3 –sinf Ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari 1- nazorat ishi. Diktant Kitob o`qish qoidasi
4- nazorat ishi. Yod aytish
O`zbekistonda yuqori sinf o`quvchilari o`zlari xohlagan fanni o`qishi mumkin bo`ladi
O`zbekistonda 2023/2024 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim muassasalarida bosqichma-bosqich 10–11-sinf o`quvchilari 2 ta tanlov fanini (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu haqda 2022–2026 yillarga mo`ljallangan O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida nazarda tutilgan.
Davlat dasturiga ko`ra, 2023/2024 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim muassasalarida bosqichma-bosqich o`quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko`nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirilgan yangi o`quv dasturlari amaliyotga kiritadi.
Yangi o`quv dasturi bo`yicha 10–11-sinf o`quvchilari o`qiydigan 14 ta majburiy fan 8 taga qisqartiriladi. Shu paytgacha 14 ta fanning haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etib, takomillashtirilgan o`quv rejasi asosida ushbu yuklama ham qisqartiriladi.
Bundan tashqari, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o`rta ta`lim muassasasida o`quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o`rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo`lga qo`yilishi belgilangan.
Natijada, 76 ta maktabda fransuz tili, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinchi xorijiy til sifatida o`qitiladi. Shuningdek, o`quvchilar 10-sinfdan boshlab 64 ta ishchi kasb, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va “kreativ industriya” yo`nalishidagi kasblarga o`rgatiladi. Ushbu jarayonga yoshlar etakchilari va hududdagi taniqli tadbirkorlar jalb qilinadi.
- umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 1–4-sinflarida o`quvchilarni ilg`or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo`yicha o`qitish;
- 5–9-sinflarda o`quvchilarga umumta`lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
- 10–11-sinf o`quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo`lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.
3 –sinf Ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari 1- nazorat ishi. Diktant Kitob o`qish qoidasi
Kitob o`qiyotganda uni g`ijimlamang.Kitobni yotib o`qish zararli. Kitob- ni yorug`lik chap tomondan tushadigan joyda o`qing.Uni ko`zga yaqin ush-lab o`qimang.Ko`zingiz toliqadi.Kitobni buklash yaramaydi.Kitobingizda hamisha xatcho`p bo`lsin.Kitobni nomi va muallifini yozib borishga o`rga-ning. ( 39 ta so`z)
Topshiriq: Matnda nechta gap bor? Bu gaplar qanday gaplar deyiladi?
2- nazorat ishi. Diktant
Shotut yirik bargli ko`p hosil beradigan daraxtdir. Shotut sekin o`sadi. U ko`pincha, yo`l chetlariga ekiladi.
Mevasi yozda sharbatga to`ladi. Uning xususiyatlari haqida olim va tabib-lar ko`p fikrlar aytishgan. Shotut shifobaxsh xususiyatga ega. U kuzgacha meva beradi, bargi pilla qurtiga ozuqa bo`ladi. ( 42 ta so`z)
Topshiriq: Harf birikmalari qatnashgan so`zlarni aniqlang.
3- nazorat ishi. Diktant
Bahodir ikkinchi sinfda o`qiydi, u o`z vaqtida dars tayyorlagani uchun yaxshi o`qiydi.Bahodir a`lochi. Darsdan so`ng dam oladi, ovqatlanadi. So`ng dars tayyorlashga o`tiradi. Avval matematikadan berilgan masalalarni yaxshi o`ylab, to`g`ri bajaradi. Keyin yozuvdan berilgan vazifaga kirishadi. Rasm darsida berilgan topshiriqlarni ham yaxshi bajaradi. ( 44 ta so`z)
Topshiriq:Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so`zlarni tagiga chizing.
4- nazorat ishi. Diktant
Ob-havo taqvimi
Biz ob-havo taqvimi yuritamiz O`qituvchimiz turli belgilar qo`yishni o`rgatadi. Har kuni haroratni o`lchaymiz. Bu havoda qanday o`zgarish bo`-lishini aniq bilishga tordam beradi.
Har oyning oxirida kuzatganlarimizga yakun chiqaramiz. Yog`inli va ochiq kunlarni belgilaymiz. Bu ishlarni biz qiziqib bajaramiz. [42 ta so’z]
Topshiriq: Matnda nechta gap bor ? Bular qanday gap.
5- nazorat ishi.
- Nutq nimalardan tuziladi? A) gaplardan. B) so’zlardan. D) bo’g’inlardan.
- Gap nimalardan tuziladi. A) bo’g’inlardan. B) so’zlardan. D) tovushlardan.
- Noto’g’ri fikrni belgilang. A) matn nutqning yozma shakli. B) matn gaplardan tuziladi. D) matnda gaplar mazmun jihatdan bog’lanmaydi.
- Ikki yaproq bir tanda, kezar yozda chamanda. Ajratib ko’rsatilgan so’zga yaqin ma’noli so’z toping. A) novda. B) barg. D) kurtak.
- Darak Talaba,qizil, bog’bon,chaqmoq,stol,kitob. Ushbu so’zlardan shaxs nomini bildiruvchi so’zlarni toping. A) qizil,chaqmoq. B) stol,kitob. D) talaba,bog’bon.
- Qanday so’zlar kim nima so’rog’iga javob bo’ladi? A) saxs narsaning nomini bidirsa. B) shaxs narsaning belgisini bildirsa. D) shaxs narsaning harakatini bildirsa.
- Berilgan xususiyatlardan qaysi biri unli tovushlarga xos emas. A) havo to’siqqa uchramaydi. B) bir unli tovush bo’g’in xosil qila oladi. D) unli tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi.
- Harflarning tartib bilan joylashishi qanday nomlanadi? A) so’z. B) alifbo. D) gap.
- Alifboda nechta harf bor? A) 23ta. B) 29ta. D) 30ta.
- Kun-tun so’zlardagi qaysi tovush ma’noni o’zgartiryapti? A) k,t. B) n. D) u.
- gap nima? A) biror narsa voqea xaqidagi xabrni bildirgan gap. B) biror narsa haqidagi so’rash maqsadini bildirgan gap. D) buyurish,maslahat,iltimos mazmunini bildirgan gaplar.
- His-hayajon gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) nuqta. B) so’roq. D) undov.
- Qanday gapning oxiriga so’roq belgisi qo’yiladi. A) dark gap. B) so’roq gap. D) his-hayajon gap.
- Buyruq gapni belgilang. A) kapalaklar guldan gulga qo’nardi B) sen sportning qaysi turiga qiziqasan D) chiroyli yozishni mashq qilgin.
- Dilban.,farzan.. ushbu so’zlarda qaysi undoshlar tushurib qoldirilgan? A) d,t. B) d,d. D) t,t.
- B,g,z jarangli undoshlarining jarangsiz juftini toping. A) x,p,q. B) p,k,s. D) f,h,ch.
- Childirmakash so’zi qaysi javobda to’g’ri bo’g’inga ajratilgan? A) chil-dirm-akash. B) chil-dir-makash. D) chil-dir-ma-kash.
- Oyim mazali ovqat pishirdi. Belgini bildirgan so’zni toping. A) oyim. B) mazli. D) pishirdi.
- Harf birikmalarini yozing. __________________________.
- Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozing. _________.
- Ko’ngil so’zini bo’g’inga ajrating._____________________.
- Ikkita tovush bildirgan harfni yozing.___________________.
- Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?_________________________________.
- Baland so’ziga zid ma’noli so’z yozing,________________.
- Yonma-yon kelgan bir xilundoshli so’zlardan misol yozing.______________________________________________.
6- nazorat ishi. Diktant
Qushlar bizning do`stimiz
Biz tog` yonbag`rida yashaymiz. Tog`da qushlar ko`p bo`ladi. Bu yer ular uchun shavqin va xatardan xoli. Lekin bahor va kuzgi jala ularni bezovta qiladi. Biz qushlar uchun in yasadik. Inlarni ko`rinarli joyga o`rnatdik. Qush-
lar beozor yashamoqdalar. Palaponlari ham katta bo`lib qoldi. Qushlar bizning do`stimiz. ( 46 ta so`z)
Topshiriq: 1,2,5 gaplarning bosh bo`laklarini belgilang.
7- nazorat ishi. Diktant
Alisherning quyonlari
Alisherning akalari quyon boqar edilar. Alisher ham bir juft quyon olib keldi. Otasi quyonlarga uycha yasab berdi. Oradan bir yil o`tdi. Alisher to`rt-tinchi sinfga ko`chdi. Uning quyonlari esa yigirmatadan oshib ketdi.Quyon-lardan o`ntasini jamoa xo`jaligiga topshirdi. Xo`jalik raisi unga rahmat aytib, velosiped sovg`a qildi. ( 47 ta so`z)
Topshiriq:Birinchi gapdagi so`zlarning o`zaro bog`lanishini bering
8-nazorat ishi. Bayon,
Aqlli bog’bon
1.Bo`gbonning o`g`illariga vasiyati.
2.Bog`bon olamdan ko`z yumdi.
- Sarg’aygan barglar yerga to’kildi. Gapning kesimini toping. A) barglar. B) yerga. D) to’kildi.
- Ega qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim, nima?. B) nima qildi, nima qilyapti? D) qanday,qanaqa?
- Gapning asosiy mazmuni qaysi bo’laklar orqali anglashiladi? A) bosh bo’laklar. B) ikkinchi darajali bo’laklar. D) kesim.
- Ikkinchi darajali bo’laklar gapda qanday vazifani bajaradi? A) gapning asosiy mazmunini tashkil qiladi. B) gapning mazmunini to’ldiradi. D) gap tuzishda foydalaniladi.
- So’zlarni o’qing va ulardan gaplar tuzing.Yayrab,bog’chada, o’smoqdalar,kichkintoylar. A)Bog’chada yayrab o’smoqdalar kichkintoylar. B)Kichkintoylar o’smoqdalar yayrab bog’chada. D)Kichkintoylar bog’chada yayrab o’smoqdalar.
- Kutubxonachi javonlarni yangi kitoblar bilan boyitdi.Gapning egasini toping. A)javonlarni. B)kitoblar. D)kutubxonachi.
- Dalalarda yig’im-terim ishlari boshlandi.Gapning ikkinchi darajali bo’lagini toping. A)dalalarda, yig’im-terim. B)yig’im-terim, ishlari. D)dalalarda,ishlari.
- Gapda so’zlarning bog’lanishi nimalar yordamida aniqlanadi? A) so’roqlar yordamida. B) So’zlar yordamida. D) tinish belgilar yordamida.
- Asos deb nimaga aytiladi? A) asosdosh so’zlar uchun umumiy qism asos deb ataladi. B) bir xil so’roqqa javob bo’lgan so’zlar asos deb ataladi. D) bir xil ma’no anglatgan so’zlar asosdir.
- Yangi ma’noli so’z hosil qiladigan qo’shimchalar qanday ataladi? A) so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar. B) ko’plik manosidagi qo’shimchalar. D) so’z yasovchi qo’shimchalar.
- So’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan so’zni toping. A)e’tiborsiz. B) binoga. D) daladan.
- “G’alla” so’ziga qaysi qo’shimchani qo’shib yangi soz hosil qilish mumkin? A) –chi. B) -kor. D) –don.
- So’z qismlaridan qaysi biri doimo ishtirok etadi? A) asos. B) so’z yasovchi qo’shimcha. D) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha.
- Qanday so’zlar asosdosh so’zlar deb ataladi? A) ma’no va shakl jihatdan umumiy qismga ega bo’lgan so’zlar. B) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha qo’shilgan so’zlar. D) ma’nosi bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar.
- So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar qanday vazifani bajaradi? A) gapda so’zlarni o’zaro bog’laydi. B) yangi manoli so’z hosil qiladi. D) narsaning kimga tegishli ekanini aniqlab beradi.
- So’z o’zgartuvchi qo’shimchasi bor bo’lgan so’zni toping. A) kutubxonaga. B) guldon. D) sinfdosh.
- Yolg’onchi .. rost so’zi ham yolg’on. Nuqtalar o’rnigsa kerakli so’z o’zgartuvchi qo’shimchani qo’ying. A) ning. B) ni. D) ga.
- Bog’bondan so’zining asosini toping. A) bog’bon. B) bog’. D) dan.
- So’z yasovchi qo’shimchalarni yozing. _______________.
- So’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni yozing. _____________.
- Suv so’ziga so’z yasovchi qo’shimcha qoshib yangi so’zlar hosil qiling. _________________________________________.
- Gapning asosi qanday chizma bilan belgilanadi? ________.
- Tutuq belgisi qatnashgan so’zlardan misollar yozing. _____.
- “Osmon” so’ziga yaqin ma’noli so’z yozing. ____________.
- Baland so’ziga qarama-qarshi ma’noli so’z yozing. _______.
10- nazorat ishi. Diktant
Bularni hamma bilishi kerak
Baxtsiz hodisalar uyda, maktabda, safarda,ko`chada ro`y berishi mum-kin. Bunday paytda birinchi yordam berishni bilish kerak. Odam yaralan-ganda darhol bog`lab qo`yish kerak. Agar elektr toki ursa, tokni tezda uzib, simni yog`och bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan odam nafas olmasa, sun`iy nafas oldirish kerak. ( 47 ta so`z)
Topshiriq: So`zlarni o`zaro bog`lovchi qo`shimchalar qatnashgan so`zlarni
11- nazorat ishi. Diktant
Yakshanbada Chimyonga bordik. Sovuq aytarli qattiq emas. Qalin qor yog`gan. Tog` cho`qqisini pag`a-pag`a bulutlar qoplagan. Quyosh bulutlar orasidan nur sochmoqda.
Tog` etagidagi tepalikda chana uchayotgan bolalarni va katta yoshdagi kishilarni ko`rdik.Yigit va qizlar tog` cho`qqisi tomon ko`tarilmoqda. Ular chang`ida pastga tushadilar. [45 ta so’z] Topshiriq:Birlikda va ko`plikda kelgan otlarni aniqlang.
12-nazorat ishi, Diktant
Mehnat darsida
O`qituvchimiz Ra`no Sultonova mehnat darsida bizga gul tikishni orgat-dilar. Ular oq matoga atirgul va binafsha rasmlarini qalamda chizib berdi-lar.Ignaga ip o`tkazishni kim tez bajarishini kuzatdilar.Munavvar birinchi bo`lib ipni ipnaga o`tkazdi.Ra`no Sultonova oldin odmi iplarni,keyin esa och rangli iplarni ishlatishni tushuntirdilar. Biz mehnat darsida matoga gul tikishni o`rgandik. ( 52 ta so`z)
- Ot so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? . A) qanday?, qanaqa? B) kim?, nima? D) nima qildi?, nima qilyapti?
- Sifat so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qanday?,qanaqa?. B) kim?, nima?. D) nima qildi?, nima qilyapti?
- Fe’l so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qanday?,qanaqa?. B) kim?, nima? D) nima qildi?, nima qilyapti?
- Tabiat xodisalarini bildiruvchi otlarni belgilang. A) bo’yoqchi, paxta, farzand. B) yomg’ir, chaqmoq, bo’ron. D) cho’pon, poyezd, soatsoz.
- Nima so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni toping. A) qalam,ruchka,kitob. B) o’quvchi, karam, dehqon. D) qush,bog’bon, tarvuz.
- Ko’plikdagi ot ishtirok etgan gapni belgilang. A) O’quvchi topshiriqni to’g’ri bajardi. B) Ayvonga qaldirg’och in qurdi. D) Kutubxonada kitoblar saqlanadi.
- Ot yasovchi qo’shimchani toping. A)-la, -illa. B) –li,-siz,-dor. D)-chi,-kor,-dosh.
- Sifat yasovchi qo’shimcha qatnashgan so’zlarni belgilang. A) sharafli. B) paxtazor. D)ishchi.
- Fe’l turkumiga oid so’zlarni belgilang. A) kuladi. D) yoqimli. D) buvimga.
- Berilgan so’zlardan gap tuzing. Osmonda,yulduzlar,bepoyon, ko’rindi. A) Ko’rindi yulduzlar bepoyon osmonda. B) Yulduzlar osmonda bepoyon ko’rindi. D) Bepoyon osmonda yulduzlar ko’rindi.
- Nuqtalar o’rniga sifat yasovchi qo’shimchalar yoziladigan gaplarni belgilang. A) Bulbul juda yoqim.. sayraydi. B) Yozda men shahar… yshadim. D) Tongda hovli… chiqdim.
- Asosi boshqa bo’lgan so’zni belgilang. A) yozuvchi. B) yozma. D) yovuz.
- Gapda nechta fe’l borligini aniqlang. Rizamat ota tokni qirqish,homtok qilish, oziqlantirish,turli tok navlarini o’stirish va parvarish qilishni yaxshi biladi. A) 3ta. B) 5ta. D) 6ta.
- Tartibni bildirgan son ishtirok etgan gapni toping. A) Oilamizda ikki qiz,to’rt o’g’il edik. B) Tovuq yeti hazinaning biri. D) Alisher Navoiy o’n beshinchi asrda yashagan.
- Sanoq son ishtirok etgan gapni belgilang. A) Akam oltinchi sinfda o’qiydi. B) Yigit kishiga yetmish hunar ham oz. D) Sakkizinchi dekabr Konstitutsiya bayrami.
- Sifatlar gapda qaysi so’z turkumiga bo’g’lanadi. A) otga. B) fe’lga. D) songa.
- Qanday otlar bosh harf bilan yoziladi? A) kishilarning ismi va familiyasi. B) shahar nomlari. D) a va b to’g’ri.
- Qaysi gapda ma’no jihatdan bo’g’lanmagan so’z ishtirok etgan? A) Bodom daraxti oppoq gulladi. B) Bog’imizda qovun,tarvuz kabi shirin mevalar pishdi. D) Chumolilar mehnatkash hasharotlardir.
- Son qanday so’roqqa javob bo’ladi? ______________________.
- Tartib sonning qo’shimchasini yozing. ____________________.
- So’roq gap tuzing. _____________________________________.
- Gapning egasiga qanday chiziq chiziladi? ___________________.
- Tort bo’g’inli so’z yozing. _______________________________.
- Tovushlarning yozuvdagi ifodasi nima? ____________________.
- Bugun go’zal tabiat yanada ko’rkamlashgan. Kesmni toping. ___.
14- nazorat ishi. Diktant
Bolalar chiroyli qo`ng`izcha ushlab olishdi.Uning boshi qop-qora. Qanot-larida esa qip-qizil xollari bor. U qo`rqib , qimirlamay yotardi.
Uni tugmacha qo`ng`iz yoki xonqizi ham deyiladi. Tugmacha qo`ng`iz ju-da foydali. U barglarga tushgan shirani yeydi.Bolalar tugmacha qo`ng`izni tomosha qildilar, so`ng uni gulga qo`ndirdilar. Qo`ng`iz qanot qoqdi va uchib ketdi. ( 52 ta so`z)
15-nazorat ishi. Diktant
Shifobaxsh danaklar
O`qituvchimiz shaftoli danaklarini yig`ishimizni aytdilar. Bu yil shaftoli hosili mo`l bo`ldi. Har birimiz bir qopdan danak yig`dik.
Hammamiz yig`gan danak besh yuz kilodan oshdi. Biz ularni dorilar tayyorlaydigan markazga topshirdik. Shaftoli danagidan bosh miya faoliya-tini yaxshilaydigan dori tayyorlanar ekan.
O`qituvchimiz biz yig`gan danaklar ko`plab bemorlarni tuzatishga yordam beradi, dedilar. ( 51 ta so`z)
Topshiriq:Sonlarni belgilang.
16- nazorat ishi. Diktant
Ko`klamda ipak qurti boqish boshlanadi.Ipak qurti tut daraxtining bargi bilan boqiladi. Avval qurtlarga mayda qirqilgan barglar beriladi.
Qurtlar tez o`sib, po`stlariga sig`may qoladilar. Keyin eski po`stlarini tashlaydilar. Yangi po`stga o`raladilar. So`ng ular dastalarga pilla o`rashga kirishadilar. O`ralgan pillalar dastalardan terib olinadi.Ipaklardan qimmat-baho matolar to`qiladi. ( 48 ta so`z)
17-nazorat ishi. Diktant
Qishlog`imiz bog`i
Maktabimiz yaqinida katta mevazor bog` barpo qilindi. Bog`da turli me- vali daraxtlar o`sadi.Yozda mevalar pishadi. Daraxtlarning shoxlari mevalarning ko`pligidan egiladi.
Mevalar pishgach, ular terib olinadi. Bolalar ham yig`im-terimda yordam beradilar.Mevalar maxsus idishlarga joylanib, mashinalarga yuklanib, sha-harlarga jo`natiladi.
Kuzda bog` o`zgarib ketadi. Daraxtlarning barglari sarg`ayib, asta-sekin to`kila boshlaydi. ( 52 ta so`z)
Topshiriq:Fe`llarni belgilang.
18-nazorat ishi. Bayon
Bizning oila
1.Biz oilada besh kishimiz.
2. Oilada hammaning o`z ishi bor.
3. Uy ishlarida onamga yordam beraman.
19- nazorat ishi. Diktant
Bepoyon dalalarda yana traktorlar guvillaydi.Ekish ishlari boshlanadi. Mart oxiri, aprel boshlarida chigit ekiladi. Bu ish maxsus mashinalarda baja-riladi.
Shuningdek, bu oyda bug`doy, arpa, suli yerdan unib chiqadi.
Ariq va hovuzlar tozalanadi. Daraxtlar tagi yumshatiladi. Toklar ochilib, so`rilarga ko`tariladi.
Piyoz, kashnich kabi ko`katlar sepiladi. Rayhon, jambil,xina kabi o`simliklarning ko`chatlari o`rqaziladi. ( 53 ta so`z)
- Son so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qancha?, nechta?. B) qanday?, qanaqa?. D) kim?, nima?.
- Sonlar necha turda yoziladi? A) harflar bilan. B) raqamlar bilan. D) harflar va raqamlar bilan.
- Tartib son qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) qancha?. B) nechanchi? D) nechta.
- Texnika kishilar yumushini yengillashtiradi. Ajratib ko’rsatilgan so’z qanday so’roqqa javob bo’ladi? A) nima qildi? B) nima qilyapti? D) nima qiladi?.
- Kuchli shamol yaproqlarni qattiq silkitdi. Ushbu gapda nechta sifat qatnashgan? A) uchta. B) to’rtta. D) ikkita.
- Bo’lishli fe’llarni ko’rsating. A) salomlashdi. B) yodlamadi. D) pishirmadi.
- Bo’lishsiz fe’lning qo’shimchasini toping. A) –im. B) –ma. D) –lar.
- Harakatning bajarilganligini bidirgan so’zlar qatorini belgilang. A) bordi,o’qidi,terdi,yozdi. B) aytmadi,kutmadi,bermadi,kulmadi. D) pishirdi,qolmadi, tikdi, indamadi.
- Chegarachi Vatanimizni qo’riqlaydi. Bosh bo’laklarni belgilang. A) chegarachi. B) qo’riqlaydi. D) chegarachi qo’riqlaydi.
- Nuqtalar o’rniga fe’l yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’ying. Elektr quvvatidan, suvdan, gazdan tejab foyda…ning. A) –illa. B) –la. D) –ulla.
- Nuqtalar o’rniga u harfi yoziladigan so’zni belgilang. A) m…kofot. B) x…rmon. D) k…tob.
- Qushcha sayrar o’ z tilda,Qizcha boqadi hayron.
Berilgan she’riy parchadan bo’lishsiz fe’lni toping. A) sayrar. B) boqadi. D) bo’lishsiz fe’l yo’q.
- Fe’lning tagiga nechta chiziq chiziladi? A) bir chiziq. B) ikki chiziq. D) to’lqinli chiziq.
- Bog’bon toklarning ortiqcha novdalarini qirqadi. Ushbu gapdan ikkinchi darajali bo’lagini toping. A) bog’bon qirqadi. B) novdalarni qirqadi. D) toklarning ortiqcha novdalarini.
- Ikkinchi darajali bo’laklar gapda qaysi bo’lakka bog’lanib keladi? A) ega va kesimga. B) egaga. D) kesimga.
- Qaysi tovushlar bo’g’in hosil qiladi? A) undosh. B) unli. D) harf birikma.
- Ega deb nimaga aytiladi? A) gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildiradigan bo’lak. B) shaxs nomini bildirgan bo’lak. D) narsa nomini bildirgan bo’lak.
- O’quvchilar sport bilan muntazam shug’ullanadilar. Ajratib ko’rsatilgan so’zga so’roq bering. A) nima? B) kim? D) kimlar?
- Meva so’ziga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shib asosdosh so’zlar hosil qiling. ____________________________________.
- Ko’plik qoshimchasini yozing._______________________.
- Suhbatlashdi fe’lini bo’lishsiz fe’lga aylantiring. _________.
- So’z o’zgartuvchi qo’shimchaning belgisini ko’rsating. ____.
- Harf birikmalarni yozing. __________________________.
- Jarangli undoshlarni yozing. _________________________.
- Bilimdon so’ziqa qarama-qarshi ma’noli so’z yozing. _____.
3-sinf O`qish fanidan nazorat ishlari namunalari
1- nazorat ishi. Yod aytish
“O`zbekiston ” she`ri
2- nazorat ishi. O’qish tezligi
“Vatanni suymak”
3- nazorat ishi, O`qish tezligi
4- nazorat ishi. Yod aytish
Xalq og`zaki ijodidan maqollar, topishmoqlar.
- O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qachon qabul qilingan? A)1991-yil 1 –noyabr. B)1991-yil 31-avgust. D)1991-yil 1-oktabr.
- “Mustaqillik kuni” bayramini belgilang. A)31-avgust. B)2-sentabr. D)1-sentabr.
- “To’tiyo” so’zining lug’aviy ma’nosini aniqlang. A)aziz,myqaddas. B)belgi,nishon. D)qadrli,baxtli.
- Men shu yerda ulg’aydim,Vatanimni sevaman.Kerak bo’lsa yurt uchun jonimni ham beraman.Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan? A)P.Mo’min “Mustaqillik ahillikdan”. B)Orif To’xtash “Ozbekiston. D)Miraziz A’zam “Vatan”.
- Nima uchun Vatan onaga qiyoslanadi? A)ona kabi mehribon. B)ona kabi issiq bag’riga oladi. D)aAva B javoblar to’g’ri.
- “Vatan yolg’iz bizning mulkimiz emas.Mozorda yotgan otalarimiz va endi tug’ilajak avlodlarimizning bu muborak tuproqda haqlari bordir… “ Bu kimning gaplari? A)Chingizxon. B)Og’uzxon. D)Jaloliddin.
- “Ona Vatanim!Senga fidodir jon-u tanim.Bugun sen ozodsan,mustaqilsan…”Ushbu parcha qaysi matndan olingan? A)Muhabbat Hamidova “Ona Vatan”. B)Maxsud Shayxzoda “Toshkentim-onam”. D)Aziz Abdurazzoq “Vatanni syymak’.
- “Botir mergan va chaqimchi”ertagida Botirni podshohga kim chaqadi? A) Botir. B) Mergan. D) chaqimchi.
- “Halolllik” ertagida kambag’al dehqon yer haydayotib nima topib oldi? A) bir hum tilla. B) xazina. D) tilla sandiq.
- “Qaysar buzoqcha” masalida buzoqcha nima uchun bo’friga yem bo’ldi? A) ochko’zligi uchun. B) qaysarligi uchun. D) o’yinqaroqligi uchun.
- Usti yosh, osti tosh, to’rt oyoqli bitta bosh. Topishmoqning javobini toping. A) yong’oq. B) tosh. D) toshbaqa.
- “Botir mergan va chaqimchi” ertagida podshox botir merganni qanday mukofotlaydi? A) bir xum tilla beradi. B) to’n kiygazib, ovulga oqsoqol etib tayinlaydi. D) yarim davlatini beradi.
- “Oltin kuz” matni qaysi manbadan olingan? A) ensiklopediyadan. B) yilnomadan. D) hadisdan.
- Mahmud Murodovning “Olma” nomli hikoyasi necha qismdan iborat? A) ikki. B) bir. D) uch.
- Mehrjon bayrami qaysi faslda nishonlanadi? A) Yoz. B) kuz. D) bahor.
- “Mehnating-…”. Ushbu maqolni davom ettiring. A) baht keltirar. B) xor qilmas. D) zebu ziynating.
- “Vaqting ketdi, naqding ketdi” maqoli qaysi hikoyada berilgan? A) Qo’riqchining sabog’i. B) mehrjon sayli. D) bebaho boylik.
- Kim tushida tipratikon va quyonni ko’rdi? A) dehqon. B) bog’bon. D) bobo.
- Kuzda qysi mevalar pishadi? _________________________________.
- Kuzda qaysi qushlar ssiq o’lkalarga uchib ketadi? ________________.
- Sanjarning koptogi kimning oldiga bordi? _______________________.
- Sanjar qanday bola edi? _____________________________________.
- To’ravoy ishtirok etgan asarning nomini yozing.__________________.
- Chumchuqning “chirq-chirq” degani nima degani? _______________.
- “Donishmand yigit” ertagida otaning maqsadini qaysi o’g’il to’g’ri yushundi? _________________________________________________.
6-nazorat ishi. O’qish tezligi.
“ Xazonchinak”
7- nazorat ishi. O’qish tezligi
8-nazorat ishi. Yod aytish
- Toshkentning qadimiy nomlarini toping. A) Choch. B) Toshqal’a. D) Toshminor. E) barcha javoblar to’g’ri.
- “Hech bir farzand otasining haqqini to’la o’tay olmaydi”. Ushbu so’zlar qaysi rivoyatdan olingan? A) “Mehnatkash qiz”. B) “Yosh hakim”. D) “O’g’lon. E) Dono yigit.
- Alpomishning haqiqiy ismini toping. A) Boybo’ri. B) Boysari. D) Qultoy. E)Hakimbek.
- Jaloliddin Manguberdi kim bo’lgan? A) Xorazmshox o’g’li. B) mo’g’ullarga qarshi kurashgan sarkarda. D) xalq qahramoni. E) barcha javoblar to’g’ri.
- Hakimbek olti yoshida kimga shogirdlikka berildi? A) Boybo’riga. B) Qosim merganga. D) Shokir otaga. E) Ibn sinoga.
- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? A) 1992-yil –dekabr. B) 1992-yil 10-dekabr. D) 1992-yil 21-oktabr. E) 1992-yil 2-mart.
- “Kitob hikoyasidan” qanday xulosa chiqarish mumkin? A) nodonlik boshga kulfat keltiradi. B) oqllik bahtli hayot bahsh etadi. D) donolikning kaliti kitobda. E) barcha javoblar to’g’ri.
- “Qish” matni qaysi manbadan olinga? A) ensiklopediya. B) yilnoma. D) lug’at kitob. E) tabiatshunoslik.
- Safar Barnoyev “Bosh kitob” she’rida bosh kitob deb qaysi kitobni nazarda tutadi? A) o’qish kitobi. B) matematika. D) konstitutsiya. E) huquq kitobi.
- “Qish bo’lmasachi” matnida Sanobarning oyisi ismini toping. A) Salima xola. B) Muruvvat opa. D) Malika opa. E) onasini nomi aytilmagan.
- Otsh Xolmirzayevning “Qish zavqi” she’ri qanday boshlanadi. A) qish juda ham ajoyib. B) Qish zavqini totaman. D) ariqlarda shisha muz. E) qishning momiq choponi.
- “B iday cho’lu dalalar, bo’ralar qor kapalak”. Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan? A) “Yangi yil archasi”. B)” Qish zavqi”. D) “Bosh kitob”. E)”Ayamajiz”.
- “Ko’k maysalar nish urib …” keying misrani davom ettiring. A) yerning baland pastida. B) go’zal bahor serkillab. D) yetilar qor ostida. E) hamma javoblar to’g’ri.
- Jaloliddin Manguberdida yigit kishiga xos bo’lgan qanday fazilatlar bor? A) mardlik, sabrlilik. B) g’urur, or-nomus, jasorat. D) shoshqaloqlik,dushmanni mensimaslik. E) a va b to’g’ri.
- “O’g’lon” rivoyati qaysi asrdan olingan. A) “Qirq hadis”dan. B) o’zbek xalq ertagi. D) “Kalila va Dimna”dan. E) “Asotir va rivoyatlar”dan.
- “Bola Alisher” hikoyasida Alisherning otasi kim? A) G’yosiddin kichkina. B) Mansur. D) Husayn. E) Ali qushchi.
- “Qish zavqi” she’rida qish fasliga qanday ta’riflar beriladi? A) “Ko’chalar oppoq”. B) “Hammayoq yam-yashil”. D) “Ariqlarda muz”. E) a va d to’g’ri.
- “Bola Alisher” qissasidagi quyidagi ta’rif kimga tegishli? “Ustida uzun yaktak,katta salla, oyog’ida mahsi kovush”. A) Alisherga. B) G’iyosiddinbekka. D) Domullaga. E) bunday ta’rif berilmagan.
- “Chana” hikoyasida Farhoddan chanani birga uchishni so’ragan bolalar ismini yozing. _______________________.
- Ongimizda nur sochar, sirlar eshigin ochar. Topishmoqni javobini toping. ______________________________________.
- “Qaysar buzoqcha” masali mazmuniga mos maqol yozing._.
- Dadasi Erkinni kimnikiga olib bordi? __________________.
- Qaysi asarda Boqi degan bola haqida yozilgan. __________.
- Kichkintoylar kuylashib atrofingda aylanar. Egningdagi chiroqlar kech kirganda tovlanar. Shoir nima haqida yozgan? ____.
- “Qish ertagi” qahramonlarini yozing.___________________.
Ona tili
Qaysi javobda rasmdagi ijodkorning faqat balladalari berilgan
«Mardlik afsonasi», «Jannat qidirganlar», «Mashrab»
«Ona va farzand», «Mehrol»,«Farzand»
«Orzu va qasos», «So’lmas chechaklar», «Mehrol»
«Guldursun», «Uch qiz afsonasi»,«Qora va oq aravacha haqida ertak»
Qaysi qo’shma gapni tashkil etgan har bir sodda gap tarkibida hol qatnashgan
Qosim Arslon akaning gapini eshitib xayol surardi, O’lmas uning so’zlariga quloq solardi
Kimki ilm sirlarni puxta egallasa, kelajakda rohatini ko’radi
Ba‘zan oy zarrin kokillarini yer yuziga yoyadi, ba‘zan bulut oy yuzini to’sib qo’yadi
U shaharchaga ko’p kelgan, lekin bu binolarni ko’rmagan edi
Bu asarda buyuk muhabbat rishtasi bilan bir-biriga mangu bog’langan go’zal insonlarning butun hayot yo’li tarannum etilgan. Qoplonbekka cheksiz kuch-quvvat, mardlik va shijoat,Oymomoga behad xushro’ylikni ato etgan ona tabiat, afsuski, ularni farzand ne‘matidan bebahra qilganligi aks ettirilgan.Ushbu parchada Tog’ay Murodning qaysi asari haqida ma‘lumot berilgan
«Oydinda yurgan odamlar»
«Ot kishnagan oqshom»
«Yulduzlar mangu yonadi»
«Otamdan qolgan dalalar»
Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so’z to’ldiruvchi vazifasida kelgan
Xalq ezozi inson uchun eng oliy mukofot hisoblanadi
Shirin uyqudan voz kechib, kitoblar bilan do’st tutungan inson vaqtlar o’tib muvaffaqiyatga erishadi
Xalq uchun o’z umrini baxshida etgan insonning nomi hech qachon unitilmaydi
Fikr-muloxazalarimni kengash a‘zolariga bildirdim
O’z muallimi va ustozini e‘zozlash, ularni hurmat qilish har bir o’quvchining burchidir. Ushbu gapdagi so’z birikmalari haqida berilgan to’g’ri ma‘lumotni aniqlang.
Hokim qismlari to’ldiruvchi va aniqlovchi bo’lib kelgan bitishuvli so’z birikmalari qatnashgan
Aniqlovchili so’z birikmalarining barchasida hokim qism ot bilan ifodalangan
Tobe qismi ot, olmosh va fe‘l bilan ifodalangan to’ldiruvchili so’z birikmalari qatnashgan
Boshqaruvli so’z birikmalarining hokim qismi to’ldiruvchi va ega vazifasini bajargan
Abayning «Naqliya so’zlar» («Nasihatlar») asari kim tomonidan o’zbekchaga tarjima qilingan
Nizom Komil
Asil Rashidov
Usmon Qo’chqor
Nosir Fozilov
So’z birikmasi qaysi qatorda berilgan?
sir tutmoq
tongga qadar
pushti gul
Tuttim o’lmakdin tirilmak hajrida,tengdur manga,Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo’l.Ushbu baytda quyidagi qaysi she‘riy san‘atlardan foydalanilmagan1) tazod; 2) tajnis; 3) talmeh; 4) tardi aks
Hikmatni anglamoqning o’zi bir hikmatdir.Ushbu gapdagi ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar soni nechta
Majhul nisbatdagi fe‘l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.
U qilgan ishlarini o’ylab, vijdon azobida qiynaldi
O’zligini yo’qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo’shilib ketadi
Yuk orqalagan, og’ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko’rinar edi
Bayram arafasida mahallamizda yangi to’yxona ochildi
Gap bo’laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to’liq mos keladigan egasi yashiringan gapni aniqlang.~~~~~ – – – – – – · · · · · · ======
Kecha shaftolizor bog’larni ko’rgani bordik
Bu masalani odillik bilan hal etamiz
Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak
Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi
Qaysi gapda ko’makchini unga ma‘nodosh bo’la oladigan kelishik qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin
Sardorbek, tanigan-tanimaganingga hurmat bilan munosabatda bo’l
Sayyohlar Registon ansamblini zavq bilan tomosha qilishardi
Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo’zg’algan burgut suruvdagi qo’zichoqni ildi-yu ketdi
Ko’ldan qarmoq bilan baliq tutishni yoqtiraman
Qaysi javobdagi gapda // belgisi o’rnida tire tinish belgisi qo’yiladi
Otamning akalari ham // haydovchi
Harakat // sen ezgulikning haqiqiy qadr-qimmatini belgilaysan
A‘lo o’qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz
Bildi ota // foydasizdir kurashmoq
. ni bolalik vaqtida Erondan kishi o’g’irlab kelguchi bir turkman qo’lidan Otabekning bobosi o’n besh tillo barobariga sotib olgan edi . . . ning Otabeklar oilasida qulliqda bo’lg’aniga ellik yillar chamasi zamon o’tib, endi Otabeklar oilasining chin bir a‘zosi bo’lib ketkan. Xo’jasi Yusufbek hojiga, ayniqsa xo’jazodasi Otabekka itoat va ixlosi tom bo’lib, buning evaziga ulardan ham ishonch va hurmat ko’rar edi. . . «O’tkan kunlar» romanidan olingan ushbu ma‘lumot qaysi adabiy qahramon haqida
usta Farfi
Ziyo shohichi
Qaysi javobda sof zidlov bog’lovchisi ishtirok etgan
Yosh Farhodning fikri quyosh kabi yorug’, lekin ko’ngildagi ravshanlik undan ham ortiq
Nega endi natijalarga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko’rishmaydi
Bir kuni kechasi bir hiyla o’ylab chiqdim-da, erta turgach eski maktab sari jo’nadim
Biz o’sha o’yinlarda faqat jismonan emas, balki ma‘naviy jihatdan ham chiniqar ekanmiz
Qaysi javobdagi ma‘lumot Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostoni haqida emas
Muallif bu asarni «shavq dostoni» debataydi. Unda ijodkorning komil inson haqidagi orzu-o’ylari ifoda etilgan
Dostondagi «Salotin bobida» nomli uchinchi maqolat adibning adolat haqidagi qarashlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega
Dostondagi maqolatlar so’ngida mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maqsadida hikoya yoki masal keltiriladi
Ushbu doston falsafiy-ta‘limiy doston bo’lib, didaktikaning yorqin namunasi sanaladi
Qaysi javobdagi barcha so’zlar bo’g’inga to’g’ri ajratilgan
shtan-ga, ko’r-di-ngiz, ton-gi
de-ngiz, jon-ga, kon-gress
yen-gil-di, ber-din-giz, kon-gress
tu-ngi, ya-ngi, si-ngli
Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma‘nosini ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobni aniqlang.
Sakkizinchi sinf o’quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o’z chiqishlari bilan ishtirok etishadi
Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba qatnashmoqda
Sobir tog’amni yaxshi ko’raman.Ammo ular biznikiga bir yilda bir keladilar
Yer yuzida tillar ko’p. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra ularning miqdori 7000 ga yaqin
Yozuvchi 1917-1918 8 yillardan boshlab ushbu roman uchun material yig’ishga kirishdi. Yozuvchi xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. O’zbekning qanday xalq ekanligini ko’rsatib beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj borligini sezardi. Adib romanni 1919-yildan yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari «Inqilob» jurnalida chop etildi. 1925-yilda romanning bo’limlari alohidaalohida uch kitob tarzida, 1926-yilda esa u yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. Ushbu ma‘lumot qaysi asar haqida
«Mehrobdan chayon»
«Kecha va kunduz»
«O’tkan kunlar»
«Qutlug’ qon»
Hayotjon G’ulomjonning mardligiga,chidamliligi, qanoatliligi va sadoqatiga qoyil qoldi. Ushbu gapda gap bo’laklari nechta so’z birikmasini hosil qilgan
Qaysi javobda egalik qo’shimchasi qo’shilganda tovush o’zgarishi bilan yoziladigan tub so’zlar qatori berilgan
sovuq, sana, o’yin
yurak, buyruq, kerak
axloq, tirnoq, pishloq
bilak, qovoq, chelak
Xalq dostonlaridan birida: «O’laman, deb mard qavlidan toyama,Yo’qchilik jo’mardning ko’zin o’yama,Oqsuvdan yilqingni o’zim haydadim,Qo’lingdan kelganin qilgin, ayama»,deya dorga hukm qilinganda ham mardlikni qo’ldan bermagan, yolg’on gapirishni o’ziga ep ko’rmagan qahramon kim
Kuntug’mish
Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir ishi va har bir so’zi bebaho gavhardir. Ushbu gapdagi gap bo’laklariga oid to’g’ri ma‘lumotni aniqlang.
Barcha sifatlovchi aniqlovchilar sifat bilan ifodalangan
Sifatlanmishning hol vazifasini bajarishi kuzatiladi
Qaralmishlar ega vazifasini bajargan
Olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi va hol qatnashgan
Qaysi javobda asosi omonim bo’lgan yasama so’z berilgan
Quyidagi qaysi she‘r Ogahiy qalamiga mansub
»Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas» tarji‘bandi
»Surmadin ko’zlar qaro» g’azali
»Manam sho’rida bulbul» muxammasi
»Ajab ermas» muxammasi
Shunchaki sevilmoq baxtiqarolik.To’la tole uchun bu kemtik, bu kam.Mening qalbim shunday sevgiga molik:Bir charsillab yonay, so’ngra so’nsamham.Ushbu she‘riy parchada qatnashgan yasama fe‘l qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan
aniqlovchi
Quyida berilganlardan qaysilari shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan asosdan yasalgan shakldosh yasama so’zlar sanaladi.1) bo’sha; 2) oqish; 3) yozmoq; 4) toza;5) kechik; 6) chopmoq
Biroz yurishgandan so’ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini so’rabdilar. Ushbu gapda qatnashgan fe‘llar haqidagi to’g’ri ma‘lumotni aniqlang.
Gapdagi barcha fe‘llar o’timsiz fe‘llar sanaladi
Gapda fe‘l nisbatlarining ikki turi qatnashgan
Gapda fe‘l vazifa shakllarining ikki turi qatnashgan
Gapdagi barcha fe‘llar tub fe‘llar sanaladi
Qaysi javobda Zavqiyning «Ajab ermas» she‘ri haqida ma‘lumot berilgan
Ushbu she‘r g’azal shaklida yozilgan bo’lib, tabiat lirikasining go’zal namunasi sanaladi. Unda shoir navro’zni madh etadi. Ko’klam go’zalligi islomiy tushunchalar vositasida tasvirlanadi
Ushbu she‘rdan shoirning O’zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soluvchi «boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur» kabi shoirona bashorati o’rin olgan
Ushbu she‘rning birinchi bandida shoir o’zini bo’stonidan adashgan sho’rida bulbulga o’xshatadi. Maqta‘da o’z taxallusiga ham izoh berib o’tadi
Ushbu she‘rda dunyo omonat binoga,bo’yi, vafosi yo’q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o’xshatiladi va insonni unga ko’ngil berib aldanib qolmaslikka chaqiradi
Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi
Kunlardan bir kun Xorazm yurtining podshohi mamlakatda eng chiroyli so‘z aytish bahsini o‘tkazmoqchi bo‘libdi. O‘sha kundan boshlab chiroyli so‘z, go‘zal so‘z degan gaplar odamlarning og‘zidan tushmay qolibdi. >>>>
Qalam va sichqon
23.09.2020 Bahrom 58 375 ko‘rishlar
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qochmoqchi bo‘libdi. >>>>
Quyonning labi nega tirtiq?
02.05.2020 Bahrom 22 934 ko‘rishlar
Bir kun quyonlar baland bir qarag’ay tagiga to’planib o’zlaricha masla- hat qilishibdi. Ular kuyib-pishib, har qaysisi o’z taqdiridan nolibdi. >>>>
Tulki bilan chumoli
12.04.2020 Bahrom 39 572 ko‘rishlar
Tulki bilan Chumoli do’st bo’lib bug’doy sepishibdi. Ayyor Tulki har kuni qornim og’riyapti, boshim zirqirayapti degan bahona bilan dalaga chiqmabdi. Chumolining bir o’zi ertadan-kechgacha ishlab suv quyar, o’toq qilar ekan. Nihoyat, bug’doy pishibdi. >>>>
Samoviy poyga
07.04.2020 Bahrom 17 726 ko‘rishlar
Qadim-qadim zamonda Koinot atalmish bepoyon saroyda 9 ta aka-uka sayyora boʻlgan ekan. Quvnoq Merkuriyjon, yoqimtoy Veneraxon, hazilkash Yer, kulsa ham, yigʻlasa ham, uyalsa ham, darrov qip-qizarib ketadigan Mars, shirinlikxoʻr Yupiter, ozgʻin boʻlay deb hamisha halqa aylantirib yuradigan Saturn, yuvvoshgina Uran, Neptun bilan Plutonlar ahil-inoq yashagan ekanlar. >>>>
Chol bilan sichqon
04.04.2020 Bahrom 43 811 ko‘rishlar
Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan. Qadim zamonda shu go‘zal Nanay tomonda bir chol-u kampir bor ekan. Bular baxt uchun tug‘ilgan ekan. Ammo choli tushmagur anqovroq ekan. >>>>
Qaysi qush baxtli?
01.04.2020 Bahrom 17 991 ko‘rishlar
Qadim o‘tgan zamonda, uzoq o‘lkalardagi qalin o‘rmon ichida bir qarg‘a yashagan ekan. U o‘z umridan juda mamnun, baxtli hayot kechirar ekan. Biroq bir kuni ko‘kda viqor bilan uchib ketayotgan oqqushni ko‘ribdi-yu, o‘ylab qolibdi: “U juda ham oppoq qush ekan. Shuning uchun juda chiroyli. Men esa qop-qoraman. Nazarimda, oqqush dunyodagi eng baxtli qush bo‘lsa kerak”. >>>>
Bahodir tabib
31.03.2020 Bahrom 24 846 ko‘rishlar
Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli kunlar ham uzoq davom etmabdi. Avvaliga buvisi, keyin buvasi qazo qilibdi. Bahodir bir o‘zi qolibdi.
Ikki to‘lqin
27.03.2020 27.03.2020 Bahrom 8 336 ko‘rishlar
Bir dengizda ikkita to‘lqin yasharkan. Birining nomi Katta to‘lqin, ikkinchisi Kichik to‘lqin ekan. Ular juda inoq bo‘lib, doim birga suzib yurisharkan.
Kichik to‘lqin juda ochiqko‘ngil ekan, baliqlar, shamol va boshqa to‘lqinlar bilan birga o‘ynarkan. Katta to‘lqin esa shiddatli va shafqatsiz bo‘lib, yo‘lida nima uchrasa, urilib, bosib, buzib o‘tib ketarkan. >>>>