Press "Enter" to skip to content

Ona tili darslarining turlari va qurilishi

Bunday ta’limiy tadbirlar orqali badiiy matn nafosati, tabiat, xulq-atvordagi go‘zallik uyg‘otgan tuyg‘u, zavq hissi estetik ong faktiga aylanadi. Biror narsadan ta’sirlanish natijasida yuzaga kelgan hissiyotlar kishining ongida, xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Kitobxonning ko‘ngli ana shunday ta’sir kuchiga ega bo‘lgan badiiy asarni tusaydigan bo‘lib qoladi. Bu holat unda estetik didning, badiiy qarashlar va e’tiqodning yuzaga kelganidan dalolat beradi. Ona tili darslarida badiiy matn o‘qilganda, undan badiiy zavq olishni kuta boshlaydi.

Ilm va ta’lim

Ushbu maqola “В осприятие художественного текста на уроках родного языка ” sarlavhasi bilan xalqaro jurnalda chop etilgan ( The Way of Science – International scientific journal – Volgograd, 2016. № 6. –Б.52-54. )

Muallif: Klaraxon Mavlonova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, p.f.d. (PhD)

Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini aniqlash, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida badiiy matnni til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilishi lozimligi va bu borada badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: badiiy matn, badiiy idrok, idrok maydoni, badiiy matnning til xususiyatlari, til hodisalari, estetik zavq, nutq madaniyati.

O‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish umumtalim maktablari ona tili darslarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsad sari eltadigan usullar sirasiga badiiy asarlardan olingan ayrim gaplar, kichik parchalar ustida olib boriladigan ishlar kiradi. Bunday misollar bilan ishlash metodikasi esa qator o‘ziga xosliklarga ega. Bu o‘ziga xoslik bir jihatdan ularni idrok etish bilan bog‘liq. Ona tili darslarida o‘quvchilarning badiiy asarni badiiy idrok etish, shu orqali olam haqida, voqea-hodisalar to‘g‘risida obrazli fikr yuritish ko‘nikmalari badiiy asarlardan keltirilgan illustrativ materiallar asosida muvaffaqiyatliroq shakllantirilishi mumkin.

Avvalo, badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini belgilab olishga zarurat sezildi. Zero, ona tili darslarida badiiy matnni badiiy idrok etish xususiyatlari bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishda o‘qituvchi o‘ziga xos qiyinchiliklarga duch keladi, chunki ona tili darslarida ishni nimadan boshlash keraklig haqidagi savollar tug‘ilaveradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maxsus topshiriqdan keyingina badiiy matnni kutilganidek o‘qib-o‘rganishni ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi.

Badiiy idrok xususiyatlari adabiyotshunoslikda ham, adabiyot o‘qitish metodikasida ham atroflicha yoritilgan. Bu xususda adabiyot o‘qitish sohasidagi metodist olimlar Q.Yo‘ldoshev, S.Matchon, M.Mirqosimova, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova, F.Egamberdiyeva, D.D.Islamova, G.N.Eshchanovalarning monografiyalari va metodik qo‘llanmalarida, ona tili o‘qitish metodikasi sohasida K.Dosanovning tadqiqot ishlarida ma’lum darajada so‘z yuritilgan. “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitoblarida, “Ona tili” darsliklariga yozilgan o‘qituvchi kitoblarida yo‘l-yo‘lakay ayrim umumiy tavsiyalar bayon qilingan.

O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan badiiy idrok etilish xususiyatlari haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lmog‘i lozim.

Adabiyot darslarida o‘quvchilar adabiy asarni o‘qish va tahlil qilish jarayonida uni badiiy idrok etishga doir muayyan tayyorgarlik ko‘radilar. Ona tili darslarida esa ana shu tayyorgarlikni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirish imkoniyatlari mavjud. Lekin ayrim o‘qituvchilar darslarda badiiy matnga ilmiy-publitsistik maqola tipidagi o‘quv matniga qaraganday munosabatda bo‘lib, ularni o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha o‘rganilayotgan til hodisalarinigina aniqlash va tahlil qilish, ba’zi hollarda tarbiyaviy amallarni bajarish maqsadi bilan yondashadilar.

Badiiy matn har qanday sharoitda o‘z badiiyligini yo‘qotmaydi, shunga ko‘ra uni ona tili darslarida ham o‘ziga xos tarzda o‘qish va badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish mumkin. Ana shu o‘ziga xoslik nimadan iborat ekanligi muammosini hal etish uchun dastlab ona tili darslarida badiiy matnni o‘qish va badiiy idrok etish bilan adabiyot darslaridagi badiiy idrok o‘rtasida qanday tafovutlar borligini aniqlab olish zarur.

Psixologiyaga doir manbalarga ko‘ra ona tili darslaridagi badiiy idrok adabiy o‘qish paytidagi badiiy idrokdan farq qiladi. O.K.Tixomirov idrok etish maydoni tushunchasi haqida gapirib, geshtaltpsixologlarning shu haqdagi fikrini keltiradi va buni quyidagi tarzda izohlaydi: “Ularning fikrini shunday tushunmoq kerakki, idrok etish maydoni avval boshdanoq tarkibiy qismlarga bo‘lingan bo‘ladi: in’ikos paytida idrok etilayotgan predmetning nimasidir birinchi planga chiqadigan (figura deb nomlanadigan) va ikkinchi planga ko‘chadigan (fon deb ataladigan) tomonlari o‘zaro ajralib turadi. Figura va fon o‘rtasidagi munosabatlar harakatchan bo‘lib, o‘zgarib turadi, ya’ni kishining nigohi ma’lum vaqtda nimada qaydlansa, shu figura bo‘lib qoladi, boshqalari esa fonga ko‘chadi” [1]. Muallif ushbu fikrni tushuntirish uchun bir misol keltiradi. Agar kimgadir bir portretni ko‘rsatib, unda tasvirlangan odamning olijanob chizgilarini ajrating, deyilsa, idrok shaxsning shu jihatlarini aniqlash sari yo‘naladi. Agar shu portretning o‘zini ko‘rsatib, bu jinoyatchi, uning qiyofasini tasvirlang, deyilsa, idrok etuvchi undan jinoyatchilarga xos alomatlarni qidirishga tushadi.

Psixologiyaga doir manbalar asosida tavsifi berilgan idrok etish xususiyatlari, bizningcha, ona tili darslarida topshiriq shartiga ko‘ra adabiy materialdan muayyan til hodisasini aniqlashda ham kuzatiladi: o‘quvchi til hodisasini qidirayotgan paytda idrok birinchi navbatda shunga – til hodisasiga qaratilib, adabiy materialning badiiy xususiyatlari fon sifatida ikkinchi planda qabul qilinadi. Topshiriq asosida o‘quvchilarning e’tibori adabiy materialga, asarning badiiy qiymatiga: badiiy tasvir vositalariga, til xususiyatlariga yo‘naltirilganda, ushbu materiallar figuraga aylanadi, ona tilidan yangi mavzu doirasida o‘rganilayotgan til hodisalari (so‘z va gaplar, grammatik vositalar) fonga ko‘chib, ikkinchi planda idrok qilinadi. Boshqacha aytganda, mashq va topshiriq materiali sifatida badiiy asardan keltirilgan misol (alohida gap, bir necha gapli kichik matn, she’riy misra yoki misralar, she’rlar) birdaniga bir necha planda (ham til hodisalarini aniqlash, ham badiiy asarni o‘qib idrok etish, ham badiiy mahorat sirlarini o‘rganish planida) qabul qilinmaydi. Qay birini birinchi planga olib chiqish zarurligi topshiriq shartiga bog‘liq bo‘ladi. Agar matnni ifodali o‘qing, degan topshiriq berilgan bo‘lsa, u badiiy idrok etilishi kerak bo‘lib, figura sifatida birinchi asnoga chiqadi. Basharti, matnni o‘qib, darsda o‘tilayotgan biror til hodisasini aniqlash so‘ralgan bo‘lsa, uning badiiy jihatlari fonga ko‘chadi. Shunday bo‘lgach, ona tili darslarida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish yo‘lida badiiy matnlar ustidagi ishlarni badiiy idrok jarayoni bilan oldinma-keyin tashkil etish maqsadga muvofiq.

M.Xayrullayev, M.Haqberdiyevlar yuqoridagi holatni buyumlarning belgilariga bo‘lgan munosabat misolida izohlab, shunday ta’kidlaydilar: “Inson o‘z tajribasiga tayanib, buyumlarning, ayni zamonda, muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini ajratadi. Boshqacha aytganda, muhim va nomuhim belgilar munosabati nisbiydir. Inson buyumlarning bir tomonini chuqurroq bilish uchun uning shu maqsadga muvofiq bo‘lmagan belgilarini hisobga olmaydi.

Demak, insonning konkret amaliy faoliyati o‘ziga ma’lum maqsadga qaratilgani uchun uning predmetlardagi muhim belgilarni ajratishi ham shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi [2]. Muhim belgini O.K.Tixomirovning talqinidan kelib chiqib figura, nomuhim belgini fon deb qabul qilish mumkin.

Ona tili darslarida badiiy matnlar mazmunini badiiy idrok etish til hodisalarini aniqlash va tahlil etishga doir ishlardan so‘ng qo‘shimcha topshiriq sifatida amalga oshirilishi va badiiy idrok adabiy topshiriqqa ko‘chirilishi ular ustida olib boriladigan ko‘pi bilan 5–7 daqiqaga mo‘ljallanadigan ishlarning dastlabki qadami sanalishi kerak. Badiiy idrok jarayoni ishga tushgan taqdirdagina matndan estetik zavq olish, ta’sirlanish yuzaga chiqadi, ana shu ta’sirlanishni ta’minlovchi vositalarga e’tibor paydo bo‘ladi, diqqat shularga markazlashadi. Badiiy idrok estetik tarbiya topganlik, badiiy didga ega bo‘lganlik kabi xislatlarda namoyon bo‘ladi. Bular so‘z va so‘z shakllarini ishlatish mahorati bilan tanishish, imkon qadar ushbu mahoratni egallay borish asnosida rivoj topadi.

5-sinf “Ona tili” [3] darsligidagi quyidagi mashqni ko‘rib chiqaylik.

182-mashq. Gaplarni o‘qing, ularning tarkibidagi kirish so‘zlarni topib, qanday mano anglatayotganini ayting.

Bunday paytlarda odamlar yordamga kelishmasa, nozik niholchalarning ko‘pchiligi nobud bo‘lib ketishi mumkin-ku, axir! Nahotki, nahotki, shunday bo‘lsa! Axir, ular tog‘ bag‘ridagi sersuv, bahavo adirlarda maza qilib o‘sishayotgan edi, o‘z hollariga qo‘yib berishganda, bu yerlarga majburan ko‘chirib kelishmaganda, qanday soz bo‘lardi-ya! (X. To‘xtaboyev)

O‘quvchilarning e’tiborini -ku va axir yuklamalariga, imlosi hamda ular orasiga qo‘yilgan tinish belgisiga qaratish maqsadida ularga “. mumkin-ku, axir” so‘zlari bilan tugaydigan ta’sirchan gaplar tuzish vazifasi beriladi. Matndagi nahotki, axir, -ku, kabi kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarining badiiy matndagi o‘rniga alohida ahamiyat qaratiladi.

Bu kabi badiiy matnlar yoshlarni emotsional-ekspressiv morfologik shakllar bilan tanishtirish, ularga talaffuzi, imlosini o‘rgatish, o‘z o‘rnida bilib qo‘llashni ko‘rsatib borishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu grammatik ma’noni kuchaytirib, nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi til hodisalari badiiy asardan olingan parchaning til xususiyatlarini qisqa tahlil qilish jarayonida izohlanib, o‘xshash vaziyatlarda ulardan foydalanib fikr ifodalash mashqi orqali mustahkamlanadi. 8-sinf “Ona tili” darsligining 16-dars, 1-topshirig‘ida O‘.Hoshimovning asaridan parcha keltirilgan. Ushbu matnda nechta gap borligini aniqlash topshiriq sifatida berilgan.

Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Havoga yelpig‘ichday qat-qat bulutlar chiqdi. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi. Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi.

Ushbu mashqda ham badiiy matndan olingan parchaning bir jihatiga, yani til hodisasini aniqlashga e’tibor qaratilgan. Bunday hollarda o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini matnda qo‘llangan kuzning og‘ir-vazmin qadamlar bilan kirib kelishi gapiga, yelpig‘ichday qat-qat bulutlar, tansiq nurlar, yaproqlarning mungli shivir-shiviri kabi so‘z birikmalariga qaratishi ularda badiiy idrok jarayonining ishga tushishini taminlab beradi. Ular matnda qo‘llangan emotsional-ekspressiv vositalar hamda badiiy tasvir vositalarini ham aniqlab, izohlab, badiiy matnning sehrini his etishadi. Bu esa ularda estetik zavqni paydo qiladi.

Bunday ta’limiy tadbirlar orqali badiiy matn nafosati, tabiat, xulq-atvordagi go‘zallik uyg‘otgan tuyg‘u, zavq hissi estetik ong faktiga aylanadi. Biror narsadan ta’sirlanish natijasida yuzaga kelgan hissiyotlar kishining ongida, xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Kitobxonning ko‘ngli ana shunday ta’sir kuchiga ega bo‘lgan badiiy asarni tusaydigan bo‘lib qoladi. Bu holat unda estetik didning, badiiy qarashlar va e’tiqodning yuzaga kelganidan dalolat beradi. Ona tili darslarida badiiy matn o‘qilganda, undan badiiy zavq olishni kuta boshlaydi.

Demak, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida matnni badiiy asardan olingan parcha sifatida o‘qish, til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilgan taqdirdagina mashq materiali oddiy o‘quv matni emas, balki adabiy matn deb qabul qilinadi va o‘qiladi, natijada u figura sifatida birinchi planga ko‘chadi. Shundagina asar mazmunini adabiyot darslarida bo‘ladigan kabi badiiy idrok etish jarayoni ro‘yobga chiqadi.

Shu o‘rinda badiiy idrok etish tushunchasiga to‘xtalib o‘tish joiz. N.D.Moldavskaya o‘z monografiyasida “idrok etish” terminidan hissiy o‘quv-biluv bosqichidagina emas, balki inson ruhiyatining juda keng sohasini (tafakkur bilan bir qatorda axloqiy va estetik tuyg‘ularini, qayta yaratuvchi va ijodiy xayolotini, mantiqiy va emotsional xotirasini, maxsus qobiliyatlarini) qamrab oladigan mavhum fikrlash (tafakkur qilish) bosqichida ham kechadigan chuqur mazmunli va keng jarayon ifodasi degan ma’noda foydalanadi [4].

7-sinf “Adabiyot” darslik-majmuasida izoh berilganidek, “Insondagi ismsiz tuyg‘ular, nozik kechinmalar, ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib, qo‘l bilan ushlab, til bilan totinib, burun bilan iskab bo‘lmaydigan ruhiy holat jilvalarini faqat so‘z yordamida ifoda etish mumkin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, materiali ham so‘z ekanligi bilan ajralib turadi” [5]. “Badiiy asarlarning kishida his-tuyg‘u uyg‘otishi sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsuli” [5].

Ma’lum bo‘ladiki, badiiy idrok etish inson ruhiyatining aqliy, axloqiy, estetik, ijodiy kabi keng doiradagi sohalarini qamrab olar ekan. Estetik soha esa badiiy didni ham o‘z ichiga oladi. Shunday bo‘lgach, ona tili darslarida badiiy matn ustidagi ishlarga oz vaqt ajratilsa-da, ular nihoyatda ixcham, lekin keng qamrovli tashkil etilmog‘i lozim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ona tili darslarida badiiy idrok o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uni birinchi planga olib chiqish uchun badiiy matn asosidagi mashq shartiga qo‘shimcha topshiriq kiritish yo‘li bilan til xususiyati ustidagi ishlarni figuraga aylantirish zarur. Bu ishlar ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash, uning estetik madaniyatini rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1.Тихомиров О.К. Психология: Учебник / Под ред. О.В.Гордеевой. – М.: Высшее образование, 2006. – 538 с.

2. Хайруллаев М ., Ҳақбердиев М . Мантиқ . – Т .: Ўқитувчи , 1993. – Б. 106-107 .

3. Ona tili : Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun/ N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva.— T.: Tasvir, 2013. 32-b.

4 . Молдавская Н.Д. Литературное развитие школьников в процессе обучения. – М.: Педагогика, 1976. – С. 28 .

5 . Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua / Q.Yo‘ldoshev, B.Qosimov, V.Qodirov, J.Yo‘ldoshbekov. Qayta ishlangan 3-nashri. – T . : Sharq, 2013. 3- b.

Ona tili darslarining turlari va qurilishi

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagokika instituti ona tili fanidan kurs ishi mavzu: Ona tilida o’quv ishlarini tashkil qilish shakllari

Ona tili darslarining turlari va qurilishi

Ona tili darslarining turlari va qurilishi. Dars turlari uning didaktik maqsadiga ko‘ra belgilanadi, chunonchi: yangi materialni o‘rganish darsi, bilimni mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi-takrorlash darsi, bilimlarning qanchalik o‘zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi va boshq. Har bir dars turi muayyan qurilishi bilan boshqasidan farqlanadi. Darsning didaktik maqsadi, turi va qurilishi o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjud. Muayyan bir darsning didak­tik maqsadi o‘rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. O‘qituvchi dasturda mavzuga ajratilgan soatlar sonini va o‘rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars turini tanlab, qurilishini belgilaydi.
Dars qurilishida qat’iy andaza bo‘lishi mumkin emas. Biroq darsda uy vazifasini tekshirish, takrorlash, yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish bosqichlariga rioya qilish tajribada o‘zini oqlayapti. Shunga qaramay, bularga ijodiy yondashish, darsning maqsadi va foydalaniladigan metodik usullariga asoslangan holda, darsni qaysi bosqich (yangi materialni tushuntirish, mustaqil ishni bajartirish yoki uy vazifasini tekshirish) dan boshlashni o‘qituvchining o‘zi hal qilib, bosqichlar orasidagi ichki bog‘lanish, har bir bosqichdagi ishlarning mazmunini aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligi kerak. Darsning barcha bosqichlarini bir jarayonga birlashtirish o‘qituvchidan yuksak mahorat talab etadi.
Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilar modul usulida mustaqil ishlashga o‘rgatib borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslarni tashkil etish osonlashadi, chunki o‘quvchilarda bu haqda ko‘nikmalar hosil bo‘la boradi. O‘qituvchi dars davomida dam olish daqiqalarini ham uyushtirishi kerak.
Umumlashtiruvchi dars grammatikadan maxsus dars turi hisoblanadi. Bu darsda biror mavzu yoki bo‘limni o‘rganish jarayonida olingan bilimlar tizimlashtiriladi. Bu dars ilgarigi darslarda o‘rganilgan ayrim nazariy materiallarnitakrorlabbayon qilish darsigaaylanmasligiuchun o‘rganilganlarni o‘zaro taqqoslashni talab qiladigan ish turlaridan foydalaniladi.
Umumlashtiruvchidarslarqurilishiga ko‘ra xilma-xilbo‘lib, tajribalarning natijasiga ko‘ra,quyidagi varianti ma’qullangan:
1. O‘rganilgan grammatik tushunchaning mavjud belgilari haqidagi bilimlarni tatbiq qilishga qaratilgan mashqlarni ishlash.
2. Bilimlarni umumlashtirish va tekshirish.
3. Mustaqil ijodiy ishlar.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ona tili darsi

1.Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari

2.O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari

3.Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari

4.Bilim va malakalarni tekshirish darslari

5.Ona tili o’qitish metodlari

Tayanch tushunchalar

Dars tiplari, mustahkamlash, malaka hosil qilish, umumlashtirish, tekshirish, metod.

Ona tili darslari madsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko’p qismini ishg’ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o’quvchilarga o’rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdir. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi:

-o’rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash;

-mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish;

-o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash.

Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o’rgatish ko’zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiya usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi.

Masalan, 8-sinfda ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi:

Daraxtlar choyxona sahnidagi gulzorga o’xshar edi. Biz quvonchli kunlarga yetib keldik. O’n – beshdan katta. O’qimoq – o’rganmoq. To’g’ri o’zadi, egri to’zadi. Bu gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so’roqlari aniqlanadi. Shu orqali eganing umumiy ta’rifi keltirib chiqariladi.

Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rgatilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi.

Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki turga bo’linadi: 1.O’tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars. Darsning bu turida o’rgatiladigan grammatik orfografik qoida, ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o’tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o’quv materiali bayon qilinadi.

2.Yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars. Bu dars o’quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O’quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o’tkaziladi. O’quvchi o’quvchilarning xulosalariga, zarur bo’lsa, o’zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o’tiladi. O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari . Ona tilidan o’rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko’p jihatdan, o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashq paytida o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko’rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir tomondan, turli mashqlar yordamida o’quvchilarda o’rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi.

Takrorlash darslari yangi materialni o’rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o’rgatish darslarida o’quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo’lgan til hodisalari ustida o’tkazilsa, takrorlash darslari esa o’quvchilar o’rgatilgan, ammo to’lig’icha o’zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o’rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko’rsatadi.

Takrorlash darslarida ko’proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O’rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o’quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o’quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog’lab tashkil etilishidir.

Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari . Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo’lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o’rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o’rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o’zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o’xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.

Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o’rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi.

Bilim va malakalarni tekshirish darslari . Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o’quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o’tilgan mavzular bo’yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o’quvchilarga o’z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko’rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o’tkaziladigan darslar kiradi.

Ona tili o’qitish metodlari .Ona tili darslarida qo’llanadigan o’qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o’quvchilarning mustaqil bilim olishni ham hisobga olish, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo’shish orqali ulrni ijodiy faoliyatiga tayyorlash lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ta’lim metodlarini ikki katta guruhga ajratsa bo’ladi:

1.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.

2.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.

O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlarni:

1.Bilimlarni tayyor holda bayon etish;

2.Bilimlarini muammoli yo’l bilan bayon qilish metodlariga ajratsa bo’ladi.

O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar o’z navbatida qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga bo’linadi.

Bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi . Bu metod ona tili darslarida eng ko’p tarqalgan metodlardan biridir. Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa, o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar izohlanadi. Ko’pincha til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o’quvchilar bilimidagi bo’sh tomonlarni to’ldirish, qo’shimcha ma’lumot berish, savollarga javob qaytarish maqsadida bu metodga murojaat qilinadi. Bu metod ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Uning ijobiy tomonlaridan biri vaqtni tejash imkoniyatini tug’diradi. Bu o’z navbatida bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash va ko’nikmalarni mustahkamlash va takrorlashga ajratilgan vaqt miqdorini ko’paytiradi. Bilimlarni tayyor holda bayon qilishining salbiy oqibatlaridan biri esa bu jarayonda o’quvchining fikrlash faoliyatni ma’lum darajada chegaralanishidir. Ko’p hollarda o’quvchi ta’lim jarayonining faqat tinglovchisiga aylanib qolishi mumkin. Bu metoddan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:

– O’qituvchining nutq madaniyatiga e’tiborini kuchaytirish.O’qituvchining nutqi mantiqiy talablarga javob berishi shart: Sodda, mazmunli, ifodali, izchil nutq o’quvchilarda bilimga nisbatan kuchli qiziqish uyg’otadi;

– O’quv materialini qatiy bir reja asosida bayon qilish (qat’iy reja asosida bayon qilingan fikrlarni o’zlashtirish o’quvchi uchun ancha qulay):

– bilimlarni tayyor holda bayon qilish, ishontirish va asoslash. Ishontirish va asoslash o’rgatilayotgan materialga qiziqish uyg’otadi.

Yuqorida sanalganlardan tashqari til hodisalarini sharhlash maqsadida keltiriladigan misollarning ilmiy, badiiy va tarbiyaviy yo’nalishda bo’lishini ta’minlash, o’qituvchi bayoni bilan namoyish etiladigan vositalarni bir-biriga muvofiqlashtirish o’quvchining faollik darajasini oshiradi.

Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo’l bilan bayon qilish metodi . Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. O’quvchi til hodisalarini tayyor holda o’zlashtirmay, uni izlasa, aktiv ijodiy faoliyat ko’rsatsa, o’zlashtirish jarayoni ancha samarali bo’ladi. Muammoli ta’lim ana shunday izlanish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:

1.Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish.

2.Til hodisalarini qarama-qarshi qo’yish va taqqoslash asosida muammoli vaziyat yaratish.

3.Til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat yaratish.

4.Berilgan matning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish.

Qayta xotirlashga asoslangan metodlar . Mazkur metod o’quvchi oldida muayyan bir qiyinchilik yaratmaydi va u tayyor o’quv materiali bilan ish ko’radi. O’rganilgan ish hodisalarini xotirada tiklash, topshiriqni to’laligicha muayyan andaza yoki namunaga qarab bajarish kabi topshiriqlar shunday topshiriqlar sirasiga kiradi.

Qisman izlanuvchanlik metodi . Qisman izlanuvchanlik metodi tarkibida qayta xotirlash asosiy o’rinni egallaydi. Chunki o’quvchi ona tilidan egallangan bilimlariga tayanmay turib, uni yangi sharoitda qo’llay olmaydi. Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan qator mustaqil ish turlari:

a) nuqtalar o’rniga zarur harflar, kelishik qo’shimchalari, so’zlarni topib qo’yish;

b) ma’lum bir so’zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, qarama-qarshi ma’noli so’z bilan almashtirish;

v) berilgan gaplar yoki matnlarning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish;

g) berilgan tayanch so’zlar yoki so’z birikmalaridan foydalanib, gaplar yoki matnlar tuzish o’quvchilardan qisman izlanishni talab etadi.

Izlanishga asoslangan metodlar . Izlanish til materiallarini ijodiy faoliyat ko’rsatish yo’li bilan o’rgatish demakdir. Shubhasiz, o’quvchi ona tili mashg’ulotlarida ma’lum bir yangilik kashf etmaydi, balki berilgan ma’lumot mazmunini ijodiy yo’l bilan o’rganadi. Bu metod o’quvchidan oldin o’rgatilganlarni tamoman yangi sharoitda qo’llashni talab etadi. Ona tili mashg’ulotlarida yoziladigan insholar, o’qilgan badiiy asarga taqriz yozish, maqola yozish, ilmiy ma’ruzalar tayyorlash o’quvchidan hech qanday andaza yoki tashqi yordam olmasdan bajariladigan asosiy ishlardir.