1 Синф Дарсликлари
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi,
chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi.
1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari
lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda
ifodalanadigan belgisi.
Tovush va harf
1993 yildan boshlab o’zbek tili yozuvi uchun lotin
grafikasi asos qilib olindi.
O’qituvchi savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarni
tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni tahlil
qilishga o’rgatishda o’zbek tilining fonetik
xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz
qilingandan so’ng, odatda, shu tovush so’z boshida,
o’rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan
so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talaffuz qildiriladi.
4.
1-sinfda fonetika va grafikani (fonetika yunoncha
phone —tovush; grafika yunoncha grafike — chizuv)
o‘rganishga katta o‘rin beriladi. O‘quvchilar so‘zni
to‘g‘ri talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga bo‘lish,
o‘rganiladigan har bir tovushni aytilishi va yozilishini
qunt bilan o‘zlashtirish uchun analiz, sintez,
taqqoslash, guruhlash singari aqliy mashqlarni
o‘qituvchi ko‘rsatmasi asosida muntazam bajaradi.
Shunda ular so‘zlar tarkibidagi tovushlarning tabiati,
o‘zaro ta’siri kabi ayrim boshlang‘ich bilimlarni
egallash malakasiga ega bo‘lishadi.
5.
1)
2)
3)
4)
1-sinfning «Ona tili» darsligida (2-yarim yillikda)
berilgan mashqlar asosida o‘quvchilar so‘zning tovush
tarkibini aniqlashadi, so‘zdagi tovushlarni tartib bilan
aytishga va yozuvda ifoda etishga o‘rganishadi. Shu
tarzda ular o‘zbek alifbosi haqida quyidagicha
ma’lumotga ega bo‘ladilar:
— o‘zbek alifbosida faqat bir nutq tovushini
ifodalaydigan harflar 24 ta;
— ikki harf birikmasi bilan ifodalanadigan nutq
tovushlari —3 ta (sh, ch, ng);
— bir belgi bilan nomi o‘zgargan harflar 2 ta (o—o‘,
g—g‘);
— umumiy harflar soni 29 ta, tovushlar esa 30 ta
(«j» harfi ikki tovushni bildiradi: jajji, jurnal).
6.
Jarangli undoshlar:
b, v, g, d, z, j, j, q y, l, m, n, r, ng
Jarangsiz undoshlar:
p, f, k, t, s, ch, sh, x q, q
Bolalar jufti yo’q jarangli undoshlar so’zning
oxirida kеlganda ham talaffuzi yozilishiga mos
kеlishini bilib olishlari еtarli. Jufti bor jarangli
undoshlar so’z oxirida kеlganda bunday
moslik bo’lmaydi.
7.
O’quvchilar undosh tovushlarning imlosi
yuzasidan quyidagi ko’nikma va malakalarni
hosil qilishi kеrak.
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh
tovushlarni ajratish.
2. So’z oxirida kеlgan jufti bor jarangli undosh
tovushning jarangsiz jufti eshitilishini, shuning
uchun bunday so’zni tеkshirish kеrakligini.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin
kеlganda boshqa tovush bilan almashmasligini.
4. Tеkshiruvchi va tеkshiriluvchi so’zdagi
undosh harfni taqqoslash (kitobi-kitob).
8.
Tovush murakkab tushuncha
bo’lgani
uchun boshlang’ich
sinflarda unga ta’rif berilmaydi,
ammo amaliy ishlar olib boriladi.
Bunda yetakchi usul so’zdagi
tovushlarning talaffuzi, so’zning lеksik
ma’nosi, so’zdagi tovushlarning tarkibiga
bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi.
Masalan: ota-ona, kul-gul.
9.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi,
chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi.
1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari
lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda
ifodalanadigan belgisi.
10.
2—4-sinflarda ham so‘zni tovush
tomonidan tahlil qilish mashqlari
o‘tkazilib, fonetik bilimlar
takomillashtirib boriladi.
3-sinfda undosh tovushlar
ovozningishtirok etishi yoki ishtirok
etmasligiga ko‘ra, jarangli va jarangsiz
bo‘ladi, deb o‘rgatiladi.
11.
So’zning tovush tarkibi ustida
ishlash savod o’rgatish davridayoq
boshlanadi. Ular so’zni tovush tomondan
tahlil qilishga o’rganadi. Masalan: yoz
so’zida y, o, z; bulut so’zida b, u, l, u, t
tovushlari borligini aytishlari zarur.
Bu esa so’zdagi harflarni tushirib
qoldirmay yozish va to’g’ri talaffuz
qilishga yordam bеradi. So’zning tovush
tarkibi ustida ishlash 2-3-4 sinflarda ham
davom ettiriladi.
12.
Tovushlar 2 guruhga bo’linadi: unli va
undosh tovushlar. Uni o’quvchilarga
tushuntirishda quyidagi bеlgilar hisobga
olinadi:
1. Talaffuz qilinish usuli.
2. Ovoz va shovqinning ishtiroki
3. Bo’g’in hosil qilish xususiyati
13.
Tovush-harf tahlili
O’quvchilar savod o’rgatish davrida tovush, harf haqida
amaliy ko’nikmalarni egallaydilar. 1-2-sinflarda tovushlar
va harflarga oid asosiy bilimlar o’quvchilarning savod
o’rgatish jarayonida o’rgangan amaliy bilimlariga
asoslangan holda olib boriladi. Boshlang’ich sinflarning
dastlabki yillari, 1-2-sinflar tahlilga tayyorlov davri
hisoblanadi. 3-sinfdan boshlab tahlil ishlarini tashkil etish
mumkin. 3-4-sinflarda esa tovushlar va harflarga oid
bilimlar chuqurlashtiriladi, mustahkamlanadi. So’zlarni
tovush-harf tomonidan tahlil qilish takomillashtiriladi.
14.
1-2-sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil
dasturning “Tovushlar va harflar”, “So’z”, “Gap”
bo’limlarini o’rganish jarayonida og’zaki va
yozma shaklda o’tkazib boriladi.
3-4-sinflarda “Tovush va harflar” bo’limi
yuzasidan quyi sinflarda o’tilganlar takrorlanadi.
Shu davrda tahlil mashqlarini uyushtirish
mumkin. 3-4-sinflarda tahlil sharoitni hisobga
olgan holda o’quvchilar jamoa bo’lib yoki
mustaqil bajarishlari mumkin
15.
Tovush-harf tahlili ona tili darslarida imlosi
va talaffuzi qiyin so’zlarni o’rgatishda,
yozma ishlar tahlili darslarida ham
uyushtiriladi.
3-4-sinfda yozma ishlar tahlili darslarida
o’quvchilar imloviy xatoga yo’l qo’ygan
so’zlar ustida ishlashda tovush-harf tahlilini
mustaqil ish qilib berish mumkin. Masalan,
o’quvchi diktant yozish jarayonida “Fahm”
so’zida imloviy xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa,
shu so’zni tovush-harf tomonidan tahlil
qilish mustaqil ish qilib beriladi.
16.
1-4 -sinflarda tovush-harf
tahlilining vazifasi
1-4 -sinflarda tovush-harf tahlilining
vazifasi so’z tovushlarining tartibini,
ularning xususiyatlarini, tovushlar va
harflar o’rtasidagi munosabatni aniqlash
hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda tovushharf tahlili quyidagi tartibda o’tkaziladi:
17.
Boshlang’ich sinflarda tovush-harf
tomonidan tahlil tartibi quyidagicha:
1. So’zda nechta bo’g’in bor,
nechanchi bo’g’in urg’uli?
2. So’zda nechta tovush va nechta harf bor?
(Tovushlar soni harflar sonidan kam yoki ko’p
bo’lsa, sababini aytish)
3. Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi?
4. Har bir tovushni xarakterlash.
Tovush so’zda qaysi harf bilan ifodalangan?
18.
1-sinf uchun tovush-harf tahlil tartibi:
1. So’zni to’g’ri talaffuz qilish.
2. Harflar soni.
3. Tovushlar soni.
4. Unlilar son.
5. Undoshlar soni.
6. Bo’g’inlar soni.
Og’zaki tahlil namunasi.
Daftar – 6 ta tovush, 6 ta harf (d,a,f,t,a,r) bor.
Unli tovushlar: 2 ta (a, a)
Undosh tovushlar: 4 ta (d, f, t, r)
Daftar – ikki bo’g’indan iborat: daf-tar
19.
2-sinfda tovush-harf tomondan tahlil
2-sinfda “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganish
davom ettiriladi. Bu sinfda quyi sinfda o’rganilganlar
takrorlanadi:
jarangli va jarangsiz undosh
tovushlar, ularni harf bilan belgilash, so’z oxiridagi
jarangli tovushlarningjarangsiz jufti eshitilishi,
ba’zi so’zlarning talaffuzida undoshlarning tushib
qolishi haqida nazariy bilimlar beriladi, amaliy
ko’nikmalar hosil qilinadi.
3-4-sinflarda esa tovushlar hva harflarga oid bilimlar
chuqurlashtiriladi,mustahkamlanadi.
20.
2-4-sinflarda tovush-harf tomondan tahlil
tartibi:
1. So’zni to’g’ri talaffuz qilish.
2. So’zdagi tovushlar va harflar soni.
3. Unli tovushlar soni.
4. Undoshlar tovushlar soni.
5. Jarangli undoshlar.
6. Jarangsiz undoshlar.
7. So’zdagi bo’g’inlar soni.
21.
4-sinf darsligidagi 103-mashq
4-sinf darsligidagi 103-mashqda
“qaldirg’och” so’zini tovush-harf tomondan
tahlil qilish so’ralgan va quyidagi
namuna berilgan:
Tovush-harf tahlili tartibi.
Zag’cha (zag’cha) – 5 ta tovush,
4 – ta harf, 1 – harf birikmasi.
Unli tovushlar: a, a.
Undosh tovushlar: z, g’, ch.
Jarangli undoshlar: z, g’.
Jarangsiz undosh: ch.
22.
Tahlil namunasi: “Kitob” so’zi
1. So’zda ikki bo’g’in bor. Ikkinchi bo’g’in –
urg’uli: ki-tób.
2. So’zda beshta tovush, beshta harf bor.
3. So’zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor.
4. k – undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan
i – unli tovush, i harfi bilan ifodalangan
t – undosh tovush, jarangsiz, yozuvda t harfi bilan
ifodalangan
o – unli tovush, o harfi bilan ifodalangan.
b – undosh tovush, jarangli, b harfi bilan
ifodalangan
23.
Tahlil namunasi: “Sahifa” so’zi.
So’zda uchta bo’g’in bor: sa-hi-fa
So’zda oltita tovush, oltita harf bor.
So’z uch unli tovush, uch undosh tovushdan iborat.
s – undosh tovush, jarangsiz, s harfi bilan
ifodalangan.
a – unli tovush, a harfi bilan ifodalangan,
h – undosh tovush, jarangsiz,yozuvda
h – harfi bilan ifodalangan.
i-unli tovush, i harfi bilan ifodalangan.
f undosh tovush, jarangsiz, f harfi bilan
ifodalangan.
24.
Og’zaki tahlil namunasi:
Tong so’zida 3ta tovush,
2ta harf (t,o, )
1 ta harf birikmasi (ng) bor.
Unli tovushlar: 1ta (o)
Undosh tovushlar: 2ta (t, ng)
Jarangli undoshlar: 1ta (ng)
Jarangsiz undoshlar: 1ta (t)
Tong so’zi bir bo’g’inli.
25.
Tovush-harf tomonidan to’liq bo’lmagan tahlil
Tovush-harf tomonidan to’liq bo’lmagan
tahlildan so’zning yozilishini tushuntirishda
ham, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rgatish
maqsadida ham foydalaniladi. Masalan,
maktab so’zi oxirida b undoshi p tarzida
talaffuz qilinadi, jufti bor undosh,
tekshiramiz: maktabim – maktab, b harfi
yoziladi.
26.
Izohli diktant
Tovush-harf tomonidan tahlil qilishda izohli
diktantda ham o’rgatiladi.
Izohli diktant o’quvchilarning qobiliyatiga qarab
ikki xil o’tkaziladi. O’quvchi, odatda,
o’qituvchining ko’rsatmasi bilan ma’lum so’zning
yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin
izohlaydi. So’zning yozilishini bo’g’in-tovush,
tovush-harf tomondan tahlil qiladi, unga qoidani
tatbiq etadi. Bu diktantda o’quvchilar qoidalarga
oid so’zlarning tagiga chizadilar.
27.
Masalan:“Odob –inson ziynati”
Odob : O-dob. Ikki bo’g’in. Birinchi
bo’g’inida o; ikkinchi bo’g’inida d, o, b
tovushlari bor. Oxirgi b tovushi p tovushi
tarzida talaffuz qilinadi. Unda b yoki p
tovushini ifodalovchi harfning yozilishini
tekshirib aniqlaymiz. Buning uchun so’z
oxiriga i tovushini qo’shamiz va aytamiz:
odobi. b tovushi yozilar ekan” kabi
izohlanadi.
28.
Quyida tovush-harf tomonidan
tahlil qilish uchun materiallar havola
qilinadi.
1- topshiriq
Istiqlol so’zini tahlil qiling.
29.
2- topshiriq
She’rni ifodali o’qing. Ajratib ko’rsatilgan
so’zlarni tovush-harf tomonidan
tahlil qiling.
Dadil qadam tashlagaysan,
Jahonaro yashnagaysan.
Xalqni baxtga boshlagaysan,
Baxt makonim, O‘zbekiston.
30.
3- topshiriq
Nuqtalar o’rniga tushirib qoldirilgan harflarni
qo’yib, so’zlarni ko’chiring.
Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni yozma tovushharf tomonidan tahlil qiling.
Ozo. , odo.li, muro. , ziyna. , i.rok.
31.
4- topshiriq
Yonma-yon kelgan bb, ll undoshlar
qatnashgan 4 ta so’z topib yozing
Ulardan ikkitasini tovush-harf tomonidan
tahlil qiling.
32.
2-4-sinf o’quvchilarini tovush-harf tomonidan
tahlilga o’rgatishda quyidagi jadvaldan foydalanish ham
mumkin.
33.
Chiroyli
Tovush Harf
7 ta
Unli harf
6 ta 3 ta
1 ta i,o,i
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
4 ta
r,y,l
Ch,r,y,l
Ch
3 ta
chi-roy-li
34.
shamol
Tovush Harf
5 ta
Unli harf
4 ta 2 ta
1 ta a,o
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
3 ta
sh,m,l
m,l
sh
2 ta
Sha-mol
35.
shodlan
Tovush Harf
6 ta
Unli harf
5 ta 2 ta
1 ta o,a
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
4 ta
Sh,d,l,
n
d,l,n
sh
2 ta
Shod-lan
36.
keling
Tovush Harf
5 ta
Unli harf
4 ta 2 ta
1 ta e,i
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
3 ta
K,l,ng
l,ng
k
3 ta
Ke-ling
1 синф дарсликлари
Рус тили дарслари, Рус тили Ассалому алайкум кадирли обуначилар. Сиз ушбу дарсимиз оркали рус тилини тез ва осон .
Похожие запросы для 1 синф дарсликлари
Qoʻshishni oʻrganamiz. 1-sinf matematika. bolalar uchun 2-dars.#math.
Просмотров 22 тыс. 10 месяцев назад
Kichkintoylar uchun matematikani oʻrganishga yordam beradi, 1 ni qoʻshishdan boshlaymiz.
1-синф. Бош ҳарфлар имлоси
Просмотров 7 тыс. 2 года назад
Ушбу дарслар Қирғизистон Республикаси умумтаълим ўрта мактабларининг таълим ўзбек тилида юритиладиган .
1-A sinf o’qituvchisi Sherqulova Dilmira tomonidan tashkil etligan Ochiq dars.
Просмотров 22 тыс. Год назад
Samarqand viloyati Qo’shrabot tuman XTBga qarashli 1-MAKTAB.
1-SINF, MATEMATIKA: “SONLARNI O’NLIKDAN O’TIB AYIRISH”(92,93-BETLAR)
Просмотров 2,5 тыс. День назад
O’QITUVCHI: USMANOVA N. B. VIDEODARS O’QITUVCHILAR, OTA~ONALAR VA BOLALAR UCHUN MO’LJALLANGAN.
1-SINF, MATEMATIKA: SONLARNI O’NLIKDAN O’TIB QO’SHISH.
Просмотров 3,1 тыс. 14 дней назад
O’QITUVCHI: USMANOVA N. B. VIDEO O’QITUVCHILAR, OTA~ONALAR VA BOLAJONLAR UCHUN MO’LJALLANGAN.
1-sinf oʻquvchilari “Tarbiya” darsligini mualliflar qoʻlidan oldi
Просмотров 19 тыс. 2 года назад
Sergeli tumanidagi 55-maktabning 1-sinf o`quvchilari Prezident sovg`alari qatoridagi “Tarbiya” darsligini mualliflar qo`lidan olishdi .
1-синф. Она тили дарси. 28.04.2020 й.
Просмотров 1,7 тыс. 2 года назад
1sinf #1sinfonatili #ozbeksinflari Видеодарслар. 1-синф. Она тили дарси. 28.04.2020 й.
Rus tili 47 kun ichida. 1-kun. Dastlabki ot va bog`lovchilarni kiritish. рус тилини урганамиз
Просмотров 373 тыс. 5 лет назад
Новый проект для изучения иностранных языков использует комбинацию текста, изображений и звука, с тем чтобы .
ALIFBO
Просмотров 558 тыс. 2 года назад
O’ZBEK ALIFBOSI yanada ko’proq rasmlar bilan (talablarga binoan). KANALIMIZDA YANADA YAXSHIROQ VIDEO .