Press "Enter" to skip to content

Fuqarolik protsessual huquqi darslik

Fuqarolik sudlariga – fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, er to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha, agar taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, murojaat qilish mumkin.

Fuqarolik protsessual huquqi darslik

Fuqarolik sudlariga – fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, er to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha, agar taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, murojaat qilish mumkin.

  • fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha – da’vo arizasi bilan;
  • buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda – ariza bilan;
  • apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlariga – shikoyat (protest) bilan murojaat qilish lozim.

Ariza bilan murojaat qilish:

Alohida tartibda yuritiladigan ishlar
yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar;

  • shaxslarning qarindoshlik aloqalari;
  • shaxs birovning qaramog‘ida ekanligi;
  • otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti;
  • farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va o‘limni qayd etilganligi;
  • er-xotindan biri vafot etganligi oqibatida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmay qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda nikoh munosabatlarida bo‘lganligi;
  • shaxsning huquqini belgilovchi hujjatlarda (jamoat birlashmalariga a’zolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalar bundan mustasno) ko‘rsatilgan familiyasi, ismi yoki otasining ismi uning pasportidagi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasidagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoxud tegishli emasligi;
  • baxtsiz hodisa;
  • imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish;
  • merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.

Buyruq tartibida (nizo mavjud bo‘lmagan hollarda) yuritiladigan ishlar:

  • talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo‘lsa;
  • talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo‘lsa;
  • kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari to‘lovi bo‘yicha qazrdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
  • voyaga etmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmagan talab arz qilingan bo‘lsa;
  • hisoblangan, lekin xodimga to‘lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqida talab arz qilingan bo‘lsa;
  • fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
  • ijara shartnomasida belgilangan ijara to‘lovlari muddatida to‘lanmaganligi sababli ushbu to‘lovlarni undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
  • ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
  • yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa.

Sudga ariza bilan murojaat qilinadigan boshqa ishlar:

  • hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar;
  • chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar;
  • korxonalarning ma’muriy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar.

Shikoyat bilan ishni ko‘rib chiqqan sudning qaroridan norozi bo‘lganda murojaat qilinadi.

  • fuqarolik sudiga murojaat
  • sud
  • sudga murojaat

Normativ hujjatlar

Fuqarolik protsessual huquqi savollar va kazuslar. Fuqarolik protsessual huquqi deganda nimani tushunasiz?

Fuqarolik protsessual huquqi SAVOLLAR VA KAZUSLAR.
1.Fuqarolik protsessual huquqi deganda nimani tushunasiz?
2.Fuqarolik protsessual huquqining predmeti deb nimaga aytiladi?
3.Fuqarolik protsessiga tushuncha bering?
4.Fuqarolik protsessual huquqining tizimi qanday qismlarga ajratiladi?
5.Fuqarolik protsessual huquqining konstitutsiyaviy huquq sohasi bilan aloqadorligini nimada?
6.Fuqarolik protsessual huquqining fuqarolik, oila va mehnat huquqi sohalari bilan aloqadorligi haqida gapirib bering.
7.Fuqarolik protsessual huquqining iqtisodiy protsessual va jinoyat protsessual huquqi bilan aloqadorligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
8.Fuqarolik sud ishlarini yuritish deganda nimani tushunasiz?
9.Fuqarolik protsessul huquqining manbalari deganda nimani tushunasiz?
10.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tuzilishini gapirib bering.
11.Fuqarolik sud ishlarini yuritishning qanday turlari mavjud va ularning o‘ziga xos belgilari nimada?
12.Fuqarolik protsessining bosqichlari haqida gapiring. Fuqarolik protsessual huquqining prinsiplari deganda nimani tushunasiz?
13.Fuqarolik protsessual huquqi prinsiplarining ahamiyati nimada?
14Taalluqlilik nima va uning qanday turlari mavjud?
15.Oila, mehnat va uy-joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning sudga taalluqliligini o‘ziga xos qanday xususiyatlari mavjud?
16.Fuqarolik ishlarining sudlovliligi deganda nimani tushunasiz?
17.Sudlovlilikning qanday turlari mavjud?
18.Hududiy sudlovlilik nima va uning qanday turlari mavjud?
19.Ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazishning qanday asoslari mavjud?
20.Fuqarolik ishlari bo‘yicha taalluqlilik va sudlovlik haqidagi qoidalarga rioya qilmaslikning qanday oqibatlari bor?
21.Fuqarolik protsessida isbotlash deganda nimani tushunasiz?
22.Isbotlash predmeti deganda nimani tushunasiz?
23.Sudga oid dalillarga ta’rif bering.
24.Dalillarning qanday belgilari mavjud?
25.Isbotlashdan ozod qilishning qanday asoslari mavjud?
26.Dalillarning aloqadorligi deganda nimani tushunasiz?
27.Isbotlash vositalariga yo‘l qo‘yilishi qoidasini tushuntirib bering.
28.Taraflar o‘rtasida isbotlash burchi qanday taqsimlanadi?
29.Dalillarni tasniflang.
30.Isbotlash vositalari qanday turlarga ajratiladi?
31.Taraflar va uchinchi shaxslar hamda ularning qonuniy vakillarining tushuntirishlari haqida gapiring.
32.Yozma dalillar deganda nimani tushunasiz va ularning qanday turlari mavjud?
33.Ashyoviy dalillar haqida gapiring.
34.Sud ekspertizasiga ta’rif bering.
35.Dalillarni ta’minlashning qanday asoslari mavjud?
36.Sud topshiriqlari deganda nimani tushunasiz?
37.Sudda ish ko‘rish deganda nimani tushunasiz va uning ahamiyati qanday?
38Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlisi qanday qismlarga bo‘linadi?
39.Sud majlisining tayyorgarlik qismida amalga oshiriladigan harakatlar nimalardan iborat bo‘ladi?
40.Ishning mazmuni bo‘yicha prokurorning fikrini yozing.
41.Ish ko‘rishni keyinga qoldirishning qanday asoslari mavjud?
42.Qaysi hollarda sudda ish yuritish to‘xtatilishi mumkin?
43.Arizani ko‘rmasdan qoldirishning qanday asoslari mavjud?
44.Ish yuritishni tugatishning arizani ko‘rmasdan qoldirishdan qanday farqi bor?
Sud majlisi bayonnomasining mazmuni haqida gapiring
45.Sud qarorlari deganda nimani tushunasiz va uning mazmunini tavsiflovchi qanday jihatlar mavjud?
46.Sud qarorlarining turlari haqida gapiring.
47.Sud qarorlarini o‘zaro farqlovchi jihatlari nimada?
48.Sud hal qiluv qarorlarining o‘ziga xos belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi?
49.Sud hal qiluv qarorlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida gapiring.
50.Sudning hal qiluv qaroriga nisbatan qanday talablar qo‘yiladi?
KAZUS
1-KAZUS Nurmatova sudga da’vo bilan murojaat etib, 2018-yil
1-oktyabrda nafaqaga chiqishi munosabati bilan “Jizzax pochtasi” AJning Zarbdor filiali direktori lavozimidan ozod qilish to‘risida ariza bergan bo‘lsa-da, mehnat faoliyatini davom ettirganligini, 2018 yil 19 oktyabrda ish beruvchining buyrui bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 99-moddasi, ya’ni xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqdan bexabarligini ko‘rsatib, ishga tiklash va majburiy progul vaqti uchun haq undirishni so‘ragan.
Sudning hal qiluv qarori bilan da’vo rad qilingan. Kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan.
Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan ko‘rish uchun yubordi.
Savol: Ushbu masalada xodimni o‘z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘risidagi ish beruvchining buyrui qonuniymi? Birinchi instansiya sudining xatoliklari nimada?
2-KAZUS Zaripova fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudiga ishga tiklash to‘risidagi da’vo bilan murojaat qilgan. Da’vo arizasida ko‘rsatilishicha, 2018-yil 10-mayda uning bilan ish beruvchi o‘rtasida 2018-yil
10- noyabrgacha bo‘lgan muddatga mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lib, uch oylik dastlabki sinov belgilangan.
Bosh direktorning 2018-yil 19-iyul oyidagi 156-sonli buyruiga ko‘ra, Zaripova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 82-moddasiga ko‘ra, ya’ni sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lganligi uchun bekor qilingan.
Savol: Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi tomonidan mehnat qonunchiligining qaysi me’yorlari buzilgan? Qaysi hollarda xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi?
3-KAZUS.Tuman hokimligi sudga da’vo bilan murojaat etib, uylar jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan Sobirov ko‘chasi
5-uyda yashovchi SH. ni oila a’zolari bilan ko‘chirishni so‘ragan.
Sud da’voni qanoatlantirib, SH. ni oila a’zolari bilan Sobirov ko‘chasi 5-uydan boshqa uyga ko‘chirgan.Apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan.
Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 2018-yil
15-fevralda sud qarorlarini bekor qilib, da’voni rad qilish haqida yangi hal qiluv qarori chiqardi.
Aniqlanishicha, uylar jamoat ehtiyoji uchun

Do’stlaringiz bilan baham: