Press "Enter" to skip to content

1−4-sinflar uchun ona tili va matematikadan yangi darsliklar ishlab chiqildi

“Biz USAID bilan O‘zbekistonda ta’limni yaxshilash dasturi bo‘yicha hamkorlik qilishdan xursandmiz, bu bizni ta’lim islohotining keyingi bosqichiga olib chiqadi va o‘quvchilar natijalarini xalqaro darajaga ko‘taradi. Bu yuqori sifat standartlari va kitoblar O‘zbekiston farzandlarining o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga, o‘rta maktabda va hayotda muvaffaqiyat qozonishi uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi”, — dedi Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov.

Таълим / Образование

Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.

Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 4-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.

Сўнгги йилларда нашр қилинган дарсликлар

Ўзбек тилида На русском
Француз тили – дафтар (2019)
Француз тили – методика (2020)
Французский язык – тетрадь (2019)
Инглиз тили – дафтар (2018) Английский язык – тетрадь (2019)
Жисмоний тарбия (2017) Физическое воспитание (2017)
Тарбия (2020) Воспитание (2020)
Математика (2017)
Математика (2020)
Математика (2020)
Мусиқа (2017) Музыка (2020)
Немис тили (2016) Немецкий язык (2020)
Немис тили – дафтар (2020) Немецкий язык – тетрадь (2020)
Одобнома (2017) Этика (2017)
Рус тили – дарслик (2016)
Рус тили – дарслик (2020)
Рус тили – дарслик (2022)
Рус тили – дафтар (2022)
Русский язык (2017)
Русский язык (2020)
Русский язык – методика (2017)
Ўқиш (2017) Чтение (2020)
Ўқиш – методика (2017) Чтение – методика (2017)
Она тили (2017)
Она тили (2020)
Узбекский язык (2017)
Узбекский язык (2020)
Табиатшунослик (2017)
Табиатшунослик (2020)
Природоведение (2020)
Тасвирий санъат (2017) Изобразительное искусство (2020)
Технология (2017)
Технология (2020)
Технология – методика (2020)
Технология (2017)
Технология (2020)

1−4-sinflar uchun ona tili va matematikadan yangi darsliklar ishlab chiqildi

O‘zbekistonda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi hamkorligida “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Matematika” fanlaridan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun yangi darslik va qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 8 aprel kuni USAID`ning O‘zbekistonda ta’limni yaxshilash dasturi doirasida ishlab chiqilgan standartlar va kitoblarni ko‘rib chiqish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq ta’limi vazirligi, mahalliy ilmiy tadqiqot institutlari hamda maktablarning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yangi o‘quv-metodik majmualar asosida olib borilayotgan ishlar, yondashuv va tadqiqotlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

2021 yil boshida bir guruh tajribali milliy va xalqaro mutaxassislar O‘zbekistondagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlikda 1−4-sinf o‘quvchilariga “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Matematika” fanlari bo‘yicha o‘qitishning yangi standartlarini ishlab chiqdi.

Keyinchalik mazkur standartlar asosida qiziqarli kontent hamda o‘quvchilarning qiziqishiga yo‘naltirilgan yuqori sifatli darsliklar va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

Materiallar “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan 980 ga yaqin, matematikadan 675 ta darsdan iborat. Jamoa shuningdek, kitob mazmunini jonlantirgan 3000 dan ortiq yangi illyustratsiyalar yaratdi, deyiladi xabarda.

Mahsulotlarni taqriz qilish guruhi yangi o‘quv-metodik majmualar haqida o‘z fikr-mulohazalarini taqdim etgandan so‘ng, ular iyun oyining boshigacha yakunlanadi va XTVga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

USAID Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 2022−2023 o‘quv yilida Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 918 ta umumta’lim maktablarida yangi materiallarni sinovdan o‘tkazadi, ularning dolzarbligi va boshlang‘ich savodxonlik va hisoblash ko‘nikmalari bo‘yicha o‘quv natijalarini yaxshilash imkoniyatlarini tasdiqlaydi.

Test sinovi tugallangach, kitoblar o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari asosida qayta ko‘rib chiqiladi va yakuniy versiyalari 2023−2024 o‘quv yilidan boshlab butun mamlakat bo‘ylab tarqatish uchun XTV tomonidan chop etiladi. Bu O‘zbekistondagi 2 milliondan ortiq maktab o‘quvchilarining sifatli darsliklar bilan ta’minlanishi, o‘n minglab o‘qituvchilarning “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Matematika” fanlari bo‘yicha sifatli qo‘llanmalardan foydalanishini ta’minlaydi.

“Biz USAID bilan O‘zbekistonda ta’limni yaxshilash dasturi bo‘yicha hamkorlik qilishdan xursandmiz, bu bizni ta’lim islohotining keyingi bosqichiga olib chiqadi va o‘quvchilar natijalarini xalqaro darajaga ko‘taradi. Bu yuqori sifat standartlari va kitoblar O‘zbekiston farzandlarining o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga, o‘rta maktabda va hayotda muvaffaqiyat qozonishi uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi”, — dedi Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov.

Avvalroq, Cambridge University Press xalqaro nashriyoti tomonidan joriy o‘quv yilidan boshlab Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 208 ta maktabda “Ingliz tili chet tili sifatida” (1−11-sinflar) va “Informatika va axborot texnologiyalari” (5−11-sinflar) darsliklari joriy etilgani haqida yozgan edik. Darsliklar yuqorida tilga olingan USAID dasturi bo‘yicha O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan bo‘lib, nashriyotdan litsenziya sotib olish va kitoblarni xorijda chop etish uchun 10 million dollar grant ajratilgan.

O‘zbek tili, 4 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., 2017

O‘zbek tili, 4 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., 2017.

Учебник по узбекскому языку для 4 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Vatan! Nima uchun biz ona-Vatan deymiz? Chunki inson tug‘ilib o‘sgan va yashayotgan yer uning Vatanidir. Har birimiz Vatanimizning bir zarrachasimiz. Vatan inson tug‘ilib o‘sgan uydan, ko‘chadan, shahardan boshlanadi. Vatan – biz o‘ynab yurgan tuproq, ko‘cha. Biz qayerga bormaylik shu uyimizni, ko‘chamizni, shahrimizni sog‘inib qaytamiz. Bizning Vatanimiz – O‘zbekiston. O‘zbekiston biz uchun muqaddasdir.

YOZGI TA’TIL.
Yaqinda darslar tugaydi va ta’til boshlanadi. Sinfdoshlar bilan yozgi ta’til rejasini tuzdik. Ko‘pchilik oromgohga borishni istaydi. Ba’zi bolalar tarixiy shaharlarga sayohatga boradilar. Ba’zilar otaonalari bilan dam olish maskanlarida hordiq chiqaradilar.

„Kamalak“ oromgohi soyasalqin yerda joylashgan. Oromgoh atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Bu yerda ko‘p bolalar bilan do‘stlashamiz. Òoza havoda chiniqamiz. Oromgohda hech qachon zerikmaymiz.

MUNDARIJA.
Vatan.
Qadrdon maktabim.
Ko‘chamiz.
Uyimiz.
Bog‘da.
Kuzgi ishlar.
Kitob.
Bozorda.
Do‘konda.
Maktab oshxonasi.
Yil fasllari va ob-havo.
Bahor keldi.
Assalom, Navro‘z!.
Orasta bo‘ling.
Sport va salomatlik.
Har doim bo‘lsin tinchlik.
Yo‘l harakati qoidalari.
Yozgi ta’til.
O‘zbekcha-turkmancha lug‘at.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘zbek tili, 4 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., 2017 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.