Botanika 6 sinf
Osiyo. Yovvoyi holda o`sishi aniqlanmagan. Hozirgi kunda uy sharoitlarida ham o`stiriladi. Shox-shabbasi
Pratov O’., To’xtayev A.S., Azimova F.O’. Botanika. 6-sinf
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. — Ташкент: O’zbekiston nashriyoti, 2009. — 144 b.
Учебник для 6-го класса общеобразовательной средней школы. На узбекском языке.
Tabiatni rang-barang o‘simliklar dunyosisiz tasavvur etib boimasligini siz tabiatshunoslik va 5-sinf botanika darslaridan yaxshi bilasiz. O‘simliklar qanchalik ko‘p bo’lishiga qaramay, o‘ziga xos tarzda turli sharoitlarda o‘sishga moslashgan. Tabiatda o‘simlik uchramaydigan joy juda kam topiladi. Siz ularni hovlingizda, maktab hovlisida dalalarda, cho‘l, adir va baland tog‘larda ko‘plab uchratasiz. G‘o‘za, poliz va sabzavot ekinlari orasida ham turli-tuman o‘tlami, shu jumladan, «begona o‘t» deb ataladigan o‘simliklami bir necha bor uchratgansiz.
Tashqaridan qaraganda juda ko‘p o‘simliklar, ayniqsa bir yillik o’t1ar bir-biriga o‘xshaydi, shuningdek ular, bir-biridan qator belgilari bilan farq ham qiladi.
0‘simliklarni farqlashdagi asosiy belgilardan biri gul bo‘lganligi tufayli darslikda uning tuzilishi va u bilan bog‘liq jarayonlarga, ya’ni changlanish, urug‘lanish, meva va uruglarning shakllanib, taraqqiy etishiga katta etibor beriladi.
Shubhasiz, siz ko‘rgan o‘simliklaringizning nomini va ular haqidagi ma’lumotlami bilishni istaysiz.
- Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
- Регистрация
- Узнайте сколько стоит уникальная работа конкретно по Вашей теме:
- Сколько стоит заказать работу?
Botanika 6-sinf
o`simliklarning 4500 turi, O`rta Osiyoda 8000 turi, Yer yuzida 500 000 dan ortiq turi borligi aniqlangan.
Tabiatda o`simliklar uchramaydigan joylar nihoyatda kam. Yer yuzida o`simlik turari qancha ko`p
bo`lmasin, barchasining ilmiy nomi bor. Olimlar ularni bir-biridan yaxshi ajratishadi. Ularni
farqalashning o`ziga xos usullari bor.Har bir davlatning ma`lum bir hududida o`ziga xos o`simligi, fan
tili bilan aytganda florasi bor.Jumladan, mamlakatimizda uchraydigan o`simliklarni boshqa bir davlat
hududida uchratish qiyin. Lekin bu degani uchratib bo`lmaydi degani emas. O`simliklarni ma`lum bir
sharoitdan boshqa bir sharoitga ko`chirib o`tkazgan holda, madaniylashtirish ishlari bilan
“Introduksiya-iqlimlashtirish”
o`simliklarning yarmidan ko`prog`ini bir yillik o`simliklar tashkil qiladi. Qishloq xo`jaligida
yetishtiriladigan madaniy o`simliklarning juda ko`pchiligi bir yillik o`simliklardir. Shuningdek,
yurtimizda daraxt,buta,yarimbuta, ko`p yillik va ikki yillik o`simliklarni ham uchratasiz.
Ushbu rasmdagi o’simliklarning o’zaro o’xshashliklarini taqqoslang.
Bosh piyoz – pizyoz turkumiga mansub ko’p yillik o’t. Gul poyasi 100 sm gacha yetadi, qalin, yarmidan
pastki qismi shishgan. Barglari ham shishgan. To’pgul (soyabon)i sharsimon, gullari zich joylashgan.
Gulbandi gulqo’rg’ondan bir necha marta uzun. Gulqo’g’oni yulduzsimon oqish yashil rangli. Changchisi
6 ta. Bosh piyoz may-iyunda gullab , mevasi iyulda pishadi. Dorivor qoqio’t – ko’p yillik o’t. Uni
vohalardagi o’simlik o’sa oladigan har qanday yerda uchratish mumkin. Poyasi juda kalta. Gullari
gulpoyaning uchida o’rnashgan savatchalarda joylashgan. Qoqio’tlarning mevasi – pista meva. Uning
uchiga o’rnashgan popukchasi bor.
Yer yuzida tabiiy holda o’sadigan o’simliklarning hayotiy shakllari haqida ma’lumot bering.
O’simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslashishi hayotiy shakl deyiladi. Yer yuzidagi
barcha o`simliklarning quyidagicha hayotiy shaklari mavjud:
Daraxtlar – tanasi yog’ochlashgan, asosan, bitta yo’g’on tanali baquvvat ildiz va keng shox-shabbali,
baland bo’yli ko’p yillik o’simliklardir. Bular guli, mevasi, poyasining eni, bo’yi, shox-shabbasi va bariglari
bilan bir-birdan farq qiladi. Masalan: olma, o’rik, yong’oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq. Qarag’ay
va terakniki g’uj va tik. Shamshod va sadaqayrog’ochniki sharsimon bo’ladi. Butalar – bir nechta
yog’ochlashgan poya- tanaga ega ko’p yillik o’simlik. Ildizdagi qo’shimcha kurtaklardan yangi yosh
novdalar o’sib chiqadi. Bularga – irg’ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, anor, limon, qoraqat,
ligustrum, nastarin kiradi.
Yarimbutalar – poyasining pastki qismi yog’ochlashgan, yuqori yashil qismi qishda sovuq urib
ketadigan ko’p yillik o’simlik. Cho’llarda keng tarqqalgan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq.
o’tlar – yerusti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar. Bularga beda,
ajriq, g’umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko’t, sallagul, qoqio’t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz,
yalpiz, kovrak, gulsafsar kiradi. Ikki yillik o’tlar – birinchi yili urug’dan ko’karib chiqib, vegetativ
organlar hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to’playdigan o’simliklar. Ikkinchi yili gullab
meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg’om, sigirquyruq va h.z. kiradi. Bir yillik o’tlar – bir yil
ichida urig’idan unib chiqib, o’sadi, gullab meva tugib, o’z hayotini tugatadi. Bularga yovvoyi oq sho’ra,
jag’-jag’(achambiti), machin, qora ituzum, baliqko’z, madaniy g’o’za, bug’doy, arpa, zig’ir, yeryong’oq,
mosh, no’xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va h.z. kiradi.
Rasmda ko’rsatilgan daraxt turlarini aniqlang va ular haqida qisqacha ma’lumot bering.
Baobab Sadaqayrag’och Qoraqat Limon
Baobab-hayotiy shakli daraxt. Afrikaning savannalarida o`sadi. 4000-5000-yil yashashi mumkin.
Panjasimon murakkab barglari yilning issiq faslida to`kiladi. Guli yirik (diametri 20 cm),oq. Baobabning
bo`yi 10-12 m kelsadaa, shox-shabbasi kata (aylansi 45 m) maydonni egallaydi. Tanasining diametric esa
4-10 m ga yetadi
Sadaqayrag`och-hayotiy shakli daraxt. Shox-shabbasi sharsimon shaklda.Asosan manzarali o`simliklar
sinfiga kiradi.Yorug`sevar,quruqlikka chidamli, ammo sovuqqa chidamsiz o`simlik.Tog`larning 1500 m
bo`lgan balandliklarida ham uchratish mumkin.Urug`I va ildiz bachkilari orqali ko`paytiriladi.
Qoraqat-hayotiy shakli madaniy buta. Mevasi-rezavor meva. Vatani-Yevropa. Mevasi avgust-sentabrda
birin-ketin pishadi.Ko`chati o`tkaazilgach 2 yili hosil beradi.Ildizi,qalamchasi va ildiz bachkisidan
Limon- hayotiy shakli madaniy buta. Sitruslar turkumiga kiradi. Vatani- Janubiy va Janubiy-sharqaiy
Osiyo. Yovvoyi holda o`sishi aniqlanmagan. Hozirgi kunda uy sharoitlarida ham o`stiriladi. Shox-shabbasi
yoyiq. Mevasi tuxumsimon, ba`zan dumaloq. Gullari ikki jinsli, oq, xushbo`y. Limon qalamchasidan va
payvandlash yo`li bilan ko`paytiriladi.
Ushbu imtihon javoblarini olish uchun telegramdan
@uzimtihon _admin
+998 99 394 2820
Imtihon bileti narhi
To’lov klik, payme yoki paynet* (tel nomerga emas) orqali
BOG’LANISH FAQAT TELEGRAM ORQALI
Telefon qilinganda yoki SMS yozilganda javob bermasligim ehtimoli yuqori
Javoblar 2020-yil savollari asosida tuzilgan. 30ta biletga javoblarni o’z ichiga
oladi. To’lov qilishdan oldin admin bilan bog’laning.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling