Ona tili
Chunki ta’lim tizimidagi eng yaxshi tajribalarni ommalashtirish o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini yaxshilashga, sifat-samaradorlikka erishishga olib keladi. Ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ilg‘or tajriba quyidagi mezonlarga javob bermog‘i zarur:
5 sinf ona tili 256 mashq
Ona tili — ezgu fazilatlar, yuksak tuyg’ular manbayi. U inson kamolotida betakror o’rin tutadi. Chunki onalarimiz bizga shu tilda alla aytadi, inson uchun hayotiy zarur bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiradi, odob-u axloqimiz, fe’l-atvorimiz til orqali berilgan o’git va nasihatlar asosida shakllanadi. Ayniqsa, inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bog’liq. Chunki biz biror-bir narsaning xususiyatlari haqida o’ylaganda har biri aniq bir so’zda ifodasini topgan tushunchalar, fikr va tasavvurlarga tayangan holda uning o’ziga xos tomonlarini anglaymiz.
Просто топ!
Новые вопросы в Оʻzbek tili
297-mashq. Uyga vazifa. Rasm asosida “Men mavzusida 10-12 ta gapdan iborat hikoya yozib ham o’z iqtidorimni namoyish etmoqchiman keling.iltimos
Ona tili 5-sinf 292 mashq etvorila iltimos.
Укувчининг хаётида тежамкорлик нима?
– – – – 1-mashq. O’qing, javoblarni to’ldiring va ko’chiring Kim bilan shahar aylandingiz? va Qayerlarni ko’rishni xohlaysiz? hamda Qaysi muzeylarni t … omosha qildingiz? va . Istirohat bog’ida dam oldingizmi? Ha, хам да даю много балов
Sumalak pishirish 2. 3. 4. O’ylang, toping va yozing. 4. . 5. . Kurash M Varrak uchirish 5. O’ylang va toping. Gapiring. Dorbozlik Arqon … tortish Namuna: 1. Sumalak tayyorlash maroqli, chunki unda kuy-qo’shiq va o’yin-kulgi bo’ladi. 1 2 19 3 ** 5помогите 15 балов
Ona tili
Maktabda ona tili fanini o‘qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, bu fanni chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchining nutqi rivojlanib, milliy madaniyati yuksaladi. Qalbida vatanparvarlik hissi jo‘sh uradi. Bu yo‘lda esa o‘quvchilarga faqat ilm o‘rgatish emas, balki ularning til malakasini oshirish ham dolzarb vazifadir.
Avgust anjumanlarida ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka bilan birga hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutgan DTS va o‘quv dasturlari loyihalarining tajriba-sinovi natijalari yuzasidan amaliyotchilarning fikr-mulohazalarini tinglash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish masalalari keng muhokama qilinishi lozim. Bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadalari natijalarining tahlili, 5–9-sinf “Ona tili” darsliklari bilan ishlashdagi muammolar, darslik mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusidagi rejalar belgilab olinishi maqsadga muvofiq.
Sho‘ba yig‘ilishlarida yangi o‘quv yili uchun qayta nashr qilinib, yildan yilga ta’limiy va tarbiyaviy mazmuni takomillashtirilib kelinayotgan 5-, 6-, 7-sinf (N.Mahmudov va boshqalar), 8-sinf (M.Qodirov va boshqalar), 9-sinf (N.Mahmudov va boshqalar) “Ona tili” darsliklari haqida fikr yuritishga alohida e’tibor qaratish kerak. Darslik bilan ishlashda o‘qituvchilarning o‘quv dasturi talablarini teran anglashi, dastur materiallari asosida darslarni rejalashtirish, mavzu uchun berilgan amaliy mashq va topshiriqlar bilan ishlashga o‘rgatish orqali o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, dars jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan o‘rinli foydalanish zarurligiga ham ahamiyat berish talab etiladi.
Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi bilim va iqtidorni rivojlantirish uchun fan yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari optimallashtirilib, amaliyotga tatbiq qilingan edi. Ona tilini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarda ham ta’lim samaradorligiga erishish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturi asosida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun 5–7-sinflar bo‘yicha “Nutq madaniyati” (A.Nurmonov va boshqalar) o‘quv qo‘llanmasi yaratildi va nashrga tayyorlanmoqda. Bu borada o‘qituvchilar qanday ishlarni amalga oshirishi kerakligi yuzasidan davra suhbatlari uyushtirish lozim.
Sho‘ba yig‘ilishlarida yakuniy va bosqichli attestatsiya, fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvining natijalari o‘rtaga tashlanishi, yutuqlar omili, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va kelgusi rejalar belgilanishi lozim.
Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini quyidagi namunaviy mavzular bo‘yicha rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish, o‘qitish usullarini qo‘llash yuzasidan o‘zaro bahs-munozaralar o‘tkazish hamda kelgusi rejalarni ishlab chiqish tavsiya etiladi:
I. Yozma ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlashda pedagogik texnologiyalardan foydalanish (5–9-sinflarda o‘tkaziladigan diktant nazorat ishlari misolida).
Til ta’limida yozma nutq ustida ishlash og‘zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon. Chunonchi, bu nutq turining murakkab tabiati — imlo qoidalariga amal qilish, tinish belgilarini o‘rinli qo‘llash, fikrning uslub talabiga muvofiq bayon qilinishidir. Yozma nutq o‘quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to‘g‘ri jumla tuzishni, har bir so‘zni o‘z o‘rnida — to‘g‘ri qo‘llashni, fikrni ixcham, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni talab etadi. Bu jihatlar o‘quvchidan yozma savodxonlikni talab qiladi.
5-sinf o‘quv dasturida har bir chorakda o‘quv soatidan kelib chiqib, 6 tadan nazorat ishi belgilangan. O‘quvchilarning imloviy va tinish belgilari bo‘yicha savodxonligi ustidan nazorat, asosan, diktant, bayon va insholar orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilarning yozma ishlarini o‘qituvchi tekshiradi, imloviy, grammatik, tinish belgilariga doir va boshqa xil xatolarni tuzatadi, baholaydi. Diktantda uchraydigan xatolarning ba’zilari ayrim o‘quvchilargagina xos bo‘lib, bu orfografik-grammatik qoidalarni tushunmaslikdan yoki uni unutganidan kelib chiqadi. Ba’zi xatolar sinfdagi ko‘pchilik o‘quvchilarga xos bo‘ladi. Xatolar ustida ishlashda quyidagi usullardan foydalanilsa, bunday muammolar tezroq barham topadi:
1. O‘qituvchi diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarning turlarini aniqlaydi va uning yoniga qancha o‘quvchi qaysi so‘zlarni xato yozganini ustun shaklida belgilaydi. Hisobga olishning bu turida o‘qituvchi qaysi mavzu bo‘sh o‘zlashtirilgani, qaysi o‘quvchi ko‘p mavzuni bilmaydi yoki unutgan, qaysi o‘quvchining bilimi puxta va asosli ekanini aniqlab oladi. Xatolarni hisobga olishning bu usuli faqat imlo xatolarini emas, tinish belgilariga oid xatolarni tahlil etishda ham qo‘l keladi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘quvchilarning o‘zlariga o‘tilgan qoidalarni eslatish yo‘li bilan tuzattirish, bu borada ularni hamkorlikka chorlash usuliga murojaat etmaydilar. Xatolar ustida ishlash masalasida hamkorlikdagi ta’lim joriy etilganicha yo‘q. Yozma ishlardagi xatolarni tuzatishda pedagogik texnologiyaning metod va usullaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Demak, o‘qituvchi har bir diktant tahlilini o‘tkazishda undan oldingi yozma ishda o‘quvchiga qanday topshiriq berganini ham hisobga olishi lozim.
O‘qituvchi diktant tahlili darslariga tayyorlanganda, quyidagilarga amal qilishi maqsadga muvofiq:
— o‘quvchining yozma ishini sifatli tekshirish;
— yo‘l qo‘yilgan xatolarni guruhlash, tinish va individual xatolar ustida ishlash tizimini tuzib chiqish;
— uyga beriladigan vazifani puxta o‘ylab, o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosini bartaraf etishiga yordam berishini ta’minlash lozim.
Ta’kidlash joizki, yozma savodxonlikni rivojlantirishda punktuatsiya, ya’ni tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashga oid bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi. Savodli yozish va husnixat malakasi barcha kasb egalari, soha mutaxassislari uchun birdek zarur. Buning uchun o‘zbek tilidagi ishora-imlo qoidalarini mukammal bilish zarur. Bir guruh yetakchi olimlar tomonidan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari” (T.: 2014, “Ma’naviyat” nashriyoti) kitobi chop etildi. Bundan o‘qituvchilar amaliyotda keng foydalanishlari mumkin.
II. Sho‘ba yig‘ilishlarida ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha muhokama va munozaralar o‘tkazish.
Chunki ta’lim tizimidagi eng yaxshi tajribalarni ommalashtirish o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini yaxshilashga, sifat-samaradorlikka erishishga olib keladi. Ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ilg‘or tajriba quyidagi mezonlarga javob bermog‘i zarur:
1. Tajribaning amaliy ahamiyati va dolzarbligi: ommaviy ravishda qo‘llash imkoniyatining kengligi.
2. Ishning natijaviyligi: bir necha marta yuqori natijaga erishganligi, turli sharoitlarda sinab ko‘rilganligi.
3. Tajribaning yangiligi: amaliyotdagi metodikaga qo‘shgan yangi usullar, pedagogik jarayonda yangi qonuniyatlarni kashf etishga ta’siri, pedagogika va metodikadagi erishilgan natijalarga mosligi.
4. Isbotlanganligi: o‘quvchilar egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarning sifat ko‘rsatkichlari natijaviyligi.
5. Barqarorligi: pedagogik amaliyotda zarurligi, faolligi, istiqbolliligi.
6. Optimalligi: minimal vaqt, sharoit va vositalarda yuqori natijaga erishganligi.
Sho‘ba yig‘ilishida aynan ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida ilg‘or ish tajribalari tuman, viloyat, respublika miqyosida ommalashtirilgan o‘qituvchilar faoliyati, ularning erishgan yutuqlari haqida davra suhbatlari yoki taqdimotlar o‘tkazish ham o‘rinlidir.
III. O‘quv jarayonida ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri — AKTni keng qo‘llash.
Har bir mavzuni AKTdan foydalanib o‘tish uchun, avvalo, elektron darslik, qo‘llanma, dars ishlanma, o‘quv film, ko‘rgazmali materiallar va boshqa anjomlar muhayyo bo‘lishi lozim. Dars jarayonida faqat o‘tilayotgan mavzuga oid materiallardan — elektron dars ishlanmasi, multimediali elektron ishlanmalar (o‘quv filmi) yoki videofilm, didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikni ta’minlaydi. O‘quvchi darsni ma’ruza shaklida eshitishdan ko‘ra, ko‘proq ko‘z bilan ko‘rib, ba’zi jarayonlarni bevosita kompyuterda bajarsa, o‘zlashtirishi tezlashadi va osonlashadi. Jarayonda muammo usulidan foydalanish lozim. Muammoning yechimini topishda guruhlarga bo‘linib masalani hal etish, muloqot usuli, mantiqiy fikrlash kabi usullar ham dars samaradorligini ta’minlaydi.
Bu borada “Urg‘u va uning turlari (5-sinf), “Fe’lning munosabat shakllari” (6-sinf), “Modal so‘zlar” (7-sinf), “Sodda va qo‘shma gaplar”, “Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matn” (8-sinf), “Ko‘chirma gapli qo‘shma gap”, “Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi” (9-sinf) kabi mavzular yuzasidan Multimedia umumta’lim fanlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda videodarslar yaratilib, amaliyotga taqdim etilgan.
“Mahorat maktablari”da o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, ilg‘or tajribalarning o‘rganilishi, maktab ishini yanada samarali, yuqori saviyada olib borishga, yangi usul va metodlarning o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Odatda, amaliyotchi-o‘qituvchilar har uch yilda malaka oshirsa, “Mahorat maktablari” tizimi orqali har oyda kasbiy malakasini oshirib bormoqdalar. Bu, o‘z navbatida, muallimlarni izlanish, o‘z ustida ishlash, yangiliklarni o‘zlashtirish, kasbiy faoliyatini yanada jonlantirishga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sho‘ba yig‘ilishlarida bu jihatga to‘xtalib, to‘plangan ilg‘or tajribalarni almashish lozim.
Umumta’lim maktablarining 4-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim sifati monitoringi amalga oshirildi. O‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan taraddud kengashlarida monitoring va bilimlar bellashuvi natijalaridan kelib chiqib, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ham berilishi maqsadga muvofiqdir.
Sho‘ba yig‘ilishlarida metodbirlashmaning asosiy ish faoliyati ham sarhisob qilinishi lozim. Faol metodbirlashma a’zolari, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ish tajribasini “Mahorat darslari” usulida hamkasblariga o‘rgatishi o‘qituvchilarning kasbiy malakasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yangi o‘quv yilida ta’lim mazmunini yaxshilash, sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi vazifalar belgilab olinadi:
1. Xalq ta’limi xodimlarining 2016-2017-o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy avgust kengashlari yalpi va sho‘ba yig‘ilishlaridan kutilayotgan asosiy maqsad — o‘qitish mazmunini takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatimiz hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni belgilab olish.
2. Ta’lim-tarbiya jarayonining sifat darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (davomat, o‘qituvchining darsga tayyorgarligi, dars tahlili va boshqalar) asosida joylarda ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha rahbar va xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
3. O‘qitishning zamonaviy usullari va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, bu sohadagi tajribalarni ommalashtirish.
4. Masofaviy metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha taqdim etilgan videoseminar, videodarslar va ta’lim portallariga qo‘yilgan materiallardan unumli foydalanish.
5. O‘qituvchilarning Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi saytlariga joylashtirilgan resurslardan samarali foydalanishlari, o‘z ustida mustaqil ishlashi, ijodiy izlanishi, o‘zaro tajriba almashishi, dars kuzatishi hamda tahlil qilishi uchun zarur sharoit yaratish choralarini belgilash.
6. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish, umumta’lim fanlarining sifatli o‘qitilishini ta’minlash maqsadida “Mahorat maktablari” faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish.
7. O‘quv muassasalarida mavjud bo‘lgan axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish, barcha pedagog xodimlarning internet tarmog‘idan keng foydalangan holda o‘z bilim va malakalarini oshirishlari uchun sharoit yaratish.
8. Metodik kengash, metodbirlashma faoliyati samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha pedagoglarga amaliy yordam ko‘rsatish.
9. Ta’lim sifati monitoringi natijasida bilim va tajribasi kamligi aniqlangan o‘qituvchilar ro‘yxatini tuzish, ular uchun doimiy harakatdagi maxsus o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish va ular faoliyatini o‘quv yili davomida tahlil qilib borish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar ustida ishlash metodikasini o‘qituvchilarga o‘rgatishga doir mavzular kiritish va ularni o‘qitishni tashkil etish.
An’anaviy avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlari amaliyotchi va metodistlar uchun asosiy metodik yordam va yo‘llanma berish tadbiri ekanini hisobga olib, yig‘ilishlarni imkon darajasida noan’anaviy usullarda qiziqarli, o‘qituvchi va metodistlarni pedagogik jihatdan puxta qurollantiradigan tarzda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
R espublika ta’lim markazi