10 sinf fransuz tili test
1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.
5-sinf uchun test savollari
1. “Geografiya” atamasining etimologik ma’nosi:
a) yunoncha “geo”-yer, “grafio”-tasvirlayman; b) lotincha “geo”-yer, “grafio”-chizaman;
c) arabcha “geo”-yer, “grafio”-tasvirlayman; d) yunoncha “geo”-yer, “grafio”- o’qiyman;
e) lotincha “geo”-yer, “grafio”-o’qitaman;
a) yunoncha “geo”-yer, “grafio”-tasvirlayman;
2. Geografiya qanday qismlarga bo’linadi?
a) tabiiy va aholi geografiyasiga; b) tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaga;
c) umumiy geografiya va o’lkashunoslikka; d) transport va sanoat geografiyasiga;
e) aholi va shaharlar geografiyasiga;
b) tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaga
3. Geografiya asosan nimani o’rganadi?
a) Materiklar geografiyasi va aholisini; b) Mamlakatlar va ularning xo’jaligini
c) Yer yuzasi tabiati, aholisi, inson xo’jalik faoliyatini;
d) Materiklar va okeanlar geografiyasini; e) O’lkashunaslikka oid ma’lumotlarni;
c) Yer yuzasi tabiati, aholisi, inson xo’jalik faoliyatini
4. Dastlabki xarita qachon tuzilgan?
a) 13 asr muqaddam b) 14 asr muqaddam c) 15 asr muqaddam
d) 16 asr muqaddam
c) 15 asr muqaddam
5. “Geografiya” atamasini birinchi bo’lib fanga kim kiritgan?
a) Falas b) Pifagor c) Arastu d) Eratosfen e) Ptolomey
d) Eratosfen
6. Buyuk geografik kashfiyotlar boshlangan asr to’g’ri yozilgan javobni toping?
a) XV asrning o’rtalaridan; b) XV asrning boshlaridan;
c) XV asrning oxiridan; d) XVI asrning boshlaridan;
a) XV asrning o’rtalaridan
7. Buyuk geografik kashfiyotlar tugagan asr to’g’ri yozilgan javobni toping?
a) XVIII asrning o’rtalarigacha; b) XVIII asrning boshlarigacha;
c) XVII asrning oxirlarigacha; d) XVII asrning o’rtalarigacha;
d) XVII asrning o’rtalarigacha
8. Yerning “qattiq” yoki “tosh” qobig’ini aniqlang?
a) Gidrosfera b) Atmosfera c) Litosfera d) Biosfera
c) Litosfera
9. Litosfera deganda nimani tushunasiz?
a) Yerning ichki qismini; b) Yerning tashqi qobig’ini; c) Yer po’stini;
d) Yer mantiyasini; e) Yer po’sti va mantiyaning yuqori qismini;
e) Yer po’sti va mantiyaning yuqori qismini
10. Materiklarning parchalanishi qanday harakatlar natijasida ro’y beradi?
a) Vertikal; b) Balandlik; c) Pastlik; d) Gorizontal;
d) Gorizontal
11. “Vulkan” atamasi qanday ma’noni bildiradi?
a) “Yer xudosi” b) “Okean xudosi” c) “Olov xudosi”
d) “Dengiz xudosi” e) “Shamol xudosi”
c) “Olov xudosi”
12. Vulkanning mahsulotlari asosan qanday holatda uchraydi?
a) Qattiq, bug’, suv; b) Issiq suv, lava vulkan bombasi;
c) Suyuq, qattiq, qaynoq suv; d) Gaz, qattiq, suyuq; e) Qattiq, gaz, geyzer;
d) Gaz, qattiq, suyuq
13. Zilzilaning episentrini aniqlang.
a) Zilzila o’chog’i b) Y er qimirlash o’chog’i ustidagi joy
c) Zilzila bo’lib o’tgan joy; d) Zilzila bo’ladigan joy;
b) Y er qimirlash o’chog’i ustidagi joy
14. Atmosfera deganda nimani tushunasiz?
a) Yerning havo qobig’ini; b) Yerning suv qobig’ini; c) Yerning tosh qobig’ini;
d) Yerning hayot qobig’ini; e) Yerning qattiq qobig’ini;
a) Yerning havo qobig’ini
15. Iqlimning asosiy unsurlarini belgilang.
a) Harorat va bosim; b) Yog’in; c) Shamol; d) Hammasi
16. Yer sharida asosiy to’rtta havo massalarining tipi ajratilgan. Quyidagi javoblarning qaysi biri noto’g’ri?
a) Shimoliy tropik; b) Arktika; c) Mo’tadil; d) Tropik; e) Ekvatorial.
a) Shimoliy tropik
17. Dunyo suvayirg’ichi deganda nimani tushunasiz?
a) Barcha okeanlar havzalarini bir-biridan ajratadigan chegara;
b) Berk havzalarni ajratadigan chegara;
c) Barcha havzalarni ikki yirik guruhga ajratib turadigan chegara;
d) Tinch va Atlantika okeanlari havzalarini ajratib turadigan chegara;
e) Tinch va Shimoliy Muz okeani, Hind okeanlari havzalarini ajratib turadigan chegara.
c) Barcha havzalarni ikki yirik guruhga ajratib turadigan chegara
18. Okean va dengiz suvlarining qalqishiga nima ko’proq ta’sir qiladi?
a) Yerning markaziga intilma kuchi; b) Oyning tortilish kuchi;
c) Yerning markazidan qochma kuchi; d) Koriolis kuchi; e) Quyoshning tortilish kuchi.
b) Oyning tortilish kuchi
19. “Biosfera” qanday ma’noni anglatadi?
a) Yerning hayot qobig’i; b) Yerning suv qobig’i; c) Yerning tosh qobig’i;
d) Yerning o’simlik qobig’i; e) Yerning havo qobig’i;
a) Yerning hayot qobig’i
20. “Komponent” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
a) lotincha “chirmashmoq” demakdir; b) lotincha “tashkil etuvchi” demakdir;
c) yunoncha “uyg’urlik” demakdir; d) yunoncha “majmua” demakdir;
e) lotincha “o’zaro bog’liqlik” demakdir.
b) lotincha “tashkil etuvchi” demakdir
21. “Kompleks” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
a) lotincha “uyg’unlashmoq” demakdir; b) yunoncha “chirmashmoq” demakdir;
c) lotincha “majmua” demakdir; d) yunoncha “o’zaro bog’liqlik” demakdir;
e) lotincha “tashkil etuvchi” demakdir.
c) lotincha “majmua” demakdir
22. Quruqlikda tabiat zonasining hosil bo’lishi asosan nimaga bog’liq?
a) Geografik kenglikka; b) Yorilish mintaqasiga; c) Harorat bilan namlikning nisbatiga; d) Quyosh energiyasiga; e) Quyosh energiyasining tushish burchagiga.
c) Harorat bilan namlikning nisbatiga
23. Balandlik mintaqalariga tegishli javobni aniqlang?
a) Past tog’lardagi almashib keladigan tabiat zonalari;
b) Tekislikdan o’rtacha balandlik tomon almashinadigan tabiat zonalari;
c) Tog’lardagi balandlik bo’yicha almashinadigan tabiat zonalari;
d) Baland tog’lardagi balandlik bo’yicha almashinadigan tabiat zonalari.
e) Eng baland tog’lardagi balandlik tomon asta-sekin almashinadigan tabiat zonalari.
c) Tog’lardagi balandlik bo’yicha almashinadigan tabiat zonalari
24. Hind okeanining eng chuqur botig’ini aniqlang?
a) Peru b) Zond c) Marianna d) Puerto-Riko e) Shimoliy
25. Yer yuzining dengiz sathidan 500 m dan ortiq baland bo’lgan joylariga . deyiladi.
a) tekisliklar b) qirlar c) yassi tog’lar d) pasttekisliklar
c) yassi tog`lar
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
1-sinf Test 1
17. Malika chiroyli … Nuqtalar o’rniga to’g’ri kelgan so’zni qo’yiung?
A) qiz B) bola D) gul
18. Ona bilan bola – … bilan lola.
19. O’rmonda nimalar yashaydi?
A) hayvon va qushlar
20. Qishlog’imiz nomini toping?
21. Bug’doy qachon ekiladi?
22. Bog’larda nimalar pishadi?
23. Bola odobi bilan …
A) chiroyli B) go’zal D)ko’rkam
24. Turna bo’rining og’zidan nimani oldi?
25. Oltin olma – … ol.
A) pul B) duo D) rahmat
1. O `zbek tilida nechta undosh harf bor?
2. Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?
3. Unli harflar qatorini toping:
4. O’zbek tilida nechta unli tovush bor?
5. Bodring so’zida nechta unli harf bor?
6. Undosh harflar qatorini aniglang:
7. To’rtta undosh harfdan iborat so’zni toping:
8. O `zbek tilida nechta unli harf bor?
9. Uchta unli harfdan iborat so’zni toping:
10. Choynak so’zida nechta tovush bor?
11. O’zbek tilida nechta undosh tovush bor?
12. J harfi nechta tovushni ifodalaydi?
13. Bu qatordagi qaysi harf unli tovushni ifodalamaydi?
A) o B) i D) j E) a F) o’ G) u
14. Uch harfdan iborat so’zni belgilang:
15. Chumchuq so’zi nechta harfdan iborat?
16. Undosh tovushni ifodalamaydigan harfni toping:
17. ; Arg`imchoq so’zida nechta unli tovush bor?
18.Faqat harf birikmalari berilgan qatorni belgilang:
19. Nuqtalar o`rniga undosh harflardan mosini qo’ying:
odo. hiso. ofto. rubo.
20. Navbatchi so’zida nechta undosh harf bor?
21. Alifbo tartibida berilgan so’zlar qatorini aniglang:
A) asal, bog’, olma, fil
B) asal, olma, bog’, fil
D) asal, bog’, fil, olma
22. Qaysi so’zda tutuq belgisi noo’rin qo’llangan?
A) san’at B) rah’mat D) ta’lim
23 . O’qituvchi so’zida nechta unli harf bor?
24. Qaysi harf bo’g’in hosil qiladi?
A) unli B) undosh D) ikkalasi
25. Ikki bo`g`inli so’zni toping:
A) koptok B) toshbaqa D) don
Matematika 1-Sinf
1. Qaysi sonlar tushirib qoldirilgan? 1, 2, 3, 4, 5, , 7, 8, , 10
2. 7 sonidan oldin qaysi son keladi?
3. 9 sonidan keyin qaysi son keladi?
4. 10 va 8 sonlarining o`rtasida joylashgan sonni belgilang:
a)9 b)2 d)7
5. 8 sonining qo’shni sonlarini belgilang:
6. 1 dan 10 gacha sanaganda 5-o`rinda qaysi son keladi? 1, 2, 3, 4, , 6, 7, 8, 9, 10
7. 10 dan 1 gacha sanaganda 5- o`rinda qaysi son keladi? 10, 9, 8, 7, , 5, 4, 3, 2, 1
8. Eng kichik sonni belgilang:
a) 10 b) 2 d) 7 e) 3
9. Eng katta sonni belgilang:
10. Sonlarni kamaytirish uchun nima qilinadi?
Ifodalar to’g’ri bo`lishi uchun katakchalar o`rniga kerakli sonlarni qo’ying (11-15) :
15. Javobida 7 chiqadigan misolni belgilang:
Yozuvlar to’g’ri bo’lishi uchun yulduzchalar o`rniga mos belgilami qo’ying
25. Nuqtalar o’rniga shunday amal belgilarini qo’yingki, ifodalar to’g’ri bo’lsin: 9. 4=5
Sana:____________ Mavzu: Test
Drasning maqsadi: O`quvchilar bilimini tekshirish
1. Qovunni og’irligi 3kg, karamni og’irligi ham shuncha. Karam og’irligini toping?
a) 3 kg b) 6 kg c) 9 kg
2. 99 dan keyin qaysi son keladi?
a) 90 b) 100 c) 98
3. To’rtta burchagi ham to’g’ri bo’lgan to’rtburchak nima deyiladi?
a) uchburchak b) aylana c) to`g`ri to’rtburchak
4. Javonni birinchi qatorida 10 ta, ikkinchi qatorida 8 ta kitob bor. Javondan 6 ta kitob olindi. Nechta kitob qoldi?
5. Ayirmani toping. 50 – 46
6. Yig`indini toping. 46 + 44
7. Javobi 18 ga teng bo’lgan misolni toping.
8. Bola bir sonni o’ylaydi. U o`ylagan songa 9 ni qo`shib, 14 hosil qilindi. Bola o`ylagan sonni toping.
9. 18 dan 6 ta kam bo’lgan sonni toping.
10. To’rtta tomoni teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak nima deb ataladi?
a) uchburchak b) kvadrat c) kesma
11. 74: 4=18 tenglamaning qoldig’ini toping.
a) 2 q b) 3 q c) 4 q
12. 1 sentner kattami yoki 1 tonnami?
a) 1 sentner b) 1 tonna c) teng
13. Kvadrat deb nimaga aytiladi?
a) ikki tomoni teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchakka aytiladi
b) hamma tomoni teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchakka aytiladi
c) hamma tomoni to’g’ri bo’lgan to’g’ri to’rtburchakka aytiladi
14. 1 asr necha yilga teng?
a) 1000 b) 100 d) 105.
15. Aprel oyi necha kundan iborat?
16. 1 sutka necha soaf bo’ladi?
a) 60s b) 24 s d) 30 s
17. 35 soni ichida nechta birlik, nechta o`nlik bor?
a) 3 o’nlik, 5 ta birlik. b) 30 o`nlik, 5 ta birlik. d) 2 o`nlik , 5 ta birlik.
18. To`g`ri javobni toping: 10 + 21 =
19. 3 soni qanday son?
20. 43 + 23 = qo’shilganda qanday son qoladi?
21. Sonlarni taqqoslang va to`g`ri javobni ko’rsating.
a)3+2>5 b)3+2=5 d)3+2 22. 1 dm necha sm ga teng?
a) 10 sm b) 100 sm d) 1000 sm
23. (13 + 7) – 6 = misolda birinchi bo`lib qaysi ishora bajariladi?
a) ayirish b) qavs ichi d) qo’shish
24. Bir yilimiz nechta fasldan iborat?
a) 4 ta b) 3 ta d) 6 ta
25. 33 bilan 17 ning yig`indisi necha bo’ladi?
- O’zbek tilida nechta undosh tovush bor?
2. O’zbek tilida nechta unli tovush bor?
3. Harf birikmalarini ko’rsating?
a) n, ng, g b) ch, g, y d) ch, ng, sh
4. Gapning birinchi so’zi qanday harf bilan yoziladi?
a) kichik b) katta d) unli
5. Tovushlar yozuvda qanday belgilanadi?
a) harf b) so’z d) harf birikmasi
6. Qaysi so’z bo’g’inga to’g’ri ajratilgan?
7. Qanday bo’g’in qo’yish kerak: qop-
a) zor b) dosh d) qon
8. Qanday harf qo’yish kerak: So_ibkor
9. Tutuq belgi to’g’ri qo’yilgan so’zni toping?
10. Gap nimadan tashkil topadi?
11. Kutubxona so’zi necha bo’g’indan iborat?
12. Maqolni davom ettiring: Birni kessang, …
13. Qaysi undoshlar aytilishda tushib qoladi?
14. Bo’g’in birinchi yo’ldan ikkinchi yo’lga qanday ko’chiriladi?
c) ko’chirib bo’lmaydi
15. So’z bo’g’inga qanday ajratiladi?
a) nechta undosh tovush bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi
b) nechta unli tovush bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi
c) nechta harf birikmasi bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi
16. Shaxs- narsa nomini bildirgan so`zlar qaysi so’roqqa jav ob bo’ladi?
d) Qanday? Qanaqa?
17. Uy hayvonlari qaysi qatorda ko’rsatilgan?
b) eshak, yolbars
18. Kishilar ism-familiyasi qanday harf bilan yozialdi?
19. Shahar nomlari qaysi qatorda ko’rsatilgan?
a) Toshkent, Xiva
b) Sirdaryo, Amudaryo
d) Al Xorazmiy, Imom Buxoriy.
20. Narsa-shaxs harakatini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?
a) Qanday? Qanaqa?
d) Nima qildi? Nima qilyapti?
21. Harakatni bildirgan so`zlar qaysi qatorda berilgan?
a) hisobladi, chizdi
b) mehnat, sharaf
22. Narsa va shaxsning belgisini bildirgan so’zni toping.
a) yeti b) yozdi c) yashil
23. Narsa va shaxsning sanog’ini bildirgan so’zni toping.
24. Ketma-ket kelgan bir xil undosh qaysi javobda?
25. O’qidi so’zi qaysi so’roqqa javob bo’ladi?
c) nima qilyapti?
26. Shaxs- narsa nomini bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo`ladi?
27. Bittadan ortiq narsa va shaxs nomini bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi?
a) kimlar? nimalar?
28. Uy hayvonlari qaysi qatarda ko’rsatilgan?
b) timsoh, yo`lbars
29. Poliz ekinlari qaysi qatarda ko `rsatilgan?
30. Kishilar ism-familiyasi qanday harf bilan yoziladi?
31. Shahar nomlari qaysi qatarda ko `rsatilgan?
a) Tashkent, Buxoro
b) Sirdaryo, Amudaryo
32. Narsa-shaxs harakatini bildirgan so’zlar qanday so`rogga javob bo’ladi?
a) qanday) qanaqa?
d) nima qildi? nima qilayapti?
33. Harakatni bildirgan so’zlar qaysi qatarda berilgan?
34. 8-Mart- qanday bayram?
b) onalar bayrami
d) Navro’z bayrami
35. Konstitutsiya kunini taping
36. Qaysi so’z kim? so`rog`iga javob bo’ladi?
37. Narsaning belgisini bildirgan so’zlar qaysi so`roglarga javob bo’ladi?
c) nima qildi? nima qilmoqchi?
38. Uy hayvonlariga nimalar kiradi?
a) it, mushuk, sichqon
b) ot, tuya, kiyik
c) bo’ri, qo’y, tulki
39. Poliz ekinlari qaysi qatarda ta’g’ri ko `rsatilgan?
a) olma, anor, bodring
b) qovun, tarvuz, qovoq
c) qovoq, qovun, sabzi
40. Shahar nomlari qaysi qatarda nota’g’ri yozilgan?
a) Andijon, Buxoro
b) Xorazm, Tashken
c) Namangan, Farg’ona
41. Nima qildi? Nima qilyapti? so`roglariga javob bo`ladigan so`zlarni belgilang.
a) o’qidi, kulyapti
42. Kishilar ismi va familiyasi qanday harf bilan yoziladi?
43. Navro’z bayrami qaysi kuni nishonlanadi?
44. O’zbek tili shuhratini dunyoga yoygan buyuk vatandoshimiz?
b) Alisher Navoiy
45. “1 -sentabr qanday bayram” gapining oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi?
B. So’roq belgisi
D. Undov belgisi
46. “Kuz – oltin fasl. Bu fasl qanday go`zal!”. Nechta gap o’qidingiz?
47. Qachon bosh harflar qo’llanadi?
A. Kishi nomlarida
B. Ko’cha nomlarida
D. Ikkalasi ham ta’g’ri.
48. “Pashsha” so’zida nechta tavush bor?
49. “Uzum-uzuk-uzun” so’zlarida qaysi harflar so’z ma’nosini o’zgartirgan?
50. O’zbek tilida nechta unli tavush bor?
51. Undosh harflar qatarini belgilang.
52. “K” harfi alifboda nechanchi o`rinda turadi?
53. Alifbo tartibida yozilgan ismlar gatarini belgilang.
A. Aziza, Dildora, Farida, Ozoda.
B. Aziza, Farida, Dildora, Ozoda.
D. Aziza, Ozoda, Farida, Dildora.
54. Matnda qaysi fasl tasvirlangan: “Kunlar soviy boshladi. Ariglarda suvlar tiniq oqa boshladi. Daraxt barglari sarg’aydi”.
55. Biror narsa haqida xabar mazmunini bildirgan gapning oxiriga qanday belgisi qo `yiladi?
B. Undov belgisi
D. So`roq belgisi
56. “Bola yig’ladi. Ona alla aytdi”. Ikkinchi gap kim haqida aytilgan?
D. Ikkaladi ham ta’g’ri.
57. Ikki bo’g’inli so’zlar qatarini belgilang.
A. Ona, bola, lola
B. Shamol, barg, kitab
D. Qizcha, hovli, of
58. Bo’g’in ko’chirish uchun bo’linmaydigan so`zlar gatarini belgilang.
A. Do’st, fasl, kuz
B. Jahon, sinf, yil
D. Lavlagi, g’isht, etik
59. Qaysi so’zda nuqtalar o`rniga t undoshi qo’yiladi?
60. Shaxs nomini bildirgan so’zni belgilang.
61. “Uchyapti ” so’zining so’rog’ini belgilang.
A. Nima qilyapti?
62. “Bir burchakda so’zlaydi, Ham chaladi, kuylaydi” tapishmog’ida nechta harakat bildirgan so’z bor?
A. 2 ta B. 3 ta D. 4 ta
63. Narsa sanog’i bildirgan so’zni belgilang.
64. Baliq harakatini bildiruvchi so`zni belgilang.
65. Sifat so’z turkumiga tegishli so’zlarni aniqlang?
A. chaqqon, epchil
B. yigirma, yugurdi
D. chiroyli, yonaman
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
CEFR imtihoni: oʻtkazilish tartibi, toʻlov va Oʻzbekistonda qayerda topshiriladi?
CEFR — Common European Framework of Reference imtihoni Yevropa Ittifoqida foydalaniladigan chet tilini egallaganlik daraja tizimi (chet tilini egallanganlikning Umumevropa kompetensiyasi). Imtihon Yevropa Kengashi tomonidan “Language Learning for European Citizenship” loyihasi doirasida 1989-1996-yillarda ishlab chiqilgan. CEFRning asosiy maqsadi – umumiy Yevropa tillari uchun qabul qilinadigan baholash va oʻqitish usulini taqdim etish. 2001-yildan boshlab Yevropa Ittifoqi imtihondan til bilish kompetensiyasining milliy tizimini yaratishda CEFRdan foydalanishni taklif etdi. Bugungi kunda sinov sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa, Osiyo oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun topshiriladi.
CEFR haqida qisqacha:
Til –ingliz, nemis, fransuz tili;
Tashkilotchi – Yevropa Kengashi (Council of Europe);
Rasmiy sayt – https://www.coe.int;
Imtihon haqi – 2018-yilning 1-noyabridan sertifikat – 304 095 soʻm;
Davomiyligi – 3 soat 5 daqiqa – 3 soat 50 daqiqa;
Baholanishi – 150 ballik tizim;
Qachon: 2019-yil muddatlari SHU YERDA eʼlon qilinadi;
Oʻzbekistonda qayerda topshirish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat Test markazi, Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasida; Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bogʻishamol koʻchasi, 12-uy; Telefon: (+998 71) 235-74-85; Faks: (+998 71) 234-71-84; elektron pochta: nafl@dtm.uz; Rasmiy sayt: https://nsfla.uz/.
CEFR imtihoni boʻlimlari
Chet tilini bilish darajasi testi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida oʻtkaziladi.
CEFR taqdim etadigan imtiyozlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda chet tilini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini keng qoʻllagan holda 2018-yil 1-yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha quyidagi imtiyozlar berish tartibini joriy etgan:
- chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi B1va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan yoʻnalishlarda chet tili fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etish;
- chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalari magistraturasining kirish test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan yoʻnalishlarda chet tili fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni chet tili fanidan test sinovidan ozod etish.
Test quyidagi boʻlimlardan iborat:
- Tinglab tushunish boʻlimi: eshitilgan audiomatnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish koʻnikmalarini tekshiradi;
- Oʻqib tushunish boʻlimi: har xil janrlardagi autentik matnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish koʻnikmalarini tekshiradi;
- Leksik va grammatik kompetensiyalar boʻlimi: leksik va grammatik birliklarni kontekstda toʻgʻri qoʻllay olish koʻnikmalarini tekshiradi;
- Yozish boʻlimi: berilgan vaziyat yoki mavzu asosida, topshirilayotgan darajaga mos leksika va grammatikani qoʻllagan holda yaxlit matn tuza olish koʻnikmalarini tekshiradi;
- Gapirish boʻlimi: savollarga javob bera olish, ogʻzaki taqdimot qila olish, muammoga nisbatan oʻz fikrini bildirib asoslab bera olish koʻnikmalarini tekshiradi.
Testning yozma qismi (tinglab tushunish, oʻqib tushunish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish boʻlimlari) bir kunda, gapirish boʻlimi alohida oʻtkaziladi.
Baholash
Har bir boʻlimda maksimal ball 30 ballni tashkil qiladi. Jami maksimal ball: 150 ball. Testdan muvaffaqiyatli oʻtish uchun maksimal ballga nisbatan 60% yoki undan yuqori yigʻish kerak.
Darajalari
Universitetga imtihon topshirish uchun odatda B1, B2, C1 darajalari yetarli hisoblanadi.
Roʻyxatdan oʻtish tartibi
Chet tilini bilish va egallash darajasi boʻyicha malaka sertifikati olish uchun imtihonga roʻyxatdan oʻtish tartibi:
- On-line arizani toʻldiring. Toʻldirigan arizangizning pdf formatdagi nusxasi arizada koʻrsatgan elektron pochtangizga yuboriladi.
- Elektron pochtangizdan pdf formatdagi arizangiz nusxasini yuklab oling va printerdan chiqaring.
- Istalgan bank boʻlimidan DTM hisob raqamiga eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida toʻlovni toʻlang.
- Quyidagi hujjatlarni DTMga pochta orqali yuboring yoki shaxsan olib keling:
– Toʻldirilgan ariza nusxasi (pdf formatda pochtangizga yuborilgan arizani chiqaring);
– Eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida toʻlovni toʻlaganligingiz haqida kvitansiya nusxasi yoki toʻlov topshiriqnomasi;
– Pasportingiz nusxasi;
– 3.5 * 4.5 oʻlchamdagi fotosuratingiz (1 dona). Rasm hujjat talablariga mos kelishi kerak;
– 3.5 *4.5 oʻlchamdagi fotosuratingizning CD diskga yozilgan elektron nusxasi;
hujjatlar uchun jild.
Test sinovlari formati
B1 darajasi
B1 darajadagi talabgor:
- ommabop tanish mavzulardagi matnlarni muayyan maʻlumotlar olish uchun oʻqib, tushuna oladi;
- shaxsiy hayot mavzularida qaydlar va xabarlarni yoza oladi;
- shaxsiy qiziqishlar, kundalik hayot mavzularida suhbat qiladi;
- ommabop masalalar boyicha maʻlumot bera oladi va fikrini bildiradi.
Vaqt: B1 daraja imtihoni 3 soat 5 daqiqa davom etadi va quyidagi boʻlimlardan iborat:
1-boʻlim: Tinglab tushunish ( 30-35 daqiqa/4 qism/30 savol)
2-boʻlim: Oʻqish (70 daqiqa/4 qism/30 savol)
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa/3 qism/30 savol)
4-boʻlim: Yozish (45 daqiqa/2 topshiriq/ 30 ball)
5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)
Tinglab tushunish. Tinglab tushunish boʻlimining maqsadi nomzodning chet tilidagi ommabop tanish mavzulardagi monologik va dialogik nutqning asosiy maʻnolarini tushuna olishini va soʻralgan maʻlumotni topa olish koʻnikmalarini tekshirishdir. Tinglab tushunish boʻlimi 4 qismdan iborat. Tinglab tushunish boʻlimi mazmuni quyidagicha tuziladi:
1-boʻlim: Tinglab tushunish (30-35 daqiqa/4 qism/30 savol)
Tinglab tushunish boʻlimida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin tinglab tushunish boʻlimi oʻyicha yoʻriqnoma va shundan soʻng har bir topshiriqni bajarishdan oldin matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.
1-qism (1-10 savollar)
Matn turi: ommabop tanish mavzularda 10 ta qisqa monologlar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: aniq normativ nutqning asosiy maʻnolarini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (11-16 savollar)
Matn turi: ommabop tanish mavzularda dialog.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: muayyan maʻlumotlar olish uchun tushunish va maʻlumotlarni toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlay olish.
Savollar turi: yopiq test.
3-qism (17-22 savollar)
Matn turi: shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid intervyular.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: muayyan maʻlumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
4-qism (23-30 savollar)
Matn turi: monolog-prezentatsiya, chiqish;
Tekshiriladigan koʻnikmalar: dolzarb mavzulardagi tele-radio yangiliklar, shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid sodda dasturlar.
Savollar turi: yopiq test.
2-boʻlim: Oʻqish (70 daqiqa/ 4 qism/30 savol)
1-qism (1-5 savollar)
Matn turi: chet tili muhitida kundalik hayotda uchraydigan qisqa matnlar: eʻlon, reklama, asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish boʻyicha yozma yoʻriqnomalardan parcha, xatlar, elektron xatlardan parcha, gazeta va internet matnlardan parcha.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (6-12 savollar)
Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: gazeta va internet matnlarida tegishli maʻlumotni va fikrlarni tushunish.
Savollar turi: yopiq test: toʻgʻri/notoʻgʻri/berilmagan.
3-qism (13-20 savollar)
Matn turi: ommabop materiallar – qisqa hikoya.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: ommabop matnlar yoki badiiy asarlardagi asosiy fikrni tushunish.
Savollar turi: yopiq test (savol va 4 ta javob varianti).
4-qism (21-30 savollar)
Matn turi: ommabop materiallar – ensiklopediya yoki internet manbalaridan olingan matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: matndagi asosiy fikrni tushunish.
Savollar turi: yopiq test
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa/3 qism/30 savol)
1-qism (1-10 savollar)
Matn turi: ommabop matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlata olish matnda notoʻgʻri ishlatilgan leksik va/yoki grammatik birliklarni toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: yopiq test (tushirilib qoldirilgan soʻzni berilgan 4 muqobil variantdan tanlash).
2-qism (11-20 savollar)
Matn turi: ommabop matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: soʻz turkumlarning turli morfologik shakllarini toʻgʻri qoʻllay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlata olish.
Savollar turi: gapdagi xatoni topish (4 muqobil variantdan toʻgʻrisini tanlash, xato yoʻq boʻlgan taqdirda D tanlanadi)
3-qism (21-30 savollar)
Matn turi: ommabop matn.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻzakdosh soʻzlarning turli morfologik shakllarini toʻgʻri qoʻllay olish, leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlata olish.
Savollar turi: yopiq test (4 muqobil variantdan matn mazmuniga mos keluvchi oʻzakdosh soʻzni tanlash).
4-boʻlim: Yozish (45 daqiqa/2 topshiriq)
Yozma nutq boʻlimining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda toʻgʻri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.
1-topshiriq: shaxsiy yozishmalar. Nomzod berilgan mavzu va tayanch savollar asosida xat yozishi lozim (60-80 soʻz/10 ball). Mavzuda muammo koʻtariladi va xatda nomzodning ushbu muammo yuzasidan nuqtai nazarini bildirishi soʻraladi.
2-topshiriq: shaxsiy tajribaga asoslangan insho yozish (120-140 soʻz/20 ball). Nomzod tayanch savollar asosida berilgan mavzuda qisqa insho yozishi kerak.
5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)
Ogʻzaki nutq boʻlimining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida ogʻzaki tarzda B1 daraja talablariga mos tarzda toʻgʻri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.
1-qism
Suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi talab etiladi. Ushbu qism boʻyicha suhbat davomiyligi oʻrtacha 4 daqiqa.
2-qism
Talabgordan berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga oʻz yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzular doirasidan olinadi.
Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
3-qism
Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qoʻshimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi.
B2 darajasi
B2 darajadagi nomzod:
- mavhum va konkret mavzulardagi murakkab matnlarni, shu jumladan mutaxassislikka oid matnlarni tushuna oladi;
- tayyorgarliksiz ravon gapira oladi;
- xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tugʻdirmaydigan darajada tez gaplashadi;
- turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi;
- muammoga oʻz fikrini bildirib, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini koʻrsata oladi.
Vaqt: B2 daraja imtihoni 3 soat 35 daqiqa davom etadi va quyidagi boʻlimlardan iborat:
1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 35 daqiqa/4 qism/30 savol)
2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/3 qism/30 savol)
4-boʻlim: Yozish (1 soat/2 topshiriq)
5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)
1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 35 daqiqa/4 qism/30 savol)
Tinglab tushunish boʻlimida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.
1-qism (6 savol)
Matn turi: bir-biriga bogʻliq boʻlmagan qisqa dialoglar, eʻlon va xabarlar, radio va tele-reportajlardan parchalar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: umumiy mazmunni tushunish uchun tinglash.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (8 savol)
Matn turi: dialog(ijtimoiy mavzulrdagi muloqot)
Tekshiriladigan koʻnikmalar: ayrim maʻlumotlarni olish va tafsilotlarni tushunish uchun tinglash.
Savollar turi: yopiq test.
3-qism (8 savol)
Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: radio, internet va televideniye dasturlari, intervyularning aksariyat qismini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
4-qism (8 savol)
Matn turi: maʻruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: keng kolamli nutq va murakkab fikrlar bayonini kuzatib tushunish, ilmiy va ixtisoslik taqdimotlari mohiyatini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)
1-qism (10 savol)
Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi – taxminan 800 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: chet tilidagi autentik matnning tafsilotlarini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (10 savol)
Matn turi: murakkab ommabop materiallar – gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi – taxminan 800 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: kattaroq hajmdagi maqolalardan tegishli maʻlumotlarni ajrata olish.
Savollar turi: yopiq test; gapni tugallash.
3-qism (10 savol)
Matn turi: murakkab ilmiy-ommabop materiallar – kasbiy sohalarga oid kattaroq hajmdagi maqola va maʻruzalar (matn hajmi – taxminan 800 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: chet tilidagi murakkab matnlarning tafsilotlarini tushunish va tegishli matnlarni ajrata olish, tanish va notanish mavzulardagi matnlarning ayrim jihatlarini tushunish.
Savollar turi: yopiq test (toʻgʻri/notoʻgʻri/berilmagan); moslashtirish.
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/3 qism/30 savol)
1-qism (10 savol)
Matn turi: ommabop matn (matn hajmi – taxminan 200 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: leksik birliklarni (polisemik soʻzlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (10 savol)
Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi – taxminan 100 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: grammatik xatolarni topish.
3-qism (10 savol)
Matn turi: badiiy matn (matn hajmi – taxminan 150 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: soʻz turkumlarining turli morfologik shakllarini va leksik birliklarni berilgan kontekstda toʻgʻri ishlatish olish.
Savollar turi: yopiq test (tushirib qoldirilgan soʻzlarni qoʻyish.
4-boʻlim: Yozish (1 soat/2 topshiriq)
1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch savollar asosida rasmiy xat yozish (150 soʻz/10 ball).
2-topshiriq: berilgan muammoli mavzu yuzasidan esse yozish (250 soʻz/20 ball).
5-boʻlim: Gapirish (15 daqiqa/3 qism/30 ball)
1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.
2-qism: berilgan mavzu boʻyicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.
3-qism: maqolani umumlashtirish, xulosa qilish, berilgan mavzuga oid qarash yoki fikrlarni rivojhlantirish, misollar keltirish orqali dalillash. (Yuklab olish)
C1 darajasi
C1 darajadagi nomzod:
- katta hajmdagi murakkab matnlarni ochiq aytilmagan maʻnolarigacha tushuna oladi.
- tayyorgarliksiz tez gapira oladi va fikrini ifodalash uchun soʻz tanlashda qiyinchilik sezmaydi.
- tilni ijtimoiy, ilmiy va professional muloqot uchun samarali ishlata oladi.
- xorijiylar bilan muloqot qilish jarayonida ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tugʻdirmaydigan darajada tez gaplashadi.
- turli mavzularda aniq, batafsil xabarlar tuza oladi.
- murakkab mavzularda aniq, yaxshi strukturalangan matnlar tuza oladi.
Vaqt: C1 daraja imtihoni 3 soat 50 daqiqa davom etadi va quyidagi boʻlimlardan iborat:
1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa/3 qism/30 savol)
2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/2 qism/30 savol)
4-boʻlim: Yozish (1 soat 20 daqiqa/3 topshiriq)
5-boʻlim: Gapirish (20 daqiqa/3 qism/30 ball)
1-boʻlim: Tinglab tushunish (taxminan 30 daqiqa/3 qism/30 savol)
Tinglab tushunish boʻlimida har bir matn bir marta eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga tegishli savollar bilan tanishib chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
1-qism (10 savol)
Matn turi: radio- va tele – reportajlar, intervyular.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: keng qamrovli, tilning ayrim nostandart ishlatilish holatlarini ham oʻz ichiga olgan audio tasma va axborot materiallarini tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (10 savol)
Matn turi: audiokitoblar yoki asarlar radiopostanovkalaridan parchalar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: keng koʻlamli nutqlarni aniq tuzilmagan hollarida ham tushunish va ulardagi ochiq-oydin va yashirin fikrlarni ham yetarli darajada anglay olish.
Savollar turi: yopiq test.
3-qism (10 savol)
Matn turi: maʻruzalar, bayonotlar, taqdimotlar, munozaralar hamda ilmiy va ixtisoslikka oid boshqa turdagi nutqlar.
Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻz mutaxassislik sohalariga oid bolmagan abstrakt va murakkab mavzulardagi keng koʻlamli nutqlarni tushunish.
Savollar turi: yopiq test.
2-boʻlim: Oʻqish (1 soat/3 qism/30 savol)
1-qism (10 savol)
Matn turi: zamonaviy badiiy matndan parcha (matn hajmi – taxminan 1000 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: kichik detallarning ham muhim jihatlari, qarashlar, ochiq-oydin yoki birmuncha yashirin bayon etilgan fikrlarni tushuna olish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (10 savol)
Matn turi: murakkab ommabop materiallar – gazeta, jurnal, Internet maqolalari (matn hajmi – taxminan 1000 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻz mutaxassislik sohalariga oid yoki oid boʻlmagan keng koʻlamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.
Savollar turi: tushirib qoldirilgan gaplar bilan matnni toʻldirish.
3-qism (10 savol)
Matn turi: akademik matnlardan parcha (matn hajmi – taxminan 1000 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: oʻz mutaxassislik sohalariga oid yoki oid boʻlmagan keng koʻlamli birmuncha uzun va murakkab matnlarni tushuna olish.
Savollar turi: yopiq test (toʻgʻri/notoʻgʻri/berilmagan); moslashtirish.
3-boʻlim: Leksik va grammatik kompetensiyalar (40 daqiqa/3 qism/30 savol)
1-qism (15 savol)
Matn turi: ommabop matn (matn hajmi – taxminan 300 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: leksik birliklarni (polisemik soʻzlar va sinonimlarni) berilgan kontekstda toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: yopiq test.
2-qism (10 savol)
Matn turi: ilmiy matn (matn hajmi – taxminan 250 soʻz).
Tekshiriladigan koʻnikmalar: murakkab sintaktik strukturalarni toʻgʻri qoʻllay olish.
Savollar turi: grammatik xatolar bor-yoʻqligini aniqlash.
4-boʻlim: Yozish (1 soat 30 daqiqa/3 topshiriq)
1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch maʻlumotlar asosida rasmiy xat yozish (150 soʻz/10 ball).
2-topshiriq: berilgan mavzu yuzasidan esse yozish (250 soʻz/10 ball).
3-topshiriq: berilgan matnning qisqacha mazmunini yozish (100 soʻz/10 ball).
5-boʻlim: Gapirish (20 daqiqa/3 qism/30 ball)
1-qism: kundalik va mavhum mavzularda savol-javob.
2-qism: berilgan mavzu boʻyicha taqdimot qilish, fikr bildirish va asoslash.
3-qism: berilgan mavzu boʻyicha taqdimot qilish, fikr bildirish va misollar keltirish orqali dalillash.
Imtihon javoblari
Test sinovlari natijalari ular oʻtkazilgan kundan boshlab ikki haftadan kechikmay Davlat test markazi saytida eʼlon qilinadi.
- Test sinovi natijasida maksimal ballning 60% dan kam toʻplagan talabgorlarga malaka sertifikati berilmaydi va toʻlangan badal qaytarilmaydi.
- Test sinovi yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam ball olgan talabgor test sinovida qatnashish uchun, lekin test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, chet tilini bilish darajasini aniqlash va Sertifikat berish uchun toʻlov toʻlangan taqdirda, hujjatlarni takroran taqdim etish huquqiga ega.
- Ijobiy baholangan talabgorlar malaka sertifikatini shaxsan yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali Davlat test markazidan ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar olib ketishlari mumkin.
CEFR va boshqa til imtihon darajalarining mosligi
Imtihonga tayyorlanish uchun
- Common European Framework of Reference for Languages: Teaching, Learning and Assessment. CambridgeUniversity Press. GRAMMAR AND VOCABULARY: Michael Swan. Practical English Usage. 3rd ed. OxfordUniversity Press, 2009. Luke Prodromou. Grammar and Vocabulary for First Certificate. Pearson Education Limited, 1999. Richard Side, Guy Wellman. Grammar and Vocabulary for Cambridge Advanced and Proficiency. Pearson Education Limited, 1999.
LISTENING:
- Jack Richards. Expanding Tactics for Listening. 2nd ed. OxfordUniversity Press, 2005.
- Steven Brown, Dorolyn Smith. Active Listening. CambridgeUniversity Press, 2005.
READING:
- DʻArcy Adrian-Vallance, Lewis Lansford. Pearson Education, 2005.
- Kent Richmond. Inside Reading: the Academic Word List in Context. OxfordUniversity Press, 2009.
WRITING:
- Malcolm Mann, Steve Taylore-Knowles. Skills For First Certificate: Writing. Macmillan Education, 2005.
- Richard Brown, Lewis Richards. IELTS Advantage: Writing Skills. Delta Publishing, 2005.
- Alice Oshima, Ann Hogue. Introduction to Academic Writing. 3rd ed. Pearson Education, 2007.
- Dorothy Zemach, Lisa Rumisek. Academic Writing: From Paragraph to Essay. Macmillan Education, 2005.
SPEAKING:
- Cheryl Pelteret. Collins English for Life: Speaking. HarperCollins Publishers, 2009.
- Karen Covacs. Collins English for Exams: Speaking for IELTS. HarperCollins Publishers, 2011.