Press "Enter" to skip to content

Таълим / Образование

Amir Temur o’ta biluvchan edi. Ko’p o’qigan, Osiyoning eng unumli uch (turkiy, arabiy, forsiy) tilini juda mukammal bilgan

Milliy g’oya 9 sinf darslik

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarurligiga alohida eʼtibor qaratilgan edi. Milliy oʻzlikni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, soha olimlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash bilan bir qatorda, oʻtmishga baho berishda xolislik va turli mafkuraviy qarashlardan xoli boʻlish hanuz dolzarbligicha qolmoqda. Buyuk alloma hamda adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur hamda iftixor tuygʻularini ­kuchaytirish uchun yurtimiz tarixini oʻrganishda jiddiy arxeologik tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib ­borilishi talab etiladi.

Masalaga shu jihatdan qaraydigan boʻlsak, maktabda ­tarix fani oʻrgatilishi qanday yoʻlga qoʻyilgan? Biz berayotgan taʼlimda yot mafkuralar taʼsiri, oʻtmishga begonasirab, noxolis yondashish hollari uchramaydimi?! Darsliklar tayyorlash sifati, mazmun-mohiyatini aʼlo darajada, deb ayta olamizmi? Ulardagi biri birini rad etuvchi xulosalar, mavhumliklar va nomuvofiqliklar farzandlarimiz ichki dunyosiga qanday salbiy taʼsir koʻrsatmoqda? Oʻquvchiga taqdim etilayotgan darsliklar gʻoyaviy mundarijasi, mafkuraviy magʻzi hamon eskichasiga — aksilmilliy manbalar hisobiga toʻldirilyaptimi? Tarixga boʻlgan qarashlarimizda milliy gʻoya, milliy ruh, milliy oʻzlik aks etmas ekan, yoshlardan milliy gʻurur, vatanparvarlik tuygʻularini kutishimiz qanchalik toʻgʻri?

Soha mutasaddilari, mutaxassislar va keng jamoatchilik vakillari ana shu masalalarga oʻz munosabat va fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ashraf AHMEDOV, tarix fanlari doktori, professor:

— Milliy gʻoya, milliy ruh, milliy oʻzlik, albatta, tarixga obyektiv munosabat orqali shakllanadi. Yoshlar oʻz ajdodlarining hayotini haqqoniy oʻrganishi kerak. Afsuski, boshimizdan kechirgan mustamlakachilik zamonlarida buning aksi qilindi. Eʼtibor bering, bir necha avlod Amir Temur shaxsini “qonxoʻr”, “bosqinchi” deb oʻqib katta boʻldi. Aslida shunday edimi? Bobomizning yaratuvchanlik qudrati, davlatchilikdagi islohotlari va nihoyat, oʻsha davrlarda Sharqda paydo boʻlgan tamaddun haqida hech narsa deyilmadi. Albatta, bu kommunistik mafkura asorati edi. Ular bizni tariximizdan uzishmoqchi boʻlishdi. Shukrki, buyuk bobomizning nomi istiqlol davrida tiklandi. Butun dunyo tan olgan sohib­qironning hayoti va faoliyatini bugun farzandlarimiz toʻgʻri oʻqib-oʻrganmoqda. Lekin bizning shonli kechmishimiz faqat Temur va temuriylar davridan iborat emas. Millatimiz oʻtmishi bir necha ming yilliklarga borib taqaladi. Demak, hali oʻqilmagan, farzandlarimizga uqtirishimiz zarur boʻlgan sahifalar koʻp. Biroq biz ozodlikka erishganimizga 30 yil toʻlayotgan esa-da, hamon shoshayotganimiz yoʻq. Tarixni oʻqitish uslubimiz oʻsha-oʻsha eskiligicha qolmoqda. Oʻrganishimiz, bolalarimizga oʻrgatishimiz kerak boʻlgan milliy qahramonlarimiz koʻp. Masalan, turkiy xalqlar tarixida Alp Er Toʻnga Afrosiyob nomi bilan mash­hurligini koʻpchilik yaxshi biladi, ammo uning darslikka kiritilishiga ahamiyat berilmaydi. Koʻpchilik uni afsonaviy, mifologik obraz deb ataydi. Tarixchilarimiz ham uning real shaxs boʻlganini isbotlab berish haqida oʻylashayotgani yoʻq. Umuman, sohada kadrlar masalasida oqsash bor.

Albatta, tilga olingan bu masalalar kelajagimiz boʻlgan farzandlarimiz taqdiri bilan bevosita bogʻliqligi hech kimni loqayd qoldirmaydi. Shu bilan birga, tarix darsliklarida hali-hanuz milliy davlatchiligimiz oʻtmishini rus va Yevropa tarixchilari nuqtai nazaridan tahlil etish tamoyillari saqlanib qolayotganidan ham koʻz yumib boʻlmaydi. Tarix darsliklari toki milliy gʻoya, milliy ruh, milliy oʻzlikka tayangan holda tuzilmas ekan, yoshlardan milliy gʻurur, vatanparvarlik tuygʻularini talab qilish unchalik toʻgʻri boʻlmaydi.

Nasimxon RAHMONOV, filologiya fanlari doktori, professor:

— Ijtimoiy fanlar bir-biri bilan chambarchas bogʻlanib ketgan. Ularning birida yoʻl qoʻyilgan xatoning taʼsiri ikkinchisida aks etmay qolmaydi. Jumladan, adabiyot tarixi fanining tabiati ham shunaqa: tarix fanini chetlab oʻtolmaydi. Qadimda yashagan qahramonlar, voqealar har ikkala fan uchun yagona manba boʻlib xizmat qiladi. Shu maʼnoda, xalq ogʻzaki ijodida, eposlarda, dostonlarda, yozma manbalarda bugungi avlodga namuna qilib koʻrsatishga arzigulik tarixiy qahramonlar koʻp. Ulardan biri Alp Er Toʻngadir.

Alp Er Toʻnga oʻldimi,
Yaramas dunyo qoldimi.
Dunyo oʻchin oldimi,
Endi yurak yirtilur.

“Devonu lugʻatit-turk”da keltirilgan bu toʻrtlik Mahmud Koshgʻariydan bir necha asrlar oldin xalq ogʻzaki ijodida mavjud edi. Ular bir joyga jamlansa, Alp Er Toʻnga dostoni hosil boʻladi. Alp Er Toʻnganing oʻlimi keltirgan musibat deyarli barcha turkiy xalqlar qadim ijod namunalarida uchraydi. Ehtimol, shuning uchun ham unga koʻproq mif deb qarash shakllangandir. Biroq uning tarixiy shaxs ekanligini isbotlaydigan koʻplab manbalar mavjud. Mahmud Koshgʻariyga zamondosh Yusuf Xos Hojib “Qutadgʻu bilig” (“Saodatga yoʻllovchi bilim”) asarida Alp Er Toʻnganing tarixda haqiqatan yashab oʻtgani haqida ishonchli maʼlumot keltiradi. “Turk beglari orasida oti belgilik, Toʻnga Alp Er edi, quti belgilik, — deb yozadi Yusuf Xos Hojib. — Bilimi — buyuk, hunarlari — talay, bilimli, zakovatli, xalq orasida sarasi”. Turkiy xalqlar tarixida oʻtgan qahramonlar nomiga majmualar, yodgorliklar bunyod etilsa, millat koʻksida gʻurur uy­gʻotishga sabab boʻladi. Tarix, adabiyot dars­liklarida esa bu jihatlarga ­jiddiy eʼtibor qaratilishi lozim.

Xurshid ROʻZIMURODOV, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi:

— Tarix fanidan maktab va kollej-litseylar uchun moʻljallangan dars­liklarni oʻqib-oʻrganishga kirishib, nega ular, asosan, oʻqituvchining qistovi bilan oʻqilishining sababini tushunib yetgandek boʻldim. Chunki bu qoʻllanmalar zerikarli va quruq til bilan yozilgan. Shuning uchun oliy oʻquv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanish, oliy maʼlumot olish, keyinchalik oʻz oʻrnini topish ehtiyoji boʻlmasa, yoshlar ularni qoʻllariga olishni xohlashmaydi. Hech kimga sir emas, darslikni test manbai sifatida qabul qilishga oʻrganib qoldik. Aslida ular yoshlarning maʼlum fanni maʼlum yoshda oʻrganishlari uchun yaratiladi. Bugun qoʻlida telefoni, uyida kompyuteri bor oʻquvchini darliklarga jalb qilish uchun innova­sion yondashuv kerak. Hayron qolaman, baʼzi darsliklarda mualliflar allaqanday maʼlumotlarni tiqishtirib vaqtimizni behuda oʻgʻirlashadi. Masalan, 6-sinfning “Qadimgi dunyo tarixi” darsligidagi 44 mavzudan 7 taginasi Oʻzbekiston tarixiga oid. ­Vaholonki, milliy gʻurur masalasi birinchi oʻringa qoʻyilsa, oʻquvchilar 12 yoshidanoq Oʻzbekiston tarixini chuqurroq oʻrgana boshlashsa, keyinchalik ham maktabda olgan saboqlari hayotda asqatadi.

Taʼkidlash joizki, maktab darsligidagi xatoning katta-kichigi boʻlmaydi. Hatto bitta tinish belgisining nooʻrin qoʻllanilishi, jiddiy tushunmovchiliklarni yuzaga keltiradi, qolaversa, bolalarning savodxonligiga putur yetkazuvchi ulkan omilga aylanib qolishi mumkin. Ammo oʻquvchilarga tavsiya etilayotgan darsliklardagi xatolar shuning oʻzi bilan cheklanib qolmayapti.

Qahramon RAJABOV, tarix fanlari doktori, professor:

— Tarix darsliklari oʻquvchini nafaqat kerakli va zarur maʼlumotlar bilan taʼminlaydi, balki ularni ­Vatanga sadoqat hamda muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Ammo afsuski, bizning tarix darsliklarimizda milliy gʻoya va ruh yetishmayapti.

Sir emas, darsliklarni yaratish hamda chop etish — juda murakkab jarayon. Xalq taʼlimi vazirligi va bosh­qa yuqori davlat tashkilotlari xodimlari esa bu jarayonda mualliflarga qulay sharoit yaratib berish oʻrniga mutaxassislarning haqli eʼtirozlariga qaramay, darslik matniga ham aralasha boshlashadi. Oqibatda qosh qoʻyaman deb, koʻz chiqarib qoʻyishganini bilmay qolishadi. Shu asnoda, kitob­larda koʻplab gʻoyaviy xatoliklar ­urchib ketadi.

Bu kamchiliklar tegishli mutaxassislar, olimlar, oʻqituvchilar va metodistlar tomonidan birgalikda koʻrib chiqilishi zarur. Esimda, 2017 yil yozida maktablarning yangi tashkil qilinayotgan 10-sinf oʻquvchilari uchun yoziladigan darsliklar uchun mualliflarga atigi 10 — 15 kun muhlat berishgan edi. Bunday qisqa fursatda shoshmashosharlik bilan yozilgan darsliklardan nima kutish mumkin?

Milliy gʻoya, milliy ruh, milliy oʻzlik oʻz-oʻzicha raqamlarni takrorlash bilan sodir boʻladigan hodisa emas. Tarix darsliklarida mualliflarning Xiva xonligi 1511 yil tashkil topganmi yoki 1512 yildami, Buxoro amirligiga 1753 yil asos solinganmi yoki 1756 yildami, Qoʻqon xonligi 1709 yili vujudga kelganmi yoki 1710 yildami qabilidagi mulohazalar atrofidagina oʻralashib qolishlari dilni xira qiladigan holatlar emasmi?

Akbar ZAMONOV, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori:

— Xoʻsh, buning sababi nimada? Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻquvchilarning jismoniy va ruhiy holati meʼyorlaridan kelib chiqib, darsliklarning hajmi hamda ogʻirligiga talablar qoʻyilgan. Unga koʻra, deylik, 7-sinf oʻquvchisining “Oʻzbekiston tarixi” darsligi 300 gramm­dan oshmasligi lozim. Natijada bu meʼyor 10 bosma taboq, yaʼni 160 bet qilib belgilanishiga olib kelgan. Bu esa oʻn bir asrlik Vatanimiz tarixi bir oʻquv yilida 51 soat, 160 betlik darslikda oʻzlashtirilishi kerak, deganidir. Mazkur holat, oʻz navbatida, bilimlarni siqilgan holatda taqdim etishga majbur qiladi. Tarix darsliklaridagi nomukammallikning yana bir sababi olimlarimizning soʻnggi yillardagi ilmiy tadqiqotlari natijalaridan foydalanilmayotganidir. Bosh­qacha aytganda, fan ham, taʼlim ham faqat oʻz doirasida oʻralashib qolyapti, ularning integratsiya­lashuvi yuz bermayotgani tarix darsliklarining achinarli ahvolida namoyon boʻlmoqda.

Milliy gʻoya, milliy ruh, milliy oʻzlik masalasiga kelganda, tarixiy shaxslarning xizmatlari hali-hanuz xolis va odilona baholanmayapti. Buyuk bobolarimizni bilmaslik, ulugʻ ajdodlarimizdan xabarsizlik manqurtlikka olib keladi. Mavjud tarixiy manbalar Afrosiyob — turkiy xoqonlarning shajarasi boshida turuvchi zabardast hukmdor Alp Er Toʻnganing tarixiy shaxs boʻlganini isbotlaydi. “Yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Fargʻona, Buxoro, hozirgi Shimoliy Afgʻonistonga qadar choʻzilgan” turkiy oʻlkalar, shaharlar, qishloq va yaylovlarni kezib chiqqan Mahmud Koshgʻariy oʻsha zamonda xalqning oʻz qahramoniga muhabbatini yozib oladi. Sohibqiron Amir Temurdan soʻng “Oʻrta Osiyoning ikkinchi bunyodkori” deb nom olgan Abdullaxon (1534 — 1598) hukmronligi davrida 21 turdagi 1001 inshoot — masjidlar, madrasalar, koʻpriklar, hammomlar, sardobalar bunyod etilgan. Bunday misollar koʻp. Endi saragini ­sarakka, puchagini puchakka ajratib olishimiz kerak. Buning uchun tarixchi olimlarimizdan xalqimiz oʻtmishiga chuqur ilmiy salohiyat va fidoyilik bilan yondashuv talab etiladi.

Vatan tarixini oʻqitishdan maqsad vatanparvarlikni shakllantirish boʻlishi kerak. Oʻquvchilarda faqat bugungi voqealarga emas, oʻtmishga, tariximizning achchiq va shonli sahifalariga nisbatan daxldorlik hissini, millatimizning boy tarixi bilan faxrlanish tuygʻusini uygʻotish oʻta dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.

Shuhrat ERGASHEV, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi:

— Biz sovet davri postulatlaridan voz kechganimizga qaramasdan, amalda mavzular bayonida bu davrning koʻplab jihatlari saqlanib qolmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida tarixiy konsepsiyalarning koʻpligi va tarixiy voqealarni tal­qin qilishning xilmaxilligi Oʻzbekis­ton tarixining yagona konsepsiyasini yaratish imkonini bermadi. Oqibatda olimlarimiz tomonidan darsliklar va boshqa oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yaratish uchun asos boʻladigan akademik nashr amalga oshirilmadi. Darsliklarda mualliflar jamoasi tarixiy voqealarni oʻz darajasi va qarashlaridan kelib chiqib talqin qildi. Bu Oʻzbekiston hamda jahon tarixi darsliklarida tarixiy sanalarning, voqealarga berilgan baholarning bir-biridan jiddiy farq qilishi kabi kamchiliklarni keltirib chiqardi. Oʻzbekiston tarixi boʻyicha maktab darsliklarining yagona kompleksi mavjud emasligi taʼsiri oʻlaroq, oʻqitish metodikasi Gʻarb mamlakatlari namunasiga tayanib qolmoqda. Maktablarimizda, oliy oʻquv yurtlarida Oʻzbekis­ton tarixini oʻqitishning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish vaqti keldi. Bu ishni amalga oshirmay turib yangi avlod darsliklarini yaratish mumkin emas. Mualliflar jamoasini tanlash, tayyor darsliklarning original maketini ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonini tubdan qayta koʻrib chiqish lozim.

Agar qoʻshni davlatlar darsliklarini tahlil qiladigan boʻlsak, birinchi koʻzga tashlanadigan jihat ular hajmining kattaligidir. Bu esa voqealar tafsilotini yoritish, mavzuni qoʻshimcha materiallar bilan boyitish, oʻquvchilar uchun qiziqarli qilish imkonini bergan.

Joʻrabek ASLONOV, yoshlar murabbiysi:

— 8-sinf “Oʻzbekiston tarixi” dars­lik kitobida mangʻitlar sulolasi hukmronligi boshlanishi 1753 yil deb, 9-sinfdagisida esa 1756 yil deb yozilgan, imloviy xatolarni-ku, aytmasa ham boʻladi. Bir oʻquvchining qoʻlidagi daftar yuzidagi rasmda ­Beruniyning rasmi ostiga Ibn Sino deb, Forobiyning tugʻilgan yili yozib qoʻyilganini koʻrdim. “Chillaki chillakini koʻrib chumak uradi”, deganlari shu boʻlsa kerak, darsliklardagi xatolar epidemiyasi daftarlarga ham ura boshlabdi. Endi qorakoʻz bolajonlarimizning taqdiri nima boʻladi, nima qilsak ekan?

Oʻquvchilarning bilim doirasi faqat darsliklar bilan cheklanib qolmasligi kerakligi tajribadan oʻtgan haqiqat. Oʻzbek adabiyotida tarixiy mavzularda iqtidorli shoir-yozuvchilarning roman, qissa, hikoya, doston va sheʼrlari koʻplab yaratilgan. Oʻquvchilar tafakkurini kengaytirish uchun ulardan unumli foydalanish lozim. Bu jarayonda taqdim etilayotgan asarlarning badiiy saviyasi ham muhim ahamiyatga ega.

Darsliklarni chop etadigan nash­riyotlarda esa har bir fan, turli soha mutaxassislari bevosita tajribali muharrirlar bilan ishlashi uchun sharoit yaratilishi lozim.

Habib ABDIYEV, “Oʻqituvchi” NMIU muharriri:

— Bir paytlar “Oʻqituvchi” nash­riyot-matbaa ijodiy uyi aynan shu ishga ixtisoslashtirilgan nashriyot hisoblanardi. Ushbu nashriyotning tahririyat jamoasini kengaytirish, sohalar boʻyicha bir nechta boʻlimlar tashkil qilish vaqti keldi, nazarimda. Xatoliklar koʻp. Masalan, ­Kamoliddin Behzod kasbini ism tarzida “Musavvir Behzod” deb koʻrsatish bola fikrini chalgʻitib, u ­Behzodning ismi shunaqa ekan, deb oʻylaydi. Darsliklar tili ham bir ­muammo. Yetuk muharrirlarning kamligi, manbalar bilan ishlash, “Ustoz — shogird” anʼanalarining yoʻqolgani ham koʻplab qusurlarni keltirib ­chiqarayotganidan koʻz yumib boʻlmaydi.

Tolibjon ROʻZIBOYEV, Fargʻona viloyatidagi

Erkin Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari:

— Maktab darsliklaridagi eng katta muammolardan biri ularning har toʻrt yilda bir almashtirib turilishidir. Bu jarayonda oldingi ­nashrlarga nisbatan uncha sezilarli boʻlmagan ayrim ilmiy-nazariy maʼlumotlar qoʻshiladi yoki baʼzi sana va maʼlumotlar oʻzgartiriladi. Ammo mazkur oʻzgarishlar uchun darslikni toʻliq yangilash shart emas, har yili muayyan fan sohasida kuzatilayotgan oʻzgarishlarni alohida qoʻshimcha sifatida bersa ham boʻlaveradi. Oʻqituvchilar va oʻquvchilarni qiynayotgan muammolardan yana biri darsliklardagi nazariy maʼlumotlar taʼlimning boshqa bosqichi — akademik litsey, kasb-hunar kollejlari darsliklaridagidan farq qilishi. Bunday tafovutlarni maktab darsliklarining oʻzidan ham koʻplab topish ­mumkin.

Binobarin, 7-sinf tarix darsligida Imom Buxoriyning “Al jomeʼ as-sahih” asarida hadislar soni 7375 ta deb berilgan boʻlsa, xuddi shu maʼlumot adabiyot darsliklarida 7397 ta deb koʻrsatilgan. 8-sinf “Vatan tarixi” darsligida Qoʻqon xonligining tashkil etilish sanasi bir oʻrinda 1710 yil, ikkinchi joyda 1709 yil, deb keltirilgan. 9-sinf “Jahon tarixi” darsligidagi “Madaniy hayot” mavzuida jahon adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi, asarlar syujeti hamda qahramonlari haqida maʼlumotlar juda koʻp. Shuningdek, 9-sinf “Vatan tarixi” dars­ligida “Milliy ozodlik harakati” mavzui oʻta sayoz berilgan. Tarix fani darsliklariga atamalarning izohli lugʻati va xaritalar ilova qilinmagan.

Turli fan yoʻnalishlari oʻqituvchilarining haqli eʼtirozlariga qaraganda, maktab tarix darsliklari misolida koʻzga tashlanayotgan nuqson va chalkashliklar adabiyot, ona tili, fizika, matematika, kimyo kabi fan yoʻnalishlarini ham chetlab oʻtmagan. Ingliz tilidan davlat taʼlim standarti 2012 yilda tasdiqlangan boʻlsa-da, darsliklar haligacha unga moslashtirilmagan. Bu fan yoʻnalishi boʻyicha barcha sinf darsliklarida grammatikaga oid qoida va maʼlumotlar juda qisqa, qiziqarli mashqlar, mavzuga mos oʻyinlar, lugʻatlar bilan boyitilmagan, oʻquvchilar koʻnikmalarini samarali rivojlantirish uchun zarur mashq va topshiriqlar, grammatik qoidalar yetishmaydi. Shuning uchun oʻquvchilar qoʻshimcha adabiyotlarni izlash bilan ovora. Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari testlari ham darslikdan tashqari adabiyotlardan olinganligi sababli ularda ham muammolar talaygina. Bu endi alohida mavzu. Maqsad oʻquvchiga bilim berish ekan, taʼlimning har bir bosqichi uchun zarur bilim, koʻnikma va malakalar majmuini jiddiy koʻrib chiqish, oʻquvchining har bir oʻquv fanidan muayyan bilimlar majmuiga ega boʻlishi uchun imkon beradigan mukammal darsliklar yaratish kerak. Hozirgi paytda deyarli barcha darsliklar jiddiy tahrirga muhtoj. ­Darslik yaratuvchi mutaxassislarning bu masalani oqilona hal etish oʻrniga uni battar chigallashtirib, boshi berk koʻchaga kiritib qoʻyayotgani ham hech kimga sir emas. Asosiy masala bir chetda qolib, oʻzlarining haq ekanliklarini jon-jahdlari bilan himoyalashga intilishlari oqibatida barchaga ayon haqiqat darslik mualliflari va mutasaddi tashkilotlarga qorongʻiligicha qolmoqda. Darslik tenderini shaffof tarzda belgilash, eng yaxshi darslikni ­tanlab olish masalasiga eʼtibor qaratish fursati allaqachon yetib kelgan.

Darsliklarning mazmun-mundarijasidan tortib, muqovasiyu nashr texnologiyasigacha katta-kichik nuqsonlar mavjudligi, ularni bartaraf etish qiyin kechayotgani ham jiddiy eʼtirozlar keltirib chiqarmoqda. Oʻqituvchilar, ota-onalar, hattoki oʻquvchilarning oʻzlari ham har jihatdan mukammal, kelajakka xizmat qiladigan darsliklar ­yaratish tarafdori ekanliklarini bildiryaptilar. Bu bejiz emas. Negaki, “Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqsh”, deyishadi. Yoshlarimiz maktab partasidayoq pishiq-puxta ilm olsalar, ular hayotda shunchalik mustahkam oʻrinlarini topadilar. Bu oddiy haqiqat. Ammo ana shu oddiy haqiqatni anglab yetishimiz qiyin kechayotgani talay muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Darslik — farzandlarimizning ertasi, xalqning istiqbolini belgilaydigan vosita. Shu maʼnoda u juda muhim. Notoʻgʻri ishlatilgan birgina soʻz inson taqdirini oʻzgartirib yuborishi mumkinligi eʼtiborga olinadigan boʻlsa, darslikning mukammal emasligi katta xatodir. Darslik oʻquvchining bilim olishi uchun eng asosiy va muhim manba hisoblanadi. Chunki undagi har bir maʼlumot oʻquvchi hamda oʻqituvchi tomonidan eng toʻgʻri va aniq axborot sifatida qabul qilinadi, shuningdek, har qanday fanga xos asosiy tushunchalar, eng avvalo, darslikda beriladi. Shu jihatdan olib qaralganda, taʼlimning qaysi boʻgʻini boʻlishidan qatʼi nazar, darsliklar tuzishga, ularda ilmiy-nazariy tushunchalar, qoidalar, taʼriflar, xulosalar, amaliy mashgʻulot uchun mashqlar, misol va masalalar, zarur atamalar lugʻati, ayrim sanalarni berishga juda katta masʼuliyat bilan yondashish kerak boʻladi.

Globallashuv davrida yoshlar ongini turli-tuman taz­yiqlardan saqlashning yagona yoʻli ularni bilimli, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdir. Toʻgʻri, maktablar va oliy oʻquv yurtlarida darsliklarning mukammalligini taʼminlash oʻz-oʻzicha boʻladigan ish emas, uni bir maqola doirasida muhokama etib ham boʻlmaydi. Shu maʼnoda, mutaxassislar, soha xodimlari, ota-onalar, oʻz kelajagi uchun loqayd boʻlmagan yoshlarning bu boradagi fikr-mulohazalarini kutib qolamiz.

Таълим / Образование

Ушбу саҳифада дарсликларнинг электрон нусхасини юклаб олишингиз мумкин. Файллар мунтазам равишда янгиланиб боради. Дарсликларни компьютерда очиш учун ушбу дастурни ўрнатиш лозим.

1-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 1-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар 4 фикр билдирилганБатафсил

2-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 2-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар 17 фикр билдирилганБатафсил

3-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 3-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар 18 фикр билдирилганБатафсил

4-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 4-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар 28 фикр билдирилганБатафсил

5-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 5-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар 40 фикр билдирилганБатафсил

6-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 6-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар Фикр билдирилмаганБатафсил

7-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 7-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар 13 фикр билдирилганБатафсил

8-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 8-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар 38 фикр билдирилганБатафсил

9-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 9-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар 22 фикр билдирилганБатафсил

10-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 10-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар 39 фикр билдирилганБатафсил

11-синф учун дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 11-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

admin 15 .10.2016 Дарсликлар 11 фикр билдирилганБатафсил
��91.6 K марта кўрилди

26 thoughts on “ Дарсликлар ”

  1. Bobojanova DilafruzPayshanba Iyun 12th, 2014 at 16:27 Menga juda yoqdi.Juda qiziqarli ma`lumotlar bor ekan.

«Ona tili» 9-sinf 9-sinf 1

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish

imkoniyatiga ega bo’ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo’lib, o’rganib-o’rgatib qaytmoqdalar. Agar siz

Toshkentdan poyezdga o’tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yolingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, fransuz

singari tillardagi gaplarni eshitasiz.

Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysi bir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligi,

ayrimlarining esa tamomila boshqa, ona tilimizga o’xshamasligining guvohi bo’lasiz. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko’p

bo’lgan tillar qarindosh; bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo’lmagan tillar qarindosh bo’lmagan tillar hisoblanadi. Hozirgi kunda

yer yuzida mavjud bo’lgan 3000 dan ortiq til hind-yevropa, turkiy, xom-som, xitoy-tibet singari bir necha til oilalariga bo’linadi.

Masalan, o’zbek, turk, turkman, qirg’iz, qozoq, tatar, uyg’ur, boshqird, ozarbayjon, qaraim, qoraqalpoq, bolqor singari tillar bir

oilaga mansub bo’lib, ular turkiy tillar oilasi nomi bilan yuritiladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarindosh tillar

ham bir ajdod tilidan kelib chiqqandir.

Ko’rinib turibdiki, o’zbek tili dunyo tillari tizimida turkiy tillar oilasiga mansub bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat

tili sifatida erkin rivojlanib, o’sib bormoqda.

1-mashq. Gaplarni o’qing, tilning inson hayotida tutgan o’rni haqida suhbatlashing.

1. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning

ruhidir. O’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar. (I.Karimov). 2. Ko’ngil maxzanining qulfi til va ul

maxzanning kalitin so’z bil. (Alisher Navoiy). 3. Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va

adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur. (Abdulla Avloniy). 4. O’z Vataningga bo’lgan muhabbatingni

o’z tilingga muhabbatingsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. (K.Paustovskiy). 5. Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida

Amir Temur o’ta biluvchan edi. Ko’p o’qigan, Osiyoning eng unumli uch (turkiy, arabiy, forsiy) tilini juda mukammal bilgan

hukmdor edi. (Alfons de Lamartin)

2-mashq. Matnni ko’chiring, so’zning qudrati haqida fikrlashing.

So’z benihoya qudratli narsa. Uni o’z o’rnida ishlata bilish uchun farosat, malaka va ziyraklik zarur. «Qobusnoma»da shunday

bir hikoyat bor: Xalifa Xorun ar-Rashid tush ko’radi. Tushida barcha tishlari to’kilib ketgan emish. Xalifa tushni ta’bir qiluvchidan

tushining ma’nosini so’raydi. U shunday deydi: «Sendan oldin barcha yaqinlaring, qarindosh-urug’laring o’ladi. Sendan boshqa

hech kim qolmaydi». Bu so’zni eshitgan Xorun ar-Rashid: «Sen mening yuzimga bunday qayg’uli so’zni aytding. Mening barcha

qarindosh-urug’larim o’lsa, so’ngra men qanday ishga yarayman-u qanday yashayman?» — dedi darg’azab bo’lib va unga yuz darra

urishni buyuradi. Keyin boshqa bir ta’birchini chaqirib, undan tushining ma’nosini so’raydi. U bunday deydi: «Sening umring

barcha qarindoshlaring umridan uzun bo’ladi». Shunda Xorun ar-Rashid: «Barcha aqlning yo’li birdir va ikkala ta’birning negizi bir

yerga boradi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag’oyat ko’pdir», – deydi va unga yuz tillo berishni buyuradi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri:

________________________

Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun

+998902295952

raqamiga qo’ng’iroq qiling va arzon narx evaziga unga ega

Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali olishingiz mumkin.

P.S. Sizning to’lovingiz

loyihasi rivoji uchun sarflanadi.

Narxi: 15000 sum

«Ona tili» 9-sinf

9-sinf «____» «_____________»

2-dars SO’Z BIRIKMASI BO’YICHA O’TILGANLARNl TAKRORLASH

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik

did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod

tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

1-topshiriq. Matnni o’qing. Undagi gaplarni so’z birikmalariga ajrating.

Do’stlik qanchalar xilma-xil imtiyozlarni o’zida jamlagan! Qayoqqa qaramang, u sizning xizmatingizda. U

hamma joyda muhayyo. U hech vaqt joningizga tegmaydi. U hech qachon shunchaki kelmaydi. U

muvaffaqiyatlarga yangicha mazmun baxsh etadi. U ko’maklashganda har qanday omadsizliklar barham

topadi. (Sitseron)

5-mashq. Matnni o’qing. Gaplarni so’z birikmalariga ajrating. Tobe so’zning hokim so’zga qanday vosita

yordamida bog’lanayotganini va bog’lanish turini aniqlang.

Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar, Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar Boshing bukma sira, xokisor

banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. (A.Oripov)

6-mashq. Gaplarni ko’chiring, so’z birikmalarini aniqlab, ularni izohlang.

1. Yoshlikda zahmat chekib ilm o’rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy) 2.

Bilimsiz kishining ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi. (Beruniy) 3. Er kishiga zeb-u ziynat hikmat va donishdir.

(Alisher Navoiy) .4. Ilm ibodatdan afzal. (Hadis) 5. Ilm asosiga qurilmagan ulug’likning oxiri xorlikdir. (Yusuf

8-mashq. Matnni o’qing, so’z birikmalarini aniqlab, hokim so’zning tobe so’zga bog’lanish usullariga

Bir kishining bir necha o’g’illari bo’lib, ular tez-tez o’zaro nizo qilib turishardi. Bir kuni ota bir dasta

cho’p yig’ib, mahkam qilib bog’ladi va o’g’illariga berib: «Qani, shu cho’plarni sindiringlar-chi!»-dedi.

O’g’illar har qancha urunishmasin, uni sindira olmadilar. Shunda ota bog’langan cho’plarni yechdi va bir

donadan o’g’illariga berdi hamda sindirishni buyurdi. O’g’illar cho’plarni osonlik bilan sindirib tashladilar.

Shunda ota o’g’illariga qarab: «Hozir nimani ko’rgan bo’lsangiz, sizning ahvolingizga misol. Agar ittifoqda

bo’lsangiz, sizni hech kim sindira olmaydi»,-dedi. («Hikmatnoma»dan)

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri:

________________________

II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MILLIY-QADRIYATLARNI SINGDIRISH TEXNOLOGIYASI

Yurtimizning – iqtisodiy, ijtimoiy madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishi har tomonlama kamol topgan shaxsning shakllanishiga, uning siyosiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetukligiga ko’p jihatdan bog’liq. Shuning uchun ham prezidentimiz tomonidan 2010 yil “Barkamol avlod yili” deb nomlanishi taklif qilindi, unga mos ravishda “Barkamol avlod yili” davlat dasturi ishlab chiqildi. Unda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, barkamol shaxs qilib tarbiyalash dasturlari ishlab chiqilgan. Barkamol avlod, barkamol shaxs birinchi navbatda, o’z Vatanini, milliy tili, urf-odati, tarixi, an’analarini sevadigan, avlod-ajdodlari yaratgan ilmu hunar javohirlarini to’la to’kis yegallagan va umuminsoniy qadriyatlarni ezozlaydigan kishilar bo’lganliklari bois ham milliy – ma’naviyatimiz gurkirab yashnayveradi.

Prezidentimiz I.A.Karimov “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish” deb nomlangan ma’ruzasida “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va sog’lom o’sishi, balki ularning eng zomonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob bera oladigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”[6] deb ta’kidlaganidek, yoshlar o’z xalqi tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilishi va tushunib yetishi orqali xalqning tarbiya tizimi ota-bobolar o’gitlari va yo’l-yo’riqlari shuningdek, hayotning boy saboqlarini yanada boyitib boradilar. Shuning uchun ham xalq an’analari va rasm-rusumlar, maqolalar, matallar, qo’shiq va rivoyatlar, ertaklar mangu yashab avlodlar tarbiyasiga beqiyos hissa qo’shadi. Bu o’z-o’zidan xalqning g’oyalarini targ’ibot qiladi.

Milliy g’oya milliy mafkura asosida tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yishi xalqning o’z taraqqiyot yo’lini belgilaydi. hisoblanadi. Milliy g’oya mazmunini qamrab oluvchi bir qancha omillar bor. Ulardan biri oila va uning madaniyati, bolalarning oila va jamiyatdagi roli, ya’ni, yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash masalalariga borib taqaladi.

Prezident I.A.Karimov – “Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqorolik jamiyati barpo etish – ustvor maqsadimizdir” deb nomlangan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida “mahallaning aholimiz, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy –axloqiy tarbiyasi bilan bog’liq masallarni yechish, ijtimoiy sohaning samarali faoliyat yuritishini taminlash, joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash borasidagi hissasi tomoro kuchayib bormoqda”. [7]

Yoshlar tarbiyasida, maxalla asosiy yetakchi o’rinda turib u milliy g’oyani keng targ’ibot qilib turadi. Shu bois bugungi kunda ijtimoiy tafakkuri yetuk, yuksak umuminsoniy qadriyatlar bilan qurollangan, ma’naviy boy, axloqan komol topgan intelektual salohiyati, yuqori bilimli, har tomonlama tarbiyalanishi, sog’lom avlodni tarbiyalash borasida bir qator ishlar amalga oshirilayapti.

Prezidentimiz I.A. Karimov o’z nutqlarining birida, – Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’navi sarchashmalariga uning ildizlariga qaytishdaniboat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz, – deya ma’naviy sarchashmalarga, ularning bugungi kundagi o’rni va ahamiyatga juda katta baho bergan yedi. Anglashiladiki, falklor o’tmishning aks-sadosi bo’libgina qolmay, balki hozirgi davrning yangiroq ovozi hamdir. Darhaqiqat, xalq og’zaki ijodi o’zining sermazmunligi sodda va ayni chog’da go’zalligi bilan ijtimoiy turmushimizga ham katta ta’sir ko’rsatmoqda.[3,4]

Asrlar davomida bola tarbiyasida folklor o’ziga xos ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bolalar tarbiyasining to’g’ri ona allasi, ertaklar, rivoyat, maqol, topishmoqdan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Bizga ma’lumki milliy qadriyatlar ona allasidan boshlanadi. Alla onaning orzu – umidlari, quvonch – istaklarini o’zida doimo mujassamlashtirib turadi.

-mavzu: Milliy istiqlol g`oyasining inson ongi va qalbiga singdirish: yangicha uslublar va yondashuvlar

5. Onglilik, faollik, ilmiylik, mustaqil fikrni ta`minlash tamoyili.
Milliy istiqlol g`oyasini yoshlar qalbiga singdirishni ta`lim va tarbiya orqali amalga oshirishda ta`lim muaassalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasini singdirishning differentsial pedagogik-psixologik dasturini yaratish vazifasi alohida takidlangan. O`qitish tamoillari azaldan muayyan davlat, jamiyatdagi tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan holda ta`lim jarayoning ob`ektiv qonuniyatlarini aks ettiradi. Muayyan tarixiy sharoitilardan kelib chiqib foydalaniladi.

Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanini o`qitishning tarbiyalovchi tamoyili. Ulug` pedagoglar ta`lim natijasida faqat bilimlar hajmi kengayib, ko`nikma va malakalar kengayib qolmasdan, balki shaxsiy sifatlar ham shakllanishi zarurligini aytib ketganlar. Bu – ta`limning tarbiya bilan chambarchas aloqador ekanligini ko`rsatadi. Pedagog-allomalarimiz ta`limning vazifasini bolalarga ma`lumot berishdagina emas, balki ularni adolatparvar, ishonch, e`tiqodlik, mardlik, tirishqoqlik, foydali ishga, o`rgatilgan hulq-atvori qoidalarini bajarishga o`rgatishni ham ko`rgan.

Milliy istiqlol g`oyasi fanini o`qitishda mafkuraviy kurashlarni inobatga olish.

Azaldan mafkuraviy kurashlarning nishoni yurishlar bo`lgan. Shuning uchun bo`lsa kerak eramizdan oldingi 399-yillarda ham Afinada yoshlar tarbiyasi umumpolis, umumdavlat ahamyatida bo`lib, yoshlarni buzish – davlatga qarshi jinoyat deb hisoblangan. «Yoshlarni buzish» deganda:

1. Yoshlar bilan suxbat o`tkazib xudolarga bo`lgan shaxsiy fikriga inontirish, ya`ni o`zining bug`unchi qarashlarini tarqatish;

2 – «Shogirdlar» ni Afina qonunlaridan demokratiya yo`lidan og`dirish tushinilgan. Bu jinoyat birorta qonunni buzishga emas, balki xudi davlatchilik asoslarini qo`porishga tenglashtirilgan. Shu sababli milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanini o`qitishda milliy va jaxon pedagogikasini eng maqbul vositalaridan foydalanish lozim.

Xullas, har bir talaba o`zini-o`zi g`oyaviy ximoyalashga qodir bo`lmog`i kerak. Demak, Milliy istiqlol g`oyasi fanini o`qitishda xar bir talaba o`zini-o`zi g`oyaviy himoya qilishga o`rgatish kerak.

Shu sabali mafkuralar kurashiga oid «G`oyaviy kurash», «g`oyaviy qarshi turish», «psixologik urush» va mafkuraviy muxolifatlarimizni xalkimiz ongiga o`z g`oyalarini singdirish usullari: «axborot imperializm», «informatsiya xurjlari», «g`oyaviy diversiya», «g`oyaviy indokrinatsiya», «g`oyaviy infil’tratsiya», «g`oyaviy dezorientatsiya», «g`oyaviy qo`poruvchilik», «varaqalar, ovozalar, mish-mishlar» va h.q. tushunchalarni va ularning namunalarini tushuntirib, sharhlay borish kerak.

Shuningdek, mafkuraviy immunitetning tarkibiy qismlari: «g`oyaviy ogohlik», «g`oyaviy hushyorlik», «g`oyaviy kurashchanlik», «g`oyaviy e`tiqot», «g`oyaviy safarbarlik», «g`oyaning namoyon bo`lishi», «g`oyaviy munosabat»; g`oyaviy kurash uslublari: «qarshi targ`ibot», «mafkuraviy jarayonlar monitoringi», «mafkuraviy himoya», «mafkuraviy tahlil», «mafkuraviy ta`lim», «mafkuraviy tarbiya», «g`oyaviy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» va h.q. tushunchasi professor-o`qituvchilarning qizg`in ma`ruza, chiqishlarida faol muomalaga kiritilmog`i kerak.

Prezidentimiz Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkiloti SAMMITida (Moskva shahri, 2003 yil 29-may)da: «biz aqidaparastlik mafkurasi deb ataydigan yovuz kuch, birinchi navbatda, yoshlarimiz ongini egallayotgan va zaharlayotgan, ularni o`zining itoatkor aylantirayotgan mafkura yo`lida mustahkam to`siq qo`yish bugungi kunda muayyan jinoiy terrorchi guruhlarni yo`q qilishdan ko`ra ko`proq ahamiyat kasb etmoqda» deydi.. Bu esa Milliy istiqlol g`oyasi fanini o`qitish masalalarini ham o`zida mujassam qilgan muhim xulosa edi. Shu sababli yuqoridagi tamoyillar uyg`unlikda va birlikda qo`llanilmoqg`i lozim bo`ladi.

Anglangan bilim-talabalarning u haqda bahslarida, ularni qo`llash ko`nikma va malakalarida, o`zlashtirilgan bilimlar asosida e`tiqodi shakllanganligida, o`z-o`zini anna shu bilimlardan foydalanib nazorat qilishida namoyon bo`ladi.

Bilimni ongli o`zlashtirish- mavjud faktik materiallarni to`g`ri tushuntirishdan boshlanadi. Biroq, fakt bu to`la haqiqat degani emas, balki haqiqatni anglashtishning «xom-ashyosi»dir. Undan turlicha xulosa, ma`no-mazmun chiqarib olish mumkin. Shuning uchun ham mafkuraviy targ`ibotda «Voqea emas, uning talqini muxim» degan maqol ishlatiladi. «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining vazifasi-har bir voqea hodisa, faktning ob`ektiv mohiyatini ochib ko`rsatishdir. Anna shunda u yoshlarda bizning milliy manfaatlarimizga mos e`tiqodni ilmiy asosda samarali shakllantira boradi. Pedagogika esa bilim, faktga ishlov berib, talabalarning e`tiqodiga aylantiradi. Zero, e`tiqodni birovdan olib bo`lmaydi, u har bir kishining boshida, ongida yaratiladi.

Anglangan bilimga formal bilim qarshi turadi. Formal bilim-tushunmay, yodlab olgan, ma`nosi, amaliy ahamiyatini tushunmay takrorlanaveradigan, hayotda foydalanib bo`lmaydigan uzuq-yuluq fiklardir. Formal bilimlarni e`tiqodga aylantirib bo`lmaydi.

Talabalar hozirgi mavzu bilan oldingi va bo`lajak mavzularni bog`lay olishlari kerak. Buning uchun esa o`qituvchi hozirgi mavzu bilan kechagi, va bo`lajak mavzularni bog`lab tushuntirishi kerak.

Ta`limdagi formalizm nimadan boshlanadi? O`qituvchi fanning birinchi darsida o`kuvchi talabalarga Milliy istiqlol g`oyasi fanini o`rganish talabaga nimani berishi, fanning mohiyati, adabiyotlardan foydalanish yo`llarini o`rgatmasa; bayonni ilmiy, izchil, aniq, tushunarli va ishonarli, nazariya va amaliyot birligiga qurmasa bilim formal o`rganiladi. Shu sababli pedagog I. G. Pestalotstsi: «Tushunmaslik fanning qiyinligidan emas, tushuntirishning mavhumligidandir» degan.

O`kuv materiaalarini tushuntira olmaslik – tushunmaslikka, qo`llab ko`rsatmaslik – qo`llay olmaslikka, qiziqtirmaslik – fanga qiziqishning yo`qolishiga olib keladi.

Tasavvurdan tafakkurga yunaltirish (ko`rgazmalilik) tamoyili

«Odamlarni narsalar haqidagi ma`lumotlarini emas, balki o`sha narsalarning o`zini bilishga o`rgatish kerak» degan edi. U ta`limning «Oltin qoidasi» ni quyidagicha asoslab beradi: ko`zga – ko`rinadigan, quloqqa – eshitiladigan, burunga – xid beradigan, og`izga – ta`m beradigan, qo`lga – paypaslab, ushlab bilib olinadigan narsalarni taklif etish kerak.

Milliy istiqlol g`oyasining ko`rgazmalik tamoyili inson psixikasi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Zero inson azaldan va xozir xam shakl, tovush, rang, paypaslab biladi, ana shu besh tuyg`u asosida fikrlaydi.

Biz istagan obraz, talaba qalbiga kirgach, u Milliy istiqlol g`oyasi uchun ishlay boshlaydi.

Demak, Milliy istiqlol g`oyasi ta`limida o`qish jarayoni aniq narsadan abstraktlikka, tasavvurdan tafakkurga yo`naltirish eng ma`qul, to`g`ri, tabiiydir. Bu – Milliy istiqlol g`oyasi ta`limini pedagogik qonuniyatlarga qurish, demakdir.

Ko`rgazmalilik deganda faqat biror buyum, chizma, mul’timedia diskini, balki o`qituvchining obrazli, otashin nutqini ham tushunish mumkin. Ana shu vaziyatda o`qituvchi bilan targ`ibotchi funktsiyalari birlashadi. Bunda u talaba bilan yanada yaqinlashadi. Gapaga no`noq, tortinchoq talabalar ham dadillashib, muxokamaga kirishib ketadilar. Bu – ta`limda oliy nerv.

Oddiydan murakkabga qaratilgan uzviylik va uzluksizlik tamoyili.

Tabiatda hamma narsa bir-biriga bog`liqligi kabi ta`limda ham hamma narsa bir-biriga brg`lanishi kerak.

Sistemalashgan bilm bilan to`ldirilgan miya xudi ming xil mayda-chuyda tiqib tashlangan omborxonaga o`xshaydi. Hamma narsa bor, lekin egasi bu erdan hech narsani topa olmaydi. Yoki, aksincha, miyada faqat tizim bo`lsa-yu, bilim bo`lmasa, bu miya narsalarning ruyxati bor-u, ammo o`zi yo`q qutiga o`xshaydi.

Uzviylik va uzluksizlik darsning tuzilishida ham namoyon bo`lishi kerak. YA`ni mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash, o`rganilgan materiallarni tekshirib borish talab qilinadi. Toki o`quvchilar mustaqil, sistemali ishlash malakalariga ega bo`lsinlar. Bunda psixologiyaning narsalarning qarama-qarshiligi, o`xshashligi, idrokning ketma-ketligi, voqea sodir bo`lgan joylar, talabaning fikrlash tarzi, hissiyoti to`g`risida assotsiatsiyalarini nazarda tutish lozim.

Bunda fanlar aro aloqalar masalasiga alohida e`tibor qaratish lozim. Chunki har bir predmetda boshqa predmetlarga doir materiallar mavjud. «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanida falsafa, tarix, pedagogika, psixologiya, huquqshunoslik, iqtisodiyot va boshqa fanlarga doir materiallar talab qilinadi. Masalan «Suv» ning fizikada – fizik xususiyatlari; ximiyada – son va sifat xususiyati; biolgiyada – o`simlik va jonzot uchun ahamyati; geografiyada esa er yuzi sathini eggalgan milliy istiqlol g`oyasi qyosi ma`noda o`rganiladi.

Uzluksizlik bu – bir mavzuning keyingi mavzu, bir bo`limning keyingilari bilan, bir bosqichning keyingi bosqich bilan bog`langanligi, bardavomligi demakdir.

Hayot, mustaqillikni mustaxkamlash amaliyoti bilan bog`liqlik tamoyili

Bu tamoyilda tarbiya va ta`limning kundalik hayot, O`zbekistonliklarning mustaqillikni mustaxkamlashga qaratilgan bunyodkor mehnati bilan chambarchas aloqasi ta`minlanadi. Bu – «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanida berilayotgan bilimlarning haqqoniyligi, hayotda tasdiqlanishi tahminlaydi. Zero, kitob, ta`lim, ma`ruzalarning hayotdan uzoqligi juda katta zarar keltirishi ma`lum.

Talabalarga nazariyalar, san`at asarlari, g`oyalar jamiyatning amaliy ehtiyojlari natijasi o`laroq yuzaga kelishi uqtirilishi lozim. Masalan, 2003 yil 14 dekabr kuni O`ZTV1 ning «Assalom O`zbekiston» dasturida xonanda Sanobar Karimovaning «Qo`shiqlar xalqimizning ushalmagan orzulari evaziga yaratilgan bo`lsa kerak» degan fikrni o`tmishda xalqimizning mustamlakalik jabrini qanday tortganligi bilan bog`lab foydalanilsa, milliy g`oyaning tarsinchanligi oshadi.

Ta`lim jarayonida nazariya amaliy mashg`ulotlardan oldinda yuradi. «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanini o`qitishda ta`limning hayot bilan birligi tamoyili o`quvchi va talabalarning notiqlik, tashkilotchilik, jamoatchilik faoliyatida namoyon bo`ladi. («Kamolot» YoIH, Ma`naviy-ma`rifiy ishlar va h.k)

Talabalarda onglilik, faollik, mustaqil fikrni ta`minlash tamoyili.

Bilimning ko`r-ko`rona o`rganilishi eski va hozir ham uchrab kelayotgan pedagogik muammolardir. Shuning uchun ham Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fani haqidagi bilimlarning teran anglangan bo`lishi o`ta muhim ahamyat kasb etadi.

Murakkab vaziyatlarda e`tiqodning murakkab shakllari ishga tushadi.

Shuning uchun Xitoylar «O`z fikrlaringizga etiborli bo`ling ular xatti-harakatlaringizning boshlanishidir» deydilar.

Fikr va harakatni ko`nikma, malaka degan oqar ariq bog`lab turadi. Talaba undan o`ta olsagina gapi, fikri va harakati birlashadi. Shuning uchun ham Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanini o`qitishda tarbiyalash tamoyilini bosh tamoyil deb atash mumkin.

Prezidentimiz Islom Karimov Termiz shahri yubileyi tantanalarida shahar tarixini o`rganishda rivoyatlarga emas, ilmiy dalillarga tayanish zarurligini alohida ta`kidlagan edilar. O`lkamiz azaldan tsivilizatsiya markazlaridan biri bo`lganligi ko`p va xo`b aytib kelinadi. Lekin haqiqatni isbot qilish uchun bu kamlik qiladi. Faqat rad etib bo`lmaydigan ilmiy dalillargina bu fikrni yoshlarning qattiq e`tiqodiga aylantira oladi. Bunga ko`plab, yangidan yangi misollar keltirish mumkin. Masalan, «Xalq so`zi» gazetasining 2003 yil 13 dekabridagi sonida tarix fanlari doktorlari T.Shirigov va A.Sa`dullaevlar-ning «Samarqand-Rimning tengdoshi» degan ilmiy-ommabop maqolasi chop etildi. Unda Samarqand shahrining 2750 yoshga kirganligi kashf etilgan. Ingliz olimi G. Chayd asoslangan va dunyo miqyosida tan olingan shahar tushunchasiga oid 10 ta belgi asosida hamda fizikaning radiokarbon (S-14) tadqiqot usulini qo`llash orqali Samarqand-Rimning tengdoshi ekanligi isbotlangan. Mana shu ilmiy faktdan o`lkamaz tarixida taraqqiyot, g`oyalar va mafkuralar tarixini yoritishda foydalanish mumkin. Demak, g`oyalar tarixni o`rganishda ajdodlarimiz tomonidan bundan 2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manba «Avesto» talqinini ham ilmiylik tamoili asosida tushuntirilsa, natija samarali bo`ladi.

Ilmiylik tamoyili birinchidan talabalarni bugungi kunda Fan erishgan aniq bilimlarni egallash, ikkinchidan, hayotning har bir sohasini ilmiy asosda tahlil qilish malakalarini shakllantiradi.

So`z vositasida odamni ilhomlantirish, uning qadrini ko`tarish, rag`batlantirish, o`z kuchiga ishontirish yoki xafa qilish, ishonchni singdirish ikki yil bilan amalga oshiriladi. Bular ishontirish va inontirish usullaridir.

Inontirish-bu bir kishiga g`oyani boshqa kishi (yoki vosita) tomonidan hayajonli lahzalar hosil qilib, yoki hamma tan oladigan manbalarga bog`lib singdirish usludir. Inontirish ishontirishning oliy ko`rinishi. O`zini o`zi inontirishda ham shu jarayon kechadi. Biroq bunda fikr, g`oyani kiritishda tashqi omil emas, balki shaxsning o`z fikr tuyg`ulari ishtirok etadi. Ana shu erda bizga buyuk Moturudiy bobomizning «Aql va naql» tamoyili yordamga keladi. Targ`ibot-tashviqotda shuning uchun ham xalqimiz shaksiz ishonadigan Qur`oni karim oyatlaridan, payg`ambarimiz hadislaridan milliy g`oya va amaliy mafkura targ`ibotida faol foydalanishimiz kerak.

Talabalarni mustaqil tadqiqot metodlari-kuzatish, fikriy eksperiment o`tkazish, adabiy manbalar bilan ishlash, muammolarni mustaqil aniqlab chiqish, muammoli vaziyatlarni echishga o`rgatib borish zarur. Ilmni o`rganishdan maqsadning o`zi ham shunda-uni hayotda ishlatib, yuksak muvaffaqiyatlarga erishmoqdir. Ilm-odam tafakkuriga tartib, tizim baxsh etadi. Bu esa pirovard natijada yoshlarda ilmiy, dunyoviy dunyoqarashning shakllanishiga, ularning qalbiga diniy aqidaparastlik qarashlarining kirib borishiga to`siq qo`yadi.

Tayanch so`z va iboralar:

Milliy istiqlol g`oyasi fanini o`qitishni tarbiyalovchi tamoyili; Milliy g`oyani yoshlar ongiga singdirishda ishonch va e`tiqod; Milliy g`oyani targ`ib etishda ijtimoiy reklamalarning roli; Uzviylik va uzluksizlik tamoyili; Onglilik, faollik, ilmiylik, mustaqil fikrni ta`minlash tamoyili.

Munozara uchun savollar:

Milliy istiqlol g`oyasi fanini o`qitishni tarbiyalovchi tamoyili haqida nima bilasiz?

Ishonch va e`tiqod nima?

Milliy istiqlol g`oyasini yoshlar ongiga ko`rgazmali vositalar orqali qanday tushuntirish kerak?

Milliy istiqlol g`oyasi fanini o`qitishda mafkuraviy kurash shakllaridan qanday foydalanasiz?

Milliy g`oyaga zid xatti-harakatlarning oldini olishda nimalardan foydalanish mumkin?
Adabiyotlar:

Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 1996;

Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 1996;

Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 1996;

Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. 4-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 1996;

Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash davr talabi. 5-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 1997;

Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lidan. 6-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 1998;

Karimov I.A. Biz kelkjagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. 7-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 1999;

Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. 8-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 2000;

Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. 9-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 2001;

Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashamiz. 10-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 2002;

Karimov I.A. Biz tanlagan yo`l demokratik va ma`rifiy dunyo bilan hamkorlik yo`li. 11-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 2003;

Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o`z kuch qudratimizga, hamjihatligimiz va qat`iy irodamizga bog`liq. 12-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 2004.

Karimov I.A. O`zbek xalqi hech kimga, hech qachon qaram bo`lmaydi. 13-jild.- Toshkent: O`zbekiston, 2005.

Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma`naviyatimizni yuksaltirish va halqimiz hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. 15-jild. – T.: O`zbekiston, 2007.

Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo`lida. 16-jild. – T.: O`zbekiston, 2008.

Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta`minlash – bizning oliy maqsadimiz. 17-jild. – T.: O`zbekiston, 2009.

Karimov I.A. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: Ma`naviyat, 2008.

Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. – Toshkent: O`zbekiston, 2009.

Karimov I.A. eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O`zbekiston, 2009.

Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T.: O`zbekiston», 2000 yil.

Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar. (Qisqacha izoxli tajribaviy lug`at. T. «Yangi asr avlodi» 2002 yil).

Ergashev I. Va boshqalar. Milliy istiqlol g`oyasi. O`Zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim bakalavriat bosqichi uchun darslik.- T.: Akademiya, 2005.

Azizxo`jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. – T.,Akademiya, 2001.

Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (Oliy ta`lim muassasalari uchun qo`llanma).- T.,Yangi asr avlodi, 2001.

Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (Izohli ko`rgazmali vositalar to`plami).- T.,Yangi asr avlodi, 2001.

Milliy istiqlol g`oyasi: ko`rgazmali vositalar.- T.,Ma`naviyat, 2001.

Saifnazarov I. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Uslubiy ko`rgazmali qo`llanma.-T., TDIU, 2001.

Nazarov Q. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi.- T., “Ijod dunyosi”, 2002.

Toxir Karim. Milliy tafakkur taraqqiyotidan. –T., Cho`lpon, 2003.

Ergashev I. Siyosat falsafasi.-T., Akademiya, 2004.

Ochildiev A. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar.- T.: O`zbekiston, 2004.

Nazarov Q. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T.: O`zbekiston», 2001 y.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling