O‘zbek tili 28 yil ichida haqiqiy ma’noda davlat tili bo‘la oldimi
1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston parlamenti “Davlat tili haqida”gi qonunni qabul qilishi bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bu — O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi yo‘lidagi ilk qadam, debocha edi. Davlat tili haqidagi qonunning 1-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, — deb yozib qo‘yilgan. 1992-yil 8-dekabrida O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi o‘zbek tilining maqomini yanada mustahkamladi. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, — deyiladi Asosiy Qonunning 4-moddasida ham.
O’zbek tili davlat tili matn yaratish
Assalomu alaykum, muhtaram yurtdoshlar!
Avvalambor, mana shu quvonchli ayyomda barchangizni azim poytaxtimizning markazida barpo etilgan, kuni kecha ishga tushirilgan muhtasham va ulugʻvor koshonada xush kayfiyatda koʻrib, qutlab turganimdan gʻoyatda baxtiyorman.
Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni tarixiy sana – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Maʼlumki, Oʻzbekistonning zamonaviy qiyofasini yaqqol namoyon etadigan yangi bino va imoratlar bugun barcha shahar va viloyatlarimizda koʻplab qad koʻtarmoqda.
Albatta, ularning orasida “Toshkent-Siti” ishbilarmonlik markazi alohida ajralib turadi.
Guvoh boʻlib turganingizdek, “Toshkent-Siti” markazi oʻzining meʼmoriy qiyofasida shaharsozlik sanʼatining eng soʻnggi yutuqlarini, arxitektura, muhandislik va dizaynerlik borasidagi noyob va ulkan salohiyatni yaqqol mujassam etadi.
Maydoni 80 gektardan iborat ushbu markazni qurishdan asosiy maqsad – zamonaviy, “aqlli shahar” barpo etish, xalqaro, xorijiy va mahalliy bank-moliya tuzilmalari va investorlar uchun jonajon Vatanimiz, birinchi navbatda, goʻzal poytaxtimiz jozibadorligini oshirishdan iborat.
Biz Oʻzbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasini izchil amalga oshirayotganimizdan xalqimiz va xalqaro hamjamiyat yaxshi xabardor, albatta. “Toshkent-Siti” markazini barpo etish gʻoyasi ham, aynan oʻsha strategiya bilan bir paytda tugʻilgan edi.
Oʻzbekiston tajribasida birinchi boʻlgan shunday katta miqyosdagi va noyob loyihani amalga oshirish uchun koʻp narsani yangitdan oʻrganishimiz, tinimsiz izlanishga toʻgʻri keldi.
Qurilish maydoni 1 million 600 ming kvadrat metrga teng boʻlgan yangi markazning 30 foizini uy-joylar, 30 foizini ofislar uchun binolar, yana 30 foizini savdo majmualari, 10 foizini mehmonxonalar fondi tashkil etadi.
Barchangiz koʻrib turibsiz, bugun bu hududda ulkan bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Nasib etsa, 2021-yilda qurilish ishlari toʻliq yakunlanib, ushbu markaz xalqimizga va poytaxtimiz mehmonlariga xizmat qilishni boshlaydi.
Qisqacha aytganda, “Toshkent-Siti” markazi Oʻzbekistonda qurilish va arxitektura sohasida taraqqiyotning yangi davri boshlangani, bu sohada biz koʻp narsaga qodir ekanimizni koʻrsatadi, desak, ayni haqiqat boʻladi.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston oʻzining ochiq va konstruktiv siyosati bilan mintaqamizdagi yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylanib bormoqda. Jahondagi nufuzli xalqaro tashkilot va tuzilmalar, moliyaviy institutlar, ishbilarmon doiralar tomonidan Oʻzbekistonda qator tadbirlar, anjuman va uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Tabiiyki, kelgusida bu jarayonlar yanada kuchayadi, Oʻzbekiston yana koʻplab yirik xalqaro sammitlar, forum va simpoziumlarga mezbonlik qiladi.
Shu maʼnoda, ushbu muhtasham majmua nafaqat davlatimiz, balki xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yangi gʻoya va tashabbuslar tugʻiladigan, muhim tarixiy hujjatlar qabul qilinadigan maskanga aylanadi, deb ishonamiz.
Fursatdan foydalanib, mana shunday muazzam saroyning bunyodkorlariga – mohir meʼmor va loyihachilarga, ishchi-muhandislarga, chet ellik mutaxassislarga, barcha ishtirokchilarga oʻz nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Mamlakatimizda yaratilayotgan yangi tarix, yangi taraqqiyot davrining, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining amaliy ifodasi boʻlmish mana shu betakror majmuada birinchi boʻlib ona tilimizga – davlat tiliga bagʻishlangan tantanali marosimni oʻtkazayotganimiz bejiz emas.
Bugun ushbu muhtasham majmuaga dastlabki aziz mehmonlar sifatida tashrif buyurgan siz, qadrli yurtdoshlarimizni, muhtaram faxriylarimizni, ona tilimizning jonkuyari boʻlgan ziyolilarimizni, deputat va senatorlarimiz, faol yoshlarimizni, diplomatik korpus vakillarini chin qalbimdan tabriklash menga katta mamnuniyat bagʻishlaydi.
Bu muazzam koshona barchamizga, butun xalqimizga muborak boʻlsin! Xush kelibsiz, aziz doʻstlar!
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.
Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin.
Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir.
Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.
Oʻtmishda oʻlkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo oʻz tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi maʼlum.
Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday ogʻir sinovlarda ham oʻz ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yoʻlda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zoʻravonliklarga qaramasdan, oʻz ona tilini – milliy gʻururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi.
Bu borada maʼnaviy jasorat va fidoyilik koʻrsatgan buyuk arboblarimiz, adib va olimlarimiz, ulamolarimiz, ulugʻ sanʼatkorlarimizning xotirasini bugun hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.
Ushbu qutlugʻ ayyomni bayram qilar ekanmiz, avvalo, 1989-yil 21-oktyabr sanasini – “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz oʻrinlidir.
Yurtimizda mustabid tuzum hali oʻz hukmini oʻtkazib turgan gʻoyat ogʻir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish biz uchun oson kechmagan edi.
Qonun loyihasi ikki marta umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan edi. Uning atrofida qanday qizgʻin bahs va tortishuvlar boʻlib oʻtganini, oʻylaymanki, koʻpchilik yurtdoshlarimiz juda yaxshi eslaydi. Shaxsan men ham oʻshanda bu tarixiy jarayonlarning bevosita guvohi va ishtirokchisi boʻlganman.
Bu muhim hujjatning qabul qilinishida fidoyi va vatanparvar ziyolilarimiz, keng jamoatchilikning qatʼiy shijoati hamda Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdugʻaniyevich Karimovning siyosiy irodasi katta oʻrin tutdi.
Oʻzbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulugʻ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch boʻlib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi sari qoʻyilgan birinchi dadil qadam edi.
Bu qonun xalqimizning oʻz taqdirini oʻzi belgilash yoʻlidagi azmu qarorining yorqin namoyoni boʻldi. Oradan ikki yil oʻtib, Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aynan ona tilimizda jahonga eʼlon qilindi.
Mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizning oʻzbek tilida yaratilishi uning nufuzini yanada yuksaltirdi.
Yurtimiz boʻylab va xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuygʻusini joʻsh urdiradi.
Oʻzbek tili oʻtgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini oʻzaro bogʻlaydigan mehr-oqibat tiliga aylandi.
Bundan besh asr muqaddam hazrat Alisher Navoiy:
“Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam”, deb yozgan edi. Yaʼni, ul zot ona tili bayrogʻini baland koʻtarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida birlashtirdim, deb iftixor qilgan.
Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili – millat maʼnaviyatining mustahkam poydevoridir. Ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy taʼkidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadigan oyinai hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir.
Shu maʼnoda dunyo hamjamiyatidan munosib oʻrin egallashni maqsad qilib qoʻygan har qaysi davlat avvalo oʻz xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.
Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom maʼnoda davlat tiliga aylantirish yoʻlida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu oʻrinda bir fikrga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. Hozirgi kunda Yer yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud boʻlsa, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, oʻzbek tiliga davlat tili maqomini huquqiy jihatdan muhrlab bergan mazkur qonunning xalqimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.
Bu tarixiy voqeadan soʻng lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish haqida yana bir muhim qonun qabul qilindi.
Bugun jonajon Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor gʻoya asosida oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qoʻymoqda. Barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar qilinmoqda.
Hozirgi kunda oʻzbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda faol qoʻllanmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
Davlatimiz tomonidan maʼnaviy hayotimizni yanada rivojlantirish, jumladan, taʼlim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish boʻyicha qabul qilingan oʻnlab farmon va qarorlar oʻzbek tili ravnaqiga bevosita xizmat qilmoqda.
Bu haqda gapirganda, keyingi yillarda ona tilimizda faoliyat yuritadigan yuzlab bogʻchalar, maktablar, oliy oʻquv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele-radio kanallar, nashriyotlar, madaniy-maʼrifiy muassasalar, kutubxonalar tashkil etilayotganini qayd etish lozim.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu yerda folklorshunoslik, dialektologiya, turkologiya, matnshunoslik kabi yoʻnalishlar ochildi.
Bu borada yangi oʻquv dasturlari yaratilayotgani, darslik va qoʻllanmalar, risola va monografiyalar nashr etilayotgani, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot vositalarida oʻzbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va tashabbuslar bildirilayotgani gʻoyat muhim ahamiyatga ega.
Xabaringiz bor, azim poytaxtimiz markazidagi Milliy bogʻ hududida Adiblar xiyoboni bunyod qilinmoqda. Bu goʻzal maskanda barpo etilayotgan yodgorlik majmualari adabiyotimizning buyuk namoyandalari, oʻzbek tilining chinakam jonkuyarlari xotirasiga bagʻishlangani ayniqsa eʼtiborlidir.
Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulugʻlash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida, yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik. Muhammad Rizo Ogahiy, Isʼhoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida eng avvalo oʻzbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur oʻrganish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Hozirgi vaqtda oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar soni jahon miqyosida 50 million kishiga yaqinlashib qoldi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda xalqaro maydonda obroʻ-eʼtibori tobora yuksalib borayotgan Oʻzbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qoʻshmoqda.
Oʻzbek tili Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida oʻrganilmoqda. Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin koʻpaymoqda.
Shu borada mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari qoshida “Oʻzbek tilining doʻstlari” klublari tashkil etilayotganini biz har tomonlama qoʻllab-quvvatlaymiz.
Fursatdan foydalanib, bugungi quvonchimizga sherik boʻlayotgan chet davlatlarning muhtaram elchilarga, xalqaro tashkilotlar vakillariga ularning yurtlarida oʻzbek tiliga koʻrsatilayotgan hurmat va eʼtibor uchun tashakkur izhor etaman. Ayniqsa, Oʻzbekistondagi xizmat faoliyati davomida oʻzbek tilini oʻrganib, faol muloqot qilayotgan xorijiy diplomatlarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Sizlarga yaxshi maʼlum, yaqinda Oʻzbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga aʼzo boʻldi. Bu, oʻz navbatida, nafaqat oʻzaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, balki turkiy tillar, jumladan, oʻzbek tilining xalqaro maqomini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Kengash sammitida bildirgan tashabbuslarimiz, xususan, qardosh xalqlar adabiyotining eng sara namunalari mujassam boʻlgan yuz jildlik “Turkiy adabiyot xazinasi” kitoblar turkumini aʼzo davlatlarning ona tillarida nashr etish taklifimiz ijobiy qabul qilindi.
Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatimizda yana bir muhim qadam qoʻydik. Men bugun “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonga imzo chekdim. Unga binoan “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy oʻrni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21-oktyabr sanasi yurtimizda “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.
Oʻylaymanki, oʻzbek tili bayramining mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng nishonlanishi xalqimizning milliy ruhi va gʻururini yuksaltirish bilan birga, davlat tilini hayotimizda toʻlaqonli joriy etishga xizmat qiladi.
Ushbu Farmonda ona tilimizning kelgusi taraqqiyotiga oid koʻplab masalalar qatorida, Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish boʻyicha alohida tuzilma tashkil etilganini ham sizlarga maʼlum qilmoqchiman.
Bu tuzilma davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini, sohaga oid muammolarni tahlil etib, bu borada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ayni paytda dunyoda ilm-fan va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib, mamlakatimizning xalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengaymoqda. Natijada, hayotimizga chetdan koʻplab yangi tushuncha, soʻz va iboralar kirib kelmoqda.
Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lugʻat boyligini oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalarning oʻzbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil qoʻllanishini taʼminlash dolzarb vazifa boʻlib turibdi.
Toʻgʻrisini aytish kerak, bu masalada ham oqsoqligimiz bor edi. Shu munosabat bilan Farmonda yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish borasidagi ishlarni tartibga soladigan Atamalar komissiyasini tuzish masalasini ham nazarda tutdik.
Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas-tuganmas bulogʻidir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom koʻrsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
Davlat tiliga boʻlgan doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik mamlakatimizda bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
Maʼlumki, Vatanimiz necha yuz yillar mobaynida buyuk sivilizatsiya va madaniyat markazlaridan biri boʻlgan. Qadimdan diyorimizda xalqimiz bilan birga turli millat vakillari yelkadosh, ahil va hamjihat boʻlib, tinch va osoyishta muhitda yashab keladilar.
Oʻz tilini hurmat qilgan maʼrifatli el boshqalarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi. Oʻzbekistondagi bagʻrikenglik siyosati tufayli, hozirda yurtimizda yagona oila boʻlib yashayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillariga oʻz ona tili, urf-odat va qadriyatlarini rivojlantirishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilmoqda. Toshkent shahri va joylarda faoliyat koʻrsatayotgan 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari oʻzbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman tillarida faoliyat olib borayotgani xalqaro jamoatchilik tomonidan ijobiy hodisa sifatida eʼtirof etilmoqda.
Dono xalqimiz “Til bilgan – el biladi” deydi. Bu borada buyuk bobolarimiz ibrat va namuna koʻrsatganlar. Xususan, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ahmad Fargʻoniy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi ulugʻ ajdodlarimiz oʻnlab tillarni puxta bilganlari uchun ham jahon ilm-fanining yuksak choʻqqilarini zabt etganlar.
Bugungi kunda yurtimizdagi taʼlim maskanlarida ingliz, rus, nemis, fransuz, ispan, italyan, arab, fors, turk, xitoy, yapon, koreys, hind va urdu tillari chuqur oʻqitilayotgani bu anʼanalar davom etayotganining yorqin ifodasidir.
Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga boʻlgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qoʻllab-quvvatlaymiz.
Men bugun aziz bolalarimizga murojaat qilib, ulugʻ alloma, XX asr boshida olti tilli – oʻzbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lugʻat tuzgan Isʼhoqxon Ibratning mana bu hikmatli soʻzlarini eslatmoqchiman: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval oʻz ona tilini koʻzlariga toʻtiyo qilib, ehtirom koʻrsatsinlar. Zero, oʻz tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”.
Oʻylaymanki, bu soʻzlarga ortiqcha izohning hojati yoʻq.
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi taʼsiri va mavqeini yanada oshirish boʻyicha oldimizda oʻta muhim va dolzarb vazifalar turibdi.
Avvalo, bundan oʻttiz yil muqaddam qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan har tomonlama chuqur tahlil qilib, takomillashtirish zarurati sezilmoqda.
Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini toʻlaqonli qoʻllash bilan bogʻliq.
Oʻzbek tilining qoʻllanish doirasini kengaytirish, mamlakatimizda yashayotgan turli millatlarga mansub vatandoshlarimizning davlat tilini oʻrganishlari uchun tegishli sharoit yaratib berish, yurtimizda va xorijda oʻzbek tilini oʻrgatadigan oʻquv markazlarini koʻpaytirish zarur.
Shu maqsadda yangi darsliklar, qiyosiy va turli sohalarga oid lugʻatlar, ish yuritish va soʻzlashuv qoʻllanmalari nashr etish, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish, bu tizimga toʻliq oʻtish boʻyicha hali koʻp ish qilishimiz kerak.
Shuningdek, oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, shevalari, tarixiy taraqqiyoti, uning istiqboli bilan bogʻliq ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga erishmogʻimiz zarur. Bu ishlar uchun moliyaviy resurslar va mablagʻlarni aslo ayamasligimiz kerak.
Oʻzining bebaho asarlari bilan ona tilimizning qadrini va qaddini tiklagan buyuk mutafakkir ajdodimiz Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasini yaratish ham oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Ayni paytda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz turli maʼlumotlarni asosan Internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda taqdim etish, buning uchun oʻzbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lugʻatlarni yaratish kerak. Internet imkoniyatlaridan toʻliq foydalanib, oʻzbek tilini keng targʻib etish boʻyicha ishlarimizni kuchaytirishimiz lozim.
Davlat tili masalasi milliy gʻoyamizning asosiy tamoyillaridan biri boʻlishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida taʼlimning barcha bosqichlarida oʻzbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz oʻzbek tilida ravon oʻqiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar boʻlib yetishsin.
Jamiyatimizda til bilan bogʻliq eng koʻp muhokama qilinayotgan, haqli eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan mavzu – bu joy nomlarini belgilash masalasi, desak, xato boʻlmaydi.
Afsuski, jamoat joylarida, koʻchalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar koʻpincha xorijiy tillarda, maʼnaviyatimizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi.
Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi Atamalar komissiyasi bilan birgalikda ushbu masalalarni keng jamoatchilik ishtirokida jiddiy oʻrganib chiqishi va tartibga solishi zarur.
Chunki ijtimoiy obyektlarga nom berish – bu shunchaki shaxsiy yoki xususiy ish emas. Bu barchamizning vatanparvarlik va maʼnaviy saviyamizni yaqqol koʻrsatadigan oʻziga xos mezondir. Buni hech kim hech qachon unutmasligi kerak.
Biz xalqimizning taqdiri, ertangi kuni haqida oʻylar ekanmiz, eng avvalo, millatimizning asl fazilatlarini, goʻzal urf-odatlarimiz, betakror sanʼatimiz va adabiyotimizni, ona tilimizni koʻz qorachigʻiday saqlashimiz zarur.
Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga boʻlgan eʼtiborni mustaqillikka boʻlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.
Bu olijanob harakatni barchamiz oʻzimizdan, oʻz oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak.
Sizlarni va butun xalqimizni oʻzbek tili bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga fayzu baraka, baxtu saodat tilayman.
Oʻzbek tili – ona tilimizning nufuzi, obroʻ-eʼtibori yanada ziyoda boʻlsin!
Shunday bebaho boylik sohibi boʻlgan, uni hamisha asrab-avaylab kelayotgan aziz xalqimiz omon boʻlsin!
Eʼtiboringiz uchun rahmat.
O‘zbek tili 28 yil ichida haqiqiy ma’noda davlat tili bo‘la oldimi?
1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston parlamenti “Davlat tili haqida”gi qonunni qabul qilishi bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bu — O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi yo‘lidagi ilk qadam, debocha edi. Davlat tili haqidagi qonunning 1-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, — deb yozib qo‘yilgan. 1992-yil 8-dekabrida O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi o‘zbek tilining maqomini yanada mustahkamladi. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, — deyiladi Asosiy Qonunning 4-moddasida ham.
Birgina til uchun alohida qonun, Asosiy Qonunda alohida modda bo‘lishi yaxshi, albatta. Lekin, adabiyotshunos Zuhriddin Isomiddinovning so‘zlari bilan aytganda, “qonunni chiqarib qo‘yish mumkin, lekin u ishlamasa — qonunmi?!”. “Men nimani davlat tili deb bilaman?, — deya savol qo‘yadi Zuhriddin Isomiddinov. — Davlat ishlari qaysi tilda yuritilayotgan bo‘lsa, o‘sha til — davlat tili”. Zuhriddin domlaning bu fikrlari bilan tanishib, “Davlat ishlari qaysi tilda yuritilayotgan ekan?”, — degan savol tug‘ilishi tabiiy. Haqli savolga haqiqiy javob shu — davlat tilidan tashqari rus tilida.
Buning tasdig‘ini topish uchun ko‘p ham uzoqqa borish va qiynalishga hojat yo‘q. Jamoatchilik oktabr o‘rtalaridan beri gaz ballonli avtomobillar va gaz to‘ldirish shoxobchalariga nisbatan yangi talablar belgilangan hukumat qarorini muhokama qilmoqda. 815-sonli bu qaror 11-oktabr kuni imzolangan va 13-oktabr kuni “Lex.uz” — O‘zbekiston Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi. “Davlat tili haqida”gi qonunning 8-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi”, deb belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, hukumatning bu qarori faqat rus tilida e’lon qilingan.
Oradan bir hafta o‘tganiga qaramay, hamon jamoatchilik diqqat-markazida turgan qarorning o‘zbek tilidagi talqini “Lex.uz”da e’lon qilingani yo‘q. To‘g‘ri, “Davlat tili haqida”gi qonunning 8-moddasi davomida: “Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi”, deyilgan. Ya’ni hujjatlarning boshqa tillardagi tarjimalari e’lon qilinishi mumkin. Lekin ular, qonunda nazarda tutilgan talab bo‘yicha, davlat tilida — ayni vaziyatda o‘zbek tilida — yozilgan, qabul qilingan va e’lon etilgan hujjatning tarjimasi bo‘lishi kerak.
Hujjatlarning davlat tilidan boshqa tilda qabul qilinishi va e’lon etilishi, juda ko‘p bo‘lmasa ham, faqat kecha yo bugun uchrayotgan yakkash holat emas, afsuski. Biroz ortga, bir yil avvalgi jarayonlarga qaytsak, ushbu maqolada so‘z yuritilayotgan masala yuzasidan o‘sha vaqtda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi sifatida O‘zbekiston Prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan Sarvar Otamurotovning saylovoldi dasturi davlat tilining o‘rni, ahvoli haqidagi joriy fikrlarni dalillaydi. Otamurotovning dasturida “davlat tili” birikmasi ikki marta, “o‘zbek tili” kalimasi ham xuddi shuncha marta takrorlangan (qolgan nomzodlarning saylovoldi dasturlarida bunday so‘zlar uchramaydi).
Otamurotov o‘z saylovchilariga “tilimiz[ning]. davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlashga va uning to‘la amal qilishiga erishish[ga]. yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish”ni va’da qilgandi. Otamurotov o‘z saylovchilariga “fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi o‘ta muhim tarmoqlarda o‘zbek tili o‘zining haqiqiy o‘rnini egallashi” uchun kurashishini aytgan edi. Otamurotov “ommaviy muomalada, ko‘chalarda joylashtirilgan tashqi yozuvlarda, reklama va e’lonlarda, ommaviy axborot vositalarida o‘zbek adabiy tili me’yor va qoidalari buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishi”ni ta’kidlagan edi. Agar O‘zbekiston Prezidenti etib saylansa.
Foto: Madina Nurman / “Daryo”
Gap Otamurotovning Prezident etib saylangan-saylanmagani haqida emas. U va’da qilgan narsalar endi hech qachon ro‘yobga chiqmaydi, degan fikr ham yo‘q. Yo‘q. Gap — amaldagi hokimiyat vakili (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari) O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishidan ikki yil avval davlat tili maqomini “qo‘lga kiritib” bo‘lgan o‘zbek tili oradan shuncha yil o‘tsa-da, davlat tili sifatida to‘la amal qilmayotganini tan olganida; o‘zbek tili bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya kabi muhim tarmoqlarda hali ham haqiqiy o‘rnini egallamaganini ta’kidlayotganida. Otamurotov hozir Oliy Majlisdagi vakolatlari doirasida bu va’dalarni bajarish yuzasidan biror harakat qilyaptimi — bunisi noma’lum, lekin bir yil avval shu fikrlarini bildirgani uchun hozir ham rahmat aytsa arziydi.
O‘zbek tilidan boshqa tillarga xusumat yo g‘araz yo‘q, aslo. Kishi qanchalik ko‘p til bilsa, nafaqat o‘ziga, balki jamiyatga-da faqat foyda. Shuning uchun ham fuqarolarning yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tillarini o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini doimiy qo‘llab-quvvatlash lozim. O‘zbekistonda shunday qilinyapti ham. Lekin bu jarayon davlat tili maqomidagi “muloqot vositasi”ning “qonuniy huquqlari”ga daxl qilmay, aksincha, bu “huquqlar”ning to‘la ro‘yobga chiqarilishi bilan hamohang tarzda olib borilsa, nur ustiga a’lo nur, nazarimda. Ana shundan so‘ng Zuhriddin domla aytgan ikkinchi masalani hal etishga jiddiy kirishsa bo‘ladi: “Ona tilimizni davlat tili qilish — bosh masala bo‘lishi kerak. Ana undan keyin, menga desa mixxat bilan yozilsin, oromiy bilan yozilsin, arab imlosi bilan yozilsin, lotinda yozilsin — u ikkinchi darajali masala”.
O‘zbek tili bayrami qutlug‘ bo‘lsin!
Davlat tili — millat timsoli
Har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oʻz milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada, avvalo, oʻz madaniyati, azaliy qadriyatlari, shuningdek, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida eʼtibor qaratishi tabiiy.
Rivojlangan davlatlarning xalqi oʻz tillariga chuqur hurmatda boʻlgani bois, hech bir istisnosiz dunyo hamjamiyatida nufuzini mustahkamlab oldi. Bu xalqning Vataniga boʻlgan sadoqati, millatning dil birdamligi nishonasidir. Shu yurtda tugʻilib yashayotgan inson millatidan qatʼiy nazar qalbida iymonu eʼtiqod, sadoqat tuygʻusi mustahkam boʻlsa, oʻsha xalqning maʼnaviy qadriyatlariga, madaniy merosiga hurmat bilan munosabatda boʻladi.
Goʻzal va jozibador ona tilimizning bebaho qadriyat ekanligini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish katta avlod uchun ham farz, ham qarzdir. Milliy tilimizning mavqeyi va sofligini saqlash, eʼzozlash, oʻzbek tilining davlat tili sifatida, eng avvalo, mamlakatimizda, qolaversa, dunyo miqyosida nufuzi, obroʻyini oshirish xalq vakillarining xolis niyatiga bogʻliq. Bugungi haqiqatga bir nazar tashlang. Endigina savodi chiqqan bolalarimiz koʻchada yurganda turli savdo doʻkonlari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlari peshlavhalari, reklamalarini oʻqib-oʻqiyolmay, maʼnosiga tushunolmay oʻzimizni bir necha marta savolga tutgani aniq.
Mamlakatimizda nom berish (neyming) faoliyati bilan ayrim xususiy marketing va reklama agentliklari xorijiy tilda yoki davlat tili qoida- meʼyorlariga, milliy qadriyatlarga zid boʻlgan nom va logotip yaratish bilan shugʻullanib kelyapti. Natijada savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga maʼnosiga eʼtibor qaratmasdan xorijiy tillarda nom berish urfga kirib bormoqda.
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 20-moddasida “Lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va eʼlon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin”; 22-moddasida “Respublikaning maʼmuriy-hududiy birliklari, maydonlari, koʻchalar va geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi”, — deb qayd etilgan.
Lekin Qonunga qay darajada amal qilinyapti? Bu savolga yurtimiz shahar va tumanlarida qad rostlab turgan binolar peshlavhalari va reklamalardagi nom hamda yozuvlarni koʻrgan kishi oʻz xulosasi va javobini beradi. Endilikda ikkita alifbodan bitta alifboga oʻtish fursati yetgan boʻlsada, hanuzgacha hokimliklar, ayrim tashkilotlar rahbarlarida ikkilanish, ijro intizomiga befarqlik mavjud. Ana shu befarqlik jiddiy xatolarni kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.
Shu oʻrinda oʻtgan asrning buyuk tilshunosi va adibi Abdurauf Fitratning “Tilimiz” nomli maqolasida oʻzbek ziyolilarining fors va arab soʻzlarini ishlatishga oʻchligidan nolib, yozgan quyidagi fikrlarini keltirishni joiz deb bildim: “Dunyoning eng boy, eng baxtsiz tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha (oʻzbekcha). Ming yildan beri ezila kelmishdir. Lekin bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir, yashar. Negakim boydir. Turkcha yashamishdir. Yashar, lekin oʻzini arab, fors tillaridan qutqara olurmi, yoʻqmi? Soʻzni bu yerga yetirgach, barmogʻimni yaraning oʻzagiga bosmish boʻldim.” [Fitrat A.1996: 237-240].
Darhaqiqat, mamlakatimizdagi jadal iqtisodiy islohotlar tufayli marketing, menejment, menejer, bloger, broker, innovatsiya, versal, kasting singari koʻplab xorijiy soʻzlar oʻzbek adabiy tilining lugʻatidan; pitsa, hotdog, lavash, shaurma, millinium, dostavka, mы otkrыlis kabi soʻlzar xalqimiz nutqidan joy olib ulgurdi. Ona tilimiz jonkuyari A.Fitratning kuyunchaklik bilan aytgan yuqoridagi fikrlari asrlar oʻtib, tilimizning bugungi haqiqatiga ham mos keladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Zero, “Tilimizning lugʻat xazinasini boyitish va tozaligini taʼminlash, leksik meʼyorlarning muntazamligiga erishishda eng maʼqul yoʻl oʻzbek tilining oʻz ichki imkoniyatlariga tayanishdir. Oʻzbek tilining oʻz qonuniyatlari asosida yangi soʻzlar yasash, u yoki bu sababga koʻra isteʼmoldan chiqqan qadimgi va eski turkiy soʻzlarni tiklash, tilimizning teran tomirlari boʻlmish shevalardan soʻz olish maqsadga muvofiq. Masalan, “raport” soʻzining oʻzbekcha muqobili sifatida “bildirgi” soʻzi yasaldi va adabiy tildan joy oldi. Yoki “rayon” soʻzi avval “nohiya” soʻzi bilan almashtirildi, ammo leksik meʼyor maqomini olmadi. Keyinroq eski oʻzbek tilidagi “tuman” soʻzi isteʼmolga kiritildi, u faol lugʻatimizda oʻz oʻrnini topdi”. [Mahmudov N.,2007:52].
Taniqli rus tarixchisi A.P.Grigorev tadqiqotlarida XIII-XIV asrlarda Oltin Oʻrdada soʻzlashuv va yozuv tili sifatida qipchoq lahjasi qoʻllanilgan boʻlsada, rasmiy yozishmalar va adabiy matnlar Chigʻatoy lahjasi, yaʼni eski oʻzbek tilida yuritilganligini qayd etadi. Koʻrinadiki, qadimdan oʻzbek tilida buyuk allomalarimiz nafaqat zavqu shavq bilan ijod qilgan, balki rasmiy til sifatida ham millat tilining nufuzini saqlab qolishga harakat qilganlar. Oʻz vataniga, millatiga boʻlgan sadoqatini ona tili orqali koʻrsatishga intilganlar. Nima uchun? Chuqur mushohada qilsak, oʻz tili va yozuvi mustaqilligi, mustahkamligiga ega boʻlgan davlat dunyo xalqlari nigohida turgan.
Aytish joizki, oʻzbek tili dunyodagi rivojlangan tillardan biri sifatida nihoyatda boy leksik xazinaga ega. Shu bois, soʻz qoʻllash, nom tanlash masalalarida oʻzbek tilining izohli lugʻatlar majmuasiga tayanib, konseptual yondashish maqsadga muvofiq. Til va yozuvning sivilizatsiyasida millat ruhi, Vatan tuygʻusini his etgan, avlodlar kelajagini oʻylagan har bir inson jonbozlik koʻrsatadi, avvalo, oʻz xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi. Endilikda ikkita alifbodan bitta alifboga oʻtish fursati yetgan boʻlsada, hanuzgacha hokimliklar, ayrim tashkilotlar rahbarlarida ikkilanish, ijro intizomiga befarqlik mavjud. Ana shu befarqlik jiddiy xatolarni kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi ( 2020-yil 20-oktyabr) PF-6084-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (2021-yil 16-mart) 144-sonli Qarori qabul qilindi. Bu oʻz vaqtida va oqilona qabul qilingan qaror boʻlib, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini mustahkamlash yoʻlida yana bir muhim qadam boʻladi. Ushbu qarorda Oʻzbekistonda savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga nom berish (neyming) xizmatini tizimli yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan.
Davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiq keladigan, milliy qadriyatlarga mos hamda obyektlarga qoʻyish tavsiya etiladigan nomlarni, tashqi yozuv, peshlavha, reklama va eʼlonlar matnini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish nazoratini kuchaytirish va ekspertizadan oʻtgan matnlar, nomlarni havola etishga ruxsat berish lozim.
Buning uchun hokimliklar, davlat xizmatlari agentligi va tasviriy oyina Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 144-sonli Qarori talabini kuchaytirishi va amal qilishi maqsadga muvofiq. Xususan;
-hududdagi barcha peshlavha, reklama va eʼlonlarning yozuvi;
-tadbirkorlik obyektlarining nomlari;
-tashkilotlarning nomlarini ekspertiza xulosasiga asosan tayyorlash ishlarini qatʼiy yoʻlga qoʻyish;
-tekshirish, tavsiya etish, xulosa berish ishlarini yagona hududiy markazga topshirish lozim. Qarorda qayd etilganidek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish” Markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda barcha viloyatlardagi hududiy boʻlinmalarning xulosasi va tavsiyasi boʻlmagan taqdirda nomlash, reklama, peshlavha yozuvlariga ruxsat bermaslik lozim. Aks holda, qonunchilik qoidalariga koʻra jarima belgilash maqsadga muvofiq. Ana shunda Qaror ijrosi taʼminlanadi, joylarda bir xil oʻlchamdagi, sifatli va toʻgʻri yozuvdan iborat tashkilot nomlari, reklamalar, panolar yurtimizga koʻrk bagʻishlab turadi.
Ushbu masala xususida xorijiy davlatlar tajribasiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, davlat tilining qadri inson omili bilan bogʻliq ekanligiga guvoh boʻlamiz. Rossiya Federatsiyasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunining 3-moddasida nafaqat davlat tashkilotlari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili)da ish yuritishi, tashkilotni nomlashi ham rus tilida boʻlishi belgilangan. Qonunni buzish tegishli javobgarlikka sabab boʻlishi alohida qayd etilgan. Yevropaning koʻp tillik mamlakatlaridan biri Fransiya davlatining konstitutsiyasida faqat fransuz tili davlat tili deb belgilangan. Rasmiy ish yuritish faqat fransuz tilida. Fransiyaning Tubon qonunida reklama matnlari, joy nomlari, peshlavhalar, jamoat transportidagi yozuvlar, yoʻl koʻrsatkichlari va boshqa turli mulklarga yozilgan yozuvlar fransuz tilida boʻlishi talab qilinadi. Tubon qonunini buzish shaxsidan qatʼiy nazar katta miqdorda jarimaga tortilishiga sabab boʻladi. Bu kabi misollarni rivojlangan mustaqil davlatlar misolida koʻplab keltirish mumkin.
Demak, til millatning maʼnaviy-ruhiy boyligi, mulki, timsoli ekan, uni eʼzozlash, yuksalishi, sofligi, boyligi yoʻlida kurashish, milliy qadriyat darajasiga koʻtarish barchamizning oliy burchimizdir. Shunday ekan, til oriyati uchun kurashaylik! Uni poymol boʻlishiga aslo yoʻl qoʻymaylik. Oʻzbek yozuvining qadrini koʻtaraylik!
Dilbar Xalilova,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent,
Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi
Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi
Qashqadaryo hududiy boʻlinmasi rahbari.
Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., 2020
Учебник по родному языку для 5 класса на узбекском языке.
Siz 1–4-sinfl arda ona tili fanining dastlabki tushunchalari haqida ma’lumotlar oldingiz. Yetuk matematik, biolog, shifokor, muhandis, diplomat yoki boshqa kasb egalari bo‘lish uchun, birinchi galda, ona tili va adabiyotni mukammal bilish darkor. Sizlar 5-sinfda so‘zlarning tovush qurilishi, to‘g‘ri yozilishi (imlo qoidalari), leksikologiya (so‘z ilmi), lug‘atshunoslik bo‘limlari, tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz, ba’zi ish qog‘ozlari bilan tanishasiz. Bundan tashqari, matn bilan tanishasiz. Matnlarni tahlil qilish jarayonida lug‘at bilan ishlaysiz va so‘zlarning ma’nosiga, qo‘llanishiga diqqatingizni qaratasiz.
TILNING IJTIMOIY AHAMIYATI.
Shoir To‘ra Sulaymonning fi krlarini tinglang.
“Til – millatning ko‘zgusi”, deydilar. Bu ko‘zguni gard-g‘ubor lardan, chang-to‘zonlardan soniya sayin tozalay borish har birimiz ning farzandlik, fuqarolik burchimizdir. Til o‘zagimiz ning, o‘zligimizning, o‘ziga bekligimizning bosh belgisidir. “Til – millatning ruhi, deyiladi. Til yo‘qolsa, millat ham tamom bo‘ladi. Til yashasa, millat ham yashaydi”.
Matnni diqqat bilan o‘qing.
Ko‘pchilik o‘zbek tilini nega o‘rganganimga qiziqadi. Bundan bir necha yil avval tasodifan juda ajoyib qo‘shiq eshitib qol – dim. Aniqlashtirib, uning o‘zbek tilida kuylanganini bildim. Shu tariqa dunyoda o‘z – bek tili borli gini bilib oldim va O‘zbekiston – ga qiziqib qoldim. Yaponiyada o‘zbek tilini o‘rgatadigan maxsus institutni topib, unda ta’lim oldim. 2016–2017-o‘quv yilida Toshkent davlat Sharqshunoslik institutida o‘qidim. O‘zbekistonda o‘tgan bir yilim menda juda katta taassurot qoldirdi. Bugunga qadar ushbu go‘zal va boy tilni o‘rganishda davom etmoqdaman. Eng katta or – zum – o‘zbek tilidagi go‘zal qo‘shiqlarni yapon tiliga tarjima qilib, Yaponiya va O‘zbekistonning madaniy hamda turizm aloqalarini yanada kuchaytirish.
MUNDARIJA.
KIRISH.
1-dars. Tilning ijtimoiy ahamiyati.
2-dars. O‘zbek til – davlat tili.
TAKRORLASH.
3-dars. Mustaqil so‘z turkumlarini takrorlash. Ot so‘z turkumi.
4-dars. Sifat so‘z turkumini takrorlash.
5-dars. Son va olmosh so‘z turkumlarini takrorlash.
6-dars. Fe’l so‘z turkumini takrorlash.
FONETIKA. GRAFIKA.
7-dars.Tilshunoslik va uning bo‘limlari. Fonetika.
8-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
11-dars. Nutq tovushlari va harf.
12-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
13-dars. Unli tovushlar.
14-dars. Undosh tovushlar.
15-dars. Nutq a’zolari.
16-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
18-dars. Nutq tovushlarining aytilishi va yozilishi.
19-dars. Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi.
20-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
21-dars. Fonetik hodisalar. So‘zlarda tovush ortishi.
22-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
23-dars. So‘zlarda tovush tushishi.
24-dars. So‘zlarda tovush almashishi.
25-dars. Bo‘g‘in va uning ahamiyati.
26-dars. Mustahkamlash.
27-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
29-dars. Urg‘u va uning ahamiyati.
30-dars. Urg‘u va uning ahamiyati (davomi).
31-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
32-dars. Yozuvlar tarixi.
33-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
34-dars. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi.
36-dars. Mustahkamlash.
TALAFFUZ VA IMLO ME’YORLARI.
37-dars. Ayrim unlilar imlosi. A va O unlilarining talaffuzi va imlosi.
38-dars. I va U unlilarining talaffuzi va imlosi.
39-dars. E va O‘ unlilarining talaffuzi va imlosi.
40-dars Matn va lug‘at ustida ishlash.
41-dars. Yonma-yon kelgan unlilar talaffuzi va imlosi.
43-dars. G va K undoshlarining talaffuzi va imlosi.
44-dars. Q va G‘ undoshlarining talaffuzi va imlosi.
45-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
46-dars. D va T undoshlarining talaffuzi va imlosi.
47-dars Matn va lug‘at ustida ishlash.
48-dars. J,Dj undoshlarining talaffuzi va imlosi.
49-dars. F va V undoshlarining talaffuzi va imlosi.
51-dars. X va H undoshlarining talaffuzi va imlosi.
52-dars. Z va S undoshlarining talaffuzi va imlosi.
53-dars Matn va lug‘at ustida ishlash.
54-dars. Sh, sh va Ch, ch harfl ar birikmasi va ularning vazifalari.
55-dars. Ng, ng harfl ar birikmasi va uning vazifasi.
56-dars Matn va lug‘at ustida ishlash.
59-dars. Qo‘sh undoshlar talaffuzi va imlosi.
60-dars. Qator undoshlar talaffuzi va imlosi.
61-dars. Asos va qo‘shimchalar imlosi.
62-dars. Asos va qo‘shimchalar imlosi (davomi).
64-dars. Mustahkamlash.
65-dars. Qo‘shib yozish.
66-dars. Ajratib yozish.
67-dars. Bosh harfl ar imlosi.
68-dars. Chiziqcha bilan yozish.
69-dars. Ko‘chirish qoidalari.
LEKSIKOLOGIYA.
70-dars. O‘zbek tilining lug‘at boyligi.
71-dars. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
72-dars. Sinonimlar. Sinonimik qatorda bosh so‘z.
73-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
74-dars. Omonimlar. Nutqda omonimlardan foydalanish.
75-dars. Antonimlar.
76-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
78-dars. Paronimlar.
79-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
80-dars. O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari. O‘z va o‘zlashgan so‘zlar.
81-dars. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar.
82-dars. Tarixiy va arxaik so‘zlar.
83-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
84-dars. Joy nomlari tarixi.
85-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
88-dars. Ismlar ma’nosi va imlosi.
89-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
90-dars. Mustahkamlash.
91-dars. Terminlar. Kasbiy terminlar.
92-dars. Iqtisodiyotga oid terminlar.
93-dars. Internetga oid terminlar.
94-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
95-dars. Aniq fanlarga oid terminlar.
96-dars. Ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid terminlar.
97-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
98-dars. Qavm-qarindoshlik bilan bog‘liq so‘zlar.
99-dars. Mustahkamlash.
101-dars. Iboralar.
102-dars. Iboralar (davomi).
103-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
105-dars. Maqollar.
106-dars. Maqollar (davomi).
107-dars. Hikmatli so‘zlar.
108-dars. Hikmatli so‘zlar (davomi).
109-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
LUG‘ATSHUNOSLIK.
110-dars. Lug‘at va uning turlari.
111-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
114-dars. Izohli lug‘at.
115-dars. Izohli lug‘at (davomi).
116-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
117-dars. Imlo lug‘ati.
118-dars. Imlo lug‘ati (davomi).
119-dars. Matn va lug‘at ustida ishlash.
120-dars. Mustahkamlash.
PUNKTUATSIYA.
122-dars. Punktuatsiya bo‘limi haqida ma’lumot.
123-dars. Nuqta va vergulning ishlatilishi.
124-dars. So‘roq belgisining ishlatilishi.
125-dars. Undov belgisining ishlatilishi.
126-dars. Qo‘shtirnoqning ishlatilishi.
Asosiy atamalar lug‘ati.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 5 sinf, Mahmudov N., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Til – ko’ngilning oltin kaliti, nutq vositasi bo’libgina qolmay davlatning timsoli va mulkidir. Til – millat ruhi. U xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, tarixidir. Tilni rivojlantirish millat taraqqiyoti demakdir. Shuni aytish kerakki, o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ham mustaqilligimiz va yuksalishimiz yo’lida muhim qadam edi. Til – millat yuzining bir bo’lagi. Dunyodagi barcha xalqlar ham o’zining davlat tiliga ega emas. G’urursiz millat o’z qiyofasini yo’qotadi, aksincha, milliy iftixor yuksak yurtda xalq tinch va hamjihat yashaydi. Hali totalitar tuzum hukmron bo’lib turgan murakkab bir sharoitda 1989 yilning 21 oktyabrida o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy g’ururini, jahondagi mavqeini tikladi.
Hozirgi kunda dunyo olimlarining hisob-kitoblariga ko’ra dunyoda ikki yarim mingtadan besh mingtagacha, ayrim manbalarga ko’ra esa besh mingtadan etti mingtagacha tillar borligi ma’lum. Bu tillarning ayrimlarida bir necha o’n, hatto yuz millionlab kishilar gaplashsa, ba’zilaridan bir necha ming kishigina foydalanadi, xolos. Jahonda keng tarqalgan yigirmaga yaqin til oilalari mavjud bo’lib, bizning o’zbek tilimiz oltoy tillar oilasiga kiruvchi qarluq guruhidan mustahkam joy egallagan. Qolaversa, o’zbek tili qadimiy hisoblangan turkiy tillardan biri hisoblanadi. Ushbu dalillar shundan dalolat beradiki, ajdod va avlodlarimiz tomonidan yaratilgan o’zbek tili asrlar osha rivojlanib, turkiy tilli millat va elatlar orasida keng tarqalib, yanada sayqallashib, yuksak madaniy tilga aylanganligi va o’zining tarixiyligi bilan ham ahamiyatlidir.
Ota-ona o’z farzandiga yaxshi xulq, yaxshi tarbiya berishdan ortiq ma’naviy meros qoldira olmagani kabi ajdodlar ham avlodlariga shu yurtga xos bo’lgan yaratuvchanlik, tafakkur mahsuli bo’lmish bebaho moddiy va madaniy yodgorliklar hamda tarbiyalovchi, ilm-u ma’rifat yog’dulari ila yo’g’rilgan asarlar va eng muhimi, ona tilidan bo’lak buyuk meros qoldira olmasa kerak.
Milliy tilimizni go’yoki bir muazzam chinorga mengzasak, uning chuqur ildizlari – bu uning olis o’tmishga borib taqaladigan boy tarixidir. Baquvvat tanasi esa o’zbek tilining ravnaqida beqiyos o’rin tutgan ajdodlarimizdir, ya’ni Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat, Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir kabi buyuk ijodkorlardir. Bu ro’yxatni cheksiz faxr bilan yana uzoq davom ettirish mumkin. Shox-shabbalari esa bu tilimizda yaratilgan o’lmas va nodir asarlarimizdir – “ Qutadg’u bilig”, “Hibat ul- haqoyiq “, “Muhabbatnoma”, “Mahbub ul-qulub”dan tortib, “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Yulduzli tunlar” kabi adabiyot gultojilaridir. Barglari esa tilimizning zebu ziynatlari, o’ziga xosliklari, duru gavharlaridir. endi shuni baralla ayta olamizki, chuqur ildizga ega, ko’rkam, mustahkam va muazzam bu chinorga hech kim bolta ura olmaydi, hech kim shoxlarini sindira olmaydi. Uning bebaho boyligi bo’lmish adabiyotiga hech kim yomon ko’z ila qaray olmaydi. Zero, Abdulhamid Cho’lpon aytganidek: “Adabiyot yashasa- millat yashar“.
Ona tilim! Qalbimga onamning hayotbaxsh suti, qaynoq mehri va jozibador allasi bilan singib ketgan eng go’zal inju kabisan. Sen bilan ko’zlarim ko’rar, sen bilan yuragim urar, sen bilan tilim biyron sayrar, sen bilan shuurim ravshanlashar. Sen orqali tafakkurimiz gulshani bo’lmish fikrlarimizni bayon qilamiz, sen orqali Vatanga bo’lgan cheksiz muhabbatimizni izhor qilamiz, bugungi porloq hayotimiz uchun shukronalar aytamiz. Axir sen emasmi menga Vatanimni – O’zbekistonimni tanitgan?!
O’zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosidagi obro’-e’tiborini tubdan oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to’laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligini nishonlash arafasida 2019 yil 21 oktyabr` kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
Mazkur farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi, shuningdek, hukumat qarori bilan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, muassasa va boshqa tashkilotlarda qonun hujjatlaritga rioya etilishi, o’zbek tilini rivojlantirishni ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi.
Bugungi kunda shuni ishonch bilan ayta olamizki, butun dunyo tillari ichra o’zbek tili o’zining serma’no qirralari, so’z boyligi, adabiy qonuniyatlari bilan alohida joziba kasb etadi, ziyo mash’allarini, ilm-ma’rifat peshvolarini maftun etib keladi. O’zbek kurashining dunyoga yoyilishi tufayli sof o’zbekcha so’zlarning jahonga kirib borishi yana bir bor tilimizning jahon hamjamiyatidagi o’rni mustahkamlanib borayotganligidan dalolat beradi.
Bunga bir yorqin misol 2020 yilning 23 sentyabrda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev BMTning 75-sessiyasida o’zbek tilida baralla nutq so’zlab, butun dunyoni ona tilimizga mahliyo qilib qo’ydilar. Ayni mana shu damda o’zbek ekanligimdan, mustaqil O’zbekiston Respublikasining fuqarosi ekanligimdan chinakamiga faxr hissini tuydim.
Ona tilim, tarixing buyuk,
Bobolardan meros tilimsan.
Buyuklardan sen o’zing buyuk,
Sen men uchun doim suyuksan.
Buyuk tilim, buyukligingni
Olam aro ko’z-ko’z etarman.
Men o’zbekman, ona tilimni
Faxr bilan she’rda bitarman.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tilni sevish, uni ardoqlash millatni sevish va uni ardoqlash bilan teng hisoblanadi. Zotan, muhtaram Prezidentimiz aytib o’tganlaridek: “Har birimiz davlat tiliga bo’lgan e’tiborni mustaqillikka bo’lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qadrlashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak”.
Gulnoza POChOEVA,
IIV Jizzax akademik litseyi direktorining
ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha o’rinbosari