Ona tili va adabiyot uslubiy qo llanma
bo‘ginlardan
O‘zbekistonda yagona Ona tili va adabiyot fanini mukammal o‘rgatuvchi onlayn-maktab bugundan ish boshladi
Noyob mutaxassisdan 100% samara beradigan mashg‘ulotlar endi sizning uyingizda va telefoningizda.
Repetitor-o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish kursi
Maktab o‘quvchilari uchun maxsus kurs
Onlayn-maktabning afzalliklari nimada?
I. Vaqtni tejash
Siz repetitorga qatnab o‘qiyapsiz. Axir, zo‘r repetitor sizning uyingizga kelib dars o‘tmaydi-da! Uning mashg‘ulotiga piyoda yoki transportda borish uchun ancha vaqtingiz ketadi. Agar jamoat transportida borishigizga to‘g‘ri kelsa, avtobus yoki marshrutkani kutishga ham ko‘p vaqt yo‘qotasiz!
Onlayn-maktab esa sizning uyingizda va telefoningizda.
Bundan tashqari siz repetitor-ustozingizning vaqti bilan ham hisoblashishingiz kerak.
U maktab yoki litseyda ishlasa, uning sizga ajratadigan vaqtini kelishib olishingiz kerak.
O‘zingizga qulay vaqtda dars olish imkoniyati sizda mavjud emas! Onlayn-maktabda esa siz mashg‘ulotlarni o‘zingizga qulay vaqtda olish imkoniyatiga egasiz.
Sutkaning istalgan vaqtida internet orqali dars olasiz.
II. Pulni tejash
Siz repetitorga borish uchun agar jamoat transportidan foydalansangiz, u yerga borish va kelish uchun pul sarflaysiz.
Deylik, haftada 3 marta borsangiz, transport vositasiga 6 marta pul sarflaysiz. Onlayn-maktabda esa uydan chiqmaysiz va hech qanday ortiqcha pul sarflamaysiz.
Endi sizga kitob va daftarlar, turli rangdagi ruchkalar sotib olishning mutlaqo keragi yo‘q! endi siz mavzularni yozib olmaysiz.
Qo‘lingizda tayyor materiallar bo‘ladi. Audiodarslarni tinglaysiz, har bir dars uchun berilgan word shakldagi darslarni o‘qiysiz.
Deylik, siz viloyatliksiz. Toshkent shahriga kelib Nargiza Erkaboyevadan dars olmoqchisiz.
Ustozning o‘quv markazida o‘qish uchun 1 oyga 400 ming pul to‘laysiz. Bundan tashqari toshkentda 1 oy yashash uchun: ovqatlanish va kvartira olib yashash uchun ham anchagina pulingiz ketadi. Toshkentda 1 kishi uchun 1 oyga taxminan kvartira uchun 300 ming pul sarflashga to‘g‘ri keladi. Ota-onangiz bag‘ridan uzoqda – musofirlikda sog‘inib yashashingiz haqida aytmasa ham bo‘ladi.
Toshkentdagi oziq-ovqatlar narx-navolari ham osmonda! Demak, onlayn-maktabda o‘qisangiz taxminan bir oyda 1 millionga yaqin pulni tejaysiz.
III. Samarali natijaga kafolat olish
To‘g‘risini aytish kerak, hozirgi kunda qo‘shtirnoq ichidagi “repetitor”lar ko‘payib ketdi. Hamma biznes shu sohada ekan, deya aksar insonlar repetitorlikka qo‘l urishgan.
Hattoki, kuni kecha o‘zi abituriyent bo‘lgan, bugun esa amal-taqal qilib kontrakt asosida talabalikka ilinib olgan “repetitor”lar ham juda ko‘p. O‘zi o‘rganishga muhtoj bo‘lgan inson boshqalarga qanday qilib sifatli bilim berishga qodir?
Balki, sizni bunday “ustoz”ga borishga majbur qilgan sabab uning arzon va uyingizga yaqin joyda dars o‘tishidir.
Endi siz onlayn-maktabda juda arzon narxda va uyingizda o‘tirgan holda dars olish imkoniyatiga egasiz.
Nargiza Erkaboyeva sizni 100% samarali natija beradigan o‘quv mashg‘ulotlariga taklif etadi.
Nargiza Erkaboyeva kim?
— Filologiya fanlari nomzodi
— Ona tili va Adabiyot fanini o‘qitishda testlardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha doktorlik ishi olib borayotgan tadqiqotchi
— 20 yildan buyon repetitorlik qilayotgan tajribali mutaxassis
— 11 yildan beri ona tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy-ommabop qo‘llanmalar yozayotgan olima
Samarali natija beradigan dars o‘tish tizimini ishlab chiqqan trener-ustoz!
- onlayn-testlar joriy qilingan. har bir mashg‘ulotdan so‘ng mavzulashgan testlarni yechib borasiz.
- onlayn-testlarning javobini yechish jarayonida bilib borasiz. Xato yoki to‘g‘ri javobni olganligingiz monitorda ko‘rsatib boriladi.
- onlayn-testni yechib bo‘lganingizdan so‘ng olgan bahongiz va test natijalari beriladi.
- test javobining izohi tugmachasi orqali test javobi izohining audiosiga ega bo‘lasiz.
- onlayn-testlarning DTM testlarining yillar bo‘yicha tizimi ham mavjud.
Onlayn-maktabning afzalliklari qisqa satrlarda.
Tashqarida sovuq yoki jazirama issiq! Siz esa uyda darsdasiz.
Qaysi payt dars olishni xohlasangiz, o‘sha paytda dars olish imkoniyatiga egasiz.
20 yillik izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan eng samarali o‘qitish dasturi asosida arzon narxda dars olasiz.
Audio va videodarslarni qayta-qayta tinglash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Onlayn-testlarni qayta-qayta ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritasiz.
Savollaringiz bilan botga murojaat qilasiz va tez fursatda to‘g‘ri javobni olasiz.
Siz nimani kutib turibsiz? Biz bilan maqsad sari olg‘a.
Batafsil ma‘lumot: @nargizaerkaboyeva kanalida
Reklama huquqi asosida.
Ona tili va adabiyot
xususiyatlarini mustaqil o‘rganish dolzarblik kasb etmoqda.
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash Davlat standartlari
dasturi talablari asosida tuzildi. Unda tilshunoslikning fonetika,
grafika, orfoepiya, orfografiya leksikologiya hamda morfologiya
bo‘limiga oid bo‘lgan nazariy bilimlar bo‘yicha amaliy mashq, test va
topshiriqlar o‘z aksini topgan. Bu mashq va topshiriqlarni bajarish
yo‘llari ham belgilangan bo‘lib, bunda talab qilingan shartlar asosida
ularni bajarishda talabalarning ona tilidan olgan bilimlari yanada
mustahkamlanadi hamda ularning o‘z ustida mustaqil ishlashi
ta’minlanadi. Testlar ham mavzulashtirilgan tartibda bo‘lib, ular
talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini belgilash omillaridan biri
Mazkur uslubiy qo‘llanmada ta’lim va tarbiyaning uzviy
bog‘liqlik tamoyili asosida mashqlar tarkibiga kiritilgan gaplar, xalq
maqollari va hikmatli so‘zlar tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lib, ular
yosh avlodning ma’naviy tarbiyasida muhim o‘rin tutishiga diqqat
Mashqlar majmuasida talabalarning o‘zbek tili grammatikasi
qoidalarini puxta o‘zlashtirishlariga, mantiqiy tafakkurlari rivojlanishi
hamda ularning yozma va og‘zaki nutqini o‘stirishga alohida e’tibor
Mazkur uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda boshqa mualliflar
tomonidan oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili o‘qitish bo‘yicha nashr
etilgan darslik va qo‘llanmalar, mashqlar to‘plami, shuningdek,
o‘zbek tilshunosligidagi nazariy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar asos
1-mashq. Nutq apparati nima? Nutq a’zolari qaysilar?
Ularning vazifasini tushuntiring. Nutq tovushlari nima? Ularning
boshqa tovushlardan farqini ko‘rsating. O‘zbek tilidagi nutq
tovushlari haqida ma’lumot bering.
2-mashq.
O‘qing.Quyidagi gaplarda ostiga chizilgan
so‘zlarning unli tovuslarini toping va ularni tahlil qiling.
Namuna: a- tilning gorizontal harakatiga ko‘ra til oldi; tilning
vertikal harakatiga ko‘ra quyi-keng; lablarning ishtirokiga ko‘ra
lablanmagan unli tovush.
1. Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson
(I.Karimov.) 2. Daraxtni yer ko‘kartiradi, Odamni el ko‘kartiradi.
(Maqol) 3. E’tiroz bildirgan kishining tovushi supurgi bilan urilgan
arining tovushiday birdan o‘chdi. (A.Q.)
4. Hovlining to‘rt tarafi turlik ehtiyoj binolari bilan va to‘rdagi
binoning ikki biqini katta uylar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu ikki uyning
orasig‘a o‘lturgan koshinkor va naqshin chorxari ayvon bu hovlining
birinchi martaba ko‘zga chalinadirg‘an ortiqliklaridandir. (A.Qod.) 5.
Daryoning quyi tomonida ko‘ringan sel oqimi o‘rkach-o‘rkach
to‘lqinlari bilan yuqoriga qarab bostirib kelardi. (T.Mal.)
3-mashq. Gaplarni o‘qing. Ostiga chizilgan so‘zlardagi
undosh tovushlarni tahlil qiling.
Namuna: d- undosh tovush; hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra til; til
oldi undoshi; hosil bo‘lish usuliga ko‘ra portlovchi; sof portlovchi
undosh; ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra shovqinli; jarangli
undosh tovush.
1. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar
bilan yashaydi. (I.Karimov.) 2.Bu gaplarning barini Hafiza xomush va
oqilona tinglardi. (Mirm.) 3. Atrofi ko‘k panjaralar bilan o‘ralgan
ulkan bog‘ darvozasidan kiraverishda uch qavatli shinam bino savlat
to‘kib turibdi. (J.Abd.) 4. Yo‘lchi qishloqdan keltirgan xaltasini
kampirga uzatdi. (O.) 5. Dard davosi bilan tarqaladi. (maqol.)
4-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan
so‘zlarni tovush tomondan tahlil qiling va ma’nosini izohlang.
1. Dehqonni yer davolaydi. Urug‘ bilan birga orzu, dard-hasrat,
quvonchlarini ham yerga to‘kadi. (S.Nurov.) 2. Gulnorning g‘oyib
bo‘lishi Yo‘lchiga yashin urgan kabi ta’sir ko‘rsatdi. (O.) 3. Zufar
Hakimovichning yuzida ham endi bezovtalik ifodasi yo‘q edi. (P.Q.)
tenglashadigan
5-mashq. Ko‘chiring. Gaplardagi so‘larni bo‘ginlarga ajratib
1. Rais uning ko‘ziga kamsavlatroq ko‘rindi. (A.Q.) 2. Anjirlar
obdan sarg‘aygan, anorlar endi piyoladay bo‘lib qizara boshlagan,
nosqovoqlarday osilib turgan fasl edi. (H.G‘.) 3. Farzand diydoriga
tashna qalbi. Chinobod tomon parvoz qilishga undadi. (A.Nazarov.)
4. O‘ktamning sal suzuk ko‘zlari endi beixtiyor ravishda hovlida
aylanib qoldi. (O.) 5. Qishki imtihon kunlari yaqinlashgandi, dars
tayyorlash uchun kechqurunlari fakultetga kelishga to‘g‘ri keldi.
6-mashq. O‘qing. So‘zlarni bo‘ginlarga ajrating va quyidagi
jadvalga joylashtiring.
Faqat ochiq
bo‘ginlardan
iborat so‘zlar
Faqat yopiq
bo‘ginlardan iborat
so‘zlar
Aralash bo‘ginli
so‘zlar
1. Bo‘ynidan bog‘langan tozi ovga yaramaydi. (maqol) 2.
Devorlari nurab qolgan hovlining kungay tomonidagi ayvonda
keksagina bir xotin kamzuliga tugma qadab o‘tiribdi. (S.A.)
3. Amirzodamning so‘zlari qulingizga sari toj bo‘lsin! Ertagayoq
novvoylarga un berib, ochlarga non yoptirib tarqatishni men o‘z
zimmamga olurman! (P.Q.) 4. Mehmonxona eshigini ochib gugurtni
chaqqan vaqtida mehmonxonaning o‘rtasida ikki qulochini keng yozib
Poshshoxon turardi. (Ch.) 5. Bilib qo‘ying, o‘rtoq Komilov! haqiqat
egiladi, lekin sinmaydi! Kelajak va tarix sizning bu xatti-
harakatlaringizni kechirmaydi! (O.Y.) 6. Yigit yalt etib qo‘shni dalaga
qaradi. U yerda xotin-xalajlar, bola-chaqalar chuvillashib paxta
terishayotgan edi. (M.I.)
7-mashq. O‘qing. Gaplarni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘ginlarga
ajratib, bo‘ginlarning turi va tuzilishini ayting.
1. Murotali uning so‘zlarini chidam bilan tinglab, uncha ham
ishonmaganday boshlarini chayqardi. (Sh.R.) 2. Ayvonda bosma gulli
bo‘z ko‘rpa yopilgan pastakkina tanchada qizlar o‘tirardi. (O.) 3.
To‘g‘ri, o‘tgan kuni saharda rasadxonaga kirib kelgan ustod bu
to‘g‘rida so‘z ochmadi. (O.Y.) 4. Salohdor fonusni baland
ko‘targancha ro‘paradagi eshikni ochib unga yo‘l berdi. (O.Y.) 5.
Ummatali boshqa gap so‘ramadi. Ishini bitkazib egarga mindi-yu,
xayr ham demay jo‘nab ketdi. (S.A.) 6. – Ishing bo‘lmasa kitob o‘qi,
husnixat ol: sen kulolning qizi emassanki. (A.Qod.)
8-mashq. Quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring. Har bo‘g‘in tuzilishiga ko‘ra
to‘rtta misol keltiring.
2-topshiriq. So‘zlarni qatnashtirib gaplar tuzing.
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak?
O‘n to‘rt yillik pedagogik faoliyatimdan shunday xulosaga keldimki, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari quyidagi kasbiy, shaxsiy, amaliy sifatlar sohibi bo‘lishlari kerak.
1. Notiq. Mantiq ilmiga asoslangan, haqiqiy ijodiy tafakkurga boy, go‘zal, aniq nutq sohibi bo‘lishi lozim. Zero, o‘quvchilarni tildan maqsadli va o‘rinli foydalanishga, sof adabiy tilda so‘zlashishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi sof, ta’sirchan nutqiy nafosat egasi bo‘lishi talab etiladi.
2. Xattot. Ona tili fanining muhim vazifalaridan biri — o‘quvchilarni olgan bilimlarini til me’yorlariga amal qilgan holda yozma nutqda to‘g‘ri va bexato ifoda etishga o‘rgatish. Buning uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi imlo qoidalari asosida yozadigan, yozma savodxon, chiroyli husnixatga ega bo‘lishi shart. Buyuk faylasuf Suqrot shunday yozadi: “Yaxshi so‘z ko‘ngilni, xushxat ko‘zni yoritadi”.
3. Lug‘atshunos. Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda lug‘atlar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” so‘zlarni to‘g‘ri yozish malakalarini shakllantirsa, “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati” tilimizdagi so‘zlarning ma’nodoshlik qatori, nutqda ulardan o‘rinli foydalanish mahoratini rivojlantiradi. Masalan, 8-sinf ona tili darsligini tashkil etgan “Mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash” darslari fan o‘qituvchisidan lug‘atshunos bo‘lishni talab etadi.
4. Senarist. Maktabda muhim sana va bayramlar bilan bog‘liq tadbirlar, shoir-yozuvchi, buyuk allomalarga bag‘ishlangan g‘azalxonlik, ruboiyxonlik, xotira kechalari, qo‘yingki, maktab hayoti bilan bog‘liq tadbirlar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarisiz o‘tmaydi. Tadbirlar dasturini tuzganda o‘qituvchidan ijodiy mahorat va yangicha yondashuv talab etiladi. O‘tgan yilgi senariylardan foydalanish o‘quvchini zeriktirib, mavzuga bo‘lgan qiziqishlari susayishiga olib keladi.
5. Rejissor. Rejissurasi kuchli kinofilmlar, sahna asarlari klassik asarlarga aylanganidek, rejissurasi kuchli o‘qituvchilarining o‘quvchilari ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishadi. Bunda o‘qituvchining o‘tayotgan dars, mashg‘ulot va tadbir bosqichlarini o‘quvchilar qiziqishi, qobiliyatlaridan kelib chiqib namunali tashkil etish, boshqara olish mahorati namoyon bo‘ladi.
6. Aktyor. Har bir pedagog, birinchi navbatda, “O‘qituvchi” obrazini yaratishi lozim. Uyda, ko‘chada, ish faoliyatida har xil vaziyatlar bo‘lib turadi. O‘qituvchining vazifasi har qanday sharoitda ham o‘quvchiga yuqori optimistik ruhda sifatli ta’lim berish.
Fan nuqtayi nazaridan, ayniqsa, adabiyot darslarida, mashg‘ulot va adabiy kechalarda Navoiy, Bobur, Nodira, Zulfiya, badiiy asar qahramonlaridan Alpomish, Barchinoy, Farhod, Shirin, Otabek, Kumush obrazlarini mohirona gavdalantirish o‘quvchilarda shaxsiy sifatlarning yuksalib borishiga xizmat qiladi. Shuningdek, buyuk ajdodlarimiz hayotidan ibrat olish va ularga hurmat tuyg‘ulari yuksaladi.
7. San’atkor. Adabiyot ham aslida san’at — so‘z san’ati. Adabiyotni sevgan qalb, san’atning boshqa turlarini ham tushunadi. Shunday o‘quvchilar borki, darslikdagi mavzuga oid (ilmiy) axborotlarni a’lo bahoga o‘zlashtirolmaydi. Lekin shu mavzuga doir mo‘yqalamda, kashtada, zardo‘zlikda (san’atning boshqa turlarida) bajargan ishlari kishini lol qoldiradi. Bunda fan o‘qituvchisidan dars, mashg‘ulot, sinfdan tashqari tadbirlarda o‘quvchilarning iste’dod va qobiliyatlarini anglagan holda yondashish talab etiladi.
8. Shoir-yozuvchi. Maktab davrida qo‘liga qalam olib she’r yoki hikoya qoralamagan o‘quvchining o‘zi bo‘lmasa kerak. “Yosh qalamkashlar”, “Yosh ijodkorlar” kabi to‘garaklarda “O‘zim yozgan she’rimni, hikoyamni ko‘rib bering”, deya ustoziga talpinayotgan bu yosh yuraklarning hammasiyam kelajakda shoir yoki yozuvchi bo‘lmasligi mumkin. Ammo ular qaysi sohani egallamasin yangilik yaratuvchi, tashabbuskor, ezgu g‘oyalar ijodkori bo‘lishlari, shubhasiz. Bunda o‘qituvchining she’riyatga, badiiy adabiyotga oshuftaligi, adabiyot qoidalaridan xabardorligi, haqiqiy she’r, badiiy qimmati yuksak asar yozishda muallif mahorati haqidagi bilimlarni o‘quvchilar qalbiga singdira olishi maqsadga muvofiqdir.
9. Jurnalist. Ommaviy axborot vositalari ta’lim jarayonini aks ettiruvchi ko‘zgudir. Jurnalistika haqidagi ilk tasavvurlar maktab devoriy gazetasi, maktab radioeshittirishlari, o‘quvchilar tayyorlagan maxsus maktab nashrlaridan boshlanadi. O‘quvchilar respublika yoshlarining “G‘uncha”, “Tong yulduzi”, “Gulxan”, “Klass” kabi nashrlarida maqola, reportaj, taassurot, lavhalari chop etilishini, matbuot e’lon qilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lishni orzu qilishadi. Shuningdek, o‘qituvchining o‘zi ham faoliyati uchun muhim bo‘lgan gazeta-jurnallar bilan doimo birga bo‘lishi, o‘quvchilarni ham shunga undashi, nashrlarning kundalik hayotimizdagi ahamiyati haqida targ‘ibot ishlari nazarda tutiladi.
10. Kitobxon. O‘quvchilar qalbida mutolaaga mehr uyg‘otish, ularni kitobga do‘st qilish uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi kitobxon bo‘lishi lozim.
Agar o‘quvchilarni haqiqiy kitobxon etib tarbiyalasak, kelajakda qaysi kasbni tanlamasin, shu sohaning zabardast vakili, yaxshilik qilishni o‘z hayotiy shioriga aylantirgan barkamol inson bo‘lishiga shubha yo‘q.
Faoliyatim davomida anglab yetgan haqiqatlarimni, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiga xos bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlarni sanab o‘tdim. Balki bu sifatlar qatorini hali davom ettirsa bo‘lar. Maqsad bitta — bugunning o‘qituvchisi nomiga munosib bo‘lish.
Mohidil PO‘LATOVA, Shofirkon tumanidagi 40-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi