Press "Enter" to skip to content

Ushbu kitobga o xshash asarlar

Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iktisodiy-matematik usullarni ishlab chiqilishi vazifalarning ko’pgina sifat yechimlarini vazifalarning aniq miqdoriy baholari yoki qarorlari bilan to’ldirish yoki almashtirishga imkon bergan, hisoblash texnikasi va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi esa boshqaruvning samaradorligi oshishiga ko’maklashgan. Hisoblashlarning ko’p mehnat talab qilishi tufayli vaqtning haqiqiy yoki yo’l quyiladigan ko’lamlarda hal qilinishi mumkin bo’lmagan ko’pgina masalalar kundalik haqiqat bo’lib qolgan.

Menejment asoslari

Bozor munosabatlari sharoitida oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda chuqur o’/.garishlarga o’z bilim va tajribalari bilan moslasha oladigan, jahon andozalariga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni yetkazib berish muhim masala hisoblanadi. «Mcnejment asoslari» fanidan o’quv dasturi chet el universitetlarida ushbu fanni o’qitish borasida orttirilgan tajriba asosida yozilgan bo’lib, unda bulajak mutaxassislarda ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish ko’zdatutiladi.

Specifications

Search

Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019

Powered by ATM

  • Bosh sahifa
    • Yangiliklar
    • Markaz rahbari
    • ARM haqida
    • Foto lavhalar
    • Sayt xaritasi
    • Blog Featured
    • About
    • Features
    • Services
    • O`zbek tilidagi adabiyotlar
    • Rus tilidagi adabiyotlar
    • Xorijiy tildagi adabiyotlar
    • Elektron talim vositalari
    • Ingliz tilidan topiklar
    • Fan dasturi
    • Malaka talablar

    Menejment asoslari darslik

    Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

    Kitobni qanday sotib olish mumkin?

    Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

    Siz muallifmisiz?

    Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

    Savol-javoblar

    Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
    Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
    Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
    va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

    Menejment

    Ko‘rganlar, jami:
    Hammuallif:
    Nashr yili:
    ISBN raqami:

    Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

    Elektron kitob
    E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

    Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

    Do‘stlarizga tavsiya eting

    • Annotatsiya
    • Fikr va mulohazalar

    Ushbu darslikda menejmentning nazariy jihatlari, boshqaruv munosabatlari va tashkilotlarning rivojlanishidagi yangi tendensiyalar zamonaviy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi. Boshqaruv jarayonining asosiy figurasi — kasb egasi bo‘lgan boshqaruvchi me- nejerga, uning shaxsi, ishni tashkil etish, o‘zini o‘zi boshqarish va mehnat jamoasini tashkil etishga muhim o‘rin ajratiladi.

    Mazkur darslik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari talabalari, tadqiqotchi va o‘qituvchilari hamda amaliy xodimlar, turli darajadagi menejerlar uchun mo‘ljallangan.

    Menejmentning nazariy asoslari

    Menejment (ing. management-boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) – bu: ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo’yicha, ma’lum maqsadlarni ko’zlovchi amaliy faoliyat; boshqaruv, nazariyasi, fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasi; mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir.

    “Menejment” tushunchasi bizning turmushimizga mustahkam kirib borgan va o’zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo’lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish zarurki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustivorliklarning yangi tizimlari amalda bo’ladilar. Shuning munosabati bilan “menejment” atamasining ma’nosi ustida batafsilroq to’xtash darkor. Ba’zi bir mualliflar o’zbekcha “boshqaruv” so’zi va inglizcha “menejment”ni sinonimlar deb hisoblaydilar. Haqiqatda esa ularning mazmuni bir muncha farqlanadi. “Menejment” atamasini qo’llab turib biz xalqaro amaliyotda o’rnashib qolgan tendensiyaga rioya qilamiz, unga ko’ra uning ostida hodisalar va jarayonlarning butunlay ma’lum doirasi ko’zda tutiladi.

    Aslida esa “boshqaruv” atamasi “menejment” atamasining qanoatlantiruvchi o’rinbosari bo’lmaydi, chunki keyingi holda gap zamonaviy tashkilot vositasida va doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish haqida ketadi. Bunda ishlab chiqarish yoki tijoratni sanoatlashtirilgan tashkil qilish asosida amalga oshirilgan xo’jalik yuritishning bozor turi menejmentning adekvat iqtisodiy asosi bo’ladi.

    Shunday qilib, “menejment” atamasi zamonaviy tashkilotni boshqarishga nisbatan qo’llaniladi, shu vaqtda esa boshqa maqsadlar uchun boshqa atamalar, masalan: government admiristration – davlat boshqaruvi va rublik admiristration – ijtimoiy boshqaruvdan foydalaniladi. Bizning sharoitlarda buning uchun “tashkil qilish”, “tartibga solish”, “boshqarish” va “ma’muriy boshqarish” atamalarini qo’llash kerak. Shunga qaramasdan davlat, jamoa va boshqa tashkilotlar ham agar o’z maqsadlariga kamroq xarajatlar, faoliyat yuritish va davlat tomonidan tartibga solishning yuqori samaradorligida erishishni istasalar, menejmentning ba’zi bir tamoyillari va usullaridan foydalanishlari zarur.

    Yuqorida bayon qilinganlari hisobga olish bilan ushbu ishda “boshqaruv” atamasi shartlilikning ma’lum darajasi bilan “menejment” ma’nosida ham qo’llaniladi. Menejment tushunchasini belgilash uchun unga kiruvchi ba’ zi bir holatlarni, hammadan avval maqsadli mazmunni aniqlab olish darkor.

    Shuning bilan bir vaqtda, menejmentning samarali boshqaruv amaliyoti sifatidagi maqsadi tashkilotning yuqori foydaliligi, raqobatbardoshligi va boshqa maqsadlariga ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonini ratsional tashkil qilish va tashkilotning texnik-texnologik bazasini rivojlantirish yo’li bilan erishishdan iboratdir.

    Menejmentning maqsadlari va vazifalari ishlab chiqarish va tijorat qo’lamlarini o’sishi va rivojlanganligi sari uzluksiz ravishda murakkablashadi. Bajarilagan vazifalar va mo’ljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi.

    Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iktisodiy-matematik usullarni ishlab chiqilishi vazifalarning ko’pgina sifat yechimlarini vazifalarning aniq miqdoriy baholari yoki qarorlari bilan to’ldirish yoki almashtirishga imkon bergan, hisoblash texnikasi va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi esa boshqaruvning samaradorligi oshishiga ko’maklashgan. Hisoblashlarning ko’p mehnat talab qilishi tufayli vaqtning haqiqiy yoki yo’l quyiladigan ko’lamlarda hal qilinishi mumkin bo’lmagan ko’pgina masalalar kundalik haqiqat bo’lib qolgan.

    Zamonaviy menejmentda vazifalarni hal qilishning har xil usullari mavjud: boshqaruv vazifalarini hal qilishning haqiqiy usullari, boshqaruv jarayonlarini modellashtirish, qarorlar qabul qilishni axborotli va texnik ta’minlanishi va boshqalar. O’zbekistonda nazariy va amaliy statistika, masalalar yechish, muxandislik hisoblashlarning iqtisodiy- matematik modellari va h.k, yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan.

    Axborotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni boshqarish, qarorlar qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish kamroq rivojlangan. Ammo boshqaruvning samaradorligi nafaqat vazifalarni hal qilish usullariga, balki ko’proq darajada xo’jalik yuritish mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish tizimiga bog’liqdir. Shuning uchun xorijda foydalaniladigan boshqaruvning ko’pgina (strategik va operativ) modellarini O’zbekistonda hamma vaqt ham samarali qo’llash mumkin emas, bu narsa bozor munosabatlarini pishib yetilishining har xil darajasi bilan izohlanadi.

    Menejment usullariga tashkilotlarni boshqarishning makroiqtisodiy nuqtai nazaridan qaralsa, shuni sezish mumkinki, boshqaruvning ilg’or usullari amalda bo’lgan va o’zgarib borayotgan xo’jalik mexanizmi doirasida faolroq tadbiq etiladi. Ammo agar menejment masalalarini hal qilishga qaralsa, o’zbek tashkilotlarining xorijiy firmalardan katta farqlarini hisobga olish zarur. Hozircha bizning tashkilotlarimizda boshqaruv apparati asosan ichki vazifalarni, ya’ni texnik-iqtisodiy va operativ-kalendar rejalashtirish, moddiy – texnik ta’minot va h.k. vazifalarni hal qiladi. Xo’jalik fao liyatining tahlili va fuksional – qiymat tahlil ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida o’tkaziladi, ammo bunda iste’molchilar hali yetarlicha darajada hisobga olinmaydi.

    Shunday qilib, menejment butun tashkilotga singib ketganday bo’ladi va amalda u faoliyatning barcha sohalariga ta’sir ko’rsatadi. Ammo menejment va tashkil qilishning o’zaro hamkorlikning butun turli-tumanligida faoliyatning menejment mazmunini tashkil qiluvchi chegaralarini yetarlicha aniq belgilash, hamda uning asosiy turlarini ajratish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish menejmenti-bu ishlab chiqarilayotgan tovarning aniq bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o’z ichiga ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalarni qurish, ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy-huquqiy shakllarini tanlash, hayot tajribasining oldingi bosqichlariga muvofiq tovarlarni sotish va firma xizmatini ko’rsatish masalalarini oladi.

    Moliyaviy menejment-bu moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o’z ichiga moliyaviy ko’rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daro- madlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydalanishning samaradorligi ko’rsat- kichlari, ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni oladi.

    Innovatsion menejment – bu mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U o’z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo’nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi.

    Savdo menejmenti– savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat bo’ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari bo’yicha ratsionalroq boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil yo’nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.

    Maxsus menejmentning yuqorida keltirilgan turlaridan tashqari hozirgi vaqtda quyidagi boshqa turlari ham ishlab chiqilmoqda: ijtimoiy soha, bank, soliq, tashkiliy, xalqaro menejment va boshqalar.

    Ijtimoiy rivojlanishning davriy xarakteri, inqiroz sharoitlarida qarorlar qabul qilish zaruriyati menejmentning nazariyasi va amaliyotini rivojlanishiga jiddiy motivatsiya bo’lgan. G’arbning ilg’or mamlakatlari tajribasi shuni ko’rsatadiki, menejment oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarmoqda va uning samaradorligini oshishida juda katta rol ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanishga tegishlidir.

    Bunda shuni ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish markazlari zamonaviy darajada takomillashyapti. Eng rivojlangan mamlakatlar guruhida Yaponiya, Germaniya va Shvetsariya yetakchilik qilmoqda. Boshqaruvning zamonaviy talablariga muvofiq AQSh – 9, Fransiya – 12, Italiya – 14, Buyuk Britaniya – 16 o’rinda turibdi. Keyingi 10-15 yillar ichida iqtisodiyotida keskin ko’tarilish xos bo’lgan mamlakatlar orasida Singapur, Gonkong va Tayvan yetakchilik qilmoqdalar.

    Bizning mamlakatimizda ham menejment G’arbdagi firmalarni boshqarishning tamoyillari, usullari, vositalari va shakllari majmuasi sifatida tanilmoqda. Ammo 20 yillar oldin, uning asosiy maqsadlari imperalizmning o’rnini mustahkamlash va ijtimoiyistik davlatlarga karshi iqtisodiy kurash olib borish manfaatlari yo’lida katta foyda olish va ijtimoiyizm mamlakatlaridan mehnat unumdorligi bo’yicha o’zib ketish deb hisoblangan. Bunday qarash ho’jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi doirasiga ma’lum darajada mos kelgan, chunki rejalashtirishning markazlashtirilgan tartibi va bozorni boshqarish tajribasini yo’qligi sharoitlarida bozor mexanimizmi harakatini bizning iqtisodimizga to’liq ko’chirishning iloji bo’lmagan. Shunga qaramasdan, o’sha sharoitlarda ham bizda menejmentning ko’pgina elementlaridan foydalanish mumkin bo’lgan.

    Mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashuvi aholining keng qatlamlari, amaliy xodimlarga menejment nazariyasi va amaliyotining jamlangan boy jahon tajribasi bilan tanishish imkoniyatini bergan, O’zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga qaratilishi esa ilg’or davlatlar tajribasini o’rganish va undan foydalanishni zarur qilib qo’ygan. Shuning munosabati bilan O’zbekistonda menejmentga munosabatlar keyingi yillarda ancha o’zgargan. Menejmentning ko’zga ko’ringan nazariyachilari va amaliyotchilarning asarlari nashr qilingan. Zamonaviy boshqaruvchi-menejerlarni faol tayyorlash boshlangan.