Python dasturlash tili: 1-dars
O’rnatish
Ona tili – millat xazinasi hamda dunyoda keng tarqalgan eng ommabop tillar o’ntaligi
Ona tili – millatning ruhi, uning ko’zgusidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan. Ya’ni ona tilimiz mustaqil davlatimizning Bayrog’I, Gerbi, Madhiyasi bilan bir qatorda turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzi hisoblanadi.
Bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu o’z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo’lgan edi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo kabi buyuk siymolarni yetishtirgan xalqning tili yo’qolish arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq birinchi prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan o’zbek tiliga davlat maqomini berish masalasi kun tartibiga qo’yilib, bu ish amalga oshirilgan edi. Shunday qilib, 1989 yil 21 oktyabr sanasida ona tilimiz-o’zbek tiliga davlat maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi.
O’zbek tiliga davlat maqomining berilishi va har yili 21 oktyabrning mamlakatimizda til bayrami sifatida keng nishonlanishi ona tilimizga bo’lgan cheksiz hurmat, ma’naviyatimizga, millatimizga bo’lgan yuksak e’tibor namunasidir.
Til- millat qiyofasining bir bo’lagi, ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarsi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o’z navbatida o’zaro tushunishni, muloqotlarga imkon yaratadi.
Fursatdan foydalanib, bugungi maqolamizda dunyoning eng ommabop tillari haqida ham ma’lumotlar berib o’tamiz. Dunyoda 7000 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, quyida shulardan eng ommaboplari haqida tanishib o’tishingiz mumkin.
10-o’rin. Fransuz tili – 150 mln odam so’zlashadi
Dunyoning 53 ta mamlakatida fransuz tilida so’zlashiladi, shulardan biri Frantsiya. 150 mln odam bu tilda so’zlashadi. Fransuz tili ko’pgina xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili hisoblanadi: masalan, Yevropa Ittifoqi, Xalqaro olimpiya qo’mitasi, BMT va boshqalar.
9-o’rin. Indoneziya tili – 200 mln. odam so’zlashadi
Dunyoning 16 ta mamlakatida, shu jumladan Indoneziyaning o’zida ham Indoneziya tilida so’zlashiladi. Bu til Sharqiy Timor – 13 ming orolchalardan iborat bo’lgan orol mamlakatda ham rasmiy til maqomiga ega.
Indoneziya tili 20-asrning boshlarida malay tili negizida shakllandi va hozirgi kunda malay tilining keng tarqalgan dialekti hisoblanadi.
8-o’rin. Portugal tili – 240 mln. odam soz’lashadi
Portugal tilida dunyoning 12 ta mamlakatida so’zlashadilar. Shi bilan birga u Braziliyaning rasmiy tili ham hisoblanadi.
12 asrda Portugaliya Ispaniyadan mustaqil bo’lib chiqdi va dengiz yo’llari orqali o’z sarhadlarini kengaytira boshladi hamda Braziliya, Angola, Makao, Mozambik, Venesuela kabi mamlakatlarda o’z mustamlakalarini o’rnatdilar. Portugaliyaliklar shu tariqa o’z ona tillarini dunyoda tarqalgan tillardan biriga aylantira oldilar. Portugaliya tili Evropa Ittifoqi va yana boshqa xalqaro tashkilotlarning rasmiy tillaridan biri hisoblanadi.
7-o’rin. Bengaliya tili – 250 mln.odam so’zlashadi
Bengaliya tili Bangladesh va Hindistonning ba’zi shtatlarida muomala vositasi hisoblanadi. Bunda Bangladesh uchun u rasmiy til hisoblansa, Hindistonda u shunchaki ommabopligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi.
6-o’rin. Rus tili – 260 mln. odam so’zlashadi
Dunyoning 17 ta mamlakatida rus tilida so’zlashadilar. Rus tili Rossiyaning rasmiy tili bo’lish bilan birga Qozog’iston, Belarus, Qirg’iziston hamda Turkmanistonning ham rasmiy tili hisoblanadi. Rus tili shuningdek, Ukraina, Latviya va Estoniyada ham keng, sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida kirgan boshqa davlatlarda esa kamroq tarqalgan.
Rus tilui BMT ning oltita rasmiy tillaridan biri bo’lib, Yevropada eng keng tarqalgan til hamda dunyo bo’yicha eng keng tarqalgan slovyan tili hisoblanadi.
5-o’rin. Arab tili – 267 mln. odam so’zlashadi
58 ta mamlakat aholisi arab tilida so’zlashadi. Arab tilida so’zlashuvchilarning eng ko’pi Saudiya Arabistoni, Iroq, Quvayt, Suriya, Livan, Iordaniya va Misrda yashaydilar.
Arab tilining dunyo bo’yicha keng tarqalishining sabablaridan yana biri – bu musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’ondir. 1974 yilda esa arab tili BMT ning oltinchi rasmiy tili, deb belgilandi.
4-o’rin. Ispan tili – 427 mln. odam so’zlashadi
Ispan tilida so’zlashuvchi mamlakatlar soni 31 tani tashkil etadi. Ispan tili o’rta asrlarda Ispaniyada shakllandi hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dunyo bo’ylab tarqala boshladi. Ispan tili BMT, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Amerika millatlari Ittifoqi kabi bir qancha xalqaro tashkilotlarning rasmiy tili hisoblanadi.
3-o’rin. Hindi tili – 490 mln. odam so’zlashadi
Hindiston, Nepal, Bangladesh hamda Pokiston kabi mamlakatlarning aholisi hindi tilida so’zlashadi.
Ko’pchilikning taxminiga ko’ra, yaqin kelajakda ushbu tilda so’zlovchilarning soni yanayam ko’payib, xitoy tilida so’zlashuvchilkardan ham ko’payib ketadi. Biroq bu shunchaki taxmin, xolos. Haqiqatga qanchalik to’g’ri kelishini vaqt ko’rsatadi.
2-o’rin. Ingliz tili – 600 mln. odam so’zlashadi
Ingliz tili dunyoning judayam ko’pgina davlatlarini qamrab olgan. 106 ta mamlakat aholisi ushbu tilda so’zlashadi. Buyuk Britaniyada ingliz tili asosiy va rasmiy til hisoblanadi. Bundan tashqari Hindiston, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Kanada va Filippinda o’zlarining ona tillaridan tashqari ingliz tili ham qo’shimcha rasmiy til hisoblanadi.
1-o’rin. Xitoy tili – 1,3 mld. odam so’zlashadi
Xitoy tili Xitoy Xalq Respublikasi, Tayvan va Singapurning rasmiy tili hisoblanadi. Dunyo bo’yicha 1,3 mld odam shu tilda so’zlashadi, shuning uchun u keng tarqalgan dunyo tillari ro’yxatida birinchi o’rinni egallab turibdi.
Xitoy tili dunyodagi eng qiyin til hisoblanadi, lekin shunga qaramay u BMT ning oltita rasmiy tillari qatirodan joy olgan.
Python dasturlash tili: 1-dars
Python dasturlash tilini o’rganishga bag’ishlangan darslarni boshlamoqdamiz. Darslarimizda bu dasturlash tili imkoniyatlarini boshlang’ich o’rganuvchilar uchun tushunishga yengil – sodda tilda ifodalashga harakat qilamiz.
1-dars. Python’ni o’rnatish.
Python – bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo’lgan oz sonlik dasturlash tillari qatoriga kiradi. Va shu bilan birga unda dasturlash juda ham yoqimlik.
Rasmiy sayt – www.python.org
Python dasturlash tili muallifi – Gvido van Rossum (Гвидо ван Россум)
Kirish
Python samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi (предоставляет эффективные высокоуровневые структуры данных,) va oddiy, lekin samarador ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.
Pythonning o’ziga xosligi
Oddiy, o’rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot.
O’z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni xisobga olishingizga xojat qolmaydi.
Ko’plab platformalarda hech qanday o’zgartirishlarsiz ishlay oladi.
Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar siz dasturingizni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodingiz orqali ishga tushirsangiz(chaqirsangiz) bo’ladi.
Juda xam ko’p hilma-hil kutubxonalarga ega.
O’rnatish
Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo’lsangiz ko’p xollarda sizning tizimingizda python o’rnatilgan bo’ladi. Buni tekshirib ko’rish uchun terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko’ring.
python -V
Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o’xshash yozuv xosil bo’lsa unda xammasi joyida.
Windows operatsiyalar tizimiga o’rnatish uchun www.python.org/downloads web saxifasiga o’tamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab olamiz. Pythonni o’rnatish odatiy dasturlar ni o’rnatish kabi kechadi. Xech qanday qiyin joyi yo’q.
Keyingi bosqichda python interpretatorini buyruqlar qatoridan(командной строки) ishga tushira olishimiz uchun biz python o’rnatilgan joy manzilini PATH deb nomlanuvchi o’zgaruvchiga qo’shib qo’yishimiz kerak bo’ladi.
Misol uchun python C:\Python34\ manzilida o’rnatilgan bo’lsin.
Quyidagi rasmlarda bu amallar batafsil ko’rsatilgan.
Shu bilan pythonni o’rnatish tugallandi. Endi tekshirib ko’ramiz. Buning uchun windows + R tugmalarini bosamiz va cmd buyrug’ini yozin enter tugmasini bosamiz.
Xosil bo’lgan qora oynada python –version buyrug’ini ishga tushiramiz.
Agar sizda xam rasmdagidek yozuv xosil bo’lgan bo’lsa demak amallar to’g’ri bajarilgan.
Keyinga darslarimizda biz imkon qadar Linux/Ubuntu operatsiyalar tizimidan foydalanishga xarakat qilamiz.
Ushbu darsni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi.