XTV maktablarda 2020—2021-o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lov miqdorlarini e’lon qildi
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
1- mavzu: Darsliklar, maktab darsliklariga qo’yiladigan talablarni yoritish metodlari. Ulardan amaliyotda foydalana olish qobiliyatini shakllantirish
Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi. Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo’lgan va bu jarayon davom etmoqda. Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi.
Darslik – davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fanning asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan xamda turdosh ta’lim yo‘napishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr
Darslik tuzish har bir mutaxassisdan yuqori mas’uliyat, bilimdonlik, tajriba va bilim talab etadi va uni tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
- har bir darslik yuksak g‘oyaviylik va ilmiylik asosida tuzilishi zarur. Dastur mazmuniga mos kelishi kerak;
- qulay va ixcham bo‘lishi;
- fikrlar aniq va ravshan, bilimlar jonli bo‘lishi;
- uslubiy tomonlar kuchaytirilishi;
- amaliy yo‘naltirilishi;
- predmetlararo o‘zaro bog‘liqlik nazarda tutilishi zarur.
- Har qaysi o‘quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga hamda shu sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan bo‘lishi kerak.
- Darslikda bayon kilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari va g‘oyaviy yo‘nalishi tizimli va izchil bo‘lishi, darslikda keltirilgan dalillarning ishonchli bo‘lishi, ular to‘g‘ri tahlil, anik ta’rif etilishi, tegishli xulosalar chikarilishi hamda shu orqali o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib topishini ta’kidlashi lozim.
- Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
- Darslikda bayon kilinayotgan materialning xarakteriga bog‘liq holda tegishli qoida va ta’riflar berilishi, dalillar keltirilishi hamda darslik yaxshi bezatilgan bo‘lishi, ba’zi materiallar rasm, sxema, diagramma va boshka illyustratsiyalar bilan boyitilishi talab etiladi.
- Darslik o‘quvchilar tushunishi oson bo‘lgan jonli tilda yozilishi, ayni zamonda fikrlar anik va qisqa bo‘lishi kerak.
- Darslikda ta’lim mazmunining muhim komponentlari o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim: tabiat, jamiyat, texnika, insoniyat, faoliyat usullari, tushuncha va iboralar to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, nazariya va qonuniyatlar, metodologik va qimmatli fikrlar bo‘lishi kerak.
- Darslik materiallari o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, ma’naviyat, axloqiy-hulqiy tushuncha va odatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
- Unda materiallarning izchil, sistemali bayon etilishiga, bilish metodlari bilan uzviy bo‘lishiga e’tiborni qaratish kerak.
- Darslikda o‘quvchi ijodiy qobiliyatini, bilish imkoniyatlarini oshirish, mustaqil bilishni shakllantirish yuzasidan topshiriqlar, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar beriladi.
- Metod – (grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, yo’l, ahloq usuli ma’nolarini anglatadi). Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yo’li, usuli yoki qiyofasi, shakli, ko’rinishi.
2-guruh esa amaldagi kitob darsliklarni himoya qiladi.
- motivatsion vazifa – bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;
- axborot vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari o‘ajmini kengaytirishga imkon beradi;
- nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.
- muvofiqlashtirish vazifasi -material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (haritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;
- rivojlantiruvchi -tarbiyalovchi vazifasi – darslik mazmunining o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;
- o‘qitish vazifasi – darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi.
- Elektron darslik –kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib:
- – o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
- – o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;
- – multimedia (multimedia – ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
- taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o‘quvchini “ekran olamida” stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
XTV maktablarda 2020—2021-o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lov miqdorlarini e’lon qildi
Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlarini hisoblash tizimini tubdan takomillashtirish, soddalashtirish va ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab, bir dona darslik yoki mashq daftari uchun yagona ijara to‘lovi joriy qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
Bunda, bir dona darslik yoki mashq daftari uchun yagona ijara to‘lovi 2200 so‘m hisoblanib, to‘plam tarkibidagi darsliklar va mashq daftarlari sonidan kelib chiqib, sinflar va ta’lim tillari kesimida ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi.
“Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, 2020–2021-o‘quv yili uchun istisno tariqasida umumta’lim muassasasida darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovini amalga oshirish muddati 2020-yilning 10-oktabrigacha uzaytirildi. Shu bilan birgalikda, ota-onalarda mazkur to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, ijara to‘lovi muddatini uzaytirish to‘g‘risida umumta’lim muassasasiga murojaat qilishlari mumkin. Ijara to‘lovi muddati uzaytirilgan hollarda, mazkur to‘lovning 50 foizi 10-oktabrgacha, qolgan qismi esa 30-noyabrgacha to‘lanishi lozim.
Davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni umumta’lim maktab kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlash tartibi o‘rnatilgan.
Ta’kidlash joizki, o‘rnatilgan tartibga asosan darsliklar to‘liq to‘plamda ijaraga beriladi. Darsliklar to‘plamlari to‘liq berilmagan holatlarda ota-onalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklarning ijara narxlari Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklarning ijara narxlari Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
Ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklarning ijara narxlari Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
Ta’lim qirg‘iz tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklarning ijara narxlari Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
Ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklarning ijara narxlari Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
Ta’lim turkman tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklarning ijara narxlari Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
Ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklarning ijara narxlari Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati