Press "Enter" to skip to content

Adabiyot 9-sinf II qism

Kuni kecha Toshkent shahridagi Inha universitetida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati.

9 sinf adabiyot yangi

Kuni kecha Toshkent shahridagi Inha universitetida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati.

Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha.

Navoiy va Bobur merosida rahbar ma’naviyati va boshqaruv masalalari

Bugun Davlat boshqaruvi akademiyasida ikki buyuk siymo – she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi nishonlandi

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida atoqli shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining.

TOSHDO’TAU: YAKDILLIK, FIDOYILIK, QAT’IYLIK

O’zbek filologiyasi fakulteti

Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti

O’zbek tili ta’limi fakulteti

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti

Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti

Universitet haqida
Universitet – ilm, izlanish, kashf etish, innovatsiyalar joriy etish maskani
Tashkil topgan
Fakultetlar
O’qituvchilar

Universitet jahon nigohida

Nensi Ekles
Eys universiteti professori, filologiya fanlar nomzodi (PhD) AQSH

Men Amerikaning eng chiroyli sohillari joylashgan Shimoliy Florida shahrida istiqomat qilaman. Men Toshkentda bir necha bora mehmon bo‘lganman va 2017-yil Fullbrayt dasturi asosida sizning universitetingizga tashrif buyurdim va o’nlab konferensiyalarda qatnashdim. Universitetingiz erishgan yutuqlar bilan chin qalbimdan tabriklayman! ToshDO‘TAUning kelajagi porloq bo’lishiga tilakdoshman!

Kristin Smart
Arkanzas universiteti professori, AQSH

Sizning universitetingiz ochilgandan so’ng unga ilk bor tashrif buyurishga muyassar bo’lganman. Xorijiy universitetlar bilan bellasha oladigan kreativ talabalar, bilimdon mutaxassislar borligi mazkur universitetning beqiyosligini ko’rsatadi. Haqiqatan ham havas qilishga arziydigan universitetlar sarasiga kiradi.

Nodira Isamuxamedova

filologiya fanlar nomzodi, Buyuk Britaniya Lids universiteti magistri, Kanadada onlayn ta’lim bo’yicha mutaxassis

Ushbu Universitet bilan do’stona munosabatda ekanimdan juda ham mamnunman! Universitet talabalariga dars berar ekanman, ularning bilimga chanqoq ekanligi va o’qituvchilarning iliq munosabati meni hayratga soldi. Alohida minnatdorchiligimni Universitet rektori professor Shuhrat Samariddnovichga bildirmoqchiman. Ularning universitetga bilimli va malakali o’qituvchilarni jalb qilib, ta’limga ilg’or yondashuvlar kiritayotganligi tahsinga loyiq deb bilaman. Pandemiya vaziyatiga qaramasdan, ushbu universitet o’z faoliyatini a’lo darajada davom ettirib, boshqa davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashda davom etib kelmoqda. Universitet jamoasi va talabalariga omad tilab qolaman!

Antoni Briffa
vazirlik tarkibidagi Gozo bo’yicha yoshlar siyosati bo’yicha loyihalar kordinatori

Biz bu jamoa bilan bir nechta ERASMUS dasturlarini amalga oshirganmiz va faxr bilan aytamizki, ular o’z ishining ustasidir. Universitet o’qituvchilari professional va talabalari intizomli, qat’iyatli, bu o’z o’rnida bizga muvaffaqiyatli hamkorlikni ta’minlaydi. Biz universitet ma’muriyatini chuqur hurmat qilamiz va ular bilan hamkorlikda kuchli jamoa tuzishni xohlaymiz. Bu universitetni dunyoning yetakchi universitetlaridan biri bo’lishiga tilakdoshmiz. Biz universitet ma’muriyatiga, jamoasiga va talabalariga muvaffaqiyat tilaymiz hamda kelgusida ular bilan birgalikda yana ko’plab loyihalarni amalga oshirish tilakdoshimiz.

Roshel Almeyda
Nyu-York Universitetining gumanitar fanlar bo’yicha professori, fan doktori

Ikki yil oldin, Fulbrayt dasturi bo’yicha, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga taklif etildim va bu men uchun katta sharaf edi. Mazkur universitetning Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida ,ilmiy va ijodiy yozish mahorati kurslaridan dars berish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo’ldim va o’qishni juda istagan, ilmga chanqoq, ajoyib talabalar meni bilimdonligi va teran fikrliligi bilan juda hayratda qoldirdi. Talabalaringiz shijoati bilan universitetingiz eng yuqori darajada bo’lishiga ishonaman va barcha xodimlar, talabalar va bitiruvchilarga juda yorqin, farovon va baxtli kelajak tilab qolaman.

Nicolete Bobe
sotsilogiya fanlar doktori, Erasmus loyihalari kordinatori – Ruminiya

Sizning universitetingizdagi professor-o’qituvchilar va talabalar bilan Erasmus loyihasi doirasida ko’p mamalakatlarda uchrashgandim. Sizlardagi tashabbuskorlik, keng dunyoqarash va jonkuyarlik meni hayratga solgan, sizlarga ijodiy g’oyalar va loyihalar doimo universitetingizda bardavom bo’lishini tilab qolaman. Sizlar bilan bitta loyihada ishlaganimdan bag’oyat manmnunman, yangi yutuqlarni zabt etishingiz uchun yangi imkoniyatlar tilayman!

Fotima Hamrayeva

Buyuk Britaniyaning Aston universititeti TESOL dasturi bitiruvchisi, Kanadadagi “paper airlines.org” kompaniyasi mutaxassisi

Sizning universitetingiz bilan qisqa hamkorlik davomida talabalarning ilmga chanqoq ekanligi va professor- o’qituvchilarning tashabbuskorligi, fidoyiligi meni hayratga soldi. Kreativ fikrlaydigan, doimo yangi loyihalar ustida bosh qotiradigan o’qituvchilar bilan hamkorlikda bo’lganligim men uchun katta faxrdir. Keyingi asr va undanda ko’proq vaqt davomida universitetingiz porloq bo’lishiga tilakdoshman!

Ernest Abdujaripov
Versal akademiyasi tarjimoni, Fransiya

Menga yaqinda shu universitetda bir nechta onlayn darslar o’tish orqali hamkorlik imkoniyati berilgandi. Ushbu jarayon davomida universitet ravnaqi uchun tinim bilmay ishlaydigan professor-o’qituvchilarning birdamligi mening e’tiborimni tortdi. Shuningdek, talabalarning o’z kelajagiga befarq emasligi va bilimga chanqoqligi meni hayratda qoldirdi. Fursatdan foydalanib, universitet rahbariyati hamda professor-o’qituvchilariga ushbu samarali hamkorlik uchun o’zimning cheksiz minnatdorchilgimni bildirmoqchiman. Sizlarga farovonlik tilayman, axir universitet muvaffaqiyati bevosita talabalarning muvaffaqiyatiga bog’liq. Ijodiy g’oyalar va loyihalar doimo universitetingizda bardavom bo’lsin.

Adabiyot 9-sinf II qism

Android application Adabiyot 9-sinf II qism developed by Turkiston is listed under category Books & reference7. The current version is 1.0.0, released on 28/07/2018 . According to Google Play Adabiyot 9-sinf II qism achieved more than 48 thousand installs. Adabiyot 9-sinf II qism currently has 87 ratings with average rating value of 3.9

QOZOQBOY YO’LDOSHEV, VALIJON QODIROV,
JALOLBEK YO’LDOSHBEKOV
ADABIYOT
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o’rta ta’lim maktablarining
9- sinfi uchun darslik sifatida tavsiya etgan
II qism
Qayta ishlangan va to’ldirilgan 3- nashri
«Yangiyo’l poligraf servis» Toshkent — 2014
Yo’ldoshev Qozoqboy.
Y 69 Adabiyot: Umumiy o’tta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Qayta ishlangan 3- nashri. /Qozoqboy Yo’ldoshev, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo’ldoshbekov; LMas’ul muharrirlar: V. Rahmonov, K. Usmanova J, —T.: Yangiyo’l poligraf servis, 2014. — 200-b.

We are currently offering version 1.0.0. This is our latest, most optimized version. It is suitable for many different devices. Free download directly apk from the Google Play Store or other versions we’re hosting. Moreover, you can download without registration and no login required.

We have more than 2000+ available devices for Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet . with so many options, it’s easy for you to choose games or software that fit your device.

It can come in handy if there are any country restrictions or any restrictions from the side of your device on the Google App Store.

9sinf i chorak Mavzu Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostonida komil inson goyasi Darsning maqsadi

Darsning maqsadi: “Farhod va Shirin” dostonida Farhod timsolining komil inson sifatidagi qirralarini talqin va tadqiq etish; o`quvchilarda komil insonga xos ahloqiy-ma`naviy sifatlarni shakllantirish; mustaqil, erkin ijodiy fikrlashni rivojlantirish.

Darsning metodi: Interfaol usul (“Aqliy hujum”), global ta`lim, guruhlarda ishlash

Darsning jihozi: Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni tarkibiga kiruvchi “Farhod va Shirin” dostoni, Natan Mallayev “O`zbek adabiyoti tarixi”, Najmiddin Komilov “Tasavvuf”, Vohid Zohidov “Ulug` shoir ijodining qalbi”, Navoiy ijodiga xos monografiya, Navoiy g`azallari yozilgan disk, texnik vosita

Darsning tarkibiy qismlari:

1. Darsning tashkiliy qismi

2. “Xursandman” mashqi

3. Guruhlar taqdimoti

5. “4 hayrat” mashqi

7. “Hamkorlik” kvadrati

8. Test bilan ishlash

10. Yakunlash va uyga topshiriq
O`qituvchi kirish so`zi:

Aziz o`quvchilar, bugungi darsimiz adabiyot. Keling, darsimizni “Xursandman” mashqidan boshlasak. Bugungi darsimizga dunyo tanigan, bolalar jonidan sevgan O`zbekiston xalq yozuvchisi, bolalar adabiyotining sevimli vakili Xudoyberdi To`xtaboyev tashrif buyurgan. Biz mana shunday ulug` yozuvchi bilan birga dars o`tayotganimizdan nihoyatda mamnunmiz va men o`ylaymanki, bu tarixiy lahzalar har birimizning yodimizda o`chmas iz qoldiradi. Siz ham bir-biringiz bilan bugungi kunda, xuddi mana shu soatda, yuz ko`rishib turganingizdan xursandchilik sifatida dil izhoringizni bildirib qo`ying. Shoir aytganidek:

Hayotning har lahzazi go`zal,

Umrning har dami g`animat.

Endi asosiy darsimizga o`tamiz.

Jahonki, muqaddas neni ko`ribdi,

Bariga onasan, ey qodir hayot.

Besh yuz yil naridan boqib turibdi,

Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.

Shu buyuk o`g`lingni ardoqlab dildan

Xalqim, ta`zim etsang arzigay tamom

Uning nomi bilan birga bitilgan,

Dunyo daftariga o`zbek degan nom!

O`zbek adabiyotining so`nmas quyoshi, ya`ni, “Shamsul millat” deb sharaflangan ulug` mutafakkir shoir, olim, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy o`zidan nihoyatda boy va salmoqli asarlar qoldirdi. Bu zoti sharif yaratgan bebaho xazina – lirik asarlar, daholar musobaqasi bo`lgan “Xamsa” asari, qancha-qancha ilmiy, tarixiy asarlari necha asrlar o`tgan bo`lsa ham, to`kis-tugal o`rganib bo`lingani yo`q. Va yana aytish mumkinki, o`z davrida qanday ahamiyat, badiiy qiymatga ega bo`lgan bo`lsa, oradan shuncha yillar o`tib ulug` ustoz yaratgan asarlarning ohori to`kilgani yo`q. U yanada salobat kasb etib, yildan-yilga badiiy va g`oyaviy qimmati Ko`xkan tog`lari singari yuksalib bormoqda.

Keling, navbatni guruhlarga bersak-da, ular bugungi mavzudan kelib chiqib o`z guruhlariga nom qo`yganlar, o`zlarini tanishtirib o`tsalar.

1-guruh taqdimoti. “Muhabbat dunyosi” guruhi. Shiori –

“Bo`lmasa ishq ikki jahon bo`lmasin,

Ikki jahon demaki, jon bo`lmasin”.

– Biz dunyoga kelgan ekanmiz, har bir narsaga mehr-muhabbat ko`zi bilan qaramog`imiz kerak: insoniyatga muhabbat, jamiyatga muhabbat, hayvonotga va tabiatga muhabbat. Hamma muhabbatning boshida avvalo Yaratganga bo`lgan ishq-muhabbat turadi. Navoiy ham ishqni 3 guruhga bo`ladi: avom, xos, siddiq ishqi. Ularning birinchisi dunyoviy, ikkitasi ilohiy mazmunga ega. 1 – “Ishqi majoziy”, ikkitasi “Ishqi ilohiy” deyilgan. Navoiy shoirlarni uch guruhga ajratadi: 1- ilohiyot sirlarini kuylovchilar (F.Attor., Rumiy hazratlari). 2- ilohiyotga majozni vosita qiluvchilar (S.Sheroziy, H.Sheroziy, X.Dehlaviy). 3- majoziy ishni kuylovchilar (Hoqoniy Shirvoniy, Solmon Sovojiy).

Navoiy hazratlari esa bizningcha, ilohiyotga majozni vosita qiluvchi shoirlar qatoriga kiradi. Demak, Navoiy asarlarining tub mag`zida muhabbat olovi yolqinlanib turadi.

Nodirabegim aytgan misralar ustoz Navoiyga ham xosdir:

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,

Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.

Shuning uchun guruhimizni “Muhabbat dunyosi” deb atadik.

2-guruh taqdimoti. “Ma`rifat” guruhi. Shiori –

“Ki har ishniki qildi odamizod,

Tafakkur birla bildi odamizod”.

– Ma`rifatli inson tafakkur qiladi.

Tangri hikmati va ma`rifatining chek-chegarasi yo`qdir. Mashhur olim Shayx Aziziddin Nasafiy inson kamolotiga ikki narsani asos qilib oladi: birinchisi, ahloq, ikkinchisi – o`z o`zini tanishdir. Shu ikki asosga qarab odamlarni uch guruhga ajratadi. 1 – ahloqiy sifatlar bilan bezanmagan. 2- axloqiy sifatlar bilan bezangan. Lekin o`zini tanimagan. 3 – ahloqiy sifat bilan bezangan, ham o`z-o`zini tanigan insonlardir. O`z o`zini tanish esa – ma`rifat deyiladi. Shuning uchun ahloqan bezangan, ma`rifatli inson komil insondir. Shunga ko`ra guruhimizni “Ma`rifat” deb nomladik.

3-guruh taqdimoti. “Kamolot” guruhi. Shiorimiz –

“Kamol et kasbkim olam uyidin,

Senga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o`tmak beaynih,

Erur hammomdin nopok chiqmoq”.

O`z nafsini tiyib, ruhan poklanib ma`rifatga erishgan inson kamolotli insondir. Haqqa faqat kamolotli insongina yetishadi. Navoiy ta`biricha, bu dunyoga kelib-ketishdan maqsad, inson komillik pillapoyasiga ko`tarilishi lozim. Aks holda, bu imtihon, sinov dunyosida poklanmagan bo`lib qoladi.

Shuning uchun ham guruhimiz nomini “Kamolot” deb atadik.

4-guruh taqdimoti. “Haqiqat” guruhi. Shiorimiz –

“Vahdat ahlin fikrati bu – haqiqat

Komil inson hikmati bu – haqiqat”.

– Haqiqatga yetishmoq uchun inson avvalo o`z nafsini yengmog`i kerakdir. Payg`ambarimizning Hazrati Aliga aytgan nasihatlarini keltirish mumkin: “Yo Ali, avliyolik maqomiga yetishgan zotlar ko`pdan-ko`p ibodat qilganlaridan emas, o`z nafslarini yengganliklaridan bunday ulug` darajaga erishganlar”.

– Haqiqatda, nafs insonning juda qudratli xavfli dushmani. Shuning uchun Navoiy “Nafs itin qilsang zabun,

Olamda yo`q sendek shujo” deb yozadi.

– Rabg`uziy esa, “Bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi”, deb yozadi.

Farhodning ustozlari oddiy ustozlar emasdir. Ular piri komillar edi. Boniy – me`mor, qasr qurgan. Aslida, Farhod yuragida ishq binosini qurgan va qurishni o`rgatgan piri komildir. Moniy esa Olloh ishqini qalbga naqshlagan ustozdir. Qoran esa ko`ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan ustoz.

Shu bilan birga, Farhod Suhaylo, Suqrotdek ulug`lardan ham saboq olib, komillik sari intiladi. Ishq sirlarini, poklanish ilmini o`zlashtirgan Farhodga o`lim bilan to`qnashuv qo`rqinchli emas. Shuning uchun ham makkora kampirning aldovlaridan so`ng o`zini haqqa topshiradi. Ya`ni o`lim bilan to`qnashadi. Ollohning jamoliga muyassar bo`ladi. Bu ilohiy ma`rifatni Navoiy majozlar vositasida bizga ifoda qilib bergan, shuning uchun ham guruhimiz nomini “Haqiqat” deb nomladik.

1. “Xamsa” yozish an`anasi kimdan boshlangan? Qanday atalgan? – Nizomiy, “Panj Ganj”

2. Ikkinchi xamsanavis? – Dehlaviy, “Xamsa”

3. Uchinchi xamsanavis? – Jomiy, “Xavt avrang”

4. Xusrav va Shirin mojarosi aslida kimga borib taqaladi? – Eron hukmdori Xusrav Parvezga

5. Birinchi marta bu mojaro kimning asarida tilga olingan? – Firdavsiyning “Shohnoma”sida

6. Unda Farhod obrazi bormidi? – Yo`q

7. Nizomiy ikkinchi dostonini qanday nomlagan edi? – “Xisrav va Shirin”

8. Dehlaviy-chi? – “Shirin va Xisrav”

9. Navoiy-chi? – “Farhod va Shirin”

10. Navoiy nima uchun Xisravni bosh qahramonga loyiq ko`rmadi? – Xisrav manfaatparast, xudbin shaxs edi.

11. Farhodning tug`ilishi bilan bog`liq voqeaga to`xtalib o`tamiz. Farhod tug`ilganda qanday sifatlar bilan tug`ildi?

– Farri shohiy – Shohlik nuri bilan,

– “Shu`layi dard” – dardga o`ralgan holatda.

12. “Farhod” ismi qaysi so`zlardan olingan?

– Firoq, rashk, hajr, oh, dard – “Farhod”

13. Dostonda qanday ifodalangan?

Birinchi guruh – Sha`bistonda tug`di bir yangi oy,

Yangi oy yo`qki, mehri olam aroy

Ikkinchi guruh – Ochildi bog`ida bir otashin vard

Demaykim vard, balkim shu`layi dard

Uchinchi guruh – Yuzinda ishq asrori yozilg`on

Ichinda dard ta`vizi qozilg`on

To`rtinchi guruh – Ko`zida ashk selidin asarlar

Damida oh dudidin xabarlar.

1- Muhabbat nuri ollinda huvaydo,

2- Jamolida vafo tug`rosi paydo.

3- Falak deb: Dard elining shohi oni

4- Malak deb: Dard o`ti ogohi oni.

14-savol. Farhodning favqulodda iste`dod egasi ekanligi qanday ta`rif etiladi?

1- Agar bir qatla ko`rdi har sabaqni,

Yana ochmoq yo`q erdi ul varaqni

2- Ne so`znikim, o`qib ko`ngliga yozib

Dema ko`ngliki, jon lavhiga yozib

3- O`qib o`tmak, uqib o`tmak shiori,

Qolib yodida sahfa-sahfa bori

4- Ko`rib chin oshiqlik maqolin,

Topib oshufta mahzun ko`ngil holin

15-savol. Farhodning qasr qurilishida qatnashib qanday hunarlar o`rgangani va uning majoziy ma`nosini izohlang. –

16-savol. Farhodni hiyla bilan Xisrav zanjirband etganda uning savollariga bergan javobi? – O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida she`riy bahs bo`ladi.

17-savol. Nima uchun Xisrav odamlari Farhodni yaxshi ko`rib qoldilar?– To`g`riso`zligi, mardligi uchun.

18-savol. Farhodni Salosil g`origa besh yuzta soqchi bilan qamab qo`yganlarida Suqrot o`rgatgan duo bilan bandlarni yechib ozodlikka chiqardi, lekin nega qochib ketmas edi? – O`z bo`ynidagi o`limni o`zgalarga ravo ko`rmasdi.

19-savol. Xisravning Makkora kampirni yollashdan maqsadi nima edi? – O`z yurtiga qaytarish edi.

20-savol. Yosuman kampir hiylasiga uchgan Farhod o`zini halok etdi va hatto hayvonlar ham uning atrofini o`rab olib, Farhodga aza tutdilar. Nega? – Butun jonzotlar, hayvonotlar bilan Farhod tillashar, do`stlashgan edi.

21-savol. Farhodning o`limidan oldin “Bodi sabo”ga iltijosi nimani bildiradi? – Uni dunyoga keltirgan ota-onasidan rizolik so`rashini.

(Hamma savol-javobda Farhodning komillik sifatlari tadqiq etiladi).

“4 hayrat” mashqi bajariladi. Ya`ni har bir guruh dostondan o`ziga yoqqan eng ta`sirli, hayratga solgan o`rinlarni ochib beradilar.

“B.B.B.” mashqi. Ushbu mashgu`lotda Navoiy haqida shu darsgacha bilganlari, dars jarayonida nimani bilib oldilar va undan so`ng nimani bilmoqchi ekanliklari so`raladi.

“Hamkorlik kvadrati”. Bu mashg`ulotda dostonning istalgan joyidan bir baytdan olib uni bo`laklab konvertlarga solinadi. Va guruhdan ushbu baytni tiklash so`raladi. Misol uchun, komillikda Farhodga teng bo`lgan Shirin timsoliga xos bo`lgan sifatlar tanlab olinadi.

Test bilan ishlash. Guruhlarga “Farhod va Shirin” dostonidan beshtadan savol test usulida so`raladi. Javoblar hakamlar hay`atiga uzatiladi.

Xulosalash. O`qituvchi: Demak, biz Farhod timsoli orqali nimalarni o`rganamiz?

O’quvchilar: Ishq-muhabbatning shavqidan zavq olishni o`rganamiz.

– Ishq deganda biz nafaqat sevgini, undan tashqari, iroda, sabot, matonat, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, qanoat, halimlik, mehnatsevarlik, xalqparvaplik, hayo, ota-onaga hurmat kabi tuyg`ularni qalbimizga singdiramiz.

– Navoiy ulug`lagan komil inson Farhod timsoli orqali biz bugungi kunda ajalfurush Xisravlar, g`oratchi Ahramanlar, yovuz makkoralarga qarshi kurashamiz. Bu kurashda Navoiy hamisha bizga madadkordir. Chunki Navoiy kuylagan oliyjanob g`oyalar hech qachon o`lmasdir.

O’qituvchi: “Sinkveyn”ni qo’shadi.Ushbu darsimizda “Sinkveyn” usulidan foydalanib xulosa yasaymiz.

“Sinkveyn” quyidagi qoida bilan yoziladi: 5 qatordan iborat bo’ladi. (Bilamizki “Sinkveyn” qisqa gapda katta axborotni o’z ichiga olgan she’rdir.)O’quvchilar menga yordam beradi:

1-qator. Mavzuni 1ta so’z bilan ifodalang. -“Farhod”.

2-qator. Mavzuni 2 so’z bilan yoriting. -“Navoiyda Farhod”.

3-qator. Mavzudagi voqelikni 3ta so’z bilan oching. -“Komil shaxs timsoli”.

4-qator. Mavzuda munosabat, hissiyotni adabiyot fani bo’lgani uchun 5-6 ta so’z bilan ochish mumkin. –“ Tili pok-u, dili pok-u, o’zi pok”.

5-qator. Mavzu mazmunini 1 so’z bilan yakunlang. –“Ibrat”.

O’qituvchi: Yurtboshimiz bugungi kunda katta e’tibor qaratayotgan “Barkamol avlod” orzusi Navoiy kuylagan, ko’klarga ko’targan komil inson g’oyasi bilan hamohangdir. Mana, bizga Navoiy dahosining yana bir qirrasi! Darhaqiqat, ham aqliy, ham jismoniy, ham ma’naviy barkamol avlodgina jamiyatni poklay oladi, uni olg’a intilishga, taraqqiyotiga yo’l ochib beradi. Ulug’ bobomiz Alisher Navoiy niyat qilgan komil inson, yurtboshimiz ta’kidlagan barkamol avlod siz-u biz bo’laylik. Zero, qalbida ezgu hislar to’la bo’lgan inson dunyoni saqlashga, go’zalliklar yaratishga qodirdir!

Yakunlash. Bir vaqtda hamma o`quvchilar baholanadi.(Guruhlar familiyasi yozilgan oq qog’ozlarga baho qo’yilib, yozuv taxtasiga yopishtiriladi.)

Uyga topshiriq. Insho. Dostondagi “Farhod va Shirin timsollariga tavsifnoma yozish”.
9-sinf II chorak
Mavzu: Shoirlikda shoh, shohlikda shoir – Bobur!

Maqsad: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy faoliyatini o`rganish bo`yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, ham lashkarboshi, ham shoir, nosir, ham ibratli, mehribon padar sifatidagi faoliyatini ochib berish. O`quvchilarda buyuk bobomiz yashab o`tgan hayot va ijod maktabi bilan iftixor hissini tuydirish, vatanparvarlik, mardlik, dovyuraklik xislatlarini singdirish, ma`naviy kamol toptirish, mustaqil, erkin, ijodiy fikrlashga o`rgatish.

Metod: global, interfaol, guruhlarda ishlash, klaster, sahnalashtirilgan dars.

Jihoz: Zahiriddin Muhammad Bobur rasmi, asarlari, ilmiy kitoblar, gazeta jurnallar, “Boburiylar shajarasi” haqida plakat, “O`zbekiston xaritasi”, magnitofon, rag`bat kartochkalari, slaydlar.

Shior: Vatan, to tanda jonim bor, seningdurman, seningdurman.

Tanim xok, o`lsa ham takror, seningdurman, seningdurman
Darsning borishi: Dars “Yaxshilig`” musiqa sadosi ostida boshlanadi.

So`ng guruhlarga navbat beriladi.

Guruhlar taqdimoti boshlanadi.

Guruhlar taqdimoti

Sheryurak” – guruhimiz nomi “Sheryurak”

Boburday shoir kerak!

Maqsadimiz – Bobur yashab o`tgan hayot chiziqlarini va harbiy yurishlarini yoritib berish.

  • 1494- yil Umarshayx Mirzoga qarshi o`z akasi – Samarqand hokimi Sulton Ahmad hamda qaynog`asi – Toshkent hokimi Mahmudxon o`zaro til biriktirib, yurish qiladi. Nihoyat, qaltis vaziyat yuzaga keladi. Buning ustiga kutilmagan falokat otasi – Umarshayx Axsi qo`rg`onida kabutarxonasi bilan qulab, halok bo`ladi. Umarshayxdan 3 o`g`il – Bobur mirzo, Jahongir mirzo, Nosir mirzo va 2 qiz qoladi.
  • O`g`illarining kattasi 12 yoshli Bobur taomil bo`yicha taxtga o`tiradi. Sulton Ahmadning mag`lubiyati (Ayriliq ko`z yoshlari tinmay turib, qismat unga toj-taxt minnatini kiydirdi). Sulton Mahmudxonning chekinishi.
  • Samarqandga 3 bor yurishlari, chekinish, ta`rif beriladi.

Lirik chekinish “Yod etmas kishini mehnatda kishi”

  • Andijonda tug`ildi. “Boburnoma” – Jahongir guruhiga

1504-yil – Afg`oniston, Pokiston, Bangladeshni qo`lga kiritishi

1507-yil – Hindistonga qiziqa boshlashi

1525-yildan Hindistonga yurish boshlashi

1526-yil Panipatda Ibrohim Lo`diy qo`shiniga qarshi olib borgan jangi va g`alabasi, 1530-yilgacha Hindistonda olib borgan madaniy-ma`rifiy va obodonchilik ishlari haqida so`z yuritiladi.

Demak, Bobur 47 yil umr ko`rib, notinch yashagan bo`lsa ham, o`zining yuksak iste`dodi, salohiyati tufayli o`z umrini jozibali qila oldi.
Javohir” – guruhimiz Javohir,

  • Qanday asarlar yozganini ayting
  • Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g`oyat iste`dodli farzandi edi. Uning hayoti faqat janglar bilan emas, ilhomiy onlar bilan ham to`la edi. U 16-17 yoshlaridan boshlab badiiy ijod bilan shug`ullana boshlagan.
  • Bobur o`zbek va fors tillarida ijod qilgan Zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she`rlarini to`plab, 1519-yilda Kobulda, 1528-29-yillarda Hindistonda devonlar tuzgan.
  • Bu 2 to`plam o`sha joylar nomi bilan “Kobul devoni”, “Hind devoni” deb atalgan. Kobul devoni topilgan emas. Mutaxassislarning fikricha, saqlanib qolgan she`rlarining soni 400 dan ortiq. Shundan 119-g`azal, 231 tasi – ruboiy. Shuningdek, shoir tuyuq, fard, masnaviy, qit`a, muammo kabi janrlarda ham ijod qilgan.
  • Bobur 20 yoshida “Xatti Boburiy” kashf etdi.
  • Musiqa bilan shug`ullanib, “Chorgoh” maqomida “savt”lar bitdi.
  • 1521-yilda she`riy yo`lda soliq ishlarini tartibga soluvchi “Mubayyinul-zakot” (“Zakot bayoni”) asarini yozdi.
  • 1523-25-yillarda aruz vazni haqida “Muxtasar” nomli risola yozdi.
  • 1528-yilda naqshbandiya shayxlaridan bo`lgan Xo`ja Ubaydulla Ahrorga juda e`tiqod qilar edi, uning fors-tojik tilida yozilgan “Volidiya” asarini she`riy yo`l bilan o`zbekchaga tarjima qilgan (bu asar 1-marta 1912-yilda Istambulda “Milliy tatabbu`lar majmuasi”da bosilgan)
  • Bobur devonining katta qismi g`azallardan iborat. G`azallarning ma`lum guruhi hasbi hollik xususiyatiga ega bo`lib, shoir hayotining ma`lum lavhasi bilan bog`lanadi. Uning ko`p she`rlari ‘”ekspromt” – badiha tarzida yuzga kelgan. 1500-1501-yillarda Bobur Samarqandni 2 bor olib, yana boy beradi. Bir muddat sarson-sargardonlikda yurib xon dodasi Yunusxonning oldiga boradi, umidlari puchga chiqqach:

Ko`nguldin o`zga mahrami asror topmadim…

  • Yana ruhiy ezilishlar natijasida bir ruboiy yozadi:

Shod etmas emish ko`ngulni mehnatda kishi,

Ko`nglum bu g`ariblikda shod o`lmadi oh

G`urbatda sevinmas emish, albatta kishi.

  • Ko`pdin berikim yoru diyorim yo`qdur,

Keldim bu sori o`z ixtiyorim birla

  • Jahondin menga g`am bo`lsa, ulusdin gar alam bo`lsa,
  • “Visoli lahzasidin zavq topmoqlik erur dushvor
  • Sochi-yu qoshi-yu ko`zidin boshta havodur,
  • Bosh qofiyali ruboiy yozib, o`z ismi-sharifini mangulikka muhrlagan.

Yuz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur,

Sarrishtai ayshdin ko`ngulni zinhor –

Uz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur.

  • “Qaddi bila ikki zulfu og`zi,
  • Istixroj – harflardan so`z yasash san`atidir

Demak, Bobur biz bilgan buyuk Temuriyzodagina emas, mislsiz nozik didli shoirimiz hamdir!
Jahongir” guruhiga navbat

Dunyoni zabt etgan Bobur”

  • “Boburnoma” tarixiy, badiiy, memuar asardir. “Memuar” so`zi fransuzcha bo`lib, “esdalik” ma`nosini anglatadi. Muallif o`zi ko`zi bilan ko`rgan, real voqealar haqida hikoya qilingan asar memuar asar hisoblanadi. (M: Oybekning “Bolalik”, A.Qahhorning “O`tmishdan ertaklar” qissasi)
  • Bobur 12 yoshidan taxtga o`tirgandan boshlab, kurashlar, mag`lubiyatlar, g`alabalar, g`am-tashvish va shodliklarga to`la hayoti “Boburnoma”da aks etgan. Bu tarixiy-badiiy asar 1494-1529-yillardagi voqealarni, Movarounnahr, Xuroson, Afg`oniston, Hindistonda ro`y bergan hodisalarni o`z ichiga oladi.
  • Boburning o`z so`zi va Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”dagi ma`lumotlarga qaraganda, ‘Boburnoma” dastlab “Voqeanoma” deb atalgan. Bobur buni bir ruboiysida eslatib o`tadi:

Olam elidin turfa sitamlar ko`rdim,

Har kim bu “Vaqoye”ni o`qub bilgaykim,

  • Bundan tashqari bir o`rinda Xo`ja Kalonga “Voqeanoma”ni yuborganini esladi.
  • Gulbadanbegim esa “Humoyunnoma”da Kobul hokimiyati haqida so`zlab, “Firdavsmakonning (Boburning) “Voqeanoma” kitobida bunga dalil bo`lguvchi fikrlar ko`p aytilgan” deydi.
  • Asar keyinchalik Gulbadanbegimning ta`rifi bilan “Boburnoma” deb yuritildi va shu nom bilan shuhrat qozondi.
  • “Boburnoma” 10 dan ziyod qo`lyozma nusxasi ma`lum. “Boburnoma”ning Boburning hayot davrida ko`chirilgan 2 nusxasi haqida ma`lumotlar bo`lsa-da, biroq ularning qayerda saqlanayotgani ma`lum emas.
  • “Boburnoma” XVII-XVIII asrlarda ko`chirilgan nusxalari Leningrad, Kalkutta, Agra, Haydarobod, Manchester, London, Edinburg kutubxonalarida saqlanadi.
  • “Boburnoma” 1586-yildayoq fors tiliga, 1705yilda golland tiliga , Djon Leyden va Erskin tomonidan ingliz tiliga, Keyzer tomonidan nemis tiliga, Pavede Kurteyl tomonidan fransuz tiliga, Palyakov, Vyatkin tomonidan rus tiliga tarjima qildi. Sho’ro davrida M.Salye tomonidan to’la tarjima qilinib 3 marta nashr qillindi.
  • “Boburnoma” birinchidan, u nodir tarixiy manbadir. Tarixiy voqealar shunday bir izchillik bilan ro’y-rost aks ettirilganki, uning mo’tabar manba sifatidagi ahamiyati ham ana shunda! Kitob muallifi har qaysi yil voqealarini alohida bir bob sifatida, ma’lum sarlavha ostida batafsil hikoya qiladi.
  • Tarixiy manba sifatida afzalligi qimmati, uning beg’araz, xolis, rostgo’y bayon etishida (gazetadan foydalanish kerak(1))
  • H.Boyqaro haqidagi fikrlar, askarlar bilan birday tutishi, sarkardaligi, sodiq beklari-Do’stbek haqida, yuzdan ortiq tarixiy shaxslar, tabiat lavhalari, badiiy asar sifatidagi qimmati.
  • Mashhur rus sharqshunosi akademik B.Bartold: “Boburnoma”ni “turkcha proza”ning eng yahshi namunasi” deb baho beradi.
  • Andijon, Samarqand ta’rifi, Ulug’bek haqidagi fikri.

“Boburnoma”-ma’naviyatimiz sof bulog’idir. Shuning uchun

o’rganamiz, havas qilamiz, hayratga tushamiz.

“Tojmahal” guruhiga navbatni beramiz.

Bu guruh Boburning 18 ta farzandi bo`lgani, 11 tasi turli sabablar bilan vafot etgani haqida gapiradi. 4 ta o`g`li – Humoyun Mirzo, Kamron Mirzo, Askariy Mirzo, Hindol Mirzo. 3 ta qizi: Gulbadanbegim, Gulchehrabegim, Gulrangbegimlar haqida ma`lumot beradi.

  • Hamkorlik” kvadrati mashqiga o`tiladi.
  • Men aktyorman” mashqi asosida “Boburning so`nggi kunlari” (“Yulduzli tunlar” romanidan parcha”) qo`yiladi.
  • Zakovat” o`yini o`tkaziladi.

1-savol: “Agar yuz ming bahor bo`lsa ham, u narsa ochilmaydi” degan edi, u nima? (G`uncha)

2-savol: Bobur u narsani ko`rganda “Vatanini ko`rganday yum-yum yig`lagan”. u narsa nima? (Qovun)

3-savol: Bobur “Vatandan ketdim, ammo unda mening nimam qoldi, degan? (Anda jonim qoldi)

  • Bahrubayt” o`tkaziladi. Har bir taqdimotdan so`ng rag`bat kartochkalari berib boriladi. Son`g dars yakunlanadi.

1. S. Ahmedov va b. “Adabiyot” 5-sinf uhcun darslik

2. S. Ahmedov va b. “Adabiyot” 6-sinf uhcun darslik

3. Q. Yo`ldoshev va b. “Adabiyot” 7-sinf uhcun darslik

4. S. Olimov va b. “Adabiyot” 8-sinf uhcun darslik

5. Q. Yo`ldoshev va b. “Adabiyot” 9-sinf uhcun darslik

6. Q. Husanboyeva. “Maktabda Abdulla Qahhor ijodini o`rganish”.2007y.

7. Q. Husanboyeva. “Adabiy saboqlar”. 6-sinf uchun metodik qo`llanma. 2003y.

8. Q. Husanboyeva. “O`quvhcilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish”.2003y

6-sinf 1- chorak

Mаvzu: Jаnni Rоdаrining «Hurishni eplоlmаgаn kuchukchа» ertаgi

Dаrsning mаqsаdi:

– o`quvchilаrni ertаklаrning sеhrli оlаmigа оshnо etish. Ertаk matni bilan tanishtirish;

– ertak tahlili orqali o`quvchilarda o`z-o`ziga ishonchni mustahkamlash;

– o`quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, tаhlili оrqаli o`quvchilаrni mustаqil fikrlаshgа, ijоd qilishgа o`rgаtish.

Dаrsning metodi: interfaol, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, munozara.

Ertаkni o`qish uchun 3 sоаt аjrаtilgаn bo`lib, 1-sоаtni quyidаgi rеjа аsоsidа o`tkаzish mumkin:

Dаrsning bоrishi:

1.O`tilgаn mаvzuni so`rаsh.

2.Yangi mаvzuni bаyon qilish

4.«Yozuvchi o`zi hаqidа» mаqоlаsi vа ertаk mаtnini o`qish.

7.Uygа vаzifа tоpshirish.

O`tilgаn mаvzu mustаhkаmlаnаdi.

Yangi mаvzu «Аqliy hujum» bilаn bоshlаnаdi. J.Rоdаri kim, uning qаysi аsаrlаrini o`qigаnsiz?

O`quvchilаrning jаvоblаri tinglаnаdi vа umumlаshtirilаdi.
Dаrslikdа J. Rоdаri bo`yichа ахbоrоt bеruvchi аdibning o`zi hаqidа yozgаn esdаliklаri bеrilgаn. Yozuvchi o`zining qаy tаrzdа ijоdkоr bo`lib qоlgаnligi hаqidа bоlаlаrchа оq ko`ngillik bilаn qilgаn hikоyasi o`quvchilаrdа yorqin tааssurоt qоldiradi. Chunki uning bоlаlik хоtirаlаri o`z sаmimiyligi bilаn o`quvchilаr ruhiyatigа yaqin. Ulаrdа qаysi qit’аdа yashаshi, dini, irqi, tаnаsining rаngidаn qаt’iy nаzаr bаrchа bоlаlаrgа хоs jihаtlаr mаvjud. O`z ertаklаri bilаn dunyo bоlаlаrining muhаbbаtini qоzоngаn, ulаrning sеvimli do`stigа аylаngаn buyuk yozuvchining хuddi o`zlаrigа o`хshаgаn оrzulаri bo`lgаni, ulаrning qаy birigа erishib qаy birigа erishоlmаgаni, o`zligini tоpgunchа аnchа izlаngаni, u hаm bа’zаn yomоn bаhоlаr оlgаni vа аyniqsа, bungа sаmimiy iqrоr bo`lgаni bоlаlаrni o`zigа tоrtаdi.