Press "Enter" to skip to content

1 Синф Дарсликлари

O‘qituvchi bu ertakka ishlangan bir necha rasmlarni o‘quvchilarga

R. safarova, M. G‘ulomov, M. Inoyatova savod o‘rgatish darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma

dik qo‘llanma / R. Safarova, M.G‘ulomov, M.Inoyatova. – T.:

Tafakkur, 2012. – 144 b.

I. Safarova R., II. G‘ulomov M., III. Inoyatova, M.

1-sinfda Savod o‘rgatish darslarini o‘tishda o‘qituvchilarga metodik

yordam sifatida yaratilgan ushbu qo‘llanma qayta ishlangan 2-nashr si-

fatida Alifbe darsligiga tatbiq etilgan qator o‘zgarishlarni (yangi matn-

lar, so‘zlar, rasmlar kiritilganligini) hisobga olgan holda ishlab chiqilgan

bo‘lib, unda savod o‘rgatishning zamonaviy texnologiyalarini aks ettirish-

ga e’tibor berildi. Qo‘llanmada savodga o‘rgatish darslaridan qator namu-

nalar keltirilib, ular o‘qituvchilarga darslarni zamonaviy ta’lim talablariga

muvofi q tarzda o‘tish imkonini beradi.

Taqrizchilar:

Tal’at G‘afforovaQarshi DU professori, pedagogika fanlari nomzodi;

Nazira AhmedovaRespublika Ta’lim markazi boshlang‘ich ta’lim bo‘limi

Shohidaxon Roziqova – Andijon viloyati, Andijon tumani 25-maktab

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Metodik qo‘llanma Respublika Ta’lim Markazi huzuridagi

«Boshlang‘ich ta’lim» yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy metodik kengashning

2011-yil 28-oktabrdagi yig‘ilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan

Darsliklarni, jumladan, savod o‘rgatishning asosi hisoblangan alifbe

darsligini takomillashtirish davr talabidir. Takomillashtirish darslikning

metodik qurilshiga, mazmuniga, g‘oyaviy yo‘nalishiga birdek aloqador

bo‘lib, bunda, avvalo, didaktikaning umumiy mezonlariga hamda alifbe

darsligi tuzilishining xususiy mezonlariga asoslaniladi.

– bayonning ilmiyligi, tushunarliligi;

– o‘quv materiallarining hayot bilan bevosita aloqadorligi;

– bolalar yoshi va dunyoqarashi, o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini hi-

sobga olinishi kabi qator didaktik mezonlar alifbe darsligining tuzi lishida,

mazmunida hisobga olinishi zarurdir.

Shuningdek, alifbe darsligini tuzishda qator xususiy jihatlar ham mav-

jud bo‘lib, bular alifbe darsligini tuzishning asosiy qoidalarida ko‘zda tu-

tishni taqozo qiladi.

Alifbeni tuzishdagi asosiy qoidalar:

alifbe materiali bolalarda ongli, to‘g‘ri va ravon o‘qish, shuningdek,

harf, so‘z, kichik gap va bog‘lanishli matnlarni to‘g‘ri o‘qish malakalarini

hosil qilishga yordam beradi. O‘qish uchun berilgan matnlar, rasmlar mav-

zu jihatidan bolalarning saviyasiga mos bo‘lishi kerak;

alifbeda bolalarning tafakkuri va nutqini o‘stirish uchun ta’lim-tarbi-

yaviy matnlar hamda rasmlar beriladi. Rasmlar bolalarda savollarga javob

berish ko‘nikmasini, talaffuz qilish qobiliyatini o‘stirishi, o‘quvchilarni

nutq unsurlari bilan tanishtirishga, obrazli tafakkurini o‘stirishga, mustaqil

ravishda so‘z tanlashiga, gap va hikoya tuzishi ga xizmat qilishi kerak;

alifbening hajmi savod o‘rgatishga ajratilgan vaqtga mos bo‘lishi zarur;

alifbening harfi , terilishi, qog‘ozi, matn va rasmlarning to‘liq tushu-

narli bo‘lishiga, shuningdek, hoshiyaga, so‘zlar orasidagi masofaga, harf-

ning hajmiga, qog‘ozga, rasmlarning bo‘yog‘iga va yozuvning namunasiga

qo‘yilgan gigiyenik talablarga mos bo‘lishi zarur;

alifbening tashqi ko‘rinishi chiroyli, bezagi ravshan, bolaga yoqadigan

alifbe darsligida ko‘rgazmalilik bola bevosita idrok etadigan aniq ob-

razlar asosida bo‘ladi. Ko‘rgazmalilik mezonini asoslab bergan buyuk

olim Y.A. Komenskiy uqtirganidek, agar biron-bir narsani bir necha sezgi

a’zolari orqali idrok ettirish mumkin bo‘lsa, u narsani idrok qilish uchun

bir necha sezgi a’zolarini ishga solish kerak (ya’ni eshitib bo‘ladigan nar-

salarni eshittirish bilan; hidlarni – hidlatish; ta’mni – tatib ko‘rish, ushlab

ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarni ushlatib ko‘rsatish vositasi bilan idrok

Shuningdek, o‘quvchilar ongini faollashtirishda rebus-o‘yinlar, topish-

moqlar, turli jumboqlar katta ahamiyatga molik bo‘lib, ular savodga

o‘rgatish jarayonining qiziqarli va sermazmun bo‘lishiga imkon yaratadi.

Savodga o‘rgatishning o‘ziga xos metodlari mavjud bo‘lib, bundagi

asosiy talablar quyidagilardan iborat:

a) o‘zbek tilining tovushlari va mazkur tovushlarning yozuvda ifo-

dalanishining o‘ziga xos yo‘nalishlarini e’tiborga olish;

b) maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan bolaning ta’lim jarayo-

niga moslashish imkoniyatlarini o‘rganish, alifbegacha bo‘lgan davrda

o‘quvchilarni savod o‘rgatishga tayyorlash, ularda gapni so‘zdan, so‘zni

bo‘g‘inlardan va nihoyat bo‘g‘inlarni alohida tovushlardan tashkil top-

ganligi haqida tushunchani tarkib toptirish – savodga o‘rgatish alifbe-

gacha bo‘lgan davrdan to alifbe davri tugagunga qadar davom etadi.

Chunki o‘quvchining tovush, bo‘g‘in, so‘z va gapning o‘zaro aloqadorligi,

uyg‘unligi va yaxlitligini to‘g‘ri idrok etishi orfografi k savodxonlikka, to-

vushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, bola nutqining rivojlanishi va o‘sishiga

ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Dastlab bola so‘zni idrok etishi, so‘ng so‘zni

bo‘g‘inga, bo‘g‘inni tovushlarga ajrata olishi, gapni so‘zlardan, matnni

gap lardan farqlay olishi lozimdir.

Bu davrda asosiy e’tibor bola nutqini o‘stirishga, sinfda o‘quvchilar

jamoasini tashkil qilishga, bolani hali yaxshi o‘zlashtirilmagan vaziyatda

o‘zini erkin, bemalol his qilishiga, atrof- tevarak bilan tanishtirish, o‘quv-

chilar jamoasi bilan do‘stona aloqa o‘rnatish kabilarga e’tibor beriladi.

ALIFBE TUZISHNING TAHLIL – TARKIB USULI

Boshlang‘ich sinfl arda o‘quvchining kelajakdagi taraqqiyotini belgi-

lab beruvchi ruhiy, ta’limiy asoslar qo‘yiladi. Barkamol avlod taraqqiyoti

savod chiqarishning asosi bo‘lgan alifbe darsligining ta’limiy-tarbiyaviy

sifat darajasiga bog‘liq.

Savodga o‘rgatish davrida ta’lim jarayonida qo‘llash uchun asos bo‘lib

xizmat qiladigan tahlil-tarkib tovush usulining asosiy xususiyatlari quyi-

1. Savodga o‘rgatishning ilk davridanoq jonli nutqdagi tovush bilan

adabiy nutqdagi tovushni chog‘ishtirish asos qilib olinadi. O‘quvchi alif-

begacha bo‘lgan davrda, shuningdek, bog‘chaning maktabga tayyorlov

guruhlarida nutqdagi tovushlarni eshitish yo‘li bilan farqlashga o‘rgatiladi.

Alifbe davrida esa tovushni so‘zdan ajratib olishga, shu tovushni ifoda-

laydigan harfni tanishga o‘rgatiladi. Bunda tanishtirilishi lozim bo‘lgan

tovush boshqa tovushlar sirasidan ajratiladi. Baland ovozda talaffuz qili-

nadi, «tovush artikulyatsiyasi» ko‘rsatiladi. O‘quvchilarga tovushni talaf-

fuz qildiriladi. Shundan so‘nggina tovushni ifodalaydigan harf shakli bilan

tanish tiriladi. So‘zlarni o‘qishda esa tovush uyg‘unligiga, tovushlarni harf-

lab emas, bo‘g‘inlab biriktirib o‘qishga alohida e’tibor beriladi.

2. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida nutq bo‘laklarini

birlashtirish, uyg‘unlashtirish, tarkiblash yoki aksincha, yaxlit nutqni

bo‘laklarga ajratish-tahlil qilishga oid fi kriy operatsiyalar amalga oshirila-

di. Shuning uchun ham bu metod (ajratish-qo‘shish) tahlil-tarkib usuli deb

ataladi. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida (alifbega tayyorgarlik

davri, alifbe davri, alifbedan keyingi davrlarda) tahlil-tarkib operatsiyalari-

dan unumli foydalanib boriladi.

3. Alifbe davrida o‘quv materiallarini tanlash va joylashtirishda

o‘quvchining fi krlash darajasi, yoshi va imkoniyatlarini hisobga olgan

holda, nutq tovushlarining xususiyatlari nazarda tutiladi. Bu tamoyil to-

vush va harfl arni o‘rganish tartibiga, o‘qish uchun so‘z tanlashga, matn

tanlashga, matnlar hajmiga bevosita taalluqlidir.

4. Alifbe davrida o‘qish va yozishga o‘rgatishning uyg‘unlikda, baravar

olib borilishi tahlil-tarkib tovush usulining eng asosiy xususiyatlaridan biri

Tahlil va tarkibning savodga o‘rgatish davridagi bosqichlarini quyi-

dagicha ko‘rsatish mumkin:

1. Matndan gapni ajratib olish.

2. Gapni so‘zlarga bo‘lish, birorta so‘zni tanlash.

3. So‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish.

4. Bo‘g‘indan tovushni ajratish, uning bosma va yozma shaklini

ko‘rsatish hamda o‘rgatish.

1. Kesma harfdan bo‘g‘in va so‘z tuzish.

2. Tuzilgan so‘zni bo‘g‘inlab o‘qish.

3. Bir necha so‘zlarni o‘qish.

4. Yaxlit gapni o‘qish.

5. Yaxlit matnni o‘qish.

Bolalarni savodga o‘rgatishda tahlil-tarkib qilishga undovchi mantiqiy

topshiriqlardan foydalanib, o‘quvchilarda fi kr rivojlantiriladi. Fikrlash ja-

rayonida o‘quvchilar tafakkur yuritish orqali qator mantiqiy operatsiyalar-

ni bajaradilar. Ya’ni tahlil qiladilar, jumladan, so‘zning tovush tarkibini,

so‘z tarkibidagi bo‘g‘inlarni, bo‘g‘inlarning ochiq yoki yopiqligini tahlil

qiladilar. O‘quvchilar so‘zlarni, ularning elementar belgilariga asoslangan

holda yaxlit, ajralmaydigan bo‘laklarga ajratadilar. Tahlil o‘quvchilardagi

mavjud ko‘nikmalarga, so‘zning tovush tarkibi orasidagi elementlarning

assotsiativ (o‘zaro bog‘lanishli) aloqalarni anglash tajribasiga asoslangan

holda amalga oshiriladi. Tarkib (qismlarga ajratish) esa, yuqorida ta’kidlab

o‘tilganidek, tahlilga qarama-qarshi oppozitsiyada bo‘lgan mantiqiy fi kr-

lash jarayonidir. Bu jarayon ham bola tafakkurining rivojlanishi uchun

muhim ahamiyatga ega. Sintez (umumlashtirish) operatsiyalarini baja rish

jarayonida o‘quvchilar o‘z onglarida mav jud bo‘lgan til vositalarining

ma’nolari va funksional me’yorlarni umumlashtiradilar.

Savodga o‘rgatishning ilk bosqichida o‘qituvchi oldida so‘zlarning

yozuvda ifodalanishi, harf va tovush haqida tushuncha, so‘zni bo‘g‘in

va tovushlarga ajratish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, boshlang‘ich orfo-

grafi ya qoidalari xususida tasavvurni rivojlantirish, umuman ona tili ning

go‘zalligi va rang-barangligini anglatishdek muhim vazifa turadi. Bu

bosqichda muayyan turlarni tashkil etuvchi predmetlar nomi – alifbe dars-

ligining alifbegacha bo‘lgan davrida: mevalar, sabzavot, poliz ekinlari-

ning turlariga oid rasmlarning beri lishi, keyingi bosqichlarda joy nomlari,

o‘rmon hayvonlari, parrandalarni turkumlab o‘rgatishga oid matnlar va

rasmlarning tavsiya etilishi, tugallanmagan jumla, matn, so‘zlarning berili-

shi, ularning o‘quvchi tomonidan davom ettirilishi, o‘zbek xalq maqollari,

topishmoq, tez aytish va hikmatli so‘zlarning berilishi – bularning barchasi

o‘quvchining nutqi va tafakkurini o‘stirishga qaratiladi.

Alifbe darsligiga qo‘yiladigan xususiy talablar savodga o‘rgatishning

o‘ziga xos xususiyatlaridan, o‘zbek tilining tovush tarkibidan kelib chiqadi:

a) darslikda harfl ar tovush talaffuzi hamda yozuvdagi ifodasiga ko‘ra

o‘quvchining oson o‘zlashtirishini hisobga olgan holda tartib

Masalan, o, n, a kabi harfl ar ham talaffuzi, ham yozilishi jihatidan oson

harfl ar jumlasiga kiradi. Qolaversa, ta’limga ota-onalar tomonidan niho-

yatda e’tibor kuchaygan hozirgi davrda bolalarning aksariyati bunday harf-

tovushlarni o‘zlashtirgan holda maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqdalar.

Albatta, sinfda o‘quvchilarning bilim darajasi bir xilda bo‘lmaydi.

Binobarin f, z, sh, ch kabi tovushlar ning yozilishi va talaffuzining bolalar

uchun birmuncha murak kabligini hisobga olgan holda keyingi bosqichlar-

da tavsiya qilinadi;

b) tovush(harf)larni o‘rganish jarayonida harfga ilova tarzida beril-

gan so‘zlar o‘quvchilar uchun amaliy jihatdan tanish buyum, narsa yoki

hodisa ni ifodalashiga e’tibor qaratiladi;

d) darslikda berilgan so‘zlar, o‘quvchilarning aniq fi kr yuritishini hi-

sobga olgan holda, aksariyat narsa-buyum nomlaridan iborat bo‘ladi;

c) so‘zlarni to‘g‘ri tanlanishi va tartiblanishi asosida imloga oid bilim-

lar izchil rivojlantirilib boriladi.

SAVODGA O‘RGATISH DAVRIDA INTERFAOL USULLARDAN

FOYDALANISH (DIDAKTIK O‘YINLAR MISOLIDA)

Savodga o‘rgatish darslari tayyorgarlik va asosiy davrni o‘z ichiga qam-

rab olib, mazkur bosqichda o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiy-

tarbiyaviy ishlar turli-tumandir. Xususan, bu davrda: matn, og‘zaki va

yozma matn haqida, gap, matnning gaplardan tuzilishi, so‘z, gaplarning

so‘zlardan tashkil topishi, ya’ni matn tuzish va uni bo‘laklarga bo‘lib

matn tarkibini tashkil qiluvchi qismlarni idrok etishga o‘rgatish, bo‘g‘in,

tovush, harf haqida ma’lumot berish, unli tovushlar va undosh tovushlar

haqida ma’lumot berish, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajra-

lishini o‘rgatish, alifbedagi rasmlar, o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomoni-

dan tayyorlangan suratlar asosida matn tuzdirish, o‘quvchilar bilgan she’r,

hikoya, ertak, maqol, tez aytish va boshqalarni yoddan ayttirish, ularga

yangi she’r, hikoya, ertak, maqol, topishmoq kabilarni o‘rgatib borish,

alifbe darsligidagi so‘zlar, uning ma’nolari ustida ishlash, tanish so‘zlar

asosida o‘quvchilarni gap tuzishga o‘rgatish, harf va tovush orasidagi mu-

tanosiblik va farqni tushuntirish ishlari olib boriladi.

Mazkur Alifbe darsligiga kiritilgan jumboqli topshiriqlar ko‘lami bir-

muncha keng bo‘lib, u o‘quvchilarni mustaqil fi krlashga o‘rgatadi. Zero,

Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX ses-

siyasida so‘zlagan nutqida: «Bolalarimizni qachondan boshlab, qanday

qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatimiz, urf-odatlarimiz bilan

tanishtirish kerak»ligini o‘ylab ko‘rishimiz lozimligini, ularda mustaqil

fi kr lashga rag‘bat uyg‘otish uchun pedagogik jihatdan ta’sirchan vosita-

larni izlab topish, o‘quv sharoitiga tatbiq etish zarurligini uqtirgan edilar.

Darslikda 20 dan ortiq jumboqli topshiriq va krossvordlar berilgan.

Jumboqli topshiriqlarni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasining

imkoniyatlarini hisobga olishi, ba’zi topshiriqlarni yechish ga bolalarni ol-

dindan tayyorlashi, ya’ni jumboqli topshiriqni kattalashtirilgan nusxasini

ko‘rsatib, undagi ba’zi o‘rinlarni izohlashi maqsadga muvofi qdir. Masalan,

darslikning 12-13-betlaridagi jumboqli topshiriq, «Ona-bola ish ustida» va

«Erkin jonivorlarni sevadi» mavzusi asosidagi mazmunli rasm ham matn

tuzish topshiriqlariga bog‘lab berilgan bo‘lib, ushbu mazmunli rasmlarda

Erkin ismli bolaning oiladagi hayoti tasvirlangan.

Darslikka jumboqli topshiriqlarning kiritilishi o‘quvchilarda mus-

taqil fi krlashni rivojlantirishda, ularni topqirlikka va bilmdonlikka un-

dashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, turmushda bola nutqida faol

qo‘llaniladigan yoki ularga yaxshi tanish bo‘lgan «ma», «ma-na» (14-bet),

kabi ba’zi so‘zlarning darslikka kiritilishi ham, avvalo, alifbe davrining

boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarda muayyan harf-tovushga oid bilim-

larni mustahkamlashda, ularga tavsiya qilinayotgan o‘quv materiallarning

yetarli darajada bo‘lishiga, ya’ni ko‘proq so‘z o‘qish imkoniyatini hosil qi-

lishga, qolaversa, ish-harakatni bildiruvchi so‘zlar (fe’l)ga oid boshlang‘ich

amaliy bilimlarni vujudga keltirishga qaratilgan. O‘qituvchi darslik mate-

riallari bilan cheklanib qolmay, ushbu so‘zlar mazmunini to‘liq izohlashda

turli mazmunli rasmlardan ijodiy foydalanishi maqsadga muvofi qdir.

Darslikning 17, 33-betlarida T va Y tovush-harfl ari ni o‘rganishda mus-

tahkamlash darslari uchun tavsiya qilingan «Bekinmachoq o‘yinida harf-

larni top» rebusining kattalashtirilgan nusxasini tayyorlab, ushbu nusxa

asosida harfl arni toptirish, rebusda berilgan harfl ardan so‘zlar tuzdirish

maqsadga muvofi qdir. Xususan, T tovush-harfi ni o‘rganish uchun tavsiya

qilingan rebusdagi OTMA so‘zini bolalar osongina topa oladilar, uning

tarkibida O, T, M, A tovushlari qatnashgan, ushbu harfl ar ishtirokida OT,

MOT, TOM kabi so‘zlarni tuzish mumkin. 33-betdagi rebuslarni ham har

ikkovini yonma-yon xuddi darslikda berilganidek, kattalashtirilgan nusxa-

sini sinf xattaxtasiga ilib, berkitilgan harfl arni (1-rebusda u, b, m, o, l;

ikkinchi rebusda y, l, o, I kabi) ular birgalikda uy so‘zini hosil qilishini

toptirish, ushbu harfl ar ishtirokida ol, mol, yoy, bol, loy kabi so‘zlarni tuz-

dirish mumkin bo‘lib, bunday mashg‘ulotlar bolalarning aqliy faolligini

rivojlantiradi, mantiqiy va mustaqil fi krlashga o‘rgatadi.

Darslikda ertakdan rasm-lavhalar, ular asosida matn berib borishga ham

e’tibor berildi. Xususan, darslikning 18, 31-betlarida Ll, Uu harf-tovush-

larini o‘rganishga mo‘ljallangan darslar uchun «Qaynar xumcha», «Bo‘ri

bilan turna» ertaklaridan rasm-lavha va matnlar berilgan. Ushbu o‘rinda

o‘qituvchi rasmlarning qaysi ertak asosida chizilganligi va uning mazmuni-

ni bolalarga hikoya qildirishi, eslatishi maqsadga muvofi qdir. Xususan,

Alifbe davrining boshlang‘ich bosqichida o‘rganish uchun «Qaynar xum-

cha» ertagiga chizilgan rasm-lavha va matnni quyidagi tarkibda o‘rganish

O‘qituvchi bu ertakka ishlangan bir necha rasmlarni o‘quvchilarga

ko‘rsatadi. (rasmlar sinf xattaxtasiga ilib qo‘yiladi).

– Qani, bolalar, bu rasmlar sizga qaysi ertakni eslatyapti?

– «Qaynar xumcha» ertagini.

– Yaxshi. Kim «Qaynar xumcha» ertagini aytib beradi?

Albatta, o‘quvchilarning javobini to‘ldirgan holda, o‘qituvchi er-

takni qayta, obrazli va jonli ohangda aytib beradi, rasmlar asosida suh-

bat o‘tkazadi. Keyin darslikdagi rasm-lavha tasviri asosida berilgan matn

o‘qitilib, gaplar tuzdiriladi.

– Bobo oltinni ko‘rdi, kabi.

Shuningdek, har bir tovush-harf uchun tavsiya qilingan rasmlar osti-

da ularning so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular asosida so‘zlarni tovush –

bo‘g‘in tahlilini muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarning yangi bilim-

larni mustahkam o‘zlashtirishlariga asos bo‘ladi.

Alifbe davri uchun har bir tovushga ilova sifatida so‘zlarning bo‘g‘inlab

berilishidan maqsad, avvalo, kelajakda o‘quvchining orfografi k savodxon-

ligini ta’minlashga, to‘g‘ri o‘qish va yozish ko‘nikmalarini tarkib toptirish-

ga, qolaversa, uning lug‘at boyligini, so‘z zaxirasini oshirishga qaratilgan.

Ushbu materiallar yangi bilim larni mustahkamlashga oid mashg‘ulotlarda

o‘quvchilar bilimini tekshirib ko‘rishda asqotadi. O‘qituvchilar mazkur

didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda o‘quvchilarning to‘g‘ri

yoza olishi, so‘z boyligi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata bilishga oid

bilimlarini tekshirib boradilar. Masalan: B harf-tovushini o‘rganish uchun

3 ta so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular bobo, beshik, baliq rasmlari bilan

birgalikda taqdim etilgan.

Birinchi andozani o‘quvchilar mustaqil to‘ldira oladilar, chunki bobo

so‘zidagi barcha harf-tovushlar o‘quvchilarga tanish, beshik va baliq

so‘zlariga oid andozalarni to‘ldirish emas, balki mazkur so‘zlarni dars-

likdagi andozasiga asoslanib bo‘g‘inlarga ajratishni talab qilish maqsadga

muvofi q bo‘ladi.

– Qani, «beshik» so‘zini bo‘g‘inlarga ajrataylik-chi.

– «Beshik» so‘zida nechta bo‘g‘in bor ekan?

Yangi o‘rganilgan har bir harf-tovush uchun berilgan rasm asosidagi

so‘zlarni shu xilda bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz etish, barcha harf-tovush-

lari o‘rganilgan so‘zlar uchun berilgan andozalarni mustaqil to‘ldirish

o‘quvchida orfografi k savodxonlikni o‘stirishga yordam beradi.

Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini

jadallashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib

samarali natijalarga erishmoqdalar.

Ma’lumki, o‘qituvchi didaktik o‘yin darslarni o‘tkazish uchun juda

ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi,

psixologik xususiyatlari, iqtidorini hisobga olishi zarur.

Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash,

bolalar bilimini sinab ko‘rish va baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin.

O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga

tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darsla-

rini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didak tik o‘yin darslarda ishtirok

etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari

Savodga o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan ba’zi didaktik o‘yin

mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz:

I. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo‘llash

mumkin. O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so‘zi.

Agar o‘quvchilar mazkur so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf

xattaxtasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra so‘zdagi har bir harfga alo-

hida so‘zlar toptiriladi. «Ism» so‘zidagi I, S, M harfl ari uchun o‘quvchilar:

I – ilon, S – sigir, M – maymun so‘zlarini topadilar. O‘qituvchi mazkur

so‘zlar ishtirokida gap tuzdiradi. O‘quvchilar «Hayvonot bog‘ida ilon,

maymun bo‘ladi, sigir esa bo‘lmaydi», «Men ilon, maymun, sigir ras-

mini chizdim» kabi gaplarni tuzishlari mumkin. Ilon, sigir, maymun

so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘rgatish, so‘zlar tarkibidagi unlilar haqidagi

ma’lumotni mustahkamlash asosida o‘quvchilarning bo‘g‘in va tovush

munosabatiga oid tushunchalari rivojlantiriladi.

Sinf xattaxtasiga yozib yoki oldindan tayyorlangan plakat holatida kes-

ma harfl ar o‘quvchilarga quyidagi tartibda taqdim etiladi:

Demak, birinchi qatorda to‘rtta, keyingisi uchta, undan keyingisida ik-

kita harf mavjud. Mazkur harfl ar ishtirokida kim ko‘proq so‘z topish o‘yini

o‘ynaladi. O‘quvchilar daftarlariga topgan so‘zlarini yozadilar: mol, tol,

mis, kino, zirak, va h.k. Agar mazkur o‘yin alifbegacha bo‘lgan davrda

o‘tkazilsa, unda o‘yin shartlari o‘quvchilarga og‘zaki tushuntiriladi va

boshqa ishlar ham og‘zaki bajariladi. Bunda qatorlardan birortasida harf

o‘rnida bitta bo‘sh katakcha shaklini tavsiya etish hamda o‘quvchilarga

bo‘sh katakchaga o‘zi ma’qul ko‘rgan harfni qo‘yish imkoniyatini berish

mumkin. Albatta, bu holda o‘quvchida mustaqil fi krlash uchun ko‘proq

imkoniyat yuzaga keladi.

Bo‘g‘in ustida ishlashga oid didaktik o‘yinlardan savodga o‘rgatish

davrida, imkoniyatga qarab og‘zaki yoki yozma tarzda quyidagi top-

shiriqlardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qituvchi sinf xattaxtasiga

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно

Katalog: kxpv
kxpv -> SH. T. Otaboyev, T. I. Iskandarov
kxpv -> S. dadayev, G. Abduraxmanova

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

1 синф дарсликлари

Ушбу дарслар Қирғизистон Республикаси умумтаълим ўрта мактабларининг таълим ўзбек тилида юритиладиган .

1-синф. Математика дарси. 28.04.2020 й.
Просмотров 33 тыс. 2 года назад
1sinf #1sinfmatematika #ozbeksinflari Видеодарслар. 1-синф. Математика дарси. 28.04.2020 й.
1 синф. Она тили дарси. 02.04.2020 й.
Просмотров 4,1 тыс. 2 года назад
1sinf #1sinfonatili #ozbeksinflari Видеодарслар. 1 синф. Она тили дарси. 02.04.2020 й.
Похожие запросы для 1 синф дарсликлари
1-синф. Она тили дарси. 28.04.2020 й.
Просмотров 1,8 тыс. 2 года назад
1sinf #1sinfonatili #ozbeksinflari Видеодарслар. 1-синф. Она тили дарси. 28.04.2020 й.
Qoʻshishni oʻrganamiz. 1-sinf matematika. bolalar uchun 2-dars.#math.
Просмотров 23 тыс. 10 месяцев назад
Kichkintoylar uchun matematikani oʻrganishga yordam beradi, 1 ni qoʻshishdan boshlaymiz.
Aniq o’tgan zamon | 17-dars | Turk tilini 0 dan o’rganish
Просмотров 198 8 часов назад
Telegram: t.me/ibratfarzandlari Instagram: ibrat.farzandlari TikTok: tiktok.com/@ibratprojects .
Rus tilini noldan o’rganing|1-dars |русский язык для начинающих| русский язык 1-урок
Просмотров 739 тыс. Год назад

Рус тили дарслари, Рус тили Ассалому алайкум кадирли обуначилар. Сиз ушбу дарсимиз оркали рус тилини тез ва осон .

1-SINF, ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI: “OILA A’ZOLARI UCHUN MOS SO’ZLAR”, RASM ASOSIDA HIKOYALASH
Просмотров 4,6 тыс. 21 день назад
O’QITUVCHI: USMANOVA N. B. VIDEODARS O’QITUVCHILAR, OTA~ONALAR VA BOLAJONLAR UCHUN MO’LJALLANGAN.
Raqamlarni oʻrganamiz | 1-sinf matematika.1-dars. #bolalar_uchun. #math.
Просмотров 1,7 тыс. 10 месяцев назад

Bolalar uchun sanashni oʻrganish, raqamlarni va sonlarni tanib olish uchun ajoyib videorolik, obuna boʻlishni unutmang, .

1-sinf oʻquvchilari “Tarbiya” darsligini mualliflar qoʻlidan oldi
Просмотров 19 тыс. 2 года назад

Sergeli tumanidagi 55-maktabning 1-sinf o`quvchilari Prezident sovg`alari qatoridagi “Tarbiya” darsligini mualliflar qo`lidan olishdi .

Onlayn darslar 1 sinf

. parçamız de yakışıklı mısın programı demek bu 99 son 1. yıl 31. kuskunum Usta klipi lan kalın Cenk un aydinci Nişancı Yani ben .

M tovushi va M harfi
Просмотров 31 тыс. Год назад

Sharof Rashidov tumani 4-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf oliy toifali o’qituvchisi Normatova Dilfuzaning 1-A .

Похожие запросы для Onlayn darslar 1 sinf
Online Maktab 5 октябрь куни 1-синф учун эфирга узатилган дарслар
Просмотров 519 2 года назад
Online Maktab 5 октябрь куни 1-синф учун эфирга узатилган дарслар: ― Алифбе ― Ёзув ― Математика .
Online maktab 1 sinf dars 4 fevral 2022 yil 4 02 2022
Просмотров 2,2 тыс. Год назад

4 февраль куни 1-синф учун эфирга узатилган дарслар: ― Математика ― Табиий фанлар ― Инглиз тили ― Немис тили .

Online maktab 3-sinf dars 1-fevral 2022 yil. (1.02.2022)
Просмотров 3 тыс. Год назад
1 февраль куни 3-синф учун эфирга узатилган дарслар: ― Она тили ― Математика ― Инглиз тили .
1 Sinf darslari to’liq 9- oktyabr
Просмотров 183 2 года назад
Assalomu alaykum xush kelibsiz online darslarimizga.
Online maktab 1-sinf dars 1-fevral 2022 yil. (1.02.2022)
Просмотров 3,7 тыс. Год назад

1 февраль куни 1-синф учун эфирга узатилган дарслар: ― Математика ― Она тили ва ўқиш саводхонлиги ― Она тили ва .

Ochiq dars | Boshlangʻich sinf fan oyligi
Просмотров 64 тыс. 4 месяца назад

Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 274 -sonli umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Nozima Usmonova .

Online maktab 1sinf 25 01 2022
Просмотров 342 Год назад
Online maktab 1sinf 25 01 2022.
Ergasheva Sahibaning 1-sinf uchun matematikadan ochiq dars.
Просмотров 47 тыс. 2 года назад
24 январь куни 1-синф учун эфирга узатилган дарслар:
Просмотров 434 Год назад

Математика ― Она тили ва ўқиш саводхонлиги ― Она тили ва ўқиш саводхонлиги ― Француз тили «Ўқитувчи» канали.

ONLINE MAKTAB 1-SINF 10-FEVRAL online darslar
Просмотров 874 Год назад

Ha Selamün aleyküm kurmakla taneler ve Aziz Patlıcanlar saksağan anlat mısınız Ne haber taki online derslerini Kuzey tüketiyor .

Online maktab 1-sinf dars 3-fevral 2022 yil. (3.02.2022)
Просмотров 1,6 тыс. Год назад

3 февраль куни 1-синф учун эфирга узатилган дарслар: ― Математика ― Она тили ва ўқиш саводхонлиги ― Она тили ва .

Online maktab 1-sinf dars 2-fevral 2022 yil. (2.02.2022)
Просмотров 2,8 тыс. Год назад

2 февраль куни 1-синф учун эфирга узатилган дарслар: ― Математика ― Математика ― Она тили ва ўқиш саводхонлиги .

2 – fevral kuni 1 – sinf uchun efirga uzatilgan darslar.
Просмотров 29 Год назад

2 – fevral kuni 1- sinf uchun efirga uzatilgan darslar Matematika Matematika Ona tili va o’qish savodxonligi Ona tili va o’qish .

Online maktab online darslar 1-SINF 15-FEVRAL
Просмотров 1,8 тыс. Год назад

O bacak Deniz Mila Çiçek O yes this picture 1 bu Festival it raining Again bu zengin ilçesi Ama sen Şahin diye saplıyor çıkar o .