Prezident maktab darsliklarini bepul ijaraga berishni buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga 2018/2019-o‘quv yili qabuli uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha tavsiya etiladigan test savollari bazasi
Maktab darsliklari ro’yxati
Ilk bor ko‘zi ojizlar uchun 10-11-sinf darsliklari chop etilmoqda
2020-2021 o‘quv yili uchun kelasi yilda bo‘ladigan test sinovlarida savollar ushbu darsliklardan shakllantiriladi
Davlat test markazi 2019-2020-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxatini e’lon qilindi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta’limi h
2019-2020 o’quv yili imtihonlari uchun tasdiqlangan darsliklar ro’yxatini yuklab oling
2019/2020 oʻquv yilida OTMga kirish test sinovlariga tayyorlanish uchun qaysi darsliklardan foydalanish zarurligi ma’lum qilindi
Bosh vazir: «Darsliklarni har to‘rt yilda almashtirish nega kerak?»
Hozir darsliklar har 4 yilda almashadi. Aniq fanlar — matematika, fizika, geografiya fanlaridan darsliklar almashtirish nega kerak?
2018-2019 yil test sinovlari uchun tasdiqlangan darsliklar ro`yxati
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga 2018/2019-o‘quv yili qabuli uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha tavsiya etiladigan test savollari bazasi
Bakalavriat yo‘nalishlarida test sinovlari topshiriladigan fanlar ro‘yxati
Ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi
Prezident maktab darsliklarini bepul ijaraga berishni buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan prezidentga axborot berilgan.
«Maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5707 so‘mni tashkil etishi va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga (108%) oshgani haqida yozgandik. Mazkur xabardan so‘ng, tarmoqlarda foydalanuvchilar maktab darsliklari ijara narxi qimmatlashgani va birinchi chorakdan keyingina yangi kitoblar chiqarilishidan shikoyat qila boshlashdi. XTV esa buni qog‘oz narxlari va transport xarajatlari oshgani bilan izohladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP partiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev esa maktab darsliklarini pullik ijaraga olish Konstitutsiyaga zid ekanini ta’kidladi.
- # darsliklar ijarasi
- # maktab darsliklari