Elektron darsliklar tayyorlash
O‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklar tayyorlash bo‘yicha
Yoshlar ishlari agentligi kouching video materiallar tayyorlash boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmasi ajratish uchun tanlov e’lon qildi
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga o‘zining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar va darsliklar, motivatsion roliklar tayyorlash maqsadida davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovini e’lon qildi.
“Kouching” video roliklar tayyorlash bo‘yicha
1. Tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirishda yoshlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar hamda ularning aniq yechimlari to‘g‘risida qisqa metrajli “kouching” video roliklar tayyorlash va OAVlarda keng targ‘ib qilish – 500 mln. so‘m
2. Xorijiy mamlakatlarda ishlash istagidagi yoshlarni butun dunyoda amalda bo‘lgan kasb-hunarlarga (sartaroshlik, chilangarlik, zargarlik, avtomobil ehtiyot qismlarini tamirlovchi, tikuvchilik, qandolatchilik, IT dasturchi, IT dizayner va boshqalar) kengroq jalb qilish va kerakli ko‘nikmalarni berishga qaratilgan motivatsion xarakterga ega “kouching” video materiallar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish – 500 mln. so‘m
3. Aholini o‘zini-o‘zi band qilishga hamda tomorqa va boshqa uy sharoitlaridan foydalangan holda daromad qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan
20 daqiqali “kouching” video materiallar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish – 500 mln. so‘m
4. Yoshlar hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi aholi o‘rtasida kichik biznes faoliyatini minimal sarmoya bilan boshlashga qaratilgan, hayotiy tajribaga asoslangan “kouching” video materiallar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish – 500 mln. so‘m
Motivatsion roliklar tayyorlash bo‘yicha
5. Yoshlarni hamda aholini ilm-fanga kengroq jalb qilish maqsadida ilm-fan orqali (ixtirochilik, olimlik va boshqalar) ham yaxshi moddiy barqarorlikka erishish hamda yaxshi daromad qilish imkoniyatlari mavjudligini hayotiy tajribalar asosida yoritish beruvchi motivatsion roliklar tayyorlash hamda OAVlarda keng targ‘ib qilish – 250 mln. so‘m
6. Biznesni yo‘lga qo‘yishdan daromad olishgacha bo‘lgan masalalarni o‘rgatishga qaratilgan realiti shou televizion loyiha tayyorlash – 750 mln. so‘m
7. Tik Tok ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni kasb-hunarni egallashga hamda shu orqali daromad olishga undovchi motivatsion va “kouching” video materiallar tayyorlash hamda ushbu platformaning eng mashhur fodalanuvchilari orqali keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish – 500 mln. so‘m
8. Tik Tok ijtimoiy tarmog‘ida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini boshlash va shu orqali daromad olishga undovchi motivatsion va “kouching” video materiallar tayyorlash hamda ushbu platformaning eng mashhur fodalanuvchilari orqali keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish – 500 mln. so‘m
O‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklar tayyorlash bo‘yicha
9. Bugungi kunda an’anaviy va zamonaviy kasb-hunarlar orqali (SMM, Grafik dizayner, IT dasturchi, Online ta’lim, Trading va boshqa) daromad topish hamda shu sohadagi kerakli bilimlarni berishga qaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va OAVlarda keng targ‘ib qilish hamda tarqatish – 500 mln. so‘m
10.Yoshlar va aholi orasida tadbirkorlik sohasida kerakli bilimlarni (moliyaviy savodxonlik, marketing, menejment, hodimlar boshqaruvi va boshqalar) o‘zlashtirish uchun maxsus hayotiy va amaliy “Case”lar orqali ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va OAVlarda keng targ‘ib qilish hamda tarqatish – 250 mln. so‘m
11. Muvaffaqiyatga erishgan, kasbining haqiqiy egasi bo‘lgan O‘zbek tadbirkorlari, hunarmandlari va boshqa yuqori daromad keltiruvchi kasb egalari to‘g‘risida yoshlar uchun motivatsion xarakterdagi kitoblar chop ettirish va targ‘ib qilish – 500 mln. so‘m
* Davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish muddati shartnoma imzolangan kundan boshlanadi.
**Yo‘nalishlar kesimida tayyorlanadigan har bir loyiha byudjeti yo‘nalish uchun ajratiladigan mablag‘ miqdoridan oshmasligi lozim.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-sonli qaroriga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Yoshlar ishlari Agentligiga ajratadigan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishlari mumkin (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar bundan mustasno).
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- Tanlovga hujjatlar taqdim etilayotganligi to‘g‘risida yo‘llanma murojaat (kuzatuv) xati;
- yoshlar.gov.uz saytida joylashtirilgan shaklda davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan loyihani o‘z ichiga olgan talabgorning ariza (talabnoma)si va unga ilova qilinadigan hujjatlar;
- Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishning batafsil tasnifi;
- Qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma;
- Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan ro‘yxatga olingan, har bir varag‘i talabgor tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ustav (nizom)ning nusxasi;
- Talabgor tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda uning hududiy boshqarmalarida ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (ommaviy axborot vositalari uchun);
- Talabgor tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tegishli litsenziyaning nusxasi (litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shug‘ullanish talab etilgan hollarda).
- Loyihani amalga oshirishdan manfaatdor davlat davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning tavsiyanomalari, qo‘llab-quvvatlash xatlari ilova qilinishi mumkin.
Diqqat: tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan shaklga mos kelmagan hamda to‘liq taqdim etilmagan taqdirda loyihalar qabul qilinmagan hisoblanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun tasdiqlangan hamda muhrlangan hujjatlar to‘plamlari Yoshlar ishlari agentligiga aloqa pochtasi orqali hamda elektron ko‘rinishda 2021-yil 23-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 11-uy
Telefon: 97-274-7479
Elektron darsliklar tayyorlash
Zamonaviy o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida AKT vositalari, xususan, elektron darslik va multimediyalardan foydalangan holda saboq berishlari dars jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish bilan ta’lim samaradorligini oshirishi hamda bir qator muhim afzallik jihatlariga egaligi haqida ko‘plab fikrlar paydo bo‘lmoqda. Bunday yangi texnologiyalar qatorida elektron portfolioni ham alohida ko‘rsatish zarur.
Elektron portfolioning turli modellaridan foydalanish quyidagi tavsiyalarni berishga imkon yaratdi. Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchisining elektron portfoliosi quyidagi asosiy turlarga yo‘naltirilishi zarur:
1. O‘qituvchi haqida ma’lumotlar: portfolioning ushbu bo‘limida: familiya, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili; ma’lumoti (ta’lim muassasasi nomi, bitirgan yili, mutaxassisligi va diplom bo‘yicha ixtisosligi); mehnat va pedagogik tajribasi, ushbu ta’lim muassassidagi ish tajribasi; malaka oshirish (kurslarda tinglangan tizim nomi, yili, oyi, kurslar problematikasi); kasbiy rivojlanish individual rejasi, unda belgilangan maqsadlar va o‘z kasbiy o‘sishi vazifalari, egallashi kerak bo‘lgan malakalar, yaqin 2–3 yil mobaynida o‘tishni maqsad qilib qo‘ygan treninglari va kurslari (o‘qituvchining kasbiy rivojlanish maqsadlari va vazifalari o‘qitiladigan fani kasbiy standartlari, talabalarning o‘zlashtirishlari, oliy ta’lim muassasasi rejasiga mos bo‘lishi kerak); ilmiy va faxriy unvon va darajalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari; hukumat mukofotlari, yorliqlari, minnatdorchilik nomalari; turli tanlovlar diplomlari; attestatsiyadan o‘tuvchining ixtiyori bo‘yicha boshqa hujjatlar.
2. «Pedagogik faoliyat natijalari» (sxemalar, grafiklar va jadvallar ko‘rinishida 3 yil davomidagi o‘quv fani sohasidagi yutuqlari dinamikasi, jumladan, kirish imtihonlari) — portfolioning ushbu bo‘limida talabalarning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishlari natijalarini va pedagog o‘qitadigan fanlar bo‘yicha ularda shakllangan asosiy malakalarni ifoda etuvchi materiallar, quyidagilar asosida 3 yil davomidagi:
•bilimlari nazorat o‘lchamlari;
•talabalarning oraliq va yakuniy attestatsiyalari natijalari;
•iqtidorli talabalar mavjudligi;
•bitiruvchilarning magistraturaga o‘qishga kirishlari;
•talabalarning fan yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga kirishlari haqidagi ma’lumotlar;
•talabalarning tuman, shahar, mintaqaviy va respublika olimpiadalari, tanlovlarida ishtirok etishlari kabi pedagog faoliyati tahlili joylashtiriladi.
3. «Ilmiy-metodik faoliyat» (o‘quv va tarbiyaviy ishlarda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish): pedagog tomonidan tanlagan ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik adabiyotlar to‘plamini asoslab beruvchi materiallar; pedagog tomonidan foydalaniladigan ta’lim texnologiyalarini asoslab beruvchi materiallar; pedagog tomonidan o‘z amaliy faoliyatida qo‘llaydigan ta’lim natijalarini baholash uchun u yoki bu pedagogik diagnostika vositalari berilgan materiallar; ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilishi bo‘yicha materiallar, rivojlanish muammolari bilan talabalarni o‘qitish metodik texnologiyalari; metodik birlashmalarda ishlashi, oliy ta’lim muassasasi metodik markazi, boshqa OTM’lar va boshqa muassasalar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi materiallar; hisobot materiallari, kasbiy va ijodiy pedagogik tanlovlarda ishtirok etishi, seminarlar, «davra suhbatlari», master-klasslar va shu kabilarni tashkil etish va o‘tkazish; ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; mualliflik dasturlarini ishlab chiqish; doktorlik dissertatsiyasi qo‘lyozmasini yozish; ijodiy hisobot, referat, hisobotlar, maqolalar tayyorlashdan iborat.
4. «Fan bo‘yicha darsdan tashqari faoliyat»: Т alabalarning fan bo‘yicha bajargan ijodiy ishlari, referatlari, o‘quv-tadqiqotchilik ishlari, loyihalari ro‘yxati; olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar, intellektual marafonlar va boshqalar g‘oliblari ro‘yxatlari; sinfdan tashqari tadbirlar ssenariylari, o‘tkazilgan tadbirlar fotosuratlari va videomateriallari (ko‘rgazmalar, fan ekskursiyalari, tanlovlar, breyn-ringi va boshqalar); to‘garaklar va fakultativlar dasturlari; boshqa materiallardan iborat.
5. «O‘quv-moddiy bazasi» (pedagogning o‘z kabinetini metodik jihozlashga qo‘shgan hissasi):
• fan bo‘yicha lug‘atlar va boshqa axborot adabiyotlarning mavjudligi;
• ko‘rgazmali qo‘llanmalarning mavjudligi (maketlar, jadvallar, sxemalar, illyustratsiyalar, portretlar va boshqa-lar);
• didaktik materiallar, masalalar, mashqlar to‘plamlari, referatlar va insholar namunalari va shu kabilarning mavjudligi;
• talabalar bilimlari sifati o‘lchamlari;
• texnik vositalarning mavjudligi (televizor, videomagnitofon, musiqa markazi, diaproyektor, kompyuter va ta’lim kompyuterli vositalari, audio va video qo‘llanmalar);
• doimiy foydalaniladigan o‘quv texnik vositalari haqidagi ma’lumotlar;
• didaktik materiallar, masalalar, mashqlar to‘plamlari, referatlar va insholar namunalari va shu kabilardan, magistraturaga kirish imtihonlariga tayyorlanishi bo‘yicha materiallardan foydalanish;
• pedagog ixtiyori bo‘yicha boshqa hujjatlar.
6. «Guruh rahbari sifatida pedagogning vazifalari»: guruh talabalari o‘zlashtirishlari va bilimlari sifati tahlili; guruhda talabalar tartibi saqlanib qolishi haqida ma’lumotlar; huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar; ota-onalar bilan ishlash haqidagi ma’lumotlar; guruh rahbari soatlari va ota-onalar majlislari ishlab chiqilishidan iborat.
7. «O‘z pedagogik faoliyati natijalarini baholash».
8. «Taklif va mulohazalar» — talabalar, hamkasblari, ma’muriyat, ota-onalar baholari.
Portfolioni tayyorlash
Pedagog portfoliosi pedagogning o‘zi tomonidan papkada — fayllar to‘plamida qog‘ozda hamda elektron ko‘rinishda tayyorlanadi. Portfolioga kiritilgan har bir alohida material (yorliqlar, tashakkurnomalardan tashqari) sanasi qo‘yilishi va imzolanishi kerak.
Portfolioni baholash. Portfolio ta’lim muassasasi ma’muriyati yoki taqdim etilishi maqsadiga qarab jamoat organi tomonidan baholanadi. Baholashda portfolio barcha materiallari talabalar natijalariga, pedagog malakasini oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatganligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shu tariqa, pedagog elektron portfeli bir tomondan, pedagogning shaxsiy portfoliosi, ikkinchi tomondan, boshqa pedagoglar, metodistlar, IT-mutaxassislar tajribalarini birlashtirish va anglab yetish hisoblanadi. Unda pedagog hamda uning talabalari mustaqil va ijodiy faoliyatlari uchun o‘rin ajratiladi. Bundan tashqari, kompyuter hamda Internet tarmog‘i yordamida ta’lim muhitida boshqa pedagoglar, talabalar bilan muloqotlar va o‘zaro aloqalarda (elektron seminarlar, maslahatlar, veb-loyihalar va shu kabilar) namoyon bo‘ladigan elektron portfolioni ishlab chiqishda hamda foydalanishdagi kommunikativ rolini alohida ta’kidlab o‘tamiz.
Elektron portfelni yaratish uchun: Microsoft FrontPage, Adobe Dreamweaver, Adobe Flash va boshqa veb-nashrlarni yaratishga yo‘naltirilgan turli instrumental dasturiy vositalardan foydalanish mumkin. Elektron portfelni mazmun bilan to‘ldirish ishini tashkil etishda, pedagogik faoliyatda muhim bo‘lgan materiallarning to‘g‘ri tanlovida quyidagi: turli mavzular bo‘yicha materiallar berilishi yaxlitligi; aniq tuzilmasi va ti-zimlashtirilganligi; chuqur va sifatli ishlab chiqilganligi; to‘g‘ri bayon etilishi; tartibli va estetik tayyorlanganligi; doimiy va muntazam yangilanishi; dasturiy-metodik to‘plamlar ishlab chiqilishi talablariga muvofiqligi jihatlariga e’tibor qaratish zarur.
«Elektron portfel» mazmunini dasturiy-metodik majmua bilan to‘ldirishda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishning muhim yo‘nalishlaridan biri o‘qitishda kompyuter vositalari: elektron o‘quv qo‘llanmalari; kompyuterli test topshiriqlari; multimediyali taqdimot va ta’limiy dasturlardan foydalanish bo‘lib hisoblanadi. «Elektron portfel»ning eng muhim qismi bo‘lgan kompyuterda amalga oshiriladigan ta’limiy vositalarga, ta’lim jarayonini tashkil etishda, fanlarning (psixologiya, pedagogika, informatika va boshqa) so‘nggi yutuqlari asosida qurilgan, pedagog kasbiy faoliyati funksiyasining bir qismini amalga oshiruvchi va ta-labalar bilimlari mazmun-mohiyatini anglash faoliyatlarini interaktiv boshqaruvchi asosiy didaktik talablarga javob beradigan o‘quv (ta’limiy) dasturlar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, agar har bir OTM o‘qituvchisi yaxlit elektron portfelga ega bo‘lib, barcha muhim materiallarni jamlasa, ta’lim jarayonini tashkil etishda ahamiyatli bo‘lgan didaktik samaradorlikka erishish mumkin. Bundan tashqari, pedagog o‘zining elektron portfelidan mustaqil foydalanishi ham, boshqa o‘qituvchilarning va IT-texnologiyalari mutaxassislarining eng yaxshi ishlanmalaridan foydalanishlari ham mumkin. Shu tariqa, elektron portfelni yaratish va mazmun bilan uni to‘ldirish vaqtida, har bir OTM o‘qituvchisi kasbiy mahorati o‘sishiga, kompyuter vositasida o‘qitishga hamda o‘z fani bo‘yicha bilim darajasini takomillashtirishga erishadi.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI, MAKTAB, OILA, MAHALLA HAMKORLIGIDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH
tashkil etilishini nazorat qilish soha rivojining takomillashuviga olib keladi.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI, MAKTAB, OILA, MAHALLA HAMKORLIGIDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH
Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi
Annotatsiya
Maktabgacha ta’lim tashkiloti mahalla hamkorligida MTTga qamrab olinmagan bolalarni aniqlab ularni qisqa muddatli guruhlarga jalb etish, Besh nomdagi hamda Yetti nomdagi kitobni bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash maqsadida oilalarga tarqatish va ta’lim tarbiya jarayonini oilalarda ota-ona ishtirokida tashkil etilishini nazorat qilish soha rivojining takomillashuviga olib keladi.
Kalit so‘zlar: maktab, oila, MTT, mahalla, bolalar, pedagog-tarbiyachi, kitob, ota-onalar
Pre-school education organization in cooperation with the community to identify children not covered by the MTT and involve them in short-term groups, distribute the book Five and Seven to families in order to prepare children for school education and control the organization of the educational process with parents leads to the improvement of the development of the industry.
Keywords: school, family, MTT, neighborhood, children, educator, book, parents
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o’rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning isboti o‘laroq 2018-yilda maktabgacha ta’lim sohasida bolalar qamrovi 34,4% ni tashkil etgan bo’lsa, bu ko‘rsatgich 2019-yil yarim yilligi yakunida 40,5% ni tashkil etdi.
Bu albatta davlat rahbarining maktabgacha ta’lim sohasida chiqarayotgan qarorlari va e’tiborlari natijasidir. Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi. Qanday qilib ta’lim jarayonini mushkullikdan quvonchli jarayonga aylantirsa bo‘ladi? Shuni aytib o‘tish joizki, sifatli ta’lim birinchi navbatda ta’lim beruvchi tarbiyachi, pedagogning kasbiy mahoratiga bog‘liqdir.
Albatta mashg‘ulotlar tarkibiga yangiliklarni kiritish, ilg’or ish uslublari va metodlarni qo‘llash ta’lim sifatini oshirishga olib keladi. Bu esa o‘z o‘rnida pedagogdan kasbiy mahorat talab etadi. Barchamizga ma’lumki, bola uchun birinchi va eng mukammal tarbiyachi bu ota-onadir. Shunday ekan, oila bilan hamkorlik masalalari, ayniqsa bola tarbiyasida otalar o‘rni muhimligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Mustaqillik yillarida mamlakatda ta’lim muassasalari faoliyatini me’yorlantiruvchi “Ta’lim to‘g’risidagi qonun’’, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ta’lim sohasida, jumladan uning birinchi pog‘onasi sanalmish maktabgacha ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar yuzaga keldi.
“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ularning ta’lim olishlari, qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi oshirildi. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi, uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqardi.
Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki oilada maktab ta’limiga tayyorlash, unga qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish, bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifa, ya’ni ota-ona uchun ham qarz ham farzdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil, 30-sentyabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil, 21-noyabr 2-MX sonli buyrug‘i asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuzatuv kengashi ish boshladi.
Kuzatuv kengashi raisi ota-onalardan, kengash kotibi maktab o‘qituvchilaridan, a’zolari MTT pedagoglari, ota-onalar, mahalla vakillaridan tashkil topdi. Bu esa MTTning yanada ravnaq topishi uchun ayni muddao bo‘ldi. Kuzatuv kengashi MTTda bo‘ladigan ta’lim-tarbiya jarayoni, uning moddiy texnik bazasi, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan qo‘shimcha xizmat turlari, bolalarni sifatli ovqatlantirishni, MTTdagi joriy ta’mirlash ishlarida, hattoki, MTT rahbarini saylashda o‘z tavsiyasini berish huquqiga ega bo‘ldi. Mahalladagi kam ta’minlangan oilalarni o‘rganib chiqib, ularning farzandlariga MTTda ta’lim-tarbiya olish imkonini yaratdi.
Bola tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyos. Oila bolaga qattiq ta’sir ko‘rsatadi, uni atrofdagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ota-onalarni tashkiliy ishlarga jalb etish masalan, yumshoq o‘yinchoq tayyorlash, suv va qum bilan o‘ynashi uchun o‘yinchoqlar yasash, maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir. Bunday tanlovlar tarbiyachining yillik ish rejasida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar yig‘ilishlarida muhokama qilish va ma’qullab olish kerak. Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilish, bu borada buvi-yu, bobolarning ham maslahatlariga quloq tutmoq lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini ko‘rsatib, keyin asta-sekinlik bilan ularning xulq-atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarak-atrofga qiziqishlarini oshirib borishga astoydil harakat qilish lozimligini uqtirish kerak. Ota-onalarni maktabgacha ta’limga jalb etish maqsadida turli xil to‘garaklar, tadbirlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalari, guruhiy va umumiy ota-onalar yig‘ilishlari, ochiq eshiklar kunini tashkil etish diqqatga sazovor holatlardir.
“Bolani qanday sevish kerak?”, “Bola hayotida kitob”, “Bugun biz nima bilan shug‘ullandik”, “Ota-onalar burchagi”, “Maslahat va tavsiyalar”, Ko‘chma papkalar va boshqalar”. Bundan tashqari ruhshunoslar tomonidan tashkil etilgan testlarga murojaat etish ham foydadan holi emas. Masalan, “Biz qanday ota-onamiz?” (Test) “Farzandimizning nihoyatda qiziquvchanligi” (Test).
Maktabga borish bola hayotidagi jiddiy o‘zgarishlar davri hisoblanadi. Mazkur davr bilan bolaning rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bolaning oldingilardan farq qiladigan faoliyat shakllarini o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Kattalar va tengdoshlar bilan munosabatlarning boshqa uslubini o‘rnatish, fiziologik jihatdan o‘zgarishi ham talab etiladi.
Xo‘sh, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning tayyorgarligi qanday bo‘lishi kerak degan muhim savol yuzaga keladi.
Bolalarni maktabga muvoffaqiyatli o‘qishi uchun ularni fanlar bo‘yicha mazmunli tayyorgarligi muhim emas. Chunki uni haddan ziyod yuklatish o‘qishga bo‘lgan xohishni susayishiga olib keladi. Asosiysi, uni psixologik jihatdan maktabga tayyorgarligi, bilishga qiziqishi, o‘zini nazorat qila olish malakalarini, kommunikativ va ijodiy qobilyatlarini, nutqini, xotirasini, diqqatini, tafakkurini rivojlanishining ma’lum darajasini shakllantirish lozimdir.
Ko‘rib turibmizki, bolalarni maktabga tayyorlash katta yoki tayyorlov guruhlarida emas, balki uning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan kunidanoq boshlanishi lozim. Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, uni oldinroq ham boshlash lozim. Chunki bolaning diqqati, qiziquvchan va ba’zi bir topshiriqlarni mustaqil qilishi qiyin bo‘lganidek, uni qisqa muddat ichida birgalikda qandaydir vazifalarni yechishga, kelishishga o‘rgatish ham mushkul bir vazifadir.
Bolalarni maktabga chiqishda ularning yuqori imkoniyatlari va muvafaqqiyatini qanday ta’minlash mumkin?
Birinchi navbatda maktabga tayyorgarlik jarayonida o‘quv faoliyatining maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirish lozimdir. Bola tafakkurini shakllantirishning bu bosqichida mazmunli komponentlardan holi o‘laroq, rivojlantiruvchi komponentlar ustun turishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchilari va pedagoglarining hizmatlari har bir bolani faoliyatga yo‘naltira olishga, predmet va hodisalarning hususiyatlarini tahlil qila olishga, ya’ni, predmetlarni ko‘rsatilgan belgisi bo‘yicha tarqatish, farqini va umumiy hususiyatlarini ajrata olishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Maktabga tayyorgarlikning besh asosiy komponenti:
1. Motivatsion tayyorgarlik.
2. Irodaviy tayyorgarlik.
3. Maktabga ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorgarlik.
4. Aqliy tayyorgarlik.
5. O‘qishga layoqat
Bolalarni maktabga qanday tayyorlash lozim?
1. Kichkintoyning maktabgacha ta’lim tashkilotiga jonu-dili bilan borishiga g‘amxo‘rlik qilish.
2. Bolaning yoshiga mos me’yorlar va yosh hususiyatlarini inobatga olgan holda talab qo‘yish.
3. Bola xatti-harakatlar va so‘zlar orqali sizni mehringizni sezishiga intilish.
4. Oilada uning uchun sharoit yaratish.
5. Ertak va she’rlar o‘qib berish, rasm chizish. U bilan iloji boricha ko‘proq suhbatlashish, turli mavzularni muhokama qilish. Sog‘ligi va kayfiyatini muntazam kuzatib borish.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bolani maktab ta’limiga tayyorlashda MTT, maktab, mahalla, oila hamkorligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, ta’lim tarbiya sifati va samaradorligiga erishish va oldimizga qo‘ygan maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar
1. “Bolangiz maktabga tayyormi?” O‘z. Res. Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti.
2. O‘.Otavaliyeva. Bola tarbiyasida bog‘cha va oila hamkorligi. T.:1994-y.
3. Z.G’ofurov, S.Toshev. Ma’naviyat saboqlari. Qarshi. 1999-y.
4. MTTda qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etishda tarbiyachilarni tayyorlash bo‘yicha trening moduli. T.: 2017-y.
published at: SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL. Tashkent,
published year: 2020 ,
post date: 2020 yil 2 may
Elektron darsliklar yaratuvchi dasturlar bilan ishlash
Elektron darsliklar yaratuvchi dasturlar bilan ishlash
SbookBuilder dasturi yordamida elektron darsliklar tayyorlash.
Hozirda vaqtda bir necha xil elektron darslik tayyorlash imkonini beruvchi dasturlar mavjud. Oddiy HTML ko’rinishida elektron darslikni biror bir matn muharrida ham tayyorlash mumkin (misol uchun, HTML sahifalarni Notepad matn muharrida tayyorlash uchun HTML kodlarini matn muharriga yozib saqlashda .htm yoki .html kengaytma berish kifoya ) yoki maxsus HTML ma’lumotlar tayyorlashga mo’ljallangan Microsoft FrontPage, Dreamweaver kabi dasturlari yordamida ham tayyorlash mumkin. Lekin .chm yoki .exe kengaytmali faylllar o’zining yaxlitligi va oson nusxasini ko’chirib olinishi bilan oddiy HTML sahifalar to’plamidan iborat elektron darsliklardan afzal hisoblanadi.
Ushbu dastur bepul tarqatiluvchi dasturlardan biri bo’lib osonlik bilan elektron darsliklar tayyorlashga juda qulaydir. Ushbu dasturni global tarmoqning ushbu http://jansfreeware.com manzilidan ko’chirib olish mumkin. Dastur hech qanday o’rnatilishni talab qilmaydi. Ushbu dastur mavjud HTML sahifalarini exe fayl ko’rinishidagi elektron darslik holatiga keltiradi. Ya’ni bu dasturda avvaldan tayyorlab olingan bir-biriga bog’liq HTML sahifalar ko’rinishidagi ma’lumotlarni yaxlit bir exe fayl ko’rinishiga keltiradi. Uni ishga tushirish uchun SbookBuilder.exe fayli ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosamiz va natijada
Bu dastur juda sodda tuzilmaga ega. Uning quyidagi boshqarish maydonlari mavjud:
- Select folder – bu maydonda HTML ma’lumotlari joylashgan papka tanlanadi. Quyidagi rasmlda Qo’llanma nomli papka tanlangan uni tarkibidagi ma’lumotlar Files bo’limida ko’rsatilgan.