Press "Enter" to skip to content

Мактаб таълими тизими: муаммолар ва истиқболлар

Ўз навбатида, Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг 197 5 -моддаси қоидалари қайта кўриб чиқилиши лозим. Ҳозир ушбу моддада ўқитувчининг касбий фаолиятига таълим олувчилар билимини тўғри ва холис баҳолашига таъсир кўрсатиш билан ифодаланган тарзда қонунга хилоф равишда аралашиш ёки ўқитувчининг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш учун жавобгарликни назарда тутади. Бироқ, ўқитувчиларнинг шаъни ва қадр-қимматини камситувчи ҳаракатлар, уларни ўз фаолияти билан боғлиқ бўлмаган фаолиятга жалб этиш учун мазкур модда бўйича жавобгарликка тортиш мумкин эмас. Шу сабабли ўқитувчи шахсининг дахлсизлиги кафолатларини кучайтириш мақсадга мувофиқдир.

Maktabning ichki tartib qoidalari

Harakat – borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

Ota-onalarni maktab “Ustavi”, o`quv-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi sohaviy, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirish hamda o`zaro shartnoma tuzish. Shuningdek, ota-onalar va maktab ma’muriyati o`rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini to`liq bajarilishini talab etish. 2.5. Huquq-tartibot xodimlari hamda mahalla bilan hamkorlikni kuchaytirish. 2.6. O`qituvchi va o`quvchilardan maktab “Ustavi”da belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o`z vaqtida kelish, ijodiy yondoshgan holda ish kunidan va dars jarayonidan unumli foydalanish, ma’muriyat tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarishni talab qilish. 2.7. O`quvchilarning davomatini muntazam nazorat qilib borish, ularning mashg`ulotlarga to`liq qatnashishini ta’minlash choralarini ko`rish. 2.8. Ota-onalardan farzandini ta’lim muassasasiga darsliklar va o`quv-qurollari hamda maktab “Ustavi”da belgilangan o`quvchilar formasida kelishini talab qilish. 2.9. O`quvchilarning ta’lim muassasasida mobil telefon, internetdan foydalanishlarini nazorat qilish va tartibga solish, ularga mobil telefonidan foydalanish madaniyatini tarbiyaviy soatlarda singdirish, ota-onalar yig`ilishlarida mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirish. 2.10. Pedagogik kengash qarori bilan Davlat ta’lim standartlari va o`quv dasturlarini o`zlashtirmagan o`quvchilarni sinfda qoldirish. (Maktabga o`qishdan bo`yin tovlab, sababsiz kelmaydigan o`quvchilar inobatga olingan) 2.11. Sinf rahbarlarining o`quvchilar va ota-onalar bilan yaqin aloqasini mustahkamlash hamda ularning xonadonlarga doimiy tashriflarini uyushtirish. Shuningdek, o`quvchilar huquqini muhofaza qilish, tarbiyasi og`ir o`quvchilar va notinch oila farzandlari bilan yakka tartibda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish. 2.12. Uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o`quvchilar uchun ularning ota-onalari bilan hamkorlikda barcha sharoitlarni yaratish, o`quv qurollari va darsliklar bilan ta’minlash hamda dars mashg`ulotini tegishli o`qituvchilar tomonidan o`tilishi ta’minlash. 2.13. Belgilangan muddatda tibbiy ko`rikdan hamda sinflardagi o`zini-o`zi boshqarish organi vakillari tomonidan birinchi darsdan oldin o`quvchilarni tozalik ko`rigidan o`tishlarini nazorat qilish. 2.14.

Tibbiyot, meditsina, tabobat – kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

Dars jarayonida, tanaffus vaqtida va ta’lim muassasasi hududida yurganda bir-biriga o`zaro hurmatda bo`lishni talab etish. 2.15. O`quv yili davomida o`quvchilar uchun maktab oshxonasi va bufetlarning muntazam ishlashini ta’minlash. 2.16. Maktab kutubxonasiga o`quvchilarni jalb qilib, ularni ijaradagi darsliklar va qo`shimcha badiiy adabiyotlar bilan yetarli miqdorda ta’minlash hamda o`quvchilar tomonidan yo`qotilgan yoki yaroqsiz xolatga keltirilgan darsliklarni o`rnatilgan tartibda undirish. 2.17.

Adabiyot (arab. – adab so‘zining ko‘pligi) – 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)

“Vasiylik kengashi”ning samarali ish yuritishi uchun shart-sharoit yaratish, hamkorlik faoliyatini mustahkamlash hamda maqsadsiz pul yig`imlariga chek qo`yish. 2.18. O`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni aniqlash, o`qituvchilar tomonidan aniqlangan bo`shliqlarni yakka va guruh tartibida, mustaqil ishlash orqali to`ldirilishini ta’minlash.

Mustaqillik – davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

(O`qituvchi roziligi bilan) 2.19. Ta’lim muassasasida ichki nazoratni yo`lga qo`yish, o`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi va xulqini kuzatib, tahlil qilib borish. (Monitoring olib borish) 2.20. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, fan olimpiadalari va turli ko`rik-tanlovlarda ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 2.21. O`quvchilarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida fan va qiziqishlari bo`yicha to`garaklar, sport seksiyalari hamda kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatini samarali tashkil qilish. Shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tizimli tashkil etish. 2.22. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, maktab mulkini saqlash, kommunal xizmatdan maqsadli foydalanish haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirish. 2.23.

Texnika (techne – mahorat, sanʼat) – moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.

O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama to`g`risida”gi Qonuni talablariga zid ravishda maktablar hududida yoki atrofida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga oid reklamalar o`rnatilishiga yo`l qo`ymaslik, boshqa tashkilotlar tomonidan o`rnatilgan hollarda mahalliy hokimliklar va huquq – tartibot idoralariga rasman murojaat qilib, oldirib tashlash choralarini ko`rish. 2.24.

Tamaki – tomatdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik o’t oʻsimliklar turkumi, narkotik oʻsimlik. Tamakining 60 dan ortiq turi maʼlum. Yovvoyi holda tropiklarda, Amerika va Avstraliyada yovvoyi turlaridan N.

Mahsulot – iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.

Respublika (lot. respublica, res – ish va publicus – ijtimoiy, umumxalq) – davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

Maktab yoki yaqin hududlarda o`quvchi – yoshlarning ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan, axloqsizlik va zo`ravonlikni targ`ib etuvchi, past saviyadagi “ommaviy madaniyat” elementlari aks etgan tasvirlar mavjud bo`lgan nashr-matbaa mahsulotlari (plakatlar, kitoblar, risolalar, bukletlar, daftarlar, yon daftarlar, rasm daftarlari va boshqa) sotilishiga va tarqatilishiga yo`l qo`ymaslik. 2.25. Maktab oshxonasi (bufet) yoki yaqin atrofdagi umumiy ovqatlanish shahobchalarida tarkibida o`quvchilarning sog`ligi va fiziologik rivojlanishiga zararli ta’sir ko`rsatadigan qo`shimchalar va moddalar bo`lgan oziq – ovqat maxsulotlari (gamburger, chizburger, turli qo`lbola ichimliklar va boshqa)ni sotish hududiy Davlat sanitariya epidemiologiya bo`limlari hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda amaldagi qonun hujjatlariga asosan cheklash. 2.26. O`quv yili davomida namunali hulqi va erishgan bilimdagi yutuqlari uchun o`quvchilarni rag`batlantirish. (Ota-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo`mitasiga minnatdorchilik xatini yuborish, ertalabki saflanishlarda fahriy yorliq yoki iliq so`z bilan alohida e’tibor ko`rsatish) Shuningdek, maktab ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun intizomiy choralar ko`rish. (Ota-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo`mitasiga salbiy xolat yuzasidan xat yuborish, ertalabki saflanishlarda alohida ko`rsatib o`tish) 2.27. Yuqori natijalarga erishgan o`z vazifasiga vijdonan yondoshgan o`qituvchilarni maktab ma’muriyati tomonidan mukofotlash yoki moddiy rag`batlantirish. III. O`QUVChILARNING HUQUQ VA BURChLARI, ULARGA BELGILANGAN TALABLAR 3.1. Maktab o`quvchisi huquq doirasida o`z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o`z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etishi hamda ta’lim muassasasini boshqaruv ishida qatnashish huquqiga ega. 3.2. Maktab “Ustavi”da belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida darsga o`z vaqtida kelish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, ijodiy yondoshgan xolda dars jarayonidan unumli foydalanish, maktab ma’muriyati va sinf rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarish. 3.3. Davlat ramzlarini qadrlash va hurmat qilish. 3.4. Maktab “Ustavi”da belgilangan o`quvchilar formasida kelishni ta’minlash. Jumladan quyidagilar talab etiladi: -o`quvchilarning kiyim boshi toza va ozoda bo`lishi; -o`quvchi qizlarning sochlari tekis turmaklangan, kalta yubka va oldi haddan tashqari ochiq ko`ylak kiymaslik, ta’lim muassasasi hududida bosh kiyimsiz va pardozsiz yurish; -o`g`il bolalarning sochlari tekislangan, maktabga shortik va maykada, «zamonaviy moda» deb tizzasi yirtilgan shim, g`arbning jangari fil’m qahramonlari aks ettirilgan kiyimlarda kelmaslik. 3.5. Maktabga o`quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan o`quv darsliklari bilan kelishni ta’minlash. Jumladan quyidagilar talab etiladi.: -o`quvchilar uchun mo`ljallangan papka bilan kelishi; -kundalik daftarini bo`lishi; -darsga to`liq o`quv darsliklari bilan qatnashish; -ma’naviyatga zid hamda sifatsiz daftarlardan foydalanmaslik. 3.6. Maktabda mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalarga ega bo`lishi va bu boradagi tartibga to`liq rioya qilish talab etiladi. Jumladan: -maktabga mobil telefoni bilan kelish huquqiga ega, bunda mobil telefon «Ovozsiz rejim»da bo`lishi shart; -mobil telefon o`quvchilarning darsdan chalg`ituvchi vosita ekanligini inobatga olib, dars mashg`ulotlari va tadbirlarda mobil telefonni o`chirib qo`yish; -maktabga kirishdan oldin, katta tanaffus va tanaffuslarda ota-onalari, vasiylari yoki yaqinlari bilan ta’lim muassasasiga yetib kelganligi, o`zining xavfsizligi va salomatligi to`g`risida, oxirgi darsdan keyin (yoki ma’lum sabablarga ko`ra avvalroq) ta’lim muassasasidan ketayotganligi to`g`risida xabar berish uchungina mobil telefondan foydalanish; – ta’lim muassasalarida imtihonlar, madaniy tadbirlar paytida, axborot-resurs markazlari, o`quv zallari, umumiy foydalanish va ovqatlanish joylarida mobil telefondan foydalanmaslik; – dars vaqtida mobil telefon yordamida so`zlashish, qisqa habarlar almashish, o`yin o`ynash, Internet saytlariga kirish, musiqa tinglash va boshqa maqsadlarda foydalanmaslik;

Musíqa (yunoncha μουσική – ilhom parilari san’ati) – tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin.

– mobil telefon orqali so`zlashganda boshqalarni haqorat qilish va atrofdagilarning nafsoniyatiga teguvchi so`zlarni ishlatmaslik; – mobil telefon orqali maktabga inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, ma’naviy buzuqlikning turli ko`rinishlari, pornografiya, alkogolizm, ichkilikbozliq, kashandalik kabi illatlarni targ`ib etuvchi, jamiyatda umume’tirof etilgan ahloqiy qadriyatlarga zid bo`lgan, o`quvchilarning jismoniy va ma’naviy kamolotiga zarar keltiruvchi, shuningdek, diniy va milliy nizolar keltirib chiqaruvchi, diniy aqidaparastlik va missionerlik bilan bog`liq har qanday ko`rinishdagi ma’lumotlarni olib kirmaslik va tarqatilishiga yo`l qo`ymaslik; – mobil telefon orqali o`quvchilarning yosh xususiyatlari va ijtimoiy mavqeiga mos bo`lmagan, ularning xavfsizligi to`liq kafolatlanmagan xizmatlari, jumladan, SMS–tanishuv xizmatlaridan foydalanmaslik; – maktabda mobil telefonning o`ta baland ovozga sozlanishi, ularga mazmunida o`quvchining yoshi va ijtimoiy mavqeiga mos bo`lmagan, ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi musiqa (rington)larni o`rnatmaslik, eshitmaslik va tarqatmaslik; – mobil telefonni bezatishda o`quvchining yoshi va ijtimoiy mavqeiga mos bo`lmagan, ma’naviy-axloqiy tarbiyaga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi tasvirlar (Wallpaper yoki «Zastavka»), bezaklar, simvollar, qo`g`irchoq va boshqa shu kabilardan foydalanmaslik. 3.7. Maktabda mobil telefondan foydalanish ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligi, xavfsizligini ta’minlash, o`quvchilarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishi, hayoti va sog`lig`i, sha’ni va qadr qimmatini muhofaza qilish maqsadlarida, huquq va burchlarning, erkinlik va mas’uliyatining tengligi nuqtai nazaridan cheklanishi mumkin. Shuningdek, maktabda mobil telefondan foydalanish talablarini buzgan o`quvchi ikki martagacha rahbariyat, rahbar o`rinbosarlari va pedagoglar tomonidan tegishli tartibda ogohlantiriladi. Talablar uchinchi marta yoki ikkinchi marta o`ta qo`pol tarzda buzilgan holatda pedagoglar tashabbusi bilan 2 nafar pedagog (biri sinf rahbari bo`lishi maqsadga muvofiq) va 2 nafar o`quvchi guvohligida mobil telefon o`quvchidan olib qo`yiladi, ota-onasi, ularning o`rnini bosuvchi shaxslar yoki yaqinlari ishtirokida muhokama qilinib, chora ko`rilgandan so`ng qaytarib beriladi. 3.8. Internet tarmog`idan faqat bilim olish maqsadida to`g`ri foydalanish, yovuz va buzg`unchi g`oyalar targ`ib etiluvchi o`yinlar, saytlar va xabarlar ta’siridan himoyalanish, bu borada internetdan faqatgina «ZiyoNet» ta’lim tarmog`i orqali foydalanish. 3.9. Hafta davomida maktabning hayoti bilan bog`liq tashkiliy va ommaviy tadbirlarda, xususan juma-ma’naviyat kunlari madaniy tadbirlarda faol ishtirok etish. 3.10. Jismoniy tarbiya dars mashg`ulotlari kuni sport zallariga maxsus sport formasi va oyoq kiyimlarida ishtirok etish. (Maxsus formasiz kelgan o`quvchilar mashg`ulotga qo`yilmaydi va o`sha kuni o`quvchi sababsiz darsga ishtirok etmadi deb hisoblanadi) 3.11. Maktabga qurol-yarog`, portlovchi moddalar, tez alanga oluvchi narsalar, spirtli ichimliklar, narkotik va tamaki mahsulotlari, zaharli moddalar olib kelinmaydi. Shuningdek, maktabga gugurt, o`tkir qirrali narsalar, gazli balonchalar, qurollar va o`yin kartalari olib kirishlari ruxsat etilmaydi. 3.12. Dars mashg`ulotlari davomida maktabdan chiqib ketish, darsga kelmaganligi va keyingi darsga kirish uchun ruxsatni sinf rahbari va maktab ma’muriyatining ko`rsatmasi bilan amalga oshirilishi tartibiga rioya qilish. (Agar o`quvchi mashg`ulotga kelmasa, buning sabablarini isbotlovchi hujjatlar: tibbiy ma’lumotnoma yoki ota-onasining arizasi sinf rahbariga taqdim etilishi lozim) 3.13. Maktab ichki tartib qoidasini buzgan o`quvchilarga quyidagi intizomiy jazo choralari qo`llanishi belgilangan. Jumladan: -kundaligiga tanbeh yozish; -maktab buyrug`i bilan «Hayfsan» e’lon qilish; -boshqa sinfga ko`chirish; -vaqtinchalik sinfdan tashqari tadbirlarda ishtirok etishini ta’qiqlash; -sinf jamoasi orasida muhokama etish; -ota-onasining ish joyiga va mahalla oqsoqoli nomiga xat yuborish. 3.14. Maktab hayotida faol ishtiroki, hulqi va odobi, bilimida erishgan yutuqlari uchun rag`batlantiriladi. Jumladan: -maktab buyrug`i bilan tashakkurnoma e’lon qilish; -maktabning «Faxriy kitobi»ga kiritish; -«Faxriy yorliq» bilan taqdirlash; -qimmatbaho va esdalik sovg`alari bilan mukofotlash; -maktab radiouzeli orqali e’lon qilish; -ota-onasining ish joyiga va mahalla oqsoqoli nomiga xat yuborish. IV. OTA-ONALARNING HUQUQ VA BURChLARI VA MAJBURIYATLARI 4.1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, Oila kodeksi, Maktab “Ustavi”, maktab ma’muriyati va ota-onalar o`rtasida tuzilgan shartnomaga hamda amaldagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga qat’iy amal qilish. 4.2.“Vasiylik kengashi”, ota-onalar qo`mitasi faoliyatida ishtirok etish, maktab ma’muriyati va sinf rahbarlari bilan yaqindan hamkorlik qilish. 4.3. Maktabga tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida farzandining o`z vaqtida mashg`ulotlarga to`liq darsliklar va o`quv-qurollari bilan kelishini ta’minlash. 4.4. Farzandini davomatini muntazam nazorat qilib borish, uning mashg`ulotlarga to`liq qatnashishini ta’minlash choralarini ko`rish, uning o`zlashtirish samaradorligi va xulqini kuzatib, tahlil qilib borish. 4.5. Farzandini maktab “Ustavi”da belgilangan o`quvchilar formasida kelishini ta’minlash. 4.6. Milliy ma’naviyatimizga, “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga javob beradigan yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarida beriladigan fan, adabiyot, san’at sohasiga hissa qo`shgan ulug` allomalar, olimlar portretlari, aforizm darajasiga ko`tarilgan hikmatli so`zlar mazmun-mohiyatiga singdirilgan o`quv qurollari va boshqa o`quv anjomlari bilan ta’minlash. 4.7. Farzandining maktabda mobil telefondan foydalanishlarini nazorat qilish va tartibga solish, ularga jamoat joyi va maktabda mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirish. 4.8. Farzanding ongini internet orqali kirib kelayotgan g`oyaviy tahdid va past saviyali «Ommaviy madaniyat»ning zararli ta’sirlaridan himoyalash, bu borada shaxsiy kompyuter va telefon orqali internetga kirishini faqatgina «ZiyoNet» ta’lim tarmog`i orqali amalga oshirishini tushuntirish va nazorat qilish. 4.9.

Kompyuter (ing . computer – hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) – oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.

Farzandi sog`lig`ini nazorat qilish borasida belgilangan muddatda tibbiy ko`rikdan o`tkazish. 4.10. Farzandining bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan maktabda va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qiziqishlari bo`yicha to`garaklar, sport seksiyalari va kuni uzaytirilgan guruhlarda muntazam qatnashishini ta’minlash. 4.11. O`qituvchilar tomonidan farzandi bilimidagi aniqlangan bo`shliqlarni to`ldirish maqsadida yakka va guruh tartibida, mustaqil ishlashi uchun barcha sharoitni yaratish va nazorat qilish. 4.12. Turli sport va fan olimpiadalari, ko`rik-tanlovlarda ishtirok etishini to`liq ta’minlash va yaqindan yordam berish. 4.13. Ijaraga berilgan darsliklarni farzandi tomonidan avaylab-asrashni nazorat qilish, darsliklar ijarasi uchun mablag`larni o`z vaqtida to`lash. 4.14. Maktab binosi, o`quv-laboratoriya va boshqa jihozlariga farzandi tomonidan moddiy zarar yetkazilgan hollarda (nobud qilish, sindirish, buzish, chizish, yaroqsiz holga keltirish va h.k) o`rnatilgan tartibda zararni qoplash. 4.15. Maktabda o`tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni”, “Otalar majlisi” va “Ota-onalar majlisi”da hamda boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etishda faol ishtirok etish. 4.16. Farzandini turli salbiy oqimlar ta’siridan himoya qilish, jinoyatchilik va qonunbuzarlikdan asrash va sog`lom turmush tarzini shaxsiy namunasi orqali singdirish. Jumladan: -oyda bir marta badiiy kitob o`qish; -bitta sport turi bilan shug`ullanish; -oyda bir marta oilaviy madaniyat maskanlariga tashrif buyurish. 4.17. Farzandini namunali hulqi va erishgan bilimdagi yutuqlari uchun rag`batlantirish. Shuningdek, maktab ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun tarbiyaviy choralar ko`rish. V. YAKUNIY QOIDALAR Ta’lim muassasalari yosh avlodni yetuk, ma’naviy boy, barkamol, komil inson bo`lib rivojlanishida asosiy poydevor vazifasini o`tar ekan, bu borada o`quvchilarning tashqi qiyofasi, bilim darajasi, hulq-atvori bekamu ko`st bo`lishi ta’lim-tarbiya jarayoniga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Bu borada, ta’lim-tarbiya jarayonida rahbar, rahbar o`rinbosari, sinf rahbari va ota-onalarning o`zaro hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari o`z samarasini bermoqda. Bugungi kunda esa ma’naviyat masalalari davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli kitobi dunyo yuzini ko`rishi bilan davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Demak, endi oldingi holatda ishlab bo`lmaydi. Barcha darajadagi ishlarimiz shunga mos bo`lishi shartdir. Shu ma’noda ushbu sohadagi faoliyatizimni, xususan tizimdagi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonini ham funksional, ham konseptual-nazariy, ham amaliy-tashkiliy jihatdan ushbu talablar nuqtai nazaridan turib yana bir bor chuqur tahlil qilishimiz, baholashimiz va yangi bosqichga olib chiqishimiz zarur. Jumladan, har bir ta’lim muassasasida sog`lom ijtimoiy-psixologik, ijodiy va ma’naviy muhitning barqaror bo`lishiga erishish, ta’lim va tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi har qanday holatlarni kelib chiqish sabablari va oqibatlarini ota-ona-o`quvchi-pedagogik jamoa birgalikda muhokama qilish va ularga barham berish; Ta’lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligi, samarasini aniqlash hamda pedagogik jamoaning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatiga baho berish maqsadida so`rovnomalar o`tkazish, natijalarini birgalikda muhokama qilish; Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo`yicha alohida yutuqlarga erishgan o`quvchi, ota-ona va pedagog xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish, o`zaro tajriba almashinuvini kuchaytirish. Ma’naviy – ma’rifiy ishlarning metodik ta’minotini yaxshilash, ta’lim muassasalarini milliy g`oya targ`iboti va ma’naviy – ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo`yicha zamonaviy adabiyotlar, metodik qo`llanmalar va tavsiyalar bilan ta’minlash, bu borada hamkorlikni kuchaytirish; O`quvchilarda axborot olish va tarqatish madaniyatini shakllantirish. O`quvchini axborotni qaysi manbadan olishidan qat’iy nazar to`g`ri talqin qilishga o`rgatishimiz lozim. Unga har qanday salbiy mazmundagi axborotni qiyoslashi, to`g`rini noto`g`ridan, oqni qoradan ajratishi uchun muqobil axborotni o`z vaqtida berish; Tarbiyaviy soatlar mavzularining eng dolzarb masalalarga bag`ishlanishi, quruq pand-nasihatdan ko`ra ko`proq, ularda tarbiyaga ta’sir etuvchi salbiy illatlarning asl mohiyatini tahlillar, qiyoslash va hayotiy misollar yordamida, zarur bo`lsa mutaxassislar ishtirokida ochib berish; O`quvchilarda kiyinish madaniyatini shakllantirish, internet va uyali aloqa vositalaridan to`g`ri foydalanishga o`rgatish, «Ommaviy madaniyat» elementlari (xorijiy estrada yulduzlari, badiiy asarlar, kino va mul’tfilmlar qahramonlari, «emo» yoki «gotlar» kabi sub-madaniyatlar vakillari, tatuaj, pirsing va boshqa.

Asar (arab. – iz, qodsiq) – 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.

)ga ko`r-ko`rona taqlid qilishining oldini olish. Ushbu maktabning ichki tartib qoidalari bilan barcha o`quvchilar, o`qituvchilar jamoasi va ota-onalarga tanishtirilib, maktabning foyesiga osib qo`yiladi.

Мактаб таълими тизими: муаммолар ва истиқболлар

Халқ таълими Ўзбекистонда ижтимоий сиёсатнинг устувор йўналишларидан биридир. Айнан мактаб таълимининг сифати ва қулайлиги давлатнинг ривожланиш истиқболларини акс эттириб, юқори малакали кадрлар тайёрлаш учун замин яратади. Таълим учун маблағларни тежаш мумкин эмас, деган фикрга қўшилмасдан бошқа иложимиз йўқ. Ўзбекистон Республикаси Конституциясида мактаб ишлари давлат назоратида эканлиги бежизга таъкидланган эмас. Абдулла Авлоний айтганидек «Тарбия биз учун ё ҳаёт – ё мамот, ё нажот – ё ҳалокат,ё саодат – ё фалокат масаласидир».

Халқ таълимининг бугунги ҳолати

Бугунги кунда Ўзбекистонда 10130 та умумтаълим мактаблари мавжуд бўлиб, уларнинг 2730 таси шаҳарларда, 7408 таси эса қишлоқларда фаолият кўрсатмоқда. Бугунги кунда мактабларда 6246491 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда.

Халқ таълими тизимида бағрикенглик ва инсонпарварлик тамойиллари инобатга олинган. Маълумки Ўзбекистон кўп миллатли мамлакат саналади. Шунинг учун мактабларда таълим еттита тилда олиб борилади. Хусусан, ўзбек тилида таълим берадиган мактаблар билан бир қаторда (8227 та мактаб) 245 та қорақалпоқ тилида, 143 та қозоқ тилида 92 та тожик тилида, 88 та рус тилида, 23 та туркман тилида, шунингдек, 21 та қирғиз тилида таълим берадиган мактаблар мавжуд.

Мактабларда жами 502867 нафар ўқитувчи фаолият кўрсатиб, шундан 343961 нафарини аёллар, қолган 158726 нафарини эркаклар ташкил этади.

Мактаб ўқитувчиларининг 26929 нафари олий тоифага, 74703 нафари биринчи тоифага, 118478 нафари иккинчи тоифага эга бўлиб, 282577 нафар ўқитувчилар тегишли тоифаларга эга эмас.

Маълумки, мамлакатимиздан иқтидорли болаларни аниқлаш, ўқитиш ва тарбиялаш, уларни янада қўллаб-қувватлаш ва рағбатлантириш, маънавий бой ва интеллектуал ривожланган авлодни шакллантириш мақсадида 2019 йили хорижий таълим ташкилотлари билан биргаликда ишлаб чиқилган ўқув режалари ва дастурларига мувофиқ таълим жараёни инглиз тилида олиб борувчи Президент мактабларини ташкил этиш тўғрисида қарор қабул қилинган, бу эса таълим сифатининг илғор андозалари қўлланилаётганидан далолат бермоқда.

Мактаб таълими, ижодкорликни қўллаб-қувватлаш, шунингдек, хорижий тилларни чуқур ўрганиш имкониятларини яратиш соҳасида муҳим воқеалардан бири бу ижодий ва ихтисослаштирилган мактабларнинг ташкил этилиши бўлди.

Сўнгги беш йил давомида халқ таълими тизимини такомиллаштиришнинг ҳуқуқий асослари яратилди. Хусусан, “Таълим тўғрисида” Қонуннинг янги таҳрири қабул қилинди, Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси тасдиқланди. Мактаб таълимини ривожлантириш соҳасида бевосита 17 та ҳужжат, жумладан Ўзбекистон Республикаси Президентининг 4 та ҳужжати қабул қилинди.

Умуман таълим соҳасида мавжуд ютуқларга қарамасдан халқ таълимида бир қатор муаммолар мавжуд. Айниқса, ҳозирги ахборот асрида деярли мунтазам равишда ижтимоий тармоқларда мактаблардаги таълим муаммолари ҳақида хабарлар ёки материалларни учратиш мумкин. Улар орасида вақтинчалик тусга эга (масофавий таълимга ўтиш, қонунчиликдаги ўзгаришлар) ҳамда тизимли (жамиятда ўқитувчиларга муносабат, ижтимоий-иқтисодий муаммолар) муаммолар мавжуд. Мисол учун, https://www.uzedu.uz/uz/tankidlarga-munosabat-2021 ҳаволаси орқали Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимидаги танқидлар ва уларга халқ таълими вазирлигининг жавоблари билан танишиш мумкин. Вазирлик томонидан қуйилган бундай қадам жуда муҳим, аммо амалга оширилаётган мулоқат таълим сифатининг пасайишига олиб келадиган сабаб ва шароитларни йўқ қилишга қаратилган бўлиши бундан ҳам муҳимдир.

Таълимдаги муаммолар давлатнинг барқарор ривожланишига тўсқинлик қилади. Шу муносабат билан жорий йилнинг 28 январь куни бўлиб ўтган йиғилишда Давлатимиз раҳбари даражасида мактаб таълими соҳасидаги муаммолар ва долзарб масалалар қайд этилди, қатор таклифлар илгари сурилди. Албатта, бундай ғамхўрлик мактаб таълимининг устуворлигидан далолат беради. Бироқ, мактаб таълими муаммолари тизимли ва мустақил тарзда ҳал қилиниши керак. Муаммолар четдан туриб ҳал қилинади, деб уйлаш хатодир, шунинг учун халқ таълими соҳасидаги давлат сиёсатида иштирок этадиган барча давлат органларидан ташаббускорлик талаб этилади.

Таълимнинг асосий муаммолари ва унинг сифати тушиб кетишининг сабаблари

1. Ўқитувчилар ва жамоатчилик ўртасидаги муносабатлардаги муаммолар. Ҳеч кимга сир эмаски, яқин вақтгача ўқитувчилар фаолиятида дарсларни юқори сифатда ўтказишга ва педагогик фаолият билан шуғулланишга тўсқинлик қиладиган бир қатор объектив муаммолар мавжуд бўлган. Пахта теримига ва бошқа тадбирларга оммавий жалб қилиш, турли ҳисоботларни тайёрлаш билан боғлиқ бюрократик тўсиқлар охир-оқибат ўқитувчиларни таълимга алоқаси бўлмаган турли иккинчи даражали вазифаларни бажарувчи оддий ижрочиларга айлантирди. Раҳбарият томонидан халқ таълими тизимида олиб борилаётган ислоҳотлар туфайли бу муаммоларни бартараф этиш борасида тизимли ишлар амалга оширилмоқда.

Бироқ, ҳозиргача эришилган натижалардан кўнгил тўлмайди. Афсуски, айрим амалдорларнинг ўқитувчиларга нисбатан ҳурматсизлик муносабати ҳамон давом этмоқда. Хусусан, жорий йилнинг февраль ойида Андижон вилояти Марҳамат туманидаги мактаблардан бирининг ўқитувчилари билан бўлган воқеа акс этган видео Интернетнинг миллий сегменти фойдаланувчилари орасида жуда салбий таассуротларга сабаб бўлди. Видеода директор ва ўқитувчилар таълим сифати ҳамда битирувчиларни университетларга қабул қилиш кўрсаткичлари пастлиги учун ота-оналаридан узр сўрашга мажбурланганлиги акс эттирилган. Ўқитувчиларнинг шаъни ва қадр-қимматини бундай камситиш мактабда носоғлом муҳитни яратади. Оқибатда ўқитувчилар барча муаммолар ва муваффақиятсизликлар учун маломат қилинади, бу эса адолатдан эмас. Бундай муносабат ёшларнинг ўқитувчилик касбига бўлган қизиқишини ошириши даргумон. Шунинг учун ўқитувчиларга нисбатан ҳурматсизлик ва қўполлик “вақт бомбаси” каби тараққиётни орқага суриб, унинг оқибатлари давлатнинг келажакдаги ривожланишида акс этади.

Жамият ва ўқитувчилар ўртасидаги муносабатлардаги кейинги муаммо – бу ота-оналарнинг ўқитувчиларга нисбатан муносабати. Бугун ота-оналар барча қийинчиликларда ўқитувчиларнинг ўзларини айблашга, нотўғри бўлса ҳам болаларини ҳимоя қилишга кўпроқ мойиллиги кузатилмоқда. Мисол учун, ўтган йилнинг февраль ойида ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Китоб туманидаги мактабларнинг бирида уй вазифасини бажармаганлиги боис танбеҳ бергани сабаб ўқитувчини устозидан гап эшитган ўқувчининг бувиси турли ҳақоратли сўзлар билан беҳурмат қилиб, унинг юзига тарсаки тортгани ҳақида хабарлар тарқалди. Бундай ҳолатлар ўқитувчиларга ишончсизлик муҳитини юзага келтириб, ўқувчиларнинг ҳаддан ташқари “эркалаб кетишига” сабаб бўлади. Баъзан ижтимоий тармоқларда ўқувчиларнинг ножўя ҳаракатларида ўқитувчиларни айблаш ҳам кузатилмоқда. Масалан, ўтган йилнинг февраль ойида Ангрен шаҳридаги 41-мактабда ўқувчининг дўппосланиши билан боғлиқ воқеа тасвирланган видео тарқатилган еди. Мутасаддилар томонидан воқеа синчиклаб ўрганилганидан сўнг, ўқитувчининг дарс беришига ўқувчининг айнан ўзи тўсқинлик қилганлиги ва уни ҳар томонлама масхара қилганлиги маълум бўлган.

Албатта, баъзи ўқитувчилар томонидан ножўя хатти-ҳаракатлар содир этилиши ҳолатлари ҳам мавжуд. Руҳий мувозанатнинг ёки педагогик маҳоратнинг етарли эмаслиги туфайли ўқувчилар шаънини ҳақоратлаш ёки камситиш ҳолатлари юзага келиши мумкин. Мисол учун, шу йилнинг февраль ойида Наманганда уйда дафтарларини унутган биринчи синф ўқувчилари доскага чиқиб, бутун бир дарс давомида оёқда туришга мажбур бўлдилар. Бундан ташқари, ўқитувчи бошқа ўқувчиларни уларга нисбатан “уят” сўзини бақириб айтишга мажбур қилган. Биринчи синф ўқувчилари учун бундай ўқитиш усули ўзини оқлайди, деб аташ қийин ва бу кутилган самарани бериши даргумон. Педагогика ҳар доим тарбияланувчиларнинг психологик хусусиятларини ҳисобга олиши керак, акс ҳолда ўқитиш самарадорлиги паст бўлади.

Умуман олганда, Интернетда ўқитувчи ва ўқувчиларнинг шаъни ва қадр-қимматини камситувчи материалларнинг тарқатилиши ахборот хавфсизлигига таҳдиддир. Шу муносабат билан жамиятнинг ахборот муҳитида ўқитувчиларга нисбатан муносиб ҳурмат ва эҳтиром маданиятини шакллантириш чораларини кўриш зарур. Болалар боғчаси ва оиладан бошлаб болаларни устозларга ҳурмат руҳида тарбиялаш лозим.

2. Мактаб ўқитувчиси касбининг обрўси унчалик юқори эмаслиги. Афсуски, мактаб ўқитувчиси талаб юқори бўлган касблардан бири эмас. Биринчидан, бу ўқитувчиларнинг иш ҳақи билан боғлиқ. Масалан, олий тоифали ўқитувчининг тариф ставкаси миқдори 2.881.828 сўмни, тоифасиз, аммо олий маълумотли ўқитувчиларники эса – 1.954.033 сўмни ташкил этади, бу бозор иқтисодиётида олий таълим муассасаларини битирганлар учун жуда кам ҳисобланади. Шунинг учун, баъзида бошқа юқори маошли иш топа олмаган битирувчилар ўқитувчи бўлишга қарор қиладилар.

Хорижий мамлакатларда ўқитувчилар учун муносиб маош тўлашга катта эътибор қаратилган. Масалан, Швейцарияда ўқитувчиларнинг маоши ойига 6240 долларгача, Германияда5500 еврогача, Японияда3900 долларгача, АҚШда3900 долларгачини ташкил этади.

Иш ҳақининг пастлиги ўқитувчиларни янги даромад манбаларини излашга ундайди. Баъзида ўқитувчилар қўшимча иш қидиришлари керак. Айрим ўқитувчилар дарс соатлари сонини кўпайтиришга ҳаракат қилишади, бу ўқитиш сифатини пасайтиради ва бир вақтнинг ўзида бошқа ўқитувчиларни иш вақтидан маҳрум қилиши мумкин. Кимдир 1,5 ставкада ва бошқаси эса ярим ставкада ишлаётган вазият вужудга келиши мумкин.

Бугунги кунда мактабларда кадрлар етишмаслиги ҳолатлари мавжуд. Аҳолининг ўсишини ҳисобга олган ҳолда, 270 та мактабга эҳтиёж бор, бу ҳам ўқитувчи кадрларнинг тайёрлашни талаб қилади. Шу мақсадда давлат мактаблар учун тегишли кадрлар – ўқитувчилар тайёрлаш чораларини кўрмоқда. 2021/2022 ўқув йилида фақат кундузги таълим шаклига педагогик мутахассисликлар бўйича 26115 нафар бакалаврларни тайёрлаш назарда тутилган бўлиб, бу кундузги таълим шакли учун ажратилган жами ўринларнинг 23 % ни ташкил этади. Ушбу квоталарнинг 40 % га яқини давлат гранти асосидаги ўринлардир. Шунга қарамай, мактаб таълим жараёнини бошқариш тизимининг маълумотларига кўра (https://xt.uzedu.uz/) 2022 йил февраль ойи охирида бошланғич синф ўқитувчилари (248), рус тили (414) математика (407), информатика ва ахборот технологиялари (400), инглиз тили (322), мусиқа (270), физика (263), география (197), биология (195), иқтисодий билим асослари (193), тарих (190), кимё (188) каби фанлар бўйича ўқитувчиларга эҳтиёж мавжуд. Мазкур даврга келиб мактаб ўқитувчилари лавозими учун барча бўш иш ўринлари сони 4393 тани ташкил этади. Бу кўрсаткич шуни кўрсатадики, бўш иш ўринларини фақат педагогика йўналишлари бўйича олий таълим муассасаларига кириш квоталарини ошириш орқали тўлдиришнинг иложи йўқ. Шунинг учун бу тизим ўқишни тугатгандан сўнг мактабларда муайян муддат (масалан, 5 йил) узлуксиз ишлаш мажбуриятини олиш шарти билан қайта кўриб чиқилиши лозим.

Ўқитувчилик касбининг жозибадорлигини ошириш чораларини кўриш зарур. Бунда ўқитувчиларга турли имтиёзлар берилиши мақсадга мувофиқ. Бу амалиёт бир қатор ривожланган хорижий давлатларда ўзини оқламоқда. Масалан, Германияда мактаб ўқитувчиси касби энг юқори ҳақ тўланадиган касблардан биридир (ойига ўртача 3000 дан 5500 еврогача), шу билан бирга улар учун солиқлар камайтирилган бўлиб, арзон хусусий тиббий суғурта тақдим этилади. Канадада мактаб ўқитувчилари учун юқори иш ҳақи билан бирга, турли ижтимоий пакетлар ва суғурта тақдим этилади. Жанубий Кореяда иш ҳақини босқичма-босқич ошириш (ҳар уч йил иш стажи учун иш ҳақига 8 % устама қўшилади), уй-жой сотиб олиш ёки ижарага беришда имтиёзлар ажратиш тизими мавжуд. Финляндияда давлат томонидан ўқитувчиларнинг иш ҳақи муносиб бўлиши ҳамда имтиёзлар берилиши ва субсидия бериш орқали харажатларнинг бир қисмининг қопланиши таъминланади.

Ўқитувчи мақомини кўтариш аниқ ҳуқуқий асосга эга бўлиши керак. “Ўқитувчининг мақоми тўғрисида”ги Қонун 2019 йил январь ойида норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳаларини муҳокама қилиш порталида муҳокама қилинди (Қонун лойиҳаси Халқ таълими вазирлиги томонидан ишлаб чиқилган), кейинчалик 2020 йил ноябрь-декабрь ойларида “Педагогик ходимларнинг мақоми тўғрисида”ги Қонуни муҳокамага қўйилди (Қонун лойиҳаси Адлия вазирлиги томонидан ишлаб чиқилган). Бироқ, бу қонун лойиҳаси ҳозиргача қабул қилингани йўқ. Айнан ушбу ҳужжатда ўқитувчилар мақомини ошириш, ўқитувчиларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини бузганлик учун жавобгарликнинг муқаррарлигини таъминлаш учун шароитлар яратилиши лозим.

Ўз навбатида, Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг 197 5 -моддаси қоидалари қайта кўриб чиқилиши лозим. Ҳозир ушбу моддада ўқитувчининг касбий фаолиятига таълим олувчилар билимини тўғри ва холис баҳолашига таъсир кўрсатиш билан ифодаланган тарзда қонунга хилоф равишда аралашиш ёки ўқитувчининг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш учун жавобгарликни назарда тутади. Бироқ, ўқитувчиларнинг шаъни ва қадр-қимматини камситувчи ҳаракатлар, уларни ўз фаолияти билан боғлиқ бўлмаган фаолиятга жалб этиш учун мазкур модда бўйича жавобгарликка тортиш мумкин эмас. Шу сабабли ўқитувчи шахсининг дахлсизлиги кафолатларини кучайтириш мақсадга мувофиқдир.

3. Мактабларнинг моддий-техник таъминот билан боғлиқ муаммолар. Замонавий мактаб талабалар ва ўқитувчилар ўртасидаги муносабатлар учун қулай платформа саналади. Бу қулайлик мактабнинг замонавий технологиялар (смарт-доскалар, компьютер жиҳозлари) билан таъминланишини талаб қилади. Буларсиз мактаб таълими замонавий воқеликдан орқада қолади, бу эса таълим сифатига таъсир кўрсатади. Шунинг учун, лозим даражадаги моддий-техник таъминот таълим жараёнининг ажралмас қисми ҳисобланади.

Моддий-техник таъминот билан боғлиқ муаммолар Ўзбекистон Республикаси Президенти раислигида жорий йилнинг 28 январь куни бўлиб ўтган мактаб таълимини ривожлантириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилишида алоҳида кўрсатиб ўтилди. Бугунги кунда 1695 та мактаб капитал таъмирга муҳтож, бу барча умумтаълим мактабларининг 16,7 % ни ташкил этади. Пахсадан қурилган 179 мактаб фаолият юритмоқда. 3 мингдан ортиқ мактабларда қўшимча ўқув хоналарига эҳтиёж мавжуд. 2 мингдан ортиқ мактабда спорт заллар йўқ.

Моддий-техник муаммолар мактабларни рақамлаштириш жараёнини янада секинлаштиради. Мактаб тизимида ҳали ҳам 200 дан ортиқ турдаги ҳисоботлар мавжуд бўлиб, одатда улар қоғоз шаклида тузилади. Ўқитувчи касбининг психологик хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда бундай оворагарчилик ўқитувчиларга таълим методикасини такомиллаштиришга ва дарсларга пухта тайёргарлик кўришга имкон бермайди.

Бундай шароитда қандай сифат ҳақида гапириш мумкин? Ҳеч шубҳасиз, зарур шарт-шароитларни яратмасдан, ўқитувчилардан ижобий натижаларни талаб қилиш адолатдан эмас.

Баъзида ўқитувчилар моддий-техник муаммолар учун “жавоб беришлари”га тўғри келмоқда. Масалан, жорий йилнинг январь ойида Самарқанд вилоятида мактаб ўқувчиси “Бир миллион дастурчи” танловининг иккита босқичида ғолиб бўлганлиги учун унга соврин сифатида ўқитувчига тегишли бўлган эски ноутбук совға қилинди. Худди шундай, Наманган вилоятининг Норин туманидаги мактаб ўқувчисининг совғаси – ноутбукнинг ўқитувчилар томонидан олиб қўйилиши норозилик ва тушунмовчиликка сабаб бўлди.

4. Мактабдаги ўқув дастурлари муаммолари. Таълим жараёнини замонавий талабларга жавоб бермайдиган эскирган ўқув дастурлари асосида ташкил этиш яна бир муаммолардан бири саналади. Ўқув адабиётларидаги матн тушуниш учун “мураккаблиги” ва ўқитишнинг асосан назарий жиҳатдан йўналтирилганлиги ўқувчиларда танқидий ва ижодий фикрлаш кўникмаларини шакллантиришга имкон бермайди, ўқитувчиларнинг ижодий ёндашувини чеклайди. Баъзи ҳолларда, тизимлилик етишмайди ва шунинг учун бошланғич синфларда олинган билимлар юқори синфларда тўлдирилмайди.

Шу ўринда Президент, ихтисослаштирилган ва ижод мактаблари тажрибасини қўллаш мақсадга мувофиқ. Бугунги кунда 790 та ихтисослаштирилган мактабларда аниқ фанлар ва хорижий тиллар илғор хорижий тажриба асосида чуқур ўрганилмоқда. Президент ва ижодий мактабларда таълимга ёндашув иқтидорли болаларни аниқлаш, танлаш ва тарбиялашга, уларнинг ҳар томонлама ривожланиши учун шароит яратишга қаратилган. Мазкур мактаблар ўқувчиларнинг қизиқишлари ва хусусиятларини инобатга олган ҳолда, айрим фанлар ва уларни ўрганиш даражасини танлаб олиш орқали ўқув жараёнини индивидуаллаштириш усулларидан фойдаланадилар. Шунинг учун кўпгина ота-оналар фарзандларини ушбу мактабларда таълим олишини афзал кўришади. Бизнинг фикримизча, ушбу мактабларнинг ютуқлари 2025 йилда миллий ўқув дастурига ўтиш бўйича режалаштирилаётган чора-тадбирларни амалга оширишда ҳисобга олиниши керак.

Таълим жараёни ва педагогик маҳоратни такомиллаштиришда А. Авлоний номидаги халқ таълими муаммоларини ўрганиш ва истиқболларини белгилаш илмий-тадқиқот институти фаолиятини кучайтириш ва фаоллаштириш лозим. Айнан ушбу институт мазкур соҳадаги ташаббусларнинг етакчисига айланиши, педагогик компетенцияларни такомиллаштириш бўйича тизимли тадқиқотлар олиб бориши, мактабларда ўқув жараёни мониторингини олиб бориши ва компетенцияларга асосланган ёндашув асосида таълим муаммоларига ечимларни таклиф қилиши керак.

Юқоридагилардан келиб чиқиб, халқ таълими сифатини ошириш қуйидаги чоралар билан биргаликда амалга оширилиши лозим:

– жамиятда ўқитувчиларга нисбатан ҳурматда бўлиш муносабатини шакллантириш, ўқитувчилар шаъни ва қадр-қимматига тажовузларнинг олдини олиш;

– таълим сифатини ошириш ва ижодий ёндашувни қўллашга қаратилган Миллий ўқув дастурига ўтиш;

– Республикадаги барча мактабларда Президент, ижодий ва ихтисослаштирилган мактаблардаги ўқув жараёнини ташкил этишда қўлланилаётган илғор тажрибадан фойдаланиш;

– “Педагог ходимнинг мақоми тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунини қабул қилиш, ўқитувчиларни асосий фаолияти билан боғлиқ бўлмаган ишга ва турли фаолиятга мажбурий жалб қилиш учун жавобгарликнинг муқаррарлигини таъминлаш;

– муносиб иш ҳақи, ижтимоий имтиёзлар ва преференциялар билан таъминлаш орқали ўқитувчининг имиджини босқичма-босқич ошириш;

– барча умумтаълим мактабларини, айниқса, мамлакатимизнинг чекка ҳудудларидаги мактабларни рақамлаштириш ва лозим даражада моддий-техник жиҳозланишини таъминлаш.

Абдулазиз Расулев,

Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ҳузуридаги

Ҳуқуқий сиёсат тадқиқот институти директорининг ўринбосари,

юридик фанлар доктори, профессор

Шохжахон Хўжаев,

Тошкент давлат юридик университети

“Интеллектуал мулк ҳуқуқи” кафедрасининг мудири,

юридик фанлар бўйича фалсафа доктори