Ingliz tili olimpiada natijalari
Tanlovning birinchi (tuman) bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash
Ingliz tili olimpiada natijalari
Olimpiadalar nomi
Ingliz tilida nomlanishi
Xalqaro Jautikov olimpiadasi (matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha)
International Zhautykov Olympiad (IZho)
Kavkaz matematika olimpiadasi
Caucasus Mathematic Olympiad (CMO)
Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi (kimyo fani bo‘yicha)
International Mendeleev Olympiad in Chemistry
Osiyo fizika olimpiadasi
Asian Physics Olympiad (APhO)
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi
Asian-Pacific Informatics Olympiad (APIO)
Yevropa fizika olimpiadasi
European Physics Olympiad (EuPhO)
Xalqaro geografiya olimpiadasi
International Geographical Olympiad (IGeo)
Xalqaro matematika musobaqasi
International Mathematical Competition (IMC)
Xalqaro iqtisod olimpiadasi
International Economics Olympiad (IEO)
Xalqaro lingvistika olimpiadasi
International Linguistics Olympiad
Xalqaro nemis tili olimpiadasi
International German Olympics (IDO)
Xalqaro fransuz tili olimpiadasi
International French Language Olympiad (IFLO)
Xalqaro astronomiya olimpiadasi
The International Astronomy Olympiad (IAO)
Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi
International Junior Science Olympiad (IJSO)
Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi
International Al-Farghani Olympiad in Physics
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi
International Al-Biruni Olympiad in Chemistry
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi
International Avicenna Olympiad in Biology
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
A xborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish
A xborot tizimiga m aktabning asosiy ko‘rsatkichlarini kiritadi
Tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlari
Axborot tizimida kiritilgan ma’lumotlarni haqqoniyligini tekshirish
Tanlovning birinchi (tuman) bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash
Tanlovning birinchi (tuman) bosqichini o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash
Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan Tashkiliy qo‘mita
Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida ishtirok etadigan maktablarning axborot tizimiga asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha kiritgan ma’lumotlari tahlil qilinadi va haqqoniyligi tasdiqlanadi
Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash
Agentlik, Vazirlik, vazirlik va idoralar
Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichini o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash
Agentlik, Vazirlik xalqaro hamkor tashkilotlar
Tanlovning uchinchi (respublika) bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash
Agentlik, Vazirlik, xalqaro hamkor tashkilotlar, vazirlik va idoralar
Tanlovning uchinchi (respublika) bosqichini o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash
Asosiy ko‘rsatkichlar
I. Xorijiy til o‘qituvchilarining malaka toifasiga egaligi
15 ballgacha
Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 100 foizni tashkil etganda
Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 50 foizdan oshganda
Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar mavjud, ulushi — 50 foiz va undan kam bo‘lganda
Oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 100 foizni tashkil etganda
Oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 50 foizdan oshganda
Birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar mavjud, ulushi — 50 foiz va undan kam bo‘lganda
Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 100 foizni tashkil etganda
Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ulushi — 50 foizdan oshganda
Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar mavjud, ulushi — 50 foiz va undan kam bo‘lganda
II. Xorijiy til o‘qituvchilarining xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha maxsus sertifikatlarga egaligi**
15 ballgacha
Ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2), ingliz (fransuz, nemis) tilini o‘qitishning kasbiy mahoratlarni aniqlovchi sertifikat (TKT, GOETNE ZERTIFICAT B2, DSD II, TEFL, TESOL, SELTA, DELTA, DAF, DPAFP-FLE) yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikatiga ega o‘qituvchi mavjud bo‘lganda
Ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2), ingliz (fransuz, nemis) tilini o‘qitishning kasbiy mahoratlarni aniqlovchi sertifikat (TKT, GOETNE ZERTIFICAT B2, DSD II, TEFL, TESOL, SELTA, DELTA, DAF, DPAFP-FLE) yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan ingliz (fransuz, nemis) tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasid?gi sertifikati?a ega o‘qituvchilar soni 2 yoki unda? ortiq bo‘lganda
III. Maktabda xorijiy til o‘rgatish bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilganligi
10 ballgacha
Maktabda xorijiy til o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan va kamida 6 oydan buyon faoliyat yuritayotgan bo‘lsa (ijara shartnomasi asosida)
Maktabda xorijiy til o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan va kamida 6 oydan buyon faoliyat yuritayotgan bo‘lsa va kamida 50 nafar o‘quvchilarga til o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa (ijara shartnomasi asosida)
IV. O‘quvchilarning olimpiada va tanlovlarda erishgan natijalari
10 ballgacha
O‘quv yilida o‘quvchisi xorijiy til bo‘yicha respublika olimpiadasiga yo‘llanma olganda
O‘quv yilida o‘quvchisi xorijiy tili bo‘yicha viloyat olimpiadasiga yo‘llanma olganda
Ingliz tili olimpiada natijalari
Globallashuvning asosiy omillaridan biri turli millat va elatlarning bir-biri bilan bevosita muloqoti hisoblanadi. Bunda chet tillarini jiddiy, intensiv, samarali o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aynan ana shu masala dolzarbligi, yaqin ikki yilda O‘zbekistonda tobora aktuallashayotgan va intensivlashayotgan xalqaro aloqalar, uchrashuvlar, konferensiya va seminarlardagi muloqotlar chog‘ida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Ayrim hollarda bu muloqotlarning asosiy bog‘lovchisi – tarjimonlarning uquvsiz va hafsalasizligidan chet ellik mehmonlar oldida noqulay ahvolda qolyapmiz. Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan chet tillar mutaxassislarning og‘zaki va yozma tarjimalarida informatsiyaning muhim qismi tushirib qoldirilayotgan vaziyatlar ham uchramoqda, deb yozilgan «Ma’rifat» gazetasida chop etilgan maqolada.
O‘zbekistonda tarjimonlar tayyorlashni qoniqarli, deb bo‘lmaydi. Masalaning tarixiga kelsak, yurtimizda chet tillari sifatida g‘arb tillaridan asosan nemis, ingliz, fransuz, ispan, sharq tillaridan esa arab, fors, hind, xitoy, koreys tillari o‘rganilayotganiga salkam 100 yil bo‘lyapti. Bu tillarni o‘rgatish dastavval Toshkent hamda Samarqand davlat universitetlarida, keyinchalik Toshkent davlat pedagogika institutida boshlangan edi. 1948 yilga kelib alohida Chet tillari pedagogika instituti tashkil etildi. O‘qitiladigan tillar o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblik hozirgiday ingliz tiliga 97 foiz, boshqa hamma tillarga 3 foiz emas, deyarli bir xil o‘rin (kvota) ajratilar edi. O‘sha paytlarda ona tilimiz bo‘lmagan rus tili esa deyarli ikkinchi ona tili sifatida o‘qitilardi.
2012 yil 10 dekabrda «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga binoan 2013 yildan xalq ta’limida chet tillarini o‘qitish avvalgiday 5-sinfdan emas, balki 1-sinfdanoq yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Bu, albatta, zamon talabi.
Biroq qarorda o‘rganilayotgan chet tillari sifatida asosan degan urg‘u birgina ingliz tiliga qaratilganligi ancha-muncha munozarali holatga sabab bo‘ldi. Bu ingliz tilining xalqaro til ekanligi bilan izohlanadi. Natijada xalq ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida asosan va hatto faqat ingliz tili o‘qitilishi joriy etildi. Maktablarda ishlayotgan barcha nemis va fransuz tili o‘qituvchilariga qisqa muddatli kurslarda malaka oshirib, ingliz tili o‘qituvchisi sertifikatini olib kelish, aks holda ishdan bo‘shash sharti qo‘yildi. Bunday talabga hamma ham tayyor bo‘lmagan.
Natijada qariyb 5 mingga yaqin nemis va fransuz tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatildi. Busiz ham katta ijtimoiy muammoga aylanib borayotgan ishsizlik oliy ma’lumotli malakali kadrlar hisobiga «ko‘paytirildi». Basharti, mamlakatda asosan ingliz tili o‘qitilishi kerak bo‘lganda ham, masalaga bu tariqa biryoqlama yondashmay, o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak edi.
Maorifchilar «Ota-onalar xohlashyapti» degan javob bilan o‘zlarini oqlashdi. Natijada mamlakatda 97 foiz ingliz tili o‘qitila boshlandi.
Til o‘rgatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — chet tili yordamida uzoq va yaqin mamlakatlar, avvalo, rivojlangan davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu yo‘l bilan o‘z mamlakatini turli jabhalarda rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishdir.
Masalan, O‘zbekiston rivojiga bevosita hissa qo‘shayotgan davlatlardan biri Germaniya Federativ Respublikasidir. 1994 yilda imzolangan Germaniya — O‘zbekiston hamkorlik shartnomasi asosida ikki mamlakat uchun manfaatli qator loyihalar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, «MAN» yuk mashinalarini ishlab chiqarish, Germaniyaning «Kemnits» zavodi to‘qimachilik texnologiyasining paxtani qayta ishlashda qo‘llanilishi, ta’lim tizimidagi chet el fondlari — Konred Adenaur fondi, Fridrix Ebert fondi, Gyote instituti, Humboldt fondi. Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin.
Endi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasida yo‘lga qo‘yilgan salbiy holatlar nimalarda aks etishiga muxtasar to‘xtalsak.
Birinchidan, «Asosan o‘rganiladigan chet tili maqomi»dan mahrum etilgan tillar va ularning vatani bo‘lmish Avstriya, Germaniya, Shveytsariya va Fransiyaning xalqaro maydon va Yevropa Ittifoqidagi o‘rnini hisobga olmaslik.
Ikkinchidan, biz yuqorida tilga olingan iqtisodiy omilni inobatga olmaslik.
Uchinchidan, asosiy deb belgilangan va ikkinchi darajadagi boshqa tillardan didaktik tayyorgarliksiz (o‘quv-me’yoriy hujjatlar, dars ishlanmalari) ish boshlash. (Bu hujjatlar «poyezd yurib ketgandan» so‘ng yilma-yil, yo‘l-yo‘lakay tuzila bordi).
To‘rtinchidan, metodik xususiyatni nazarda tutmaslik. Chet tili o‘qitishni o‘quvchilarni nafaqat gapirish hamda tinglab tushunish, ayni paytda o‘qish va yozishga ham o‘rgatishdan boshlash lozimligi, nutq ko‘nikma va malakalarining o‘zaro mutanosibligi buzilganligi (asosiy maqsad — gapirish va tinglab-tushunishga qaratilib, o‘qish va yozishni butunlay unutish) inobatga olinmaganligi. Natijada 1-sinf o‘quvchilari yil davomida darslikdagi topshiriq va mashqlarni o‘qib, bajarish tugul, hatto shu darslikning nomini ham to‘g‘ri o‘qiy olmaydi. Ona tili tajribasiga asoslanib, noto‘g‘ri talaffuz qiladi (bu didaktik vazifalarni o‘quvchilar hech qanday metodik tayyorgarligi bo‘lmagan ota-ona yordamida bajarishi kerak emish. ) Bu esa xalqaro ta’limiy tajribani noto‘g‘ri talqin qilish va tushunmaslik natijasidir.
Beshinchidan, ta’lim muassasalaridagi o‘quv sharoiti va vaziyatni hisobga olmaslik natijasida barcha maktablar va sinflar ingliz tilini o‘qitadigan pedagog kadrlar bilan ta’minlanmagan.
Oltinchidan, ayrim viloyatlardagi universitetlar (Sirdaryo va Namangan)da nemis tili mutaxassisligi o‘qitilib turgan bir paytda barcha maktablarda nemis tilini o‘qitish umuman to‘xtatib qo‘yildi.
Yettinchidan, ingliz tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish uchun 5000ga yaqin ingliz tili o‘qituvchilariga ehtiyoj hatto bugunga qadar (6 yildan buyon) to‘la qondirilmagan. Bu bo‘shliqni to‘ldirish uchun esa sobiq nemis va fransuz tili o‘qituvchilari 4 oyda bir «yumalatilib», (to‘rt yilda o‘rgatolmagan va o‘rganolmagan mutaxassislar ingliz tilini o‘rgata oladi, degan sertifikat bilan) ishga jalb qilindi.
Sakkizinchidan, nemis va fransuz tillarining dunyo tamaddunidagi ahamiyatiga e’tibor qilmaslik. Jumladan, nemis tili Yevropa Ittifoqining asosiy ishchi tili maqomida, shuningdek, nemis tili fan va texnologiyalar tili hisoblanadi. Qolaversa, nemis tili Avstriya, Germaniya va Shveytsariyaning davlat tili, Lyuksemburg, Lixtenshteyn, janubi-sharqiy Fransiya, Shimoliy Italiya, Chexiya va Vengriya kabi mamlakatlarda yashovchi nemiszabon xalqlarning kommunikatsiya tili ekanligi ham e’tibordan chetda qoldirilgan.
To‘qqizinchidan, mamlakatimizga kelayotgan sayyohlarning asosiy qismi Yevropaning nemiszabon, farang hududlari vakillaridir.
Nemis tili ixtisosligi o‘quv rejasida pedagogika, psixologiya va metodika fanlariga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida boshqalarga nisbatan 3 baravar ko‘p o‘quv kvotalari ajratilgan. Bu esa o‘qituvchi uchun juda zarur bo‘lgan kasbiy tayyorgarlikni kafolatlaydi. Shu sababdan nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash vazifasi asosan pedagogika universiteti va institutlari zimmasiga yuklatilmog‘i lozim. Ammo ayni paytda ahvol buning aksi.
Yetakchi pedagogika universitetida Germaniyaning Frayburg va Haydelberg pedagogika universitetlari bilan hamkorlik shartnomasi bo‘la turib, o‘nlab o‘qituvchi Germaniyada malaka oshirib, talabalar 1-semestrdan til o‘rganib kelmoqda. Shunday bir paytda nemis tili bo‘limi va kafedrasi 2016 yilda tugatilgan, nemis tili o‘qituvchilari tayyorlash esa asosan nopedagogik, jumladan, filologik yo‘nalishdagi universitet va chet tillari institutlariga yuklangan.
O‘qituvchilarni klassifikator bo‘yicha va yetakchilik maqomiga ega bo‘lgan maxsus pedagogik va metodik yo‘naltirilgan me’yoriy hujjatlarni yaratib berayotgan yetakchi pedagogika universitetlari va institutlari tayyorlashi kerak. Biroq qator viloyatlar (Qashqadaryo, Surxondaryo, Qoraqalpog‘istondagi oliy o‘quv yurtlari)dagi nemis tili bo‘limi va kafedralarida nemis tili nazariyasi, uni o‘qitish metodikasiga ixtisoslashmagan, ilmiy darajasi, unvoni yo‘q o‘qituvchilar dars bermoqda.
Muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, chet tillariga e’tibor berilayotgan bir paytda nemis tilining chet tillar orasidagi ulushini 3 foizdan 30 foizga ko‘tarish kerak, deb hisoblaymiz.
Xurram Rahimov, Germaniyadagi Olmon-O‘zbek ilmiy jamiyati raisi,
O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi raisi, professor
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ayrim vazifa va funksiyalari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga oʻtgani munosabati bilan oliy, oʻrta va professional taʼlim xizmatlarini litsenziyalash masalalari boʻyicha savollar bilan quyidagi raqamga murojaat qilish mumkin: +998-71-207-16-57
>>>>>>>>>>>>>>>>>>> Main Posts Area
Talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti misolida
Talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti misolida
Rasmiy munosabat
Vazir OTMlarga quyosh panellarini oʻrnatishni yanada jadallashtirish boʻyicha topshiriq berdi
11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni
Prezident: men sizga o‘xshagan odamlarni doim izlab yuraman
Ta’lim-fan jamoatchilik kengashi a’zoligiga nomzodlar ochiq ovoz berish orqali aniqlanadi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm-fan va sifatli ta’lim” mavzusidagi Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Motivatsiya
>>>>>>>>>>>>>>>>>>> Post Right Sidebar Area
Hemis
Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi
To’lov shartnoma
Tabaqalashtirilgan to’lov-shartnomalarini onlayn taqdim etish axborot tizimi
Onlayn qabul
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi barcha ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tizimi
Savol-javob
Ko’p beriladigan savollarga javoblar axborot tizimi
Masofaviy kurslar
Masofaviy malaka oshirish kurslari
Portfolio
Pedagog kadrlar portfoliosi
Elektron ta’lim
Masofaviy ta’lim platformasi
0 % ga kattalashtirish
Kerakli matnni belgilang!
O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlari
O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlari
Respublika bo`yicha
Oliy ta’lim muassasalari
Universitetlar
Institutlar
Akademiyalar
Konservatoriya
Nodavlat oliy ta`lim muassasalari
Filiallar
Xorijiy OTMlar va filiallari
× DIQQAT! SAYT MA’LUMOTLARI YANGILANMOQDA.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi deb qayta tashkil etildi. Qonunchilikka ko‘ra, belgilangan tartibda vazirlik tuzilmasiga o‘zgartirish kiritilganda saytda “Tashkiliy tuzilma”, “Rahbariyat”, “Markaziy apparat”, “Markazlar”, “Hududiy boshqarmalar” hamda “Vazifalar” bo‘limlaridagi ma’lumotlar yangilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: 100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy
Telefon : +998 71 207-18-29
Avtobuslar : 11, 28, 31, 78, 88, 116
Yo’nalishli taksilari: 38, 52, 83, 94, 112, 113, 114
Metro : “Beruniy” bekati
Foydali havolalar
- Sayt xaritasi
- Veb-sayt foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish siyosati haqida ma’lumot
- Veb saytdan foydalanish bo’yicha qo’llanma va terminlarning mazmuni
- Davlat ramzlari
- Zilzila bo’lganda nima qilish kerak?
- Qayta aloqa
August 3,2015
facebook crack the movie advertisment code:what it means for you August 3,2015
facebook crack the movie advertisment code:what it means for you August 3,2015