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi , so’lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so’lak yordamida qisman ximik parchalanadi , ovqat luqmasi sulak bilan aralashadi . Og’iz bo’shlig’i shilliq parda bilan qoplangan bo’lib , mexank , ximik , temperatura ta’siriga chidamlilik xususiyatiga ega .

Yutish . Yutish murakkab fiziologik prosess bo’lib , nerv markazi uzunchoq miyada joylashgan . Yutish nafas olish bilan bog’lik . Ovqat luqmasi chaynalib , so’lak bilan aralashgandan so’ng , shilliklanib til yordamida yutkumga o’tkaziladi . Yutish vaqtida markazga intiluvchi til tomoq nerv impulslar kelib , ovqat luqmasi yutiladi . Ovqat yutilgandan so’ng qizil o’ngach orqali oshqozonga o’tadi . Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining xujayralari vujudga kela boshlaydi . Bolaning 6-8 oyligidan boshlab sut tishlari chiqa boshlaydi . Avval 6 oylikdan kesuvchi so’ng sut tishlari , kichik oziq tishlar chiqadi . Sut tishlari 20 ta bo’ladi : 2 ta kesuvchi , 1 ta qozik , 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o’rin almashiniladi. Bolaning 7 yoshida birinchi katta oziq tishi , 8 yoshida birinchi kichik oziq tishi , 13-16 yoshida katta og’iz tishi , 11-15 yoshida ikkinchi oziq tishlar , 18-30 yoshida uchinchi oziq tishlar chiqadi . Bolalarning sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinish davrida tishlarni parvarish qilishni o’rgatish lozim . Uxlashdan avval tishlarni cho’tka va poroshok bilan tozalash , ovqatlangandan so’ng og’izni iliq sovuq suv bilan chaykash zarur . Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilishi , tishi bilan qattik narsalarni maydalashi mumkin emas . Bolalarda ovqat chaynashib davomligigi avval uzoqroq bo’sa, so’ng kamaya boradi . Bolalarning 11-12 yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200 sm , ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm -3 ajraladi . Bu so’lak tarkibida ptalin fermentining konsentrasiasi yuqori bo’ladi . 2 yoshdan 15 yoshgacha so’lakning tarkibida oqsil mikdori ortib boradi .

Ovqatning oshqozonda hazm bo’lishi

Oshqozon ovqat hazm qilish kanalining kenggaygan qismi hisoblanib, katta odamlarda noksimon shaklida bo’ladi . Oshqozonning kirish va chiqish qismlari tubi , katta , kichik aylanalari ajratiladi . Oshqozonning kirish va chiqish qismlari muskullardan tuzilgan bo’lib , sfinter deb yuritiladi . Oshqozon ham boshqa hazm kanallari singari shilliq , muskul , seroz kavatlaridan tuzilgan bo’ladi . Oshqozon shilliq kavatining ostida 14 mln . Oshqozon bezlari joylashgan bo’ladi . Oshqozon muskullari qisqargan vaqtda ovqat aralashadi . Oshqozonning hajmi katta odamlarda o’rta xisobda 2,5-3 dm-3 ga etadi . Ularda bir sutkada 1,5-2 dm-3 oshqozon shirasi ishlab shiqariladi . Oshqozon shirasining 99% suv , 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat . Oshqozon shirasi kislotik xususiyatga ega bo’lib , tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota shaklanadi . PH – 2,5 teng . Oshqozon bezlarida shilliq modda ham ishlab chikariladi . Bu modda shillik qavatni turli ximik , mexanik ta’sirlardan saqlaydi . Turli ovqat moddalariga turli mikdorda oshqozon shirasi ajraladi . Oshqozon shirasining ajralishi nerv – go’moral yo’lda ajraladi . Nerv yo’lida shira ajralishi shartli va shartsiz

reflekslar asosida bo’ladi ( Ovqat ko’rmaganda xidiga ham oshqozon shirasining ajralishini ) . Oshqozon shirasining nerv – gumoral yo’lda ajralishida ovqat tarkibidagi moddalar qonga surilgandan so’ng qon orqali oshqozon bezlariga kelib ularning faoliyatini kuchaytiradi . Ovqatlangandan 20 – 30 minutdan so’ng oshqozon tulqinsimon qiskarib ovqat oshqozon shirasi bilan aralashadi . Katta odamlarga aralash ovqat oshqozonda 3- 4 soatdan so’ng 12 barmoqli ichakka o’tadi . Sut va sutli ovqatlar oshqozondan 12 barmokli ichakka tez o’tadi .

Ingichka ichakda ovqatning xazm bo’lishi .

Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6 – 7 m , diametri 2,5-3 sm . Ingichka ichak 12 barmoqli ichak – 20 sm , och ichak va yon bosh ichakka bo’linadi . Oshqozon qisman parchalangan ovqat butkasi 12 barmoqli ichakka to’shadi. Bu erda jigardan o’g pufakda ishlab chiqilgan o’g suyukligi va oshqozon osti bezida ishlab chiqilgan oshqozon osti bezining shirasi yordamida va 12 barmokli ichak devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi tasirida ovqat butkasi parchalanadi.

Jigar organizmdagi eng katta bez bo’lib , og’irligi 1,5 kg, chap qovirg’alar ostida joylashgan. Jigar quyidagi vazifalarni bajaradi: dar—— venasini xosil qilgan vena qon tomiri ovqatdagi va qondagi zaxarli moddalarni zararsizlantiradi; qon deposi xisoblanadi. Bu yerda 10% qon zapasi saqlanadi; o’lgan eritrositlar jigarda to’planadi, bolalarda esa eritrositlar xosil bo’ladi. Kuper xujayralarida o’t so’yuqligi ishlab chikariladi. Jigar ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi. Jigar tana temperaturasini turg’un saqlashda ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20- 30 minutdan so’ng o’t ajralib chiqadi va 12 barmokli ichakka quyiladi. O’t yo’g’larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi erishni tezlashteradi, ovqat xazm qilish kanalini xarakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o’diradi. Bolaning yoshi ortishi bilan jigarning xajmi og’irligi tuzilishi o’zgarib boradi. Yangi tug’ilgan bola jigarning og’irligi 130 g., 2-3 yoshda 460 g., 6-7 yoshda 675 g., 8-9 yoshda 720 g, 12 yoshda 1130 g., 16 yoshda 1260 g. Bolalar o’t kislotasining konsentrasiyasi va mikdori kam bo’ladi.

Xazm kanalining xarakatlari.

Odam ovqatlangandan 15 minutdan so’ng ichak muskullari qisqarib , ichak harakatlari boshlaydi. U uch xil 1) peristaltik , 2) segmentli, 3) mayatniksimon xarakatlanadi. Ichak xarakatlanganda ovqat massasi qorishadi, to’g’ri ichak tomonga xarakatlanadi . Ichakning reflektor yo’lidan qisqarishi ichak devorini ximik va mexanik ta’sirlanishi tufayli vujudga keladi. Ovqat bo’tqasi bolalarda ingichka ichakda jami 12-30 soat atrofida o’tadi.

Ovqat moddalari ximik , mexanik ta’sirlar natijasida parchalanib, suvda erigan xolga kelgandan so’ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga so’riladi. Oshqozonda suv, alkogol, ba’zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar so’rida boshlaydi. Yangi tugilgan bolalarda oshqozon ko’proq ovqat moddalari so’riladi. Yosh ortishi bilan so’rilish kamayadi. Ichkning shillik qavatida juda ko’p mikdorda surg’ichlar bo’ladi ( Xar bir mm2 22-40 ta ). Ichak so’rgichlarining qkisqarishini piyoz, chesnok va qalampir 5 marta tezlashtiradi. So’rg’ichlar qon tomirlariga juda boy. Oqsillar ichak devoridan aminokislotalari xolida, uglevodlar suvda erigan monosaxarislar, yog’lar esa yog’ kislotasi va glisirin xolida qon va limfaga so’riladi. Bolalarda ichakdan juda oz mikdorda oqsillar so’riladi.

Ovqat hazm kanalida hazm bo’lganidan so’ng chikindi moddalar najas bo’lib, yo’g’on ichikka yig’iladi. Defikasiyaning nerv markazi orqa miyaning 3-4 bel segmentida joylashgan. Tashki sfinter ixtiyoriy.

Bolalar orasida oshqozon – ichak kasalliklari 1 shgacha – 40% , 5 yoshgacha – 30% va 5 yoshdan yuqorilarda – 15-20% tashkil etadi. Noto’g’ri ovqatlanish, ovqatlanish gigienasining buzilishi, issiq sharoit og’rik bolalarda ovqat xazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat xazm qilish sistemasining xarakterli belgisi: shilliq qavati nozik, qon va limfa nomirlariga boy, elastikligi sust. Bu esa oshqozon- ichak traktining tez yallig’lanishiga va kasallikning ogir kechishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori o’tkazuvchanlik xususiyagiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol o’tishini ta’minlaydi. Bolalarda oshqozon shirasida kislotalik kam bo’ladi, fermentlar kam hazm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va zaxarli moddalarning hosil bo’lishiga olib keladi. Jigarning etarli rivojlanmaganligi ham bolalarda oshqozon – ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashki muxitdan ovqat kabul qilish organizmda uni o’zgarishi, hazm qilishini, xosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya xosil bo’ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar ko’paydi, yosh organizm o’sadi va rivojlanadi, tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvchi bir – biriga chambarchas bog’lik bo’lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va diaaimilyasiya oqali o’tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o’tishi assimilyasiya deyiladi.

Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya’ni proteinlar odam organizmning sog’lom, normal o’sishi, sog’lig’i va rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani bajaradi, ya’ni plastik va energik. Oksillarning plastik axamiyagi shunday iboratki, ular barcha hujayra va tukimalaning tarkibiy kismiga qiradi. Oksillarning energetik vazifasi esa, ular parchalanganda energiya hosil bo’ladi, masalan: 1 g oksil parchalanganda 4,1 kkal. energiya ajratadi. Bu nergiya odam tanasi haroratini birday saqlash, ichki organlari normal ishlashi , odamning xarakatlanishi va boshqa ishlarni bajarish uchun sarflanadi.

Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizmda asosiy energiya manbai bo’lib hisoblanadi. 1 g, uglevod parchalanganda 4,2 kkal. energiya ajraladi. Bir sutkslik energiyaning 50% uglevodlar hisobiga xosil bo’ladi.

Yog’lar almashinuvi. Yog’lar hujayralarda bo’lib, oqsillar singari plastik va energetik vazifani bajaradi. 1 g. yog’ parchalanganda 9,3 kkal. energiya ajratadi. Yog’lar ikki hil bo’ladi: hayvon, o’simlik. Hayvon yog’lariga dumba, charvi, saryog , baliq yog’lari qiradi. O’simlik yog’lariga zig’ir, paxta, qungaboqar, kunjut, makkajuhori va zaytun moylari kiradi. Kundalik ovqat tarkibida yog’lar etishmasligi yuqumli kasalliklarga, tashqi muhitning noqulay ta’siri – sovo’kka odamning chidamligi , aqliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi. Yog’lari ortiqcha iste’mol qilish semirishga olib keladi.

Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Odam organizmi uchun mineral tuz va suv ham zarur. Mineral to’zlari odam asosan oziq – ovqat bilan oladi. Bir sutkada odam 10 – 12,5 g. osh tuzi iste’mol qiladi. Mineral to’zlar organizmdagi barcha funksiyyalarning bir Hilda kechishini ta’minlaydi, nerv sistemasi faoliyati, qon ivishi, so’rilish, gaz ajralish, sekresiya va ajratish jarayonlari ham zarur. Organizm uchun kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, marganez, kobalt, mis, ruh, brom, yod, oltingugurt, temir va boshqa mikro va makro elementlar ham juda zarur.

Vitaminlar. Vitaminlar ham yog’lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo’lgan oziqa moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N. I. Lunin ( 1853 – 1938 ) 1880 yilda organizm uchun zarur bo’lgan moddalardan biri vitaminlar ekanini birinchi bo’lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi ( vita – xayot degan ma’noni anglatadi ). Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, ular organizmning o’sishiga modda almashinuviga immune holatiga, yurak – qon tomir, nerv tiziminish ish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa gvitaminoz, yetishmasa gipovitaminoz, me’yoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi. Har bir vitamin turli hil vazifani bajaradi.

A vitamin o’sish vitamini deyiladi. U organizmning o’sish va rivojlanishida, teri ostki qavati xolatini normal saqlashda, ko’z o’tkirligini yaxshi bo’lishini ta’minlashda muhim axamiyatga ega. Bu vitamin yetishmanganda teri quruqlashib, yorilib, nafas yo’llari va oshqozon – ichak qavatigini yallitlanishi kasalliklari yuziga keladi. Vitamin A baliq yog’ida, sariyog’da, tuxum sarig’ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, uruq tarkibida ko’p bo’ladi. B gruppa vitaminlarga B1 ( tiamin ) , B2 (riboflamin ), B6, B12, PP (nikotin kislota ) kiradi.

Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)

6-fevral kuni dunyo ahlining diqqat – eʼtibori Turkiyada sodir boʻlgan kuchli yer silkinishiga qaratildi. Mamlakatning qator shaharlarini vayron qilgan zilzilada, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, — 3 419 kishi halok boʻldi, salkam 20 534 kishi jarohatlandi.

7,4 magnitudali yer silkinishi taʼsirida bir necha shaharlarda 6 mingtaga yaqin binolar butunlay vayron boʻldi. Vayronalar ostidan jami 8 000 nafardan ortiq odam tiriklayin olib chiqildi. 338 ming kishi yotoqxonalar, universitetlar va boshpanalarga joylashtirildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi. Uning aytishicha, bu zilzila Turkiya tarixidagi 1939-yildagi zilziladan keyingi eng katta ofatdir.

Hukumat aholini takrorlanadigan yer silkinishlaridan ogohlantirib, uylariga qaytmaslikka chaqirdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada sodir boʻlgan birinchi zilziladan keyin yana 145 ta yer silkinishlari qayd etilgan. Mamlakat hukumati binolar ostida qolib ketgan, jarohatlanganlarni qutqarish boʻyicha tezkor brigadalar tashkil etib, qutqaruv xizmatlarini jalb qilgan.

Koʻplab mamlakatlardan Turkiya xalqiga chuqur hamdardlik bildirilib, insonparvarlik yordamlari yuborilmoqda. Ayni paytgacha zilzila hududlariga xorijdan 3 294 nafar qutqaruvchi yetib kelgan. 70 ta davlat yordamga tayyorligini maʼlum qilgan, Shundan 14 tasining vakillari allaqachon ofat zonasida. Turkiyadan va xorijdan 1 600 nafardan ortiq qutqaruvchilar guruhi Hatay viloyatiga boradi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan telefon orqali muloqot qilib, Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va katta talafotlar koʻrilgani munosabati chuqur hamdardlik izhor etdi. Turkiya xalqiga, vafot etganlar va jabrlanganlarning oilalari va yaqinlariga sabr tiladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Turkiyaga Oʻzbekistondan 100 kishidan iborat qidiruv-qutqaruv otryadi joʻnatilayotganini maʼlum qilgan. “Oʻzbekiston prezidentining topshirigʻiga asosan, 7-fevral kuni zilziladan talofat koʻrgan Turkiya respublikasiga insonparvarlik yordami va FVV qidiruv-qutqaruv boʻlinmalari joʻnatiladi. Turkiyada sodir boʻlgan vayronkor zilzila oqibatlarini bartaraf etishga Oʻzbekiston FVVning maxsus texnika va kinologiya xizmati jalb etiladi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Turkiyadagi zilzila ortidan yana 6 ta davlatda yer qimirlashlari yuz berdi. Xususan, Suriya, keyin Livan, Iordaniya, Isroil, Gruziya, Armaniston va Afgʻonistonda zilzilalar qayd etilgan. Suriyada sodir boʻlgan kuchli yer silkinishi oqibatida 764 kishi halok boʻlgan, 1 ming 448 kishi jarohatlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik shu kabi kuchli zilzila Oʻzbekistonga ham yetib kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi. FVV bu haqdagi fikrlar yuzasidan eʼlon qilgan rasmiy munosabatida, Oʻzbekistonda yaqin orada kuchli zilzilalar sodir boʻlmasligini maʼlum qildi.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, bugun, 7-fevral kuni, Toshkent vaqti bilan 08:13 da ham Turkiyaning markaziy qismida 5,3 magnitudali yangi zilzila sodir boʻldi. Zilzila epitsentri Anqaradan 43 km, Besni shahridan 13 km uzoqlikda joylashgan. Hozircha uning tafsilotlari toʻliq ochiqlanmagan.

Hidoyat.uz

Қобил ўзининг акаси Ҳобилни ўлдирганидан сўнг Аллоҳ таоло Одам алайҳиссаломга яна бир ўғил ато қилди. Одам алайҳиссалом унга Шис деб от қўйди. Бу сўзнинг маъноси “Аллоҳнинг совғаси”, деҳқони усулда айтганда, “Худо берди – Худойберди”дир. Шис алайҳиссаломга 50та саҳифа нозил бўлган.

Муҳаммад ибн Исҳоқнинг ёзишича, Одам алайҳиссаломнинг паймонаси тўлганида Шис алайҳиссаломга васият қилади ҳамда кун ва тунни диний амалларга мувофиқ тақсимлашни ўргатади ва дунёни қачон сув босишининг хабарини беради.

Одам алайҳиссалом жума куни вафот этади. Фаришталар жаннатдан мушку анбарлар ва хушбўй ҳид таралиб турган кафан олиб тушадилар. Ибн Исҳоқ айтадики, Одам алайҳиссаломнинг жони узилганда қуёш ва ой тутилади ва бу ҳол бир ҳафта – етти кеча-кундуз давом этади.

عَنْ عُتَىٍّ قَالَ رَأَيْتُ شَيْخاً بِالْمَدِينَةِ يَتَكَلَّمُ فَسَأَلْتُ عَنْهُ فَقَالُوا هَذَا أُبَىُّ بْنُ كَعْبٍ فَقَالَ إِنَّ آدَمَ عَلَيْهِ السَّلاَمُ لَمَّا حَضَرَهُ الْمَوْتُ قَالَ لِبَنِيهِ أَىْ بَنِىَّ إِنِّى أَشْتَهِى مِنْ ثِمَارِ الْجَنَّةِ. فَذَهَبُوا يَطْلُبُونَ لَهُ فَاسْتَقْبَلَتْهُمُ الْمَلاَئِكَةُ وَمَعَهُمْ أَكْفَانُهُ وَحَنُوطُهُ وَمَعَهُمُ الْفُئُوسُ وَالْمَسَاحِى وَالْمَكَاتِلُ فَقَالُوا لَهُمْ يَا بَنِى آدَمَ مَا تُرِيدُونَ وَمَا تَطْلُبُونَ أَوْ مَا تُرِيدُونَ وَأَيْنَ تَذْهَبُونَ قَالُوا أَبُونَا مَرِيضٌ فَاشْتَهَى مِنْ ثِمَارِ الْجَنَّةِ. قَالُوا لَهُمُ ارْجِعُوا فَقَدْ قُضِىَ قَضَاءُ أَبِيكُمْ. فَجَاءُوا فَلَمَّا رَأَتْهُمْ حَوَّاءُ عَرَفَتْهُمْ فَلاَذَتْ بِآدَمَ فَقَالَ إِلَيْكِ إِلَيْكِ عَنِّى فَإِنِّى إِنَّمَا أُوتِيتُ مِنْ قِبَلِكِ خَلِّى بَيْنِى وَبَيْنَ مَلاَئِكَةِ رَبِّى تَبَارَكَ وَتَعَالَى. فَقَبَضُوهُ وَغَسَّلُوهُ وَكَفَّنُوهُ وَحَنَّطُوهُ وَحَفَرُوا لَهُ وَأَلْحَدُوا لَهُ وَصَلَّوْا عَلَيْهِ ثُمَّ دَخَلُوا قَبْرَهُ فَوَضَعُوهُ فِى قَبْرِهِ وَوَضَعُوا عَلَيْهِ اللَّبِنَ ثُمَّ خَرَجُوا مِنَ الْقَبْرِ ثُمَّ حَثَوْا عَلَيْهِ التُّرَابَ ثُمَّ قَالُوا يَا بَنِى آدَمَ هَذِهِ سُنَّتُكُمْ »

Утай розияллоҳу анҳу бир куни Мадинада гапириб турган қарияни учратиб қолиб, унинг кимлигини суриштирганда, у Убай ибн Каъб эканини айтадилар. У бундай деётган эди:

«Одам алайҳиссаломнинг ўлим онлари яқинлашганда, у ўғилларига хитоб қилиб: “Болаларим, мен жаннат меваларидан егим келяпти”, деди ва улар ўша меваларни излаб кетдилар. Йўлда улар хушбўй таратиб турган кафан олиб келаётган фаришталар билан учрашиб қолади. Шунингдек, улар ўзлари билан бирга белкурак ва ҳошияли катта сават (тобут) ҳам олиб олган эдилар.

Фаришталар: “Эй Одам ўғиллари, қаёққа кетяпсиз ва нима излаб юрибсиз” деб сўрашди.

Улар: “Отамиз хасталаниб қолди ва жаннат меваларидан егиси келибди”, деб жавоб бердилар.

Фаришталар: “Ортингизга қайтинг, отангизнинг қазои қадари яқинлашди”, дедилар.

Фаришталар кириб келганида Ҳавво онамиз уларни кўрганлари заҳоти таниди ва дарҳол Одамнинг устига ўзини ташлаб маҳкам қучоқлаб олди. Одам алайҳиссалом унга: “Қоч, қоч, мендан нари тур, бу ерга сен сабабли келиб қолган эдим. Энди эса мен билан Раббимнинг фаришталари ўртасидаги йўлни очиб қўй”, деди.

Шундан сўнг фаришталар унинг жонини олишди, ювиб, кафанлашди, муаттар ҳидли мушку анбарлар сепишди. Кейин қабр қазишди, уни жойига қўйишдан олдин жаноза намози ўқишди. Сўнг эса уни лаҳадга қўйиб, лаҳад оғзини ғишт билан бекитишди.

Кейин юқорига чиқиб, қабрни тупроқ билан кўмишди ва: “Эй Одам фарзандлари, сизнинг одатингиз шундай бўлади” дейишди”, дейилган (Имом Аҳмад ривояти).

Дамин ЖУМАҚУЛ таржима қилди.