Python dasturlash tili darslari
8. Ingliz tili kerakmi?
Dasturlash Asoslari. Python
Assalom alaykum hurmatli do’stlar. Bu yerda siz dasturlash asoslarini o’rganasiz.
Darsimizning asl maqsadi tinglovchilarga dasturlash asoslarini va eng muhimi turli muammolarga yechim bo’luvchi dasturlar yozishni o’rgatish.
Buning uchun biz Python tilidan foydalansakda, dars davomida olingan bilimlar barcha dasturlar tili uchun umumiydir.
Darsimizning maqsadi sizni tez va samarali yo’llar bilan Python dasturlash tiliga va eng muhimi dasturchilik olamiga olib kirish. Darsimiz, umrida biror marta Python yoki umuman boshqa tillarda dastur yozmagan barcha yoshdagi insonlarga mo’ljallangan.
Dars davomida siz barcha tillar uchun umumiy bo’lgan dasturlash asoslarini puxta o’zlashtirib olasiz, bu esa o’z navbatida sizning kelajakdagi faoliyatingiz uchun muhim poydevor bo’ladi.
Umid qilamizki, darslarimiz boshqa o’qituvchilar va dasturchilar uchun ham foydali manba bo’lib xizmat qiladi.
What Will You Learn?
- Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar, kelajakda dasturlashning tor va murakkab yo’nalishlarini ham, mutlaqo yangi dasturlash tilini ham yengillik bilan o’zlashtira oladilar.
- Kurs davomida dasturlarini yozish uchun muhim bo’lgan asosiy tushunchalarni o’rganasiz. Ushbu tushunchalar har qanday dasturlash tillari uchun bir xildir.
Audience
- Dasturlashni 0 dan boshlayman deganlar
- Dasturlashga yangi kirganlar
- O’quv kurslari talabalari
- Kompyuter Texnologiyalari yo’nalishida o’qiyotgan talabalar
- Python dasturlash tilini o’rganishni istaganlar
Python dasturlash tili darslari
Python o’zbekcha video darslar va ma’lumotlar !
Siz uchun o’zbek tilidagi Python darsliklari qo’llanmalar video va boshqa eng qiziqarli ma’lumotlar bizda !
About
Blog
Apps
Platform
Python Dasturlash maktabi
883 subscribers
Forwarded from Azimjon Pulatov
Dastuchi Emas, Sotuvchi Bo’ling
Ikki muhim mavzu – ITda pul topish va “soft skill”lar haqida gaplashamiz.
9-Sinf informatika olimpiadasi | kuchli shox masalasi
Yana qanday videolar chiqarishimni xohlaysiz ?
Izohlarda yozib qoldiring.
Muallif: Muslimbek Baratov
Telegram: https://t.me/MuslimMuslih
Forwarded from Абдулбосит қори
Океанларнинг қаърида бир жонивор яшайди. Товус қушига ўхшаган, номи денгиз узумидир. Унинг мияси бор, фикрлайдиган бир ҳайвондир аслида. У ҳайвон бир ин қуриб, ҳаётини тинчгина яшаб ўтиш учун қояликларнинг тагидан ҳар доим жой қидиради. Қачонки кўнгилдагидек қояни топса, ўзини қояга уради ва бундан кейин мияга эҳтиёжим йўқ деб таҳмин қилади. Шу тақлидда ўз миясини ўзи ейишга тушади. Натижада ҳайвон секин-аста ўсимликка айланади.
Жуда қизиқ, шундай эмасми?
Аммо ишонингки, Ислом умматининг бугунги аҳволи шу ҳолатда. Ўз миямизни ўзимиз емоқдамиз. Аллоҳ мия каби бир неъматни берган. Аммо биз ундан фойдаланмаймиз. Биз нега ўйланайлик, қайғурайлик, бошлиқлар ўйласин буни деймиз. Иродамизни ижарага бериб, миямизни ейишда давом этмоқдамиз.
Икки юз йилдир Ислом умматида ихтиро, кашфиёт йўқ. Илм ва билим тўхтади гўё. Андалусдек тажрибага эга бир уммат, ҳозир бошқаларнинг иродасига бўйсунишга маҳкум. Вақтию-замонида бутун дунёдан роҳиблар Андалусга илм ўрганиш учун келар эди. Бир кун бир роҳиб Андалусни тарк этар экан, қўйнида бир нарса ўғирлаб қўлга тушади. У нарса «Абакус» яъни, ўша даврнинг компьютери эди. Компьютерни ижод қилган бир умматнинг болалари, компьютер программаларида чўққиларни забт қилиши керак эмасмиди? Биз фойдаланаётган бутун программа, ижтимоий сайтларнинг ижодкори баъзан биз қарғаб қўядиган қарши тарафдаги умматникидир.
Миямизни ейишдан тўхтайлик. Аллоҳ бу мияни бизга егин деб эмас, фойдалангин, ишлатгин деб берган. Уни ишлатганимиз сари янада кўп ишлайди аслида.
©️ Марзия Сайдам
Яқинларингизга ҳам улашинг!
@AbdulbositQori
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP forever
Dasturlashda matematika kerak bo’ladimi deb ko’p so’rashadi.
Javob: Kerak, biznesni bankrotga uchratmaslik uchun ham matematika kerak)
Dasturlash sohasida “DRY” (Don’t Repeat Yourself) degan printsip bor. Bir kodni qayta qayta takrorlamaslik printsipi hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
Dasturlash tillarida kod yozish uchun onlayn compiller va onlayn cabinet
Forwarded from Azimjon’s Fikrlog
Obod mahalla elekotron platformasini 8.4 mlrd so’mga baholanganini ko’rib, ehh programmist bo’lishim kerak bo’gan ekan deb o’ylayapsizmi?
Men sizga bir gap aytaman. Bu pulning 10% ham aslida ishni qiladigan odamlarga yetib borishiga shubha qilaman.
Dasturchi hikoyasining 4-sonida davlat tashkiloti uchun auksion yaratganligimiz haqida aytib o’tgandim – 10 mln so’mga. Loyiha byudjeti 300 mln bo’lgan va hamma ishni qilib 3.3% olganmiz xolos.
Ochiqchasiga o’marish. Bunaqa xolatlar aslida juda ko’p. Ba’zilari bugungidek ko’zga ko’rinib qoladi.
Tekin pishloq faqat qopqonda bo’ladi. ♀️
Please open Telegram to view this post
Forwarded from Sariq Dev
Ingliz tili yetarlimasda.
Forwarded from Javohir Izzatulloh | blog
Bugun birov Toshkentdagi ingliz tili o’rgatadigan o’quv markazida namozga ruxsat yo’qligidan shikoyat qildi. Ruxsat beradigan joy topa qolsangizchi, deb tavsiya qildim. Hozir zamon ancha o’zgargan, xususiy bizneslar mijozning talabidan kelib chiqishga majbur.
Shu muloqot sabab bo’ldi-yu, Kareya xotiralarini yo’qladim. Eslayman, yangi borgan paytimda universitet binosida bir chekada namoz o’qishimga to’g’ri kelib qoldi. Yaqin atrofda masjid yo’q, namozxona yo’q. Namoz payti chiqib ketishiga oz qolgan. Indashmasmikan deb yuragim taka-puka bo’lib zo’rg’a jur’at qilib yerga joynamoz solib namozni boshladim.
Shu payt yon-atrofdagi xonalarda dars tugab qolsa bo’ladimi! Namozni tugatgunimcha yuzlab karis talaba auditoriyalardan chiqib yonimdan hali uyoqqa, hali buyoqqa o’tadi. Lekin hech kim indamadi.
Keyin mavridi bo’lganda bir domladan so’radim:
– Sizlarda namoz o’qishga taqiq yo’qmi?
– Nega bo’lsin? Ibodat shaxsiy ishing, xohlagan burchagingda Xudoyingga ibodat qilaverasan-da, boshqalarga xalaqit bermasang bo’ldi.
Men esa ikki metr joyga bir parcha mato solib ovozimni chiqarmay Robbimga ibodat qilish uchun albatta kimdandir ruxsat olish kerak, agar ular taqiq qo’ysa, faqat va faqat masjidga borishim kerak yoki namozni qazo qilib uyga borganda o’qishim kerak deb yurarkanman. Go’lligim qursin.
Bir yillar o’tib, bizning har burchakda namoz o’qib yurganimizni ko’rib rahmlari kelganmi deyman, meni chaqirtirib musulmonlar uchun namozxona tashkil qilib bermoqchiliklarini va ba’zi masalalarda tavsiya berishimni so’rashdi. Jon deb yordamlashdim, shu bahona namozxona va tahoratxonaga ham ega bo’ldik.
Kareya menga o’rgatgan eng katta ibrat: jamoat joyi jamoat mulkidir, jamoat undan istagan maqsadida foydalana oladi. Atrofga zarar yetkazmasa bo’ldi. Aksini isbotlamoqchi bo’lgan odam hujjat-dalili bilan kelsin.
P.S. O’zbekistonga qaytganimda Namanganda shunday vaziyat bo’ldi. Bir joyga ketyapman, masjidga esa yetib borolmayman, namoz payti chiqib ketib qoladi. Avvalgi zamon emasdir deb, Allohga tavakkal qilib, shaharning odam gavjum qismida bir burchakda namoz o’qidim. Hech kim e’tiroz qilmadi, melisa ushlab ketmadi. Ancha o’zgaribmiz, ancha o’nglanibmiz, alhamdulillah. Bu ham ne’mat. Shunchaki, endi bu ne’matlar bizga oddiy holdek tuyulyapti.
@javharuz
Жанубий Кореянинг Донг-А университетида мусулмон талабалар учун намозхона очилди
Жанубий Кореянинг Пусан шаҳрида жойлашган Донг-А университетида мусулмон талабалар учун янги намозхона очилди. Бу ҳақида ҳозир ушбу университет Халқаро алоқалар бўлимида амалиёт ўтаётган Жавоҳир Иззатуллаев Azon.uz`га маълум қилди.
«Python Dasturlash Asoslari» – VideoKurs
Python – bu nihoyatda mashhur, ommabop, zamonaviy, kuchli skript dasturlash tili bo’lib, boshlang’ich o’quvchilar o’rganishlari uchun oson start taklif qiladi.
Python-ning ajralib turadigan xususiyati – ishlatish uchun qulay sintaksis. Bu boshlang’ich o’quvchilar uchun ham, IT sohasida yo’nalishni o’zgartirmoqchi bo’lganlar uchun ham ideal dasturlash tili.
Ko’p IT-Kompaniyalar hatto boshlang’ich Python dasturchilarni ham, pullik ish uchun olishga tayyor. Python, boshqa dasturlash tillariga qaraganda, ko’proq talabga ega.
Nisbatan o’rganish osonligiga qaramay, Python sizga turli xil muammolarni echishga va juda murakkab kodlarni yozishga imkon beradi.
hoziroq buyurtma bering!
Python – sodda, lekin turli sohalarda ish beradigan kuchli dasturlash tili
Python – universal, shuning uchun turli sohalarda ishlatilishi mumkin. Masalan: Android va iOS uchun mobil ilovalar ishlab chiqarish, Windows, MacOS va Linux uchun dasturlash ishlashga, Web-Dasturlashga va boshqa turli sohalarda.
Python ishlatib bo’lmaydigan dasturlash masalasini topish qiyin.
Kompyuter Uchun Dasturlash (Windows, MacOS, Linux)
Mobil Dasturlash (iOS va Android)
O’yinlar Yaratish
Web – Dasturlash
Istagan Masalaga Skript
Matematik Misollar Uchun
Katta Talab
Bugun Python – dasturlash tillar ichida eng katta talabga ega til deb hisoblanadi. 2018 va 2019 yil reytinglariga ko’ra, Python TOP-3, TOP-5 eng katta talabga ega tillar reytingiga kiradi.
Xalqaro TIOBE INDEX reytingi:
Xalqaro IEEE SPECTRUM reytingi:
Ular ham Python ishlatishadi:
YouTube
Mozilla
Dropbox
Yandex Music
Payme
VideoKurslar.Uz taqdim etadi
«Python Dasturlash Asoslari» Video-Kursi
Video-Kurs bilan tanishib chiqing. Atagi 5 minut vaqtingiz keatdi!
Video-Kursga nima kiradi?
Ushbu videokurs 15 mavzudan, 30 videodan iborat. Umumiy videolar davomiyligi – 5 soat va 26 minut.
Darslar maksimal darajada tushunarli bo’lib, har bir mavzudan so’ng, ishlash uchun materiallar beriladi.
Darslar faqat teoriya emas. Amaliyotlar bilan tez va samarali o’rganing.
Barcha mavzularga oid Mundarija ham qo’shilgan.
Yuklab Olish:
Muhim raqamlar
Fundamental Muallif Darslari
Soat, Qadamma-Qadam Darslar
Praktika – Amaliyot
GB Qo’shimcha Materiallar
Ekran rasmlari:
Bosh Menyu Dars Jarayoni Mundarija
Bu kurs kimga to’g’ri keladi?
Boshlovchilarga
Agar dasturlash tilini endi o’rganishni boshlamoqchi bo’lsangiz, ushbu kurs sizga to’g’ri keladi. Python sintaksisi osonligi va tushunarli videodarslar, boshlang’ich o’quvchilarga yordam beradi.
Dasturchilarga
Boshqa dasturlash tillarini biladiganlarga ham ushbu kurs qiziqish uyg’otadi. Boshqa til bilishingiz, rosa sizga yordam beradi. Hoziroq eng mashxur va talabga ega dasturlash tilini o’rganing.
Darslar ro’yhati
Darslar Soni: 30
Darslar Umumiy Davomiyligi: 5:25
Darslar 100% o’zbek tilida. Har bir darsda amaliyot bajariladi. Har bir darsdan so’ng, sizni ishlash uchun kerak bo’ladigan fayllar, mundarija va uy vazifasi kutadi.
1. Python O’rnatish
2. Visual Studio Code dasturini o’rnatish
Darslar Soni: 30
Darslar Umumiy Davomiyligi: 8:25
Darslar 100% o’zbek tilida. Har bir darsda amaliyot bajariladi. Har bir darsdan so’ng, sizni ishlash uchun kerak bo’ladigan fayllar, mundarija va uy vazifasi kutadi.
1. Python O’rnatish
2. Visual Studio Code dasturini o’rnatish
1. Asosiy Tushunchalar
2. Matematik Amallar
3.1. Satrlar bilan ishlash
3.2. Satrlarga Oid Masalalar
3.3. Izohlar. Kirish Operatsiyasi
3.4. Random Tasodifiy Sonlar
4. Mantiqiy Amallar
5.1. If shart operatori
5.2. If shart operatori (2 qism)
6. For sikl operatori
7.1. While sikl operatori
7.2. While sikl operatori (2 qism)
7.3 Break va Continue
12.2. Funktsiyalar (2 qism)
12.3 Funktsiyalar (3 qism)
15. Istisnolar (try…except)
Kurs narxi qancha?
Bir zumda yuklash
To’lov amalga oshirishingiz bilan, sizga SMS orqali videokursni yuklab olish uchun havola (ssilka) yuboriladi.
150 000 so’m
Internet orqali yuklash:
VideoKursni hoziroq internetdan yuklab olishingiz mumkin.
Kurs Hajmi: 950 MB
VideoKursni Yuklab Olish Uchun:
-
VideoKurs yarim narxini quyidagi karta raqamga yuboring:
Disk ko’rinishida olish:
Bizda O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish hizmatimiz mavjud.
Buning uchun quyidagi forma orqali, buyurtma qoldirishingiz kerak.
Buyurtma qoldirishingiz bilan, 24 soat ichida siz bilan Brothers.Uz hodimlari qaytib bog’lanishadi.
Buyurtma tasdqilanishi bilan, 24 soat ichida, sizning uyingizga eng yaqin bo’lgan bizning hamkorimiz ofisiga diskingiz yuboriladi.
Buyurtma berish:
Batafsil ma’lumot quyidagi telefonlar orqali:
+998 90 963 46 23
+998 91 133 46 23
Python dasturchilarni oyligi qancha?
Python juda ommapob va qulay dasturlash tili bo’lgani uchun, ko’p sohalarda ishlatiladi. Shuning uchun, Python dasturchilarga talab juda katta.
Hozirgi paytda hh.ru saytida Python dasturchilar uchun 2700 vakansiya bor. Aytib o’tish kerak, bu PHP dasturchilarga qaraganda 2 baravar ko’proq.
O’zimizni, OLX.UZ saytida ham bunday vakansiyalar kam emas. Python dasturchisiga taklif qilinadigan o’rta oylik – 6 million so’m.
Tepada aytilganidek, Rossiyadagi kompaniyalar uchun frilanserlik (uydan ishlash) qilsangiz, 150 – 250 ming rubllik ish joylarini kutsangiz bo’ladi.
Quyida bir necha misollar:
O’qituvchi kim?
Farrux Elomonov
Ta’lim: Radio va Mobil Aloqa – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Qobilyatlar: Python, HTML5, CSS3, JAVA
Hobbi: O’qituvchi
Malaka: yil
FAQ: Ko’p so’raladigan savollar
Quyidagi ko’p so’raladigan savollar bilan tanishib chiqing. Sizni qiziqtirayotgan savolga javob topmasangiz, bemalol biz bilan bog’lanishingiz mumkin.
Quyidagi ko’p so’raladigan savollar bilan tanishib chiqing. Sizni qiziqtirayotgan savolga javob topmasangiz, bemalol biz bilan bog’lanishingiz mumkin.
1. Video Kursdan foydalanish uchun qanday qobiliyatlar talab qilinadi?
Kursdan foydalanish uchun hech qanday qobiliyatlar kerak emas. Kompyuterni ishlatishni bilsangiz bo’ldi.
2. Qancha vaqtga mo’ljallangan?
Har kuni 1-2 soatdan videolarni ko’rib, amaliyot bilan shug’ullansangiz, 1-2 oyda videokursni tamomlaysiz.
3. Qanday to’lov turlarini qabul qilasiz?
Click, PayMe, va naqt pul bilan to’lov qilish, tepada, buyurtma berish bo’limida ko’rsatilgan. Chet eldan pul jo’natmoqchi bo’lsangiz, iltimos, biz bilan telefon yoki Telegram orqali bog’laning.
4. Savollar bo’lsa, kimga murojaat qilishim kerak?
Savollar bilan, bemalol Telegram orqali bog’lanishingiz mumkin.
5. Kompyuter uchun talablar qanday?
Minimal talablar: 800 MHz protsessor, 512 MB operativ xotira, audio karta, videokarta, DVD diskovod (disk holatida harid qilgan bo’lsangiz) va operatsion tizim Windows 2000/XP/7/8/8.1/10.
6. Bank raqamingizga to’lov qabul qilasizmi?
7. Mac kompyuterida videokursni ko’rish mumkinmi?
Afsuski, yo’q. Videokurs .exe formatda. Agar o’rnatish zaril bo’lsa, biz bilan bog’laning – sizga mutaxassislarimiz o’rnatib berishadilar.
8. Ingliz tili kerakmi?
9. Kursni sotib olgandan so’ng, uni birovlar bilan ulashishim mumkinmi?
Yo’q. Videokurs Brothers.Uz Ximoya Tizimi orqali ximoyalangan, va tarqatilishi ta’qiqlanadi. Videokursdan faqatgina bir kompyuterda foydalanish mumkin. Agar siz boshqa joyda ushbu videokurs sotilyapganini ko’rgan bo’lsangiz, darhol biz bilan bog’laning.
10. Videolarni telefonim orqali ko’rishim mumkinmi?
Yo’q. Barcha videolar himoyalangan va .exe formatida. Mundarija esa PDF formatda va bemalol mobil qurulma orqali foydalanishi mumkin.