Press "Enter" to skip to content

Abituriyentlarga matematika fanidan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati

Vazifasiga ko‘ra, Windows operatsion tizimining bir qancha xillari mavjud: server uchun, ishchi stantsiyalar uchun, cho‘ntak kompyuterlari uchun.

Amaliy matematika

Tayyorlangan ushbu amaliy mashg’ulot bo’yicha “Talimda axborot texnologiyalari” fani amaliy mashg’ulotlarini olib borish uchun mo’ljalngan. Amaliy mashg’ulot mavzulari fanning ishchi va o’quv dasturi asosida tuzildi.

Tuzuvchilar:

Taqrizchilar:

Ushbu amaliy mashg’ulot Amaliy matematika kafedrasining 2019 yil ___________dagi №1-sonli kafedra yig’ilishida ko’rib chiqilgan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.

Amaliy mashg‘ulot №1

Mavzu: Ovoz, grafik va matnli axborotlarni kodlash.
Ishning maqsadi: Ovoz, grafik va matnli axborotlarni kodlashni o‘rganish.

Nazariy ma’lumotlar: EHMda saqlanadigan eng kichik axborot o‘lchov birligi bit deb qabul qilingan. 8 bitdan iborat ketma-ketlik bayt (inglizcha byte- belgi degani) deb ataladi. Har bitta belgi uchun kompyuter xotirasidan 1 bayt joy ajratiladi. Shunday qilib, 8 ta 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan ketma- ketliklar jami 256 ta bo‘lib, ular 256 xil turli belgilarni kodlash, masalan, kirill va lotin alifbosining katta va kichik harflarini, raqamlarni, tinish belgilarni va boshqalarni kodlash imkonini beradi.

Bit va baytlardan tashqari quyidagi kattaroq birliklardan ham ikkilik ma‘lumotlarda axborotning miqdorini o‘lchash uchun foydalaniladi:

1 Kbayt = 210 bayt = 1024 bayt (taxminan 1 ming bayt)

1 Mbayt = 220 bayt (taxminan 1 mln bayt)

1 Gbayt = 230 bayt (taxminan 1 mlrd bayt)

Kiritilayotgan belgi yoki harfni kompyuter “tanishi” uchun, ular xotirada saqlanishi o‘z-o‘zidan ma’lum. Lekin bunday belgi yoki harflarning ikki ming xil ko‘rinishlarini saqlash lozim, bu esa o‘z navbatida ularni xotirada saqlash uchun o‘ta qiyin muammoni yuzaga keltiradi. Shuning uchun bu belgilar (rus, lotin alifbosi harflari, tinish belgilari, arifmetik amal belgilari va h.k.) mashinada sonlar (0 va 1) bilan kodlanadi.

Axborotni ma’lum bir qonun-qoida asosida kompyuterda qayta ifodalash kodlash deyiladi.

Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlarda har bir belgiga 8 bit (1 bayt) ketma-ketlik mos keladi. Masalan, I harfiga 11101001, L harfiga 11101100, K harfiga 11101011, D harfiga 11100100, M harfiga 11101101 va h.k. kodlari mos keladi.

Masalan, “ILM” so‘zi 24 bitdan iborat quyidagi ketma-ketlik bilan kodlanadi: 111010011110110011101101,

Eski telegrafda, masalan, axbarot Morze alifbosi bilan, ya’ni nuqta va tirelar ketma-ketligi ko‘rinishida kodlashtirilar va yozilar edi.

Kompyuter ixtiyoriy harfni “tanishi” uchun uning xotirasiga harflar har xil usulda yozilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun darslikdagi matn harflarini kompyuter tanishi uchun uning xotirasiga harf va belgilarning taxminan 2 ming xil ko‘rinishlarini saqlash kerak. Bu juda mushkul va qimmatga tushadigan ish. Bi jarayonlarni soddalashtirish uchun barcha harflarni 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlari bilan almashtirish mumkin. Shu yo‘sinda tanish belgilarni ham raqamlar orqali kodlash imkoniyati bo‘ladi. Masalan, nuqtani 36, vergulni 37 bilan va h.k. Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlarda har bit belgiga 8 bitlik (1 bayt) ketma – ketlik mos qo‘yiladi. 8 ta nol va birlardan tashkil topgan turli ketma-ketliklar jami 28=256 ta bo‘lib, ular 256 xil turli belgilarni kodlash, masalan, lotin, rus, alifbosining katta va kichik harflari, raqamlar, tinish belgilar va boshqa belgilarni kodlash imkonini beradi.

Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash mumkin. Gazetadagi rasmga diqqat bilan razm solsangiz u mayda nuqtalardan tashkil topganligini ko‘rasiz. Turli poligrafiya uskunalarida bu nuqtalarning zinchligi turlicha bo‘ladi. Masalan, “Toshkent oqshomi” gazetasida rasm “xalq ta’limi” jurnalidagi rasmga qaraganda aniqroqdir. Ko‘pcilik gazetalardagi rasmlarda bir santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta bo‘ladi, ya’ni 10X10 santimetrli rasm taxminan 57600 nuqtalardan iborat. Agar bular faqat oq va qorq nuqtalardan iborat bo‘lsa, u holda ularning har birini 1 bit bilan kodlasa bo‘ladi. Agar nuqtalar har xil bo‘lsa, u holda bitta nuqtaga bir bit etarli bo‘lmaydi. Ikki bit bilan nuqtaning to‘rt xil rangini: 00-oq, 01-ochkulrang, 10-to‘q kulrang, 11-qora rangni kodlash mumkin. Uch bit 8 xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkoninni beradi va h.k.

Axborotlarni kodlash haqida tushuncha bering.

Axborotlarning turlarini ayting.

Axborotlarning miqdoriy ifodalanishini tushuntiring.

Axborot miqdorini uning o‘lchov birliklari yordamida ifodalang:

0‘zingiz haqingizdagi ma’lumot (ism, familiya, manzilgoh) qancha bit, bayt, kilobayt, megabayt va gigabayt bo‘lishini hisoblang.

Yumshoq magnitli disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.

Kompyuterning qattiq diski (vinchesteri) hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.

Kompakt disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.

Flesh disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.

Agar 45A sahifali kitobning har bir sahifasi 30 ta satr va har bir satrida 65 tadan belgi mavjud bo‘lsa, kitobdagi jami belgilar necha bit, bayt, kilobayt, megabayt va gigabaytlardan iborat bo‘lishini hisoblang. Bu yerda A – talabaning guruh jurnalidagi tartib raqami.

Respublikamizga ilk bor qanday rusumli EHM qayerga o‘rnatildi?

Respublikamizda “Informatika” fanini rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz?

Mamlakatimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” rivojlanishi haqida qanday Qonun va Qarorlar ishlab chiqarilgan?

Axboriy jarayonlarga misollar keltirib daftaringizga yozib keling?

Axborot sohasida qanday keskin o‘zgarishlar ro‘y bergan? Bu o‘zgarishlarni o‘rganib keling?

Respublikamizda axborotlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur qanday qismlarga bo‘linadi?

O‘zbekistonda birinchi marta Internet festivali qachon bo‘lib o‘tdi?

Nazorat uchun savollar:
“Informatika” fani haqida nimalarni bilasiz?

Axborot nima? U haqida nimalarni bilasiz?

Axborot texnologiyalar nima?

Axborotlashgan jamiyat deganda qanday jamiyatni tushunasiz?

Axborotning qanday miqdoriy o‘lchovlari mavjud?

Axborot qanday saqlanadi?

Axborotlarni kodlash nima, axborotlarni kodlashga qanday zaruriyat bor?

Triada va tetrada tushunchalarini izohlang.

  1. S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. – T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
  2. A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T: “O‘zbekiston”, 2001 y.
  3. A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.

Amaliy mashg‘ulot №2

Mavzu: Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari.

Ishning maqsadi: Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

Operatsion tizimlar.- foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni ta’minlaydi;

kompyuter qurilmalari orasidagi ma’lumot almashinishini boshqaradi va nazorat qiladi;

ma’lumotlarni joylashtirishda kompyuter resurslaridan (xotira, tashqi xotira) unumli foydalanishni ta’minlaydi;

boshqa dasturlarni yuklaydi;

tarmoq operatsiyalarini bajaradi va h.k.

Hozirgi kunda ishlatilayotgan operatsion tizimlarga misol tariqasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

MS Windows. SMP (Symmetric Multiprocessind) ko‘p protsessorli, ko‘p masalali, grafik interfeysga ega bo‘lgan operatsion tizim. x86, x86-64, IA-64, ARM, Alpha, MIPS, Power PC platformalarda ishlaydi. Plug and Play texnologiya bilan ta’minlangan, klassterizatsiya, masofadan o‘rnatish xizmati (RIS- remote installation service) bilan ta’minlangan.

Fayl tizimi imkoniyatlari:

Fayl tizimini tiklash;

Katta hajmdagi fayllarni ishlatish;

Fayllarni siqilgan holda saqlash va h.k.

Vazifasiga ko‘ra, Windows operatsion tizimining bir qancha xillari mavjud: server uchun, ishchi stantsiyalar uchun, cho‘ntak kompyuterlari uchun.

Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlarning ko‘pchiligida aynan shu operatsion tizim o‘rnatilgan.

Solaris. Solaris – Sun Microsystems tomonidan yaratilgan grafik qobig‘li operatsion tizim. Solaris operatsion tizimi avval boshdan yopiq manbali kod bilan chiqarilganiga qaramay, hozirda uning anchagina qismi ochiq manbali kodga ega qilib kompaniya tomonidan ommalashtirilgan. Hozirda IBM, Intel, Hewlett-ackard, Dell va boshqa bir nechta ishlab chiqarnvchi kompaniyalar o‘zining x86 va AMD64 platformali tizimlarida Solaris operatsion tizimini ishlatadi.

Mac OS X. Mac OS X (Mek OS Ten) — Apple korporatsiyasining POSIXga mos keladigan operatsion tizimi. Mach mikroyadrosi asosida Makintosh (Macintosh) kompyuterlari uchun ishlab chiqariladigan, himoyalangan xotira va ko‘p masalali operatsion tizimdir. Mac OS X tarkibida Xcode dastur yozish muhiti bo‘lib, Si, C++, Objective-C, Ruby i Java tillarida dastur yaratish imkoniyatini beradi. Xcode yordamida bir nechta platformada (x86, PowerPC) ishlay oladigan dasturlarni (Universal Binary) yaratish mumkin.

Linux. Linux – GNU loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan. Linux yadroli UNIXsimon operatsion tizimlarning umumlashgan nomidir. GNU/Linux operatsion tizimlar oilasi Intel x86, IA-64, AMD64, PowerPC, ARM va boshqa platformalarda ishlaydi.

Boshqa operatsion tizimlardan farqli ravishda GNU/Linuxning bitta rasmiy standart komplekti mavjud emas. Buning o‘rniga GNU/Linux Linux yadroga GNU dasturlari qo‘shilgan ko‘plab distributivlarni yetkazib beradi.

Bizning mamlakatimizda Mandriva Linux 2007.1 asosida erkin tarqatiladigan Doppix 2008.0 Edu ochiq operatsion tizim distributivi yaratilgan. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda “Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab quvvatlash” markazi loyihasi asosida tayyorlangan bu operatsion tizim ta’lim muassasalarida ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi interfeysga ega. Dastur distributivini http://www.doppix.uz/ internet manzilidan ko‘chirib olish mumkin.

Hozirgi kunda Windows operatsion tizimlariga talab yuqori. Asosiy sabab unda keng qamrovli grafik interfeysning mavjudligi. Bu esa foydalanuvchilarga uni tez o‘zlashtirish imkonini beradi.

  1. Operatsion tizim nima?
  2. Qanday operatsion tizimlarni bilasiz?
  3. Operatsion tizimlar qanday vazifalarni bajaradi?
  4. Shaxsiy kompyuterlarda qanday operatsion tizimlar ishlatiladi?
  5. O‘zbek tilidagi operatsion tizimlar haqida ma’lumot bering.
  1. Operatsion tizim nima?
  2. Qanday operatsion tizimlarni bilasiz?
  3. Operatsion tizimlar qanday vazifalarni bajaradi?
  4. MS DOS nimani bildiradi?
  5. VIOS ning vazifasi. URL nima?
  1. S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. – T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
  2. A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T: “O‘zbekiston”, 2001 y.
  3. A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.

Amaliy mashg‘ulot №3

Mavzu: Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar.

Ishning maqsadi: Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlashni o‘rganish.

Nazariy ma’lumotlar: Diskni tekshirish (Scan Disk) dasturi. Scan Disk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi.

Пуск/Программы/Стандартные/Служебые программы ost menyusida Проверка диска (ScanDisk) bo‘limi nomi sichqoncha bilan 2 marta bosilsa, ekranda bu dasturning muloqot darchasi hosil bo’ladi. Bu darchada tekshirilishi kerak bo’lgan disk nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan.

Tekshirish ikki – Standart (Стaндaртнaя) yoki baholovchi (Пoлнaя) holatda bajarilishi mumkin. Bu holatlardan keraklisi va xatoliklarni avtomatik to‘g‘rilash (Испрaвлять omn6Kii aBToMa™4ecHM) holati tanlanib 3anycK tugmachasi bosiladi.

Amaliyot tizim qobiqlariga Volkov Commander, Norton Commander, Windows Commander , Total Commander qobiq dasturlarini kiritish mumkin. Ushbu amaliy mashg‘ulotda hozirda keng foydalanilayotgan Total Commander qobiq dasturi haqida ma‘lumot berilgan mumkin.

Total Commander – Windows muhitida fayl va papkalar bilan ishlashni yengillashtiruvchi dastur hisoblanadi.Ushbu dasturni quyidagi ikki usul orqali yuklash mumkin.

«Пуск» ^ «nporpaммы» ^ Total Commander;

Ish stolidagi yorlig‘iga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali;

  1. Dastur bilan ishlashda klaviatura tugmalaridan keng foydalanish ishni yengillashtiradi.
  2. Fayl va papkalardan nusxa olish, ko‘chirish,qayta nomlash,o‘chirish kabi amallar oson bajariladi.
  3. Arxivlavgan fayllar va kataloglar bilan ishlash imkoniyati mavjud. Fayllarni arxivga joylash va arxivdan olish oson amalga oshiriladi. Dasturda quyidagi arxivatorlardan foydalanish mumkin: RKZIP, ARZIP, LHA, RAR ACE, TAR, TGZ.
  4. Dasturlarni oddiy ishga tushirish uchun buyruqlar satridan foydalanish mumkin.Buning uchun dastur nomi tanlanishi yoki CTRL + ENTER tugmalarni bosish kerak..
  5. Fayllarni va fayllardagi matnlarni izlash imkoniyati mavjud.
  6. Fayllarni ko‘rish imkoniyati mavjud (F3 yoki ALT + F3).
  7. Quyidagi formatda arxivlangan fayllar arxivini ochish imkoniyati mavjud: ZIP, RAR, ACE, TAR.
  1. S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. – T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
  2. A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T: “O‘zbekiston”, 2001 y.
  3. A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.

Amaliy mashg‘ulot № 4

Mavzu: Virus va antivirus dasturiy vositalari bilan ishlash.
Ishning maqsadi: Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanishni o‘rganish.

Nazariy ma’lumotlar: Kompyuter virusi – bu maxsus yozilgan dastur bo‘lib, u boshqa dasturlarga qo‘shilishi (ya’ni uni zararlashi) mumkin, shuningdek kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi

mumkin. Ichida virus bo‘lgan dastur «zararlangan» deyiladi. Bunday dastur ishni boshlaganda boshqaruvni avvalo virus amalga oshiradi. Virus boshqa dasturlarni topadi va zararlaydi, shuningdek qandaydir buzg‘unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi fayllarni va shu fayllar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi) operativ xotirani bo‘lar-bo‘lmas «axlat» bilan to‘ldiradi va h.k.). Virus o‘zini yashirish maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham bajarilavermaydi. Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli harakatlarni bajarib bo‘lgandan so‘ng, u boshqaruvni o‘sha dasturga beradi (virus shu dasturning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan bir qatorda virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat ko‘rsatadi.

Antiviruslarni quyidagicha guruhlash mumkin:

Bu turdagi antiviruslar fayllarda viruslarning bayt kombinatsiyalari mavjudligini tekshirib, mos bo’lgan axborotni ekranga chiqarib beradi. Ba’zi detektor dasturlar viruslarning yangi turlariga moslasha oladi, buning uchun shu viruslarga mos bo’lgan baytlar kombinatsiyasini belgilab berish kerak. Doktorning vazifasi zararlangan fayllar va disk sohalarini tekshirib, ularni dastlabki holatiga qaytarishdir. Tiklanmagan fayllar, odatda, ishlatib bo’lmaydigan holga tushadi yoki yo’q qilib yuboriladi.

vaksina dasturlar yoki иммунизaтoр lar disk yoki dasturlarni shunday o’zgartiradiki, bu narsa dasturlarning ishida namoyon bo’lmaydi, lekin vaksinatsiya ishlatilgan virus dastur va disklarni zararlagan deb hisoblanmaydi.

Topshiriqlar:

Detektor va doktor-viruslar bilan zararlangan fayllar va zararlantiruvchi virus turini aniqlaydigan dasturlar (Aids, doktor Web, Virus Scan, NU VS).

Virus asosan necha fazaga ega?

Kompyuter virusi qanday namoyon bo’ladi?

Fayllar virus bilan qanday hollarda zararlanishi mumkin?

Diskdagi faylli tizimini o‘zgartiradigan viruslar qanday?

Ko‘rinmas va o’zi differensiallanuvchi viruslar qanday?

BOOT -viruslar qanday bo‘ladi?

Viruslardan himoyalanishning qanday vositalari mavjud?

Doctor Web antivirus dasturi.

  1. Virus nima?
  2. Antivirus nima?
  3. Antivirus dasturlar haqida nima bilasiz?
  4. DrWeb antivirus dasturida ishlashni tushuntiring?
  1. S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. – T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
  2. A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T: “O’zbekiston”, 2001 y.
  3. E.G‘aniyev, D.Jomurodov, A.Mo‘minov “Zamonaviy kompyuterlarni boshqarish”. Toshkent – “Fan va texnologiya”- 2004 y.
  4. www.google.ru – axborotlar qidirish tizimi
  5. www.ziyonet.uz – ZiyoNet axborot ta’lim portal

Amaliy mashg‘ulot №5

Mavzu: Matnli hujjatlarni formatlash va tahrirlash. (2 soat)

Ishning maqsadi: Matnli hujjatlarni yaratish, formatlash va tahrirlashni o‘rganish.

Nazariy ma’lumotlar: Word tahrirlagichi ishga tushgach unda hujjat darchasi “Документ 1” nomi bilan beriladi. Siz u yerda matn kirita boshlashingiz mumkin.

Agar matn kiritayotganingizda so‘zda biror harf qolib ketsa, uni kiritish uchun kursorni o‘sha yerga olib borib harfni bosish kifoya. Natijada harf o‘sha yerga o‘rnatiladi va qolgan harflar bittadan o‘ngga siljiydi.

Shriftni qalin, qiya yoki tagiga chizilgan qilib yozmoqchi bo’lsangiz mos ravishda uskunalar

panelining — uskunalaridan foydalanish kerak. Agar har bir abzatsni tartibli raqamlab yozmoqchi

uskunasidan foydalanasiz. Agar har bir abzatsni ro’yxat qilib, ya’ni har bir abzats oldidan

nuqtacha qo’yilgan qilib yozmoqchi bo’lsangiz ‘ uskunasidan foydalanasiz. Agar hujjatlarni ikkita yoki

undan ko’proq kolonka (ustun) lar shaklida yasamoqchi bo’lsangiz == uskunasidan foydalanasiz.

Matn kiritayotganda [Enter] tugmasi bosilishi yangi abzats ochadi.

Matnni chap tomonga, markazga, o’ng tomonga taqab yoki ikki tomonini ham tekislab yozish uchun

mos ravishda — uskunalardan foydalanasiz. Odatda matn ikki tomondan tekislab yoziladi.

Matnda abzats qo‘ymoqchi yoki qatorlar o‘rtasidagi intervalni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz menyuda “ФОРМАТ” bo‘limining “АБЗАЦ. ” buyrug‘ini ishlatasiz. Ekranda quyidagi darcha hosil bo‘ladi.

Topshiriqlar:

1.MS Word 2007 ni ishga tushiring. Buning uchun ekranning quyi chap qismida joylashgan Masalalar paneli (Панели задачи) dagi «Пуск» tugmasi bosiladi.

2.Ochilgan muloqot oynasidan «Все программы», undan «Microsoft Office» so‘ngra «Microsoft Word» (Bundan keyingi hollarda Word deb yuritamiz) buyrug‘i tanlanadi va sichqoncha ko‘rsatkichi orqali ishga tushuriladi.

3. Ochilgan ish sohasida ixtiyoriy biror matnni kiriting.

4.Matnni lotin va kiril alifbosida kiritishni bajaring.

Buning uchun harflarni lotin (EN) yoki kiril (RU) alifbosiga o‘tkazish, klaviaturadagi «Shift+Alt» klavishlarini birgalikda bir marta bosish orqali amalga oshiriladi yoki masalalar panelidan quyidagicha tanlash bilan bajariladi.

5. Wordda ishni yakunlash.

6.MS Word ning oynalari (menyular satri va asboblar paneli) bilan tanishib, ularning vazifasini o’rganib chiqing.

7.MS Word ning chizo‘ich markeri bilan tanishib, sarlavha, asosiy matn va abzatslarni qo‘yishni o’rganing.

9.Sinov matni (hujjat) ni fayl sifatida kompyuter xotirasida saqlang. Saqlash uchun «Файл» menyusidag «Сохранить как. » bandi tanlanadi va kerakli ketma-ketlik bajarilib hujjat saqlanadi.

10. Asboblar panelidagi ■

11. Hosil qilingan (saqlangan) faylning nusxasini ko‘chiring. Buning uchun dastlab fayl tanlanadi, so‘ngra sichqoncha ko‘rsatgichi shu faylga keltirilib, uning o‘ng (yordamchi) klavishi bosiladi va konteks menyudan «Копировать» buyrug‘’i tanlanadi.

tugmachani tanlash bilan ham hujjatni ochish mumkin.

12.Hujjatni formatlang. Buning uchun matn qismi ajratib olinadi. So‘ng «Форматирование» asboblar panelidan «Шрифт» bandi tanlanib, ochilgan muloqot oynasidan ixtiyoriy shriftlarni tanlash mumkin. Shrift o‘lchami, yozuv stili (Ж, К, Ч, обычный) satrlarini tanlash bilan belgilangan simvollarni formatlash mumkin. Bu holatni sichqoncha yordamida ham bajarsa bo‘ladi:

Abituriyentlarga matematika fanidan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati

2020-2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

M atematika fanidan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati
O‘zbek tilida

Rus tilida

Qoraqalpoq tilida

Mavzuga doir

Nega O‘zbekistonda ijtimoiy fanlarga qiziquvchilar ko‘proq? – tabiiy va aniq fanlarni qiyinlashtirayotgan sabablar

2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

Mutaxassislik fanlar blokidagi testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi?

Abduqodir Toshqulov – mafkuralashgan ta’lim, ro‘mol bo‘yicha noqonuniy talab va yotoqxonalar muammosi haqida

DTM mas’uli bu yilgi kirish imtihonlarida savollar darajasi qanday bo‘lishi borasida izoh berdi

Test topshiriqlari soni va baholash mezonlari e’lon qilindi

To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda

Magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi

Qabul-2019: Test savollari qanday tuzilyapti?

2018/19 o‘quv yilida abituriyentlar — akademik litsey, kasb-hunar kollej va maktab bitiruvchilari turli dastur bo‘yicha tahsil olganliklari sabab OTM qabul bo‘yicha kutilayotgan sinovlarda aynan qaysi darsliklar bo‘yicha test savollari tuzilishi bo‘yicha savollar ko‘paydi. Masalan, qaysi o‘quv rejasiga tayanib testga tayyorlanishlari kerak? Ko‘pchilik o‘qituvchi va repetitorlarning o‘zlari ham «o‘quvchim imtihonda bilmay qolmasin» degan shubha va taxminlarga asoslanib, ba’zi talab etilgan darsliklarga qo‘shimcha, boshqa ta’lim muassasasining darsliklarini o‘qitishga yoki o‘rniga o‘rta maxsus ta’lim muassasasining darsligini o‘qitishga majbur bo‘lishyapti.

Vaziyat shunday ekan, abituriyent o‘zi kirmoqchi bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi mutaxassislik fani bo‘yicha barcha o‘rta maxsus darsliklarini o‘qib chiqqan bo‘lib, lekin imtihon payti ma’lumotlar xilma-xilligiga uchrasa, qaysi javobni belgilashi kerak bo‘ladi? Imtihongacha oz vaqt qolgan bo‘lsa-da, haligacha ba’zi fanlardan test savollari tushish yoki tushmasligi haqida aniq ma’lumot yo‘q bo‘lsa, imtihonda abituriyent tayyorlanmagan fanidan savol tushib qolsa, u dardini kimga aytadi?

Ushbu noaniq bo‘lgan qarashlar va muammolarni o‘rganish uchun o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchi, o‘quv markazlaridagi repetitor va turli ta’lim muassasalari bitiruvchilari fikri bilan qiziqdik.
«Diplomat» o‘quv markazining biologiya fani o‘qituvchisi Ilhomjon G‘ulomov:

«10-, 11-sinflar uchun yangi darsliklar nashr etilganligi sababli o‘quvchi-abituriyentlarda tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Biz o‘qituvchilar qaysi kitobni o‘qitishga o‘ylanib qolyapmiz. Davlat test markazining xabarlariga ko‘ra, barcha darsliklar ya’ni, kasb-hunar kollej, akademik litsey va maktab o‘quv qo‘llanmalaridan test savollari tuziladi. Biologiya fanidan akademik litsey va kollejlarga bitta darslik taqdim etilgan bo‘lib, shularni o‘qitamiz, lekin maktab o‘quv qo‘llanmasi hali yangi bo‘lganligi uchun undan savol tushmasa kerak, deb taxmin qilyapmiz. Shu fanning o‘n-o‘n birinchi sinf darsligining ba’zi joylarga yangi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, agar litsey o‘quvchisiga maktabdan savol tushib qolsa va o‘quvchiga tanish bo‘lmasa,unda bizning aybimiz bo‘lib qoladi, deb iloji boricha o‘sha o‘zgartirishlarni ham qo‘shib o‘qitishga harakat qilyapmiz. Shundan o‘zimiz ham xavotirdamiz, chunki aniq ma’lumotga ega emasmiz, bu tomonda imtihonga oz vaqt qoldi».

Javlon Toshboyev, tarix fanidan o‘qituvchi:

«O‘quvchilarimga ikkala kitobning kesishgan bir xil joyini belgilab o‘qityapman. Ikkita darslik kitoblarini bir xil bo‘lgan ma’lumotlarini o‘zim belgilab chiqib, alohida dastur tayyorlaganman va shundan dars o‘taman. DTM rahbari Majid Karimov shu muammo bo‘yicha savolga, akademik litsey, kasb-hunar kollej va maktab darsliklarining har biridan alohida ajratib tuzishga imkon yo‘q, lekin testlar barcha darsliklarning kesishgan, ya’ni hamma darsliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan test savollari tuziladi, degan edi. Lekin bu haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Qamariddin Usmonov, Moyli Lafasov darsliklarini yangi o‘n-o‘n birinchi sinflar darsligi bilan solishtirib, alohida qo‘llanma qilayotgan edim. Ammo shunchaki buni o‘quvchiga berib o‘qitganimiz bilan o‘quvchi nimani o‘qib yodlayotganligini o‘zi bilmay qoladi, chunki kesishgan ma’lumotlarni tanlab beramiz.

Masalan, bir o‘quv markazi faqat Moyli Lafasov darsligini, boshqasi esa faqat 10-11-sinf darsliklarini to‘liq o‘qityapti. Har bir o‘qituvchi o‘zining eshitganlari yoki taxminlariga qarab o‘z o‘quvchilarini imtihonga tayyorlayapti.

Shuningdek, bu yildan tarix test savollarida xaritalar ham tushishi aytilgan edi. DTM saytida berilgan xaritalar bilan tanishdim, u xaritani o‘quvchi tushunib yodlashi juda qiyin. Umumiy nom ostida biror davlat o‘rnida yuzaga kelgan shaharni hozirgi xaritaga moslab, soddaroq, namunaviy qilib tuzilsa, eplashi mumkin. «Ma’rifat» gazetasi tarix fanidan xaritalar bo‘yicha namuna savollarni chop etishi haqida xabar bergandi, ammo hali chiqmadi biz kutyapmiz».

Akademik litsey tarix o‘quvchisi Abdusalomov Abdulloh:

«Litsey darsligini odatda o‘qiymiz, repetitorda 10-11-sinf, kasb-hunar kollejlar darsliklarini ham qo‘shib o‘rganyapmiz. Bu darsliklarda bir-ikki yil farq qiladigan ma’lumotlar mavjud, asli bitta fakt, lekin ikkita darslikda ikki xil yozilgan. Uni farqini bilish uchun ham ikkala kitobni o‘qigan bo‘lish kerak. Bir kitobda ko‘rgan ma’lumotni yodlaymiz, keyin boshqa kitobdagi farqini ko‘rib, qaysi biri to‘g‘riligini bilmay ko‘p chalg‘iymiz. Bu fanning barcha kitoblarini o‘qishga ko‘p vaqt ketadi, bundan tashqari boshqa fanlarga ham tayyorlanish kerak».

Kasb-hunar kollej bitiruvchisi Mo‘minov Muhammadshohid:

«Matematikadan repetitorimiz DTM bilan bog‘langanida, litsey, kollej va maktab darsliklarida bir xil bo‘lgan mavzulardan savol tushadi, deb aytishgan. Shunga darsliklarning barchasida mavjud bo‘lgan mavzularnigina o‘qiyapmiz».

Muattar Lutfullayeva, Yuridik kasb-hunar kollejida ona tili fanidan dars beradi:

«Kasb-hunar kollejda «o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun ona tili va adabiyot» darsligi bor, biz shundan o‘rganamiz. Darslik 80 soat, bir yillik kursga mo‘ljallangan bo‘lib, jadvalga muvofiq, haftada bir juftlik dars qo‘yilgan. Albatta, o‘quvchilar kollej darsligining o‘zi bilan kirish imtihoniga tayyorlana olmaydi, chunki ajratilgan dars soati juda kam, shuning uchun qo‘shimcha repetitorlarga borishga majbur bo‘lishadi».

Shoxjahon, Smart Education o‘quv markazi matematika o‘qituvchisi:

«Matematika fanidan abituriyentlarni imtihonga tayyorlayman, matematikani ichida informatikadan ham savollar tushadi. O‘quvchiga matematikaga tayyorlanish bilan birga kompyuter tilini o‘rganish murakkablik qiladi va bunga ancha vaqt ketadi. Imtihonni yo‘nalishga moslashtirish kerak, masalan, tanlagan oliy ta’lim muassasa mutaxassisligi IT axborot texnologiyalari bo‘lsa, savol qo‘shsa bo‘ladi yoki alohida informatikadan 30ta savol qo‘ysa bo‘ladi. Agar mutaxassisligi iqtisod bo‘ladigan bo‘lsa, iqtisodchiga kompyuter tilini bilish muhim emas, matematikadan test savollari ichida informatikadan savol kiritilishining umuman keragi yo‘q. O‘qishga kirganidan keyin matematikadan analiz, tahlil qilishni o‘rganadi».

Maktab o‘quvchisi Muhammadaliyev Ismoil:

11-sinf o‘quvchisiman, maktabda matematika darsidan tashqari tayyorlovga ham boraman. Avval maktab o‘quv qo‘llanmasi, litsey darsligi va 1996-2003-yillarda tushgan test savollari va mavzular to‘planmasidan misollar ishlaymiz.

Matematika fanidan test savollari ichida 5ta savol informatikadan tushadi deyilgan, men va o‘quv kursimdagi ko‘pchilik abituriyentlar bunga tayyorlanmayapmiz, chunki informatikadan test savollari imtihonda tushmasligi ham mumkin. Shuningdek, informatika fani matematika bilan bog‘liq emas, 5ta savolga javob topish uchun 6ta darslikni o‘qib chiqish murakkablik qiladi va bunga ulgurmaymiz ham.

Barcha yig‘ilib qolgan savollar yuzasidan Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i Ulug‘bek Nurmonov quyidagilarni bildirdi:

«Abituriyent o‘zi bitirgan ta’lim muassasasi maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quv dasturida qaysi darslikdan o‘qigan bo‘lsa, o‘sha darslik bo‘yicha savol tushadi. Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati DTM saytida berilgan. Shuningdek, saytdagi foydali ma’lumotlar bo‘limidan fan darsliklarini aniq bilib olishlari mumkin. Akademik litsey, kasb-hunar kollej va maktab darsliklari, hammasi ko‘rsatilgan.

Abituriyentlar hujjat topshirganidan keyin qaysi o‘rta maxsus ta’lim, ya’ni maktab, litsey yoki kollej bitiruvchi diplomiga qarab savollar ajratiladi.

Tarix fanidan xaritalar 6-11-sinfgacha yoki kollej va litseylarda ham o‘tiladi. Savol tartibi masalan, xaritada qayer ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘sha bo‘yicha biror hudud «qaysi joyda belgilangan, to‘g‘ri belgilangan javobni ko‘rsating» kabi savollar bilan javobni aniqlaydi. Xaritada mavjud bo‘lgan ma’lumotdan savol tushadi, bunda xaritaga «belgilang, chizib bering» degan shartlar bo‘lmaydi.

Ekspertlar abituriyentlarni chalg‘itadigan, ikkilantiradigan savollar tuzmaydi. Masalan,tarix fanini olib qaraydigan bo‘lsak, bir ma’lumot darsliklarda turlicha berilgan, hatto tarix rus tiliga tarjima qilingan kitobda ham ba’zi faktlar boshqa darslikdagidan farq qiladi. Shu bo‘yicha biz mualliflarni ham chaqirdik, ma’lumotlar tekshirilib, ekspertiza qilinmoqda. Talabga javob bermaydigan ma’lumot bo‘yicha test savollari tuzilmaydi. O‘quv muassasalarining o‘quv rejasi har xil bo‘lganligi sababli muammolar kelib chiqmoqda. Biroq, abituriyent o‘zi tamomlagan ta’lim muassasasining dasturidan tashqari bo‘lgan darsliklarga tayyorlanishining keragi yo‘q.

Matematika fanidan test savollari ichida informatikadan savollar tushmasin degan mazmundagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga va Prezident administratsiyasiga yuborganmiz, lekin hozir aniq javob yo‘q, chunki loyiha hali tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, DTM saytida va OAVlarda e’lon qilamiz», — deydi u.

Demak, mutaxassis aytganidek, abituriyentlar bemalol faqat o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasidagi darsliklar bo‘yicha imtihonga tayyorlanishlari mumkin, oshiqcha vaqt sarflab boshqa darsliklarni o‘qishga hojat yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, tez kunlarda xaritalar bo‘yicha savol namunalari va kechikkan informatika savollari haqidagi taklif tasdiqlangani haqida xabar berilib qolsa, abituriyentlarning boshini qotirayotgan muammolar o‘z yechimini topadi deb umid qilamiz.

Farzona Nabiyeva