Press "Enter" to skip to content

Электрон китоблар, қоғозли китоблар ва аудиокитоблар

Электрон китоблар кутубхонасида адиб ва муаллифларнинг ўзбек ва рус тилларида насрий ва назмий асарлари – бадиий, илмий-тарихий, ҳуқуқий, маънавий-маърифий, монография ва бошқа йўналишдаги, болалар ва ўқувчи ёшлар, талабалар ва ўқитувчилар учун дарслик, қўлланма, луғат ва методик тавсиялар жанрлар, тоифалар ва муаллифлар бўйича жойлаштирилган.

Ziyonet maktab darsliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda 2022-2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari kirish imtihonlarida abituriyentlarning 51,2 foizi qoniqarsiz baholanganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Aslida, oʻquvchilarning bilim darajasi pedagoglarning sifat koʻrsatkichidan oshib ketolmaydi. Xususan, 2022-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida qatnashgan 278784 nafar maktab oʻqituvchilarining 36730 nafari (23%) qoniqarsiz baholangan.

Taʼlim inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida yuqoridagi holatlarga sabab boʻlayotgan bir qator omillar koʻzga tashlanadi.

Oʻrganish jarayonlarida kuzatilgan asosiy muammolardan biri bu – oʻqituvchilarning darsga tayyorgarliksiz kirish holati boʻlib, uni maktablarda dars mashgʻulotlarini sifatli tashkil etilishini nazorat qilish mexanizmi toʻliq ishlamayotganligi bilan izohlash mumkin.

Ayni paytda, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda, zero maktablardagi taʼlim sifati yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrilishiga bevosita bogʻliq albatta.

Faoliyati oʻrganilgan taʼlim muassasalari rahbarlarining aksariyati yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayoni faqat muassasani joriy taʼmirlash va obodonlashtirishdan iborat deb bilishi, ular tomonidan taʼlim mazmuniga oid bajarilishi zarur boʻlgan ishlarning aniq muddatlari belgilab olinmaganligi kuzatildi.

Oʻrganish natijalariga koʻra Respublika maktablarida 1 stavka hisobidan 3 mingdan ziyod pedagog kadrlarga qoʻshimcha ehtiyoj mavjud. Mazkur ehtiyojni qoplash uchun oʻqituvchilarning dars yuklamasini 1.5 stavkaga oshirish, qayta tayyorlovdan oʻtgan nomutaxassislar va bola parvarishlash taʼtilidan qaytadigan malaka oshirishga ulgurmagan oʻqituvchilarni jalb etilishi ham maʼlum maʼnoda taʼlim sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Shuningdek, oʻqituvchilarning malaka oshirish tizimi ham islohotlarga muhtoj, bu jarayonlar boshlangan boʻlsada muammolar toʻliq bartaraf etilmagan.

Oʻqitish metodikalari eskirgan, matnlar, faktlar va dalillarga asoslangan darsliklar oʻquvchilarda mustaqil fikr bildirish koʻnikmasini shakllantirishga monelik qilmoqda. Bu borada boshlangan islohotlarni yakunlanishiga hali vaqt bor.

Xalqaro ekspertlarning fikriga koʻra Taʼlim sifatini oshirish uchun quyidagi jihatlarga eʼtibor qaratish kerak:

Birinchidan, oʻqituvchilarning malakasi va ularning dars oʻtishga boʻlgan xohishi yuqori boʻlishi kerak. Shu bilan birga, oʻqituvchilar oʻz faoliyati davomida yangi-yangi bilimlarni oʻrganib borishi va yangi guruh bolalariga erkin dars oʻta olish koʻnikmasiga ega boʻlishlari lozim.

Ikkinchidan, maktab darsliklari pedagoglar uchun metodik qoʻllanma boʻlish bilan birga oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga ham qaratilishi kerak. Dars berish metodologiyasini oʻzgartirish, faqat oʻqituvchini tinglab bilim oladigan uslubdan voz kechib, mustaqil fikrlash va mustaqil bilim olish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan metodlarni qoʻllash maqsadga muvofiq.

Uchinchidan, samarali oʻquv tizimining eng muhim jihatlaridan biri hisoblangan oʻquvchilar bilimini baholashning shaffof mexanizmlarini ishlab chiqish, bu borada ilgʻor xorij tajribalarini mahalliylashtirish lozim.

Angliyada taʼlim sifatini taʼminlashning eng asosiy omili rasmiy imtihonlaridir. Barcha maktablarda bitiruvchilardan rasmiy imtihonlar olinadi va bu imtihonlarni maktab oʻqituvchilari emas, balki imtihon oluvchi alohida tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Aynan shu mustaqil tashkilotlar olgan imtihonlar natijalariga qarab oʻquvchining haqqoniy bilimiga, oʻqituvchi va maktablarga baho beriladi.

Toʻrtinchidan, ota-onalar oʻz bolalarini taʼlim olishga kuchli ragʻbatlantirishlari kerak. Davlat tomonidan maktablarda qancha sharoitlar yaratilmasin, sinf rahbari va fan oʻqituvchisi tomonidan qancha sifatli taʼlim bermasin, uning natijasi va nazoratini ota-ona qilmas ekan, taʼlimning sifat bosqichiga chiqishi qiyinlashaveradi. Qars ikki qoʻldan chiqadi deganlaridek, bugungi kunda ota-onalar ham oʻz ishi va har qanday faoliyatidan qatʼiy nazar oʻz farzandlarining fanlarni oʻzlashtirishi bilan qiziqib, maktab bilan hamkorlikda ishlasa albatta, natijadorlikka erishamiz.

maktablarda oʻqituvchilarning oʻz ustilarida ishlashlari va mustaqil malaka oshirishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratish;

maktablarda metod birlashmalar faoliyatini tizimli tashkil etish va yosh oʻqituvchilarga tajribali pedagog – ustoz biriktirgan holda muntazam metodik yordam koʻrsatish ishlari tizimli tashkil etish;

oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida maktablarga oliy taʼlim muassasalarni biriktirish amaliyotidan samarali foydalanish;

Fan metodistlari tomonidan oʻquvchilar bilimida paydo boʻlgan boʻshliqlarni oʻz vaqtida toʻldirib borish boʻyicha oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash;

Fan oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatishning samarali mexanizmlarini joriy etish, bu borada Taʼlim sifatini tahlil va tashxis qilish markazi faoliyati (Yakkasaroy tajribasi)dan samarali foydalanish tavsiya etiladi.

Shuningdek, maktablarda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish lozim. Maktablarga keltirilgan internet tarmoqlaridan barcha fan kabinetlari va sinfxonalarida foydalanish imkonini yaratish orqali oʻquvchilarning mustaqil bilim olishi va oʻqituvchilarning mustaqil malaka oshirishlariga sharoit yaratish kerak.

Shu bilan birga ularning AKT savodxonligini oshirish, mustaqil bilim olish va malaka oshirishlari uchun internet jahon axborot tarmogʻidan kerakli kontentni izlab topish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadga muvofiq.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, pedagoglar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun mustaqili bilim olish va malaka oshirish imkonini beruvchi bepul taʼlim saytlari va platformalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib borishni lozim topdik.

Khan Academy – AQSHdagi nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u 2006-yilda Massachusets texnologiya instituti hamda Garvard universitetlari bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan tashkil etilgan. Akademiyaning asosiy maqsadi Yer sharining barcha aholisi uchun yuqori sifat va bepul taʼlim olish imkonini berishdan iborat.

Platformada matematika, informatika, kimyo, fizika, iqtisodiyot, biologiya va astronomiya kabi fanlar boʻyicha 9 mingdan ortiq videodarslar bor. Bundan tashqari platformada 100 mingdan ortiq interaktiv misol va masalalar mavjud. Khan Academy darslari dunyoning 190 dan ortiq davlatida ishlatiladi, hozirda 29 ta tilga tarjima qilingan bu platformadan 74 milliondan ortiq odam foydalanib keladi.

Oʻzbekistonda “Bilim Onlayn” nodavlat notijorat tashkiloti Khan Academy platformasini oʻzbek tiliga mahalliylashtirish bilan shugʻullanadi. Loyiha xayriyalar yordamida amalga oshirilmoqda va bugungi kungacha 5300 dan ortiq videodarslar oʻzbek tilida joylashtirilgan.

Platformadan sutkada 24 soat ushbu havola https://www.xanakademiyasi.uz orqali bepul foydalanish mumkin.

YaClass – maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilar va ularning ota-onalariga moʻljallangan taʼlim platformasidir.

Platforma bazasida maktab oʻquv rejasining 16 ta fanidan 1,8 trilliondan ortiq topshiriqlar, imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish uchun onlayn simulyatorlar, interaktiv mashqlar, video maʼruzalar va foydali veb-seminarlar mavjud.

Oʻqituvchilar tayyor test va test varaqalaridan foydalanishlari, oʻzlari topshiriqlar yaratishlari va ularni uy vazifasi yoki nazorat sifatida oʻquvchilarga berishlari mumkin.

“Digital Educational Content” onlayn platformasi orqali “YaClass«ning barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Platformaga ushbu https://www.yaklass.ru/ havola orqali kiriladi.

Yandeks § Uchebnik – Yandex texnologiyalariga asoslangan zamonaviy taʼlim platformasi boʻlib, oʻquvchilarga maktabda olgan bilimlarini mustahkamlash, sinf va uy vazifalarini bajarish, onlayn olimpiada va sinovlarda ishtirok etish imkonini beradi.

Platformada oʻquvchilarning harakatlarini tahlil qilish va har biri uchun individual vazifalarni avtomatik tanlash funksiyalari mavjud. Shuningdek har bir oʻquvchi uchun real vaqt rejimida koʻnikmalarni rivojlantirish monitoringi amalga oshiriladi.

Platformadan sutkada 24 soat ushbu havola https://education.yandex.ru/main/ orqali foydalanish mumkin.

Eduportal.uz – mazkur portalda darsliklarning elektron variantlari, videodarslar, badiiy adabiyotlar, virtual laboratoriya ishlari va boshqa elektron axborot-taʼlim resurslari joylashtirilgan.

Portalga ushbu havola https://eduportal.uz/ orqali kirib foydalanish mumkin.

Maktab.uz – xalqaro standartlarga javob beruvchi ilgʻor raqamli taʼlim texnologiyasi boʻlib, maktab oʻquvchilari uchun sifatli masofaviy taʼlim taqdim etilishini taʼminlaydi. Platformada oʻqituvchi va ota-onalar uchun ham oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini nazorat qilib borish, mavzular mazmuni bilan tanishish singari keng imkoniyatlar taqdim etiladi.

Platforma materiallaridan nafaqat maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalari, balki oʻqituvchilar ham maktablarda dars jarayonida foydalana oladilar. Baʼzilar uchun ushbu platforma repetitorning oʻrnini bosadigan tizim boʻlsa, boshqalar uchun – uydagi haqiqiy maktabdir.

Platformaga ushbu https://maktab.uz/ havola orqali kiriladi.

ABT.uz – abituriyentlar uchun oʻzida 30 000 ga yaqin test savollarini jamlagan bilimlarni testlash tizimidir.

Platforma abituriyentlar, oʻquvchilar uchun innovatsion test olish tizimi boʻlib, foydalanuvchilar uchun onlayn tarzda faoliyat yuritadi. Shuningdek, abituriyentlar uchun testlar, natijalar, fanlar, qabul kvotalari va yangiliklar haqida maʼlumot beradi.

Shuningdek, abituriyentlar va oʻquvchilar mobil telefon, planshet yoki kompyuter orqali zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan unumli foydalangan holda oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlariga innovatsion usulda tayyorgarlik koʻrishlari mumkin. Yaʼni uyda, oʻquv muassasasida, internet kafelarda ABT.uz sayti yordamida bir necha turdagi test sinovlarini topshirishlari va oʻz bilimlarini mustahkamlab borishlari mumkin.

Platformaga ushbu https://abt.uz/ havola orqali kiriladi.

Rtm.uz – platformasida umumtaʼlim maktablari darsliklari mazmunini toʻldiruvchi videodars, taqdimotlar (.pdf va .ppt), darsliklari doirasida mavzuviy hamda boblar va fan kesimidagi testlar, topshiriqlar va mustaqil ishlar mavjud. Shuningdek, darslik va fan kesimidagi oʻquv materiallari mazmunini toʻldiruvchi har xil bichimdagi, oʻzbek, ingliz, rus va boshqa tillardagi oʻquv-uslubiy, didaktik materiallar ham joylashtirilgan.

Oʻquvchilar mustaqil ravishda ushbu manbalardan foydalangan holda fanga doir bilimlarini mustahkamlashlari mumkin.

Platformaga ushbu dr.rtm.uz/ havola orqali kiriladi.

Zamin Education taʼlim platformasi – Platforma orqali (robototexnika, dizayn, veb-dizayn, grafik dizayn, algoritm, frontend, bekend, desktop, tozalash) 9 ta bepul kurslarni oʻrganish mumkin. Platformada axborot texnologiyalari va robototexnika fanlarini oʼrgatish metodologiyasini ham oʻrganish mumkin.

Platformaga ushbu https://zamineducation.uz havola orqali kiriladi.

Kitobxonlikni rivojlantirish boʻyicha saytlar.

Kitob.uz – portali kichik yoshdagi oʻquvchilardan tortib ota-onalarning ham qiziqishiga javob beradigan kitob zaxirasiga ega. Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida mobil ilova ham ishlab chiqilgan.

Kitob.uz sayti fondida 2500 dan ziyod elektron kitoblar va 1000ga yaqin audio kitoblar mavjud. Shuningdek, fanning barcha sohalari boʻyicha bolalar yoshini hisobga oluvchi badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop nashrlar, ijtimoiy – siyosiy kitoblar, jurnallar, Oʻzbekistonda va Rossiyada nashr qilingan bolalar hamda kattalar uchun gazeta va jurnallar, ensiklopediya-lugʻatlar mavjud.

Platformaga ushbu https://kitob.uz/ havola orqali kiriladi.

Kitoblardunyosi.uz; kitobxon.uz – saytlari orqali diniy-maʼrifiy, ilmiy-ommabop va bolalar uchun badiiy kitoblar, shuningdek jahon adabiyoti durdonalari, oʻquv qoʻllanmalar hamda turli gazeta-jurnallarni onlayn xarid qilish mumkin.

Library.ziyonet.uz – taʼlim portalida badiiy adabiyotlar va darslik bilan birga barcha sohalardagi ilmiy-metodik qoʻllanmalarning elektron nusxalari joylashtirilgan.

Kitobim.uz – sayti ijodkorlari kitob mutolaasiga yangicha yondashuv rukni ostida mobil ilovasini yaratishgan.

ferlibrary.uz/elektron-kitoblar – saytida badiiy kitoblarning elektron nusxalarini bepul yuklab olishingiz mumkin.

Ravshan Mirzayevich Ergashev

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
boʻlim boshligʻi

Электрон китоблар, қоғозли китоблар ва аудиокитоблар

Ҳурматли китобсеварлар, Kitobxon.com – электрон китоблар кутубхонасига хуш келибсиз! Мазкур сайт орқали Сиз электрон ва аудио китобларни юклаб олишингиз ҳамда почта орқали етказиладиган қоғозли китобларга буюртма беришингиз мумкин.

Электрон китоблар кутубхонасида адиб ва муаллифларнинг ўзбек ва рус тилларида насрий ва назмий асарлари – бадиий, илмий-тарихий, ҳуқуқий, маънавий-маърифий, монография ва бошқа йўналишдаги, болалар ва ўқувчи ёшлар, талабалар ва ўқитувчилар учун дарслик, қўлланма, луғат ва методик тавсиялар жанрлар, тоифалар ва муаллифлар бўйича жойлаштирилган.

Электрон китоблар базамиз доимий равишда ўзбек ва жаҳон адабиёти муаллифларининг янги бадиий, илмий ва ўқув адабиётлари, маълумотнома, ўқув қўлланма ва ҳужжатли асарлари билан тўлдирилиб борилмоқда.

Сайт орқали Сиз бугунги кунда:

  • электрон китобларни сотиб олиш ва ўқиш (сайтдаги онлайн-ўқиш, Android ёки Windows иловалари орқали);
  • MP3 форматида аудио китобларни сотиб олиш ва юклаб олиш;
  • Ўзбекистон бўйича почта орқали етказиб бериладиган қоғозли китобларга буюртма бериш имкониятларидан фойдаланишингиз мумкин.

Агар Сиз сайтга кирган бўлсангиз, унда албатта бизнинг китоблар тўплами (коллекциямиз) билан танишиб чиқинг. Сиз китоблардан хохлаганингизни сотиб олиш, онлайн ўқиш ёки тегишли иловалар орқали юклаб олиш ёки почта орқали қоғозли китобларга буюртма беришингиз мумкин

Сайтда ўзингиз учун севимли, зарур ва фойдали бўлган асарларни албатта топа оласиз. Kitobxon.com – бу Сизнинг электрон кутубхонангиздир!

Ношир ташкилотларни ва барча ижодкорларни ҳамкорликка чорлаймиз!

Ҳамкор муаллифлар ва нашриётларга миннатдорлик билдирамиз!

Жанр ва бўлимлар

Бадиий адабиёт
  • Болалар адабиёти
  • Детективлар
  • Саргузаштлар
  • Фантастика, мистика, фэнтези
  • Романлар, ҳикоялар
  • Эртаклар
  • Драма ва Трагедия
  • Шеърлар, назм
  • Классика
  • Қўрқинч ва Триллерлар
  • Комедия, юмор ва сатира
  • Қиссалар, достонлар
  • бошқалар
Маълумотга оид адабиёт
  • Йўлкўрсаткичлар
  • Луғатлар
  • Энциклопедиялар
  • Йўриқномалар
  • Маълумотномалар
  • Афоризмлар, ҳикматлар, тақдирлар
  • бошқалар
Уй ва оила
  • Сиҳат-саломатлик
  • Спорт, фитнес
  • Рўзғоршунослик
  • Иштиёқ-қизиқув
  • Болалар тарбияси
  • Пазандалик
  • бошқалар
Фан ва таълим
  • Қишлоқ хўжалиги
  • Ирригация, сув таъминоти
  • Энергетика
  • Электротехника
  • Монография
  • Архитектура, қурилиш, чизмалар
  • Ғоя, мафкура
  • Журналистика, оммавий ахборот воситалари
  • Дин асослари
  • Биология
  • Ботаника
  • Химия
  • Физика
  • География, геология
  • Математика, геометрия
  • Тил ва лингвистика
  • Тарих
  • Ҳуқуқшунослик
  • Фалсафа
  • Спорт ва физкультура
  • Астрономия, астрология
  • Тиббиёт
  • Психология
  • Зоология
  • Жамиятшунослик
  • Филология
  • Экология
  • Информатика, компьютер, интернет, алоқа
  • Ўқув ва методик қўлланмалар
  • Педагогика
  • Бухгалтерия, молия
  • Иқтисод
  • Дарсликлар
  • Бизнес
  • Маънавият ва маърифат
  • бошқалар
  • Мактаб кутубхонаси
  • Мактабгача таълим
Санъат
Хужжатли адабиёт
  • Биография, Мемуарлар, эссе
  • География, Йўл хотиралари
  • Харбий мавзулар
  • Танқид
  • Публицистика
  • бошқалар
  • Ёшлар иттифоқи
Газета ва журналлар
  • Педагог минбари
  • Фантик- журнал современной фантастики
  • Шарқ табобати
  • Муштум
  • Газета “Китоб дунёси”
  • Турон тарихи
  • Инфолиб
  • Ўзбекистон армияси
  • Ватанпарвар
  • Интер футбол
  • Гулистон
  • Ўзбекистон адабиёти ва санъати
  • бошқалар