Press "Enter" to skip to content

Elektron darslik qanday qismlardan iborat bo‘ladi

43. Ota va o’g’ilning yoshi jami 66 yosh. Otaning yoshi – o’g’ilning yoshi teskari tartibda. Ular necha yoshda bo’lishi mumkin?

Turli yo’nalishlarda matematik boshqotirmalar to’plami, ularning yashiringan javoblari va turlari

Salom mening qadri baland qadrdonlarim! Siz uchun bugun on’gni rivojlantirish siri, ya’ni matematik boshqotirmalar haqida gaplashamiz hamda maqola oxirida bir qancha jumboqlar javoblari bilan keltirib o’taman. Avval diqqat bilan o’qing. So’ng javobini ko’rmasdan javob toping. Bu aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ushbu usul aql mashqlari deyilishi haq gap. Rivojlanish doimiy mantiqiy fikrlashni talab qiladi. Imkoniyatni boy bermang hamda hoziroq aql “bo’roni”ni kashf eting.

Hamma ham matematikani yoqtirmasligi aniq. Murakkab tenglamalar ustida ko’p soat ishlash har qanday odamni zeriktirishi mumkin. Lekin jumboqli savollar oʻzaro o’yin tarzida bo’lib, zerikish hissi bo’lmaydi.

Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )

  1. Jumboqlarni yechishning on’gni rivojlantirishda qanday ahamiyati bor
  2. Boshqotirmalarning qanday turlari mavjud
  3. Og’zaki boshqotirmalar
  4. Buyumli boshqotirmalar
  5. Matnli boshqotirmalar
  6. Rasmli boshqotirmalar
  7. Matematik boshqotirmalar to’plami, yashiringan javoblari bilan
  8. Xulosa

Jumboqlarni yechishning on’gni rivojlantirishda qanday ahamiyati bor

Zero, jumboq javobini topishda, to’laqonli fikrlash, tasavvuriy idrok, xotira, holatga noodatiy yondashuv qobiliyati rivojlanadi. Bolalarga boshqotirmalar nafaqat ajoyib o’qitish vositasi, balki zerikarsiz dam olish uslubi hamdir, bunday holatlarda javob topishdan haqqoniy rohatlanishadi.

Javob topishda sizga maxsus kasb yoki bilim shartmas, balki o’zgacha yondashuv, tezkorlik, zukkolik, sezgirlik va mantiqan toʻgʻri fikrlash zarur.

Qoida! Boshqotirmalarni yechish aniq bilim bermaydi, lekin matematika, geometriya, mantiq va shu kabilarni tushunishda yordam beradi. Zehn moslashuvchanligi va masalani turli jihatlardan ko’ra olishga turtki boʻladi, real hayotdagi muammolarda o’ziga ishonchni his qilishga yordam beradi. Shu sababdan jumboq yechish barcha oila a’zolarga ham foydalidir.

Boshqotirmalarning qanday turlari mavjud

Matematik jumboqlar turli shakllarda keladi. Ular shartlariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

• Kategoriya bo’yicha: bolalar, yoshlar, kattalar.

• Murakkablik darajasiga ko’ra: eng qiyin, qiyin, oddiy, juda oddiy.

• Strukturasiga ko’ra: matnli, og’zaki, rasmli (chizmali bo’lishi ham mumkin), buyumlar bilan.

Yuqoridagilar haqida sizga misollar asosida javoblari bilan quyida ma’lumot beraman.

Qani, boshladik unda!

Og’zaki boshqotirmalar

Og’zakilarga topishmoq va mantiqiy personaj savollar kiradi va ular og’izdan-og’izga ko’chib yuradi:

-It o’zining dum qismiga bog’langan tovaning taraqlagan ovozini eshitmasligi uchun qanday tezlikda harakatlanishi kerak?

Javobni ko’rish >>>
Harakat qilmasligi darkor ya’ni nol m/s tezlik bilan harakatlanishi kerak.

-Ikkita ota va ikkita o’g’il yo’lda borayotib, uchta nok topib olishdi. Ularning har qaysisi bittadan nok oldi. Qanday qilib bunday bo’ldi?

Javobni ko’rish >>>
Ular ota, dada va farzand bo’lishgan.

Buyumli boshqotirmalar

Buyumlar bilan foydalaniladigan buyum turiga qarab: gugurt cho’pli, kubik, palochka va hk. Ularni yig’ish, sochish, qayta qurish….mumkin. Hozirda dunyoda eng ommalashgani bu kubik Rubik.

Matnli boshqotirmalar

Matnlilarga esa Sudoku, krosvord, skanvord va boshqalar. Kattalar orasida sudoku keng tarqalgan. Uning maqsadi 1dan 9gacha sonlarni har bir katakka vertikal va gorizontal yoʻnalishda takrorlamasdan joylashtirish kerak.

Rasmli boshqotirmalar

Rasmli jumboqlar insonning ko’z xotirasini mukammallashtiradi. Bunga chizmalar, labirintlar, pazllar,… kiradi.

Boshqotirmalar bolalarda mustaqil fikrlash, oqilona qaror qabul qilish qobiliyatini, moliyaviy savodxonlikni oshiradi hamda eng asosiysi dunyoqarashni kengaytiradi. Ko’p hollarda ish beruvchilar ishga qabul qilishda kandidatlarni tekshirishda boshqotirmalardan foydalanishadi. O’zingiz orzu qilgan kasbni egallash uchun poydevor yaratasiz.

Matematik boshqotirmalar to’plami, yashiringan javoblari bilan

  1. Dilshodbek onasiga yordam berdi va velosipedda sumkalarni tashidi. Bir martada uchtadan sumka tashiy oladi. 8ta sumkani tashish uchun necha marta qatnaydi?

Javobni ko’rish >>>

2. Nok daraxtida 5 ta shox bor, har shoxda 5 tadan shoxchalari bor, bu shoxchalar ham 5 tadan novdalarga bo’lingan va ularning har birida 1 tadan nok bo’lsa, Hammasi bo’lib nechta nok bor.

Javobni ko’rish >>>

3. Ishchilar brigadasi 1-kun piyozpoyani yarmi va 2gektarni yulib bo’ldi, 2-kun qolgan qismining 25%i va 6gektarni yulib bo’ldi. Jami piyozpoya ekilgan maydonni toping.

Javobni ko’rish >>>

4. Mansur ishga piyoda boradi, uyga esa transportda qaytadi, jami yo’lga bir yarim soat sarflaydi. Agar butun yo’lni transportda bosib o’tsa 30 minut sarflaydi. Ishga piyoda borib kelish uchun qancha vaqt ketadi?

Javobni ko’rish >>>

5. Atirgul kunduzi 3-detsimetr, kechasi 2- detsimetr o’sadi. U necha kunda bir metrga ko’tariladi?

Javobni ko’rish >>>

6. O’quvchilar maktabni tugatishda bir birlari bilan o’z fotosuratlarini almashishdi. Sinfda 31 ta o’quvchi bo’lsa, jami necha marta almashtirish talab etiladi?

Javobni ko’rish
31*30=930 marta.

7. Feruzada Dilshodga nisbatan 5 so’m ko’p pul bor. Feruza Dilshodga 4 so’m qarz berdi.Ularning qaysinisida pul ko’p va qanchaga?

Javobni ko’rish >>>
Dilshodda Feruzaga qaraganda 3 so’m ko’p.

8. Buvi, ikki ona va ikki qiz birgalikda beysbol matchiga borishdi va bittadan bilet sotib oldi. Ular jami nechta bilet sotib olishdi?

Javobni ko’rish >>>
3ta (Buvi ham ona, ona ham qiz).

9. Temurbek yuk ortish payti bitta yashikka 10 ta kichik quticha yoki 8 ta katta quticha joylashtirdi. Hammasi bo’lib bitta partiyada 96 ta quticha jo’natildi. Kichiklari kattasiga nisbatan kam. Jami qancha miqdorda yashik jo’natildi?

Javobni ko’rish >>>
11 ta yashik, 4*10=40 va 7*8=56.

10. Qachonki, Navro’za 6 yosh bo’lganda, uning singlisi Gulsanam yarmiga teng edi. Agar Navro’za 40 yosh bo’lsa, Gulsanam necha yoshda?

Javobni ko’rish >>>
U 37 yoshda.

11. Sizga 3 ta butun son berildi. Siz bu sonlarni birgalikda qo’shishingiz va ko’paytirishingiz mumkin. Natija bir xil bo’ladi. Bular qaysi sonlar?

Javobni ko’rish >>>

12. 7 va 8 sonlari orasiga qaysi belgi qo’yilsa, natija 7 dan katta va 8 dan kishik bo’ladi?

Javobni ko’rish >>>
Kasr belgisi, ya’ni 7,8.

13. Muhammadali akvariumda ishlaydi. U har bir toshbaqani alohida idishga solib qo’ymoqchi bo’lsa, unda bitta toshbaqa ortib qoladi. Yo agar u ikkita toshbaqani bitta idishga qo’ysa, bitta idish ortib qoladi. Nechta toshbaqa va qancha idish bor?

Javobni ko’rish >>>
4 ta toshbaqa va 3 ta idish bor.

14. To’rt kishidan iborat oilaning jami yoshi 68 yosh bo’lib, 4 yil oldin 53 ga teng edi. Oilaning kichik a’zosining yoshi nechada?

Javobni ko’rish >>>

15. Besh ishchi 5 soatda 5 metr ariq qaziydi. 100 metr ariqni 100 soatda qazib bo’lish uchun nechta ishchi kerak?

Javobni ko’rish >>>

16. Bitta g’ishtning og’irligi bir kilogram va o’z vaznining yarmiga teng. Bitta g’isht necha kilogram chiqadi?

Javobni ko’rish >>>

17. Kuchukchalar va o’rdaklar birgalikda 44 oyoq va 17 boshga ega. Qancha kuchukcha va nechta o’rdak bor?

Javobni ko’rish >>>
5 kuchuk va 12 o’rdak.

18. Mansur bir son o’yladi. Bu songa birni qo’shib, so’ngra 2ga ko’paytirdi, ko’paytmani 3ga bo’ldi va bo’linmadan 5ni ayirdi, natijada 5 hosil bo’ldi. Anvar qanday son o’ylagan?

Javobni ko’rish >>>

19. Guruhda 30 ta talaba tahsil oladi. Ulardan 20 tasi nemis tilini biladi. 18 tasi fransuz tilini biladi. Savol: qanchasi ikkala tilni ham biladi?

Javobni ko’rish >>>
12 ta nemis, 10 ta fransuz, 8ta har ikki tilni biladi.

20. Beshta 2 yordamida 200 sonini qanday hosil qilish mumkin?

Javobni ko’rish >>>

21. Shilliqqurt daraxtda kunduzi 20 sm tepaga, kechasi 5 sm pastga yuradi. Necha kunda uch metr masofani bosib o’tadi?

Javobni ko’rish >>>

22. 300 metr uzunlikdagi poyezd minutiga 300metr tezlik bilan 300 metr uzunlikdagi tuneldan o’tishi zarur. Qancha vaqtda tuneldan o’tadi?

Javobni ko’rish >>>
Ikki minutda.

23. Men uch xonali sonman. Ikkinchi nomerim uchinchisidan 2 marta katta, birinchi nomerim esa ikkinchisidan 3 ga kichik. Men qaysi sonman?

Javobni ko’rish >>>

24. To’qqizga besh qo’shdim va natija ikki chiqdi. Javob to’g’ri, qanday qilib?

Javobni ko’rish >>>
Qachonki ertalab soat to’qqiz bo’lsa, unga besh soatni qo’shamiz va soat 14 bo’ladi.

25. Stolga ikkita gugurt donasini qo’ying. Yana ikkita gugurt dona qo’shib sakkiz sonini hosil qiling.

Javobni ko’rish >>>
Rim belgisida sakkiz yasaymiz.

26. Faqat qo’shish ishorasidan foydalanib, sakkizta sakkizdan 1000 sonini hosil qiling.

Javobni ko’rish >>>
888+88+8+8+8=1000.

27. Zooparkda 100 juft it bor. Ularni har biri ikki juftdan bolaladi. Afsuski, 23 ta kuchukcha yashay olmadi. Jami nechta it qoldi?

Javobni ko’rish >>>
977 it (100*2=200; 200+800=1000; 1000-23=977).

28. Qanday qilib beshdan ikkini olsak 4 qoladi?

Javobni ko’rish >>>
F I V E so’zidan F va E harfini olamiz, IV qoladi.

29. Agar siz bu sonni har qanday boshqa songa ko’paytisangiz yana shu son hosil bo’ladi. Bu son qaysi?

Javobni ko’rish >>>

30. Raqamni raqamning o’ziga qo’shing va keyin 4 ga ko’paytiring. Raqamni yana 8 ga bo’ling va siz yana bir xil raqamni olasiz. Bu raqam nima?

Javobni ko’rish >>>
Har qanday raqam.

31. 12 soat ichida devor qurish uchun 12 kishi kerak bo’ldi. Shunda 6 kishi bir xil devor qurish uchun qancha vaqt ketadi?

Javobni ko’rish >>>
Vaqt yo’q! Qayta qurishning hojati yo’q, ish allaqachon bajarilgan.

32. Bobo, ikki ota va ikki o’g’il birgalikda bog’ga kelishdi va ularning har biri bittadan kirish chiptasini sotib olishdi. Ular jami nechta chipta sotib olishdi?

Javobni ko’rish >>>
3 (atigi 3 kishi bor edi, chunki otasi ham o’g’il, bobosi ham ota).

33. Meni o’zingizga qo’shing va 4 ga ko’paytiring. Meni 8 ga bo’ling va siz meni yana topasiz. Men nimaman?

Javobni ko’rish >>>
Har qanday raqam.

34. Tovuq bir oyog’ida turganda 2 kg kelsa 2 oyog’ida tursa necha kg?

Javobni ko’rish >>>

35. Menda bir bochka vino bor, sizning vazifangiz esa undan bir gallon o‘lchash. Sizga besh litrlik idish va uch litrlik idish olsam bo’ladimi? Menga qanday yordam bera olasiz?

Javobni ko’rish >>>

Avval 3 gallonli idishni sharob bilan to’ldiring. Shundan so’ng, siz xuddi shu narsani 5 litrli idishga o’tkazishingiz kerak. Keyin 3 gallon idishni to’ldiring va sharobni to’liq bo’lguncha 5 gallon idishga o’tkazing. 3 gallonli idishdagi qolgan qismi 1 gallon sharobdir.

36. Mening javonimda ma’lum miqdordagi kitoblar bor, men bir kitobni oldim, o’ngdan oltinchi, chapdan to’rtinchisini. Mening javonimdagi kitoblar sonini bilib olasizmi?

Javobni ko’rish >>>

9 ((6 + 4) -1. Yoki siz 10 ta kitobdan iborat to’plamni joylashtirasiz va uning qanday ishlashini ko’rasiz).

37. Tomning og’irligi Piterning yarmi va Jerriniki Tomdan uch baravar ko’p. Ularning umumiy vazni 720 funtni tashkil qiladi. Har bir erkakning vaznini aniqlay olasizmi?

Javobni ko’rish >>>

720 ni 6 ga bo’lish orqali Tomning vazni 120 funt ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu ko’rsatkichni hisobga olsak, Piterning vazni 240 ,Jerri esa 360.

38. Yashnardan necha yoshda ekanligini so’rashdi. Uning javobi shunday bo’ldi: » siz besh yil oldin bu haqida so’raganingizda mening yoshim 2 yildan keyin ikki barobar katta bo’ladi». Uning yoshi nechada?

Javobni ko’rish >>>
12. Yashnar X yoshga to’lsin. X + 2 = 2 (X-5); X + 2 = 2X-10; X = 12.

39. 100 ga teng bo’lgan matematik tenglamada to’rtta to’qqizdan foydalaning.

Javobni ko’rish >>>
– 99+ (9/9) = 100.

40. Yetti bola ziyofatda uchrashishdi. Ularning har biri faqat bir marta qo’l silkitadi. Qo‘l siqishlarning umumiy soni qancha?

Javobni ko’rish >>>
Yigirma bir.

41. Uyga qaytayotganda Muslim yerda bir nechta sigaret qoldiqlarini ko‘rdi. Shu kurtaklardan sigaret yasashni o‘yladi, 4 ta sigaret qoldig‘i bitta sigaret bo’ladi. Yerda 16 ta sigaret qoldig‘i bor edi. U ulardan maksimal qancha sigaret yasashi mumkin?

Javobni ko’rish >>>

5. Birinchidan, u mana shu 16 ta sigaretdan 4 ta sigaret yasay oladi. Bu 4 ta sigaretni cheksa, u yana 4 ta chekishni oladi va undan yana sigaret yasashi mumkin.

42. Bayramga 100 nafar qiz keldi. Ulardan 85 tasi qizil sumkada, 75 tasi jigarrang tuflida, 60 tasi soyabon bilan kelgan, 90 tasida uzuk taqilgan.Bu toʻrtta narsaning hammasi nechta qizda bor edi?

Javobni ko’rish >>>

43. Ota va o’g’ilning yoshi jami 66 yosh. Otaning yoshi – o’g’ilning yoshi teskari tartibda. Ular necha yoshda bo’lishi mumkin?

Javobni ko’rish >>>

Buning uchta mumkin bo’lgan echimi bor: ota-o’g’il dueti 51 va 15 yoshda, 42 va 24 yoshda yoki 60 va 06 yoshda bo’lishi mumkin.

44. Agar to’rtta olma bo’lsa va uchtasini olsangiz, sizda nechtasi bor?

Javobni ko’rish >>>
Siz uchta olma oldingiz, aniqki, sizda uchta bo’ladi.

45. Sizga telefon beriladi va qurilmaning raqamli klaviaturasidagi barcha raqamlarni ko’paytirish so’raladi. Javob nima bo’ladi?

Javobni ko’rish >>>

Nol (raqamli klaviaturada 0 raqami mavjud bo’lganligi sababli, istalgan raqamni nolga ko’paytirsangiz, javob nolga teng bo’ladi).

46. Ikki tovuq ikki daqiqada ikkita tuxum qo’yishi mumkin. Agar bu eng yuqori tezlik bo’lsa, 500 daqiqada 500 ta tuxum olish uchun qancha tovuq kerak bo’ladi?

Javobni ko’rish >>>
2 ta tovuq.

47. Maryamning 7 ta qizi bor, ularning har birining ukasi bor. Meri farzandlarining umumiy sonini sanab bera olasizmi?

Javobni ko’rish >>>
8 farzand, chunki opa-singillarning faqat bitta ukasi bor.

48. Kichkina bola do’konga borib, 12 ta pomidor sotib oladi. Uyga qaytayotganda, to’qqiztadan boshqasi ezilib ketdi. Yaxshi holatda qancha pomidor qoldi?

Javobni ko’rish >>>

49. Bir paytlar yetti mitti bor edi, ularning hammasi birodar edi. Ularning barchasi ikki yil farq bilan tug’ilgan. Eng yosh mitti yetti yoshda. Uning katta akasi necha yoshda?

Javobni ko’rish >>>
Katta akasi 19 yoshda.

50. Bir o’rdakning narxi 9 so’m, o’rgimchak 36 so’m turadi, asalari esa 27 so’m. Ushbu ma’lumotni hisobga olgan holda, mushukning narxi qanday bo’ladi?

Javobni ko’rish >>>
18 so’m (har bir oyoq uchun 4,50 so’m).

51. Hammasi bo’lib 600 kishilik golf klubi bor. Klubdagi erkaklarning 5 foizi bitta tatuirovkaga ega. Ishtirokchilarning qolgan 95 foizini hisobga olsak, ularning yarmida ikkita tatuirovka bor, qolgan erkaklarda esa hech qanday tatuirovka yo’q. Klubda qancha tatuirovka ko’rishingiz mumkin?

Javobni ko’rish >>>

600. Maʼlumotlarga koʻra, ularning 5 foizi yoki 30 nafarida bitta tatuirovka bor. Qolgan 95% yoki 570 erkaklarning yarmida ikkita tatuirovka bor, qolgan yarmida esa yo’q. Bu ularning barchasida tatuirovka borligi bilan tengdir.

52. 5 ta ovchi 5 kunda 5 dona bedana yeydi. Sizningcha, 15 ta ovchi 15dona bedanani necha kun yeyishadi?

Javobni ko’rish >>>

15 ovchi ham 5 kun ichida 15 dona bedana yeydi. Agar 5 ta ovchi ma’lum vaqt ichida 5 dona bedana yesa, 15 ta ovchi bedanani eyishni tezligidan 3 barobar ko’p, shuning uchun ular 5 kun ichida 15 dona bedana yeyishadi.

53. Bir banka suvning og’irligi 500 gramm. Xuddi shu banka kerosin bilan 350 grammni tashkil qiladi. Kerosin suvdan 2 baravar engilroq. Bo’sh banka og’irligi qancha?

Javobni ko’rish >>>

54. Qanday qilib 5 ta olmani beshta bolaga teng bo’lish mumkin, qachonki har biri bittadan olma oladi va savatda bitta olma qoladi?

Javobni ko’rish >>>
Bir bola savat bilan olma oladi.

55. Xonaning to’rtta burchagi bor. Har bir burchakda mushuk bor. Har bir mushukning qarshisida uchta mushuk bor. Har bir mushukning dumida bitta mushuk bor. Xonada nechta mushuk bor?

Javobni ko’rish >>>
Xonada faqat to’rtta mushuk bor.

56. Bir kishidan “Yoshingiz nechada?” deb so’rashibdi. U shunday debdi: “10 yil oldin o’g’limdan 4 marta katta, 10 yil keyin undan ikki marta katta” deb javob beribdi. Bu kishi necha yoshda?

Javobni ko’rish >>>

50 yosh. Otasini x yosh desak, o’g’lini y desak. Tenglamalar sistemasi tuzamiz: x-10=4(y-10), x+10=2(y+10).)

57. 10 ta apelsinni 12 talabaga teng taqsimlang, har bir apelsinni 3 tadan ko’p bo’lmagan teng qismlarga bo’lish sharti bilan.

Javobni ko’rish >>>

Biz 6 ta apelsinni yarmiga, qolganlarini esa 3 ta teng qismga kesib tashladik, shundan so’ng biz har bir talabaga apelsinning yarmini va uchdan birini beramiz.

58. Daraxtda 6 ta chumchuq o’tirgan edi. Ovchi otib ikkitasini urib yubordi. Daraxtda nechta chumchuq qolgan?

Javobni ko’rish >>>
Qolmagan – qolganlarning hammasi uchib ketishdi.

59. Bir tuxumni 4 daqiqa qaynatib oling. Keyin u pishirilgan hisoblanadi. 5 ta tuxumni necha daqiqa pishirish mumkin?

Javobni ko’rish >>>
4 daqiqada.

60. Tikuvchining 18 m mato bo’lagi bor va har kuni 3 m kesadi. U oxirgi marta qaysi kuni kesadi?

Javobni ko’rish >>>
Beshinchisida.

61.Yashnarda ikkita tanga mavjud. Hammasi bo’lib, ular uch so’m. Ularning biri bir so’mlik emas. Bu tangalar qanday?

Javobni ko’rish >>>
Bir va ikki so’mlik

62. Mahmud va Anvar bir yarim soat shaxmat o’ynadi . Ularning har qaysisi qancha vaqt o’ynadi?

Javobni ko’rish >>>
Bir yarim soat

63. Sobirning uyida to’rtta kuchuk bor. Har bir kuchuk nahorda ikkita sosiska yeydi. Bugun Sobir hamma kuchuklarini to’ydirishga bitta sosiska yetmay qoldi. Bugun unda nechta sosiska bor ?

Javobni ko’rish >>>

64. Beshta ekskavator 5 soatda 5 m xandaq qaziydi. 100 soatda 100 m ariq qazish uchun nechta ekskavator kerak bo‘ladi?

Javobni ko’rish >>>

Xuddi shu beshta ekskavator kerak bo’ladi, ortiq emas. Aslida beshta ekskavator 5 m zovurni 5 soatda qazishadi; demak, beshta ekskavator 1 soatda 1 m ariq qazigan bo’lardi, 100 soatda esa 100 ta ekskavator.

65. Jasur va Muhayyoning 4 ta o’g’li bor. Har bir o’g’lining bitta opasi bor. Jasurlarning jami nechta farzandi bor?

Javobni ko’rish >>>
To’rt o’g’il va bir qiz.

66. 10 km uzunlikdagi ko’prik, roppa-rosa 30 tonnani ko’tara oladi. To’liq jihozlangan yuk mashinasi, haydovchi bilan og’irligi 30 tonna bo’lib, ko’prikda harakatlanyapti. Ko’prikning markazida 100 gramm og’irlikdagi qaldirg’och mashinaga qo’ndi. Lekin ko’prik buzilmaydi. Nega?

Javobni ko’rish >>>
Mashina ko‘prikning o‘rtasiga yetarkan, yonilg‘i tugagan.

67. Tantani 15 bo’lakka ajratish uchun nechta joyidan kesish zarur?

Javobni ko’rish >>>

68. Sonning yarmining yarmi yarimga teng. Bu qaysi son?

Javobni ko’rish >>>
Bu 2. Buning yarmi 1 ga teng va bu raqamning yarmi yarimga – 0,5 ga teng.

69. Birda yuzgacha raqamlar ichida necha marta sakkiz qatnashadi?

Javobni ko’rish >>>

70. 22=11, 12=6, 6=4, 4=4. Bu tenglik nimani hisobiga bajariladi?

Javobni ko’rish >>>
Harflar sonidan olingan.

71. Uch yil oldin Akmalning amakivachchasi yoshiga nisbati hozirgidek edi. Qanda holatda?

Javobni ko’rish >>>
Ularning yoshi teng bo’lgan.

72. Doktor kasalga to’rtta dori yozib berdi va har 30 daqiqada qabul qilishni aytdi. Dorilarni ichish qancha davom etadi?

Javobni ko’rish >>>

73. Tuya 10 pud yukga bir soat chidaydi. 1000 pud yuk uchunchi?

Javobni ko’rish >>>
Yo’q. Tuya bu og‘irlikni ko‘tarolmaydi.

74. Vasila 7 yoshda. Va Zuxra 13 yoshda. Uch yildan so’ng ular orasidagi yosh farqi qancha bo’ladi?

Javobni ko’rish >>>
Olti yil (yosh orasidagi farq o’zgarishsiz qoladi).

75. Uyda 20 ta yoritgich mavjud, ulardan 6 tasi kuyib qolgdi. Qancha yoritgich qoldi?

Javobni ko’rish >>>
Yigirmata (15 donasi ishlaydi va 6 donasi kuygan).

76. To’qqizta hassada qancha uch mavjud?

Javobni ko’rish >>>
O’n sakkizta.

77. Nexia 3 avtomobili Andijonga ketyapti. Yo’ davomida to’rtta mashinaga duch keldi. Andijonga qarab nechta mashina ketyapti?

Javobni ko’rish >>>

78. Avvalgi kun Jasmina 20 yoshda bo’lsin. kelayotgan yili u 23 ga kiradi. Shunday bo’lishi mumkinmi?

Javobni ko’rish >>>

Ha. Bugun birinchi yanvar va Jasminaning tavallud topgan kun 31 dekabr bo’lsa. Bir kun oldin (30 dekabr) Jasmina 20 yoshda edi, kecha (31 dekabr) 21 yosh bo’ldii, bu yil 22 yoshga kiradi, keyingi yili 23 yosh bo’ladi.

79. Radiusi 100 metrli aylanasimon koʻl va 2 ta daraxt mavjud boʻlib, birinchisi qirgʻoqda suvga yaqin joyda, keyingisi koʻlning markazida orolchada joylashgan. Suzishni bilmagan odam masofasi 2000 detsimetrdan bir oz uzunroq bo’lgan trosdan foydalanib orolchaga borishi darkor. Qanday holatda boradi?

Javobni ko’rish >>>

Trossni uchini chekkada joylashgan daraxtga bog’laydi, ko’lni aylanib o’tish va arqonning ikkinchi tomonini o’sha daraxtga bog’lash darkor. Oxirida, orolchaga boorish uchun daraxtlar orasiga ikki qavat tross bog’lanadi.

80. Agar kechasi soat 12 da yomg’ir yog’sa, 96 soatdan keyin quyoshli ob-havo bo’lishini kutish mumkinmi?

Javobni ko’rish >>>
Yo’q, chunki 96 soatdan keyin yana yarim tun bo’ladi.

81. Trassa atrofidagi postda 2 ta chegarachi bor. Birinchisi trassaning yon tarafiga, keyingisi qarama-qarshi tarafga yuzlanadi, lekin ular bir birlarini ko’radi. Qanda holatda? Oyna yordamidagi usul va boshqalar. – nazarda tutilmagan.

Javobni ko’rish >>>

Chegarachilar qarama-qarshi tarafga yuzlansalar ham, ular orqagamas, balki bir-birlariga qarama-qarshi turadi.

82. 2 va 3 o’rtasida qaysi belgini qo’ysak, ko’rinish 4 dan katta va 5 dan kichik bo’ladi?

Javobni ko’rish >>>

83. Abdulazizning 13 ta echkisi bor. 11 tadan boshqa barchasi o’ldi. Nechta echki qoldi?

Javobni ko’rish >>>

84. Xaridor gul va guldonni 22 so’mga oldi. Gul 20 so’m turadi. Gul guldonga nisbatan 20 so’m narxi ko’p. Guldonni narxi qancha?

Javobni ko’rish >>>
1 so’m (1+20= gul narxi).

Xulosa

Agar siz murakkab matematikadan qochishni afzal ko’rsangiz, siz uchun ajoyib jumboqlar mavjud. Maqolamiz boshida tilga olgan sir ham shu edi aslida. Siz azizlardan turli jumboqlarni kommentariyada kutib qolaman va albatta birgalikda yechamiz.

Elektron darslik qanday qismlardan iborat bo‘ladi

1. Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari

2. Е XCEL el е ktron jadvalining asosiy el е m е ntlari

3. MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish

Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkorravishda ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlashda kabi keng ko’lamli masalalarni echishda qo’llaniladigan o’ta quvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Vikicalk (Vikiblencalculatork – ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Artk firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan. 1981 yil IBM PC kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Vikicalk va Kupercalk dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birga Microsoft – Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining erkin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarning paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.

Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari

1. Elektron jadvallar qo’llaniladigan sohalar juda ko’p Masalan, moliya, buxgalteriyaga oid ish xaqini hisoblash, har xil iqtisodiy texnik hisoblar, kundalik xo’jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblash va hokazolar.

2. Elektron jadvalning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo’lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.

3. Birinchi elektron jadval dastur visi Calc nomi bilan 1980 yillari boshida ishlab chiqilgan.

4. Excel dasturining dastlabki versiyasi 1994 yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

5. E xcel dasturini ishga tushirish xuddi Word dasturini ishga tushirish kabi uch xil usul bilan amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi usullardan birini amalga oshirish mumkin

2-usul: Ekrandagi E xcel dasturi tugmachasini ustiga strelkani qo’yib chap tugmani ikki marta bosib, dasturni faollashtiramiz

3-usul: Kompyuterda avval yaratilgan biror elektron jadvalni ustiga ko’rsatgichni qo’yib “Enter” tugmachasini bossak yoki sichqon chap tugmasini ikki bor bossak E xcel dasturi faollashib, ushbu jadvalni ochib beradi

E xcel dasturi faollashtirish uchun bundan boshqa usullar ham mavjud, bu kompyuterga o’rhatilgan WINDOWS versiyasiga bog’liq.

E xcel dasturi interfeysi quyidagicha

6. Excel dasturi ishga tushirilganda u shartli «Книга1» nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi , tafsiya etilgan kitobda 3 ta varaq (Лист1, Лист2, Лист3) bo ’ lib , zaruratga qarab yana varaqlar qo ’ shish mumkin bo ’ ladi .

7. Ехсе l dasturi yordamida tayyorlangan fayl kengaytmasi xls bo’ladi. Har bir xls faylda 1dan 255 tagacha varaq joylashishi mumkin.

8. Excel jadvali Excel 97 versiyasida 16384 ta 2000 yil versiyasida 65536 ta satr va 256 ta ustundan iborat. Satrlar 1 dan 65536 tagacha butun sonlar bilan nomlahgan. Ustunlar esa Lotin alifbosi harflari bilan belgilanadi.

Е XCEL el е ktron jadvalining asosiy el е m е ntlari

MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval yach е ykalarining (xonalarining) ma’lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har hil arifm е tik amallar va boshlang‘ich ma’lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir.

El е ktron jadval yach е ykalariga uch hil ma’lumotlarni kiritish mumkin:

Matnli ma’lumotlar sarlavha, b е lgi, izoxlarni o‘z ichiga oladi.

Sonli ifodalar b е vosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.

Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.

Formulalar har doim «=» b е lgisini quyish bilan boshlanadi. Formula yach е ykaga kiritilgandan k е yin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yach е ykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki b е lgilardan biri o‘zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib b е radi.

EXCELning asosiy ishlov b е rish ob’ е kti hujjatlar (dokum е ntlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokum е nt­lari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS k е ngaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» d е b ataladi. Ular bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi el е ktron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» d е b ataladi. Ular bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib el е m е ntlaridan biri ishchi varaq, ya’ni el е ktron jadval hisoblanadi.

El е ktron jadvalning asosiy el е m е ntlari esa yach е yka va diapazonlardir.

Yach е yka — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun k е sishmasi oralig‘ida joylashgan el е m е ntdir. Yach е yka k е sishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator k е sishmasida joylashgan yach е yka — A4 d е b nom oladi. Yach е ykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.

Bir n е cha yach е ykalardan tashkil topgan guruh diapazon d е b ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan yach е ykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yach е ykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4

Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki yach е ykalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, l е kin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.

MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish

MICROSOFT EXCEL dasturini bir n е cha usul bilan ishga tushirish mumkin:

1. Ish stoli m е nyusidan quyidagilarni bajarish orqali:

«Pusk»—«Programmo‘»—«MICROSOFT EXCEL» (8.1-rasm).

2. MICROSOFT EXCEL da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida (8.2-rasm), bunda EXCEL dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi.

MICROSOFT EXCEL ishga tushirilgandan so‘ng ekranda ikkita darcha hosil bo‘ladi: ilovalar darchasi va hujjatlar darchasi (8.3-rasm).

Ilovalar darchasining asosiy el е m е ntlari

1. Sarlavhalar qatori. Bunda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi kitobining nomi b е riladi.

Shu q atorning o ‘ng yu q ori burchagida darchaning tash q i k o ‘rinishini o ‘zgartiruvchi uchta bosh q aruv tugmasi joylashgan.

1) Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur «Pusk» m е nyusi qatorida paydo bo‘ladi.

2) Ish olib borilayotgan muloqot darchasini ekranda to‘liq yoki dastlabki holatga k е ltirish tugmasi

3) Ish olib borilayotgan muloqot darchasini yopish tugmasi

2. M е nyu qatori (gorizontal m е nyu). Unda quyidagi bo‘limlar mavjud: «Fayl» (Fayl), «Правка» (To‘g‘irilash), «Vid» (Ko‘rinish), «Вставка» (Qo‘yish), «Format» (Bichim), «S е rvis» (Xizmat ko‘rsatish), «Dannoy» (Ma’lumotlar), «Okno» (Oyna), «Sправка» (Ma’lumotnoma). Ulardan biri bilan ishlash uchun qatordagi ixtiyoriy bo‘lim ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib k е lib bosiladi, natijada tanlangan bo‘lim m е nyusi el е m е ntlari ro‘yxati ochiladi. M е nyo‘lar bilan ishlash MICROSOFT EXCEL ning asosiy buyruqlarini b е rish usullaridan biri hisoblanadi.

3. Uskunalar pan е li.

a) Standart uskunalar pan е li buyruqlarni ko‘rsatuvchi, gorizontal m е nyuning standart buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.

b) Bichimlash uskunalari panеli, buyruqlarni k o ‘rsatuvchi va kiritilayotgan axborotlarni bichimlashga imkon bеruvchi tugmalardan iborat.

4. Formulalar qatori. MICROSOFT EXCEL ga ma’lumotlar kiritilayotganda barcha axborotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu qatorda aks ettiriladi.

5. Nom maydoni. Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol yach е ykalarining manzili va nomi ko‘rsatiladi. Nom maydoni diapazon (yach е ykalar guruhi)ga yoki tanlangan yach е ykaga t е zda nom b е rish uchun ham ishlatiladi. Agar sichqoncha ko‘rsatkichini nom maydonidan o‘ng tomonda joylashgan str е lka ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi kitobidagi nomlangan yach е ykalar va diapazonlarning ( agar ular mavjud bo‘lsa) hamma nomlarini birma-bir ko‘rib chiqish mumkin.

6. Holat qatori. Unda yachеykaga tеgishli turli ma’lumotlar k o ‘rsatiladi.

XULOSA
Respublikamizda barcha soxalarda zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish , jumladan soliq sohasida ham kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo ‘ lib hisoblanmoqda . Uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida, jumladan umumiy o’rta ta’limda xam pedagogik va axborot texnologiyalaridan, shu bilan birgalikda multimedia va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Hozirgi davrda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish davr talabi hisoblanadi. Ms Office tarkibidagi asosiy dasturlardan foydalanish texnologiyasi ularni to’ldirishga imkon yaratadi.Shu sababli umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari oldida yangi muammolar, ya’ni o’qitilayotgan fanning o’zlashtirish sifatini oshirish vazifasi turibdi. Bu borada informatika fanini o’qitishda ham bir qator innovatsion uslublar qo’llanilmoqda. Shulardan biri zamonaviy multimedia texnologiyalaridan foydalanishdir.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining Informatika darslarida multimediali didaktik vositalarlaridan foydalanish yuqori samara berishi bilan bir qatorda, o‘quv jarayonida axborot va innovatsion texnologiya usullarini qo‘llashga keng imkoniyatlar beradi.

Foydalanilgan saytlar ro’yxati.

Elektron darslik qanday qismlardan iborat bo‘ladi

«O’qish – o’sish demakdir»

Loyihalar:
�� Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
�� Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656

Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.

About
Blog
Apps
Platform

Elektron kitobxona
17.4K subscribers
Godoni kutish [@e_kutubxona].epub

Samuel Bekket
�� “Godoni kutish”
�� EPUB

Kitobxonlar klubi: 2023-yil muhokamalarida o‘qish va munoqasha qilish uchun tanlangan asarlar ro‘yxati

• 28-yanvar: Jinoyat va jazo
• 11-fevral: Navoiy
• 25-fevral: Kitob o‘g‘risi
• 11-mart: Turkiston qayg‘usi
• 25-mart: Sohilsiz dengiz
• 15-aprel: Fozil odamlar shahri
• 29-aprel: Jeyn Eyr
• 13-may: Oltin zanglamas
• 27-may: Mamlakatlar tanazzuli sabablari
• 10-iyun: Qirol Lir
• 24-iyun: Jannatdagi soyalar
• 8-iyul: Byug Jargal
• 29-iyul: Buyuk shaxmat taxtasi
• 12-avgust: Jinlar bazmi
• 26-avgust: Qizil va qora
• 16-sentabr: Hukmdor
• 30-sentabr: Mazaxchini o‘ldirish
• 14-oktabr: O‘tkan kunlar
• 28-oktabr: Bovari xonim
• 11-noyabr: Godoni kutish
• 25-noyabr: Mahbub ul-qulub
• 9-dekabr: Alvido, Vatan
• 23-dekabr: Oliver Tvist

Barchasi tanlovli muhokama hisoblanadi.

• Elektron shakliga havola berilmagan asarlarni kutubxona yoki kitob do‘konlaridan topishingiz mumkin.

«Inson bolasi boyish vasvasasida yalpi tus olgan taqlidchilikka taqlid qilish va manmanlik o‘rtasida ovorayu sarson bo‘lib yuradi. Mana shu uch narsa – ommaviy ongning uch nahang balig‘i. Hamma yerda va hamma zamonlarda odmi odamlarning hayotlari shular zaminida barqaror turadi. Barcha katta-kichik kulfatlar ulardan hosil bo‘ladi. Ularga in quradi. E’tiqodlar va qarashlarning qashshoqligi, nochorligi ham ulardan. Odmi odamlarning tengsiz qudratga ega bo‘lgan bu mafkurasini yengadigan kuchni yer yuzida topish mushkul. Din ham bundan mustasno emas. Ichi bo‘sh va xavol bo‘lsa-da, hech qachon nuramas bu qoyaga ruhning qanchadan-qancha parvozlari o‘zini urib, parcha-parcha bo‘lib ketmagan deysiz. Uning choparlarga qo‘shilib borayotgani ham o‘shandan dalolat – ruh nochor, lekin horimas. »

Chingiz Aytmatov. “Qiyomat” romanidan

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​”Kitobxonlar klubi”da navbatdagi №167 mutolaa uchun Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning “Eng yaxshi kitobxoni” deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 28-yanvar, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.

11.4K views 16:00

«Muhimi yaxshi kitob tanlash. Kitoblar ovqatga o‘xshaydi. Uni foydali va zararlisi bor. Ba’zisi foydali ozuqa va ba’zisi o‘ta yog‘li, foydasi ko‘p, lekin nafs xushlamaydigan bo‘ladi. Shirin, ishtaha ochuvchi taom bo‘ladi, lekin u foydali bo‘lmaydi. Ba’zi ovqatlar zahri qotil bo‘ladi. Yana zaharli lekin shirin parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Kim ustidagi mazasiga aldansa ichidagi zahri uni o‘ldiradi! Kim topgan narsasini achchiq-chuchuk, issiq va sovuqligini aralashtib yesa me’da va ovqatni yomon hazm qilish dardiga yo‘liqadi. Kim hamma narsani o‘qiyversa unda aqliy hazmni buzilishi paydo bo‘ladi.
Kitoblarning jannatga kirgizadigani bo‘ladi. Do‘zaxga kirgizadigani bo‘ladi. O‘quvchi hushyor bo‘lsin. Ishonchli ustoz va ulamolardan so‘rasin. Bo‘lmasa mutolaani tark qilgan yaxshi.
Yoshligimizda, bizning zamonda bu televizor, radio degan narsalar bo‘lmagan. O‘sha narsalar hali ixtiro qilinmagandi. Ovozli videolar bo‘lmagan. Bizning ovunchimiz faqat kitob bo‘lardi. Bunaqangi rasmli nashrlar yo‘q edi. Vaqt o‘tkazish uchun yengilroq narsa o‘qishni istasak “Qisosu Antara”, “Hamzatu al bahlavan”, “Al malikatu zatul himma”, “Siyrotu Bani Hilol” va shunga o‘xshash chavandozlik hikoyalarini o‘qirdik. So‘ng odob kitoblarini o‘qishni boshlardik. “Al ag‘oniy”ni (yigirma nechadir jildli) hammasini ikki yozgi ta’tilda o‘qib chiqqanman. Men o‘shanda o‘rta maktabning birinchi sinfida o‘qirdim. Undagi hamma narsani tushunmaganman, yarmini ham tushunmaganman. Lekin, o‘qiganman. Undagi xabarlarning ko‘pi xotiramda muhrlanib qolgan. Ancha vaqt bo‘lgani, xotiram zaiflashgani bilan hamon yodimda turadi».

Shayx Ali Tantoviy

Islom hazorasi [@e_kutubxona].pdf

�� “Islom hazorasi”
Ahmad Muhammad
Risola
0.3 MB
�� PDF
�� 77 sahifa

Ushbu kitob Islom hazorasi (sivilizatsiyasi) tarixi, uning o‘z zamonasida naqadar ilg‘or va peshqadam bo‘lganligi va ulamolarimizning dunyo ilmida peshvo sanalganlari haqidadir.

Ilmda so‘zga qaraladi, so‘zlovchiga emas. Siyosatda esa avvalo so‘zlovchiga qarash kerak, so‘ng so‘zga.

Agar kambag‘allik va johillikka qarshi kurashmasak, bir kun kambag‘al va johillarga qarshi kurashishga majbur bo‘lamiz.

Mutaxassislarning vatandan chiqib ketishi vatanga xiyonat emas. Balki bu holat vatan bo‘lishga yaraydigan muhitni izlab ketishdir.

Agar yolg‘onni yetarli miqdorda takrorlasang, yo ilmiy haqiqatga yoki siyosiy nazariyaga aylanadi. (Ayman Yog‘iy)

Xalqlar ma’rifati qanchalik oshsa, istibdod shunchalik kamayadi. (Molik ibn Nabiy)

Elitasi istiqlol mas’uliyatini bo‘yniga ololmagan xalqlarga ozodlik juda og‘ir yuk bo‘ladi. (Molik bin Nabiy)

Tinchligi uchun erkini qurbon berganlar, ikkovisiga ham haqli emaslar. (Benjamin Franklin)

Haqiqat erkinlikdan hech qachon qo‘rqmaydi. Undan faqat egrilik, jaholat va adolatsizlik xavfsiraydi. (Shayx Muhammad Gʻazzoliy)

Birov saning ustingga faqat egilganingdagina minib olishi mumkin. (Martin Lyuter King)

– Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan nuktalar (3)

6.3K views edited 13:52

«Ayol kishining nimaligini xudoning oʻzi biladi, men ularni miridan-sirigacha oʻrganganman! Lekin qilgan gunohing uchun undan bo’yningni egib kechirim so’rab koʻr-chi, «oldingizda aybdorman, kechiring, boshqa qilmayman», deb bor-chi, ana undan keyin bilasan nima bo’larkin, boshingga ta’nadashnomlar do‘lday yogʻiladi! O’la qolsa boʻldi, kechirdim demaydi, seni lattaday ezadi, tahqirlaydi, aslida bo’lmagan narsalarni bo’ldi deb yuzingga soladi, hech narsani unutmaydi, yana oʻzidan ancha narsalarni ham yoniga qo’shadi, ana undan so’ng, balki, kechirganday boʻlar. Yana buni ularning eng yaxshisi qiladi! Hamma narsalarni qirib-qirtishlab boshingdan ag’daradi – ular hammasi shunaqa, teringni shilib oladi, bu farishtalarning hammasi bitta qolmay xuddi mana shunaqa. Ammo ularsiz biz bechoralarga kun yo’q! Azizim, senga ochig’ini aytay, har qanday o’zini tanigan-bilgan, risoladagi odam, kim boʻlmasin, qandaydir bir ayolning tovoni ostida yashashi kerak. Mening e’tiqodim shu; e’tiqod emas, hissiyot. Erkak keng bagʻirli olijanob boʻlmogʻi darkor, bu erkakni aslo pastga urmaydi. Jasur qahramonni ham yerga urmaydi, Sezarni ham pastga urmaydi! Shunday bo’lsa ham, baribir, kechirim so’rama, hech qachon, hech qanday holda soʻrama. Bu qoida esingda tursin, buni senga akang Mitya aytyapti, u xotinlar tufayli halokatga giriftor bo’ldi».

– Fyodor Dostoyevskiy. “Aka-uka Karamazovlar” romanidan

Yangi loyiha

Sahifamizda o‘zbek tilida yangi nashr etilgan kitoblar haqida kichik ma’lumotlar berib borishni reja qilyapmiz. Davomli va xayrli qilsin.

Beriluvchi (tavsiyamonand) kitoblar shaxsiy qarash va izlanishlar natijasi o‘laroq taqdim etiladi.

�� @e_kutubxona

• Kitob nomi: «G’oyam»
• Muallif: Najmiddin Erbaqon

• Tarjimon: Oybek Xaydarov
• Nashriyot: Azon kitoblari
• Til: O’zbekcha
• Yozuv: Kirillcha
• Betlar soni: 312
• Muqovasi: Yumshoq
• Chop etilgan yili: 2022

Ushbu kitob Turkiyaning davlat va jamoat arbobi, sobiq Bosh vaziri, bir nechta partiyalarning taʼsischisi va rahbari bo‘lgan Najmiddin Erbaqon qalamiga mansub memuar asardir.

Narxi qancha?
• Azon kitoblari: 34 ming so’m
• iBooK: 40 ming so’m
• Asaxiy Books: 45 ming so‘m

Kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

6.6K views edited 06:00

Islom feminizmi

Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”da 17 yoshli Ra’noning savodi haqida shunday yozadi:

“Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan – “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”, adabiyotdan – Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy ma’a Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusni xat, insho va boshqalar.

Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayxi Sa’diyning “Guliston”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir.”

P.S.: Ba’zilar O‘rislar kelib ayol-qizlarimiz ilm oladigan bo‘ldi deyishar edi. 17 yoshli Ra’noning ilmi Zulfiya mukofotini olganlar uyoqda tursin, Zulfiyaning o‘zida ham bo‘lmagan bo‘lsa kerak.

«Vatan qachon xarob bo‘ladi?
– Qachonki johil qahvaxonada o‘tirganini, universitet talabasi esa unga qahva keltirayotganiga shohid bo‘lsang, shunda xarob bo‘ladi.»

– Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

BIR ZAMONLAR g‘alati va miqti gavdali bir yigit yashagan ekan. U hayotda eng muhimi deb quyidagi uchta narsani bilardi:
1. Sochini hamma qaratgan tomonga emas, balki boshqa tomonga qaratib taraydi.
2. Kichkina, g‘alati mo‘ylov qo‘yadi.
3. Bir kun kelib dunyoni boshqaradi.

O‘sha yigit uzoq vaqt davomida tentirab yurib, dunyoni qanday qilib egallashi mumkinligi haqida o‘ylagan, rejalar tuzgan va kunlardan bir kuni nogahon eng mukammal reja miyasiga kelgan. U bolasi bilan yetaklashib ketayotgan onani ko‘rib qolgan. Ona o‘g’liga tinmay tanbeh beraverganidan bola yig‘lay boshlagan. Bir necha daqiqadan so‘ng ona farzandi bilan juda yumshoq ohangda gaplashgan va bola bir zumda tinchlanib, hatto tabassum qilgan. Yigit o‘sha onaning oldiga yugurib kelib, uni quchoqlagan va:
— So‘zlar! deya jilmaygan.
— Nima?
Ayolning savoli javobsiz qoldi. Yigit allaqachon ketib qolgan edi.
Ha, Fyurer dunyoni so‘zning kuch-qudrati bilan zabt etishga qaror qildi.
— Qurolga umumun ishim tushmaydi, chunki buning hojati yo‘q, — dedi u.
Ammo u anoyilardan emasdi. Uni umuman ahmoq odam deb bo‘lmas edi. Uning ilk hujum rejasi iloji boricha Vatanining hamma joyida so‘z ekib o‘stirishdan iborat edi. U har bir so‘zini kecha-yu kunduz parvarish qildi, ayamay ozuqa berdi. U butun Germaniya bo‘ylab so‘zlarning bepoyon o‘rmonlari paydo bo‘lishini kuzatib turdi. Xalq qolipga solingan fikr egalaridan tarkib topa bordi.
SO’ZLAR O‘SIB DARAXTGA AYLANGACH, bizning yosh fyurerimiz nishonlar o‘sib chiqishi uchun boshqa urug’larni sepdi va ular ham asta kurtak yoyishdi. Nihoyat fursat yetib kelgach, fyurer ishga kirishdi.
U odamlarni o‘zining ulug’vor bag‘riga yuragiga chorladi. O‘z qo‘llari bilan o‘rmonlardan uzib olgan eng go‘zal, eng qabih so‘zlari bilan boshqalarni o‘ziga qahrabodek torta boshladi. Ular kelishdi.
Ularning barchasi konveyerga o‘tkazildi va yugurik mashina orqali o‘n daqiqa ichida butun umrga arzigulik narsalar ko’rsatib chiqildi.
Og‘izlariga so‘zlar quyildi. Vaqt tushunchasi yo‘qolib qoldi. odamlar o‘zlari bilishlari kerak bo‘lgan hamma narsani bilib oldilar. Ular gipnozga tushib qolishdi.
Keyingi bosqichda ularga tegishli nishonlar tarqatildi va hamma o‘zida yo‘q baxtiyor bo‘ldi.
Ko‘p o‘tmay, ulug‘vor qabih so‘zlar va nishonlarga talab shu qadar oshib ketdiki, o‘rmonlar kengayishi bilan katta miqdorda daraxtlarni parvarishlovchi qo‘shimcha kuch topish zaruriyati paydo bo‘ldi. Ba’zi birovlarning ishi daraxtlarga tirmashib chiqish va pastda turganlarga so‘zlarni uzib uloqtirishdan iborat edi. Ularning og‘ziga fyurerning odamlaridan qolgan-qutgan so‘zlar quyilar edi.

– Markus Zusak. “Kitob o‘g‘risi”

#Oy_tavsiyalari
Fevral oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari

• Diniy-ma’rifiy:
�� “Vasatiya – hayot yo‘li” (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

• Jahon adabiyoti:
�� “Farengeyt bo’yicha 451 daraja” (Rey Bredberi)

O‘zbek adabiyoti:
�� “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov)

• Biografik:
�� “Stiv Jobs” (Uolter Ayzekson)

• Shaxsiy rivojlanish:
�� “Liderlik qonunlari” (Teodor Ruzvelt)

Mumtoz:
�� “Mantiq ut-tayr” (Fariduddin Attor)

• Tarix:
�� “Alvido, Vatan” (A’zam Hoshimiy)

• Ilmiy-ommabop:
�� “Oq nilufarlar yurtida” (Grigoriy Petrov)

11.1K views 12:25

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​”Kitobxonlar klubi”da navbatdagi №168 mutolaa uchun Oybekning “Navoiy” romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning “Eng yaxshi kitobxoni” deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 11-fevral, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.

Ko‘p kuzatyapman, o‘zbeklar orasida ham “bla. bla. bla. ” deyish urf bo‘libdi.

Yana o‘risga taqlid! Yana o‘ylamay o‘rischa so‘zlarga sig‘inish! Yana o‘zbekchani kamsitish!

Kirmagani shu qoluvdi o‘zi! Muncha birovnikini yaxshi ko‘radigan millatmiz?!

Ichimizda “Meniki emassan sen! Tur yo‘qol! Menga o‘zimizniki yetadi!” degizdiradigan tuyg‘u yo‘qmi?! Qolmaganmi?! O‘lganmi?!

Do‘stlar! Aka-uka va opa-singillar!
Tilning ham o‘ziga yarasha mahramiyati bor. Til yetti yot begonalar ruxsat so‘ramay bostirib kirib ketaveradigan karvonsaroy emas! Har bir millat o‘z tilini xuddi qizini, opa-singlisini, xotini va onasini yomon ko‘zlardan, tajovuzlardan asragandek asrashi lozim!

Oldin ham ko‘p yozganman: TIL DAYUSI bo‘lib qolmaylik! Tilimizga rashkli, qizg‘anchiq bo‘laylik!

O‘zbek tilimizda ko‘plar qo‘llayotgan shu “bla. bla. bla. “ni aniq ifodalaydigan “valaqlash” degan juda chiroyli so‘z bor. “Valaqlayapti”, deng. “Valaqlama!” deng. “Valaqi-salaqi”, deng. Juda agar uch marta takrorlamoqchi bo‘lsangiz, “valaq. valaq. valaq. ” deng! Aytmang shu “bla. bla. bla. “ni!

Bo‘ladi-ku axir! O‘ris emassiz-ku axir! O‘zbeksiz-ku axir!

Oldin bilmagan yo unutgan bo‘lsangiz, endi bilib oldingiz. Iltimos, keling, bugundan boshlab shu o‘rischa “bla. “ni tilimizdan siqib chiqaraylik, kelgan yeriga haydaylik, o‘rniga o‘zimizning so‘zni tiklaylik! Yashataylik!

Nurulloh Muhammad Raufxon