Press "Enter" to skip to content

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA OT SO‘Z TURKUMI

Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya sohasi isloh qilishni poydevordan, ya’ni boshlang‘ich sinflardanoq boshlashimiz lozim. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida ko‘p duch kelinuvchi mavzu – mustaqil so‘z turkumlaridan ot so‘z turkumining o‘qitilishiga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Yangi — 2020-2021-o`quv yili uchun tayanch o`quv rejasi tasdiqlandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy majlisga murojaatida maktab o`quv dasturlarini ilg`or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o`quv yuklamalari va fanlarni qayta ko`rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur ekanligini ta`kidlagan edi.

Bundan tashqari, 2018 yilning 14 avgust kuni «Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingan bo`lib, unda umumiy o`rta ta`limning amaldagi tayanch o`quv rejasini qayta ko`rib chiqib, 10 foizga qisqartirish vazifasi belgilab berilgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda O`zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha Yo`l xaritasi”ning 12-bandida “2019 yil dekabr oyidan boshlab, ilg`or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda davlat ta`lim standartlari, o`quv dasturlari va o`quv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish” vazifasi belgilangan.

Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida o`quvchilarning savodxonlik darajalarini aniqlashda kompyuter simulyasiyali interfaol topshiriqlardan foydalaniladi va barcha sinovlar kompyuter texnikasi yordamida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o`quvchilarining haftalik o`quv soati jami 88 soat etib belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me`yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang`ich sinflarning o`quv soati Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.

Endilikda asosiy e`tibor fanlarga ajratilgan soatlarga emas, balki ulardan samarali foydalangan holda sifatli ta`lim berishga qaratiladi.

Yuqoridagilar inobatga olinib, quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida 2019 yil 23 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan yig`ilish bayonining 24-bandida “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” fanlarini birlashtirgan holda 2020-2021 o`quv yilidan yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish belgilangan.

Shu munosabat bilan, “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” fanlarini birlashtirilib, yagona “Tarbiya” fani joriy qilindi. 2020-2021 o`quv yilidan boshlab 1-11-sinflarida “Tarbiya” faniga 1 soatdan ajratilmoqda.

“Ona tili va adabiyoti” fani

Ona tili va adabiyot fani bo`yicha etakchi olimlar, soha mutaxassislari va amaliyotchi o`qituvchilardan iborat ishchi guruhi tomonidan xorijiy davlatlarda ona tili va adabiyot fanining o`qitilishi tahlil qilindi.

Xususan, ona tili va adabiyoti fanining haftalik o`quv soati Estoniyada 39 soat, Germaniyada 41 soat, Finlyandiyada 42 soat, Angliyada 43 soat, Janubiy Koreyada 46 soat, Belorussiyada 42 soat, Qozog`istonda 58 soatni tashkil etadi.

Mazkur davlatlar umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fani umumta`lim davrida Estoniyada 1365 soat, Germaniyada 1230 soat, Finlyandiyada 1596 soat, Angliyada 1591 soat, Janubiy Koreyada 1886 soat, Belorussiyada 1428 soat, Qozog`istonda 1914 soat o`qitiladi.

O`zbekiston umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fanining o`quv dasturlari xorijiy tajribalar asosida o`quvchilarda tinglab tushunish, o`qib tushunish, yozish va og`zaki nutq ko`nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga yo`naltirilgan holda takomillashtirildi.

Yangi umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun 2020-2021 o`quv yiliga mo`ljallangan tayanch o`quv rejada ona tili va adabiyot fanini haftada 57 soat, yillik jami 1938 soat o`qitilishi belgilangan.

O`quv dasturlarni chuqur tahlil qilish natijasida muomalada ishlatilmaydigan qoidalar, murakkab grammatikaga oid, oliy ma`lumotli filolog mutaxassisini tayyorlashga yo`naltirilgan mavzular o`quv dasturlaridan qisqartirildi.

Xususan, 5-sinfda ona tili va adabiyoti fanidan 30 ta mavzu, 6-sinfdan 17 ta mavzu chiqarib tashlandi. Shuningdek, 5-sinfdagi 40 ta mavzu, 6-sinfda 23 ta mavzu yuqori sinflarga o`tkazildi.

Shuningdek, yangi o`quv yili uchun tasdiqlangan tayanch o`quv rejasidagi o`quv soatlari O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga moslashtirildi.

Bundan tashqari, bu borada mutaxassis olimlarning fikrlari ham o`rganildi, xususan, filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliev bu haqida shunday deydi:

Ona tili bo`yicha hosil qilinadigan malakani ikkiga ajratish mumkin:

1) til jamiyatidan o`zlashtiriladigan malaka (fonetik va grammatik malaka);

2) maktabda egallanadigan malaka (imlo, punktuasiya, leksika va b.)

Fonetika va grammatikaning imlo bilan bog`liq jihatidagina ta`limga ehtiyoj sezamiz. Fonetika va grammatikaga doir bundan boshqa bilimlarni keraksiz bilim deyish mumkin. Shu asosda ona tilidan “kerakli” (ishlaydigan) va “keraksiz” (ishlamaydigan) bilimni farqlash lozim. Ona tili darsliklariga yillar davomida kirib qolgan va “ishlamaydigan”, ta`limiga davlat mablag`i, o`quvchining vaqti va ota-onaning puli behuda sarflanayotgan bunday mavzularni qanday ajratamiz?

Shuningdek, olim tomonidan keltirilgan ayrim dalillarga ko`ra:

1. Urg`u bilan bog`liq mavzular. O`zbek tili – agglyutinativ til. Bunday tillarda grammatika juda rivojlangan, shuning uchun so`z ma`nolarini urg`u farqlamaydi va u nutqda sezilarsiz bo`ladi (ko`zlar – “ko`p ko`z”; ko`zlar – “mo`ljallar”). Uni ta`lim bilan rivojlantirish imkonsiz. O`zbek tilidagi so`z urg`usi qoidalar asosida aniqlanadi, nafaqat o`quvchi, hatto o`qituvchining o`zi ham uni topishda qiynalishining sababi ana shunda. Uni o`qitishga hech qanday hojat yo`q. Bu mavzu 1-sinfdan 11-sinfgacha taxminan 5 soat hajmida o`qitiladi.

2. So`z yasalishi bilan bog`liq mavzular. Til egalari nutqida so`z yasamaydi, balki (tubmi, yasamami) tayyor so`zdan foydalanadi. So`z yasamas ekanmiz, bu bo`yicha bilimlar ham ishlamaydi. Demak, bu mavzu ta`limi ham keraksiz. Mavzu 1-11-sinflarda taxminan 12 soat o`qitiladi.

3. So`zlarning birikish usullari (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) bilan bog`liq mavzular. Og`zaki va yozma nutq uchun bu bilimlar ham mutlaqo ishlamaydi. Bu mavzular rus tili grammatikasidan aynan ko`chirilgan, o`zbek tili tabiatiga sira ham mos emas. Bu mavzuga ham 1-sinfdan 11-sinfgacha taxminan 5 soat ajratilgan.

Afsuski, mazkur fanlarni o`qitishga ajratilayotgan soatlar hajmi, jalb etilayotgan o`qituvchilar soniga ko`ra xalq ta`limi tizimiga o`qitish uchun ajratilayotgan mablag`larning eng katta qismi sarflanayotgan bo`lsa-da, o`quvchilarning savodxonlik darajasi pastligicha qolmoqda. Eng achinarlisi, o`qituvchilarning o`zlari ham o`z mutaxassisligi bo`yicha etarli kompetentlikka ega emasligi Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida o`tkazilgan test sinovlari natijasida ma`lum bo`ldi.

Aslida o`quvchilarga biror bilimni o`rgatish unga ajratilgan soatda emas, balki uni o`rgatish metodikasiga bog`liq. Masalan, ayrim o`qituvchilar bitta mavzuni soatlab o`quvchilarga tushuntiradi, lekin o`quvchilar bu mavzuni etarlicha tushunmaydi. Bu borada tajribali o`qituvchi esa o`sha mavzuni 10-15 minutda qiziqarli tarzda o`quvchilarga tushuntiradi. Shunday ekan, fanga ajratilgan soatga emas, balki uni o`qitish metodikasini kuchaytirish zarur bo`ladi.

“Ona tili” darsliklarini tahlil qilish natijasida keraksiz, til malakasi uchun “ishlamaydigan” juda ko`p mavzular chiqarib tashlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag`ishlangan yig`ilishida ilm-fan sohasida islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida va yurtimizda azaldan rivojlangan ilmiy maktablar, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.

Shuningdek, oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga “Matematika” fani majburiy fan sifatida kiritildi.

Shu sababli, o`quvchilarga matematika fanini chuqurroq o`rgatish maqsadida 10-sinfda “Algebra” faniga haftasiga 1 soat qo`shib berildi va ushbu fanning haftalik o`quv soati miqdori 3 soatga keltirildi.

“Informatika va axborot texnologiyalari” fani

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma`naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko`tarish maqsadida 2020 yil “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi.

Joriy yilda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha tub burilish qilish, bu soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, ta`limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to`liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan qo`shib berildi va ularning haftalik o`quv soatlari miqdori 1 soatga keltirildi.

Bu orqali o`quvchilarning xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish maqsad qilingan.

“Kimyo” va “Biologiya” fanlari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag`ishlangan yig`ilishida ilm-fan sohasida islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida va yurtimizda azaldan rivojlangan ilmiy maktablar, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.

Shu sababli, o`quvchilarga STEAM ta`limi yo`nalishidagi fanlarni chuqurroq o`rgatish maqsadida 10-11-sinflarda “Kimyo” va “Biologiya” fanlariga 1 soatdan qo`shib berildi va ularning haftalik o`quv soatlari miqdori 3 soatga keltirildi.

“Geografiya va iqtisodiyot” fani

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 8-bandida “Bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lmagan fanlar asosida tuzilgan o`quv dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va o`quv fanlari sonini optimallashtirish” vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan, “Geografiya”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Tadbirkorlik asoslari” fanlarini birlashtirgan holda, yagona “Geografiya va iqtisodiyot” fani kiritildi. Bu orqali o`quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish va Xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda O`zbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish maqsad qilingan. Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida o`quvchilarning moliyaviy savodxonlik darajasi baholanishi nazarda tutilgan.

“Jismoniy tarbiya” fani

O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o`quvchilarining haftalik o`quv soati jami 88 soat belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me`yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang`ich sinflarning o`quv soatlari Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 30 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalga oshirish to`g`risida”gi majlis bayoni ijrosini ta`minlash maqsadida umumiy o`rta ta`lim maktablarida doimiy tarzda ommaviy sport turlari musobaqalarini o`tkazish orqali o`quvchilarning jismoniy sog`lom bo`lishlari, ular o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ishlari yo`lga qo`yilgan.

Shu sababli, 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanining haftalik o`quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.

“Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fani

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida maktab o`quv yuklamalari va fanlarni qayta ko`rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish ta`kidlandi.

Bu borada ilg`or xorijiy davlatlarning umumta`lim fanlari va o`quv yuklamalari o`rganib chiqildi.

O`rganish natijalarida ilg`or xorijiy (Angliya, Germaniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Estoniya kabi) davlatlarda mazkur fan o`tilmasligi aniqlandi. Shuningdek, “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fani o`qituvchisi “Jismoniy tarbiya” fani o`qituvchisi bilan hamkorlikda o`quvchilar o`rtasida turli sport musobaqalarini o`tkazadi.

Shu sababli, 10-11-sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fanining haftalik o`quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA OT SO‘Z TURKUMI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatishning nazariy asoslari yoritiladi. Maqoladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarining talabalari va shu sohada mustaqil izlanuvchilar foydalanishi mumkin.

Kalit so’z

ot so‘z turkumi, ot so‘z turkumining so‘roqlari, ot so‘z turkumini o‘qitishning vazifalari, otlarning ma’nolari, sinflar kesimida otlarni o‘rganish tizimi, otni o‘rganishda izchillik, ot so‘z turkumida son kategoriyasi, otlarda egalik qo‘shimchalari, otlarning turlanishi.

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA OT SO‘Z TURKUMI

Umarova Ozodxon,

Jizzax davlat pedagogika

instituti magistranti

Ma’lumki, yurtimizda va hattoki, jahon miqyosida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarni ijobiy natijalarga erishish uchun juda katta e’tibor qaratilmoqda. Dunyodagi ko‘plab rivojlangan mamlakatlar singari rivojlanish yo‘llarini belgilashda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish ishlari olg‘a surilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlab o‘tganidek:

Ta’lim-tarbiya — kelajak, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak.”1

Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya sohasi isloh qilishni poydevordan, ya’ni boshlang‘ich sinflardanoq boshlashimiz lozim. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida ko‘p duch kelinuvchi mavzu – mustaqil so‘z turkumlaridan ot so‘z turkumining o‘qitilishiga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratilishi — so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.

So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga: 1) leksik ma`nosi (nimani ifodalashi, ya`ni shaxs, narsa harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma`nolari), 2) morfologik ( so‘zning turli formalar sistemasi) va 3) sintaktik (turli morfologik formalarning sintaktik funksiya bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan guruhdagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma`nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe`l) bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar: 1) so‘z nimani bildirishi (shaxs, narsa belgisi, shaxs, narsa sanog‘i va tartibi, shaxs, narsa harakati yoki holati), 2) qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi, 3) o‘zgarish- o‘zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi, 4) gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi. O‘quvchilar mana shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar. 2

“Ot” mavzusini o‘rganish tizimi maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, bunda shu so‘z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liqlikda o‘rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.

Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan.

Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish vazifalari quyidagilar:

1) “ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;

2) kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish;

3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish;

4) otlarda son (otning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi) bilan tanishtirish;

5) otlarni egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish;

6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;

7) o‘quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish;

8) so‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.

Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, “Ot” mavzusini o‘rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo‘lgan bir vazifani hal qilishga ko‘proq ahamiyat beriladi. Masalan, I-II sinflarda so‘z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so‘roqlari) o‘rganiladi, III sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko‘plikda qo‘llanishini o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi. IV sinfda otning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganishga e’tibor qaratiladi. O‘quvchilarning nutqi va tafakkurini o‘stirish vazifasi esa mavzuni o‘rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o‘rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o‘quvchilar lug‘atini boyitishga, bog‘lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga qaratiladi.

So‘z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog‘), o‘simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig‘in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo‘ron, yomg‘ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o‘rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi.

Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko‘plikda qo‘llanadi, egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko‘proq ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan birika oladi.

Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o‘quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi.

“Otni o‘rganishda izchillik. Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor ko‘proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. So‘zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, abstraktlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilar so‘znnng aniq ma’nosini yetarli bilmaydilar, so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur,” – deya ta’kidlab o‘tilgan bugungi kunda ona tili o‘qitish metodika fanining asosiy adabiyoti hisoblanmish 2009-yilda nashr etilgan Qosimova va boshqalar hammuallifligidagi “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitobida.

Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O‘quvchilar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farqlashga o‘rganadilar. Bu bosqichda ular so‘z­larni so‘roq berish bilan farqlashni o‘rganadilar, o‘quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana bo­radi.

II sinfda otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.

“Ot” tushunchasini shakllantirish uchun shu so‘z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo‘lgan belgilarni, ularning nutqimizdagi o‘rnini ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. SHu maqsadda mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so‘zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o‘simliklar va hayvonlarni, tabiat hodisalarini, voqealarni bildiradigan so‘zlar g uruhlarga ajratiladi. SHu so‘zlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan belgilar aniqlanadi: bu so‘zlar shaxs, narsalarni bildirib kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sifat va boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, go‘zallik, ishonch, sevinch, o‘kinch, qo‘rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o‘quvchilar qiziqib so‘rasalar, otning bolalar o‘rgangan belgilari asosida (nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun o‘qituvchi o‘qish kitobidan matn tanlab, o‘quvchilarga matndagi otlarni topishni, so‘ngra matnni shu so‘zlarsiz o‘qishni topshiradi. O‘quvchilar matndagi otlarni tushirib qoldirib o‘qiganda, matn mazmunini tushunib bo‘lmasligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o‘rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu so‘zlarsiz bir-birimizga o‘z fikrimizni tushuntira olmaymiz.

Otlarda son bilan tanishtirish. 3-sinfda “Otlarda son”, ya’ni otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda: 1) birlik va ko‘plikda qo‘llangan otlarning ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi otdan ko‘plik shaklidagi va, aksincha, ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar – daftarlar, qalam – qalamlar, nok – noklar kabi. Suhbat asosida daftar so‘zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so‘zi nechta (ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so‘zlar bilan ham shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: agar otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo‘llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, ko‘plikda qo‘llanadi. Ko‘plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga –lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so‘rog‘iga, ko‘plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

Bu sinf o‘quvchilariga faqat birlikda qo‘llanadigan otlar, birlik shaklida qo‘llangan armiya, qo‘shin, xalq kabi otlar ko‘p­lik ma’nosini bildirishi, bunday otlarga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o‘quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin.

Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishini kuzatish aslidaso‘z shakli ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar otlarni ko‘plik qo‘shimchasi bilan o‘zgartirish, ya’ni otga shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shish bilan so‘zning leksik ma’nosi o‘zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.

Otlarda egalik qo‘shimchalari. Bu mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun murakkab hisoblanadi, chunki bu mavzu o‘rganilgunga qadar, o‘quvchilar “shaxs” tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o‘rganmagan bo‘ladilar. O‘quvchilarga egalik qo‘shimchasi shaxs, narsa birlik va ko‘plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o‘quvchilarni otlarda egalik qo‘shimchalari bilan tanishtirishda o‘qituvchi ishni sarlavhadagi “egalik” so‘zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: “egalik” ega bo‘lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma’nolarini bildiradi, demak, egalik qo‘shimchasi deganda biror narsaga ega bo‘lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekaninn bildiradigan qo‘shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi. Otga qo‘shilgan egalik qo‘shimchasi shu ot ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o‘qigan kitobim juda qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham qiziqarli edi.

Kitobim, kitobing, kitobi so‘zlari so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qilinadi va o‘quvchilar kitob – o‘zak, -im, -ing, -i qo‘shimcha ekanini aniqlaydilar. O‘qituvchi kitob va kitobim so‘zlarini taqqoslashni –im qo‘shimchasining ma’nosi haqida o‘ylab ko‘rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o‘quvchilar qo‘shimchaning ma’nosi haqida fikr yuritadilar, ammo kitobim so‘zining ma’nosiga (mening kitobim – kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O‘qituvchi qisqa tushuntiradi:

– Tilda uchta shaxs mavjud:

I shaxs – so‘zlovchi

II shaxs – tinglovchi

III shaxs – o‘zga

Hozir men sizga so‘zlayapman, tushuntiryapman, demak, men – so‘zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o‘zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanishini bilasiz. Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko‘plikdagi uch shaxsdan bi­riga qarashli ekanini otga qo‘shilgan egalik qo‘shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so‘ziga qo‘shilgan -im qo‘shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobniig egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo‘shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Kitobimiz so‘zidagi -imiz qo‘shimchasi kitob so‘zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko‘p shaxsga (ko‘p so‘zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i qo‘shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo‘­shilgan mana shunday qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari deyiladi. Egalik qo‘shimchalari tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi.

Egalik qo‘shimchalari otlarga ikki variantda qo‘shiladi. Akam va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qilinadi, qo‘shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo‘shimchalari, oxiri undosh tovushlar bi­lan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo‘shimchalari qo‘shiladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar “Ona tili”darsligidagi qoidani o‘rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar.

O‘quvchilarga egalik qo‘shimchalari haqidagi ko‘nikmani shakllantirish uchun matndan egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llangan otni topish, uni tarkibiga ko‘ra tahlil qilib, egalik qo‘shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo‘shimchasini qo‘shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.

Egalik qo‘shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishini o‘rganish jarayonida egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘rganish jarayonida esa egalik qo‘shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog‘lanib, so‘z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.

Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o‘rgatishda o‘quvchilarning gapda so‘zlarning bog‘lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o‘quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog‘langan so‘zlarni (so‘z birikmalarini) ajratishga o‘rganganlaridan so‘ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi ot gapda qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda qo‘shimchalar bilan o‘zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o‘quvchilar 1-sinfdayoq, so‘z shakllarining o‘zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so‘z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O‘quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so‘z o‘zgartuvchi) qo‘shimchalar bilan tanishadilar, bu qo‘shimchalar gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.

Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda ot yaxlit holda o‘rganiladi va uni o‘rganish o‘quvchilar shu so‘z turkumining belgilarini, vazifasini o‘zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. 1. Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektordagi nutqi.
  2. 2. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. – T.: Noshir, 2009.- B.-245-246, 258-260.
  3. 3. Internet resurslari (Ziyonet.uz, kitob.uz)

Tutuq ( ‘ ) belgisi 55-56- mashqlar

FK 1:- Nutqiy kompententsiya:-tinglab tushunish, so’zlash, o’qish, tutuq belgili so’zlarni o’qiy oladi.

Tarbiyaviy: O`quvchilarni mashqdagi matn orqali Vatanimiz poytaxti bilan tanishtirish, Vatanga mehr uyg`otish;

TK 4:- O’zidan kattaga yordam berish ;

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning bog’lanishli nutq, og`zaki va yozma nutq , lug`at ustida ishlash, mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: O`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarni rivojlantiruvchi

Dars uslubi: suhbat, tushuntirish, “Davom ettir” usuli, “Qismning butuni” mashqi, ”Quvnoq harflar”, “Fazoviy sayohat” o`yini.

Dars jihozi: darslik, videoroliklar, ko`rgazmalar, xatjild va topshiriqlar.

Darsning borishi.

I.Darsni tashkil etish: (2 min)

O`quvchilarni dars maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

  1. Uy vazifasini so`rash va o`tilganlarni mustahkamlash. (10 min)

Uyga vazifa darslikdagi 54-mashqni hazorat qilish baholash.

“ Tarmoqlash “ o’yini orqali mustahkamlash 54- mashq izohlanadi Javoblar: shahri, faxri, baxti, har, dasturxon, mehmon.

“Quvnoq harflar” o`yini.

Bu o`yinni o`tkazish uchun she’rni eng ifodali yoddan aytgan 8 nafar o`quvchi tanlanib xattaxta yoniga taklif qilinadi. O`qituvchi stolida teskari holatda qo`yilgan Q, O`, R, G`, O, N, I, M kesma harflardan bittadan tanlab olishadi. “Qo`rg`onim” so`zini o`quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib hosil qiladilar.

O`quvchilarga umumlashtiruvchi savollar beriladi.

  1. “Qo`rg`onim” so`zi nechta harf va tovushdan iborat? (8 ta harf, 8ta tovush)
  2. So`z necha bo`g`inli ekan? (3 bo`g`inli, 3-unli tovushlar soni)
  3. 8 va 3 ning ayirmasini toping. (5-undosh tovushlar soni)
  4. “Qo`rg`onim” so`zining ma’nosi nima ekan? (Vatan)

-Bugungi darsimizda biz Tutuq (‘) belgisi bilan tanishamiz va Vatanimiz haqida olgan bilimlarimizni yangi ma’lumotlar bilan to`ldirib boramiz. Tayyormisiz?

III. Yangi mavzuni tushuntirish. (14min)

-Bugun biz sizlar bilan Tutuq (‘) belgisi bilan tanishamiz.

Multimedia ilovada matn mazmuniga mos lavhalar, matn ovozi bilan audio va videorolik namoyish qilinadi.

-Aziz bolajonlar, hozir namoyish etilgan lavhalarga mos ma’lumotlar darsligimizda ham bormikin? Keling tekshirib ko`ramiz.

(O`qituvchi tutuq belgisi bilan tanishtirib qoidani o`qiydi. O`quvchilarga qoida haqida tushuncha beriladi, kuzatib boradilar)

55-mashq. Sur’at, Jur’at, Tal’at, San’at, qal’a, qat’iy, mash’al.

Topshiriq: tutuq belgili bo’g’inlarni tagiga chizing.

56-mashq Ra’-no, ba’-zi. va’ –da, ma’-no, ma’-qul , sa’-va, ta’-zim, ta’-lim, e’-lon

Topshiriq: Tutuq belgili so’zlarni bo’g’inga bo’lib chiziqcha bilan yozing

Dam olish daqiqasi :

Multimeda ilovada Erkatoy guruhining “O`zbekiston” qo`shig`iga mos harakatlar ko`rsatilgan bo`lib, o`quvchilar ko`rib birgalikda bajaradilar.

-Vatanimizni madh etuvchi qo`shiqni tinglab, kayfiyatimizni ko`tarib oldik. O’zbek tilimiz haqida she’rlar aytish, maqollarni bilasiz? (O`quvchilar bilgan maqollarini aytadilar. Darslikda berilgan maqol tanishtiriladi va mazmuni tushuntiriladi.)

Maqol: Ona yurting-oltin beshiging

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. (15 min)

Darslik bilan ishlash :

“Davom ettir” usuli

O`qituvchi o`quvchilarga darslikning mashqlarni umumlashtirib tutuq belgili so’zlar topib aytish: Masalan: sa’va – sava, ta’na – tana, da’vo – davo,sur’at – surat…..

“Fazoviy sayohat” o`yini

Multimedia ilovada o`yin o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi.

– Aziz bolajonlar! Yosh fazogirlar fazoviy kemada sayohatga chiqmoqdalar. Savollarga javob bersangiz, yosh fazogirlar sayohatga yo`l oladilar. Sizlarga omad tilayman!

  1. Darsga yakun yasash va o`quvchilarni baholash. (2min)
  1. Darsimizda nimalarni bilib oldingiz?

O`quvchilarni darsda ishtirok etishlariga qarab baholanadilar.

Darslikdagi 57 – mashq ajratib ko’rsatilgan so’zlarni ma’nosi,aytilishi, yozilishini qiyoslang.