Matematika, 4 sinf, Bikbayeva N. U, Girfanova K. M, 2020
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
Boshlang’ich sinf matematika darsligining dts talablari bo’yicha tahlili Reja
Boshlang’ich sinflar uchun matematika darsligi va uning tuzilishi.
Davlat ta’lim standartida 4-sinf matematika dasturiga qo’yilgan talablar
Boshlang’ich sinf matematika darsligining DTS talablari bo’yicha tahlili
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Boshlang’ich sinflar uchun matematika darsligi va uning tuzilishi.
1.1. Davlat ta’lim standartida 4-sinf matematika dasturiga qo’yilgan talablar
4-sinf Matematika darsligi
Mualliflar: N. U. Bikbayeva, E. Yangaboyeva, K.M. Girfanova;
Nashri: “O‘qituvchi” nashriyot- matbaa ijodiy uyi, Toshkent – 2017.
Davlat ta’lim standartida 4-sinf o‘quvchilari uchun quyidagi talablar qo’yilgan:
(170 soat, A1+: 238 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
o‘rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematikaga oid audio matnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.
Mavzuga oid ma’lumotlarni muhokama qilishda o‘zaro muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish, matematik masalani hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
uchta sonning o‘rta arifmetigini topish.
mustaqil ravishda turli media manbalardan axborotni izlab topa olish, dastlabki tahlil qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay qila olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;
xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar umumiy hossalarini aniqlay olish;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni kundalik vaziyatga qo‘llay olish;
ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtira olish.
o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantira olish, kamolotga intila olish, matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana olish, o‘z xatti-harakatini baholay olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta olish.
umumiy masalani yechish uchun guruh faoliyati boshqara olish va guruh a’zolarning fikrlarini jamlab, umumiy fikrni bayon qila olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
kundalik hayotda matematik usullar samarali ekanligini tushuna olish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera olish.
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuna olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, o‘rganilgan tenglamani yechishda, o‘rganilgan turdagi yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana oladi.
sodda savdo-sotiq munosabatlarda, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;
matematikaga oid yangi bilimlarni izlashda axborot-kommunikatsiya vositalari, internet saytlaridan foydalana oladi.
4-sinf matematika dasturida mavzular ketma-ketligi va ular uchun ajratilagan saotlar quyidagicha:
(5 soat, A1+: 7 soat)
1-2-mavzular. 1000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar (2 soat).
3-5-mavzular. Bir xonali songa ko‘paytirish yoki bo‘lishni o‘z ichiga olgan tarkibli masalalar. Tengsizliklarni tanlash usuli bilan yechish. Ikki usulda yechiladigan masalalar (3 soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 1 soat).
Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 1soat).
1-bo‘lim. 1 DAN 1 000 000 GACHA BO‘LGAN SONLAR.
(20 soat, A1+: 28 soat)
6-8-mavzular. Birlar, minglar sinfi. Birlar va minglar sinfida I, II, III xonalar (3 soat).
9-11-mavzular. Million ichida arifmetik amallar. Ko‘p xonali sonlarni taqqoslash (3 soat).
12-13-mavzular. Sonlarni yozishda raqamning o‘rin qiymati. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. Rim raqamlari (2 soat).
14-16-mavzular. Sonni uning xona qo‘sh iluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash (3 soat).
17-20- mavzular. Sodda fazoviy shakllar (4 soat).
21- mavzu. Ma’lumotlarni grafik ko‘rinishida tasvirlash (1 soat).
22-23-mavzular. Qirqma shakllar: buklanadigan ko‘pburchaklar. Bir xil qismlardan tuzilgan har xil shakllar (2 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 2 soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
0 dan 1000 000 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, taqqoslay oladi, tartibga soladi, modellarda tasvirlay oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;
fazoviy (parallelepiped, kub, shar) figuralarni tasavvur qila oladi, taniydi va nomlay oladi;
real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi;
fazoviy figuralarni ularning tekislikdagi ko‘rinishlari bilan bog‘lay oladi.
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
2-bo‘lim. TENGLAMALAR. KATTALIKLAR.
(20 soat, A1+: 28 soat)
24-mavzu. Qo‘sh ishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasi (1 soat).
25-mavzu. Natijani tekshirish usullari (1 soat).
26-27-mavzular. Tenglamalarni yechish (2 soat).
28-29- mavzular. Tengsizliklar (2 soat).
30-mavzu. Miqdorlarni qo‘sh ish va ayirish (1 soat).
31-32-mavzular. O‘rta arifmetikni topishga doir masalalar yechish (2 soat).
33-mavzu. Massa birliklari: gramm, kilogramm, tonna (1 soat).
34-36-mavzular. Ikkilik sanoq sistemasi. Axborot o‘lchov birligi (bit, bayt, kilobayt) (3 soat).
37-mavzu. Geometrik mazmundagi amaliy masalalar (1 soat).
38-39-mavzular. Mantiq elementlari (2 soat).
40-41-mavzular. Blok-sxema ko‘rinishda berilgan masalalar (2 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 2soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Reja tuzish mashqlari (A1+: 2 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;
6•x=426+120, x:18=270–50, 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni yecha oladi;
arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi; o‘rganilgan turlardagi tengsizliklarni yecha oladi;
murakkab bo‘lmagan ko‘rinishlarda berilgan ma’lumotlarni o‘qiy oladi; atrof-borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi, ayrim elementlarini o‘lchay oladi va chamalay oladi;
ikki-uch sonning o‘rta arifmetigini topa oladi.
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi.
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Matematika, 4 sinf, Bikbayeva N.U., Girfanova K.M., 2020
Matematika, 4 sinf, Bikbayeva N.U., Girfanova K.M., 2020.
Учебник по математике для 4 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Har bir sonning yozilishida 3 raqami nimani anglatadi?
Sonlar yozuvida ayni bir raqam, u qaysi xonada turganiga qarab, har xil qiymatga ega bo‘ladi. Masalan, 273 sonidagi 3 raqami birlar xonasida turibdi, shu sababli u 3 birlikni anglatadi.
Примеры.
Kitob 240 betdan iborat. H ar kuni 6 betdan o‘q ils a, kitobn i nech a kund a o‘q ib tuga tish mumkin? Agar har kuni 2 bet ko‘proq o‘qilsachi?
Polizdan 350 kg sabzi, 175 kg sholg‘om hamda sabzi va sholg‘om birgalikda qancha bo‘lsa, shuncha kartoshka yig‘ib olindi. Polizdan jami qancha sabzavot yig‘ib olingan?
MUNDARIJA.
3-SINFDA O‘TILGAN MAVZULARNI TAKRORLASH.
O‘n ming ichida sonlarni raqamlash va arifmetik amallar.
Tengsizliklarni tanlash usuli bilan yechish.
1 DAN 1 000 000 GACHA BO‘LGAN SONLARNI RAQAMLASH.
Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari.
Birlar, minglar millionlar sinfi.
Million ichida ko‘p xonali sonlarni taqqoslash.
Million ichida qo‘shish va ayirish amallari.
Yassi va fazoviy shakllar.
Qirqma shakllar, buklanadigan ko‘pburchaklar.
TENGLAMALAR. TENGSIZLIKLAR. KATTALIKLAR.
Qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasi.
Natijani tekshirish usullari.
Tenglamalar.
Tengsizliklar.
Miqdorlarni qo‘shish va ayirish.
O‘rta arifmetik qiymatni topish.
Massa birliklari orasidagi muno sabatlar.
Geometrik mazmundagi amaliy masalalar.
Mulohazalar.
MILLION ICHIDA SONLARNI KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH. FORMULALAR. SHKALALAR.
Million ichida ko‘paytirish va bo‘lish.
Tenglamalarni yechish.
Formulalar.
Shkalalar.
Sonli ifodalarning qiymatini hisoblash.
Miqdorlarni songa ko‘paytirish va bo‘lish.
Harakatga doir masalalar.
KASRLAR.
Oddiy kasrlar.
Sonning kasrini topish.
Sonni kasrdan topish.
Kasrlarni taqqoslash.
Kasrlarni qo‘shish va ayirish.
O‘nli kasrlar.
To‘plamlar. Eyler-Venn diagrammasi.
KOORDINATA TO‘RINI TUZISH. FAZOVIY SHAKLLAR.
Nuqta koordinatasi.
Koordinata burchagi.
Ko‘pyoq.
To‘g‘ri burchakli parallelepiped.
Kub.
Yuz o‘lchov birliklari.
Hajm o‘lchov birliklari.
MA’LUMOTLARNI GRAFIK, DIAGRAMMA, JADVALLAR KO‘RINISHIDA IFODALASH.
Grafiklar.
Ma’lumotlarni tasvirlash usullari.
Simmetrik shakllar. Burish simmetriyasi.
4-sinfda o‘tilganlarni takrorlash va umumlashtirish.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Matematika, 4 sinf, Bikbayeva N.U., Girfanova K.M., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va metodik qo’llanmalar mazmuni
Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday bilimga ega bo’lishi lozim? Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf – odatlarimizni o’rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak?» degan savollar boshlang’ich ta’lim oldida asosiy masala bo’lib kelmoqda.
So’nggi yillarda mamlakatimizda o’rta maktabda matematika o’qitish, ayniqsa, boshlang’ich ta’lim tizimida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Ayniqsa, respublikamizning mustaqilligi, maktablar to’g’risidagi Qonun va farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol isbotidir.
Hozirgi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun talablari matematikani turmush bilan bog’lash va uni mustahkamlashga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qo’ymaydi, balki muhim o’zgarishlar talab etib, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldiga ulkan vazifa qo’yadi.
Matematika so’zi qadimgi grekcha so’zidan olingan bo’lib, uning ma’nosi ― “fanlarni bilish” demakdir. Matematika fanining o’rganadigan narsasi (ob’yekti) fazoviy formalar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir.
Maktab matematika kursining maqsadi o’quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir.
Bu matematik bilimlar sistemasi ma’lum usullar (metodika) orqali o’quvchilarga yetkaziladi.
“Metodika” grekcha so’z bo’lib, “metod” degani “yo’l” demakdir.
Matematika metodikasi pedagogika fanlari sistemasiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog’i bo’lib, jamiyat tomonidan qo’yilgan o’qitish maqsadlariga muvofiq, matematikani o’qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tatbiq qiladi. Maktab oldiga hozirgi zamon talabalari va ta’lim maqsadlarning qo’yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o’zgarishiga olib keldi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun o’qituvchi boshlang’ich sinflar uchun o’qitish metodlarini mukammal egallab, chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur.
Boshlang’ich ta’limi metodikasining matematika predmeti quyidagi- lardan iborat:
1. Matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan maqsadlarni asoslash (Nima uchun matematika o’qitiladi, o’rgatiladi?).
2. Matematika o’qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o’rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o’rganishda izchillik ta’minlanadi, o’quv ishlariga o’quv mashg’ulotlari beradigan o’quv yuklama hal qilinadi, ta’limning mazmuni o’quvchilarning real bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O’qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o’qitish kerak, ya’ni, o’quvchilar hozirgi kunda zarur bo’lgan iktisodiy bilimlarni, malaka, ko’nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o’quv ishlari metodikasi qanday bo’lishi kerak?
4. O’qitish vositalari–darsliklar, didaktik materiallar, ko’rsatma-yu, qo’llanmalar va texnik vositalarini ishlab chiqish (nima yordamida o’qitish).
5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta’limning darsdan tashqari formalarini qanday tashkil etish) O’qitishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va formalari metodik tizimining asosiy komponentlarida murakkab tizim bo’lib, uni o’ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.
Matematika o’qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o’zining bazaviy fani bilan uzviy bog’liq.
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga tayanadi.
Boshlang’ich sinf uchun mo’ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi sahifalarida biz o’quvchilar uchun berilgan topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda nechta quyon bo’lsa, bir qatorda shuncha katakni bo’ya, rasmda nechta bo’ri bo’lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo’ya”. Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko’rsatilgan to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
MO’M 2 umumiy metodika qay darjada o’qtilishiga bog’liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi tomonidan ishlatiladi.
Boshlang’ich sinf MO’M pedagogika va pedagogik texnologiya, AKT fani
bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning qonuniyatlariga tayanadi.
MO’M bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog’lanish mavjud.
Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi, bu hol matematika o’qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi.
Ikkinchi tomondan – pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllan- tirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan natijaga tayanadi, bu uning hayotiyligi va konkretligini ta’minlaydi.
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning konkret materialidan “oziqlanadi”, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o’z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Matematika o’qitish metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog’liq. Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi va metodikasi ta’limning boshqa metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar metodikasi) bilan boqliq.
Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan ta’limni to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Ilmiy tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog’lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o’rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.
Kuzatish, eksperement, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o’quvchilar ishlarini o’rganish, suhbat va anketalar o’tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
So’nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, o’qitishni modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda.
(O’quvchi fikrini doskada chizmada tushirish va chizmada o’quvchi fikrini o’qiy olishi nazarda tutiladi). Matematika o’qitish metodikasi
ta’lim jarayoni bilan bog’liq bo’lgan quyidagi uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o’rganish kerak?
2. Matematikadan nimalarni o’rganish kerak?
3. Matematikani qanday o’rganish kerak?
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo’lib SHveytsariyalik pedagog matematik G.Pestalotsining 1803 yilda yozgan “Sonni ko’rgazmali o’rganish” asarida bayon qilingan, boshlang’ich ta’lim haqida ulug’ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta’lim va tarbiya haqidagi hur fikrlarida boshlang’ich ta’lim asoslarini o’rganish muammolari haqida o’z davrida ilg’or g’oyalarni olg’a surganlar.
MO’M o’zining tuzilish xususiyatiga ko’ra shartli ravishda uchga bo’linadi:
1. Matematika o’qitishning umumiy metodikasi.
Bu bo’limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari va vositalarining metodik sistemasi pedagogika, psixologik qonunlari hamda didaktik tamoyillari asosida ochib beriladi.
2. Matematika o’qitishning maxsus metodikasi.
Bu bo’limda matematika o’qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini konkret tema materiallariga tatbiq qilish yo’llari ko’rsatiladi.
3. Matematika o’qitishning konkret metodikasi.
Bu bo’lim ikki qismdan iborat:
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi butun pedagogik tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida qo’llaniladigan metodlarning o’zidan foydalaniladi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo’naltirilgan holda idrok qilishdan iborat.
Kuzatish aniq maqsadni ko’zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig’ida davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo’lishi mumkin.
Tutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish faoliyatlari), tanlanma kuzatishda kichik – hajmdagi hodisalar (masalan matematika darslarida o’quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi.
Eksperiment – bu ham kuzatish bo’lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o’zgartirib turiladigan sharoitda o’tkaziladi.
Eksperiment natijalarini analiz qilish – taqqoslash metodi bilan o’tkaziladi. Pedagogik tadqiqotda suhbat metodidan ham foydalaniladi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chiqarish, ishchi farazini tuzish, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.