Press "Enter" to skip to content

Ingliz tili 1 sinf 2022

Multimediali ilova

Bitiruvchilarimiz yuz foiz xalqaro va milliy sertifikatga ega bo’ldi

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining shu yil 15-fevral, 31-sonida Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi direktori Zafarjon SHOVRIQOVning “OʻQUVCHILARIMIZNING 50 FOIZI NUFUZLI XALQARO UNIVERSITETLARGA QABUL QILINDI” sarlavhali tahliliy maqolasi chop etildi. Quyida uni oʻqishingiz mumkin.

Bola niholga oʻxshaydi. Uni faqat mehr bilan parvarishlash lozim. Ota-onasi va maktabdagi ustozlar unga xuddi bogʻbondek gʻamxoʻrlik koʻrsatsa, kutganlariday unib-oʻsadi, meva beradi, atrofdagilarga nafi tegadi. Shu maʼnoda, taʼlim-tarbiya masalasi mamlakatimiz siyosatining barqaror va uzviy qismi sanaladi. Buni Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini tubdan oʻzgartirish, xalqaro standartlarga integratsiya qilish, mehnat bozori talabiga mos kadrlar tayyorlash hamda Uchinchi Renessans gʻoyasini roʻyobga chiqaradigan zukko avlodni ulgʻaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarda yaqqol koʻramiz.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabimiz pedagogik jamoasi ham oʻz ilmiy salohiyati va mahoratini ezgu niyat yoʻlida sarflamoqda. Hozirgi oʻquv yilida 7 ta sinfda 135 nafar bola oʻqiyapti. Ular mukammal bilim olishi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Oʻquv xonalari keng va yorugʻ. Zamonaviy jihozlar yetarli. Kompyuter jamlanmalaridan tashqari elektron doskayu monitorgacha muhayyo. Til oʻrganish markazi, kutubxona, oʻquv va sport zallari yigit-qizlar ixtiyorida. Kunning birinchi yarmida dars mashgʻulotlari bilan band boʻlishsa, ikkinchi yarmida har bir sinf oʻz tarbiyachisi yetakchiligida turli tadbirlarda qatnashadi. Qiziqqan sohalari yuzasidan toʻgaraklarda shugʻullanadi.

“Taʼlim sifati nazorati doimiy eʼtiborimizda” tamoyili ustuvorligiga erishyapmiz. Joriy oʻquv yilining ikki chorak koʻrsatkichi koʻngildagidek boʻldi. Fan olimpiadasining viloyat bosqichida xorijiy til boʻyicha ishtirok etgan 28 oʻquvchimizning 8 nafari faxrli oʻrinlarni egalladi. Gulyora Toʻychiyeva, Diyora Valijonova, Abror Arslonov, Doniyor Neʼmatov, Muxlisa Sobirova birinchi oʻringa munosib deb topildi va ingliz, nemis, fransuz tillaridan respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Aslida, oʻquvchilarimizning bari marrani baland olgan. Besh yil ichida bir necha xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirishni niyat qilishgan. Oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli kirish uchun ustozlari yordamida astoydil intilishmoqda. Hozirdanoq ularning izlanishlari samarasi koʻzga tashlana boshladi. Bitiruvchilarimiz yuz foiz xalqaro va milliy sertifikatga ega boʻldi. 10-sinf oʻquvchilarimizning sakkiz nafari bir yil avval shunday guvohnoma, yana uch nafari ingliz tili va matematika fanlaridan SAT, 12 nafari koreys tili fanidan Topic sertifikatlari sohibiga aylangandi.

Ochigʻini aytganda, bunday sertifikatlar oliy oʻquv yurtlari talabalari safiga oʻtishni kafolatlovchi hujjatlardir. Ayni paytda faxrlanishga arziydigan xushxabar bor. 11-sinf oʻquvchilarimizning oʻn bir nafari, yaʼni qariyb ellik foizi muddatidan ilgari xalqaro nufuzli oliygohlarning talabasi boʻlishga ulgurdi. Biroq ilk marta emas, bitiruvchilarimiz har yilgi anʼanaviy muvaffaqiyatlarining namunali davomidir.

Xalqimizning “Shogirdlar kamoli — ustozlar jamoli” naqlini nazarda tutsak, oʻquvchilarimizning quvonchli natijalari oʻqituvchilarimiz sifatli bilim berayotganining isbotidir. Eʼtiborlisi, oliy toifali oʻqituvchilarimiz ham hamisha izlanadi, onlayn tanlovlarda oʻzlarini sinab koʻrishdan sira choʻchimaydi. Masalan, fransuz tili oʻqituvchimiz Valijon Mamajonov Fransiya elchixonasining malaka oshirishga doir ikki haftalik grantini yutib oldi. Oʻtgan yilning iyulida turistik shahar Frankofoniyada boʻldi. Dunyoning 90 mamlakatidan tashrif buyurgan hamkasblari oʻrtasida oʻzbek madaniyati taqdimotini oʻtkazishda faollik koʻrsatdi. Koreys tili oʻqituvchisi Nazira Xoʻjanazarova Janubiy Koreyaning Pusan xorijiy tillar universitetida iyul-avgust oylarida besh haftalik seminarda, ingliz tili mutaxassisi Adiba Parpiyeva sentyabr-oktyabr oylarida media savodxonlik yoʻnalishi gʻolibi sifatida Amerika Qoʻshma Shtatlarining Viskonson universitetida olti haftalik malaka oshirish kursida oʻqib qaytdi.

Oʻqituvchilarimizning ijodkorligiga ham havas qilsa arziydi. Ingliz tili muallimasi Barnoxon Neʼmatovaning “Chet tili oʻqitishda loyiha darslarining oʻrni, ahamiyati va ularni rejalashtirish” mavzusidagi maqolasi AQSHdagi “International journal of pedagogs” xalqaro jurnalida chop etildi. Ona tili va adabiyot fani mutaxassisi Rohila Vohidova Toshkentdagi “Ijodkor oʻqituvchi — 2022” anjumanida faol ishtirok etdi. “Mahoratli pedagog” jurnalida “Fuzuliyning hayoti va ijodi” mavzusidagi ilmiy-uslubiy maqolasi yoritildi. Oliy toifali ingliz tili, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilari Shuhrat Ismoiljonov, Muyassar Boqixonova kasbdoshlariga har jihatdan oʻrnak.

Isʼhoqxon Ibratni “Lugʻati sittati alsina” (“Olti tilli lugʻat”)ni yaratgan ulugʻ tilshunos sifatida yaxshi bilamiz. Maktabimizda ham bolalar olti tilni oʻrganyapti va ishtiyoqlari juda yuqori. Shuni hisobga olib, kelgusida bilim dargohimiz maqomini yanada koʻtarishni niyat qilganmiz. Yaʼni “International Baccalaureate” xalqaro maktablar qatoriga qoʻshilish uchun tayyorgarlikni boshlab yubordik. Xalqaro maktablar kengashining Markaziy Osiyo boʻyicha vakili “Mechail Caddy” koʻmagida asosiy talablarni bajarishga kirishdik. Yaqin orada oʻquvchilarimizga xorijiy tillarni oʻrgangan bakalavr boʻlib yetishishlari uchun imkon tugʻdirsak, ajab emas.

Yangi ochilgan Namangan davlat chet tillari instituti bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatganmiz. “Yosh tarjimonlar” toʻgaragi aʼzolari mazkur oliy oʻquv yurti ustozlarining mahorat saboqlaridan bahramand. Kerakli oʻquv dasturlari, darslik va qoʻllanmalardan foydalanyapti.

Darhaqiqat, sifatli taʼlim jamiyatni yuksaltiradi. Oʻquvchi-yoshlarning intellektual darajasi qanchalik oʻssa, ularning Vatan taraqqiyotiga qoʻshadigan hissalari shunchalik koʻpayaveradi. Pedagogik jamoamizning har bir aʼzosi zimmasidagi oʻta muhim vazifa — masʼuliyatni yodida tutgan holda, maqsad sari ogʻishmay olgʻa intilishdir. Zero, tezkor davr shuni taqozo etyapti.

Zafarjon SHOVRIQOV,

Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Isʼhoqxon Ibrat

nomidagi ijod maktabi direktori

Ingliz tili 5-sinf 1-bilet

1. Complete the sentence. What _______ you do yesterday?

2. Speak on the theme “My family”.
Our family is big. My father’s name is Karim. My mother’s name is Odina. I have two sisters and one brother. My elder sister Sabina is a student at medical college. She wants to be a nurse. My brother Davron and sister Madina go to the kindergarten. They are twins. They cannot read and write. They can count. They are very good at counting. We have a cat Snowball. Snowball’s favourite food is fish.

1. Put the words in the right order. four/are/in/people/our/There/family.

2. Speak on the theme “My friend”.
My friend is _______. He/she is eight years old. He was born in Termez. When he was four years old, he started singing. Many people love his songs. He is the most favourite Uzbek boy in the Inter­net. His parents do not sing. His mother is a doctor, his father is an engineer. He/she sings songs in 17 languages: Uzbek, Indian, English, Russian . He sings his favourite songs. He wants to be a famous singer.

1. Put the words in the right order. football/hobbies/are/My/chess/friend’s/and

2. Describe your house.
Our family lives in a house. We live in Termez street. Our house number is 27. We have a kitchen, a big living room, two bathrooms and four bedrooms. One bedroom is for my grandparents. They are my father’s parents. We love them. My favourite room is our living room. We often play chess and read books there. Sometimes we watch TV there.

1. Complete the sentence. I work _______ the bank. I am a secretary.

2. Speak on the theme “My favourite subject”.
My favourite subject is English. I like English very much. We have English lessons every Monday, Wednesday, Saturday. During the lesson we read, write and speak in English. Our English teacher speaks in English. Doing English exercises is very interesting.

1. Complete the sentence. Lucy is the __________ (young) in her family.

2. Speak about your hobby.
I love many hobbies because there are many interesting things to do. My hobby is playing chess. I play chess with my friends and sometimes I play with my dad. All the member of our family live playing chess.

1. Complete the sentence. Where did you go yesterday? I _____ to the museum.

2. Speak about your favourite animal. Why do you like it?
I have two favourite pets. They are two cats : Fluffy and Tiger. But this year we have more pets .My mother has two cats and three kittens . My father likes rabbits and we have two. Their names are Flossie (white ) and Blackie (black). My brother Daniel likes dogs and he has a dog Paws and two puppies. He has two hedgehogs and a tortoise too. I like fish and I have three gold fish .We like canaries and we have a canary.

1. Put the words in the right order. speaks/friends /She/to/English/her.

2. Speak on the theme “My robot”.
Hello! My name’s Tim. I’m a robot. I don’t go to school but I like reading. I like reading books about animals. I have a friend. He’s a boy. His name’s Sardor. He’s twelve. He goes to school. He gets up at 6.30.He likes English, maths and history. Sardor has a dog. His dog is big and white. Sardor likes playing with his dog but he doesn’t like cleaning his room.

1. Complete the sentence. Jane’s father ________ (work) at the bank.

2. Speak on the theme “My childhood”.
My childhood. When I was a child, I liked animals and sweets. I lived in the village. Then we moved in the Termez city. I playd tennis and foodball. When I was childhood.

1. Put the words in the right order. brother/than/yours/My/is/taller?

2. Speak on the theme “My favourite season”.
1.My favourite season is Autumn. I like autumn because it rains a lot and I like rainy weather.It is cool.Yellow, red, and orange trees are fantastic! I like autumn flowers. These flowers are wonderful.It is time to go to school. I have a lot of friends at school.
2. My favourite season is Winter. I like winter because it is cold and I like fresh air. It is snowy.There is snow on trees and houses.I like skiing in the mountains.I like playing hockey.I feel very healthy and happy.I like fresh air and beautiful nature.

English 3-grade. That’s a hippo

Algebra fani 7-sinf Yig’indi va ayirmaning kvadrati.

Yig’indi va ayirmaning kvadrati haqida

Matematika 3

Multimediali ilova

Ona tili 3

Multimediali ilova

O’qish 3

Multimediali ilova

Tabiatshunoslik 3

Multimediali ilova

Ingliz tili 1

Multimediali ilova (2013)

Ingliz tili 3

Мultimediali ilova (2015)

Fransuz tili 3

Мultimediali ilova (2015)

Nemis tili 3

Мultimediali ilova (2015)

Ingliz tili 7 Fly high

Аudioresurs, Ingliz tili 7

  • Portal
  • Portal haqida
  • Foydalanish shartlari
  • Yordam
  • Portaldan foydalanish
  • Yangi materiallar
    haqida taklif va so’rovlar
  • Hamkorlik
  • Bog’lanish

Xato ko’rsangiz belgilang va Ctrl+Enter ni bosing