Press "Enter" to skip to content

Ingliz tili 2022 javoblari

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.

AKADEMIK LITSEYGA KIRISH UCHUN TESTLARDAN NAMUNA

Navoiy davlat pedagogika instituti © 2020
Navoiy sh., Ibn SIno ko`chasi 45, tel. +998 (79) 225-19-30 faks +998 (79) 225-19-30
Sayt materiallaridan foydalanilganda resursga faol giperhavola bo`lishi shart.

Rektor va prorektorlarga
[contact-form-7 404 “Not Found”]
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

O’ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG’I

Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.

Ingliz tili 2022 javoblari

29 iyun – 2 iyul kunlari Namangan, Nukus, Xiva va Toshkent shaharlarida Prezident maktablariga kirish imtihonlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga hujjatlarning qabul jarayoni 2019 yilning 1 iyunidan 22 iyun kuniga qadar bo‘lib o‘tdi. Shu vaqt ichida 28 446 nafar nomzod hujjat topshirgan bo‘lsa, ulardan 27 446 nafari kirish imtihonlarining saralash bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p – 7724 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpog‘istonda 7456 ta, Xorazmda 6503 ta, Toshkent shahrida 5763 ta hujjat qabul qilingan.

Eng ko‘p – 8727 ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan. Eng past ko‘rsatkich 10-sinflar orasida – 2350 ta.

Imtihonlarni davlat (o‘zbek) tilida topshiruvchi o‘quvchilar soni 22 051, qoraqalpoq tilida 4847 nafarni, ingliz tilida topshiruvchilar soni 621 nafarni tashkil etdi.

29 iyun – 2 iyul kunlari nomzodlar matematika fanidan imtihonda ishtirok etadi. Imtihon savollari Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi tomonidan tayyorlangan.

Imtihon davomida nomzodlarga turli murakkablikdagi 30 ta masalani yechish uchun 90 daqiqa ajratiladi.

Buyuk Britaniyalik mutaxassislar imtihonning barcha jarayonlarini nazorat qiladi. Imtihondan so‘ng javoblar tekshirish uchun Angliyaga yuboriladi. Imtihon natijalari 16 iyul kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Imtihon jarayonlarining ochiqligini ta’minlash maqsadida imtihon o‘tadigan joylarda nomzodlarning ota-onalari va yaqinlari uchun kuzatuv monitorlarida onlayn translyasiya tashkil etiladi.

Saralash imtihonlari natijalariga ko‘ra asosiy imtihonlarda ishtirok etadigan nomzodlar aniqlanadi. Asosiy imtihonlar mantiqiy fikrlash, mantiq elementlari bo‘lgan matematika va ingliz tili fani bo‘yicha tashkil etiladi.

Asosiy imtihonlar iyul oyining yakunida bo‘lib o‘tilishi kutilmoqda.

2019 yilda to‘rtta Prezident maktablarining har birlari 144 nafar o‘quvchini qabul qiladi. Har bir sinfda 24 nafar o‘quvchi tahsil oladi.

Prezident maktablari yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 20 fevraldagi «Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan tashkil etilib, mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni o‘qitish tizimini yaratish hamda kelgusida ularda rahbarlik va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Prezident maktablarini dastlab cheklangan miqdorda tashkil etilishi mazkur muassasalarni boshqarishning butunlay yangi modelini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Ushbu sinov muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, kerakli xulosalarni olib 2020-2021 yillarda Prezident maktablari respublikamizning boshqa barcha viloyatlarida tashkil etiladi.

Shu bilan birga, maktablarni boshqarishda Kembrij dasturining ijobiy tajribasi va uni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganadigan mahalliy ekspertlar guruhi tuziladi. Bir so‘z bilan aytganda, Prezident maktablari yurtimizda ta’lim sifatini oshiruvchi lokomotiv shakllantiriladi.