Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallar
Eslatib o‘tamiz, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar 5- va 7-sinfdan boshlab, imtihon asosida qabul qilinadi. Bunday maktablardagi sinflarda o‘quvchilar soni 24tadan oshmaydi. Bolalar faqat o‘z hududidagi ixtisoslashgan maktabda o‘qishi mumkin.
Maktab darsliklari
Электронные версии учебников школьных учебников для Bunning
С день за днем смартфон становится обычным, и он также служит для облегчения обучения.
Намерение, ситуация, когда школьные учебники забудут школьные учебники у себя дома или потеряли другой учебник, не считается проблемами. Потому что теперь электронные версии учебников представлены на edularup.uz.
Мы создали мобильное приложение в соответствии с загрузкой и использованием этих учебников на мобильных телефонах. Все учебники не будут неохотно для среды Министерства образования людей. Мобильное приложение
включает в себя следующие преимущества <> – Texsters всегда можно размещать в меньшем,
– книги могут быть расположены и работают в автономном режиме;
– Книга, открытая в приложении, будет продолжаться от того места, где она достигнет следующего времени;
– ночной режим Kin, функции горизонтального режима страницы
– и другие средства покрытия;
<>
Вам нравится приложение, оцените приложение, запишите свои маленькие мысли и убедитесь, что вы не почувствуете его распространению.
What’s New
Maktab darsliklari dizayn yangilandi, xatoliklar tuzatildi
Similar
Maktab – مکتب
آموزش، چلنج و سرگرمی
Barcha sinf va litsey adabiyot kitobi – Offlayn
Oʻzbek va jaxon adabiyoti. 5-6-7-8-9-10-11 sinf va litsey adabiyot kitobi lugʻat
KIMYO 5 6 7 8 9 10 11
KIMYO sinflar Кимё синфлар pdf kitoblar узбек китоблар пдф китоблар
Raqamli darsliklar AR
Maktab fanlarini o’zlashtirish uchun qo’shimcha elektron resurslar jamlanmasi.
Matematika 2 sinf
2-sinf Matematika darsligi uchun ta’limiy o’yinlar
9-Sinf uchun darsliklar
9-Sniflar uchun darslik.Qayta ishlangan 3-nashri.Kitobi
Aboo – Knowledge made accessible
An educational app which offers free learning materials for school children.
Maktab darsliklari | Kitoblar
2022 1-11 sinflar uchun Maktab kitoblari jamlanmasi Yangi toplam barcha tillarda
Ruscha O’zbekcha so’zlashgich
Ruscha O’zbekcha Oson lug’at so’zlashgich – Rus tilini qulay o’rganing
Tarix ensiklopediyasi PDF
Barcha sinflar Tarix fani darsliklar-kitoblar to’plami – Tarix ensiklopediyasi
Tasviriy San’at 1 sinf
“Tasviriy san’at” AR darsligi.
Kundalik.Family
Kundalik.Family – bu ota-onalar va bolalar uchun mo’ljallangan ilova bo’lib
Catch — Thrilling Chat Stories
Страшные истории, жуткие, страшилки, переписки, фанфики. Читай и слушай!
Storytel: Audiobooks and Ebooks
Storytel – аудиокниги, подкасты, лекции, аудиосериалы в одном приложении. 0+
LitRes: Read and Listen online
1,000,000 русскоязычных книг и аудиокниг от горячих новинок до классики!
Null’s Brawl Alpha Guide
Советы по моду Nulls Brawl and Stars 2021
ReadEra – book reader pdf, epub, word
Читать книги FB2, PDF, WORD, EPUB, MOBI легко! Ваша читалка книг, ebook reader.
MyBook: books and audiobooks
Более 290 000 книг, аудиокниг. Попробуй читать и слушать онлайн и без интернета!
Maps Bendy for Minecraft
Найти и скачать карты Бенди легко.
Unofficial Tricks Toca Life World 2021
Неофициальные трюки для Toca Life World, чтобы стать супер игроком в игре.
Wattpad – Read & Write Stories
Открой для себя любимое во всем мире онлайн-сообщество для писателей.
МТС Библиотека — читать и слушать книги онлайн
Книги, аудиокниги и журналы в онлайн-библиотеке для абонентов всех операторов!
Сказки для детей плеер
Добрые аудио сказки детям и малышам слушать на ночь. БЕСПЛАТНО, без интернета!
Читай-город
Книжный магазин в смартфоне
Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallar
Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o’quv
qo’llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig’imdagi audiovizual
materiallar, interfaol o’quv kurslari, ko’mpyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish uchun
labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o’tkazish bo’yicha tizimlar.
Elektron axborot-ta’lim resursi (EATR) – o’rganish va ta’lim berish uchun qulay tarzda
shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta’lim olish darajasidagi
o’quvchi va o’qituvchilarga mo’ljallangan, ma’lum bir fanni o’rganish uchun mantiqiy ketma-
ketlikda shakllantirilgan elektron axborot manbalari majmuasidir. Elektron axborot ta’lim
resursi tashkiliy elementlarining tavsifi
ijodkorlik (kreativ-mualliflik) muhitidir. Taklif
etilayotgan elektron axborot ta’lim resurslari ta’lim oluvchilarga o’rganilayotgan obyekt ustida
ijodiy izlanish olib borishga, uni o’zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi o’zaro bog’liqliklarni
tizimli o’rganishga yordam beradi. Mazkur muhit ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga jamoa
bo’lib ishlash imkoniyatini yaratadi
Elektron axborot ta’lim resursi o’quv jarayoniga
moslashuvchan bo’ladi. Passiv holatda bu qo’shimcha o’quv materiali hajmining ko’pligida
namoyon bo’ladi. Shu bilan birga resurs taklif etayotgan materialni ko’chirish, uni qayta ishlash,
olingan material bazasida yangi o’quv materialini tayyorlash imkonini beruvchi vositalar
to’plami. Elektron axborot ta’lim resursining asosiy tashkil etuvchilari quyidagilar:
1). Fan bo’yicha ma’ruza matni yoki nazariy materiallar to’plami. Umumta’lim maktablari uchun
joriy etilgan darslikning elektron nusxasi.
2). Mashq va masalalar to’plami. Ta’lim berishda qo’yilgan birlamchi talablarni bajarish uchun
mashq va masalalar to’plami. Masalalar to’plami elektron variantda faqat sidirg’a matn
ko’rinishida emas, balki uni yechish uchun tuzilgan maxsus amaliy dasturlardan foydalaniladi.
Asosiy mezon sifatida nazariy jihatdan yoritilgan o’quv materiallar bilan bevosita bog’liq masala
yechimi yoki tahlili qaraladi.
3). Test. Darslikda berilgan mavzular kesimida test WEB formatda yaratiladi. Mavzuni o’rganish
tugashi bilan bilimlarni sinab ko’rish imkoniyati mavjud. Tashqi ko’rinishidan elektron nazorat
dasturining eng sodda va birlamchi varianti. Bundan tashqari o’rganilgan kurs materialini
o’zlashtirish darajasini tahlil etish uchun savollar ombori bilan ishlash, to’g’ri-noto’g’ri javoblar
tahlilini qila oladigan, ya’ni mavzuni o’zlashtirishdagi muammolarni aniqlash imkoniyati
realizasiya qilingan test dasturi ham resurs bazasiga kiritiladi.
4). So’rovnoma. Mazkur blokda fanni o’rganish uchun terminologik lug’at joylash-tiriladi. Shu
bilan birga fanni to’ldiruvchi, o’rganiladigan kurs doirasidagi qo’shimcha ma’lumotlarni aks
ettiruvchi ensiklopedik materiallar joylashtiriladi. Resursning asosiy tashkil etuvchilaridan biri
hisoblanadi. Boshlang’ich holatda ensiklopediya ta’lim standartlari tomonidan talab etilgan
axborot hajmidan ko’proq axborot berish imkoniyatini beradi.
5). Dars mavzusini to’ldiruvchi qo’shimcha materiallar. Mazkur blok (menyu)da darslik
mazmunini to’ldiruvchi interaktiv animasion dasturlar, rasmlar kompozisiyasi, matn
ko’rinishidagi qo’shimcha materiallar joylashtiriladi.
6). Didaktik materiallar, fan bo’yicha taklif etilayotgan resurs mazmunini namoyish etuvchi
plakatlar, ko’rgazma qurollari va fanni o’rganish uchun yaratilgan chiziqli animasion roliklar.
7). Media fayllar. Audio, video materiallar. Mazkur blok dars mavzusini yorituvchi .mp3
formatidagi audiorolik, .swf yoki .avi formatidagi videoroliklar.
8). Fotogalereya, dars mavzusini to’ldiruvchi foto yoki fotokompozisiyalar. Resurs bazasida
realizasiya qilingan barcha bloklardagi axborotlarni tahrirlash, ya’ni almashtirish yoki ustida
qayta ishlash imkoniyatini beruvchi “redaktor-muharrrir” dastur ishlatiladi.
Zamonaviy elektron axborot-ta’lim resurslari qo’yidagi talablarga javob berishi zarur:
1. Pedagogik talablar o’z navbatida didaktik va uslubiy talablarga bo’linadi.
2.Funksional talablar: -mazmun qog’oz variantdagi kitobga o’xshash tarzda, kalit so’zlarni
qidirish imkoniyati majud, fanni to’ldiradigan qo’shimcha ma’lumotlar bilan
boyitilgan; moslashuvchanlik-ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasiga bog’liq ravishda,
o’tilgan mavzuni qaytarish, ustida ishlashni individual tempda amalga oshirish; ko’pterminalli-
statik ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyati mavjud, sinfdagi o’quvchilarning darslikdan
foydalanish chastotasi, test natijalari, to’g’ri-noto’g’ri javoblar, o’quvchilarning qaysi mavzuni
yomon o’zlashtirayotganligini tahlil qilish imkoniyatlari;
interaktivlik-tabiiy muloqotni
imitasiyalash, ya’ni EATR bilan o’quvchi o’rtasida muloqot o’rnatib, o’qituvchi yoki
o’rgatuvchi mavjudligi hissini tashkil etish; interaktivlik ta’minlash va individual ta’lim olishga
sharoit yaratish imkoniyatining mavjudligi; elektron axborot texnologiyalarida mavjud bo’lgan
imkoniyatlardan foydalangan holda yuqori sifatli ko’rgazmalilikka ega bo’lishi shart.
3. Psixofiziologik talablar: EATR ni ishlab chiqaruvchilar quyidagi psixofiziologik talablarga
ham rioya qilishlari zarur: har bir ta’lim oluvchi – o’quvchining fikrlashi, dunyoqarashi, taqdim
etiladigan o’quv materialini qabul qilish va o’zlashtirish darajasi har xil bo’lgani uchun, EATRni
ishlab chiqarishda asosan ko’rish, eshitish va tasavvurni shakllantiruvchi uslublardan
foydalanish; ta’lim oluvchilarning individual qobiliyat-larini hisobga olish uchun o’quv
materialini bir nechta uslub yordamida, ya’ni matn, ovoz va grafik interpretasiya orqali taqdim
etish imkoniyatining mavjud bo’lishi; yosh xususiyatlari va qiziquvchanlik faktorlarini hisobga
olish, ta’lim oluvchiga taqdim etiladigan o’quv materialini mustaqil o’rganishga undovchi
uslublarning mavjudligi maqsadga muvofiqdir;
foydalanuvchi interfeysini yaratishda
tanlanadigan ranglarning psixologik xususiyatlarini hisobga olinishi; taqdim etiladigan o’quv
materiali matni va fon kombinasiyalarida, rang va ma’lumotlarning aks etishiga alohida e’tibor
berilishi shart.
4. Ergonomik talablar.
5. Texnik talablar
Elektron axborot-ta’lim resurslari (EATR) axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanishining zamonaviy talablariga mos bo’lishi shart. Elektron axborot-
ta’lim resurslarini ishlab chiqishda bu sohada dunyoning eng ilg’or mamlakatlari tajribalarini
joriy etish, EATR ni tayorlashda ular foydalanayotgan eng yangi dasturiy mahsulotlar,
qo’llayotgan texnologiyalardan samarali foydalanish kerak. Elektron axborot-ta’lim resurslari
(EATR) maktablardagi shaxsiy kompyuterlarda, lokal tarmoqda va Internet orqali onlayn
tizimida ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak va shu o’rinda yuklanishi og’ir bo’lmasligi
kerak. Elektron axborot-ta’lim resurslaridan foydalanuvchilar asosan maktab o’qituvchilari va
o’quvchilardir. Shuning uchun ularni ishga tushirishda turli parollar qo’llash va ro’yxatdan
o’tkazish shartlari qo’llanilmasligi kerak. Elektron axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish
tezligini pasaytiradigan va ortiqcha dasturlarni o’rnatish talab etilmasligi zarur.
6. Hujjatlar. Elektron axborot-ta’lim resurslar quyidagilarni o’z ichiga olgan foydalanuvchi
yo’riqnomasiga ega bo’lishi lozim: -resursdan foydalanish tartibi aks ettirilgan texnik
yo’riqnoma; resursdan ta’lim jarayonida foydalanish, ya’ni dars jarayonida qo’llash mumkin
bo’lgan uslubiy tavsiyalar (shu jumladan, tavsiya etilgan foydalanish ssenariyi) keltirilgan
yo’riqnoma.
Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki: Elektron axborot ta’lim resursi maqsadga
yo’naltirilgan, shaxsning rivojlanishiga mo’ljallangan, ta’lim maqsadiga erishish uchun
pedagogik metodlar va texnologiyalarning uslubiy izchililigiga ega bo’lgan pedagogik ssenariy
asosida tuziladi. O’quv materialining joylashtirilishi tuzilmasi pedagogik ssenariyga mos tarzda
amalga oshiriladi va ta’lim berish sifatini oshirish uchun xizmat qiladi.
12.2. Ta’limiy Internet resurslar va ulardan o’quv jarayonida foydalanish
Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog’iga
ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va hakozolardir.
Ta’lim Web-serverida EO’K ni taqdim etish xususiyatlari. Agar elektron o’quv kursi
dastlab, alohida kompyuterda avtonom foydalanish uchun ishlab chiqilgan bo’lsa, uni
tarmoqning (lokal yoki Internet) maxsus ajratilgan serverida joylashtirish uchun maxsus qayta
ishlash talab etiladi. Avvaldan universal foydalanishga mo’ljallangan va shunga muvofiq,
gipermatnli texnologiya asosida tayyorlangan kurslar bundan mustasno. Hozirgi vaqtda bunday
yondashuv keng tarqalmoqda, shuning uchun elektron o’quv kursini ta’lim Web-serverida
taqdim etish xususiyatlari nafaqat kursning o’zi bilan, balki axborotni va berilgan serverda
o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlikni tashkillashtirish uchun, qanday umumiy prinsiplar
tanlangani bilan ham bog’liq. Ta’lim serverlarining Internet tarmog’ida ishlashi bilan tanishib,
hozirgi vaqtda o’quv materiallarini taqdim etishga ham, o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlikni
tashkillashtirishga ham yagona yondashuv va standartlar ishlab chiqilmaganligini ko’rish
mumkin. Taklif qilinayotgan axborot kurslarining muhofazalanganlik darajasi, berilgan o’quv
yurti o’quvchilarining tor doirasi uchun faqat parol bo’yicha cheklangan foydalanishdan tortib,
ochiq foydalanish rejimida o’quv-metodik materiallar, ilmiy maqolalar va sh.k.larni to’liq taqdim
etilishigacha oraliqda tebranadi.
Ta’lim tizimida maktab, oliy o’quv yurtidan tortib regional va Umum Rossiya darajasida
telekommunikatsiyalar markazlari yaratilmoqda. Shu munosabat bilan, makonda taqsimlangan
ta’lim tizimining asosi sifatida Internet global tarmog’ida ta’lim serverini yaratish
texnologiyasining o’zini va ilmiy-metodologik asoslarni ishlab chiqish ayniqsa dolzarb bo’lib
bormoqda. Rossiya o’quv yurtlari ishni asosan quyidagi yo’nalishlarda olib bormoqda.
• O’quv yurtining ixtisoslashtirilgan ta’lim Web-serverida va alohida bo’linmalarning
serverlarida turli xil o’quv-metodik, namoyish qilinadigan va obzorli materiallar taqdim etiladi.
O’quv yurti mutaxassislari ushbu holatda ta’lim serveri konsepsiyasini mustaqil belgilaydilar (5-
rasm).
• Regional ta’lim Web-serverlar bazasida axborot-ta’lim muhiti shakllantiriladi, uning
mazmunan to’ldirilishi turli o’quv yurtlari pedagoglarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan
amalga oshiriladi.
• Umum Rossiya virtual ta’lim makonini yaratish dasturi doirasida, joylarda Rossiya virtual
universitetining regional markazlari tashkil qilinadi. Mavjud bo’lgan, shu jumladan, ushbu
dasturda qatnashayotgan boshqa oliy o’quv yurtlaridagi elektron o’quv resurslari to’g’risidagi
axborotdan barcha manfaatdor shaxslar – o’qituvchilar, talabalar Internet orqali foydalanishlari
mumkin bo’ladi. Barcha regional markazlar o’quv resurslaridan foydalanish uchun yagona
qobiqdan foydalanadilar. Ularning gipermatnli texnologiya yordamida rasmiylashtirilgan
bo’lishi, ular uchun yagona cheklash hisoblanadi.
Ta’lim Web-serveri konsepsiyasi. Makonda taqsimlangan ta’lim tizimini yaratishdagi ko’plab
masalalarni hal qilishda, pedagoglar ham, o’quvchilar ham katta rol o’ynashlari mumkin.
Ta’lim Web-serveri negizidagi virtual o’quv markazini axborot jihatdan qo’llab-quvvatlash
kompleksini shakllantirish va rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari sifatida, ikkita asosiy
yo’nalishni belgilash mumkin.
Birinchi yo’nalish – bu o’quv yurti serverida joylashtirilgan va virtual o’quv markazi
ma’muriy, o’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot faoliyatining axborot jihatdan qo’llab-quvvatlanishini
ta’minlaydigan axborot-ma’muriy Web-saytini loyihalash. Bunday saytlar mustaqil ahamiyat
kasb etadi, ularni rasmiy Web-sahifalar bilan almashtirib bo’lmaydi, chunki ularning strukturasi
virtual o’quv markazi faoliyatining xarakteri bilan belgilanishi kerak. Bu, masofadan o’qitish
ham, ijodiy loyihalarni bajarish ham, tarmoq olimpiadalarini o’tkazish ham bo’lishi mumkin.
Tegishlicha, bu yo’nalishlarning har biri uchun, sayt negizida shuni tashkillashtirishga alohida
yondashuv talab etiladi. Aynan, pedagog axborot resurslaridan foydalanish tartibini rejalash-
tirishi, o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bazasida serverda to’planadigan axborot yordamida,
o’quv yoki ijodiy jarayon boshqarilishini va monitoring tashkillashtirilishini mulohaza qilib
ko’rishi mumkin. Loyiha dasturiy jihatdan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi (oliy
o’quv yurtlarida bu axborot texnologiyalari markazlarining yoki boshqa o’xshash struktura-
larning xodimlaridir). Albatta, bunday saytlar yaratilishini bosqichma-bosqich, pastdan yuqoriga
texnologiyasida – o’quvchilarni oddiy ro’yxatga olishdan tortib, virtual o’quv markazi butun
faoliyatini to’la ma’muriy boshqarishgacha, real amalga oshirish mumkin. Ikkinchi
yo’nalishning mohiyati, ta’lim serverini mazmunan to’ldirish uchun turli elektron o’quv
materiallari tayyorlashda ko’rinadi. Bu ishda asosiy rol, albatta pedagoglarga tegishli, lekin
o’quvchilar uchun ham keng faoliyat maydoni ochiladi. Bu, masalan, obzorli materiallarni ichiga
oluvchi Web-sahifalarni tayyorlash, u yoki bu fan bo’yicha eng qimmatli axborot manbalari
(Internet havolalari) ro’yxatlari bo’lgan annotasiyalangan kataloglar, modellashtiruvchi
dasturlarda ma’lumotlar bazalarini shakllantirish bo’lishi mumkin. Gipermatnli texnologiyadan
foydalanish, ham pedagoglar, ham o’quvchilar uchun axborot bilan ishlash imkoniyatini doimo
yaxshilab borgan holda, butun tizimni oson o’zgartirish va kengaytirish imkonini beradi.
Gipermatnli texnologiyadan foydalanish o’z-o’zidan barcha ishlanmalarni yagona standart
doirasiga kiritadi, lekin O’AT dasturiy ta’minoti kompleks ishlashi uchun, odatda, yagona
axborot makoni shakllanishini ta’minlaydigan va o’zida, o’quvchilar, o’quv yurti pedagoglari va
ma’muriyati operativ foydalana oladigan, muammoga yo’naltirilgan axborot muhitini
ifodalaydigan standart dastur – qobiq tuziladi yoki jalb qilinadi. Bunday qobiqlarni (VLE, Net-
maktab va boshqalar) joriy qilish pedagoglarning bevosita ishtirokida olib borilmoqda.
Pedagoglar tajriba foydalanish bosqichidayoq, o’z takliflarini ishlab chiquvchilarga bergan
holda, ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun ularning imkoniyatlarini o’rganadilar. Biroq,
afsuski, bunday dasturiy ta’minot uchun yagona standart hozircha ishlab chiqilmagan.
Masofadan va ochiq o’qitish dasturlarini amalga oshiradigan o’quv yurtlari va markazlari
(mamlakatimizdagi va chet eldagi), axborot muhitini saqlab turish uchun faoliyatlarining o’ziga
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, o’zlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishmoqda.
Bundan tashqari, standartlashtirilgan dasturiy vositalarning yo’qligi tufayli, o’quv yurtlari
kommunikasion texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotni
sotib olishlariga yoki ishlab chiqishlariga to’g’ri keladi. Bularga, lokal tarmoq hamda Internet
orqali o’quv-metodik materialdan foydalanishni va ular bilan ishlashni tashkillashtirish
vositalari; ta’lim (o’quv) dasturlari, o’quv qo’llanmalari, topshiriqlarni va sh.k. tarmoqlar orqali
yuborish, testlashni tashkillashtirish va o’tkazish kiradi.
Nazorat savollari
1. O’qitishning axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
2. Kompyuterli texnologiyaning tasnifiy parametrlari nimalarni o’z ichiga oladi?
3. Kompyuterli texnologiyaning konseptual asoslari nimalardan iborat?
4. Kompyuterli texnologiyaning mazmunini nima tashkil qiladi?
5. Kompyuterli texnologiyada ma’lumotlar va bilimlar bazasi nima?
6. Elektron o’quv kursiga qo’yiladigan talablar qaysilar?
7. Elektron o’quv kursi mazmuniga qanday talablar qo’yiladi?
8. Elektron o’quv kursi strukturasiga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?
9. Elektron o’quv kursini amalga oshirish shakllari va uning
o’quv-tarbiya jarayonidagi o’rni nimadan iborat?
10. Ta’lim serveridagi elektron darslik va elektron o’quv kursi: amalga oshirish uchun
texnologiyalarni tanlash qanday amalga oshiriladi?
10. Ta’lim Web-serverida EO’K ni taqdim etish xususiyatlari nimalardan iborat?
11. Ta’lim Web-serveri konsepsiyasi nima?
13-mavzu. Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta’limiy maqsadlarda
sama-rali va xavfsiz foydalanishning pedagogik – ergonomik shart sharoitlari. Informatika va
axborot texnologiyalari xonasiga qo’yiladigan talablar va unda ish jarayonini tashkil
etishning metodik jihatlari (2 soat).
Mavzu rejasi:
13.1. Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta’limiy maqsadlarda samarali va
xavfsiz foydalanishning pedagogik – ergonomik shart sharoitlari.
13.2. Informatika va axborot texnologiyalari xonasiga qo’yiladigan talablar va unda ish
jarayonini tashkil etishning metodik jihatlari.
Tayanch so’z va iboralar: Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan, ta’limiy
maqsadlarda samarali va xavfsiz foydalanishning pedagogik – ergonomik shart sharoitlari,
Informatika va axborot texnologiyalari xonasiga qo’yiladigan talablar, ish jarayonini tashkil
etishning metodik jihatlari.
13.1. Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta’limiy maqsadlarda samarali
va xavfsiz foydalanishning pedagogik – ergonomik shart sharoitlari
Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida ham yuqori malakali informatika va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha mutaxassislar yetishib chiqishmoqda, undan
tashqari matematika, fizika kabi muxassisliklarni bitirganlar ham dasturlash bo’yicha ma’lum bir
qayta tayyorlash kurslarini bitirishsa, ularning intellektual boyligidan dasturiy mahsulotlar ishlab
chiqarish va sotish natijasida milliy iqtisodimiz rivojlanishiga katta xissa qo’shish mumkin
bo’ladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnik qismini respublikamizda ishlab
chiqarish uchun katta sarmoyalarni jalb qilish talab qilinadi, bu esa ham vaqt ham iqtisodiy
jihatda maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun ham biz asosan e’tiborimizni dasturiy
mahsulotlarni ishlab chiqarib avvalom bor o’zimizning ichki talabimizni qondirishimiz va undan
keyin eksportga yo’naltirishimiz lozimdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabda ta’lim olishni boshlagan vaqtdan
boshlab ommaviy ravishda o’qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o’quvchilar
ko’nikmalarga tez erishishadi. Keyingi bosqichda kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar
talabalari uchun maxsus davlat tilidagi multimedia kurslarini ishlar chiqib joriy qilish kerakdir.
Uchinchi bosqichda, oliy o’quv yurtlari bazasi va qolaversa texnologik parklar qoshida
dasturchilar sinfini shakllantirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, ta’limning barcha bosqichlarida
pilot loyihalarni o’tkazib, uning natijalari asosida kerakli qarorlar qabul qilish lozim; o’quv
jarayoni uchun ishlab chiqilishi kerak bo’lgan dasturiy mahsulotlar davlat tomonidan to’liq
moliyalashtirilishi kerak; mamlakat darajasida ta’lim resurslarini qamrab olgan yagona
ma’lumotlar bazasini shakllantirish lozim; respublika hududlarida ta’limni axborotlashtirish
darajasini doimiy ravishda tahlil qilib, uning asosida kerakli qarorlarni qabul qilish kerakdir.
Jahon amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy ta’lim berish
jarayonining barcha daraja va bosqichlariga kiritish lozimligini ko’rsatmoqda. Ta’limga
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish va foydalanishdan asosiy maqsad –
ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni ta’lim oluvchi va beruvchilar uchun yangi
imkoniyatlarni yaratib berishdan iboratdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini t a ‘ l i m j a r a yo n i g a keng ko’lamda joriy
qilish quyidagilarni beradi:
– o’quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor – o’qituvchilar tomonidan qidirib topishga
ketadigan vaqtning qisqarishi;
– elektron o’quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o’zgartirishni
tezlashtirilishi;
– talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qo’shimcha vaqtning ajratilishi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quv
jarayonida qo’llashning istiqbollari bo’lib multimedia-texnologiyalar asosida interaktiv
ma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi. Ananaviy ma’ruzalar o’qishga nisbatan interaktiv
ma’ruzalarda talabalar o’qitish jarayoniga faol aralashishlari mumkin bo’lib, unda o’quv
materialining turli joyidan savollar berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo’ladilar.
Multimedia-texnologiyalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiy-
texnik vositalarining mujassamlanishi talabalarning, ya’ni audioaxborot (ovoz), videoaxborot
va animasiya (multiplikasiya, «tirik video») ko’rinishdagi axborotlarni turli xis etuvchi
organlari tomonidan qabul qilish darajasini yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa darslarni
qiziqarli va samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o’qituvchining yordamchisi
sifatida ishtirok etadi. O’qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida Microsoft Office dasturining
Power Point grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi kerak bo’ladi. Bu albatta o’qituvchidan
shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo’lishini talab etadi. Bundan tashqari bunday
ma’ruzalarni yoki amaliyot mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maxsus jihozlangan
auditoriyalarni talab qiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limga keng kirib kelishi bilan ko’pgina
davlatlarda masofaviy ta’lim, ochiq ta’lim va malaka oshirishning masofadan turib oshirish
kurslari ham keng kirib keldi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod”
jamg’armasi qoshida ham bir qator masofadan malakasini oshirish kurslari yo’lga qo’yilgan va
muvoffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Masofaviy ta’limning o’quv-uslubiy negizini tashkil
qiluvchi elektron o’quv adabiyotlarini yaratish bo’yicha ham “Axborot texnologiyalari va
menejment” fakultetida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Hozirgi kunda 100 dan ortiq elektron
darslik va qo’llanma, avtomatlashtirilgan test tizimlari, virtual stendlar, multimedia tizimlari
ishlab chiqilib, o’quv jarayonida keng foydalanilmoqda. Quyidagi 7-rasmda “Shaxsiy
kompyuterning CD-ROM qurilmasining ishlash prinsiplari” nomli virtual stendidan bir lavha
keltirilgan.
1 – rasm. Virtual stenddan bir lavha
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quv jarayonida ommaviy foydalanishda
elektron darsliklar katta ahamiyat kasb etmoqda. Elektron darslik har xil dasturlash tillari orqali
tuziladi, lekin dasturlashning ma’lum bir standarti hozirchalik mavjud emas. Har bir elektron
darslik o’ziga xos bo’ladi. Ushbu darslikning ham bir necha q u l a y l i k l a r i mavjud,
jumladan:
– o’rganilishi kerak bo’lgan materiallarni talabalarga qulay ko’rinishda taqdim etish;
– elektron darslikning talaba bilan interaktiv usulda muloqatda bo’la olishi;
– talabalarning o’quv materiallarini mustaqil ravishda o’rganishi va olgan bilimlarini test
sinovlari asosida sinab ko’rishi mumkinligi.
AKT keng ko’lamda qo’llanilishi ta’limni sifat va samaradorlik jihatidan yuksaltirishda
ko’maklashadi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
– ta’lim sohasidagi yangi texnika va texnologiyalar haqidagi axborotlarni keng tarqatish kerak;
– AKT o’rganishni maktab partasidan boshlashni keng yo’lga qo’yish kerak, bu esa
kompyuter savodxonligini tez vaqt ichida egallashda yordam beradi;
– ta’lim berishning barcha pog’onalarida sifat ko’rsatkichini yuksaltirish uchun AKT keng
foydalanish lozim;
– o’qituvchilarni tayyorgarlik darajasini yanada yuksaltirish kerak bo’lib, ular esa o’z o’rnida
axborotlashgan jamiyatga borish yo’lini ko’rsatib berishlari kerak;
– turli darajadagi hamkorliklar asosida AKT ta’lim sohasida samarali foydalanish ko’lamini
kengaytirish lozim.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini respublikamiz boshqaruv tizimida bosqichma-
bosqich joriy qilinib borilishi, jamiyatimizni to’liq axborotlashitirish, ta’lim tizimi tarkibida
yangi, ya’ni axborot va bilimlarga asoslangan tizimni shakllantirishga olib kelishi mumkin.
13.2. Informatika va axborot texnologiyalari xonasiga qo’yiladigan talablar va unda ish
jarayonini tashkil etishning metodik jihatlari.
Mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarining zamonaviy texnika vositalari va kompyuterlar
bilan ta’minlanishi davom etayotgan bo`lsada, ulardan foydalanish va foydalanuvchilarning
imkoniyat darajalarini ko`tarishni davr talabi taqoza etmoqda. Shuning uchun ham o`quv
yurtlarimizda Informatika, Axborot texnologiyalari qolaversa barcha fanlarning o`qitilishiga va
yangi texnologiyalardan samarali foydalanishni amalga oshiruvchi pedagogik xodimlarning
malakasini oshirishga yordam beradi.
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning
muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo’jalik sektorini
(ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda
kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning
zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida
ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq
xo’jaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o’tish demakdir.
Texnika xavfsizligi xaqida
Kompyuter o’rnatiladigan xonaga kompyuterlar soniga qarab turib, quyidagi talablar
qo’yiladi: ta’limni axborotlashtirish bu tinglovchilarni kompyuterda nazariy va amaliy
mashg’ulotlar o’tkazish bilan bajariladi. Shuning uchun kompyuter xonasida 5 tadan 20 tagacha
kompyuter o’rnatilishi mumkin. Bizning sharoitimizda uning soni 5 taga teng. Shuning uchun
kompyuter xonasini o’lchamlari quyidagicha bo’lishi kerak: 6x10x2,8 metr.
Stol va stullarga talablar
Kompyuter xonasida stol va stullarga talablar mavjud bo’lib, stol balandligi yerdan 68-77
sm bo’lib, stullar esa aylanuvchan bo’lishi kerak va albatta orqasida suyanchig’i bo’lishi kerak.
Chunki stol-stullar o’z gabariti bilan to’g’ri kelmasa, foydalanuvchi tezda charchab qoladi va
zerikishga olib keladi. Stol va stullar shunday joylashtirilishi kerakki, ular insonlarga turib
yurishga xalaqit bermasligi kerak. Bundan tashqari, o’qituvchi bemalol xar bitta tinglovchini
oldiga borib, uni qilgan xatolarini kompyuterda bemalol ko’rsata olishi kerak.
Insonni antropometrik o’lchovlarini hisobga olish
Insonni antropometrik o’lchovlari quyidagicha: o’rtacha balandligi 1 metr 72 sm, yelka
kengligi 39 sm, qo’llar yoyilmasi 160 sm. Agarda bu antropometrik o’lchovlar hisobga
olinmasa, tinglovchilar ish paytida bir-biriga xalaqit berishlari mumkin.
Monitordan insonning ko’zigacha bo’lgan optimal masofa
Monitor ko’zdan ozgina pastroqda va 50 smdan kam bo’lmagan masofada joylashishi
kerak. Monitor va ko’z orasidagi masofa 60-70 sm bo’lishi tavsiya qilinadi, bu masofa kichik
bo’lsa, insonni ko’zi tezroq charchaydi. Monitorni dizayni va rangi o’ziga e’tiborni jalb
qilmasligi kerak. Shuning uchun monitorning sirt tomonida har xil reklama yopishtirg’ichlarini
olib tashlash kerak. Monitorning ekrani zangori va ko’k ranglarga bo’yalishi shart. Chunki bu
ranglar inson ko’ziga eng yaxshi ranglardan hisoblanadi.
Kompyuterda ishlash vaqtida insonning charchash sabablari
Kompyuter bilan ishlash vaqtida inson quyidagi faktorlardan charchaydi:
– Ekranni yorug’ligi;
– kontrast va fon o’rtasidagi aniqligi;
– kompyuterda ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi;
– kompyuterda nurlanishning insonga ta’siri;
– kompyuter buzuqligi.
Kompyuter xonasiga talablar
Xonaning shipi ok-ko’k fon balan oqlanishi, devorlari esa yashil rangga oqlanishi kerak. Bu
ranglar va oftob nurlanishi bizga kerakli rang iqlimini yaratib beradi.
Elektr xavfsizligi
Kompyuter xonasida xamma jixozlar elektr tokda ishlaydi, shuning uchun elektr
shikastlanishiga uchrash mumkin. Hyech qanday ochiq joyi bor kabellardan foydalanish kerak
emas.
Kompyuterlarni yerga ulash va yerga ulash himoyasiga talablar
Hamma kompyuterlarda elektr tarmog’iga ulash uchun maxsus sistema ishlatiladi va unda
“0” ulash himoyasi qo’llanilgan. “0” ga ulash himoyasi bu “0” simini korpuslarga bog’lash va
har xil issiqlikda ishlaydigan avtomatlarni ishga tushiruvchi sistemadir.
Elektron maktab darsliklar
Al-Xorazmiy nomidagi maktab direktori o‘rinbosari Dilrabo Davidova ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihon jarayonlariga tayyorgarlik haqida ma’lumot berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Yangidan tashkil etilayotgan maktablarga imtihonlar 2 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi. Bular aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlar. Imtihon savollari maktab dasturlari va darsliklaridan chiqmagan holda har bir sinf kesimida bolaning yoshiga moslab xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan”, – dedi Davidova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, savollarda asosiy urg‘u bolaning u yoki bu fandan bilimini emas, balki shu bilimni qo‘llay olishi, mulohazasi va mantig‘ini tekshirishga qaratilgan.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tarkibidagi maktablar qabuliga bag‘ishlangan tadbirda yangi ixtisoslashtirilgan maktablar kvotasi haqida ham ma’lum qilindi.
Agentlik rahbari Hilola Umarovaga ko‘ra, har bir sinfda 24 nafar o‘quvchi o‘qiydi, lekin har bir maktabda nechta sinf bo‘lishi aniq belgilanmagan. Bu – tumandagi maktabning kvotasi va hududiy joylashuviga qarab belgilanadi.
Bu yil ixtisoslashtirilgan maktablarning har biriga kamida 336 nafar, ko‘pi bilan 500dan ortiq o‘quvchi qabul qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar 5- va 7-sinfdan boshlab, imtihon asosida qabul qilinadi. Bunday maktablardagi sinflarda o‘quvchilar soni 24tadan oshmaydi. Bolalar faqat o‘z hududidagi ixtisoslashgan maktabda o‘qishi mumkin.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNING AHAMIYATI
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNING AHAMIYATI
Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali, zulfiya.alimova.68@bk.ru
Katta o‘qituvchi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori .
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan “Davlat talablari”. 2018-yil 3-iyul, ro‘yxat raqami 3032.
4. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.
5. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etishda tarbiyachilarni tayyorlash bo‘yicha trening moduli. T.: 2017-y.
6. “Bolangiz maktabga tayyormi?” O’zb Res. Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti.
published at: СИРДАРЁ ВИЛОЯТИ ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИНИ ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ВА УЛАРНИНГ МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ ҲУДУДИЙ МАРКАЗИ,
published year: 2019 ,
post date: 2020 yil 8 aprel