Mavzu yuzasidan mashqlar ishlanib, kerakli tushunchalar berilgandan so`ng o`quvchilarga qarag`ayzorlar, ko`zmunchoq so`zlarini berib, antonim so`zlari keltirib chiqarish topshiriladi.
Toshova Shozoda Rayimovnaning mashgulotidan lavhalar
Ona tili va adabiyot fanidan o’kaziladigan o’quv mashg’ulotlarida o’rganiladi- gan mavzular:
1-mavzu:
Ona tilini o’qitishda ta’limiy o’yinlardan foydalanish
(5-10-sinf o’quv dasturlaridagi til sathlari)
MUQADDIMA
Ona tilini o’qitish jarayonida ta’limiy va didaktik o’yinlarni qo’llash vositasida o’quvchilarda faol harakat va qiziqish uyg’otiladi. O’quv-uslubiy qo’llanma mualliflari kashf etgan ta’limiy va didaktik o’yinlardan uzluksiz ta’lim jarayonida ijodiy foydalanish mumkin.
Ta’lim jarayoni, uni rivojlantirish va o`zgartirish o`qituvchi va sinf o`quvchilarining o`zaro ochiq muloqoti va ishonchi muhitida samarali bo`ladi. Ta’lim jarayonida qo`llanadigan o`yinlar qisqa vaqtga mo`ljallangan bo`lib, guruh bo`lib mashq qilishga odatlantiradi, oldindan tayyorgarlikni talab etmaydi. O`yinlar vaqtida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarining diqqati ishga (ta’lim jarayoniga) to`liq jalb etiladi.
O`yinlar vositasida o`quvchilarga yangi bilimlar berish, ko`nikma hosil qilish, kichik guruhlar a’zolarining ijodiy qobiliyatlarini rag`batlantirish mumkin. O`yinlarni darsning kirish yoki yakunlovchi qismida o`tkazish mumkin. O`yinlarni maqsadiga ko`ra 7 turga ajratish mumkin:
-
- Guruh bo`lib ishlash uchun sog`lom muhit tashkil etishga qaratilgan o`yinlar:
- guruh a’zolarining o`zaro tanishishlariga yordam beradi;
- guruh bo`lib ishlash ishtiyoqini tug`diradi;
- guruh a’zolarining o`zini erkin his etishlarini ta’minlaydi, charchoqni tarqatadi.
- Umumiy qiziqishlarni aniqlashga yo`naltirilgan o`yinlar:
- guruh a’zolarining ichki munosabatlarini tezda tiklashga yordam beradi (umumiy qiziqishlar, orzularni aniqlash orqali);
- guruhga yangi qo`shilgan a’zolarning (o`quvchilarning) yangi sharoitga moslashishlariga yordam beradi.
- Guruhning birligini qo`llab-quvvatlovchi o`yinlar:
- o`zaro munosabat me’yorlarini o`rnatishga yordam beradi;
- guruhning birligini, jipsligini mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi.
- O`zaro bog`lovchi o`yinlar:
- bir mavzudan ikkinchi mavzuga yengillik bilan, tabiiy o`tishni ta’minlaydi;
- turli tushunchalarni o`zaro bog`lash uchun xizmat qiladi;
- yangi mavzuni o`rganishni yakunlash bosqichini faollashtiradi.
- Rag`batlantiruvchi o`yinlar:
- guruh bo`lib ishlashga rag`batlantiradi;
- murakkab mavzularni muhokama qilishga yordam beradi;
- dars davomida “nafasni rostlab”, ishni davom ettirishga yordam beradi.
- Ijodkorlikni rag`batlantiruvchi o`yinlar:
- dunyoga boshqacha ko`z bilan qarash, ta’limda innovatsion metodlarni qo`llashga yordam beradi;
- o`yin qatnashchilari o`zlarining yangi qirralarini kashf etadilar, yangilikni qabul qilish ko`nikmasini hosil qiladilar.
-
- Yakunlovchi o`yinlar:
- katta mavzularni o`rganishni yakunlash, egallangan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi;
- katta mavzularni o`rganishni yakunlash, egallangan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi;
- ta’limning innovatsion metodlarini baholash va unga munosabat bildirishga o`rgatadi.
Ta’lim jarayonida qo`llangan har bir o`yin yakunida o`qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o`yin guruh a’zolari tomonidan qanday qabul qilingani, guruhda qanday g`oyalar tug`dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.
- Bingo
Dars mashg`ulotidan oldin o`qituvchi bingo-jadval tuzadi. 25 ta kvadratga eng muhim ma’lumotlar va topshiriqlar joylashtiriladi. Dars davomida bingo-jadval har bir o`quvchiga tarqatiladi. Uni to`ldirish uchun 20 minut vaqt beriladi. Qaysi o`quvchi gorizontal, perpendikulyar yoki diagonal joylashgan kvadratlardagi topshiriqlarni birinchi bo`lib bajarsa, “bingo” deb xitob qiladi. G`olib o`quvchiga rag`batlantiruvchi sovg`a beriladi (kitob, jurnal kabi).
5-sinfning I choragida gap bo`laklari o`rganiladi. Yakunlovchi mashg`ulotda “Bingo” o`yinini o`tkazish mumkin. Buning uchun quyidagicha bingo-jadval tuziladi va o`quvchilarga yetarli tarzda ko`paytiriladi:
- ta’limning innovatsion metodlarini baholash va unga munosabat bildirishga o`rgatadi.
Ta’lim jarayonida qo`llangan har bir o`yin yakunida o`qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o`yin guruh a’zolari tomonidan qanday qabul qilingani, guruhda qanday g`oyalar tug`dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.
2. O`z xotiralari bilan o`rtoqlashish
O`yinni o`tkazishdan maqsad:
- Sinfda o`quvchilarning o`zaro hamkorligini, o`zaro ishonch muhitini ta’minlaydi.
- O`quvchilarning fikrlash qobiliyatini o`stiradi.
- Sinf o`quvchilariga bir-birlarini yaxshi anglash uchun sharoit tug`diradi. Kichik guruhlardagi o`quvchilar soni 10-12 tadan oshmasligi kerak. O`yinga 10 minut vaqt ajratiladi.
5-sinf o`zbek tili darslarida bu o`yin o`tkazilganda o`quvchilardan 5 yil oldin maktabga ilk qadam qo`ygan kunlarini xotirlash so`raladi. Xotirlash jarayoni dastlab noverbal bajariladi (ichki nutq). So`ngra xotiralar og`zaki bayon etiladi. Mazkur o`yin o`quvchilar xotirasini mustahkamlaydi, mustaqil fikrlash va bog`lanishli og`zaki nutq ko`nikmalarini o`stiradi. Xotirlash jarayoniga turtki bo`ladigan manbalardan (rasm, “Alifbe” kitobi, qo`ng`iroq) foydalanish mumkin.
3.»O`z o`rningni top» o`yini
Didaktik o`yinlar o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O`quvchilar mashg`ulot jarayonida o`tkaziladigan didaktik o`yinlarga qiziqib ishtirok etadilar. Shu orqali o`tilayotgan mavzuni oson va tez tushunib oladilar. To`g`ri tashkil qilingan didaktik o`yin o`quvchini dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi, uni zerikishdan va toliqishdan asraydi.
Didaktik o`yinlardan barcha fanlarni o`tishda foydalanish mumkin. Ona tili darslarida ham bunday o`yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ona tili ta’limining “Fonetika”, “Leksikologiya”, “Morfologiya” kabi bo`limlarida didaktik o`yinlardan foydalanish imkoniyatlari keng. Biz 7-sinfda «Olmosh» so`z turkumini o`rganish jarayonida o`tkaziladigan didaktik o`yinlar haqida so`z yuritamiz. Olmosh turkumi bir necha ma’noviy guruhlarga bo`lib o`rganiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari o`rganib bo`lingach, o`quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va sinash maqsadida bir qator o`yinlar o`tkazish mumkin. Shunday o`yinlardan biri «O`z o`rningni top» o`yinidir. O`yin quyidagi tartibda o`tkaziladi. O`qituvchi olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlarni bir necha qog`ozlarga alohida – alohida yozib, ularni stol ustiga teskari holda qo`yadi. Olmoshning ma’noviy guruhlari nomlari yozilgan qog`ozlarni esa bir necha o`quvchiga berib, ularni doska oldiga chiqaradi. O`quvchilar qo`llarida olmoshning biror ma’noviy guruhi nomi yozilgan qog`ozni ushlagan holda qator turadilar. Qolgan o`quvchilar esa bir necha kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh olmoshning biror ma’no guruhi nomi bilan nomlanadi. Guruh a’zolari tartib bilan stol oldiga kelib, qog`ozlarni olib, undagi so`z bilan tanishadilar va mazkur so`z olmoshning qaysi turiga mansub bo`lsa, o`sha ma’noviy guruh nomini ushlab turgan o`quvchi qatoridan o`rin oladilar. Shu tariqa barcha o`quvchilar o`z o`rnini topadilar. O`yin yakunlangach, o`qituvchi o`quvchilar qatori bilan tanishib chiqadi va adashgan o`quvchilarni safdan chiqarib, o`z o`rniga o`tishiga yordam beradi. Adashmasdan o`z o`rnini topgan guruh o`yin g`olibi deb e’lon qilinadi. O`quvchilar bu o`yinda ishtirok etishlari uchun olmoshning ma’noviy guruhlari bilan yaxshi tanish bo`lishlari lozim. Aks holda o`yinda yaxshi ishtirok eta olmaydilar.
O`yinning keyingi bosqichida topshiriq bir oz murakkablashadi va tartibiga o`zgartirish kiritiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari doskaga yozib qo`yiladi. Stol ustiga esa olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlar bilan bir qatorda boshqa turkumga mansub so`zlar ham aralash holda qo`yiladi. O`quvchi endi o`zi olgan so`zning olmosh turkumiga mansub yoki mansub emasligini ham o`ylab ko`rishi kerak. Olmosh turkumini yaxshi o`rgangan o`quvchi o`yinning bu bosqichida ham qiynalmaydi. Guruh a’zolari navbat bilan chiqib so`zlar yozilgan kartochkalarni oladilar va bu so`z olmoshning qaysi guruhiga mansub bo`lsa, uni o`sha guruhga yozib qo`yadilar. Guruhning qolgan a’zolari ham o`yinni shu tartibda davom ettiradilar. O`yin yakunlangach, o`qituvchi yozilgan so`zlarni ko`rib chiqadi va qaysi guruh xatoga yo`l qo`yganligini aniqlaydi. So`zlarni o`z o`rniga xatosiz holda qo`ygan guruhni g`olib sifatida e’lon qiladi. Har bir guruhga tegishli ballarni qo`yadi.
Bu o`yin ham “Olmosh” turkumini o`rganishda qo`llanishi mumkin. Bu o`yin yakunlovchi o`yinlardan biri bo`lib, biror bo`lim yoki so`z turkumi yakunida o`tkazilishi mumkin. O`yinning o`ziga xos o`tkazilish texnologiyasi mavjud. “Olmosh” so`z turkumining ma’noviy guruhlari o`rganib bo`lingach, shu o`yindan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. O`qituvchi bu o`yinni o`tkazishga puxta tayyorlanishi lozim. Buning uchun olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlar to`rt burchak shaklida qirqilgan qog`ozlarga yoziladi. Xuddi shunday qog`ozlarga ot, sifat, son, fe’l, ravish turkumiga mansub bir necha so`zlar ham yoziladi. Ular aralashtirilib yuboriladi. Masalan: hamma, u, kim, kitob, omad, siz, yaxshi, necha, bordi, kelyapti, onam, kim uchun, nima qilyapti, o`qiyapti, hech kim, bolalar, har kim, inson, o`zim, do`stim, qo`qqisdan, qanday.
Bunday so`zlar bir necha guruhga mo`ljallab tuziladi va har bir guruhga alohida yuqoridagi kabi turli turkumga mansub bo`lgan so`zlar beriladi. Guruh a’zolari berilgan bir necha so`zlar ichidan olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlarni saralab oladilar va ularni ma’noviy guruhlarga ajratadilar. Saralab olingan so`zlar guruhning biror a’zosi tomonidan o`qib eshittiriladi. Qolgan guruh a’zolari esa bunga o`z munosabatini bildiradi. Shu tarzda guruhlarning topshiriqni qanday bajarganliklari aniqlab olinadi. Xatolikka yo`l qo`ygan guruhlarning xatolari tuzatiladi. G`olib bo`lgan guruh alohida rag`batlantiriladi.
Bunday o`yinlar orqali o`quvchilar guruh bo`lib ishlashga o`rganadilar, o`yinlar vositasida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarining diqqati ta’lim jarayoniga to`liq jalb etiladi. Bu o`yinlardan boshqa so`z turkumlarini o`tishda ham foydalanish mumkin.
Bu o`yin ta’lim jarayonida bir necha yillardan beri qo`llanib kelmoqda. Bu o`yinda bir so`zdan bir necha so`zlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu o`yin turi o`quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Biz bu o`yinni aynan takrorlamoqchi emasmiz, balki uni ma’lum bir mavzuga bog`liq holda o`tkazish yo`llari xususida fikr yuritmoqchimiz. Berilgan so`z tarkibidagi harflarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, bir necha so`zlar hosil qilish mumkin. Demak, bu o`yinni ma’lum bir mavzu bilan bog`liq holda o`tkazsa ham bo`ladi. «So`zdan-so`z» o`yinidan tilning barcha sathlarini o`qitishda foydalanish mumkin.
Leksikologiya bo`limida shakldosh, zid ma’noli so`zlar mavzularini o`rganishda bu o`yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o`qituvchi shakldosh yoki zid ma’noli so`zlarni keltirib chiqarish mumkin bo`lgan so`zlarni tanlay bilishi va shundan keyin uni o`quvchilar e’tiboriga havola qilishi lozim.
Omonim (shakldosh) so`zlar mavzusi o`rganilgach, o`quvchilarga quyidagi so`zlarni berish va ulardan shakldosh so`zlarni keltirib chiqarish vazifasi topshiriladi.
Mustaqil, ishtirokida, sayozliklardan.
Mustaqil so`zidan qil (qilmoq fe’li, sochning qili), til (tilmoq fe’li, tana a’zosi nomi), ishtirokida so`zidan tor (cholg`u asbobi, sifat turkumiga xos so`z), kir (kirmoq fe’li, sifat turkumiga xos so`z), ot (ism, hayvon nomi, otmoq fe’li), osh (taom nomi, oshmoq fe’li) shakldosh so`zlari keltirib chiqariladi.
Zid ma’noli so`zlar mavzusida bu o`yindan qisman foydalanish mumkin.
Mavzu yuzasidan mashqlar ishlanib, kerakli tushunchalar berilgandan so`ng o`quvchilarga qarag`ayzorlar, ko`zmunchoq so`zlarini berib, antonim so`zlari keltirib chiqarish topshiriladi.
Qarag`ayzorlar so`zidan oq-qora, ko`zmunchoq so`zidan och-ko`mmoq so`zlarini hosil qilish mumkin.
Bu o`yindan morfologiya bo`limida ham keng foydalanish mumkin.
Ot so`z turkumida berilgan so`zlardan atoqli otlar hosil qilish topshirig`i beriladi.
Bilimdorlarga so`zidan quyidagicha otlar hosil qilish mumkin:
- Atoqli otlar. Nodir, Rim, Ali, Dilbar, Lola, Nil, Narimon.
- Turdosh otlar. a) qavm-qarindoshlik otlari: aka, ona, bola;
- b) mahsulot nomlari: don, limon, in, bino, bol;
- v) mavhum otlar: darmon, ilm, ishon.
Qolgan so`z turkumlarida ham o`yinni shu tarzda o`tkazish mumkin.
Sintaksis bo`limiga xos bo`limlarni mustahkamlashda ham bu o`yindan foydalanish imkoniyati bor. Faqat bu bo`limda «So`zdan-gap» tarzida o`tkaziladi. 5-sinfda «Sodda yig`iq gap», «Sodda yoyiq gap» mavzulari o`rganilganda, shu o`yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o`quvchilarga bilimdonlarimizga so`zi beriladi va undan sodda gaplar keltirib chiqarish topshiriladi. O`quvchilar quyidagicha sodda yig`iq gap va sodda yoyiq gaplar tuzish mumkin: Nodir oldi. Ona bo`ldi. Ona Rimga bordi. Bolalar Lolani izladi va hokazo. Umuman olganda, «So`zdan-so`z» o`yini qiziqarli o`yinlardan bo`lib, undan qay darajada foydalanish o`qituvchining mahoratiga bog`liq.
- «Parashyutdan sakrash» o`yini
- Ushbu o`yinni yangi mavzuni mustahkamlash, takrorlash – mustahkamlash darslarida qo`llash mumkin. «Parashyutdan sakrash» o`yini uchun magnitli doska, qalin qog`ozdan yasalgan parashyutlar va topshiriqqa muvofiq gap yoki so`zlar yozilgan qog`ozlar kerak bo`ladi. Berilgan topshiriqqa muvofiq so`zlarning javobi parashyutlarning pastki qismiga yoziladi. Parashyutlar soni varaqlar soniga teng bo`ladi.“Sifatning ma’noviy guruhlari” mavzusini o`tishda yoki ma’noviy guruhlar o`rganib bo`lingach, takrorlash va mustahkamlash darslarida parashyutdan sakrash o`yinini quyidagicha tashkil etish mumkin. Doskaning yuqori qismiga parashyutlar, parashyutlarning ostki qismiga sifatning ma’noviy guruhlari nomi yozib qo`yiladi. Doskaning pastki qismiga esa sifat ma’noviy guruhiga kiruvchi so`zlar yozilgan varaqlar yopishtiriladi. Bu o`yinda ishtirok etuvchi o`quvchilar sifatning ma’noviy guruhiga kiruvchi so`zlar yozilgan qog`ozni o`sha so`z mansub bo`lgan guruh nomi yozilgan parashyut to`g`risiga yoki pastiga qo`yishlari kerak. O`yin aksincha tashkil etilishi mumkin, ya’ni sifat ma’noviy guruhi nomi yozilgan parashyutni, shu guruhga kiruvchi so`zlar yozilgan qog`oz oldiga yopishtirilishi ham mumkin. Qolgan o`quvchilar javoblar to`g`riligini kuzatib borishadi. Agar o`quvchi parashyutlar to`g`risiga, shu parashyutga tegishli bo`lgan so`zlar yozilgan qog`ozni to`g`ri joylashtira olsa, parashyutdan sakragan hisoblanadi va o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi. Bu o`yin juda qiziqarli bo`lib, o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishini va faolligini oshiradi. O`yinga xos kerakli jihozlarni va ularning to`g`ri bajarilish holatini chizmada quyidagicha ko`rsatish mumkin.
Ma’za-ta’m sifatlari shirin, achchiq, nordon, taxir Miqdor sifatlari ko`p, mo`l, oz Hid bildiruvchi sifatlar muattar, qo`lansa Holat bildiruvchi sifatlar xursand, ho`l, issiq Shakl bildiruvchi sifatlar baland, do`mboq, uzun Rang-tus bildiruvchi sifatlar Qo`ng`ir, oq, qizil, yashil, ko`k Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar sodda, quvnoq, sho`x, kamtar “Parashyutdan sakrash o`yini”ni “Fe’lning ma’noviy guruhlari”, “Otlarning ma’noviy guruhlari”, “Yuklamalar” mavzularini o`rganishda ham qo`llash mumkin.
- «Juftini toping» o`yini
- Bu o`yin ijodkorlikka undovchi o`yinlardan bo`lib, undan yangi mavzuni mustahkamlashda, takrorlash va mustahkamlash darslarida foydalanish mumkin.5 – sinfda «Morfologiya» bo`limining «So`zlarning tuzilish jihatdan turlari» mavzusi o`rganiladi. So`zlar tuzilish jihatdan sodda, qo`shma, juft va takroriy so`zlarga bo`linadi. “Qo`shma so`zlar” mavzusi o`rganilganda, shu o`yindan foydalanish yaxshi samara beradi. O`yin quyidagi tartibda o`tkaziladi. Sinf o`quvchilari beshta kichik guruhga bo`linadi. Har bir guruhga qo`shma so`zlarning bir qismi beriladi va ikkinchi qismini topish topshiriladi. O`quvchilarga bitta yoki bir nechta so`z berilishi mumkin. Agar bitta so`z berilib, shu so`zdan bir necha qo`shma so`zlar hosil qilish topshirilsa, o`quvchilar ko`proq izlanadilar. O`yin ikki bosqichda o`tkaziladi. Birinchi bosqichda qo`shma so`zning birinchi qismi berilib, undan qo`shma so`zlar hosil qilinadi. Guruh a’zolari topshiriqni quyidagi tartibda bajaradilar.
«Tengdosh» «Yog`du» «Tafakkur» «Umid» «Nihol» gul gulbeor gulbahor gulbog` gulqaychi gultojixo`roz ko`z ko`zoynak ko`zmunchoq ko`zbo`yamachi ko`zboyloqchi qora qorabayir qorabotir qoramol qorakuya oq oqsaroy oqtepa oqqo`rg`on oqsoqol bir bir mahal bir oz bir ma’noli bir necha 3 Guruhlar topshiriqni o`z o`rinlarida yoki yozuv taxtasida bajarishlari mumkin. O`qituvchi guruhlarning javoblarini ko`rib chiqadi va o`z munosabatini bildiradi. O`yinning ikkinchi bosqichida qo`shma so`zlarning ikkinchi qismi beriladi va undan qo`shma so`zlar hosil qilish topshiriladi. Bu bosqichda topshiriq murakkabroq bo`lib, guruh a’zolarini ko`proq fikrlashga, izlanishga va o`zaro maslahatlashishga undaydi. O`quvchilar berilgan so`z ishtirokida qo`shma so`zlar hosil qiladilar.
«Tengdosh» «Yog`du» «Tafakkur» «Umid» «Nihol» gul qoqigul karnaygul pechakgul kelmoq olib kelmoq borib kelmoq ko`rib kelmoq qilmoq qabul qilmoq e’lon qilmoq ta’zim qilmoq rang havo rang jigar rang bug`doy rang suv oqsuv qorasuv yettisuv O`quvchilar shu tartibda o`yinda ishtirok etib, berilgan so`zlarning juftini topadilar va qo`shma so`zlar hosil qiladilar. Bu o`yin o`quvchilarning o`rganilayotgan mavzuni yaxshiroq yodda saqlab qolishlariga yordam beradi, ularning ijodiy tafakkurini o`stiradi. «Juftini toping» o`yinidan «Juft so`zlar», «Antonim so`zlar», «Paronimlar» mavzularini o`rganishda ham foydalanish mumkin.
- “O`yla, izla, top”
Bu o`yin sinonim va omonimlar uchun qo`llansa, ko`proq o`rinli bo`ladi. Bu mavzulardan tashqari, o`zakdosh so`zlar, atamalar, tarixiy, olinma, uyadosh so`zlar mavzularini o`tganda ham qo`llasa bo`ladi. Bu o`yin o`quvchilarni topqirlikka, chaqqonlikka o`rgatadi va eng asosiysi, ularning darsga bo`lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi.
Masalan: Sinonim so`zlar mavzusi o`tilganda o`quvchilarga jadval berilib, unda bir sinonim so`zning ma’nodoshlarini topish topshirig`i beriladi.
j a n m yu a m b t o a t yo m o l z f t a m a r a s o t u r q o r ch e h n x u n b s i l a z o r a
- Yakunlovchi o`yinlar:
- Guruh bo`lib ishlash uchun sog`lom muhit tashkil etishga qaratilgan o`yinlar: