Zoologiya, 7 sinf, Mavlonov O, 2017
4
Siz ushbu bobni o‘qib, hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirish
xususiyatlari, tabiatda va odam hayotidagi ahamiyati, ularni klassi-
fikatsiya qilish to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishingiz lozim.
1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari
Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiya (zoon –
hay von, logos – fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechiri-
shi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning
xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati,
kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi.
Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir
guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida
tarqalishini, boshqalari alohida guruhlarini o‘rga
nadi.
Zoologiya – eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi
asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan.
Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif be
rilgan.
16–17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskop-
da ko‘rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney
18-asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rga-
nishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o‘rtalarida hay-
vonlarni o‘rganish orqali o‘zining olamshumul evolyutsion ta’limo-
tini yaratdi. Zoologiya tibbiyot, chorvachilik va xalq xo‘jaligining
boshqa sohalari bilan bog‘liq.
Zoologiya fanining rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlar ham katta
hissa qo‘shishgan. D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar
ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi. L. M. Isayev va P. F. Bo-
rovskiy olib borgan tadqiqotlar O‘rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti
va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugati
lishi uchun
asos bo‘ldi. T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov va boshqa olimlar
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
HAYVONLAR TO ‘G‘RISIDA
UMUMIY MA’LUMOT
I
BOB
Biologiya (zoologiya) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik
O. Mavlonov
BIOLOGIYA
(ZOOLOGIYA)
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
7-sinfi uchun darslik
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan
to‘rtinchi nashr
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tomonidan tasdiqlangan
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent – 2017
Aziz o‘quvchilar
Siz O‘zbekistonimizning ko‘rar ko‘zlari, yorqin kelajagisiz. Biologiya darsligi sizni
rang-barang va xilma-xil hayvonot dunyosiga olib kiradi. Darslik sizga hayvonlarning
tuzilishi, hayot kechirishiga doir bilimlar beradi. Sizni faol bilim olish va mustaqil
fikrlashga o‘rgatadi. Siz uni qunt bilan o‘qisangiz, hayvonlar hayotidan juda ko‘p
narsalarni bilib olasiz. Bilganlaringiz esa sizga kelgusida kasb tanlashingizda yordam
beradi. Hayvonot va o‘simliklar dunyosini yaxshi bilgan kishi uni sevadi va ardoqlaydi.
Ilm cho‘qqilari sari qadam tashlashingizda doimo omad yor bo‘lsin!
Muallif
© Mavlonov O., 2005, 2017.
© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2005, 2017.
ISBN 978-9943-07-508-5
Shartli belgilar:
Mas’ul muharrir:
Azimov D. A. – O‘zR FA akademigi, biologiya fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar:
Xolmatov B. R.
– O‘zR FA O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti katta ilmiy
xodimi, biologiya fanlari nomzodi;
Azimov I. T.
– Nizomiy nomidagi TDPU «Biologiya o‘qitish metodikasi» kafed rasi katta
o‘qituvchisi;
Haytboeva S. R. – Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 178-maktab biologiya fani
o‘qituvchisi;
Ikromov O.
– Toshkent shahar Shayhontoxur tumanidagi 102-maktab biologiya fani
o‘qituvchisi.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
– juftlab yozing;
?!
– jumboqni yeching,
topishmoqni toping.
– bilimingizni
sinab ko‘ring;
– tasdiqlovchi
javoblarni aniqlang;
UO‘T: 57=512.133(075.3)
KBT 28.0ya72
M 13
SO‘ZBOSHI
O‘lkamiz tabiati nihoyatda jozibali, uning hayvonot dun
yosi esa
juda xilma-xil. Hayvonlarni inson qadami yetgan hamma joyda: gul-
lab turgan vodiylardan tortib baland tog‘li cho‘qqilarda, osmono‘par
binolar qad ko‘tarib, hayot qaynab turgan shaharlar-u go‘yo hayotsiz
ko‘ringan jazirama qumli cho‘llarda ham uchratish mumkin.
Mamlakatimiz daryo va ko‘llarida baliqlarning 70 ga yaqin turi,
bir hujayralilardan tortib hasharotlargacha bo‘lgan xilma-xil guruhlar-
dan iborat umurtqasiz hayvonlarning minglab turi uchraydi. Be-
poyon cho‘llar, vodiylar, ulkan tog‘ tizmalari va vohalarda sudralib
yuruvchilarning 60 ga yaqin, sutemizuvchilarning 100 ga yaqin va
qushlarning 400 dan ortiq turi, 11 000 turdan ortiq hasharotlar,
yuzlab o‘rgimchaksimonlar va boshqa hayvonlar tarqalgan.
Vatanimiz hayvonot dunyosi juda qadimdan shakllanib kelgan.
Hayvonlarning bir qancha turlari dastlab mana shu o‘lkada paydo
bo‘lgan; boshqa turlari qo‘shni hududlardan kelib qolgan. Orol
bakra balig‘i, soxta kurakburun baliq, tur
kis
ton agamasi, turkiston
gekkoni, qum bo‘g‘ma iloni, ingichka barmoqli qo‘shoyoq, ko‘k
sug‘ur va boshqa ko‘pgina turlar O‘rta Osiyo hududida tarqalgan
bo‘lib, boshqa o‘lkalarda deyarli uchramaydi.
Mamlakatimizda hayvonlarni muhofaza qilish, yo‘qolib borayot-
gan turlarni saqlab qolish va ko‘pay
tirishga katta e’tibor berilmoq-
da. Bu muhim ish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham
o‘z ifodasini topgan. Biroq faqat davlatimiz tomonidan amalga
oshirilayotgan ishlarning o‘zi hayvonot dun
yosini muhofaza qilish
uchun yetarli emas. Bu ishga umum
xalq e’tiborini qaratish ke-
rak. Buning uchun har bir o‘quvchi o‘z vatani tabiiy boyliklaridan
biri bo‘lgan hayvonot dunyosini asrab-avaylash va muhofaza qilish
chora-tadbirlarini yaxshi bilishi va ularga qat’iy amal qilishi lozim.
Darslikda asosiy tushunchalar va terminlar kursiv (yotiq harflar)
bilan ajratib ko‘rsatilgan. Mavzular oxirida bilimni tekshirish uchun
savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar keltirilgan.
3
4
Siz ushbu bobni o‘qib, hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirish
xususiyatlari, tabiatda va odam hayotidagi ahamiyati, ularni klassi-
fikatsiya qilish to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishingiz lozim.
1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari
Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiya (zoon –
hay von, logos – fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechiri-
shi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning
xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati,
kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi.
Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir
guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida
tarqalishini, boshqalari alohida guruhlarini o‘rga
nadi.
Zoologiya – eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi
asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan.
Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif be
rilgan.
16–17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskop-
da ko‘rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney
18-asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rga-
nishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o‘rtalarida hay-
vonlarni o‘rganish orqali o‘zining olamshumul evolyutsion ta’limo-
tini yaratdi. Zoologiya tibbiyot, chorvachilik va xalq xo‘jaligining
boshqa sohalari bilan bog‘liq.
Zoologiya fanining rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlar ham katta
hissa qo‘shishgan. D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar
ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi. L. M. Isayev va P. F. Bo-
rovskiy olib borgan tadqiqotlar O‘rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti
va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugati
lishi uchun
asos bo‘ldi. T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov va boshqa olimlar
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
HAYVONLAR TO ‘G‘RISIDA
UMUMIY MA’LUMOT
I
BOB
5
umurt
qali hayvonlarni; A. M. Muhammadiyev, V. V. Yaxontov, A. T.
To‘laganov, J. A. Azimov, M. A. Sultonov, S. N. Alimuhamedov
umurtqasiz hayvonlarni o‘rganishgan.
Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hay-
vonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq,
suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi.
Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o‘simlik organizmi
yashash muhiti bo‘ladi. Hayvonlarning tuzi
lishi va hayot kechirishi
xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan, suv hayvonla-
rining gavdasi suyri shaklda, oyoq
lari eshkakka aylangan. Quruqlikda
yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan
bo‘ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik,
harorat, yorug‘lik va boshqalar ekologik omillar deyiladi.
Hayvonlarning gavda o‘lchami har xil bo‘ladi (1-rasm). Ular
qatorida og‘irligi 150 tonnaga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat
mikroskopda ko‘rinadigan, uzunligi millimetrning o‘ndan bir, hatto
yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor.
Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida
katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik hayvonlar yashil o‘simliklar bilan
oziqlanadi. Ular o‘txo‘r hayvonlar deyiladi. Boshqa hayvonlarni yey-
digan hayvonlar yirtqich; odam, boshqa hayvon va o‘simlik to‘qima-
larida yashaydigan hayvonlar esa parazit hisoblanadi.
O‘txo‘r hayvonlar o‘simliklar va ularning qoldiqlarini maydalab,
chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli o‘simlik uchun zarur
bo‘lgan mineral moddalar to‘planadi; tuproq unum
dorligi oshadi.
Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi, organik qoldiqlar va mikro-
1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari
1-rasm.
Hayvonlarning
solishtirma o‘lchami:
1 – gigant kalmar;
2 – ko‘k kit;
3 – akula; 4 – kap-
cha ilon;
5 – Afrika fili;
6 – jira fa; 7 – taroqli
timsoh; 8 – burgut;
9 – Afrika tuyaqushi
1
5
7
6
3
2
9
4
8
6
organizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko‘p uchraydi.
Bunday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi. Ular yer yuzini va suv
havzalarini ifloslanishdan saqlaydi.
Uy hayvonlari faqat go‘sht va sut beribgina qolmasdan, sanoat
uchun mo‘yna, iðak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar,
kapalaklar o‘simliklarni changlatib, ular hosildorligini oshirishga yor-
dam beradi. Hasharotxo‘r va yirtqich hayvonlar, qushlar, ko‘rshapa-
laklar, baqalar o‘rmon va qishloq xo‘jalik zararkunandalarini qirib,
foyda keltiradi.
Hayvonlar orasida odamlar, chorva mollari va o‘simliklarga ziyon
keltiradigan turlari ham ko‘p uchraydi. Qon so‘ruvchi hasharotlar
va kanalar parazitlik qilish bilan birga, o‘lat, terlama, bezgak ka-
salliklarini tarqatadi. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o‘zi-
ning «Tib qonunlari» asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan
saqlanish haqida yozib qoldirgan.
Hayvonlarni muhofaza qilish. Odamlar qadimdan yovvoyi hay-
vonlarni ovlashgan; ularning go‘shti, terisi va boshqa mahsulot-
laridan foydalanishgan; hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishgan; ulardan
uy qo‘riqchisi va ishchi kuchi sifatida foydalanishgan. Keyin
chalik
aholi sonining ortib borishi, ov qurollarining tobora takomillashuvi,
hayvonlar uchun zarur bo‘lgan tabiiy sharoitning buzilishi ta’sirida
Yevropa turi (qoramollar nasl boshi), tarpan (otlar nasl boshi),
Stellerov sigiri (dengiz hayvoni) yo‘q bo‘lib ketdi; Prjevalskiy oti,
zubr, bizon, jayron, xongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xav-
fi tug‘ildi. Bu hol hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza
qilishni talab etadi.
Respublikamiz hududida noyob va soni kamayib borayotgan
hayvonlarni asrab qolish va ko‘paytirish maqsadida Badayto‘qay,
Qizilqum, Zarafshon, Surxon va Hisor davlat qo‘riqxonalari,
Chotqol biosfera qo‘riqxonasi, bir qancha milliy bog‘lar va buyurt-
ma qo‘riqxonalar tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil
kitobi»ning so‘nggi 2016-yilgi nashriga noyob va soni kamayib bo-
rayotgan hayvonlarning 205 turi kiritilgan.
1. Zoologiyaning rivojlanishida K. Linney xizmatlari nimadan iborat?
2. Yashash muhiti va uning omillari nimadan iborat?
3. Oziqlanishiga binoan hayvonlar qanday guruhlarga ajratiladi?
4. Qanday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi?
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
7
5. Qanday hayvonlar yirtqich deyiladi?
6. Qanday hayvonlar parazit deyiladi?
7. Hayvonlar sonining keskin kamayib borish sabablari nimadan iborat?
1. K. Linney:
a) hayvonlarni o‘rganish asosida evolyutsion ta’limot yaratgan;
b) hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rganishni taklif etgan;
d) hayvonlarning embrional rivojlanishini o‘rgangan.
2. T.Z. Zohidov va O.P. Bogdanov:
a) umurtqali hayvonlarni o‘rgangan;
b) hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab bergan;
d) umurtqasiz hayvonlarni o‘rgangan.
Hayvonlar guruhlari va ularga mos keladigan xususiyatlarni juftlab yo-
zing.
a) tabiiy sanitarlar;
1) kasallik yuqtiradi;
b) qon so‘ruvchilar;
2) qoldiqlar bilan oziqlanadi;
d) arilar, kapalaklar.
3) gullarni changlatadi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Yashash muhiti, ekologik omillar, o‘txo‘r, yirtqich, para
zit, tabiiy sani-
tarlar, qo‘riqxona, milliy bog‘, «Qizil kitob».
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-1, d-3.
Hayvon organizmining tuzilishi,
2-§. hayvonlarni klassifikatsiya qilish
Hayvonlarning o‘simliklarga o‘xshashligi va ulardan farq qilishi.
Hayvon organizmi ham o‘simliklar singari hujayralardan tashkil
topgan. Hujayralar hujayra membranasi (po‘sti), uning ichidagi si-
toplazmada joylashgan vakuolalar, boshqa organoidlar va yadrodan
iborat. Hayvon va o‘simlik hujayralarining kimyoviy tarkibi ham
o‘zaro o‘xshash bo‘ladi. Shu bilan birga hayvonlar hujayrasi po‘sti
yupqa bo‘lishi, yashil rang beruvchi xloroplastlar bo‘lmasligi bilan
o‘simliklardan farq qiladi. Hay
vonlar fotosintez qilolmaydi; o‘sim-
liklar hosil qila
digan organik moddalar bilan oziqlanadi. Bir hu-
jayralilar orasida o‘simlik singari fotosintez qilish xususiyatiga ega
bo‘lgan turlari ham bor.
2-§. Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlar klassifikatsiyasi
8
Ko‘pchilik hayvonlarning maxsus harakatlanish organlari bo‘ladi,
lekin o‘troq yashovchi va ko‘pchilik parazit hayvonlar harakat qil-
maydi. O‘simliklar orasida esa xlamidomonada xivchinlar yordamida
faol harakatlanishini bilasiz.
Hayvon hujayrasi va to ‘qimalari. Ko‘p hujayrali hayvonlar or-
ganizmi har xil tuzilgan va turli vazifani bajaradigan hujayralardan
iborat. Hujayralar yumaloq, kubsimon, duksimon, yulduzsimon,
kið
rikli va boshqa shaklda bo‘lishi mumkun (2-rasm). Bir-biriga
o‘x
shash tuzilgan va bir xil vazifani bajaradigan hujayralar to‘-
qimalarni, to‘qimalar organlarni hosil qiladi. Bir hujayrali va
tuban ko‘p hujayrali hayvonlar organizmida to‘qimalar va organlar
rivojlanmagan.
Hayvon organizmi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to‘qima-
laridan tashkil topgan. Epiteliy zich joylashgan yassi kubsimon yoki
silindrsimon hujayralardan iborat. Epiteliy organizmni noqulay sha-
roitdan himoya qiladi hamda uning faoliyatini boshqaradigan mod-
dalar ishlab chiqaradi. Teri sirti va ichak devorining ichki yuzasi
epiteliy bilan qoplangan.
Biriktiruvchi to‘qima alohida hujayralar va organlar oralig‘ini
to‘ldirib turadi. Bu to‘qimaning suyuq (qon), tig‘iz (suyak, tog‘ay)
va g‘ovak (parenxima) xillari mavjud. Biriktiruvchi to‘ qima organlar-
ni o‘zaro bog‘lash (pay), kislorod va oziq moddalarni tashish (qon),
zaxira oziq moddalar to‘plash (paren
xima), tayanch (suyak, tog‘ay)
vazifasini bajaradi.
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
2-rasm. Hayvon
hujayralari:
1 – nerv hujayrasi;
2, 3, 4 – epiteliy
hujayralari;
5 – biriktiruvchi
to‘qima hujayrasi;
6 – tuxum hujayrasi;
7 – muskul hujayrasi
3
2
1
4
6
5
7
9
Muskul to‘qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan muskul to-
lalardan iborat. Muskullar harakatlanish vazifasini bajaradi.
Nerv to‘qimasi
yulduzsimon nerv hujayralari va ular orasida-
gi oraliq moddadan iborat. Bosh miya, orqa miya va ular
dan
tarqaladigan nerv tolalari nerv to‘qimasi hisoblanadi. Nerv to‘-
qimasi tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan ta’sirni
qabul qilish, o‘tkazish va ularga javob berish vazifasini baja-
radi.
Organlar va organlar sistemasi. Organizmda to‘qimalar organlar-
ni hosil qiladi. Har bir organ bir necha xil to‘qimalardan tashkil
topgan bo‘lib, o‘ziga xos vazifani bajarishga moslashgan bo‘ladi.
Masalan, hayvonlar ichagi biriktiruvchi, nerv, muskul, epiteliy
to‘qimalaridan tashkil topgan bo‘lib, ovqat hazm qilish vazifa
sini
bajaradi. Organizmda o‘zaro bog‘langan va o‘xshash vazifani baja-
radigan organlar birgalikda organlar sistemasini hosil qiladi. Masalan,
og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak birgalikda
hazm qilish sistemasini hosil qiladi. Hayvonlar organizmida hazm
qilish, harakatlanish, ayirish, nafas olish, jinsiy, nerv, sezgi organlari
sistemasi mavjud.
Hayvonlarni klassifikatsiya qilish. O‘zaro o‘xshashligi va qon-qa-
rindoshligiga binoan hayvonlar bir necha sistematik guruhlarga
ajratiladi. Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi.
O‘simliklar singari hayvonlarda ham eng kichik sistematik birlik tur
hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzilishi va yashash
sharoiti o‘xshash bo‘ladi.
O‘zaro yaqin turlar urug‘ga, urug‘lar oilaga, oilalar turkumga,
turkumlar sinfga, sinflar esa tiðga birlashtiriladi. Barcha tiðlar bir-
galikda hayvonot olamini tashkil qiladi. Bundan tashqari, hayvonot
olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir hujayralilar va ko‘p hu-
jayralilarga; umurtqa pog‘onasining rivojlanganligiga qarab umurtqa-
sizlar va umurtqalilar (xordalilar)ga ajratiladi. Umurtqasizlar 20 dan
ortiq, umurtqalilar esa faqat bitta tiðdan iborat.
Tana haroratining qanday bo‘lishiga binoan barcha hayvonlar
sovuq qonlilar va issiq qonlilarga ajratiladi. Sovuq qonlilarning tana
harorati tashqi muhit harorati ta’sirida o‘zgarib turadi. Ularga bar-
cha umurtqasiz hayvonlar va хordalilar tipining baliqlar, suvda ham
quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilar sinflari kiritiladi.
2-§. Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlar klassifikatsiyasi
10
Issiqqonlilarning tana harorati doimiy, ya’ni tashqi muhit ta’siriga
bog‘liq bo‘lmaydi. Ularga хordalilar tipining qushlar va sutemizuv-
chilar sinflari kiritiladi.
Sistematik guruhlar lotin tilida nomlanadi. Turlar ikki nom
(urug‘ va tur nomi), turdan yuqori guruhlar esa bitta nom bilan
ataladi. Hayvonlarni klassifikatsiya qilish bilan sistematika fani
shug‘ullanadi.
1. Hayvonlar bilan o‘simliklar o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor?
2. Hayvon organizmi qanday to‘qimalardan iborat?
3. Epiteliy to‘qimasi qanday hujayralardan iborat?
4. Biriktiruvchi to‘qimaning qanday xillari bor?
5. Muskul to‘qimasi qanday tuzilgan?
6. Nerv to‘qimasi qanday tuzilgan?
7. Hayvon organizmida qanday organlar sistemasi mavjud?
1. Tuzilishi va bajaradigan vazifasi o‘xshash bo‘lgan hujayralar:
a) organlarni; b) to‘qimalarni; d) organlar sistemasini hosil qiladi.
2. Hayvonot olamida eng yuqori sistematik guruh:
a) tur; b) turkum; d) tið; e) sinf.
3. Ikki lotincha nom bilan ataladigan sistematik guruh:
a) tur; b) urug‘; d) tið; e) oila.
To‘qimalarni ular bajaradigan vazifasi bilan birga juftlab yozing.
a) epiteliy;
1) oziq moddalarni tashiydi;
b) muskul;
2) ta’sirni qabul qiladi;
d) biriktiruvchi;
3) himoya;
e) nerv.
4) organlarni harakatlantiradi.
Sistematik guruhlarni eng kichigidan boshlab tartib bilan ko‘rsating.
a) turkum; b) oila; d) tið; e) tur; f) sinf; g) urug‘.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Hujayra membranasi, organlar, epiteliy, organlar sistemasi, biriktiruvchi
to‘qima, klassifikatsiya, muskul to‘qimasi, umurtqalilar, nerv to‘qimasi,
umurtqasizlar.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2d, 3a.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-4, d-1, e-2.
Tartibni aniqlovchi javoblar: 1e, 2g, 3b, 4a, 5f, 6d.
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
11
II
BOB
BIR HUJAYRALILAR,
YA’NI SODDA HAYVONLAR
Bir hujayralilar tanasi mustaqil hayot kechirish xususiyatiga ega
bo‘lgan bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasida ayirish va hazm
qi
lish vakuolalari, harakatlanish organoidlari va yadrosi bo‘ladi.
3-§. Soxta oyoqlilar sinfi
Soxta oyoqlilar – eng sodda tuzilgan bir hujayralilar. Oddiy
amyoba ularning tiðik vakili hisoblandi.
Yashash muhiti va tuzilishi. Amyoba to‘kilgan barglar va xas-
cho‘plar bilan ifloslangan ko‘lmak suvlar tubida hayot kechira-
di. Tanasining kattaligi 0,2–0,5 mm, shaffof bo‘ladi. Amyoba
hujayra
sining shakli doimo o‘zgarib turadi. Boshqa hujayralar
singari amyoba tanasi ham quyuq dildiroq modda, ya’ni sitoplaz-
madan iborat. Sitoplaz
mada bitta yadro va hujayra organoidlari
joylashgan (3, 4-rasmlar). Hujayra membranasi sitoplazmani tashqi
muhitdan ajratib turadi.
3-§. Soxta oyoqlilar sinfi
3-rasm. Oddiy amyobaning
mikroskopda ko‘rinishi
Soxta oyoqlar
Yashil suvo‘ti
4-rasm. Oddiy amyobaning tuzilishi:
1 – soxta oyoqlar; 2 – sitoplazma;
3 – hazm vakuolasi; 4 – yadro;
5 – qisqaruvchi vakuola;
6 – qamrab olinayotgan oziq
1
4
3
6
5
2
12
Harakatlanishi. Amyoba hujayrasi sirtida qalin qattiq qobiq bo‘l –
maganligidan sitoplazmasi qaysi tomonga oqib o‘tsa, tana sining o‘sha
tomoni bo‘rtib chiqib, «soxta oyoqlar» deb ataladigan muvaqqat
o‘simtalar hosil qiladi. Amyobaning harakatini bir tomchi suvning
oqishiga o‘xshatish mumkin. Soxta oyoqlar to‘xtovsiz hosil bo‘lib va
yo‘qolib turganidan amyobaning tana shakli ham o‘zgarib turadi.
Oziqlanishi. Amyoba bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va orga
nik
qoldiqlar bilan oziqlanadi. Harakatlanayotgan amyoba oziqqa duch
kelganida bir necha soxta oyoqlar hosil qiladi. Soxta oyoqlar oziqni
qamrab olib, uni sitoplazmaga o‘tkazadi. Sitoplazmadan hazm shirasi
ajralishi bilan oziq atrofida kichik pufakcha – hazm qilish vakuolasi
paydo bo‘ladi. Hazm shirasi ta’sirida vakuoladagi oziq moddalar
hazm bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi sitoplazmadan tash-
qariga chiqarib yuboriladi.
Nafas olishi. Amyoba suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.
Uning sitoplazmasiga kislorod suv bilan birga to‘xtovsiz o‘tib tura-
di. Kislorod yordamida sitoplazmadagi oziq moddalar parchalanib,
amyoba hayoti uchun zarur bo‘lgan energiya hamda zararli modda-
lar almashinuvi mahsulotlari hosil bo‘ladi. Sitoplazmadagi suvning
ortiqcha qismi zararli moddalar almashi nuvi mahsulotlari bilan birga
qisqaruvchi vakuola bo‘shlig‘iga o‘tadi. Vakuola qisqarganida uning
ichidagi suyuqlik hujayradan chiqarib yuboriladi. Ana shu tariqa
amyoba organizmi bilan tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi
sodir bo‘ladi.
Zoologiya, 7 sinf, Mavlonov O., 2017
Siz O‘zbekistonimizning ko‘rar ko‘zlari, yorqin kelajagisiz. Biologiya darsligi sizni rang-barang va xilma-xil hayvonot dunyosiga olib kiradi. Darslik sizga hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishiga doir bilimlar beradi. Sizni faol bilim olish va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Siz uni qunt bilan o‘qisangiz, hayvonlar hayotidan juda ko‘p narsalarni bilib olasiz. Bilganlaringiz esa sizga kelgusida kasb tanlashingizda yordam beradi. Hayvonot va o‘simliklar dunyosini yaxshi bilgan kishi uni sevadi va ardoqlaydi.
Ilm cho‘qqilari sari qadam tashlashingizda doimo omad yor bo‘lsin!
Zoologiya fani va uning vazifalari.
Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiya (zoon – hayvon, logos – fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi.
Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishini, boshqalari alohida guruhlarini o‘rganadi.
Zoologiya – eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif berilgan. 16–17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda ko‘rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney 18-asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rganishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o‘rtalarida hayvonlarni o‘rganish orqali o‘zining olamshumul evolyutsion ta’limotini yaratdi. Zoologiya tibbiyot, chorvachilik va xalq xo‘jaligining boshqa sohalari bilan bog‘liq.
MUNDARIJA.
So‘zboshi.
I BOB. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma‘lumot.
1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari.
2-§. Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlarni klassifikatsiya qilish.
II BOB. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar.
3-§. Soxta oyoqlilar sinfi.
4-§. Xivchinlilar sinfi.
5-§. Infuzoriyalar va sporalilar sinflari.
1-laboratoriya mashg‘uloti. Tufelkaning tuzilishi, harakatlanishi va ta’sirlanishi.
III BOB. Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tiði.
6-§. Gidroid poliðlar sinfi: chuchuk suv gidrasi.
7-§. Dengiz bo‘shliqichlilari.
IV BOB. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiðlari.
8-§. Yassi chuvalchanglar tiði: kiðrikli chuvalchanglar sinfi.
9-§. Yassi chuvalchanglar tiði: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari.
10-§. To‘garak chuvalchanglar tiði: odam askaridasi.
11-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi.
V BOB. Halqali chuvalchanglar tiði.
12-§. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi.
13-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi.
2-laboratoriya mashg‘uloti. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, harakatlanishi va refleks hosil qilishi.
VI BOB. Mollyuskalar tiði.
14-§. Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi.
15-§. Ikki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfi.
VII BOB. Bo‘g‘imoyoqlilar tiði.
7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi.
16-§. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko‘payishi.
17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi.
7.2. O‘rgimchaksimonlar sinfi.
18-§. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi.
19-§. O‘rgimchaksimonlarning xilma-xilligi.
7.3. Hasharotlar sinfi.
20-§. Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi.
21-§. Yashil bronza qo‘ng‘izining ichki tuzilishi.
3-laboratoriya mashg‘uloti. Hasharotlarning tashqi tuzilishi.
22-§. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi.
23-§. Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar.
24-§. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: tangachaqanotlilar turkumi.
25-§. Pardaqanotlilar turkumi: asalarilar.
26-§. Ikki qanotlilar turkumi.
27-§. Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati.
VIII BOB. Xordalilar tiði.
28-§. Lansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvon.
8.1. Baliqlar.
29-§. Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi.
4-laboratoriya mashg‘uloti. Baliqlarning tashqi tuzilishi va harakatlanishi.
30-§. Baliqlarning ichki tuzilshi.
31-§. Nerv sistemasi va sezgi organlari.
32-§. Baliqlarning ko‘payishi va rivojlanishi.
33-§. Baliqlarning xilma-xilligi: tog‘ayli baliqlar sinfi.
34-§. Suyakli baliqlar sinfi: asosiy sistematik guruhlari va ahamiyati.
8.2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi.
35-§. Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari.
36-§. Ko‘l baqasining ichki tuzilishi. 123
37-§. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko‘payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi.
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi.
38-§. Ildam kaltakesakning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi.
39-§. Sudralib yuruvchilar xilma-xilligi: tangachalilar turkumi.
40-§. Toshbaqalar va timsohlar turkumlari.
8.4. Qushlar sinfi.
41-§. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi.
42-§. Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari.
5-laboratoriya mashg‘uloti. Qushlarning tashqi tuzilishi va pat qoplami.
43-§. Qushlarning ichki tuzilishi va sezgi organlari.
44-§. Qushlarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi.
45-§. Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslashishi.
46-§. Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho‘l qushlari.
47-§. Suv havzalari va sohil qushlari.
48-§. Yirtqich qushlar.
49-§. Parrandachilik.
8.5. Sutemizuvchilar sinfi.
50-§. Itning tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari.
51-§. Itning ichki tuzilishi.
52-§. Sutemizuvchilarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi.
53-§. Sutemizuvchilarning xilma-xilligi: tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yo‘ldoshlilar.
54-§. Qo‘lqanotlilar va kemiruvchilar turkumlari.
55-§. Yirtqich sutemizuvchilar turkumi.
56-§. Dengiz sutemizuvchilari: kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumlari.
57-§. Tuyoqli sutemizuvchilar.
58-§. Primatlar turkumi. Sutemizuvchilarning ahamiyati.
59-§. Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari.
Topishmoqlar javoblari.
Zoologiya terminlari ko‘rsatkichi (*-rasmlarga havola).
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Zoologiya, 7 sinf, Mavlonov O., 2017 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Зоология, 7 синф, Мавлонов О., 2017
Учебник по зоологии для 7 класса на таджикском языке.
Шумо чашми бино ва ояндаи Ӯзбекистони соҳибистиқлол ҳастед. Китоби дарсии «Биология» («Зоология») Шуморо ба олами ҳайвоноти басо рангорангу мароқовар мебарад. Китоб ба Шумо дар бораи сохти ҳайвонот, тарзи ҳаёти онҳо маълумот медиҳад. Шуморо ба донишомузи фаъол гирифтаи ва мустақилона фикр кардан меомузад. Агар бодиккат китобро омузед, оид ба ҳаёти ҳайвонот маьлумоти бисёр мегиред. Маьлумоту донишҳо ҳангоми интихоби касб ба Шумо ёрй мерасонанд. Шахсе, ки олами ҳайвонот ва набототро хуб медонад, онро дуст медорад ва эҳтиёт мекунад.
Сохти организми ҳайвон ва таснифи ҳайвонот.
Монандӣ ва фарқияти ҳайвонот аз наботот. Организми ҳайвон ба монанди растанӣ аз ҳуҷайраҳо ташкил ёфтааст. Ҳуҷайраҳо аз мембранаи ҳуҷайра (пуст), дар ситоплазмаи дохилии он вакуолаҳо, дигар органоидҳо ва ядро иборатанд. Таркиби кимиёвии ҳуҷайраҳои ҳайвонот ва наботот монанд мешаванд. Ҳуҷайраҳои ҳайвонот бо пусти нафиси худ аз наботот фарқ мекунанд. Дар ҳуҷайраҳои ҳайвонот хлоропласте, ки ба наботот ранги сабзро медиҳад, мавҷуд нест. Ҳайвонот фотосинтез намекунанд; ҳайвонот модцаҳои органикиеро, ки растаниҳо ҳосил мекунанд, истеъмол мекунанд. Аммо дар байни ҳайвонҳои якҳуҷайраи сохги содца ҳайвонҳое низ вомехӯранд, ки ҳамчун растанй дорой хусусияти фотосинтез мебошанд.
Аксари ҳайвонот органҳои махсуси ҳаракаткунӣ доранд, вале ҳайвощои муқимӣ ва паразит ҳаракат намекунанд. Дар байни растаниҳо хламидомонада бо ёрии қамчинак фаъолона ҳаракат мекунад.
Ҳуҷайра ва бофтаҳои ҳайвон. Организми ҳайвонҳои бисёрҳуҷайра сохти гуногун дошта, аз ҳуҷайраҳое иборатанд, ки вазифаҳои гуногунро иҷро мекунанд. Ҳуҷайраҳои ҳайвонот шакли лӯнда, куб, тухм, ситора, мижгондор ва ғайра шуда метавонанд (расми 2). Ҳуҷайраҳои ба якдигар монанд ва иҷрокунандаи вазифаи якхела, бофтаҳо ва бофтаҳо органҳоро ҳосил мекунанд. Дар организми ҳайвонҳои якҳуҷайра ва серҳуҷайраи соддатарин бофтаҳо ва органҳо инкишоф наёфтаанд.
МУНДАРИҶА.
Сарсухан.
БОБИ I. Маълумоти умумй дар бораи олами ҳайвонот.
§1. Фанни зоология ва вазифаҳои он.
§2. Сохти организми ҳайвон ва таснифоти ҳайвонот.
БОБИ II. Якҳуҷайраҳо, яъне ҳайвонҳои соддатарин.
§3. Синфи сохтапойҳо.
§4. Синфи қамчинақцорон.
§5. Синфҳои инфузорияҳо ва спорадорҳо.
Машғулияти якуми лаборатори. Сохти патак, ҳаракатноки ва таъсириазири.
БОБИ III. Ҳайвоноти серҳуҷайра: типи рӯдаковокҳо.
§6. Полипҳои гидроиди, гидраи оби гуворо.
§7. Рудаковокҳои баҳри.
БОБИ IV. Типҳои паҳнкирмҳо ва лӯндакирмҳо.
§8. Типи паҳнкирмҳо: синфи паҳнкирмҳои муяқдор.
§9. Типи паҳнкирмҳохинфҳои кирмҳои макканда ва тасмакирмҳо.
§10. Типи лундакирмҳо: аскаридаи одам.
§11. Гуногуншаклии кирмҳои паразит.
БОБИ V. Типи ҳалқакирмҳо.
§12. Сохти беруни, системам асаб ва инкишофи кирми лойхурак.
§13. Сохти дохилии кирми лойхурак.
Машғулияти дуюми лаборатори. Сохти берунаи кирмакҳои лойхӯрак, ҳаракатноки ва ҳосилкунии рефлекс.
БОБИ VI. Типи нармбаданҳо.
§14. Синфи нармбаданҳои шикампо.
§15. Синфи нармбаданҳои дутабақа ва сарпо.
БОБИ VII. Типи бандпоён.
7.1. Синфи харчангшаклон.
§16. Сохти берунии харчанги дарёи ва афзоиши он.
§17. Сохти дохилии харчанги дарёи.
7.2. Синфи тортанакшаклон.
§18. Сохти тортанак ва тарзи ҳаёти он.
§19. Гуногуншаклии тортанакшаклон.
7.3. Синфи ҳашаротҳо.
§20. Сохти берунии гамбуски биринҷии сабз.
§21. Сохти дохилии гамбуски биринҷии сабз.
Машғулияти сеюми лаборатори. Сохти берунаи ҳашаротҳо.
§22. Афзоиш ва инкишофи ҳашаротҳо.
§23. Ҳашаротҳои инкишофи табдили нокомил.
§24. Ҳашаротҳои инкишофи табдили комил: қатори пулакчаболҳо.
§25. Қатори пардаболҳо: занбӯрҳои асал.
§26. Қатори дуболаҳо.
§27. Пайдоиши ҳашаротҳо ва аҳамияти онҳо.
БОБИ VIII. Типи хордадорон.
§28. Нештаршакл — ҳайвони хордадори сохти соддатарин.
8.1. Моҳиён.
§29. Сохти беруни, скелет, пуфаки шиновари.
Машғулияти чоруми лаборатори. Сохти беруна ва ҳаёти моҳиҳо.
§30. Сохти дохилии моҳиён.
§31. Системаи асаб ва аъзоҳи ҳис.
§32. Афзоиш ва инкишофи моҳиён.
§33. Гуногуншаклии моҳиён: синфи моҳиёни тағоякдор.
§34. Синфи моҳиёни устухондор: гурӯҳи асосии таснифоти ва аҳамияти он.
8.2. Синфи обхокиҳо.
§35. Сохти беруни ва скелети қурбоққаи кул.
§36. Сохти дохилии қурбоққаи кул.
§37. Афзоиш, инкишоф ва гуногуншаклии обхокиҳо.
8.3. Синфи хазандагон.
§38. Сохти берунй, афзоиш ва инкишофи калтакалоси чобук.
§39. Гуногуншаклии хазандагон: қатори пулакчадорон.
§40. Қатори сангпупггон ва тимсоҳон.
8.4. Синфи паррандагон.
§41. Сохти берунии кабӯтари кабуд.
§42. Скелет ва мушакҳои кабӯтари кабуд.
Машғулияти панҷуми лабораторй. Сохти беруни ва рӯйкаши пати паррандагон.
§43. Сохти дохили ва аъзоҳои эҳсоси паррандагон.
§44. Афзоиш, инкишоф ва пайдоиши паррандагон.
§45. Мутобиқати паррандагон ба ҳодисаҳои мавсимй.
§46. Гуногуншаклии паррандагон: паррандагони воҳа ва биёбон.
§47. Паррандагони обӣ ва соҳилӣ.
§48. Паррандагони ваҳшӣ (соҳибчангол).
§49. Паррандапарварй.
8.5. Синфи ширхурон.
§50. Сохти беруни, скелет ва мушакҳои саг.
§51. Сохти дохилии саг.
§52. Афзоиш, инкишоф ва пайдоиши ширхурон.
§53. Гуногуншаклии ширхурон: тухмзо, халтадорон ва ҳамроҳцорон.
§54. Қатори болдастон ва хояндагон.
§55. Қатори ширхурони дарранда.
§56. Ширхурони бахри: қатори белпойҳо ва китшаклҳо.
§57. Ширхурони сумдор.
§58. Қатори приматҳо. Аҳамияти ширхурон.
§59. Ҳайвоноти хонагии мансуби синфи ширхурон.
Ҷавоби чистонҳо.
Нишондиҳандаи истилоҳоти зоология (*-дар расмҳо ҳавола).
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Зоология, 7 синф, Мавлонов О., 2017 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу