Tarbiyaga oid kitoblar
Adib o’quv va bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:
Sharh
Tarbiya qoidasi – pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari – o’qituvchi va tarbiyachilarga yo’l – yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi:
Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi. Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilishga yordam beradi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. O’qituvchining bilim saviyasi ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda Qur’oni Karim, Hadisi shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smirning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash – bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida o’zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish demakdir. O’qituvchi o’quvchiga avvalgidek tarbiya ob’ekti emas, xuddi o’zi kabi sub’ekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o’zligini anglashni ta’minlaydi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi. O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’kuvchilar go’zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr – shavqat, ota – onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik – o’z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do’stlik, ota – onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan – avlodga ko’chib kelgan.
Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning uyg’unligi va uzluksizlik qoidasi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zi bu talabni unutib qo’ysa, bu hol tarbiyaga yomon ta’sir qiladi. O’qituvchi subutli, o’z lafziga sobit bo’lmog’i kerak. O’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo’yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, unda ota – ona, o’qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo’lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarni (oila, maktab, o’quvchilar jamoasi, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, keng jamoatchilikni) birgalikda ish ko’rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.
Bola o’qishni, tarbiya olishni ulg’ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga bola o’zini o’zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim.
[1] Хал q аро очи q жамияти институтининг «Тан q идий фикрлашни ривожлантириш асослари» фанлараро дастури. 78-82- бетлар.
Avesto” da ta’lim tarbiyaga oid fikrlar
2. Zardushtiylikning paydo bo`lishi va ta’limiy tarbiyaviy fikrlar uyg’unligi
3. Avestodagi real, dunyoviy qadriyatla va tarbiyaviy masalalarr.
4. “Bola tarbiyasi va ma’naviyatini shkllanishida Avesto manbasining o’rni va ahamiyati
“Avesto” ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk
davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganligidan
guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor
eta olmaydi1.
Islom Karimov
“Avesto” – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta`limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. “Avesto”da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
“Avesto” oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yig`ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga “Zand” nomi bilan sharhlar bitilgan. “Avesto” to`rt qismdan iborat: Yasna (“Diniy marosimlar”), Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad (“Barcha ilohlar haqidagi kitob”), Vendidad (“Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi”). Yasna tarkibiga kirgan madhlar “Gatlar” (ayrim manbalarda “gohlar”) deb nomlanib, ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. “Avesto” insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining e`tiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O.Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.O`zbekistonda “Avesto”ni o`rganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida “Avesto” ta`limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qo`lyozma va bosma nusxalari O`R FA SHI jamg`armasida saqlanadi. Hozirgi o`zbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Isoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e`tiborli. O`zbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda “Avesto”ning 2700 yilligi nishonlandi. “Avesto” vatani Xorazmda bog` barpo qilindi, asarning o`zbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
«Avesto» tarbiyaviy manba sifatida. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan.
Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim.
Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta’riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi.
Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e’tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi.
«Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.
«Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo’1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a’zolari uchun mu-qaddas qonun edi.
Xulosa qilib aytganda, «Avesto» asarida insonning barkamol bo’lib etishishida
uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan.
Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar.Turkiy
xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «Urxun-Enasoy yodgorliklari», «Irq bitigi» («Ta’birnoma») kabi manbalar bo’lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turkiy-run yozuvida bitilgan Urxun-Enasoy
bitiklarini «toshlarga bitilgan kitoblar» ham deb ataydilar. o’ziga xos xat(yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VII-VIII asrlarida yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli malumotlarni beradi.
Bu yodnoma yoshlarni o’z elini sevish, do’st va ittifoq bolib yashash, vatan va xalq manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Turk xoqonlari Bilga xoqon hamda Kul tegin jasoratlari haqiqiy vatanparvarlik hamda jasoratning ibrat namunasi bo’lib hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Urxun-Enasoy yodgorliklari, garchi yo’nalish nuqtai nazaridan ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanmagan bo’lsa ham, ularda bayon etilgan fikrlar o’sha davrda amal qilingan axloqiy qoidalar va talablarning mohiyatidan birmuncha xabardor bolishga munosabatlar mohiyati asosan qushlar va hayvonlar obrazlari orqali ochiladi.
Xulosa qilib aytganda, o’zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlar-dan eramizning IX asrigacha qaror topgan ma’rifiy qarashlari inson shaxsining shakllanishida, uning kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda turkiy xalqlarning inson xulqodobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavurlari ifodalangan.
Zardushtiylikning paydo bo`lishi va ta’limiy tarbiyaviy fikrlar uyg’unligi
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib, bu din er.avval VII-VI asrlarda dastavval O`rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo`lgan. Uning payg`ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan.
Zardushtiylik paydo bo`lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik davri endi paydo bo`layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo`linayotgan davr bo`lgan. Bu din eng avval O`rta Osiyo, so`ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi.
I.A.Karimov «O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz» degan asarida biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g`oyat uzun, beqiyos, betakror ekanini ta`kidlab. bunday degan edilar: «Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo`lgan xalq emasmiz, bizning millatimiz xalqimiz ko`hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo`lgan zamonlardan beri o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi bilan yashab keladi»2
Butun O`rta Osiyo moddiy va ma`naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan, shulardan o`zbek elati tashkil topgan.
I.A.Karimov juda o`rinli qayd qilganidek, «Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz». Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi «yozma tarix» nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari o`z xotiralarida yozib qoldirgan keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarix nazarda tutilgan.
Xorazmda o`troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan, davlat uning mahsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3 ming yil avval yaratilgan «Avesto»ning qo`lyozmasi binobarin yozma tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan. «Bu nodir kitob, deb yozgan edilar, I.A.Karimov, bundan XXX asrlar muqaddam ikkidaryo oralig`ida mana shu muqaddas zamin umrguzorlik qilgan ajdodlarimizni biz avlodlarga qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir»3. Yurtboshimiz «Avesto» Xorazmdek qadimiy o`lkada buyuk davlat, boy ma`naviyat qimmatli madaniyat bo`lganligini hech kim inkor eta olmasligini ham ta`kidlagan.
Xulosa shuki, Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi urug` qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ng o`rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o`rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e`lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko`p ta`sir o`tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi utsidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g`oyalar yahudiylik, xritsianlik va boshqa dinlar tarafidan o`zlashtirildi. Aytib o`tish joizki, ushbu din paydo bo`lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to`liq yechilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg`ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so`zni «Mazdaga sig`inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so`zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya`ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug`langan. Uning ta`limotiga ko`ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so`zi oldiga ulug`lash ma`nosini anglatuvchi «Axura» qo`shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo`lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr ko`rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o`rtasida Zardushtning tarixda bo`lgan yoki bo`lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba`zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta`kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo`lgan ko`pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e`tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug`ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – «G`arb nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo`lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo`lganligidir. E`tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya`ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O`rta Sharqda davlat dini maqomida bo`lgan. Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko`pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog`langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vayeja» (ba`zi manbalarda – «Yeran-vej»)da yoqildi», ¬ deyiladi. «Airyanem-Vayeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to`g`ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vayeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo`l» Sug`d (So`g`d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.
Zardushtiylik ta`limoti. Zardushtiylik ta`limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e`tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «yeski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta`limotdir. U behuda qon to`kuvchi qurbonliklar, harbiy to`qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o`troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanishga da`vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`u rog`ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog`lar, ekinzorlarni, sug`orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o`rgatmoqchi bo`ladi. Bunga ko`ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo`lajak, har bir inson o`lgandan so`ng o`zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik ko`rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va qorong`ulik, hayot va o`lim o`rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig`inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to`rt unsur – suv, olov, yer va havo ulug`lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o`ziga xos bo`lib, o`lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go`shtlarini qushlar yeb, suyaklarini tozalaydi. Go`shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o`rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e`tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og`zaki rivoyatdan yig`ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo`limiga o`zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VIII asrda O`rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e`tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G`ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba`zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e`tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o`tkazildi. Keyingi kongresslar Boybeyda o`tkazildi.
2. AVESTONING MUQADDAS YOZUVI.
Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o`zi tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy qarashlari, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g`oya diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg`ambar nomi bilan bog`langan. U Avestoning eng qadimiy qismi «Gat» (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga og`zaki ko`chirib olingan, uning ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to`plangan.
Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy ko`pxudolik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V-asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi.
Hozirgi dinshunoslikka xos bo`lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav I hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko`plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma`lum.
Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g`oyat katta bo`lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy).
7 asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O`rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg`in va ta`qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo`qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy- falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o`z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o`rin olgan. Hokim va zolimlar ulug`langan; ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da`vo qilingan.
Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo`qolib ketgan u yakka hudolikni targ`ib etgan, olovga sig`inmaslik, faqat uni asrash va e`zozlashni tavsiya etgan.
Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to`g`risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og`zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo`laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular Zardushtning o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O`rnatilgan, qat`iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o`sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo`qolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas`udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma`lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o`ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko`ra, haqiqatan ham Avestoni mo`badlar avloddan-avlodga, og`izdan-og`izga olib o`tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo`badlar mag`lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur`at etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to`plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida atsrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so`ng bu asosiy matn to`ldirib borilgan. Avestoning ana shu to`ldirilgan nusxasining ikki to`liq qo`lyozmasi Hinditsonda saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo`lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma`lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko`p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog`lari bor, yaylov va suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo`l, chuqur ko`llari, keng qirg`oqli va kema yurar daryolari o`z to`lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so`g`dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor». Shubhasiz, «keng qirg`oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo`lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O`rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg`oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo`nalishi deb – Xorazm-Marg`iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta`limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo`shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta`limotini qabul qiladilar. Natijada qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g`alaba qozonadi. Shundan so`ng bu ta`limot xalqlar o`rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o`n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.
Avestoning tarkibiy qismlari. Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab to`plam. Avestoning saqlanib qolgan to`rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-dayevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo`lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma`nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to`g`risida bo`lib, ular orasida Xorazm, So`g`d, Marg`iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o`lim, azob-uqubatlar bo`lmagan zamon haqida, ya`ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek, Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-javoblari va muloqotlari ham o`rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, Avestoning e`tiborli bo`limi sanaladi. Yasna – yaz o`zagidan bo`lib, «sajda, topinch, namoz» ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo`lgan. Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o`rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o`qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o`zi ijod qilgan targ`ibot she`rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami bo`lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she`rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Ha «bashorat» demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu yetti haHaptanxati Yasna – «Yetti bob Yasna» deb nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo`lib, zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e`tiqod qilish, dinning esa «otashparatslik» deb atalishi shunga bog`liq. Binobarin, olov Axura-Mazda nurining quyoshda namoyonligi va uning yerdagi zarrasi deb hisoblangan. Oliy haqiqat Arta ham olovda o`z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg`onni rotsdan ajratib bergan. Yolg`on esa chin e`tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so`zi fonetik o`zgarib, datslab atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob «Vispered» deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb atalib, ma`budlar sha`niga o`qilgan duolar va ibodat utsida ularga murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig`indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo`shimcha hisoblanadi. To`rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi. U Avestoning eng qadimiy qatlami bo`lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning ma`lum vazifalarini bajaruvchi ma`budlar sha`niga aytilgan madhiyalardan iborat. Avestoning bizgacha yetib kelmagan kitoblaridan ba`zi qismlari uning yig`ma parchalar to`plami «Xo`rdak Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatatsan kitobidan mo`badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos ma`lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda Avestoning 21 kitobi to`la ta`riflab berilgan. Bu ta`riflar savobli ishlar yo`riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta`limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug`ilishi va bolaligi; haq yo`lini tutish; jamiyat a`zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o`qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil-Dyuperron juda qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil-Dyuperron 1755 yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o`rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G`arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to`g`ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. Zartushtiylikni o`rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta`kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O`zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko`p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o`rni beqiyosdir.
3. AVESTODAGI REAL, DUNYOVIY QADRIYATLAR.
Bu kitobda juda ko`p g`oya, fikr, tavsiya, o`gitlar bor bo`lgani uchun biz faqat real, haqiqiy hayotga dunyoviy munosabatlarga tegishli hozir ham talabalar uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz.
Komil inson tarbiyasi sharq mutafakkirlari talqinida (referat)
5.Tarbiya vazifalari va mazmuni shahsning milliy va umumbashariy qadriyatlarni o’rganishi, uning intellektual (aqliy), fuqarolik, ma’naviy-ahloqiy, jismoniy, mehnat, iqtisodiy, ekologik, estetik tarbiyasi haqida.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Barkamol shahsni tarbiyalash barcha davrlarda muhim ijtimoiy talablardan biri bo’lib kelgan, ammo bugungi sifat o’zgarishlar ro’y berayotgan bir davrda bu masalaning dolzarbligi yanada kuchayib talab ortib bormoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayoni qayta ko’rib chiqilib uni rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning yaratilishi ta’limni tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini berdi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo’llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko’rsatib bergan.
I.A.Karimovning «Istiqlol va ma’naviyat», «O’zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida», «Barkamol avlod orzusi» kabi asarlarida jyamiyatning ma’naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishining asosiy negizlari bayon etilgan.
O’tish davrining eng asosiy hususiyatlaridan biri bu – jamiyatning ma’naviy jihatdan yanada yuqori pog’onaga ko’tarilishidir. Chunki o’tish davri birinchi galda jamiyatdan ma’naviy o’sishni talab etadi. Ma’naviy o’sish o’z navbatida fan-tehnika, madaniyat, san’at hamda iqtisodiy rivojlanishiga asos bo’lib hizmat qiladi. Shuning uchun ham bugungi kunda ma’naviy fazilatlarni tarbiyalash masalasi o’ta dolzarb masaladir.
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirish nazarda tutilgan. Bunday natijaga erishish uchun ta’lim–tarbiya jarayonining uyg’unligini ta’minlash, tarbiya jarayonining qonuniyatlarini chuqur o’rganish va bugungi kun talablariga javob bera oladigan barkamol yosh avlodni tarbiyalash usullarini tadqiq qilish lozim.
Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat–tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim–tarbiyasiz ma’naviyatning bo’lmasligi barchaga ayon haqiqatdir.
Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir!” degan so’zlari fikrimizga dalil bo’ladi.
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog’lom, ma’nan etuk shahs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.
Ahloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum xatti-harakat qoidalari yig’indisidir. Ahloq odamlarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlari va shu kabilarga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi.
Odob – odamning jamoat, el-yurt orasida o’zini tutish, boshqalar bilan qay yo’sin muomala qilish, o’z turmushi, maishati va bo’sh vaqtini qanday tashkil etishi, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakatlari qanday bo’lishi lozim va ma’qul ekanligi xususida bahs etadi. Aniqrog’i, ahloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, odob shaxsning ko’zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi. Ahloq kishidan har xil holatlarda qanday yo’l tutish kerakligini yaxshi o’ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o’z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya’ni har qanday vaziyatda ana shu odatni namoyon qilishini taqozo qiladi. Ahloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo’lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo’lgani kabi uning ahloq-odob ham juda murakkab olam, desak yanglishmaymiz. Ahloqli, odobli komil insonda odamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr-muhabbat, rahm-shafqat, adolatu diyonat, hayoyu iffat, vafoyu sadoqat, himmatu saxovat, imon-e’tiqod kabilar mujassam bo’ladi, Ayni holda shu xislatlarning aksi beburd, ahloqsiz kimsalar fe’lida ko’rinadi.
Qadimgi faylasuflaru donishmandlar ahloq-odobga juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deganlar. Asrlar davomida ahloq-odob mavzuida qanchadan-qancha kitoblar, hikmatnomalar, odobnomalar, pandnomalar va nasihatnomalar, ibratli hikmatu rivoyatlar yaratilgan. Xalq og’zaki ijodi xazinalarida ahloq-odobga doir bebaho fikr javohirlari borki, ularning hammasini hisoblab-hisobiga, ta’riflab-ta’rifiga yetib bo’lmaydi. Muqaddas Qur’oni Karimda va payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislarida insoniy ahloqodobning barcha qirralari o’z ifodasini topgan.
- Insonning jamiyatga bo’lgan munosabatini shakllantirish, salbiy illatlarga qarshi nafrat uyg’otish, ongli intizomni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish kabilar ahloqiy tarbiyaning vazifalaridir.
Ahloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga bo’lgan munosabatini yuqori pog’onaga ko’tarishdir. Imon va insof, so’z va ish birligi, insonparvarlik – yangi ko’rilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo’lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashish mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim. Yoshlarni tarbiyalashda sho’rocha ahloq usullaridan voz kechib, sharqona va milliy ahloqodob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. Bu vazifalarni amalga oshirish o’quvchilarning jamiyatga bo’lgan munosabatini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Ahloqiy tarbiya vazifalaridan biri – ongli intizom bo’lishidir. Ongli intizom kishining kundalik faoliyatida, xulq-atvorida, kishilar bilan aloqasida, umumiy dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Ongli, intizomli kishining madaniyati, muomalasi kundalik masalalarni hal qilish bilan hayotining mazmuni, yaxshilik va yomonlik, ma’naviy boylik haqidagi tasavvurlari bilan u yoki bu tarzda bog’langandir. Ongli intizom egasi bo’lgan kishi o’z ahloqiy burchini to’g’ri anglaydi, o’z xatti-harakatlariga baho beradi, noto’g’ri xatti-harakatni qoralaydi.
Intizomli kishi o’z xulq-atvoriga to’g’ri baho berish bilan birga biror xatti-harakat uchun shaxsiy mas’uliyatni his etadi.
Abdulla Avloniy “Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o’z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo’lmasa edi, insonlar bir daqiqa yasholmas edilar” deb ta’kidlaydi. Demak, intizom ruhimizga, fikrimizga ta’sir qiladigan xislat, tartib-odob, ma’naviy quvvatdir. Intizom yaxshi xulqlarning manbaidir.
- O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim-tarbiyaning mazmuni va mohiyatida, usullari va shakllarida jiddiy “o’zgarishlar” ro’y berdi.
Ta’lim-tarbiyada milliy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy o’rinni egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarga e’tibor kuchaydi.
Haqiqatan ham, bugungi kunda O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish, avvalo komil insonlarga bog’liq. Komil inson O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda o’z e’tiqodi, g’ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, sog’lom ma’naviy muhit barqaror bo’lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog’lom muhit natijasidagina axlokqy fazilatlar tarkib topadi.
Ota-onalar o’z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi, ularda Vatanga muhabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o’zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar bo’lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o’zaro mehr-muhabbati ham samarali ta’sir ko’rsatadi. Kishi o’z hayotida ahloqiy kamolotga qanchalik ko’p intilsa, shunchalik o’z xato-kamchiliklarini anglab boradi.
- Turon zaminimiz xalqlari ahloqiy tarbiya sohasida boy an’analarga ega. Ahloqqa oid dastlabki fikrlar “Avesto” kitobida, qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan. Bulardan tashqari, o’zbek xalqi o’rtasida keng tarqalgan pandnomalar, o’gitlar va odobnomalarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarida, allomalar merosida ahloqiy masalalarga keng o’rin berilgan.
Hadisi shariflardagi ahloqqa oid ibratli, maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’analar Beruniy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navoiy, Bobur singari buyuk allomalar, olimlar, yozuvchilarning ahloq haqidagi ko’plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun qadr-qimmatini yo’qotmagan muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur ahloqi husniya – yaxshi xulqlar egasi bo’lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshmashosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan, balki yetti o’lchab bir kesgan. Amir Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan buyuk bobokalonlarimizning ahloq, go’zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi. “O’g’illarim! Millatning ulug’ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir.
Zaiflarni qo’riqlang, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin”.
Ismoil Al-Buxoriy “Ahloqning yaxshi bo’lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo’lsang ham zarari yo’qdir”, – deb yozadi. O’rta Osiyo mutafakkirlarining ahloq haqidagi fikrlari, o’gitlari shunday kuchga egaki, ular o’quvchilar qalbida insoniylik urug’larining unib chiqishiga, katta hayot yo’liga olib chiqishga yordam qiladi, ma’naviy kuch-quvvat beradi.
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi ulug’ mutafakkirlarning ahloqiy qarashlari va qadriyatlardan mustaqil O’zbekiston istiqlolini mustahkamlashda, o’quvchilarning ahloqiy madaniyatini shakllantirishda, kundalik turmushimizda keng foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.
Abu Ali ibn Sinoning ahloq haqidagi qarashlari uning shoh asarlari bo’lmish “Tib qonunlari”, “Ash-shifo” va boshqa asarlarida ham o’z ifodasini topgan. Ibn Sino ta’limotiga ko’ra, odamga do’st tutinishning uch xil yo’li bor: “Birinchidan, har qanday qiyinchilik bo’lishiga qaramay, kishi o’z do’stini falokatdan qutqarishni, ikkinchidan, g’oyaviy yaqinlik va dunyoqarashlar umumiy bo’lgan chinakam va doimiy do’stlikni va uchinchidan esa kishining mansabi, puli yoki mavqeiga qarab o’zining shaxsiy manfaatini qondirish ko‘zda tutilgan do’stlik bo’ladi”, – deb ta’kidlaydi Ibn Sino.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilik” dostonida hokim bilan xalq o’rtasidagi o’zaro munosabatlar masalasiga e’tibor beradi. Uning fikricha, agar beklar tabiatan ezgu bo’lsalar, barcha fuqarosi boyiydi, olam guliston bo’ladi. Shuningdek, “Hamma narsaning qoidasi, tartibi, ta’limi bor, tartib, odob qoidalarini to’g’ri tutsa, kishining yuzi yorug’ bo’ladi”, – deb ta’kidlaydi.
O’tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, ta’lim tarbiya masalalarini muayyan ilmiy yo’nalishda o’rganmagan bo’lsalar-da, biroq allomalarning qo’lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo’liish, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog’liq bo’lgan psixologik, fiziologik pedagogik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bo’lishda ilm-fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tugilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma`naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urfodatlari, ma`lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o’z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi.
Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishyning eng etuk mahsuli bo’ladi, deb ta`kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ta`lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlar chin ma`noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg’unlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta`kidlaydi.
Beruniy ta`lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o’qitish tabiatga uygunligini uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, ta`lim-tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo’lgan.
O’rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma`lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.
Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri – komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asarlarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda u o’z tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qutadg’u bilig» («Saodatga yo’llovchi») asari ta`lim va tarbiya, ma`naviy kamolotning yo’l-yuriqlarini, usullarini, chora tadbirlarini o’zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma`naviy manbadir.
Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xirandnomai Iskandari», «Tuhfatul ahror» va boshqa asarlarida ilm-ma`rifat. ta`lim-tarbiya, kasb- hunar o’rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.
Alisher Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa shu singari asarlarida etuk, barkamol insonning ahloqi, ma`naviyati, o’zgalarga munosabati, iste`dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta`kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohazalari alohida o’rin egallaydi.
Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat`iyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mashmud Qoshgariy, Ulugbek, Naqshbandiy, Ogahiy singari buyuk harq mutafakkirlarining yoshlar tarbiyasiga, o’qituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi o’rni, ahloq-odob, fe`l-atvor, oilaviy hayot, kishilararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta`kidlash mumkin.
Sharq mutafakkirlari (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Jomiy, Davoniy, Navoiy, Avloniy va boshqalar.) barkamol shahs tarbiyasi haqida
Pedagog olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shahs ma’naviy kamoloti masalalariga bao’ishlangan ilmiy tadqiqotlari pedagogika fanining rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar.
Aslida esa Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir.
Sharq Renessansi deb nomlangan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilmfanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan egallanadi, ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur’onda va Sunnada bo’lgan Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’lyo’riqlari tashkil etadi.
Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi “Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bao’dod,”Baytul hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida” Yaqin va O’rta Sharq halqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining mahsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga keldi [1] . Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning maydonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Horazmiy (780-850), Ahmad alFaro’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al – Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (975-1050) va boshqalarning hizmatlari katta bo’lgan.
Demak, bu davr o’zining har tomonlama yuksakligi, yaratgan boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari, jahonga mashhur allomalarning etishib chiqqanligi bilan qimmatlidir. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan harakterlidir. Ular:
- aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langan qadriyatlar;
- ma’naviy-ruhiy qadriyatlar;
- ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;
- badiiy-nafis qadriyatlar;
- diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan.
Inson ahloqi aqlga, hulq va hatti-harakati esa ilm-fanni o’rganishga va ma’rifatga asoslangandagina ma’naviy kamolotga erishadi. Mutafakkir allomalarning fikricha, insonparvarlik g’oyalarining amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishuv chuqur bilim olish va ma’rifatli bo’lishga boo’liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni umuminsoniy qadriyat darajasida uluo’laydilar, jamiyatning barcha a’zolarini ilm egallashga chaqiradilar, ilmning inson ma’naviy hayotda tutgan o’rnini yuqori baholaydilar.
Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson hislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, moddiy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi.
Forobiy ta’limotiga, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga-ruhiy quvvatga-aql va so’zlash qobiliyatiga ega, bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turadi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi.
Forobiy bu dunyoqarashida narsa hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun hizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi.
Forobiy o’zining “Baht-saodatga erishuv haqida”, “Fanlarning tasnifi”, “Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, “Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi ko’plab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilmma’rifatga boo’liqligini ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. “Ilmning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir”. [2]
Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muhlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning bahti esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. YAratgan asarlarida u ta’lim-tarbiyaga doir she’r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra hayr-ezgulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi.
Yusuf Hos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida aqliy, ahloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni uluo’laydi. Uning fikricha, insonning ulug’ligi aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir.
Adib o’quv va bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:
Zakovat qaerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik oladi.
Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
Bilimli, zakovatli tilakka etadi.
Yusuf Hos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini tavsiya etadi, o’g’il bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o’rganmoo’i lozimligini ta’kidlaydi, bu-ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.
Alloma farzandlarga turli bilim va hunarlar o’rgatilmoo’i kerakligini aytib, ularni go’zal ahloqli qilib, voyaga etkazishni ota-onalarga maslahat beradi: Hudo kimga zakovat, aql, bilim bersa, U barcha orzularga qo’l uzatadi.
Kimning hulqi yahshi, fe’l-atvori to’o’ri bo’lsa, U tilagini topadi, kun va oy unga boqadi.
Yahshi fe’l-atvor barcha ezguliklarga moyadir, hulq-atvor barchasi yahshi bo’lsa, ming-ming sevinch bo’ladi.
Umuman, Yusuf Hos Hojib “Qutadg’u bilig” dostonida til odobi, rostgo’ylik, poklik, kamtarlik sevgi va vafo, muruvvat, sabr-toqat kabi fazilatlar hususida qilgan Hikmatli pandu nasihatlari bilan kishilarni, yoshlarni har bir ishda aql-idrokli, o’zgalarga o’amho’r va mushfiq bo’lishi har bir ishni o’z o’rni va o’z vaqtida ado etishga da’vat etadi. Bir so’z bilan aytganda bugungi davr talabiga hamohang ravishda insonni komillikka hidoyat qiladi.
Abu Ali ibn Sino etika va ahloqiy tarbiya masalalarini falsafiy-pedagogik asosida yoritib berishga harakat qiladi. U ayniqsa, oila tarbiyasida ota-onaning o’rniga alohida to’htalib: “Bola tuo’ilgach, avvalo, ota unga yahshi nom qo’yishi, so’ngra esa uni yahshilab tarbiyalashi kerak”, deb maslahat beradi.
Al-Horazmiy esa insonning hulq-atvori, hatti-harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin, degan g’oyani ilgari suradi.
Alisher Navoiy nazdida ta’ma aralashgan yahshilik hikmat, himmat insonning ma’naviy hissiyotiga salbiy ta’sir etuvchi holatdir. Ta’masiz yahshilik qilish bu sahiylikdir. Odamgarchilikning eng yuksak belgisi sahiylik va himmatdir. Yuksak insoniylikning o’lchovi bu vijdon hisoblanadi. Shu boisdan, Sharq mutafakkirlari vijdon pokligi, oila, ota-ona, halq, farzand burchi haqida olg’a surilgan g’oyalarning asosini insonparvarlik tashkil etadi.
Chunonchi, ota-ona farzandlarning o’zaro munosabati, burchi ma’naviy qadriyatlarning oltin kalitidir. Alisher Navoiy bu haqda quyidagicha fikrlaydi: “Boshni fido ayla ato qoshig’a, Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Ikki jahoningga tilarsan fazo- Hosil et ushbu ikkisidan rizo. Tun-kuningga aylagali nur fosh, Birini oy angla, birisin quyosh.
So’zlaridin chekma qalam tashqari,
Hatlaridin qo’yma qadam tashqari”. [3]
Sharq mutafakkirlari didaktik harakterdagi ilmiy asarlarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishning shakl, usul va vositalarini qorishiq holda bayon etdilar. Chunki o’rta asr pedagogik fikrlar nazariyasi va amaliyoti tarbiyaning lisoniy shakl va usullariga tayangan. Ta’lim-tarbiya berishning vositasi esa amaliyot bo’lib hisoblangan edi. Bu qoida ayniqsa, Ibn Sinoning tibbiy risolalarida, urjuzalarida, “Donishnoma” asarida, Kaykovusning “Qobusnoma”, Yusuf Hos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo’ston”, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlariga bevosita taalluqlidir.
Mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy fazilatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin etdilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy omillarni yuksak baholadilar. Ular “Fozil jamoa”, “Fozil shahar”, komil insonni shakllantirishning asosi ma’naviy omillarga boo’liq degan o’g’yani ilgari surdilar.
Hulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida o’tmish merosimiz Sharq allomalarining bebaho asarlaridan to’o’ri foydalana olish, nafaqat milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni yuksaltiradi, balki komil inson shahsini shakllantirishda ham muhim hissa qo’shadi. Chunki inson hayoti davomida qadrlanib, rivojlantirilib kelayotgan nazariy va amaliy sayqal topgan yahshilik, adolat, do’stlik, tinchlik, tenglik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona, keksalarga hurmat, iymon, e’tiqod, ustoz va shogird va boshqa umuminsoniy fazilatlar keyinchalik milliy qadriyatlarning asosiy tarkibiy qismlariga aylanib qolgan.
Tarbiya vazifalari va mazmuni shahsning milliy va umumbashariy qadriyatlarni o’rganishi, uning intellektual (aqliy), fuqarolik, ma’naviy-ahloqiy, jismoniy, mehnat, iqtisodiy, ekologik, estetik tarbiyasi haqida
Aqliy tarbiya – shahsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shahs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va ahloqiy sifatlarga ega shahsni tarbiyalashda etakchi o’rin tutadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o’zlashtirish mantiqiy fikrlash, hotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko’maklashadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
- shahs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o’zlashtirilishiga erishish;
- bilishga bo’lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish;
- aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
- bilishga bo’lgan faollikni kuchaytirish;
- mavjud bilimlarni muntazam ravishda boyitib borish, umumiy o’rta ta’lim va mahsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo’lgan ehtiyojni rivojlantirish.
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
Muhammad alayhissalom o’z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo’li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Hitoyga borib bo’lsa ham o’rganinglar. … Ilm egallang. Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh bahtsiz daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir» deydi.
Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar.
Alisher Navoiy o’zining «Farhod va SHirin» dostonidan Farhodning aqluidrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli bo’lganligini tasvirlaydi.
Ahloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va hulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayondir. Ahloqiy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Ahloqiy tarbiya asosini shahsni ijtimoiy ahloqiy me’yorlardan habardor etish tashkil qiladi. Ahloq (lot. «moralis» – hulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar hamda shahs hatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va hulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi.
Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardagi ahloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlar mazmunida o’z ifodasiga ega bo’lgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad alHorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad alFarg’oniy, Imom Ismoil al-Buhoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Nahshband,
Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Abdurahmon Jomiy, Sa’diy Sheroziy Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning ahloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amho’rlik qilish, ochiq ko’ngillik, millatidan qat’iy nazar odamlarga hayrihohlik bilan munosabatda bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi – kishilar o’rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O’zbekiston aholisiga hos fazilatlardir».
Amir Temur ahloqi husniya – yahshi hulqlar egasi bo’lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida kishilarni turli lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan, balki etti o’lchab, bir kesgan.
Imom Ismoil al-Buhoriy «Ahloqning yahshi bo’lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga hiyonat qilmaslik – mana shu to’rt hislatni Olloh Taolo senga bergan bo’lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo’lsang ham, zarari yo’qdir», degan edi.
Demak, ahloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida etakchi bo’g’in, insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammalikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, ahloqiy tarbiya insonlarni yahshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. YAhshi hulqlarning yahshiligi, yomon hulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurg’on kitobdir.
Huddi shu ma’noda ahloh kishining hulq-atvori, e’tiqod-iymoni, yurishturishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon bo’ladi. Ahloqli inson o’zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo’ladi. Suhbatdoshning ko’ngliga qarab gapiradi, kishining dilini og’ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi.
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi. Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan ishlashga qodir, qiyinchiliklardan cho’chimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko’rsatmoqda.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- o’quvchilarning sog’lig’ini mustahkamlash, ularni to’g’ri jismoniy rivojlantirish;
- o’quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish;
- ularning tabiiy harakatchanligini rivojlantirish va mukammalashtirish;
- o’quvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish;
- ularning irodaviy sifatlari (kuch, chaqqonlik, uquvlilik va boshqalar)ni rivojlantirish;
- o’quvchilarning gigienik ko’nikmalarni rivojlantirish;
- ularda ma’naviy-ahlohiy sifatlar (dadillik, qat’iyatlik, intizomlilik, mas’uliyatlik, jamoa bilan bo’lish)ni tarbiyalash;
- o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va muntazam shug’ullanishga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish;
- o’quvchilarning sog’lom va baquvvat bo’lishlariga erishish.
Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan fanlardan biri sanaladi. Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiluvchi jismoniy mashg’ulotlar jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini ta’minlovchi qo’shimcha tadbir hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan mustahkam bog’langan hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shahsni shakllantirish vazifalarini hal etadi.
Demak, yuqorida ta’kidlaganidek, yoshlarni aqliy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm olishga da’vat etishdir.
Ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasi shahsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko’zlangan maqsad, avvalo, o’quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.
Mehnat ijtimoiy hayotning muhim asosi, shahsda ma’naviy-ahloqiy va irodaviy sifatlarni shakllantirishning kafolatidir. Mehnat qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. halol mehnat – kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi.
Halqimizning «Mehnat – mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qoldirma», «Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Mehnatdan qo’rqma, minnatdan qo’rq», «Odamning husni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Buyuk alloma Bahouddin Nahshbandning «Dil ba yoru, dast ba kor» degan hikmati bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Allomaning fikricha, «Agar kishi hunarli bo’lsa, u bilimini haqiqatga bag’ishlaydi, o’z mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi bo’lmasa, bilimini kun kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi».
Ta’kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik, birodarlik, jamoa bo’lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, ahloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi.
Mehnat orqali inson o’zining va o’zgalarning qadrini biladi.
Ajdodlarmiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o’rgatish, kasbhunarga qiziqtirishga alohida e’tibor berishgan. O’zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bo’lganlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Krimov ta’kidalaganidek: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni, bu narsa ularning sobitqadam, g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorliliga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab etishlari kerak. Huddi shu narsa davlatimiz va halqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir».
Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o’z mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktab o’quvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to’g’ri munosabatni shakllantirishdagi mas’uliyatni chuqur his qilishlir kerak.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. «estezio» – «go’zallikni his etaman» ma’nosini bildiradi) shahsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rgantish, ularning estetik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, ahloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- shahsga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush turmush go’zalliklari va ularni anglash to’g’risidagi bilimlarni berish;
- shahsda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda
turmush turmush go’zalliklarini anglash va idrok qilish qobiliyatini tarbiyalash,
- unda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi hamda estetik didni shakllantirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish;
- go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, bu boradagi qobiliyat va estetik madaniyatni shakllantirish.
Estetik tarbiya ahloqiy qiyofa, ijobiy hulq-atvor me’yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim muassasalarida musiqa va tasviriy san’at darslari, adabiyot kabi fanlarning o’qitilishi estetik tarbiyani samarali yo’lga qo’yish vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining ohirigacha amalga oshiriladi. SHu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumalarda yosh avlodni go’zallik va nafosatni his etishga undovchi vositadir.
Halqimizda, «Oq bo’lmasin, pok bo’lsin», «Pokliging – sog’lig’ing», «Sog’ yuray desang, ozoda bo’l», «Yahshi libos tanga oroyish» kabi maqollari bilan yoshlarimizni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarini ko’ra bilishga, ularni qadrlashga o’rgatib kelishgan.
Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go’zal jihatlarini ko’ra bilishnigina emas, balki ichki go’zallikni his qilish hislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi hulqiy go’zallikni qadriga etishga undaydi.
Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonida Shirinni zohiriy va botiniy go’zallik sohibasi sifatida tasvirlaydi. Bilamizki, uning bu darajaga etishishda holasi Mehribonuning tarbiyaviy ta’siri katta bo’lgan. Shirin mamlakat obodonchiligi, kanal qizish, suv chiqarish kabi ishlarda ishtirok etadi va usha hayrli ishlarga rahbarlik qiladi.
Shirin eng og’ir damlarda ham Farhodga vafodor, sadoqatli, irodali yor bo’lishi bilan birga tadbirli murabbiya, odil va donishmand davlat arbobi, komila, oqila va fazilatli, latofatli qiz edi. Shirinning bu fazilatlari minglab qizlarga o’rnak bo’lib keldi va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Estetik tarbiya tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalarini shartli ravishda quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
- o’quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish;
- ularda amaliy estetik ko’nikmalarni shakllantirish.
Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o’quvchilarda quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:
- estetik bilimlarning tarkib topganligi;
- estetik madaniyatning tarbiyalanganligi;
- estetik va madaniy meros namunalaridan habardor bo’lish;
- estetik tuyg’uning rivojlanganligi;
- ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go’zalliklarini his etishi;
- go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi;
- estetik idealning shakllanganligi;
- fikrlash, faoliyat, hatti-harakat hamda tashqi ko’rinishda go’zal bo’lishga intilish.
Estetik faoliyatga kirishish vazifasi har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san’at, musiqa, horeografiya to’garaklarida faol ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar, guruhlar, studiyalar va hokazolarda qatnashishini nazarda tutadi.
Biroq, hozirgi zamon maktablarida tashkil etilayotgan estetik tarbiya shahsni estetik jihatdan shakllanishini ta’minlash borasidagi mavjud talablarga javob bermayapti.
Ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining hususiyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
Sharq mutafakkirlari o’z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o’rin bergan. Hususan, Abu Nasr Forbiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug’ilganda mavjud bo’lgan bo’lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va ahloqiy sifatlari, harakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.
Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o’zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarihigacha bo’lgan ma’lumotlarni o’zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.
Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda hususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko’radi, o’z bilimlarining chinligini aniqlaydi». Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o’zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko’pdir. Ular zamoni iqbolli bo’lib, turli fikr va hotiralar ularga qo’shilib borsa, ko’payadi. Odamlarning ilmlarga rag’bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o’sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi» Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur o’zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni hato va yo’ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo’ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo’lsayu, isbotlar chinakamiga bo’lsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi».
Yusuf Hos Hojibning «qutadg’u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta’bir joiz bo’lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to’g’risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi garov bo’lib, uning yordamida hatto osmon sari yo’l ochiladi:
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,
Bilim tufayli, go’yo ko’kka yo’l topiladi.
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to’qqiz-o’n asr vaqt o’tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo’ldi.
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilmma’rifatni rivojlantirishga yo’naltirish etakchi o’rin tutadi. Binobarin, ilm-ma’rifat zulm va bid’atdan forig’ bo’lish yo’lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Hilvat dar anjuman», «Safar dar vatan» g’oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot yordamida o’zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahsmunozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil bo’lgan ilm puhta va mustahkam bo’ladi.
Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o’zlashtirish zarurligini uqtiradi. Shuningdek, ilm o’rganish mashaqqatli yumush bo’lib, uni o’rganishda ayrim qiyinchiliklarni engib o’tishga to’g’ri kelishi, bu yo’lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo’lish orqaligina mukammal bilimga ega bo’lish mumkinligini ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti hususida to’htalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, ohiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraht kabidur». Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong’usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yahshi hulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va ohiratimiz ilmga bog’liqdur».
O’quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va vositalari bo’lib, ular sirasida ma’naviy-ahloqiy, ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahsmunozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o’quvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik o’yinlari yanada samarali sanaladi.
Mustaqil ishlarni tashkil etish, hususan, muayyan mavzu asosida o’quvchilarni kichik ilmiy izlanishlarni olib borishga yo’llash ularning dunyoqarashlarini yanada boyib borishida poydevor bo’lib hizmat qiladi. O’smir hamda o’spirinlarni ma’lum nazariya yoki ta’limotlarning g’oyalariga nisbatan tanqidiy munosabat bildirish, metodologik mohiyatini ochib berish, shahsiy fikrlarini bayon etishda asosli dalillarga tayangan holda ish ko’rishga undash ham o’zining ijobiy natijalarini beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda aniq ijtimoiy maqsad asosida tashkil etilishi, mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlik, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishda samarali sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga tayangan holda ish ko’rish ko’zlangan maqsadga erishishning kafolatidir. Mazkur holat ma’lum ijtimoiy voqea-hodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko’ra bilish, bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini kuzatish, ularning o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tushuna olish imkonini beradi.
Oilada komil inson tarbiyasi
Ahloq kishilarning hulq-atvor normalari va qoidalarini, ularning o`z-o`ziga boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi ahloqiy tushunchalarni o`z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning shakllaridan biridir. ahloq tarihiy hususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlolar tomonidan to`plangan ahloq iy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Ahloq ilmiy yahshilik bilan yomonlik o`rtasidagi muammolar haq ida bahs yuritib, insonlarning kamolatga erishish yo`lini yoritib boradi. har bir inson bir olam bo`lgani kabi uning ahloq odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki shahsning ichki va tashqi olamini o`rganish, bilish, tahlil qilish G’oyatda murakkab, bu ruhiyat bilan bog’liq holatdir. Ahloqli, odobli komil insonda odamiylikning eng yahshi hislatlari: mehr-muhabbat, rahmshavq at, adolatu-diyonat, hayoyu-iffat, imon-e’tiqod kabilar mujassam bo`ladi, ayni paytda shu hislatlarning aksi-beburd, ahloq siz kimsalar fe’lida ko`rinadi. har bir halq ning nufo’zi va obro`-shuhrati kishilarning ahloq -odobi, yahshi hislat fazilatlari bilan belgilanadi.
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o`z ihtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan G’oyani ilgari surgan edilar. Ular o`z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat ma’nfaatlari bilan bog’liq deb isbotlamoq chi bo`lganlar. SHunga ko`ra bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan G’oya ilgari surilgan. Ammo, sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug’ullanishi kerak, degan hulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.
Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidanyaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga, ahloq -odobga oid qator G’oya va qarashlarni ko`rish mumkin. “Avesto”da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan har bir yoshni yahshi o`q ish va yozishga o`rgatish lozim. Uni yosh paytidanoq mehnat q ilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraht ko`chati o`tkazishga, uy-ro`zg’or g’urollari yasash, erga ishlov berish va chorva bilan shug’ullanishga o`rgatilishi shart. Zotan uning fikricha yahshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur, o`z qo`llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his qilmaydi, hayotning qadriga ham etmaydi.
U yuq oridagi fikrni davom ettirib, “Inson nafaqat mehnati tufayli o`zini va oilasini bog’ adi, balki unda erga va yurtga bo`lgan muhabbati ham paydo bo`ladi. Zotan har bir inson o`zi o`sib Qulg’aygan zaminni, mamlakatni eng yazshi va go`zal mamlakat deb tushunmog’i kerak”. Uning bu fikrlaridan har bir inson faq at o`zining emas balki farzandlarini ham mehnatsevar q ilib tarbiyalashi lozim.
Chunki mehnatsevar bo`lmasdan turib, o`z erini, o`z Vatanini seva olmasligi tabiiy.
Qur’oni Karim, hadisi Shariflarda oila va oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid bir butun izchil qarashlar tizimi mavjud bo`lib, u o`z ichiga oilaning shakllanishi, rivojlanishi va mustahkamlanishiga qaratilgan barcha jihatlarni g’amrab oladi. Bu qarashlar ilohiyot nuqtai nazaridan o`rtacha qo`yilsada ular kishilarning turmush tarzlari, oilaviy munosabatlari talabidan kelib chiq ganligi uchun ham kundalik turmushga muvofiq dir. Islomda oilaviy tarbiyaning o`ziga hos hususiyatlari ham kursatib o`tiladi. Bu hususiyatlar musulmonchilik talablaridan kelib chiqqan bo`lib, insonni ma’naviy-ahloq iy tarbiyalash haqidaga umumiy G’oya bilan bog’liq . Musulmon oilalarida kuyov va kelinning avlodajdodlarining kelib chiq ishini o`rganish, jismoniy va ma’naviy poklikga e’tibor berish an’anaga aylangan. Islomiy ma’naviyatda bolani oilada ahloqiy tarbiyalash haqidagi qarashlar insoniylikga, ezgulikga va yahshlikga da’vat etgan uchun ham umuminsoniy mazmunga egadir. Shunga ko`ra, islom musulmonlariga hos bo`lgan diniy qadriyatgina bo`lib qolmasdan, balki umuminsoniy qadriyatdir. Milliy mustaq illik natijasida dinga va diniy qadriyatlarga bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi va u oilada bolalarni ahloq iy tarbiyalashning muhim omillaridan biriga aylanib, oilada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga yordam bermoqda.
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya haq idagi qarashlari islom mafkurasi va uning qobig’ida shakllangan. Sharq mutafakkirlari ijodida aks etgan umuminsoniy G’oyalar islomiy ma’naviyat bilan hamohangdir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Horazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad qoshqariy, Yusuf Hos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash masalalari o`rtaga qo`yilgan va ularni hal etish yo`llari kursatib berilgan.
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al-Horazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning aytishicha, “Ota-onalar ikki hil: tug’ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli”. Shunga ko`ra ularni o`zviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so`zlari anchayin ibratlidir: “Zamondan yahshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yahshiroq talim oladigan o`quvchini ko`rmadim”. Uning bu so`zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal q iluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shahsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
Abu Rayhon Beruniy insonning ahloqiy fazilatlarini, umuman ahloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan bog’laydi. Inson tabiati esa avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko`ra bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunali benihoya kattadir. Masalan u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Jafar tilidan shunday deb yozadi: “Rashkdan saq langin. U taloq ning kalitidir. eringga tez-tez tanbeh qilishni
senga ta’qiqlayman. Chunki tanbeh nafrat uyg’otadi. o`zingni bezab yurgin. Buning uchun yahshi vosita surmadir. Yana hushbo`y atirlardan foydalangin.
Ularning ichida eng yahshisi suvdir”. Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga ta’luq lidir.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o`rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u erda ma’naviy poklik ham bo`ladi. Bu fikrnitanani toza tutish bilangina cheklab bo`lmaydi, balki ko`p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to`g’risidagi G’oya bilan bog’liqdir. Bu narsa bola tarbiyasi jismoniy sog’lomlik bilan ma’naviy-ahloqiy boylik o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo`’tadillikda saq lashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq G’azablanishdan, qo`rqish va hafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni hohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan o’zoq lashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha hulqlarni keltirib chiq aradi. Mutafakkir bola-hulq atvorining mo`’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiq ishini ham ilmiy asoslab beradi. Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta’sirini birdek muhim ekanligini ta’kidlab o`tgan edi. Beruniy ahloq iy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda yondoshadi. Ahloq iylik yahshilik va yomonlik o`rtasidagi kurash natijasida namoyon bo`ladi va shakllanadi. Uning bu fikri o`z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o`rin egallaydi. U o`zining qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi haqida, eng muhimi bola ruhiyatini o`rganish borasida ko`plab qimmatbaho fikrlarni yozadi. Ularning hammasi bir butun bo`lib, muayyan pedagogik qarashlar tizizimini tashkil etadi va u ma’naviy-ahloq iy barkamol insonni shakllantirish haqidagi G’oyaga borib taqaladi. Ibn Sinoning “Tadbiri almanozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalalariga baQishlangandir.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo`lib, uni bolaning yoshligidan boshlab va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to`htalib, “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom baQishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo`sh uradi, bolasiga bo`lgan muhabbatidan onaning orzu umidi yurak to`ridan silq ib chiq adi. Bu o`ziga hos qo`shiq bolasi uchun qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga singib boradi. Shu tarzda bolada o`zi ham anglolmagan holat paydo bo`ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o`rganish boshlanadi. Huddi shu o`rganish tarbiyalanishdir. Zotan o`rganish sezishdan kelib chiqadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”, degan fikrni bildiradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i otaning roliga alohida e’tibor beradi.
“Agar oilada – deydi u, oila boshlig’i tajribasizlik, no`noqlik qilsa u oila a’zolarini yahshi tarbiyalay olmaydi va oQibatda bundan yomon natijalar kelib chiq ishi mumkin”. Bola yahshi yo`lga qo`yilsa, oila bahtli bo`ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo`lishidan qat’iy nazar, bu vazifani ma’suliyat bilan ado etishi lozim. Ibn Sino “tadbiri al-manozil” asarida er va hotinning yahshi sifatlarini sanab o`tadi. Ularning shahsiy namunalari bola uchun o`rnak bo`lib, kelajak taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida uqtiriladi.
Ibn Sino oilada bolani ma’naviy – ahloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urg’u berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb-hunar o`rgatishga chaqiradi. Mehnatni Ulug’laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga bo`lgan salbiy ta’sirini kursatib beradi.
XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Hos hojib o`zining “Qutadg’u bilig”da bola tarbiyasi haq ida to`htalib, shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aqlli-hushli bo`lsa ota-onasining yo’zi shunchalik yorug’ bo`ladi”. U bola tarbiyasida otaning ma’suliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o`g’il-q izi erka bo`lsa, deb yozadi u unga shu kishining o`zi mungli bo`lib yiqlaydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo`ysa bolada gunoh yo`q barcha jafo otaning o`zida; o`g’il-qizning hulq -atvori yaramas bo`lsa, bu yaramas ishni ota q ilgan bo`ladi.
Ota bolalarini nazorat q ilib, turli hunarlarni o`rgatsa, ular ulg’aygach, o`g’il-qizim bor deb sevinadi; o`g’il-q izga hunar va bilim o`rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go`zal bo`lsin”. Yusuf Hos Hojib o`z asarida shunday fikrlarni o`rtaga tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiyadek yangraydi.
Yusuf Hos hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb tushunadi. U beldan madorni, tandan q uvvatni, ko`zdan nurni, dildan oromni talab q iladi.
Uning ta’kidlashicha, agar insonning o`zida go`zal fazilatlar bo`lsa, ularni boshq alarga o`rgatishi lozim. Lekin odob-ahloq, rasm-rusum odat va prodani hosil qilish uchun zo`r kuch va harakat kerak bo`ladi. Bu narsa ta’lim tarbiya natijasida paydo bo`ladi. Uning bu tarzdagi pedagogik q arashlari bitta asosiy masalaga borib taq aladi. Bu barkamol inson masalasidir. Inson, uning mohiyati, jamiyatda tutgan o`rni, ijtimoiy vazifasi mutafakkir tomonidan turli jihatlarda tahlil q ilinadi. Odam bolasi bu yorug’ olamda ezgulik q ilish uchun yaratilgan. Shunga ko`ra uni tarbiyalashdan maq sad uning ongiga odamlar uchun yahshilik qilish tuyg’usini singdirishdan iborat. Bu olijanob vazifani bajarish esa ota-onaning zimmasidadir.
Sharq da keng tarq algan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri Unsurul ma-oliy Koykovusning “qobusnoma”sidir. Bu asar Sharq pedagogik fikr taraq q iyotida muhim o`rinni egallaydi va qanchadan-q ancha avlodlarni ma’naviy-ahloq iy tarbiyalashda o`z hissasini qo`shib kelmoq da. “qobusnoma” falsafiy didaktik asar bo`lib, shahs shakllanishining barcha tomonlarini o`z ichiga oladi. Uning “Farzand parvarish q ilmoq zikrida” degan bobi bevosita oiladagi bola tarbiyasiga baQishlanadi. “q obusnoma”da ota-onaning qator vazifalari sanab o`tiladi. Ular q uyidagilardan iborat:
- bolaga yahshi ism q o`yish;
- oq il va mehribon enagaga topshirish;
- to`y-tomosha q ilib, sunnat to`y o`tkazish;
- o`q ish – yozishni o`rgatib, kasb – hunar va ilmli qilish;
- harbiylar ahlidan bo`lsa, sipohiylikni o`rgatish.
Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borish lozimligini ta’kidlaydi. “Yosh bola ilm bilan odobni tayoq bilan o`rganur, o`z ihtiyori bilan o`rganmas. Ammo farzand beadab bo`lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o`z qo`ling bilan urmagil, muallimlarning tayoqi bilan qo`rqitgil.
Bolalarga muallimlar adab bersinlar, toki sendan o`g’lingni ko`nglida gina q olmasin”.
Kaykovusning “Qobusnoma” asari bugungi kunda ham ahloq iy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy ahloqiy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o`rinni egallaydi. Uning fikricha, jamiyatning etukligi, uning taq diri va kelajak yoshlar kamoloti bilan bog’liq dir, shunga ko`ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi.
A.Navoiy ota-onalarning yahshi sifatlarini ulug’laydi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo`lishi bola tarbiyasida muhim rol o`ynashini kursatib o`tadi.
Masalan uning hotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Yahshi hotin, deydi Navoiy – oilaning davlati va bahti. uy egasining hotijam va osoyishtaligi undan. husinli bo`lsa – ko`ngil oziQi, hushmuomala bo`lsa jon oziqidir. Oq ila bo`lsa, ro`zg’orda tartib-intizom bo`ladi. U beandisha bo`lsa, ko`ngil undan ozor chekadi, yomonlik ahtaruvchi bo`lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayho`r bo`lsa, uy obodligi yo`q oladi, aqlsiz bo`lsa, oila rasvo bo`ladi”.
A.Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o`zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning bo’zilishiga sabab bo`luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Yahshi va yomon hulqlar va ularning kelib chiq ishi sabablarining kursatib beradi. Bolada paydo bo`ladigan yomon hulqlarni oldi olinmasa, bora-bora illatga aylanadi – deb uq tiradi.
XULOSA. Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo`ldiki, sharq murafakkirlari o`zlarining pedagogik qarashlari bilan o`z davrlaridan ancha ilgarilab ketganlar. Ularning bu qarashlari bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoq da va hozirgi kunda ham ular o`z qiymatini yo`q otgani yo`q Ular bizning ma’naviy qadriyatimizdir. Shunga ko`ra mutafakkirlarning o`lmas marosi oilada bolalarning ma’naviy ahloq iy tarbiyalashning muhim omili bo`lib qoladi.
- A.Mavlonova, B.Normurodova. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”. O’quv qo’llanma. Toshkent, “FAN” 2008 y.
- Mavlonova R.A., To’raev O.T., Xasanboeva O, Xoliqberdiev K.M. –
- «Pedagogika» T., «O’qituvchi » – 1998 i.
- Ismoilova Z. Tarbiyaviy ish metodikasi – T.: Istiqlol, 2003.
- Shodmonova Sh., Tilobova N. “Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti” o’quv predmetidan ta’lim texnologiyasi – T.: TDIU, 2006.
- Kukushin V.S. Teoriya i metodika vospitaniya. Rostov nqD.: Feniks, 2006.
- Kukushin V.S. Teoriya i metodika vospitatelnoy raboto’. – Rostov nqD.: MarT, 2004.
- Abu Xikmat Gazzoliy. Yanglishuvlaridan qutqaruvchi shaxs mash’ali. Turkiston – 1992y.,-2 son.
- Milliy maktab roydevorini yaratish yo’lida. Jamoa – Toshkent, 1990
- Roziqov O.R. Ogaev S.Yu., Ogaev S.Yu., Maxmudova M.M., Azizov B.R.
- Didaktika T. Fan – 1997 i.
- Mirkosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari. :
- ”O’qituvchi”, 1996 i.
- Lixachev B.T. Pedagogika – M.: VLADOS, 2003.
- Podlo’so’y I.P. Pedagogika. – M.: VLADOS, 2003.
- Obshaya pedagogika q Pod.red. V.A. Slastenina. – M.: VLADOS, 2003.
- Boldo’rev N.I. Metodika vospitatelnoy raboto’ v shkole. – M.: Rospedagenstvo, 1997.
- TALABA.su
- [1] Tillashev H. H. Obxee pedagogicheskie i didakticheskie idei uchenno’h entseklopedistov Blijnogo i Srednego Vostoka epohi srednovekovaya. Tashkent. Fan, 1989. S. 10.
- [2] Abu Rayhon Beruniy. Єylar, Hikmatlar, naїllar, she’rlar. Tokent:. YOsh gvardiya, 1973. 44- bet.
- [3] . A l i sh e r N a v o i y. Іayrat ul-abror. Toshkent: Ўafur Ўulom nashriyoti, 1989, 76 – bet.
Komil inson tarbiyasi sharq mutafakkirlari talqinida (referat)
Tarbiyaga oid kitoblar
26 tadan 1–9 lar ko’rsatilyapti
Super hayot
200 hayot darsi
Omma psixologiyasi
Atom odatlar
Tana va ruhni tarbiyalash
Tentakning tajribasi
Do’st orttirish va odamlarga ta’sir o’tkazish
O’z-o’ziga ishonch xosil qilish va omma oldida so’zlash
Chinakam ota – onalik san’ati
Super hayot
Robin Sharmaning “Super hayot” nomli kitobi ong, tana va tafakkurni takomillashtirish uchun 30 kunlik dasturni o‘z ichiga oladi hamda super hayotning siz bilmagan 200 ta siri ham shu kitobda mujassam. Aziz kitobxon, qarshingizda turgan kitob g‘oliblar uchun dasturdir. Bu dastur bilan qiziqayotganingiz va kitobni varroqlayotganingizning o‘zi sizning ko‘pchilikdan ajralib turishingizni isbot qiladi. Shu bilan birga kamolotga erishish yo‘lida o‘zingizning ong, tana fe’ l-atvoringiz ustidan g‘olib-hokim bo‘lishga qat?iy qaror borligini ko‘rsatadi. Ushbu kitobni o‘qib o‘z-o‘zingizni qayta kashf qilishingiz uchun chaqiriqni labbay deya qarshi olish va shaxsiy imkoniyatlaringiz chegarasiz ekanligini isbot qilishingiz mumkin.
200 hayot darsi
Amerikaning taniqli yozuvchi va gumanist mutafakkiri Robin Sharmaning bestseller asarlaridan biri ”200 hayot darsi” asari 3tilda yozilgan.
Omma psixologiyasi
Gustav Lebonning “Omma psixologiyasi ” asari birinchi bor 1885 yilda, fransuz tilida nashr etilgan. Kitobxonlar e’tiborini bugungi kungacha yo‘qotmay kelyapti. Necha yil o‘tgan bo‘lsa hamki kichik jamoa liderlaridan tortib, jurnalistlaru-siyosatchilargacha o‘qishadi.
Atom odatlar
Atom odatlar- aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma. Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.
Tana va ruhni tarbiyalash
Ushbu kitob Sizni o‘zingizni anglashdek hayratlanarli yo‘ldan boshlab boradi. Norbekov tizimining xususiyatlari bilan tanishishda davom etar ekansiz, ko‘rish, eshitish qobiliyatini yaxshilash, hissiyotlarni mashq qildirish bo‘yicha va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan amaliy ko‘rsatmalarga ega bo‘lasiz, ayollar esa ko‘plab muammolarga yechim topib, sezgilarining to‘laqonli tiklanishiga ko‘mak beradigan vositasiz ginekologik automassaj texnikasiga ega bo‘lishlari mumkin. Kitobda ilova qilinayotgan barcha mashqlarning bajarilishi juda oddiy va turli yoshdagi odamlarga: ayollar, bolalar, katta yoshdagilar, hatto o‘zini qariyaga chiqarib qo‘yganlarga mo‘ljallangan va bajarilishi oson. Bu mashqlar ijro etuvchiga yoshlik va salomatlik bag‘ishlovchi jozibali raqs nafosatini eslatadi.