Press "Enter" to skip to content

Arab Tili Darslari

Android Application Араб тили ва тажвид – Қуръон ўрганиш қоидалари, Разработанный Islam Apps World, Перечислен В Категории Образование. Текущая Версия 3.1, Выпущенная На 21/03/2020 . Согласно Google Play Араб тили ва тажвид – Қуръон ўрганиш қоидалари, Достигнуто Более 1 Миллион. Араб тили ва тажвид – Қуръон ўрганиш қоидалари В Настоящее Время Имеет Рейтинги 10 Тысяча Со Средней Номинальной Стоимостью 5.0

hozirgi o’zbek adabiy tili

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FILOLOGIYA FAKULTETI O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI Katta o‘qituvchi S.JALILOV « HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI (fonetika va fonologiya) » fani bo‘yicha o‘quv metodtik majmua (1-kurs bakalavriat bosqichi talabalari uchun) NUKUS – 2011

Post on 15-Dec-2016

Documents

  • OZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FILOLOGIYA FAKULTETI OZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI Katta oqituvchi S.JALILOV HOZIRGI OZBEK ADABIY TILI (fonetika va fonologiya) fani boyicha oquv metodtik majmua (1-kurs bakalavriat bosqichi talabalari uchun) NUKUS – 2011
  • MUNDARIJA Ma`ruza mashg`ulotlari 1- mavzu “Hozirgi ozbek adabiy tili” kursining predmeti, maqsadi va vazifalari. 1.1. 1.2. 1.3. Kursining predmeti, maqsadi va vazifalari. Hozirgi ozbek tilining ogzaki va yozma shakllari.. Hozirgi ozbek tili taraqqiyotini belgilovchi lingvistik (lisoniy) va ekstralingvistik (nolisoniy) omillar.. kursining predmeti, maqsadi va vazifalari. Hozirgi ozbek tilining ogzaki va yozma shakllari. 2-mavzu Fonetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. 1.1. 1.2. 1.3. 1.4. Fonetik tizimning segment va supersegment birliklari, ularning shakllantiruvchi va tanituvchi funksiyalari Fonetik tizimning segment va supersegment birliklari, ularning shakllantiruvchi va tanituvchi funksiyalari. Umumiy fonetika, xususiy fonetika, qiyosiy fonetika, eksperimental (instrumental) fonetika. 3-mavzu Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga kora turlari, fonetikaning tort aspekti 1.1. 1.2. 1.3. 1.4. 1.5. Fizik-akustik aspekt. Anatomik-fiziologik aspekt. Perseptiv aspekt. Lingvistik-funksional aspekt. Fonologiya. Fonemalarning differensial va integral belgilari 4-mavzu Hozirgi ozbek tili vokalizmi. 1.2. 1.2. 1.3. 1.4. Unlilar tasnifi. Ayrim unlilar tavsifi. Unlilarning kombinator va pozitsion xarakteristikasi. Allofonlar. 5-mavzu Hozirgi ozbek tili konsonantizmi. 1.1. 1.2. 1.3. 1.4. Undosh fonemalarning fokuslari. Undosh fonemalar tasnifi Undoshlar tizimidagi divergensiya jarayonlari. Undoshlarda kuchli va kuchsiz pozitsiyalar. 6-mavzu Fonetik hodisalar 1.1. 1.2. 1.3. Kombinator omillar ta’sirida sodir boladigan hodisalar. Pozitsion omillar ta’sirida sodir boladigan hodisalar Turkiy sozlarning an’anaviy fonetik tarkibiga moslashish. 7-mavzu Bogin (sillabema). Urgu (aksentuatsiya). 1.1. 1.2. 1.3. 1.4. Bogin tuzilishi. Bogin markazi. Bogn tiplari. Boginning til va nutqdagi ahamiyati.
  • 1.5. 1.6. 1.7. Urg u tiplari. Urguning til va nutqagi roli. Intonatsiya (intonema) 8-mavzu Grafika haqida ma’lumot. 1.1. 1.2. 1.3. Grafemaning bilateral (ifoda va mazmun planlariga ega) belgi sifatidagi tavsifi. Grafema va fonema ortasidagi umumiy va xususiy jihatlar. Fonografema, prosodemografema, logografema, orfografik belgi va signalizatorlar. 9-mavzu Orfografiya haqida ma’lumot. 1.1. 1.2. Orfografiya va grafika ortasidagi farqlar. Orfografiya prinsiplari: fonetik, fonematik, morfologik, grafik, tarixiy-an’anaviy, ramziy (simvolik, differensial), shakliy-an’anaviy va semantik-uslubiy prinsiplar 10-mavzu Imlo qoidalari. 1.2. 1.2. Kirillcha ozbek yozuvining imlo qoidalari. Lotincha ozbek yozuvining imlo qoidalari. 11-mavzu Orfoepiya haqida malumot. 1.1. 1.2. 1.3. 1.4. 1.5. Unli tovushlar orfoepiyasi. Undosh tovushlar orfoepiyasi. Soz qismlari talaffuzi. Boshqa tillardan ozlashtirilgan ayrim s ozlar orfoepiyasi. Orfoepiyaning adabiy til faoliyatida tutgan orni Amaliy mashgulotlar 1- mavzu “Hozirgi ozbek tili” kursining predmeti, maqsadi va vazifalari. 2-mavzu Hozirgi ozbek tili vokalizmi 3-mavzu Hozirgi ozbek tili konsonantizmi 4-mavzu Fonetik hodisalar 5-mavzu Bogin (sillabema). Urgu (aksentuatsiya). 6-mavzu Grafika haqida ma’lumot 7-mavzu Orfografiya haqida ma’lumot 8-mavzu Imlo qoidalari 9-mavzu Orfoepiya haqida malumot Laboratoriya mashg`ulotlari 1-mavzu Fonetika va fonologiya boyicha topshiriqli yozma ish
  • 2-mavzu Unli tovushlar boyicha topshiriqli yozma ish 3-mavzu Undosh tovushlar boyicha topshiriqli yozma ish 4-mavzu Bogin (sillabema) boyicha topshiriqli yozma ish 5-mavzu Urgu (aksentuatsiya) boyicha topshiriqli yozma ish 6-mavzu Grafika boyicha topshiriqli yozma ish 7-mavzu Orfografiya boyicha topshiriqli yozma ish 8-mavzu Lotin va kirill alifbosi va imlosi boyicha topshiriqli yozma ish 9-mavzu Orfoepiya boyicha test topshirig`i
  • Maruza 1. Hozirgi ozbek adabiy tili kursiga kirish, kursning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: 1. Hozirgi ozbek adabiy tili milliy tilning oliy shakli ekanligi 2. Hozirgi ozbek tilining shakllanish omillari. 3. Hozirgi ozbek adabiy tilining yozma va ogzaki shakllari. 4. Adabiy til haqida tushuncha. 5. Hozirgi ozbek adabiy tilining bolimlari. Tayanch tushunchalar Adabiy til – milliy tilning ishlov berilgan, me`yorlashtirilgan oliy formasi. Sistema – har biri alohida mustaqil (avtonom)bolgan murakkab mexanizmlar (fonemalar tizimi, morfemalar tizimi, leksik birliklar tizimi, sintaktik konstruktsiyalar tizimi) ortasidagi aloqadorlikdan tarkib topgan makrotizim. Struktura – bir butun tizim (makrotizim) tarkibidagi mikrotizimlar, ular ortasidagi aloqalar mexanizmi. Fonetik-fonologik sath – til ierarxiyasining tovush tizimidan iborat quyi pogonasi (quyi yarusi): nutq tovushlari, bogin, urgu, ohang va b.lar. Leksik sath – til ierarxiyasining lugat boyligidan iborat yuqori pogonasi: sozlar, iboralar, ularning turli qatlamlari. Grammatik sath – til ierarxiyasining morfologik va sintaktik birliklardan iborat eng yuqori pogonasi: soz turkumlari, grammatik ma`no va grammatik shakllar, soz birikmalari va gap, ularning turlari va konstruktsiya modellari. Vokalizm – unli fonemalar tizimi. Konsonantizm -undosh fonemalar tizimi. Divergentsiya – til strukturasidagi ozgarishlar ta`sirida bir fonemaning ikki fonemaga bolinishi. Mas. kning kva qga ajralishi. Konvergentsiya – tarixiy taraqqiyot natijasida bir necha fonemaning bir fonema holiga kelishi: qadimgi turkiy va eski Ozbek tillarida alohida-alohida fonemalar bolgan va o unlilari shu qonuniyat asosida Hozirgi ozbek adabiy tilida bitta o fonemasiga birlashgan. Kursning predmeti – Hozirgi ozbek adabiy tili, uning ozbek milliy tili tarkibidagi orni. Kursning maqsadi-talabalarni til strukturasi norma(meyor)-uzus masalalariga, adabiy til va milliy til, adabiy til va dialektlar, adabiy til va jargon-argolar, adabiy til va funktsional stillar (vazifaviy uslublar) munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda ularga Hozirgi ozbek adabiy tilining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari, ogzaki va yozma shakllari haqida malumot berish. Kursning vazifalari: a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushunchalar, terminlar va nazariy umumlashmalar bilan tanishish; b) til ierarxiyasidagi fonetik-fonologik, leksik, semantik va grammatik sathlarga mansub birliklarning adabiy til uchun me`yor (norma) bolgan va meyor bolmagan belgi-xususiyatlarini qiyosan organish, tahlil qilish, bu sohadagi munozarali nuqtalarni aniqlash; v) Hozirgi ozbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki (lingvistik) va tashqi (ekstralingvistik) omillar haqida talabalarga malumot berish, ularda hozirgi ozbek adabiy tilining sistemaviy va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish konikmalarini shakllantirish. Hozirgi ozbek adabiy tili ozbek milliy tilining oliy formasi – ishlov berilgan, me`yorlashtirilgan, millat vakillarining barchasi uchun umumiy bolgan barqaror shaklidir. Demak, u milliy tilga zid qoyilmaydi, undan boshqa tizim ham emas, balki shu milliy tilning yuqoriroq bosqichi, tartibga solingan bosh korinishi, xolos.
  • Dialekt va shevalar adabiy tilning shakllanishida ishtirok etadi, ammo adabiy tildan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: a) adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiydir, dialekt va shevalar esa millat tarkibidagi etnik guruhlarning har biri uchun alohida-alohida boladi, bir-biridan fonetik, leksik, grammatik jihatdan farqlanadi; b) adabiy tilning yozma shakli mavjud: u malum meyorlarga boysundirilgan yozuv sistemasiga asoslanadi. Dialekt va shevalar uchun alohida adabiy-orfografik yozuv yoq; v) adabiy tilning qolanishi hududiy (territorial) jihatdan chegaralanmaydi, dialekt va shevalarning qollanishi esa bu jihatdan chegaralangandir; g) adabiy tilda davlat ishlari – xalq t`limi, matbuot, radio-televidenie, ilm-fan, m`muriy-idoraviy hujjatlashtirish ishlari olib boriladi; qonun, farmon va qarorlar shu tilda e`lon qilinadi. Dialekt va shevalar bu funktsiyada qollanmaydi. Jargon va argolar m`lum ijtimoiy guruhlarga, masalan, ogrilarga, sportchilarga yoki talabalarga xizmat qiladigan yasama til. Bunday til elementlari (jargonizm va argotizmlar) adabiy tilda ishlatilmaydi. Funktsional stillar – tilning vazifaviy uslublari. Bunday uslublar inson faoliyatining u yoki bu sohasiga xoslangan nutqni qoliplaydi. Chunochi: 1) rasmiy ish uslubi. Bu uslub m`muriy-idoraviy hujjatlar tilini qoliplaydi; 2) ilmiy uslub – ilmiy asarlar tilini va ilmiy nutqni qoliplaydi; q)publitsistik uslub – ommabop asarlar, m`ruzalar tilini qoliplaydi; 4) sozlashuv uslubi. Bu uslubning ikki xil korinishi mavjud: a) adabiy sozlashuv uslubi; b) oddiy sozlashuv uslubi;5 ) badiiy uslub. Bu uslub badiiy asar tilini va badiiy nutqni qoliplaydi. Adabiy til bilan funktsional uslublar ortasidagi munosabatlar quyidagicha: rasmiy ish uslubi, ilmiy uslub, publitsistik uslub adabiy til me`yorlariga tayanadi, demak, adabiy tilga zid qoyilmaydi; sozlashuv uslubining a korinishi ham shunday: unda dialektizm, jargonizm va vul`garizmlar qatnashmaydi; sozlashuv uslubining b korinishi esa nutqning maxsus tayorgarliksiz bolishi, erkin muomalaga asoslanishi bilan xarakterlanadi: bu uslubga asoslangan matnlarda uslubiy boyoqdor sozlar, kochma m`noli lugaviy birliklar koproq ishlatiladi; sozlar, grammatik shakllar va soz birikmalari tarkibidagi ayrim tovushlar (ba`zan bir necha tovush) tushib qoladi; obor (adabiy:olib bor), aytvor (adabiy: aytib yubor), pasqam ( adabiy: pastqam), bolla (adabiy:bolalar), kegin(adabiy: kelgin), mashu (adabiy: mana shu) kabi; ba`zi tovushlarning soz tarkibidagi orni almashadi: turpoq( adabiy: tuproq), tervat(adabiy:tebrat), torgamoq( adabiy: togramoq); bir tovush ornida boshqa tovush qollanadi: songak (adabiy: suyak), koynak( adabiy: koylak), qalmoq(adabiy: qarmoq), musurmon ( adabiy: musulmon); soz boshida, ortasida yoki oxirida tovush orttiriladi: raza (roza), ishkop( shkaf), tanka(tank) kabi. Bu uslubga tayangan nutqda kishi ismining qisqartirib talaffuz qilinishi ham uchraydi: Dilor (Dilorom), Muqad (Muqaddam), Guli (Gulnora), Dilfuz (Dilfuza) kabi. Demak, sozlashuv uslubining bu turida adabiy til va adabiy nutq meyorlaridan chetga chiqish hollari ham uchraydi. Adabiy tilga munosabat jihatdan badiiy uslub alohida baholanadi: u, odatda, badiiy asar tilini belgilaydi, badiiy asar tilida esa adabiy til meyorlaridan chetga chiqish hollari kop uchraydi: obraz va personajlar nutqini tipiklashtirish zarurati shuni taqozo qiladi. Quyidagi misollarga e`tibor beraylik: 1.Asadbek molodets! Visshiy klass!- dedi u.-Aniq topibdi. Endi u bilan xazillashib bolmaydi. (T.M.) 2.U qizigar mashinasini qoraqamishga qarab uchirdi. (T.M.) 3. Akamullo, akamullo, sizni yuqloshopti, idoraga yuqloshopti. -Nima gap? -hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan. Boronda qolgan ekan. qaytib kelmopti. Sogin Xojanazar akoning duxtoriboronga qolip olipti. -Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga hayron qarab qolishdi!(J.A.) Birinchi misoldagi nutqiy parchada grammatik-sintaktik varvarizm (Asadbek molodets!, Visshiy klass), ikkinchi gapda vulgarizm (qizigar), uchinchi misoldagi dialogda esa ozbek-tojik ikki tilliligi ta`sirida bolgan ozbek shevalarining sozlari (akamullo bacha, duxtor, sogin kabi leksik dialek-tizmlar), shu shevaga xos grammatik formalar
  • (yoqloshopti, kelmopti kabi grammatik dialektizmlar), aka sozining ako shaklidagi dialektal korinishi qollangan. Bunday qollanishlar adabiy til uchun me`yor emas, albatta, ammo ular badiiy uslub talabiga kora ishlatilgan, natijada badiiy asarning goyaviy-estetik jihatlarini ta`sirli, ishonarli qilib ifodalashga erishilgan. Hozirgi ozbek adabiy tilining ogzaki va yozma shakllari bor, shu ikki shakl vositasida u xalqqa xizmat qiladi. 1.Adabiy tilning ogzaki shakli togri talaffuz me`yorlariga, eshitish orqali idrok qilishga tayanadi. Bu shaklning moddiy-material asosini fizik-akustik birliklar (nutq tovushlari, urgu, ohang, melodika, pauza, tembr, ritm, temp) tashkil etadi; uning tarixiy ildizlari xalq ogzaki ijodi namunalarida – dostonlar, qoshiqlar, maqollar, hikmatli sozlar, topishmoqlar, ertaklar negizida rivojlanib, ogizdan-ogizga otib kelgan, shu jarayonda uning hozirgi milliy-adabiy tilga xos yagona talaffuz me`yorlari shakllangan. Hozirgi ozbek adabiy tilining ogzaki shakli koproq adabiy sozlashuv uslubida namoyon boladi, uning faoliyatida imo-ishora, nutq vaziyati kabi noverbal vositalar ham muhim rol` oynaydi. 2.Hozirgi ozbek adabiy tilining yozma shakli, avvalo, yozuv sitemasiga hamda shu sistema birliklarini (grafemalarni, orfogrammalarni) korish va oqishga asoslanadi. Yozuv sistemasi, m`lumki, grafika, orfografiya va punktuatsiya kabi komponentlardan tarkib topadi, demak, uning moddiy-material asosini optik-grafik vositalar tashkil qiladi. Adabiy tilning yozma shakli faoliyatida ilmiy uslub, rasmiy uslub, ommabop (publitsistik) uslub qoliplariga xoslanish xususiyatlari borligi ham kozga tashlanadi. Hozirgi ozbek adabiy tili taraqqiyotini belgilovchi omillar ikki xildir: 1. Lingvistik (lisoniy) omillar. Bularga muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari – fonemalar tizimi, lugat boyligi, morfema tiplari, soz yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funktsional xususiyatlari, ular ortasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti, birinchi navbatda, ana shularga tayanadi. 2.Ekstralingvistik (nolisoniy) omillar. Bularga tildan tashqarida mavjud bolgan faktorlar kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar ortasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va m`rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuygulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir. Masalan, Ozbekiston mustaqillikka erishgach, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-m`rifiy va m`naviy hayotida ham jiddiy ozgarishlar yuz berdi: bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich otish jarayoni boshlandi, milliy qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, ishlab chiqarish va xizmat korsatishning yangi shakllari yuzaga keldi. Bularning barchasi ozbek tili leksikasiga ham ta`sir otkazdi: sobiq ittifoqdagi davlat tuzumiga xos ayrim tushuncha nomlari (partkom, raykom, obkom, sovxoz, oblast` kabi sozlar) iste`moldan chiqib, ozbek tili lugat boyligining tarixiy qatlamiga otib qoldi, ularning ornida hozirgi mustaqil Ozbekiston hayoti taqozo qilgan yangi soz va atamalar ( kollej, litsey, gimnaziya, litsenziya, reyting, test, marketing, minimarket, investitsiya, biznes kabilar) paydo boldi, hokim, hokimiyat, viloyat, tuman kabi leksemalarning mazmun mundarijasida hozirgi tuzumga xos yangi ma`no qirralari yuzaga keldi, natijada bunday sozlar eski qatlamdan zamonaviy qatlamga otib qoldi. Keltirilgan m`lumotlardan shu narsa anglashiladiki, milliy tilning, shu jumladan, milliy adabiy tilning taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar birga qatnashadi, ularning biri ikkinchisiga sharoit yaratadi, har ikkalasi bir butun mexanizm sifatida xizmat qiladi; til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari shuni taqozo qiladi. Hozirgi ozbek adabiy tilida, yuqorida aytib otilganidek, davlat ishlari olib boriladi. Ozbekistonning davlat tili deyilganda ham koproq darajada ozbek adabiy tili nazarda tutilgan, binobarin, adabiy til davlat tomonidan himoyalangandir. Shuning uchun ham ozbek adabiy tilini organish deyarli barcha oquv yurtlarida joriy qilingan. Hozirgi ozbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari
  • Hozirgi ozbek adabiy tilining, ma`lumki, bir qator tarixiy ildizlari bor: a) eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bolgan davr); b) qadimgi turkiy til(VII-XI asrlar); v) eski turkiy til (XI-XIII asrlar); g) eski ozbek adabiy tili (XIV-XIX asrlar); d) yangi ozbek adabiy tili ( XIX asrning oxiri XX-asrning 20-yillari). Hozirgi ozbek adabiy tili ana shu tarixiy ildizlardan osib chiqib, ozbek milliy tilining oliy formasi darajasiga kotarilgan. Ozbek tilshunosligida ozbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlarini boshqacharoq tasnif qilish holatlari ham uchraydi. Ozbek tilining taraqqiyot bosqichlarini kozdan kechirish qadimgi turkiy tildan Hozirgi ozbek adabiy tiligacha bolgan lisoniy taraqqiyot dinamikasini kuzatish, Hozirgi ozbek adabiy tilining qadimgi turkiy, eski turkiy va eski Ozbek adabiy tillaridan farqlarini aniqlash imkonini beradi. Bunday farqlarning paydo bolishi, odatda, ikki omilga asoslanadi: 1) muayyan tilning ichki taraqqiyot qonuniyatlariga – tilning ozidagi sistemaviy va strukturaviy hodisalar munosabatiga; 2) ikki yoki undan ortiq tillar ortasidagi kontaktga (interstrat munosabatiga). Ozbek tili taraqqiyotida eng qadimgi turkiy til va qadimgi turkiy til substrat (asos til) vazifasini, arab, tojik-fors va rus tillari esa superstrat (ustama til) vazifasini otagan. Substrat va superstrat tillar ortasidagi aloqa odatda bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (kop tillilik) sharoitida yuzaga keladi va tillar substratsiyasi deb ataladi: turkiy-arab, turkiy-fors, ozbek-arab, ozbek-tojik, ozbek-rus ikki tilliliklari sharoitida asos til bilan ustama tillar ortasida boglangan aloqalar ana shunday substratsiyalar sanaladi. Ayni shu omillar (ichki taraqqiyot qonuniyatlari bilan birga) qadimgi turkiy tildan hozirgi ozbek adabiy tiligacha bolgan davrda til strukturasida qator ozgarishlarni yuzaga keltirgan. Buni til sathlari va tizimlari boyicha keltirilgan quyidagi ma`lumotlardan anglab olsa boladi: 1.Tilning fonetik-fonologik sathida: a) qadimgi turkiy til vokalizmida 8 unli bolgan (a, , , u – orqa qator, yogon unlilar; , i, , – old qator, ingichka unlilar); b) eski turkiy til va eski Ozbek tillarida ham shu 8 unli saqlangan, ammo eski ozbek tilida old, qator lablanmagan e unlisi hisobiga vokalizm tizimi 9 unlidan iborat bolgan; v) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski zbek tillarida unli tovushlarning yogonlik-ingichkalik ziddiyati (oppozitsiyasi) bolgan: i-, -a, -u, – kabi; g) ozirgi ozbek adabiy tili vokalizmida unlilar miqdori 6 taga tushib qolgan (i, e, a, u, , o). Bu tizimda yogonlik- ingichkalik oppozitsiyasi yoq, ayrim tovushlarning sifat belgilari ham ozgargan. Masalan, orqa qator, lablanmagan a ornida kuchsiz lablangan o ( ) unlisi paydo bolgan. Qiyoslang: ata-ota, at-ot kabi; d) qadimgi turkiy til konsonantizmida b, m, p, v, s, z, t, d, n, l, r, ch, ch, y, q(k), g (g),n undoshlari bolgan, bu undoshlarning kopchiligi palatal (ingichka yoki yumshoq) va velyar (qalin) variantlarga ega edi; e) eski Ozbek adabiy tilida undoshlar 24 taga etgan (b, m, p, v, f, s, z, t, d, n, l, r, ch, ch, j, ,j ,y, q, k, g, g, n, x, h). Konsonantizm tarkibida undoshlar miqdorining ortishi osha davrdagi ozbek-arab va ozbek-fors ikki tilliligi (bi-lingvizmi) ta`sirida, shuningdek, ayrim undoshlarning divergentsiyasi (bir fonemaning ikki fonemaga ajralishi) natijasida sodir bolgan; j) Hozirgi ozbek adabiy tili konsonantizmida yuqoridagi 24 undoshning barchasi bor. Ayrim tilshunoslarning (masalan, prof, A. Abduazizovning) fikricha, rus tilidan ozlashgan sozlarda uchraydigan qorishoq ts ham ozbek tili undosh fonemalari qatoridan orin olgan deb qaralishi kerak.1 Yuqoridagi ma`lumotlar tahlilidan quyidagilar ma`lum boladi: a) qadimgi turkiy til konsonantizmida f,x,h,j,j undoshlari bolmagan. Ular eski turkiy til va eski ozbek adabiy tili davrida turli lisoniy (lingvistik) va nolisoniy(ekstralingvistik) omillar ta`sirida paydo bolgan; b) qadimgi turkiy tilda q va k undoshlari bir fonemaning nutqdagi ikki korinishi-ottenkalari bolgan, keyinchalik bu fonema divergentsiyaga uchrab, ikki mustaqil fonemaga aylangan; g va g undoshlari rivojida ham ayni shu jarayon (divergentsiya) bolganligini – gning g va gga parchalanganligini koramiz. 2.Nutq tovushlarining pozitsion va sintagmatik xususiyatlaridagi ozgarishlar: a) qadimgi turkiy tilda r, l, v, g(g), z, d, n undoshlari soz boshida qollanmagan. Eski ozbek adabiy tili va Hozirgi ozbek adabiy tilida esa bu tovushlar (n dan boshqalari) soz boshida ham ishlatiladi; b) m undoshi qadimda soz boshidagi b ning varianti sifatida qollangan, 1 Qarang: Abduazizov A. O zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. T.: O`qituvchi”, 1992, 19-20-b.
  • ammo soz ortasida va oxirida mustaqil fonema bolgan. Uning mustaqil fonema sifatida soz boshida qollanishi eski ozbek tilida bir qadar uchrab turadi, Hozirgi ozbek adabiy tilida esa uning soz boshida qollanishi ancha keng tarqalgan; v) qadimgi turkiy tilda undosh tovushlar soz boshida qatorlashib kelmagan. Bu xususiyat eski ozbek tilida ham saqlangan, ammo Hozirgi ozbek adabiy tilida esa undoshlarning soz yoki bogin boshida qatorlashib kelishi me`yoriy holatga aylangan; bu hodisa ozbek tiliga rus tilidan ozlashtirilgan sozlarga xos (brom, professor, shkaf, traktor, trolleybus, tramvay kabi); g) qadimgi turkiy tilda undosh tovushlarning soz oxirida qatorlashib kelishi juda kam uchraydi: qirq, alp(mergan ovchi), art(elka) kabi. Eski ozbek tilida undosh tovushlarning soz oxirida qatorlashib kelishi bir oz kopaygan (fors-tojik va arab tillaridan soz ozlashtirish hisobiga): dost (forscha ozlashma), hamd (arabcha ozlashma:maqtov), gisht (tojikcha ozlashma), gosht (tojikcha ozlashma) kabi. Hozirgi ozbek adabiy tilida bogin yoki soz oxirida ikki undoshning qatorlashib kelishi rus tili orqali ozlashgan sozlar hisobiga ancha kopaygan: boks, kodeks, kort, iks kabi; d) qadimgi turkiy va eski ozbek tillarida soz oxirida ikkita bir xil undoshning qavatlanishi (geminatsiya) bolmagan. Hozirgi ozbek adabiy tilida esa ikkita bir xil undoshning soz oxirida qavatlanishi uchrab turadi: gramm, klass, vatt, ball kabi ruscha-baynalmilal ozlashmalar buning dalilidir; e) qadimgi turkiy tilda sozning birinchi boginidan keyingi boginlari faqat undosh bilan boshlangan: o-na, o-ta, o-ga, i-ni, bo-la kabi. Bu hol soz tarkibida ikki unlining yonma-yon kela olmasligiga sabab bolgan. Eski ozbek tilida arab tili ozlashmalarining paydo bolishi bu qonuniyatga chek qoygan: saodat, oila, maorif, soat, foiz, mutolaa kabi. Hozirgi ozbek adabiy tilida esa ruscha-baynalmilal leksik ozlashmalar hisobiga bu hodisa yanada kengaygan: biologiya, zoologiya, geometriya, geografiya kabi. 3.Singarmonizm: 1) qadimgi turkiy til va eski ozbek tilida singarmonizm (soz tarkibidagi ozak va qoshimchalarda unlilarning uygunlashuvi) mavjud bolgan. qiyos qiling: kelduk (kel dagi e – old qator, ingichka unli q -duk dagi u ham old qator, ingichka unli) va barduk (bardagi a – orqa qator, yogon unliq-duk dagi u ham orqa qator yogon unli). Bu misollardagi unlilar til garmoniyasi qonuniyati asosida uygunlashgan. Kelip va korup soz shakllarining birinchisida (kelqipda) ozak va qoshimchadagi unlilar lablanmagan, ikkinchisida (korqup da) esa ozak va qoshimchadagi unlilar lablangandir. Demak, ikkinchi misolda unlilar lab garmoniyasi qonuniyati asosida uygunlashgan; 2) Hozirgi ozbek adabiy tilida singarmonizm oz mavqeini ancha yoqotgan. qiyos qiling: konlunuz (eski ozbek tilida) konglingiz (hozirgi ozbek adabiytilda), korup (eski ozbek tilida) – korib (hozirgi ozbek adabiy tilida) kabi. Izoh: singarmonizm qonuniyati hozirgi paytda qipchoq va oguz dialektlariga mansub ozbek shevalarida saqlangan: olgan (adabiy tilda)-algan( qipchoq lahjasi shevalarida), borgan (adabiy tilda ) – bargan (qipchoq lahjasi shevalarida), kelgan (adabiy tilda) kelgan (qipchoq lahjasi shevalarida), ottiz (adabiy tilda) – ottuz (qipchoq lahjasi shevalarida), uyimga (adabiy tilda) – uyuma (Ogiz lahjasi shevalarida) kabi. 4. Tilning lugat boyligida: 1) qadimgi turkiy tilda fors-tojik va arab sozlari bolmagan. Eski turkiy tilda fors-tojik va arab sozlari qollana boshlagan, eski Ozbek tilida bunday ozlashmalar ancha kopaygan: gul, gavhar, guruch, gOr (fors-tojik sozlari), madrasa, oila,fikr, firoq, hosil(arabcha sozlar). Hozirgi ozbek adabiy tilida bunday ozlashma sozlarning ayrimlari eskirgan (masalan, muvallidulhamuza, handasa, tarh kabilar), ularning ornida bir qator ruscha ozlashma termin va atamalar paydo bolgan ( kislorod, geometriya, avtobus, tramvay va b.lar); g) qadimgi turkiy tildagi ayrim sozlarning eski Ozbek tilida tojikcha sinonimlari paydo bolgan: chechak (turkiy)- gul (tojikcha), yogoch, yigoch (turkiy)- daraxt (tojikcha), oltin (turkiy)- tilla ( tojikcha), buloq (ozbekcha)-chashma (tojikcha), qirov (ozbekcha)- shabnam( tojikcha) kabi; q) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski ozbek tillarida qisqartma sozlar (abbreviaturalar) bolmagan. Hozirgi ozbek tilida bunday qisqartmalar anchagina bor: BMT, TDPU, SamDU kabi. Keyingi yillarda ozbek tili leksikasida IIB (Ichki ishlar bolimi), IIBB (Ichki ishlar bolimi boshqarmasi), IIV (Ichki ishlar vazirligi), DAN (Davlat avtoinspektsiya nazorati), OzMU (Ozbekiston Milliy universiteti), BuxDU (Buxoro davlat universiteti),
  • QarMII (qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti) kabi yangi qisqartma nomlar ham paydo boldi; 4)Ozbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, shuningdek, mustaqil Ozbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ma`rifiy islohotlar ozbek tili leksikasida yana bir qator yangi sozlarning yuzaga kelishiga yoki ayrim eskirgan sozlarning qayta tiklanishiga sabab bolmoqda: supermarket, fermer, aktsiyador, vazirlik, nozir, devonxona, ta`til kabilar shular jumlasidandir; O) rus tili va rus yozuvi ta`sirida yuzaga kelgan tok (elektor toki) va tok (uzum toki) kabi omograflar, tort (miqdor son)va tort (konditer mahsuloti) kabi omofonlar ham koproq Hozirgi ozbek adabiy tiliga xosdir. 5.Tilning grammatik qurilishida: 1) qadimgi turkiy va eski ozbek adabiy tillarida ot, sifat, son, olmosh, fe`l va ravish kabi mustaqil soz turkumlari bolgan. Bunday mustaqil sozlar Hozirgi ozbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski ozbek adabiy tillarida yordamchi sozlar komakchilar, boglovchilar va yuklamalar bolgan. Bunday turkumlarga xos sozlar Hozirgi ozbek adabiy tilida ham mavjud; q) qadimgi turkiy va eski ozbek tillarida undovlar va modal sozlar bolgan. Ular Hozirgi ozbek adabiy tilda ham bor; 4) qadimgi turkiy tilda ham, eski Ozbek tilida ham har bir soz turkumining oziga xos grammatik kategoriyalari (otlarda-egalik, kelishik, son; sifatlarda- daraja; fe`llarda – shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va b.lar) bolgan. Bu xususiyatlar Hozirgi ozbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, Hozirgi ozbek adabiy tilida qadimgi turkiy va eski ozbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi: 1) Hozirgi ozbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski ozbek adabiy tillaridagiga nisbatan miqdoran kop va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda ozakdan oldin qoshiluvchi affiks morfemalar (prefikslar) bolmagan. Bu tipdagi morfemalar eski Ozbek tilida va Hozirgi ozbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noorin, sersuv, sergap kabi; b) eski Ozbek adabiy tilida -ov,-ev, -ova, -eva, -ovna, -evna, -ovich, -evich kabi familiya va otchestvo yasovchi qoshimchalar bolmagan. Hozirgi ozbek adabiy tilida bunday qoshimchalar bor; v) eski ozbek adabiy tilida -lar affiksi koplikni (odamlar, qishloqlar kabi), birgalikni (Karimlar kelishdi), ma`no kuchaytirilishini (suvlar oqib yotibdi), chama yoki taxminni (qirq yillar boldi kabi) ifodalagan. Hozirgi ozbek adabiy tilida esa -lar affiksining sozlarni terminlashtirish funktsiyasi ham paydo bolgan: qirqquloqsimonlar, sutemizuvchilar. kabi; 2) qadimgi turkiy va eski Ozbek adabiy tillarida singarmonizm mavjud bolganligidan kopchilik morfemalarning yogon va ingichka turlari saqlangan: -miz va -miz ( baramiz va kelamiz kabi), -gan va -gon ( kelgan va borgon), -cho va -chi (yogcho azani boshqaruvchi va bedizchi- naqqosh kabi). Hozirgi ozbek adabiy tilida esa ulardan faqat bittasi standart forma sifatida saqlangan ( boramiz, kelamiz, borgan, kelgan, qoriqchi va ishchi kabi), -lOq va -lik haqida ham shu fikrni aytish mumkin; q) eski Ozbek adabiy tilidagi ba`zi affikslar Hozirgi ozbek adabiy tilida qollanmaydi. Masalan, -vul affiksi eski Ozbek adabiy tilida qorovul, yasovul, kabi sozlarni yasagan, hozir esa bu affiks soz yasash xususiyatini yoqotgan; 4) qadimgi turkiy tilda bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, vosita kelishigi (-n, -i, -in, -un, -un, -on, -en), jonalish kelishigi, orin-payt kelishigi, chiqish kelishigi bolgan. Hozirgi ozbek adabiy tilida shulardan bittasi – vosita kelishigi yoq. U qadimgi turkiy tilda bilan komakchisi funktsiyasiga teng bolgan: masalan, tilin sozlep, qolaqn eshidip (tili bilan sozlab, qulogi bilan eshitib. ) kabi. Hozirgi ozbek adabiy tilining dialektal asoslari. Ozbek tili bir qator shevalarni Oz ichiga oladi, bunday shevalar etnolingvistik nuqtai nazardan uchta katta lahjaga -qarluq, qipchoq va Oguz lahjalariga birlashtiriladi. Hozirgi ozbek adabiy tilining tarkib topishida ana shu uchta lahja shevalarining ishtirok etganligi tabiiy bir holdir, ammo ulardan qaysi biri adabiy tilga koproq darajada asos bolganligi masalasida tilshunoslar orasida yakdillik yoq. KOpchilik manbalarda Hozirgi ozbek adabiy tilining tayanch dialekti sifatida qarluq lahjasi, xususan, uning Toshkent-Fargona tipidagi shahar shevalari ishtirok etganligi korsatiladi1. Ammo ayrim 1 Bu haqda qarang: Reshetov V.V., Shoabduramonov Sh.Sh O zbek tili dialektologiyasi Toshkent: Ukituvchi”, 1978, 43- bet. Abduramonov G., Mamajonov S. O zbek tili va adabiyoti.- Toshkent: “O zbekiston”, 1995, 38- bet.
  • tilshunoslar (masalan, prof. X. Doniyorov, dotsent B. Toychiboyev) adabiy tilning tayanch dialekti masalasiga boshqacharoq yondashadilar: ularning fikricha, Hozirgi ozbek adabiy tilining tarkib topishida qipchoq lahjasiga mansub shevalar ham faol qatnashgan, shunga kora adabiy til me`yorlariga oid ayrim masalalar (xususan, vokalizm tizimi, alifbo tuzilishi) qayta korilishi kerak. Bu mualliflarning ta`kidlashicha, Hozirgi ozbek adabiy tili vokalizmida 6 ta emas, 8-9 ta unli fonema bor, ular i/O, a/a, u/u,O(o) /O(o) kabi kontrast juftliklarni hosil qiladi2. Hozirgi ozbek adabiy tilining grammatik qurilishida otning jOnalish, orin-payt va chiqish kelishiklaridagi shakllari Toshkent- Fargona gruppa shevalariga asoslanadi: -ga(j.k), -da(O-p.k) va -dan(ch.k) kabi. Boshqa shevalarda otning bu kelishiklaridagi shakllari quyidagicha boladi: Samarqand shevasida -ga formanti jOnalish va orin-payt kelishiklari ma`nosini ifodalaydi: Buxoroga ketopti (Buxoroga- otning jOnalish kelishigidagi shakli), Buxoroga Oqopti ( Buxoroga otning orin-payt kelishigidagi shakli) kabi. Oguz lahjasi shevalarida -ga ornida -ga (qurvaqaga), -ye(tangeye), -ne( erkine), -na(yanOna),-e(uyime) formantlari ishlatiladi. Bunday har xillik tushum va qaratqich kelishiklarida ham mavjud: -ni/-nO, -ning/-nOng (qipchoq lahjasi shevalarida), -ning/-ing,-nOng/-Ong (Iqon, qorabuloq, hazorasp shevalarida), -ni/-ti/-pi/-yi/-mi (Toshkent shevasida) kabi. Bunday kop variantlilik adabiy tilga kochirilmagan. Shuni ham aytish kerakki, kopchilik shevalarda tushum va qaratqich kelishiklari deyarli farqlanmaydi. Shuning uchun ham kelishiklar soni Toshkent, Fargona, Xeva-Urganch shevalarida -ota, qarshi shevasida 4tadir. qipchoq lahjasining j-lovchi shevalarida, qarluq-chigil-uygur lahjasining Iqon-qorabuloq dialektida esa ularning soni 6 taga etadi. Hozirgi ozbek adabiy tilining 6 kelishikli tizimga asoslanishida ana shu lahjalarning morfologik xususiyati hisobga olingan. Hozirgi ozbek adabiy tili kursi tilshunoslikning quyidagi bolimlarini Oz ichiga oladi: 1.Fonetika va fologiya. Bu bolimlarda Hozirgi ozbek adabiy tilining fonetik-fonologik sathiga oid tizimlar (vokalizm, konsonantizm), segment va supersegment birliklar ( fonema, bogin, urgu, intonatsiya, fraza, takt), prosodik elementlar (temp, tembr, ritm, melodika, pauza va b.lar), ularning til va nutqdagi roli haqida fikr yuritiladi. 2.Grafika va orfografiya. Bu bolimlarda Hozirgi ozbek adabiy tilining yozuv tizimlari (kirillcha va lotincha Ozbek yozuvlari), ularning asosiy komponentlari va belgilari, orfografiya printsiplari va qoidalari xususida bahs yuritiladi. 3.Orfoepiya. Bu bolimda Ozbek tilining togri (adabiy) talaffuz me`yorlari, ularni belgilovchi omillar haqida ma`lumot beriladi. 4.Leksikologiya va frazeologiya. Bu bolimlarda Ozbek tilining lugat boyligi, uning rivojlanish qonuniyatlari, lugaviy birliklarning qatlamlanishi, turlari, leksik-semantik va tematik guruhlari, leksema va frazemalarning semantik tarkibi, qollanish xususiyatlari Organiladi. 5.Leksikografiya. Bu bolimda lugatchilik, lugat tiplari va turlari, lugatlarning tuzilish printsiplari, lugat maqolalarining sxemalari, lugatlarning amaliy ahamiyati xususida bahs yuritiladi. 6.Morfemika. Bu bolimda soz yoki sozning grammatik shakllari tarkibidagi ma`noli qismlar morfemalar xususida, morfemalarning funktsional-semantik, strukturaviy va pozitsion tavsifi haqida ma`lumot beriladi. 7.Soz yasalishi. Bu bolimda Ozbek tilining soz yasash usullari, ularning soz turkumlari boyicha tavsifi, tarixiy va hozirgi soz yasalishi kabi masalalar yoritiladi. 2 Bu haqda qarang: Daniyarov X. Opt izucheniya djekayuix dialektov v sravnenii s o zbekskim literaturnm yazkom.- Tashkent:.”Fan”, 1975, s.224-225. ego je: Vostochno-kpchakskie (djekayuie) govor i ix uchastie v razvitii o zbekskogo literaturnogo yazka. ADD, Tashkent, 1977, s 46-47. Yana qarang: Tuchiychiboev B.O zbek tilining tarakkiyot boskichlari- Toshkent:”Uituvchi” ,1996, 174-.
  • 8.Morfologiya. Bu bolim grammatikaning bir qismi bolib, unda grammatik ma`no va grammatik shakllar, shular orasidagi aloqadorlik asosida yuzaga kelgan grammatik kategoriyalar, sozlarni turkumlarga birlashtirish printsiplari, har bir soz turkumining ma`no turlari, morfologik belgilari, gapdagi funtsional xarakteristikasi haqida fikr yuritiladi. 9.Sintaksis. Bu bolim grammatikaning ikkinchi qismi bolib, unda soz birikmalari va gap turlari, sozlarning grammatik munosabatga kirishish yollari Organiladi. 10.Punktuatsiya. Bu bolimda yozuv sistemasining uchinchi komponenti(birinchi komponenti-grafika, ikkinchi komponenti-orfografiya) xususida ma`lumot beriladi. U sintaksis bilan parallel` ravishda Organiladi, chunki tinish belgilarining qollanishi, asosan, gap ichida va nutqda namoyon boladi. Tekshirish savollari 1.Hozirgi ozbek adabiy tili kursi nimani organadi? 2.Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qoyilgan? 3.Nima uchun adabiy til milliy tilning oliy formasi sanaladi? Belgilari? 4.Adabiy til bilan dialekt, sheva va funktsional stillar ortasidagi munosabatlar va tafovutlar nimadan iborat? 5.Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari qanday farqlanadi? 6.Til taraqqiyotini belgilovchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni qanday tushunasiz? 7.Adabiy tilning vazifa doirasi? 8.Hozirgi ozbek adabiy tilining qanday tarixiy ildizlari bolgan? 9.Bunday tarixiy ildizlar va jarayonlardan xabardor bolishning amaliy ahamiyati nimada? 10.Qadimgi turkiy til vokalizmi qanday unlilardan tarkib topgan? 11.Eski turkiy va eski ozbek adabiy tillari vokalizmi haqida nimalarni bilasiz? 12.Vokalizm tizimidagi kontrast juftliklarni qanday tushunasiz? 13.Hozirgi ozbek adabiy tili vokalizmida nechta unli bor? Ular yogonlik-ingichkalik belgisiga kora kontrast juftliklarni hosil qiladimi? 14.Qadimgi turkiy til konsonantizmi qanday undoshlardan tarkib topgan? Eski Ozbek adabiy tili konsonantizmi-chi? 15.Hozirgi ozbek adabiy tili va qadimgi turkiy til undoshlari tizimining asosiy farqlari nimada? 16.Qadimgi turkiy tildan Hozirgi ozbek adabiy tiligacha bolgan tarixiy taraqqiyot jarayonida fonemalarning paradigmatik va sintagmatik xususiyatlarida qanday ozgarishlar yuz bergan? 17.Singarmonizm nima? Hozirgi ozbek adabiy tilida singarmonizm bormi? Shevalarda-chi? 18.qadimgi turkiy tildan Hozirgi ozbek adabiy tiligacha bolgan davrda tilning leksik sathida (lugat boyligida) qanday ozgarishlar bolgan? 19.Tilning grammatik qurilishida bolgan ozgarishlar haqida nimalarni bilasiz? 20.Hozirgi ozbek adabiy tilining dialektal asoslari haqida qanday fikrlar bor? 21.Ozbek tili shevalari qanday lahjalarga birlashadi? 22.Hozirgi ozbek adabiy tili kursining qanday bolimlari bor? Adabiyotlar 1. H.Jamolxonov. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent, 2005. 2. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent. 1992. 3. G.Abdurahmonov, S.Mamajonov. Ozbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1995. 4. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. Ozbek tili. Toshkent, 2004. 5. Sh.Ranmatullayev. Hozirgi adabiy ozbek tili. Toshkent, 2007. 6. R.Sayfullaeva va b.Hozirgi ozbek titi. Toshkent, 2009.
  • Maruza 2. Fonetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: 1. Fonetikaning predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga kora turlari. 3. Bu sohada qilingan tadqiqotlar Tayanch tushunchalar: Fonetika – tilshunoslikning fonetik birliklar, ular-ning fizik-akustik va h.k. xususiyatlari haqida ma`lumot beruvchi bolimi. Segment birliklar – soz yoki morfema tarkibida (yoki nutq oqimida) gorizontal chiziq boylab birin-ketin keladigan birliklar: nutq tovushi, bogin, fonetik soz, takt, fraza. Supersegment birliklar – urgu, ohang, melodika, pauza kabi ustama hodisalar, ular sozga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bolishi bilan segment birliklardan farq qiladi. Shakllantiruvchi vazifa fonetik birliklarning qurilish materiali, leksema yoki morfemalarning ifoda planidagi moddiy asos sifatidagi vazifalari. Tanituvchi vazifa – fonetik birliklarning soz qiyofasini tanib olish va shu orqali sozning ma`nosini eslab qolish uchun xizmat qilishi. Fonetik soz – nutq tovushlarining ma`lum tartibda joylashuvidan tarkib topgan sozning fonetik qiyofasi, leksemaning ifoda plani. Umumiy fonetika – fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma`lumot beruvchi turi. Xususiy fonetika – fonetikaning muayyan bir til tovush-lari, ularning turlari, fizik-akustik va artikulyatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi. Tarixiy fonetika – xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan til tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tarixiy taraqqiyotda) Organadi. Tavsifiy fonetika – xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan tilning fonetik tizimini statika holatida (til taraqqiyotining oldingi bosqichlarida yuz bergan hodisalar bilan boglamay) Organadi. Qiyosiy fonetika qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab Organadigan fonetika. Eksperimental (instrumental) fonetika – nutq tovushlari, urgu kabi birliklarning fizik-akustik va artikulyatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida organadigan fonetika. Fonetikaning predmeti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush tomoni nutq tovushlari bogin, urgu, ohang (intonatsiya, melodika) kabi birliklarni Oz ichiga oladi. Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va lingvistik- funktsional asoslarini organish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urgu, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini organish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; v) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; g) talabalarda fonetik tahlil konikmalarini shakllantirish; d) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida qisqacha ma`lumot berish. Har qanday tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhgasegment va supersegment birliklarga bolinadi: a) segment birliklarga nutq tovushlari va bogin kiradi. Bunday birliklar soz yoki morfemalar tarkibida birin-ketin keladi, yotiq (gorizontal) yonalishda bir-biriga ulanib, zanjirsimon tarzda joylashadi. Masalan, kitob sozidagi ota tovush (k,i,t,o,b) va ikkita bogin(ki-tob) segment birliklar, demak, shu soz tarkibidagi qismlar sanaladi. b) supersegment birliklarga urgu, ohang, melodika, pauzalar kiradi. Bunday birliklar sozga, frazaga, gapga yoki
  • nutqqa yaxlit aloqador bolib, ularni soz, gap yoki nutqdan ajratilgan holda tasavvur qilib bolmaydi. Shuning uchun ularni ustama hodisa (M.Mirtojiev) deb nomlash hollari ham uchraydi. Fonetik birliklar til tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) shakllantiruvchi vazifa (ruscha: obrazuyuhaya funktsiya). Bunda fonetik birliklarning soz yoki morfemalar tarkibida yoxud gap va nutq tuzilishida qurilish materiali sifatida ishtirok etishi nazarda tutiladi. Chunonchi, paxta sozining tarkib topishida 5ta tovush (p, a, x,t,a), ikkita bogin ( pax-ta) va bitta soz urgusi (paxta) qurilish materiali vazifasida qatnashgan, bu birliklarning shu tartibda joylashtirilishidan paxta sozining tovush qiyofasi – fonetik soz shakllangan. Ohang, melodika, pauza kabi supersegment birliklar esa gap qurilishida yoxud nutqning tarkib topishida ustama hodisa sifatida qatnashadi: darak, soroq va buyruq gaplarning oziga xos intonatsiyalari, she`riy misralardagi ohang tovlanishlari bunga misol boladi; 2) tanituvchi vazifa (ruscha: opoznavatel`naya funktsiya). Bunda fonetik soz tarkibidagi fonetik birliklarning shu sozni va uning ma`nosini tanib olish va eslab qolish uchun xizmat qilishi nazarda tutiladi: soz va uning ma`nosi (yoxud morfema va uning ma`nosi) shu sozning (yoki morfemaning) fonetik qobigi tufayligina inson xotirasida doimiy yashaydi. Masalan, inson paxta sozini (fonetik sozni) eshitganda yoki oqiganda, uning xotirasida goza osimligining oq tolali yumshoq mahsuli, taxta sozini eshitganda yoki oqiganda esa goladan uzunasiga tilib olingan yassi yogoch bolagi esga keladi, bu hol har bir sozning fonetik qobigi bilan shu sozning mazmun planidagi ma`nolar ortasida doimiy aloqa borligidan (shakl va mazmun birligidan) dalolat beradi. Kopchilik sozlarning fonetik tarkibi ozaro farqli bolishini hisobga olsak, bunday farqlar soz ma`nolarini tafovutlash uchun xizmat qilishi ham ma`lum boladi: qishloq ni pishloqdan, gozani kozadan, uynikuydan farqlash imkoni yaratiladi. Demak, soz va grammatik formalar ozining tovush materiyasi tufayligina nutqda ma`lum ahamiyat kasb etadi. Tovushgina soz yoki soz shaklini eshituvchi uchun borliq tusiga kiritadi. (Bu haqda darslikning Fonologiya bolimida tolaroq ma`lumot beriladi). Fonetika fani tilning tovush tomonini turli usulda va turli maqsadlarda organadi, shunga kora uning quyidagi turlari ozaro farqlanadi: 1.Umumiy fonetika. Fonetikaning bu turi barcha tillarning tovush tomoni uchun umumiy bolgan qonuniyatlar va hodisalar bilan tanishtiradi. Masalan, barcha tillarda fonetik birliklarning fizik-akustik tabiati, anatomik-fiziologik (biologik) asosi va lingvistik-funktsional jihatlari bor; barcha tillarda nutq tovushlari fonema tiplariga birlashadi, barcha tillarda fonemalar fonologik oppozitsiyalar (ziddiyatlar) va korrelyatsiyalarni yuzaga keltiradi, shular orqali fonologik sistemalar shakllanadi. Tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatiga xos bolgan bunday nazariy masalalarni korish umumiy fonetika predmeti sanaladi. 2.Xususiy fonetika. Fonetikaning bu turi konkret bir tilning fonetik tizimi haqida ma`lumot beradi: Ozbek tili fonetikasi, rus tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi. Xususiy fonetika ayrim olingan bir tilning fonetik tizimini organishda umumiy fonetika xulosalariga, shuningdek, fonetikaning boshqa turlarida toplangan tajribalarga tayanadi. Uning quyidagi ikki turi bor: a) tavsifiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar va faktlar statik holatda(shu tilning oldingi tarixiy taraqqiyoti bilan boglanmay) organiladi. Xususan, Hozirgi ozbek adabiy tili fonetikasi ham aslida tavsifiy fonetikadir, chunki unda ozbek tilining fonetik tizimi, bu tizimda mavjud bolgan fonetik faktlar (unli va undosh tovushlarning miqdor va sifat belgilari, tasnifi, urgu, bogin va hokazolar) hozirgi ozbek tilida qanday bolsa, shundayligicha (tarixiy jarayon va faktlarga boglanmay) organiladi. Hozirgi ozbek adabiy tilining tavsifiy fonetikasi Hozirgi ozbek adabiy tili kursi boyicha nashr etilgan kopchilik darsliklarda, shuningdek, Uzbekskiy yazik (Reshetov V.V., 1959y.), Osnovi fonetiki i grammatiki uzbekskogo yazika (Reshetov V.V, 1965-y.), Obshaya xarakteristika osobennostey uzbekskogo vokalizma (Reshetov V.V., 1949-y.), Foneticheskaya sistema uzbekskogo literaturnogo yazika. ADD(A. Mahmudov, 1980-y.), Hozirgi ozbek adabiy tili dan metodik korsatmalar va konspektiv kurs: fonetika, orfoepiya,
  • grafika va orfografiya (Tursunova T., Jamolxonov H., 1981-y.), Ozbek tili fonetikasi (Mirtojiev M.M., 1991-y., 1-nashri; 1998-y., 2-nashri), Hozirgi ozbek adabiy tili. M`ruzalar matni (Jamolxonov H., 2000-y.) kabi ishlarda hamda Sochetanie glasnix i soglasnix v sovremennom uzbekskom literaturnom yazike (A.Ishaev., 1985-y), Reduktsiya glasnix v uzbekskom yazike: tipi, funktsiya, programmirovanie (S.Atamirzaeva, X. Yuldasheva, D. Mamatov,1985-y) kabi maqolalarda bayon etilgan; b) tarixiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar va faktlar shu tilning uzoq tarixiy taraqqiyoti bilan boglab organiladi, shu asosda muayyan tilning fonetik-fonologik tizimida yuz bergan tarixiy ozgarishlar ( divergentsiya, konvergentsiya faktlari, fonologik tizimdagi eskirish va yangilanish jarayonlari) aniqlanadi. Shunga kora u diaxron fonetika deb ham yuritiladi. Ozbek tilshunosligida ozbek tilining tarixiy fonetikasiga oid ma`lumotlar V.V. Reshetov, F.Abdullaev, G.Abdurahmonov, A. Rustamov, E.Fozilov, Sh.Shukurov, A.Mahmudov, S.Ashirboev, H.Ne`matov, B.Toychiboyev kabi tadqiqotchilarning ishlarida berilgan: Qadimgi turkiy til (Abdurahmonov.G., Rustamov.A.,1982-y.), Fonetiko-morfologicheskie osobennosti yazika Alishera Navai, ADD (Rustamov A., 1966-y.), Nekotorie voprosi istoricheskoy fonetiki uzbekskogo yazika (A.Rustamov, 1985), K istorii utrato singarmonizma v uzbekskom yazike (F.Abdullayev, 1985), Foneticheskie i morfologicheskie osobennosti yazika Xibatul haqayiq, AKD (Mahmudov A. 1964-y.), Ahmad Yugnakiyning Hibatul haqoyiq asari haqida (Mahmudov A. 1972-y.), Qadimgi obidalar va Alisher Navoiy tili (Fozilov.E., 1969y.), XIV asr Xorazm yodnomalari(Fozilov E, 197qy.), utbning Xusrav va Shirin dostoni va ozbek adabiy tili (Ashirboev S., 1997y.), Ozbek tili tarixiy fonetikasi (Ne`matov H., 1992y.), Ozbek tili tarixiy fonetikasi( Toychiboev B., 1990y.), Ozbek tilining taraqqiyot bosqichlari (Toychiboev.B., 1996y.), Ozbek adabiy tili tarixi(Muxtorov. A., Sanaqulov U., 199Oy), Alisher Navoi kak osnovopolojnik uzbekskogo literaturnogo yazika (A.K. Borovkov, 1946.), A tovushining XV asrdagi sifat xususiyatlari haqida (E. Umarov., 19h2),XV asr Ozbek tili unlilari haqida(E. Umarov, 19h2),Grammatika sarouzbekskogo yazika(A.M. Sherbak, 1962) kabi ishlar shular jumlasidandir. 3.Qiyosiy fonetika. Fonetikaning bu turi qardosh tillarning (masalan, Ozbek, qozoq, qirgiz, turkman va boshqa turkiy tillarning) fonetik tizimidagi umumiy va xususiy jihatlarni aniqlash imkonini beradi: Sravnitel`naya fonetika tyurskix yazikov (A.M. herbak, 1970), Sravnitel`no- istoricheskaya grammatika tyurskix yazikov(B.A.Serebrennikov, N.Z.Gadjieva,19h6) kabi ishlar shular jumlasidandir. Ozbek tilshunosligida noqardosh tillarning, xususan, Ozbek va rus tillarining fonetik tizimlarini qiyosiy organishga ham alohida e`tibor berilmoqda: Russkaya grammatika v sopostavlenii s uzbekskim yazokom (Polivanov e.D., 19qqy.), Kratkiy ocherk fonetiki russkogo yazika v sopostavlenii s fonetikoy uzbekskogo yazika (Kissen I.A., 1952y.), Kurs sopostavitel`noy grammatiki russkogo i uzbekskogo yazikov (Kissen I.A., 1966, 1969, 1971, 1979 yillar), Sopostavlenie foneticheskix yavleniy russkogo i uzbekskogo yazikov v rechevom potoke, AKD (Asfandiyarov I.U., 1968y.), Ozbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi (Azizov O., Safaev A., Jamolxonov H. 1986y.) kabi ishlar buning dalili. Ozbek va rus tillari fonetikasini qiyosan organish rus maktablarida ozbek tilini, ozbek maktablarida esa rus tilini oqitish uslubiyatini takomillashtirish nuqtai nazaridan, shuningdek, Ozbek-rus bilingvizmi (ikki tilliligi) masalalarini, bunday bilingvizmning har ikkala til strukturasi va sistemasiga ta`sirini aniqlash pozitsiyasidan foydalidir. 2.Eksperimental (instrumental) fonetika. Fonetikaning bu turida nutq tovushlarining fizik-akustik va artikulyatsion jihatlari maxsus asboblar (pnevmograf, ostsilograf, fonograf, spektrograf va boshqalar) yordamida tadqiq qilinadi, shu asosda tovushlarning sifat va miqdor belgilari (balandligi, kuchi, tembri, spektri, choziqlik darajasi), ularning artikulyatsiyasi (hosil bolish orni, usuli) aniqlanadi. Bunday tadqiqot natijalaridan fonetik birliklarning fonologik jihatlarini tavsiflashda foydalaniladi.
  • Ozbek tilshunosligida eksperimental fonetikaning rivojlantirilishida Mahmudov Ahmadjon va Otamirzaeva Sora kabi fonetistlarning xizmati katta. Bu tilshunoslarning qator ishlarida Ozbek tili fonetik tizimining tovushlari, urgu, bogin kabi birliklari ayni shu usulda tadqiq qilingan: Unlilar (Mahmudov.A.,1992y). SoglasnOe uzbekskogo literaturnogo yazika (Mahmudov A., 19h6y.), Sonornie uzbekskogo yazika (Maxmudov, A., 19h0.), Slovesnoe udarenie v uzbekskom yazike (Maxmudov.A., 1960.), Zvukovoy sostav namanganskogo govora uzbekskogo yazika. Eksperimental`noe issledovanie, AKD (Atamirzaeva.S.,196q.), Eksperimental`no – foneticheskoe issledovanie namanganskogo govora uzbekskogo yazika (Atamirzaeva. S., 1974y.), Akustiko-artikulyatsionniy analiz uzbekskoy rechi primenitel`no k audiometrii (Atamirzaeva. S. v soavtorstve, 1979y.) kabi ishlar fikrimizning dalili. Tekshirish savollari 1. Fonetikaning predmeti? 2. Fonetikaning maqsadi? 3. Fonetik birliklarga nimalar kiradi? 4. Segment va supersegment birliklar qanday farqlanadi? 5. Fonetik birliklarning shakllantiruvchi va tanituvchi vazifalarini qanday tushunasiz? 6. Fonetik soz nima? 7. Fonetikaning qanday turlari bor? 8. Umumiy fonetika nimani Organadi? Xususiy fonetika-chi? 9. Tavsifiy (sinxron) va tarixiy (diaxron) fonetika-larning farqi nimada? Bu sohalarda ishlagan va ishlayotgan tilshunoslardan kimlarni bilasiz? 10. qiyosiy va eksperimental fonetikalarda nimalar tadqiq qilinadi? Bu sohaga oid ishlardan qaysilarini bilasiz? Adabiyotlar 1.H.Jamolxonov. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent, 2005. 2.U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi ozbek adabiy tili. Toshkent. 1992. 3.G.Abdurahmonov, S.Mamajonov. Ozbek tili va adabiyoti. Toshkent,1995. 4. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. Ozbek tili. Toshkent, 2004. 5.Sh.Ranmatullayev. Nozirgi adabiy Ozbek tili. Toshkent, 2007. 6.R.Sayfullaeva va b.Nozirgi Ozbek titi. Toshkent, 2007 Maruza 3. Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga kora turlari Reja: 1. Fonetikaning tort aspekti. 2.Fonetikaning predmeti maqsad va vazifalari. 3. Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga kora turlari. 4. Fonologiya. 5.Fonemika. 6. Fonemalarning differensial va integral belgilari. Tayanch tushunchalar. Tovushning fizik-akustik tabiati- tovushning balandligi, kuchi, tembri, choziqligi, ularning eshitilish xususiyatlari. Gers- tebranayotgan jismning (mas., un paychalarining) tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib kelishi. . Infratovush – 16 gersdan kam chastotali tovush.
  • Ul`tratovush 20000 gersdan ortiq chastotali tovush. Tovushning kuchi- 1sm2 maydondan 1sekundda otadigan energiya miqdori. U detsibel bilan olchanadi. Tovush tembri- tovushning asosiy ton (ovoz) va yordamchi tonlar (obertonlar) qoshilmasidan tarkib topuvchi sifati. Spektograf- tovush formantlarini aniqlovchi maxsus apparat. Tovush choziqligi- tebranishning oz yoki kop vaqt davom etishi. Tovushning sifat belgilari- tovushning balandligi, kuchi (intensivligi), tembri. Brok markazi – bosh miya qobigidagi markaziy nerv sistemasiga kiruvchi nerv xujayralarining bir turi. . Eshituv markazi – bosh miya qobigi tizimiga kiruvchi nerv xujayralarining yana bir turi. U eshitish a`zolaridan keladigan ta`sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi. Artikulyatsiya – nutq a`zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati. Artikulyatsiya bazasi- til egalarida shu tilga xos artikulyatsiyani amalga oshirish uchun shakllangan psixologik va fiziologik konikmalar. Ekskursiya- artikulyatsiyaning birinchi bosqichi. Toxtam (ish holati)- artikulyatsiyaning ikkinchi bosqichi. Rekursiya – artikulyatsiyaning uchinchi bosqichi (talaffuzning qaytishi). Pertseptiv aspekt – fonetikaning eshitish va his etish bilan bogliq jarayonlarini organuvchi aspekti. Fonemalarning differensial belgilari – Ozaro qarama-qarshi qoyilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari. Fonemalarning integral belgilari – Ozaro qarama- qarshi qoyilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari. Fonologik oppozitsiya – differensial belgilar asosida ikki fonemaning bir-biriga qarama- qarshi qoyilishi (fonologik zidlanish). Gradual oppozitsiya – pogonali zidlanish. Korrelyatsiya – bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori. Artikulyatsiya orni – talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a`zosi yoki shu a`zoning faol ishtirok etayotgan qismi. Tilning tovush tomoni ancha murakkab hodisadir: a) har qanday tovushning fizik- akustik tabiati bor; b) har qanday nutq tovushining biologik asosi (nutq a`zolarining harakati va holati bilan bogliq jihatlari) mavjud; v) har qanday nutq tovushlari talaffuz etiladi va eshitiladi. Fonetik birliklarning ana shu jihatlarini Organish fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik, pertseptiv va lingvistik-funktsional aspektlari deb qaraladi. Fizikakustik aspekt. Eksperimental fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning fizik tabiatini tadqiq qiladi. Fonetik birliklarning fizik tabiatiga tovushning balandligi, kuchi, tembri, choziqligi kiradi. Tovushning ovoz, shovqin, qoshimcha (yordamchi) ton kabi komponentlari ham fizik- akustik omillar sanaladi. 1.Tovushning balandligi – tovushning un paychalari tebranishi chastotasiga bogliq sifati. Ma`lum vaqt Olchovida (masalan, bir sekundda) un paychalarining tebranish miqdori qancha kop bolsa, tovush shuncha baland boladi yoki, aksincha, shu vaqt Olchovi hisobida un paychalari qancha kam (siyrak) tebransa, tovush shuncha past chiqadi. Tebranayotgan jismning, masalan, un paychalarining tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib kelishi bitta tola tebranish sanaladi, ana shu bitta tola tebranish bir gers hisoblanadi, demak, baland ovozda gerslar miqdori kop(tebranish zich), past ovozda esa gerslar miqdori kam (tebranish siyrak) boladi. Insonning eshitish qobiliyati 16 gersdan 20000 gersgachadir: 16 gers eshitishning eng quyi pogonasi, 20000 gers esa eshitishning eng yuqori pogonasi hisoblanadi.
  • 16 gersdan kam chastotali tebranish infratovush, 20000 gersdan ortiq chastotali tebranish esa ultratovush sanaladi. Inson oddiy sozlashuvda 100 gersdan 400 gersgacha balandlikdagi tovushni qollaydi. Insonning eng past tovushi bas ( u 40 gersga teng), eng baland tovushi esa sopranodir( u 170 gersga teng). Nutqda tovushning baland-past tarzda tolqinlanishi melodikani yuzaga keltiradi, melodika esa gapning ifoda maqsadiga yoki emotsionallikka kora turlarini belgilashda, sintagmalarni, kirish soz yoki kiritma gaplarni ifodalashda muhim vosita sanaladi. Shuni alohida-alohida ta`kidlash kerakki, tebranish chastotasi nutqda boshqa akustik vositalar (urgu, intonatsiya, temr, temp kabilar) bilan munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil qilishi ham mumkin, bunday murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv-stilistik maqsadlarda, ayniqsa, she`riy misralardagi tovush tovlanishlarini tarkib toptirishda foydalaniladi. 2.Tovushning kuchi (intensivligi) – 1sm2 maydondan 1 sekundda otadigan energiya miqdori. Bunday energiya miqdorining kop yoki oz bolishi tebranish amplitudasining (kengligining) katta yoki kichikligiga bogliqdir; tebranish amplitudasining katta bolishi unga berilayotgan zarba darajasiga, masalan, opkadan kelayotgan havo oqimi kuchiga bogliq. Masalan, zarb urgusini (dinamik urguni) yuzaga keltirishda havo zarbi kuchli boladi. Demak, tovush kuchining nutqdagi ahamiyati koproq zarb urgusini ifodalashda namoyon boladi. Tovush kuchi odatda detsibel bilan olchanadi. Masalan, soatning chiqillashi 20 db, pichirlash 40 db, yarim ovoz bilan gapirish-60 db, baland ovoz bilan gapirish-h0 db, simfonik orkestr ovozi-100 dan 110 detsibelgacha boladi. 130 detsibeldan ortiq kuchdagi tovush quloqqa ogriq beradi, insonni noxush qiladi. 3.Tovush tembri – tovushning asosiy ton va yordamchi tonlar (oberton, parsial tonlar) qoshilmasidan tarkib topadigan sifati. Tovush tembrini ifodalovchi va uning boshqa tovushlar tembridan farqini korsatuvchi chastotalar formantlar deyiladi. Tovush formantlari maxsus eksperimental apparat -spektograf yordamida aniqlanadi. Tovush tembrining turli xil formantlarga ega bolishida bogiz boshligi, halqum, ogiz boshligi va burun boshligi maxsus rezonatorlik (akustik fil`trlik) vazifasini bajaradi: bunday boshliqlarning turli shaklga kirishi, hajmi, undagi a`zolarning harakati-holati tovushning boyoqdorligini (sifat belgilarini) ozgartirib turadi, shu tariqa fonemalarning Ozaro farqlanishi ta`minlanadi. Odatda, tovush tembri unli fonemalarda muhim rol` oynaydi: hamma unli fonemalarda ovoz bor, ammo ular bir-biridan tembri bilan farq qiladi. Ayni paytda, tovush tembri ayrim undoshlarni, masalan, sonantlarni farqlashda ham qatnashadi. Bulardan tashqari, tembr nutqning supersegment birligi, ovoz tovlanishlari tarzida ham namoyon boladi: quvnoq tembr, ma`yus tembr kabi. Tembrning bu turlari nutqning ekspresssiv-emotsional xususiyatlarini ta`minlaydi. 4.Tovush choziqligi- tebranishning oz yoki kop vaqt davom etishi. Tovush choziqligi ikki xil boladi; a) fonologik choziqlik (birlamchi choziqlik). Bunday choziqlik, odatda, ma`no ajratish uchun xizmat qiladi. Masalan, turkman tilida yilqi ma`nosidagi ot sozi bilan ism ma`nosidagi ot sozining ma`nolari shu sozlar tarkibidagi o unlisining choziqlik darajasi bilan farqlanadi; ot (ad- yilqi) -o:t (a:d-ism) kabi; b) fonetik choziqlik (ikkilamchi choziqlik)- sof fizik-akustik faktorga asoslangan (fonologik vazifa bajarmaydigan) choziqlik. Masalan, urguli bogindagi unli bir oz choziladi, ammo u soz ma`nosini farqlash uchun xizmat qilmaydi (atlas va atlas kabi ayrim holatlar bundan mustasno). Shuningdek, imon sozi boshidagi i choziqroq talaffuz etilganidan, unda bir y orttiriladi yoki shahar, zahar sozlarida hning tushib qolishi natijasida ikki a yonma-yon kelib, bir choziq a tarzida talaffuz qilinadi (sha:ar,za:ar kabi), ammo bu holat soz ma`nolarini ozgartirmaydi. Izoh; Nutq tovushlarining balandligi, kuchi (intensivligi) va tembri ularning sifat belgilari sanaladi, tovushning choziqligi esa miqdor belgisi hisoblanadi. Anatomik-fiziologik aspekt. Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning biologik asosini – inson organizmidagi ayrim a`zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning tuzilishi va faoliyatini Organadi. Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bolish mumkin:
  • 1) nutq a`zolarining anatomiyasi; 2) nutq a`zolarining fiziologiyasi; 3) nutq a`zolarining ijro kechimi. 1.Nutq a`zolarining anatomiyasi deyilganda shu a`zolarning shakli, tuzilishi, orni nazarda tutiladi. Bunday a`zolar quyidagi apparatlarga birlashadi: a) nafas apparati – opka, bronxlar, traxeya, diafragma, kokrak qafasi. Bu apparat a`zolari tovush hosil qilish uchun zarur bolgan havo oqimini boshqa a`zolarga etkazib beradi, shu ma`noda havo manbai sanaladi; b) bogiz boshligi- traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, chomichsimon, ponasimon, shoxsimon togaylar mavjud. Bu apparatdagi eng faol a`zolar un paychalaridir: -un (ovoz) paychalari tinch holatda turganda, ularning oraligi ochiq boladi, natijada nafas apparatidan kelayotgan havo oqimi shu oraliqdagi paychalarni tebratmay otadi. Bunday vaziyatda ovoz hosil bolmaydi; – ovoz paychalari tortilgan ( taranglashgan) da, ular orasidagi ochiq boshliq yumuq holatga keladi, natijada havo oqimining yoli tosiladi, havo oqimi taranglashgan un paychalariga urilib, uni tebratadi. Bunday tebranish ovozni (asosiy tonni) yuzaga keltiradi. Shuning uchun bogiz boshligi ovoz manbai hisoblanadi. Ovoz esa unli tovushlarni, jarangli va sonor undoshlarni shakllantirishda fizik komponent sifatida qatnashadi. -ovoz paychalari boshroq tortilgan holatda shu paychalar orasida torroq boshliq yuzaga keladi, havo oqimi shu boshliqdan sirgalib, ishqalanib otadi, ammo un paychalarini tebratmaydi., natijada shovqin hosil boladi, bu shovqin pichirlab yoki shivirlab gapirganda qollanadi; v) halqum- bogizdan yuqoriroqda joylashgan boshliq. U uch qismdan iborat: pastki qismi hiqildoq(bogiz)ga tutashgan orni; orta qismi-halqumning ogzi. Bu qism ogiz boshligi tomonga ochilgan boladi; yuqori qismi- burun boshligiga va eshitish paylariga birikkan (tutashgan) qismi; g) ogiz boshligi- til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay, til osti muskulidan iborat apparat. U orqa tomonidagi tomoq orqali halqumga tutashadi; d) burun boshligi – qoshimcha ton manbai. U yumshoq tanglay oxiridagi kichik tilning quyi tomon harakat qilishi natija-sida rezonatorga aylanadi: havo oqimining bir qismi burun boshligidan otib, qoshimcha tonlarni yuzaga keltiradi. Ozbek tilining m,n,ng undoshlari shu apparat ishtirokida yuzaga keladi. Faol a`zolar: lablar; tilning old qismi; tilning orta qismi; tilning orqa qismi; til Ozagi; kichik til; yumshoq tanglay ; halqumning orqa qismi. Nofaol a`zolar : old tomondagi yuqori tishlarning uchi; old tomondagi yuqori tishlarning orqa qismi; qattiq tanglayning old qismi; tanglayning orta qismi; yumshoq tanglayning old qismi; yumshoq tanglayning orqa qismi. 2. Nutq a`zolarining fiziologiyasi deyilganda shu a`zolarning hayotiy kechimlari, muhit bilan boladigan munosabatlari nazarda tutiladi. Bunday kechim bosh miya qobigining chozinchoq miya qismida joylashgan markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Bu sistema maxsus funktsiyalarni bajaradigan nerv hujayralari toplamidan iboratdir. Uning brok markazi deb nomlanuvchi turi nutqning yuzaga chiqishida qatnashadigan mushaklarni harakatga keltiradigan nerv markazi hisoblanadi. Eshituv markazi nomli turi esa eshitish a`zolaridan keladigan ta`sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi. Bu markaz faoliyatini organish fonetikaning pertseptiv (eshitib his etish) aspekti deb ham qaraladi. Demak, til vositasida amalga oshiriladigan nutqiy aloqa bevosita shu markazlar ishtirokida yuz beradi. 3.Nutq a`zolarining ijro kechimi- nutq a`zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi ishtiroki (harakati va holati). Bunday kechim, yuqorida aytib otilganidek, nutq a`zolarining fiziologiyasi bilan bogliqdir. Odatda, nutq a`zolarining harakati va holati artikulyatsiyani shakllantiradi. Artikulyatsiya esa har bir millat vakillarida psixologik va fiziologik konikmalarga tayanadi. Bu holat osha millat tilining artikulyatsiya bazasi hisoblanadi. Shuning
  • uchun bir millat vakilida boshqa millat tiliga xos artikulyatsiya bazasi (psixologik va fiziologik konikmalar) bolmasligi mumkin. Demak, tillar bir-biridan artikulyatsiya bazalaridagi ba`zi belgilari bilan ozaro farq qiladi. har qanday nutq tovushining artikulyatsiyasi uch bosqichdan tarkib topadi: birinchi bosqich-ekskursiya (hozirlanish), ikkinchi bosqich toxtam (ish holati), uchinchi bosqich-rekursiya (talaffuzning qaytishi). Nutq jarayonida bu bosqichlarning chegarasi mavhumlashadi: odatda, bir tovushning artikulyatsiyasi nihoyasiga etmay, ikkinchi tovush ekskursiyasi boshlanadi, natijada tovushlar bir-biriga dinamik ravishda ulanib, ular orasidagi talaffuz chegaralari sezilmas holga keladi. Bunday chegaralarni yozuvda (harflar misolida) aniq sezish mumkin. Izoh. 1) nafas apparati tovush hosil qilish uchun kerak bolgan havo oqimini etkazib beradi; 2) bogiz (hiqildoq) ovoz hosil qiladi; q) halqum, ogiz boshligi tovushni shakllantiradi; 4) burun boshligi qoshimcha ton beradi. Eshitib his etish aspekti (perseptiv aspekt). Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning eshitish a`zolariga ta`sirini his etish orqali sozning ma`nosini yoxud gap va nutq mazmunini idrok qilish qonuniyatlarini organadi. Ma`lumki, inson tashqi dunyoni ozining sezgi a`zolari orqali his etadi: koradi, eshitadi, sezadi. Fonetik birliklar ham moddiy-material hodisa sifatida insonning eshitish a`zolariga ta`sir qiladi, ammo bu ta`sir shunchaki moddiy hodisaning ta`sirigina emas, balki fonetik sozning (ma`noga ega bolgan formaning) yoxud gapning ta`siri boladi. Shuning uchun har qanday sozni, soz shaklini yoki gapni eshitganimizda, ongimizda shu birliklarning ma`nosi yoki mazmuni, aniqrogi, ma`no yoki mazmun obrazi gavdalanadi. Bunday his etish, idrok qilishsiz tilning birorta funktsiyasi(nominativ funktsiya, kommunikativ funktsiya, emotiv funktsiya va hokazolar) amalga oshirilmaydi. Lingvistik-funksional aspekt. Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning til mexanizmidagi rolini, demak, tilning ijtimoiy mohiyatini belgilashdagi axamiyatini organadi. Tilshunoslikda fonetikaning bu aspekti fonologiya deb ataladi Fonologiya Fonologiya tilshunoslikning bir bolimi bolib, u fonetik- fonologik birliklarning tildagi vazifalari, til mexanizmidagi roli haqida ma`lumot beradi. Tilshunoslikda fonologiyaning fan sifatidagi maqomi xususida ikki xil fikr mavjud. Birinchi fikrga kora fonologiya fonetikaning ozi emas, chunki fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini organadi: nutq tovushlari haqidagi ta`limot (fonetika) aniq fizik hodisalarni, til tovushlari haqidagi ta`limot (fonologiya) esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususiyatlarini tadqiq qiladi, shunga kora ularning tadqiqot metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga, asoslanadi.1 Ikkinchi fikrga kora, fonologiyani fonetikadan ajratib bolmaydi, chunki muayyan tilning fonemalari tizimini, bu tizimdagi har bir fonemaning semantizatsiyalashgan (fonologizatsiyalashgan) belgilarini shu tilning konkret talaffuz xususiyatlarini organmasdan tadqiq qilib bolmaydi. Demak, fonologiya aslida fonetikaning ozi, faqat uning yuqori bosqichi, xolos. Binobarin, fonolog bir vaqtning ozida fonetist bolmay iloji yoq, ayni paytda fonetist ham doimo (shu jumladan, fonologiya paydo bolgan davrgacha ham) ma`lum darajada fonolog bolgan, chunki u umuman tovushni emas, balki til tovushlarini organgan.2 Ma`lumki, fonetikada tovush va bogin segment birliklar, urgu va intonatsiya (ohang) esa supersegment birliklar tarzida tavsiflanadi. Fonologiyada bu birliklar lisoniy-vazifaviy xususiyat taqozosi bilan fonema (tovush), sillabema (bogin), aktsentema (urgu), va 1 . .. ( .) , 1960, .9 2 .. . //. , ,1945, .4 . 5. . 185- 186.
  • intonema(intonatsiya, ohang) deb nomlanadi, fonologiyaning ozi esa segmental fonologiya va supersegmental fonologiya kabi ikki turga ajratiladi . Segmental fonologiyaning asosiy predmeti fonemadir, shunga kora u fonematika, fonemika nomlari bilan ham ataladi. Supersegmental fonologiyaning predmeti esa sillabema, aktsentema va intonemadir, shunga kora u prosodika deb ham yuritiladi. Fonologiyaning xulosalari fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va pertseptiv aspektlarida toplangan tajriba va ma`lumotlarga asoslanadi. Bu hol ham fonologiya bilan akustik fonetika, artikulyatsion fonetika va pertseptiv fonetika ortasida uzviy aloqa borligidan dalolat beradi. Fonetik birliklarning lingvistik-funktsional jihat-larini Organish, asosan, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. 1870-yillarda mashhur rus va polyak tilshunosi I.A. Boduen de Kurtene (u 1845-1929-yillarda yashagan) ozining O drevnepolskom yazike do XIV stoletiya (XIV asrgacha bolgan qadimgi polyak tili haqida) nomli magistrlik dissertatsiyasida fonema haqida gapirib, uni etimologik-morfologik hodisa deb ta`riflaydi. Shuni ham aytish kerakki, I A Boduen de Kurtene ozining fonemaga etimologik- morfologik birlik sifatidagi qarashini keyinroq qisman ozgartiradi. Uning Nekotorie otdeli sravnitel`noy grammatiki slavyanskix yazikov (Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bolimlari (1881-y.) asarida fonema, bir tomondan, sozning fonetik bolinmas qismi deb qaralsa, ikkinchi tomondan, u morfemaning harakatchan komponenti, ma`lum morfologik kategoriya belgisi deb baholanadi. Shunday qilib, I. A. Boduen de Kurtene fonemaning antropofonik (akustik-artikulyatsion) va morfemik aspektlari borligini tan oladi. Keyinchalik (1917-yilda) u fonemaga psixologik nuqtai nazardan yondashib, uni tovushning inson psixikasidagi doimiy tasavvuri deb ta`riflaydi. I.A. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi qarashlari uning shogirdlari N.V. Krushevskiy, L.V. Shcherba hamda boshqa tilshunoslar tomonidan rivojlantiriladi. Ozbek tilshunosligida fonologiyaga asosan, songgi 15-20 yil ichida e`tibor kuchaydi: Ozbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi (Nurmonov A.N., 1990.), Ozbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi (Abduazizov A., 1992.), Umumiy tilshunoslik (Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov A., 1979.), Ozbek tilida lisoniy birliklarning invariant-variant munosabati(fonologik sath), nomzodlik dis. avtoreferati (Nabieva Dilora Abduhamidovna, 1998.), Ozbek tilida paradigma a`zolari ortasidagi zidlanishlarning mo`tadillashuvi (fonologik sath), nomzodlik dis. avtoreferati (Nurmonova Dilfuza Abduhamidovna, 1998.) kabi ishlar fikrimizning isbotidir. Fonemika. Fonemika yuqorida aytib otilganidek, fonologiyaning bir qismidir, u fonlarning fonemalarga birlashuvini organadi. Fonema sozlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobigini farqlash orqali ularning ma`nolarini tafovutlash vazifasini bajaradigan eng kichik segment birliqdir. Masalan, or sozi tarkibida ikkita segment birlik (o va r fonemalari) bor, zor, ozor, bozor, sozlari tarkibida esa ularning soni koproq: qta (zorda),4ta(ozorda) va ota (bozorda) kabi. Bu holat yuqoridagi sozlarning tovush qobigini (fonetik qiyofasini) va ma`nosini farqlash imkonini bermoqda. Bunday holni -man va -san morfemalarida, boraman va borasan kabi grammatik shakllarda ham koramiz: ularda fonemalar miqdori ortmasa-da, fonema turlari ozgarmoqda (-manda m fonemasi, -sanda esa s fonemasi qollangan), natijada morfema va soz shakllarining tovush qobigi va ma`nolari farqlanmoqda. Fonemalarning differensial belgilari ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan alomatlaridir. Masalan, k undoshi ozining jarangsizligi bilan jarangli g dan ajralib turadi, demak, kning jarangsizligi, gning esa jarangliligi bu ikki fonemaning differensial (farqlanadigan) belgilari sanaladi. Differensial belgilar fonemalarning fonologik xususiyatini belgilaydi – sozning fonetik qobigi va shu orqali uning ma`nosini farqlash uchun xizmat qiladi: kul va gul sozlarining ma`nolari ayni shu ikki fonemaning differensial belgilari (birining jarangsiz, ikkinchisining esa jarangli ekanligi) tufayli farqlanmoqda. Differensial belgilar faqat
  • jaranglilik va jarangsizlik jihatidangina emas, balki fonemalar artikulyatsiyasiga bogliq holda tarkib topishi ham mumkin: b – lab-lab undoshi, d – til oldi(dental) undoshi. Artikulyatsiya ornidagi bu tafovutlar bor va dor sozlarining fonetik qiyofasini va ma`nolarini farqlamoqda; q- portlovchi, x- sirgaluvchi. Artikulyatsiya usulidagi bu tafovutlar qol va xol sozlarining tovush tarkibi va ma`nolarini farqlash uchun xizmat qilmoqda. Fonemalarning integral belgilari ularning ozaro farqlanmaydigan alomatlaridir. Masalan, k va g undoshlarining har ikkalasi portlovchi, har ikkalasi sayoz til orqa fonemalardir. Demak, bu ikki fonema artikulyatsiya usuli va artikulyatsiya orniga kora farqlanmaydi. Fonemalarning integral (farqlanmaydigan) belgilari fonologik ahamiyatga ega emas, ammo fonologik korrelyatsiya turlarini belgilashda bu belgilarning oziga xos orni bor. Fonologik oppozitsiya va korrelyatsiyalar. Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta farqlanish belgisi asosida ozaro zidlanish hosil qilishidir. Masalan, u (lablangan) va i (lablanmagan) unlilari lablanish-lablanmaslik belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi: u-i kabi. Ayni shu belgiga (lablanish-lablanmaslik zidlanishiga) asoslangan O-e,o-a oppozitsiyalari ham bor. Demak, Hozirgi ozbek adabiy tilida lablanish-lablanmaslik belgisi asosida shakllangan uchta oppozitsiya bitta korrellyatsiyaga birlashadi: (u-i)-(O-e)-(o-a) kabi. Hozirgi ozbek adabiy tilida unlilar tilning uch darajali kotarilishi asosida ham oppozitsiya va korrelyatsiya hosil qiladi: i (yuqori tor)-e (orta keng)-a(quyi keng) – i-e-a korrelyatsiyasi; u (yuqori tor) o (orta keng)-o (quyi keng) – u-o-o korrelyatsiyasi kabi. Bu korrelyatsiyalarning barchasi birlashib, Hozirgi ozbek adabiy tilining vokalizm sistemasini yuzaga keltiradi. Demak, oppozitsiya (zidlanish) fonologik sistemaning quyi bosqichi, korrelyatsiya esa shu sistemaning yuqori bosqichi hisoblanadi. Hozirgi ozbek adabiy tilining konsonantizmi (undoshlar sistemasi) tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar borligi adabiyotlarda qayd etilgan1. 1.Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a`zosi va tosiqning hosil bolish orniga kora: a)labial-til oldi(dental`,al`veolyar) undoshlar oppozitsiyasi: (p-t), (b-d), (m-n), (f-s), (v-z), (f-sh), (v-l), (v-r); b) labial-til orta undoshlari oppozitsiyasi: (f-y),(v-y); v)labial-til orqa undoshlari oppozitsiyasi: (p-k),(b-g),(f-x),(v-g); g) labial- bogiz undoshlari oppozitsiyasi: (f-h),(v-h); d) til oldi- til orqa undoshlari oppozitsiyalari: (t-k),(t-q),(d-g),(s-x),(z-g), (n-ng); e) til oldi- bogiz undoshlari oppozitsiyalari: (s-h), (z-h), (sh-h), (j-h), (ch-h), (j-h); 2.Artikulyatsiya usuli va tosiqning qanday hosil bolishiga kora: a) portlovchi- sirgaluvchi undoshlar oppozitsiyasi: (p-f),(b-v),(t-s),(d-z),(t-sh),(d-j),(k-x),(g-g),(q-x),(k-h),(g-h); b) portlovchi-affrikatalar oppozitsiyasi: (t-ch),(d-j); v) sirgaluv- chi-affrikatalar oppozitsiyasi (sh-ch),(j-j); g) portlovchi-burun sonanti oppozitsiyasi: (b-m)q(d-n)q(g-n); d) sirgaluvchisonant-lar oppozitsiyasi: (z-l),(j-r); e) shovqinli sonant – burun sonanti oppozitsiyasi: (v-m),(l-n),(r-n); j) yon sonant- titroq sonant oppozitsiyasi: (l-r). 3.Jarangsiz-jaranglilik belgilariga kora: (p-b),(t-d),(s-z),(f-v),(k-g),(sh-j),(ch-dj),(x-g). Bu tizimdagi jaranglilarning barchasi markerli qatorni (shovqinga ovoz qoshilganligi uchun), jarangsiz undoshlar esa markersiz qatorni (faqat shovqindan iborat bolganligi uchun) hosil qiladi. Un paychalari ishtirokiga kora jarangli undoshlar qatoriga kiruvchi m,n,n,l,r,y sonantlari yuqoridagi korrelyatsiyaga kirmaydi, chunki ularning jarangsiz juftlari yoq. Shuni ham ta`kidlash kerakki, korrelyatsiyalarda oppozitsiyalar miqdorining ikki va undan ortiq bolishi shart. Bitta oppozitsiyadan korrelyatsiya tarkib topmaydi. Masalan, Hozirgi ozbek adabiy tilidagi L va R sonantlari yon sonant (l)va titroq sonant (r) oppozitsiyasini hosil qiladi, ammo ozbek adabiy tilining fonologik tizimida yon sonant-titroq sonant zidlanishiga asoslangan boshqa oppozitsiyalar yoq, shuning uchun l-r zidlanishi yakkalangan oppozitsiya hisoblanib, korrellyatsiya hosil qilmaydi.
  • Ayrim izohlar: fonologik oppozitsiyalar oz ichki xususiyatlariga kora quyidagi turlarga bolinadi: a) bir Olchovli oppozitsiya. Bunda farqlanish belgisi faqat shu oppozitsiyaning ikki a`zosiga xos bolib, bu sistemaning boshqa a`zosida uchramaydi. Masalan, jarangli-jarangsiz belgilari asosida tarkib topgan korrelyatsiyadagi t-d oppozitsiyasi bir olchovlidir, chunki bu ikki fonemadagi til oldi va portlovchi belgilari shu sistemadagi boshqa oppozitsiyalarga xos emas; b) kop Olchovli oppozitsiya. Bunda bir oppozitsiyadagi belgilar shu sistemadagi boshqa oppozitsiyalarda ham uchraydi. Masalan, jarangli-jarangsiz belgilari asosida tarkib topgan oppozitsiyalarda portlash va jaranglilik belgilari bir necha oppozitsiya vakiliga xos bolishi mumkin; b (portlovchi, jarangli)-d (portlovchi, jarangli)-g (portlovchi, jarangli) kabi; v) proportsional oppozitsiyalar. Bunda bir sistema ichidagi barcha oppozitsiyalarning a`zolari ortasidagi aloqalar ozaro oxshash boladi. Masalan, ozbek tilidagi p-b oppozitsiyasidagi jarangsiz-jaranglilik belgilari shu sistemadagi t-d, k-g,s-z,sh-j, ch-j,f-v,x-g oppozitsiyalariga ham xos; g) privativ oppozitsiya. Bunday oppozitsiyalarning bir a`zosida bolgan belgi shu oppozitsiyaning ikkinchi a`zosida bolmaydi: b-p oppozitsiyasida bdagi jaranglilik belgisipda yoq; t-d,k-g oppozitsiyalarida ham shunday; d) gradual (pogonali) oppozitsiya. Bunday oppozitsiyaning a`zolari ortasiga boshqa (uchinchi) fonemani kiritish mumkin boladi. Masalan, ozbek tilidagi p(lab-lab)-k (sayoz til orqa) undoshlari oppozitsiyasi orasiga t undoshini (uchinchi a`zoni) kiritish mumkin, chunki u ham portlovchi, jarangsiz bolib, artikulyatsiya orniga kora p (labial) va k (sayoz til orqa) qatorining ortasida joylashadi: p-t-k kabi. Bunday holatni b-d-g sistemasida ham koramiz. Xulosa: a)fonemalar til mexanizmida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan mustaqil birliklardir: ular soz va morfemalarning tovush qobigini (ifoda planini) farqlash bilan birga, shu soz yoki morfemalarning ma`nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi; b)fonemalarda differensial (farqlanadigan) va integral (farqlanmaydigan) belgilar mavjud bolib, ulardan birinchisi (differensial belgi) fonologik jihatdan relevant belgi, ikkinchisi (integral belgi) esa fonologik jihatdan norelevant belgi hisoblanadi; v) ikki fonemaning qarama-qarshi qoyilayotgan differensial belgilari shu fonemalarni bitta oppozitsiyaga birlashtiradi, bir farqlanish belgisiga asoslangan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar esa korrelyatsiyalarga uyushadi. Demak, oppozitsiyalardagi farqlovchi belgilar korrelyatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi; g) korrelyatsiyalar oz navbatida bir-biri bilan ulanib, bir butun tizimni-fonologik sistemani hosil qiladi. Eslatma; tilning fonologik tizimida korrelyatsiya hodisasi borligini aniqlagan olimlardan biri (ehtimol, birinchi) bizning yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino bolgan. U ozining fonetikaga doir bir risolasida dol toga qanday munosabatda bolsa, zodsinga shunday munosabatda boladi,degan edi. qiyos qiling: dol(jarangli d) -to jarangsizt), zod(jarangliz)-sin(jarangsizs). Bunda jarangli va jarangsizlik belgilari asosida d-t, z-s oppozitsiyalari bir korrelyatsiyaga uyushayotganligi nazarda tutilganligi shubhasiz.1 Fonema ottenkalari-fonemalarning talaffuzdagi real korinishlaridir. (L.V.Shcherba). Chunonchi, a fonemasi old qator unlidir. Bu belgi a fonemasi uchun tipik hisoblanadi, biroq shu tipik belgi qaram sozida orqa qator unli ottenkasiga aylanadi. Demak, a fonemasi qaram sozida (q bilan yondosh qollanganda) orqa qator unli tarzida, karam sozida (k bilan yondosh qollanganda) esa old qator unli tarzida talaffuz qilinadi. Bu ikki xil talaffuz a fonemasining soz tarkibidagi real korinishlari – ottenkalari hisoblanadi. Ottenkalar fizik-akustik va artikulyatsion jihatdan ozaro farqlansa-da, bir-biriga qarama-qarshi qoyilmaydi, chunki shu ikki ottenkaning fonologik funktsiyasi bitta (ularning ikkalasi bitta a fonemasining vazifasini bajaradi). Demak, fonema bilan uning ottenkalari ortasida umumiylik va xususiylik munosabatlari bor. 1 : .. . .: .-., 1981, .81-83. . . . “”,1986,. 74. . , 10-.
  • Fonema ottenkalaridan birining ornida ikkinchisini qollab bolmaydi, bunga shu ottenkani shakllantirgan fonetik pozitsiya yol qoymaydi. Masalan, kol sozida faqat old qator , qol sozida esa faqat orqa qator o qollanadi. Bir fonemaning turli pozitsiyadagi korinishlari-ottenkalari fonema qatorini hosil qiladi. Masalan, u fonemasi kul sozida old kator u tarzida, qul sozida esa orqa qator u tarzida talaffuz etiladi, shunga kora u, u qatorini yuzaga keltiradi. Fonema ottenkalari tushunchasiga L.V.Shcherba asos solgan. Bu tushuncha va atama S.-Peterburg (sobiq Leningrad) fonetistlari maktabi vakillari tomonidan koproq qollanadi. Ottenkalar tasnifi. Ottenkalar tilshunoslikda majburiy, individual va fakul`tativ turlarga ajratiladi. 1.Majburiy ottenkalar fonemaning soz tarkibidagi yoki nutq oqimidagi fonetik qurshov ta`sirida yoki ma`lum fonetik pozitsiya talabi bilan ozgargan korinishlaridir. Ular oz navbatida kombinator ottenkalar va pozitsion ottenkalarga bolinadi: a) kombinator ottenkalar soz tarkibidagi tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, jarangli z fonemasi mazkur sozi tarkibida jarangsiz k undoshi ta`siriga uchraydi va jarangsiz s tarzida (maskur deb) talaffuz qilinadi b) pozitsion ottenkalar undosh fonemalarning soz oxirida kelgan, unli fonemalarning urguli yoki urgusiz, ochiq yoki yopiq boginlarda qollangan korinishlaridir. Masalan, jarangli b va d fonemalari soz oxirida jarangsiz pva t tarzida talaffuz qilinadi: tartib>tartip,omad> omat kabi. Bundagi p va t tovushlari jarangli b va d fonemalarining pozitsion ottenkalari sanaladi, i unlisi bilan sozida qisqa va kuchsiz (urgusiz boginda bolganligi uchun), orik sozida kuchliroq (urguli boginda bolganligi uchun), bir sozida tor (tola yopiq boginda bolganligi uchun), endi sozida esa bir oz kengaygan holatda-ende shaklida (soz oxiridagi ochiq boginda bolganligi uchun) talaffuz etiladi. Bu korinishlarning barchasi bitta i fonemasining turli pozitsion ottenkalari hisoblanadi v) fonema ottenkalarining yuzaga kelishida ba`zan kombinotor va pozitsion omillar birga qatnashadi, natijada fonemaning kombinator-pozitsion ottenkasi (aralash korinishi) shakllanadi. Masalan old qator i fonemasi qilich sozining birinchi boginida q ning ta`siriga duch kelib, o ga moyil talaffuz etiladi(kombinator ottenka), ayni paytda urgusiz boginda bolganligi uchun bu fonema kuchsizlanadi (pozitsion ottenka). Fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari tilshunoslikda shu fonemalarning allofonlari deb ham yuritiladi. Har bir fonema nutq oqimida ozining yuqoridagi ottenkalaridan biri shaklida namoyon boladi, bunday ottenkalar ichida bittasi shu fonema uchun tipik boladi – kam ozgaradi yoki butunlay ozgarmaydi: fonemalarning kuchli pozitsiyadagi korinishlari bunga misol boladi. Masalan, daraxt sozi boshida yoki bodom sozi ortasida qollangan d fonemasining akustik- artikulyatsion belgilari shu fonemaning alohida (nutqdan tashqarida) olingan belgilaridan deyarli farq qilmaydi. Fonemaning bunday korinishi shu fonemaning asosiy ottenkasi yoki fonema qatoridagi dominanta deb qaraladi. qolgan barcha korinishlar esa asosiy bolmagan (notipik) ottenkalar sanaladi. Notipik ottenkalar fonetik qurshovdagi tovushlarga koproq darajada qaram boladi. g) majburiy ottenkalarning adabiy sozlashuvga va jonli sozlashuvga xoslangan uslubiy ottenkalari ham uchraydi koylak (l-adabiy sozlashuvga xos) > koynak (n-jonli sozlashuvga xos), qarmoq (r-adabiy sozlashuvga xos)> qalmoq (l-jonli sozlashuvga xos) kabi. Fonemalarning uslubiy ottenkalaridan uslubiy (stilistik) maqsadlarda foydalaniladi. Sozlovchi va tinglovchining xotirasida, odatda, fonemaning asosiy ottenkasi ornashib qolgan boladi, shu bois inson nutq oqimida fonemaning ozgargan ottenkasi qollanganligini sezmaydi, uni asosiy ottenka sifatida qabul qiladi:fonemaning lingvistik-funktsional (fonologik) xususiyati shuni taqozo etadi. Masalan, tub va tup sozlari oxiridagi b va p fonemalari bir xil talaffuz etiladi tup (1) va tup(g) kabi, ammo inson bu ikki sozning ma`nolarini farqlashda qiynalmaydi, chunki tub sozining oxiridagi fonemaning aslida p emas, b ekanligi uning xotirasida mustahkam ornashib qolgan. Demak, fonemalarning til va nutqdagi tanituvchi
  • funktsiyalari realizatsiyasida ularning fizik-akustik belgilari emas, lingvistik-funktsional belgilari muhim rol` oynaydi. Bularni Organish fonologiyaning vazifasi hisoblanadi. 2.Individual ottenkalar ayrim kishilarning talaffuzi-dagi oziga xosliklar (mas., erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari) tufayli yoki nutq a`zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan tovush korinishlaridir. Bunday ottenkalarning lingvistik qiymati yoq, shunga kora ular tilshunoslikda Organilmaydi. 3.Fakul`tativ ottenkalar fonemaning bir xil fonetik pozitsiyadagi ikki xil korinishidir. Chunonchi, shohi sozidagi h shu pozitsiyada (intervokal holatda) y korinishida ham, h korinishida ham namoyon boladi; shohi- shoyi, Tohir-Toyir kabi. Shuningdek, sirgaluvchi s fonemasi jonli sozlashuvda soz boshida ch korinishida ham qullanadi, soch-choch kabi. Ottenka, variant va variatsiya tushunchalari ortasidagi munosabatlar. Tilshunoslikda ottenka va variatsiya atamalari bir tushunchani-fonemaning nutqdagi real` korinishlarini ifodalaydi. Ulardan biri (ottenka atamasi) S.-Peterburg fonologiya maktabiga, ikkinchisi (variatsiya atamasi) Moskva fonologiya maktabiga koproq xosdir. Masalan, dning odam va ozod sozlaridagi ikki xil korinishi (jarangli d va jarangsiz t) bir fonemaning ikkita ottenkasi (S.-Peterburg) yoki ikkita variatsiyasi (Moskva) hisoblanadi. Variant atamasi tilshunoslikda ikki xil ma`noda qollanmoqda. Moskva maktabi vakillari ishlarida variant bir fonemaning ikki xil pozitsiyadagi ikki xil korinishi emas, balki ikkita fonemaning kuchsiz pozitsiyada motadillashuvidan (neytralizatsiyalanishidan) yuzaga kelgan bir xil korinishidir. prud va prut (talaffuzda, prut va prut) kabi. Bunda d va t ning soz oxirida neytrallashuvi sodir bolgan, natijada bu ikki fonema bitta t korinishiga ega bolgan. Bu korinish variant deb nomlangan, u d va t fonemalariga aloqador bolganligi uchun d va t larning ikkalasi giperfonema (fonemalar guruhi) deb nomlanadi. Bu nazariyaga kora, ozbek tilidagi savod va savot (talaffuzda savot va savat) sozlari oxiridagi d va t lar ham giperfonema, ularning talaffuzdagi neytrallashgan t korinishi esa variant hisoblanadi. Praga tilshunoslik maktabi vakillari ishlarida variant atamasi koproq ottenka (bir fonemaning ikki xil korinishi) ma`nosida qollaniladi. Ozbek tilshunosligida ham bu atama koproq shu ma`noda ishlatilib kelinmoqda. Transkripsiya fonemalarning nutq oqimidagi turli ottenkalarini, shuningdek mahalliy lahja va shevalarning fonetik xususiyatlarini (tovushlarning choziq- qisqaligi, ozak va morfemalar ortasidagi uygunlik kabi

Arab Tili Darslari

Muborak Qur’on tili bo’lgan adabiy Arab tilini o’rganishni hohlaysizmi? Quron, hadis, va duolarlar o’qiganingizda ularni manolarini tarjimalarsiz tushunishni istaysizmi?

U holda ushbu dasturni ko’rib chiqing. Bu dasturda adabiy Arab tili grammatikasi bosqichma boshqich usulda o’rgatiladi. Qo’llanmani ishlatish uchun Qur’onni arab tilida o’qishni bilishingiz yoki arab tili harflarini tanigan bo’lishingiz kerak.

Ushbu dastur taniqli Arabi tili olimi Professor Abdur Rahim tomonidan yozilgan Madina Arab tili darsliklari asosida tuzilgan. Kerakli qoidalar, tushunchalar, va yangi lug’atlar youtube kanalimizdagi qisqa va soddalashtirilgan arab tili video darslar orqali tushuntirilgan. Bu dastur mana shu qisqa arab tili darslari bilan uzviy bog’liq. Har bir video dars bo’yicha dasturda har hil test savollari qo’yilgan. Talabalar darslarni o’rganib, so’ng test sinovlarini bajarish orqali olgan bilimlarini tekshirib, o’rganganlarini yanayam yahshiroq o’zlashtirib olishlari mumkin.

Показать больше

Arab Tili Darslari Varies with device APK для Android Varies with device+

Версия Varies with device для Android Varies with device+
Обновить 2022-12-28
Устанавливает 100.000++
Размер файла 4.638.211 bytes
Разрешения просматривать разрешения
Какие новости Ushbu nashrga 17-darsning hamma qismlari kiritildi.

История версий:

  • 1. LATEST. Arab Tili Darslari Varies with device APK (2022-12-28, 4 MB)
  • 2. Arab Tili Darslari Varies with device APK (2022-12-20, 4 MB)
  • 3. Arab Tili Darslari Varies with device APK (2022-10-11, 4 MB)
  • 4. Arab Tili Darslari Varies with device APK (2022-08-24, 4 MB)
  • 5. Arab Tili Darslari Varies with device APK (2022-06-15, 4 MB)
  • 6. Arab Tili Darslari 2.7 APK (2022-05-12, 4 MB)
  • 7. Arab Tili Darslari 2.6 APK (2022-03-15, 4 MB)
  • 8. Arab Tili Darslari 2.5 APK (2022-02-15, 4 MB)
  • 9. Arab Tili Darslari 2.4 APK (2022-01-03, 4 MB)
  • 10. Arab Tili Darslari 2.3 APK (2021-12-12, 4 MB)
  • 11. Arab Tili Darslari 2.2 APK (2021-11-16, 4 MB)
  • 12. Arab Tili Darslari 2.1 APK (2021-10-23, 3 MB)
  • 13. Arab Tili Darslari 2.0 APK (2021-10-06, 3 MB)
  • 14. Arab Tili Darslari 1.9 APK (2021-09-19, 3 MB)
  • 15. Arab Tili Darslari 1.8 APK (2021-09-05, 3 MB)
  • 16. Arab Tili Darslari 1.7 APK (2021-08-11, 3 MB)
  • 17. Arab Tili Darslari 1.6 APK (2021-07-21, 3 MB)
  • 18. Arab Tili Darslari 1.5 APK (2021-06-23, 3 MB)
  • 19. Arab Tili Darslari 1.4 APK (2021-06-02, 3 MB)
  • 20. Arab Tili Darslari 1.3 APK (2021-05-19, 3 MB)
  • 21. Arab Tili Darslari 1.2 APK (2021-04-27, 3 MB)
  • 22. Arab Tili Darslari 1.1 APK (2021-04-05, 3 MB)
  • 23. Arab Tili Darslari 0.9 APK (2021-03-18, 3 MB)
  • 24. Arab Tili Darslari 0.8 APK (2021-03-10, 3 MB)

Араб тили ва тажвид – Қуръон ўрганиш қоидалари

Уникальный метод изучения Корана – это уникальный метод.

Информация О Приложении

March 21, 2020
Разработчик :
Требуется Android :
Android 6.0+
Рейтинг Контента :
Advertisement

Приложение Описание

Android Application Араб тили ва тажвид – Қуръон ўрганиш қоидалари, Разработанный Islam Apps World, Перечислен В Категории Образование. Текущая Версия 3.1, Выпущенная На 21/03/2020 . Согласно Google Play Араб тили ва тажвид – Қуръон ўрганиш қоидалари, Достигнуто Более 1 Миллион. Араб тили ва тажвид – Қуръон ўрганиш қоидалари В Настоящее Время Имеет Рейтинги 10 Тысяча Со Средней Номинальной Стоимостью 5.0

Бисмиллахир Рахманир Рахми, мы придаем вам внимание коллекцию уникального способа выучить Коран. Теперь, с правилами Tajweed, стало проще и веселее читать Коран. Поскольку программа универсальна во всех отношениях, она не гарантирует, что вы правильно произносите вас, поэтому мы говорим: мечеть рядом с вами после того, как вы узнали программу или проверяете себя в одном из исламских мамочек.

Слава к универсальному, мощному и мощному ко всему. Блаженно быть убеждениями Бога пророкам, которые верили в ислам ислам. Пусть мир и мир будут на слугах Аллаха на пути ислама. Это слово Аллаха, посланник Аллаха).

Включает в себя Коран 114 Сура (Боб). Суры состоят из стихов. Коран-6666.

“al-fatiha” (первая сура Корана)-величайший Сурат Аль-Кур’ан, а стих Quqiy-это точка Величайший стих Корана. Рассмотрен. Хадис гласит: «Лучшее из вас – это то, что вы изучили Коран и учили других». Поэтому, когда мы понимаем, насколько драгоценен и велик Коран, нам нужно знать правила и этику чтения.

в
Эта программа помогает нам научиться правильно читать Коран. Пусть Аллах будет твердым в правильном пути, амен! Суть Tajweed состоит в том, чтобы узнать, как произносить буквы через махрадж. قاрамаت – علاقاراتات – الاتاتاتار 103rd century – الاتار
104 humaa – ạ لحموا الافيل 109 – النلر
111 Masad – المسد
112 Ilslov – ạ لالا̹ بی ẖ ی̊ ‘

В Настоящее Время Мы Предлагаем Версию 3.1. Это Наша Последняя, ​​самая Оптимизированная Версия. Это Подходит Для Многих Разных Устройств. Бесплатно Скачать Непосредственно Apk Из Google Play Store Или Других Версий. Более Того, Вы Можете Скачать Без Регистрации И Не Требуется Входа В Систему.

У Нас Есть Более 2000+ Доступных Устройств Для Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet . С Таким Количеством Вариантов, Вам Легко Выбрать Игры Или Программное Обеспечение, Которое Соответствует Вашему Устройству.

Это Может Пригодиться, Если Есть Какие -Либо Страновые Ограничения Или Какие -Либо Ограничения Со Стороны Вашего Устройства В Google App Store.