Press "Enter" to skip to content

Erkak / yigit ko’nglini olish — yo’llari, erkaklar toifasi, ularga yoqish usullari, maslahatlar

Eau Fraiche Versace — erkaklar uchun mo‘ljallangan mashhur parfyumlardan biri bo‘lib, parfyumer Olivier Cresp tomonidan yaratilgan. 2006-yildan sotuvga qo‘yilgan.

Yozda sepish uchun mo‘ljallangan eng ommabop 10 ta erkaklar atiri

Yoqimli iforlar insonning kayfiyatini ko‘taradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Qolaversa, boshqalarda unga nisbatan yaxshi taassurot uyg‘otishga imkon beradi. Shu sababdan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham atirlardan birday foydalanadi.

Parfyumlarning ham kiyimlar kabi mavsumga mos turlari bor. Masalan, soha mutaxassislari qishda o‘tkirroq, shirinroq, yozda esa o‘ta yumshoq, mayin, sitrus iforli atirlardan foydalanishni tavsiya etadi.

Quyida yoz uchun mo‘ljallangan eng yaxshi atirlar o‘ntaligini taqdim etamiz. Aromamaster Dilshod Hojiqurbonovning mazkur tavsiyalari jaziramada qanday parfyum sotib olishga ikkilanib turgan erkaklarga asqatadi deb o‘ylaymiz.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

POLO

Blue Ralph Lauren — erkaklar uchun mo‘ljallangan mazkur parfyum Polo Blue Karlos Benaim va Kristof Laudamiel tomonidan yaratilgan. 2003-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Atir bodring, qovun va mandarin, rayhon, zamsh, yog‘ochli notalar va mushk iforlarini o‘zida mujassam etgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

LOUIS VUITTON

Afternoon Swim — sitrus iforli parfyum bo‘lib, parfyumer Jak Kavaler tomonidan yaratilgan. 2019- yildan sotuvga chiqarilgan. Atirning o‘ziga xos xususiyati shundaki, undan nafaqat erkaklar, balki ayollar ham birdan foydalanishi mumkin.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

VERSACE MAN

Eau Fraiche Versace — erkaklar uchun mo‘ljallangan mashhur parfyumlardan biri bo‘lib, parfyumer Olivier Cresp tomonidan yaratilgan. 2006-yildan sotuvga qo‘yilgan.

Atir limon, bergamot, kardamon va brazil atirgul daraxti, sadr, estragon, mushk, yog‘ochli notalar, za’faron iforlaridan tashkil topgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

BVLGARI

Aqva pour Hommedunyoga mashhur parfyumer Jak Kavaler tomonidan dengiz romantikasini xush ko‘ruvchi erkaklar uchun yaratilgan. Parfyum o‘zida mevalar, yog‘ochli notalar va dengiz o‘tlarini mujassamlashtirgan. Bu tetiklantiruvchi iforlar ayni issiq mavsumga mos keladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

GIORGIO ARMANI

Acqua di Gio Profumo — parfyumer Alberto Morillas tomonidan yaratilgan aromatik suvli parfyumdir. 2015-yildan ishlab chiqarila boshlangan.

Atir dengiz notalari, bergamot kabi bir necha iforlarni o‘zida mujassam etgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

GIORGIO ARMANI

Acqua di Gio parfyumi ham Giorgio Armani kompaniyasiga tegishli, bir necha mashhur parfyumerlar Alberto Morillas, Annik Menardo va Kristian Dussulier hamkorligida yaratilgan. 1996-yildan ishlab chiqarila boshlangan.

Atir limon, bergamot, apelsin, mandarin dengiz notalari, oq mushk, sadr, eman iforlaridan tashkil topgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

CHANEL

Bleu de Chanel Parfum — erkaklar uchun mo‘ljallangan mashhur atirlardan biridir. U Olivier Polge tomonidan yaratilgan, 2018- yildan sotuvga chiqarilgan.

Parfyum o‘zida limon, bergamot, yalpiz, ananas, sadr kabi bir qator xushbo‘y iforlarni o‘zida aks ettiradi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

BVLGARI

Le Gemme Empyr — erkaklar uchun mo‘ljallangan yog‘ochli achchiq iforli parfyum bo‘lib, Bvlgari brendining yangi a’zosi hisoblanadi. Atir parfyumer Jak Kavaler tomonidan yaratilgan bo‘lib, 2021-yildan boshlab, atir ixlosmandlariga taqdim etilgan.

Le Gemme Empyr zanjabil, sandal daraxtining eng xushbo‘y iforlarini mujassam etgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

CREED

Aventus — mevali atirlar guruhiga mansub bo‘lib, 2010-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Yaratuvchisi Jan-Kristof Herault va Ervin Crid hisoblanadi.

Parfyum o‘zida ananas, bergamot, qora smorodina, olma, yasmin, atirgul, vanil kabi bir qator xushbo‘y iforlarni aks ettirgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

CLINIQUE

Happy Clinique — sitrus iforlarni xush ko‘ruvchi erkaklar uchun mo‘ljallangan atir bo‘lib, 1999-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Parfyum o‘zida mandarin, apelsin, limon, mushk, sadr kabi bir qator iforlarni mujassamlashtirgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

  • “Pul chaqiradi, aqldan ozdiradi va kunlab turadi”. Atirlar haqida eng ko‘p tarqalgan xato tushunchalarga mutaxassis izoh beradi
  • Atirlardan qanday foydalanish kerak? Mutaxassis tavsiyasi
  • Original atirlarni qalbakisidan ajratishga yordam beradigan layfxaklar

Erkak / yigit ko’nglini olish — yo’llari, erkaklar toifasi, ularga yoqish usullari, maslahatlar

Erkak kishini ko’nglini olish haqida tez-tez o’ylashga to’g’ri keladimi? Yigitlarning e’tiborini qanday jalb qilish kerak? Yigitlarga qanday qizlar yoqadi? O’z tuyg’ularingizni to’g’ridan-to’g’ri oshkora etish — bu oson emas! U qay tarzda javob berishini oldindan bilib bo’lmaydi. Balki u, ehtimol, sizni yengiltabiat qiz deb qabul qilar?

Ushbu mavzu juda ko’p qizlarning aqli va yuraklarini tashvishlantirishi ma’lum. Afsuski, erkak kishini qanday qilib ko’nglini olish masalasi ko’pincha «kalta yubka» va «chuqurroq dekolte» ruknlaridagi maslahatlar berish bilan yakun topadi.

Darhaqiqat, bunday usullar erkaklarda o’sha ibtidoiy istaklarni uyg’otishi mumkin, natija ham shunga monand bo’ladi — «g’orga olib kirish, foydalanish va keyingi o’ljani qidirishga tushish».

Lekin sizga faqat «shu» kerakmi? Agar bir kechalik tanishuv istagida bo’lsangiz, u holda shu tarzda davom eting. Bunday yondashuv yetarli bo’ladi. Lekin asosiy maqsadingiz nafaqat erkakni rom qilish, balki u bilan munosabatlar qurish bo’lsa, unda butunlay boshqacha harakat qilishingiz kerak bo’ladi.

Ushbu mavzu juda nozik. Bunda quruq tavsiyalar ish bermaydi. Bizga ma’lum bir erkaklar va ayollarning his-tuyg’ulari va haqiqiy tajribasi kerak.

Ushbu maqola juda qiziq bir tajribada haqiqiy erkaklar bilan muloqot qilish va ularning erkaklarni ko’nglini olish uchun nimalar qilish kerakligi haqidagi nuqtai nazaridan olingan ma’lumotlarning umumlashmasidan kelib chiqqan.

  • 1 Erkaklarni ko’nglini olish uchun nima qilish kerak
  • 2 1-toifa. Sport ishqibozi
  • 3 2-toifa. Katta harflar bilan erkak
  • 4 3-toifa. Aqlli yigit
  • 5 4-toifa. «Yomon» yigit
  • 6 Hamma toifadagi erkaklar haqida bir oz…
  • 7 Yakuniy natijalar

Erkaklarni ko’nglini olish uchun nima qilish kerak

Erkaklar qarorlarida, harakatlarida, istaklarida soddadirlar. Ayollar esa ancha murakkabroq. Ular istaklari va intilishlarini o’ylab chiqishga ko’proq vaqt sarflashadi.

Ayollar erkaklar nimani xohlashini bilishni istaydilar. Erkaklar bu haqida ochiq gapirishlari mumkin, lekin ko’pincha o’zlarining do’stlari doirasida. Agar ulardan to’g’ridan-to’g’ri so’rasangiz:

— Yigitlarga yoqish usullari mavjudmi, erkakni ko’nglini olish uchun ayol nima qilishi kerak?

Bunda quyidagi javoblardan birini olishingiz mumkin:

  • Shunchaki «Salom» deb aytish va tabassum qilish!
  • Chuqur nigoh bilan qarab, o’z istaklaringiz haqida aytish.
  • Ochiqroq kiyinish.

Ko’rib turganingizdek, bu iboralar o’ziga xoslik bilan porlamaydi.
Bunga nima deyish mumkin? Bu javoblardan kelib chiqadiki, erkakni ko’nglini olish uchun unga bu borada to’g’ridan-to’g’ri so’z ochish yoki unda boshqa «yaxshiroq» variantlar yo’qligi kerak ekan. Lekin bunday yo’l tutish yaramaydi.

Erkaklar asosan «ovchi» hisoblanadi. Ular uchun eng arzigulik o’lja — «alangali» ayollar. Lekin har bir erkak bu «alangani» o’zicha ko’radi.

Bitta misol keltiramiz: tirnoqlaringizni silliqlash va kaltalash kerak bo’lsa, nimadan foydalanasiz? Jilvir qog’ozdanmi yoki tirnoq uchun pilkadan? Albatta, pilkadan. Axir bunday vosita ayni shu maqsad uchun mo’ljallangan. Kuchli jins vakillari bilan ham huddi shu kabi. Yigitlarni o’zingizga rom etish uchun sizga mos keladigan vosita kerak bo’ladi. Va har bir erkak uchun u alohida bo’lishi kerak.

Agar siz allaqachon o’zingizga munosib juft tanlagan va turmushingizdagi munosabatlarni yanada iliqroq qilishni istasangiz, erni ko’nglini olish maqolasidagi ba’zi tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Quyidagi tavsiyalarga amal qilishdan oldin esa, yigitlarni rom qilish uchun u qanday toifaga mansubligini bilishingiz kerak.

1-toifa. Sport ishqibozi

U qanday sport turi bilan qiziqishidan qat’iy nazar (futbol, ​​basketbol yoki boshqasi), uning orzuidagi qiz uning yoqtirgan jamoasiga muxlislik qiladigan quvnoq, ishtiyoqli va talabchan bo’lmagan qizdir.

Bu toifa erkaklar mashg’ulot zallari va sportni yoqtiradi. Uning ko’ngliga yo’l topish juda oson.

Uning fikriga ko’ra, u katta liga o’yinchisi. Xullas, uning jismoniy jihatlariga iltifot qilib, uning jismoniy ko’rsatkichlariga e’tibor qaratish kerak: «Sizning bitseptslaringiz ajoyib ekan!» tariqasidagi iltifot «Sizning tana tuzilishingiz sportiv ekan» degan iltifotdan ko’ra ko’proq qadrlanadi.

U jismoniy tayyorgarlikka ko’p vaqt sarflaydi va uning mashaqqatlari behuda emasligini sezish uchun u rag’bat va qo’llab-quvvatlashga muhtoj. Shuning uchun, uning mushaklarini tez-tez tegib ko’ring va har safar ulardan hayratlaning.

Unga o’zini kuchli his qilishiga yordam bering. U bilan sport jihozlari, tadbirlar va musobaqalar haqida suhbatlashsangiz, unga yoqadi.

Unga sport zaliga u bilan birga borishni xohlayotganingizni ayting. Agar siz oldin sport zallariga kam borgan bo’lsangiz, u sizga mashqlarni to’g’ri bajarishni o’rgatib, bundan ulkan zavq oladi. Bu jarayon jismoniy aloqani o’rnatish uchun juda mos keladi. Uni ko’nglini olishni istaganingiz, bu sizga ayni muddao. Shunday emasmi?

E’tibor bering! Bunday toifadagi yigitlar bilan munosabatra ikkinchi o’rinda abadiy qolish xavfi mavjud. Axir, birinchi o’rinda har doim sport zali yoki jamoa a’zolari bo’ladi.

Farzandlar ham hech narsani o’zgartirmaydi. U ularga o’zining eng sevimli futbol, ​​basketbol jamoalarini otasi sevadigan darajada sevishni o’rgatishga harakat qiladi. Natijada, shunchaki sportchilar sulolasi davom etadi.

Siz esa kechqurun uyingizda, divanning bir burchagida o’tirib, bo’layotgan tomosha sizga qiziq ekanligini ko’rsatishga majbur bo’lasiz. Ammo siz ham bu kabi sport turlari bilan shug’ullanadiganlardan biri bo’lsangiz (hozirgi kunlarda yetarlicha tez-tez uchraydigan hodisa), bu toifadagi yigitga yoqish qiyinchilik tug’dirmaydi.

2-toifa. Katta harflar bilan erkak

U o’zini nafaqat erkak, balki ERKAK deb hisoblaydi. Va siz unga xuddi shu tarzda munosabatda bo’lishingiz talab etiladi.

U ayollarni yoqtiradi va zamonaviy taraqqiy etgan dunyoda qabul qilingan jinslar o’rtasidagi tenglikka bo’lgan munosabati yaxshi emas. U o’z yori (xotini) nafis va jozibali bo’lishini istaydi.

Umuman olganda, uning nazarida ayolning asosiy vazifasi — unga vizual, jismoniy va ma’naviy lazzat bag’sh etishdir. Uning ko’ngliga yo’l topish uchun, siz «olov va muz» bo’lishni o’rganishingiz kerak bo’ladi, ammo yengiltabiat ko’ylaklarni kiymagan holda. Sizning shaxsingiz haqida u to’g’ri birinchi fikrga kelishi muhimdir.

Tanlangan kiyim unga siz haqingizda eng yaxshi tarzda so’zlab beradi. Kiyim tanangiz afzaliklariga urg’u berishi kerak, ularni ko’z-ko’z qilishi emas. Albatta, bu barcha afzalliklar keyinchalik foydali bo’ladi, ammo hozirda asosiy narsa erkakni rom aylab, uni cho’chitib yuborishdan saqlanishdir.

Unga o’zi haqida ko’proq gapirishga imkon bering. Uni tinglang. Ayollarda u yuqori intelektdan ko’ra, tinglash va ma’naviy yordam berish qobiliyatini ko’proq qadrlaydi. U gap oshxona va yotoqxonaga kelganda unga sodiq bo’lgan va g’amxo’rlik qila oladigan ayolga muhtojdir.

E’tibor bering! Uning onasi kabi mazali taom tayyorlashingiz mumkin, lekin u kabi ifor taratish yaramaydi. Sizdan oshxaning boy, mazali ifori emas, balki «istaklar»ni uyg’otadigan nafis atirining ifori kelishi kerak. Aks holda, uning suyukli jufti emas, balki «eng yaxshi do’sti» bo’lib qolish xavfi bor.

Shuningdek «dalda bo’lish va tinglash qobiliyatini» «holsizlik va befarqlik» bilan adashtirmang. Uning monologlariga qisqa javoblar kiriting, vaqti-vaqti bilan hazillariga tabassum qilish va o’zingiz ham hazil qilishni unutmang. Uni faol tinglang, mavjudligingizni namoyish qiling, shunda u bo’shliqqa gapirmayotganini his etadi.

3-toifa. Aqlli yigit

Raqs maydonchasining bir burchagida yoqimtoy yigitning uyatchang tabassumini unuting. Bunday erkaklar sizga o’z qiziqishini ko’rsatmaydi va undan ham yuqori ehtimol bilan, birinchi qadamni tashlamaydi. Bu toifa yigitlar hatto bunday joylarga tashrif ham buyurishmaydi, ehtimol, agar do’stlari bunga jiddiy undashmasa! Va, aytgancha, uning ko’nglini yozishmalar orqali olish osonroq.

U savodli va nozik tabiatli qizlarni sevadi. U allaqachon katta erkakka aylanganiga qaramasdan, yuragida u hali ham o’zini hech kim unga nazar solmaydigan muvaffaqiyatsiz kishi deb hisoblaydi (ulkan natijaga erishgan bo’lsa ham).

Xo’sh, bu toifa erkaklarga qanday munosabatda bo’lish kerak? U bilan do’stlashing.

Uning hazillariga kulgu bilan javob qaytaring. Tushunish, tinglash, suhbatlashish va ayol bo’lib qolishga qodir bo’lgan ayol bo’ling. Birinchi tug’ilgan taassurotilarga qaramasdan, uning do’stlari doirasi sizga xush keladi. Bu o’z juftiga muhtoj bo’lgan haqiqatda juda yaxshi yigit (ko’pincha u tanishgan qizlar virtual olamdan bo’ladi). Unga qanchalik aqlli ekanligini eslatib turishni unutmang. Axir u o’z miyasini o’zining eng muhim qismi deb hisoblaydi (ha, u juda aqlli va o’z yuksakligiga erishadi). Unga qanchalik yoqimtoy ekanligi va uning so’z boyligini yoqtirishingiz haqida so’zlab turing.

Bir muncha vaqt o’tgach, bir-biringizga nisbatan ishonch paydo bo’lganida, uning aqliy salohiyati sizda intim istaklar uyg’otayotganiga ishora qilishingiz mumkin. Bunday ishoralar uning «tomini joyidan siljitib yuborishi» mumkin.

Va shu yerda tayyor bo’lishingiz kerak.

Ushbu turdagi yigitlarni ko’nglini olish va ayni paytda uning «eng yaqin do’sti» bo’lish, o’zaro munosabatlaringiz keskin ravishda do’stona munosabatlar zonasidan «ishqiy munosbalatlar zonasiga» o’tishi mumkinligiga tayyor turish kerakligini anglatadi.

E’tiborli bo’ling! Birinchidan, yaqin munosabatlar fazasiga o’tganingizdan so’ng, u sizni do’st deb hisoblashni davom ettirishi mumkin. Agar sizning maqsadingiz jiddiyroq munosabatlar bo’lmasa, hamma narsa o’z joyida.

Ikkinchidan, agar siz u bilan uzoq muddatli munosabatlardan umidvor bo’lsangiz (mavjud munosabatlar modelidan qat’iy nazar), uning qiziqishlariga moslashish kerak bo’ladi: ko’p miqdorda o’qish, doimiy uzluksiz ta’lim olish va ba’zan kompyuter o’yinlarini o’rganish. Bu holatda muhimi, eng tez-tez uchraydigan xatoga yo’l qo’ymaslik — uning sevimli mashg’ulotlari ustidan kulmaslik va uning o’tmishdagi xatolari haqida eslatmaslik. Bunda «aqlli» yigitning his-tuyg’ulariga jiddiy zarar yetkazishingiz va o’zaro munosabatlaringizni boshida qiyinchilik bilan chiqib olgan «ishonchsizlik darajasi»ga tushirib yuborishingiz mumkin.

4-toifa. «Yomon» yigit

Qiziqqon, qiziqarli, sirli, oldindan aytib bo’lmaydigan harakatlarni amalga oshirishga qodir. U necha marotba qo’ng’iroq qilishni va uchrashuvga kela olmasligi haqida ogohlantiriv qo’yishni unutishi muhim emas. Bunday hatti-harakatlar unga nazar solganingizda uyg’onadigan hissiyotlar oldida kichik kamchiliklardir.

Bu turdagi erkaklarni qanday qilib rom etish mumkin?

Bunga yondashuv juda oddiy. Siz quvnoq va ochiq bo’lishingiz yetarli. Ko’proq tabassum qiling, uning hazillariga baland ovoz bilan kuling… Siz uni tinglashingizni ko’rsating.
Hammasi shu.

Qolgani sizga bog’liq emas. Bu toifa erkaklarni jalb qilish shu yerda o’z yakuniga yetadi.
Agar siz uning uchun yetarlicha «alangali» bo’lsangiz va u hozirda u o’z atrofida boshqa yaxshiroq variantlarni ko’rmasa, tashabbus uning qo’liga o’tadi. Tez orada, qanday qilib sodir bo’lganini bilmasdan, siz u bilan yonma-yon bo’lib qolasiz.

E’tibor bering! U har doim shunday bo’ladi va uning xarakterini o’zgartira olmaysiz. Ehtimol, u sizning yuragingizni «parchalaydi» va boshqa «o’lja» ovlashga o’tib ketadi.

Va agar siz hali ham «yomon yigit» tipidagi erkakni ko’nglini olmoqchi bo’lsangiz, «o’zingizni hurmat qilish» tushunchasini unutishga tayyorgarlik ko’ring.

Doimiy kamsitilishlar va kafedagi xizmatchi qiz, dugonangiz, qo’shnisiga xushomad qilganligi sabab undan g’azablanganligingiz uchun uning oldida cheksiz uzr so’rashlarga tayyor bo’ling . Va endi o’ylab ko’ring: «Bunday munosabatlar sizga kerakmi? Siz undan qanday yaxshilik olasiz?»

Hamma toifadagi erkaklar haqida bir oz…

Barcha farqlarga qaramay, har qanday yigitga nisbatan qo’llash mumkin bo’lgan bir narsa bor.

Agar siz omma oldida biron erkakni ko’nglini olmoqchi bo’lsangiz, haddan tashqari yengiltabiat ko’rinmasligingiz va bu muvaffaqiyatsiz tanlangan rolga muvofiq harakat qilmasligingiz kerak. Erkaklar «bunday» qizlarni onalari bilan tanishtirishni istamaydi.

Erkaklar uyda sportiv shimlarda yurishni xush ko’rishsa ham, bu sayr qilish uchun aynan shu shuimda chiqishini anglatmaydi.

Va yana bir narsa. Maqola boshida do’stlar davrasida «erkak ko’nglini olish uchun nima qilish kerak?» degan savolga javob olish to’g’risidagi tajriba haqida so’z yuritilgan edi. Savolga javob bergan erkaklarning javobi oy kabi oydin («Salom» deyish va yana boshqa be’mani javoblar).

Ammo, xotinidan ajrashgan, uch farzandning otasi tomonidan bir mazmunli va qimmatli, baland ovozda aytilgan javob ham bor edi. Uning so’zlari tahrir etilmagan holda chop etiladi.

Agar ayol nafaqat erkakni ko’nglini olish, balki kelajakda uning jufti bo’lib qolishni istasa, unda u:

  • Ijobiy bo’lishi;
  • Mazali ovqat tayyorlashi;
  • Yaxshi ko’rinishi;
  • Mukammal hazil hissiga ega bo’lishi;
  • O’z aql-zakovatini ishlata olishi;
  • U hozirgi paytda erkak uchun dunyodagi eng qiziqarli inson ekanligini va har qanday ishlarda uni qo’llab-quvvatlashga va unga muhtoj bo’lgan paytlarda unga g’amxo’rlik qilishga tayyor ekanini bildirishi kerak.

Bu so’zlardan keyin, avvalgi yuzaki javob mualliflari jim bo’lib qolishdi va rozilik belgisida bosh qimirlatishdi.

Yakuniy natijalar

Ushbu tarbiyaviy va qiziq so’rov oxirida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

  • Aqlingiz va tanangiz kuchini rivojlantiring. Bu bilan siz ko’pchilikdan ijobiy tarzda ajralib turasiz;
  • O’z qobiliyatingizga ishoning va kuchli bo’ling. Bu sizga hayotda tengdoshlaringizdan ko’ra ko’proq yutuqlarga erishishga yordam beradi;
  • Tatuirovkalar va chiroyli soqolli jild ostida har doim ham siz kutgan ideal yigit yashirinmaydi;
  • Eng muhimi — bu siz.

Sizga esa bu tavsiyalarning barchasini amaliyotga qanday tatbiq qilishni o’rganish qoldi. Shunda siz tanlagan juftingizni aqlini «o’g’irlay olishga» shubha qilmaysiz.

Lekin bitta maqolani o’qib, undan yangi ma’lumotlar olish yetarli emas. Inson yangi narsalarni o’rganishi va rivojlanishi kerak. Axir, insoniyat hali o’zi va butun dunyo haqida ko’p narsani bilmaydi. O’zingiz rivojlansangiz, atrofingizdagi dunyoni ham rivojlantirasiz.

Siz o’z tajribangiz va qo’llagan usullaringiz, ularning natijasi haqida quyida qisqacha mazmundagi sharh qoldirishingiz mumkin, bu barchaga qiziq bo’lishi tabiiy.

“VIQOR”: Yozgi kiyimlar hamyonbop va ulgurji narxlarda

O‘zingizga mos kiyimlarni ulgurji narxlarda olmoqchimisiz? Donaga sotilayotgan kiyimlarning narxlari 2-3 barobar qimmatligi sizga yoqmayaptimi? “Viqor” bu masalani hal qilishda sizga o‘zining beminnat xizmatlarini taklif qiladi.

Foto: VIQOR

Ochilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, ko‘p xaridorlarning ko‘nglini olishga ulgurgan “Viqor” do‘koni erkaklar uchun sifatli kiyimlarni ulgurji narxlarda yetkazib bermoqda.

“VIQOR” do‘konining asosiy maqsadi xaridorlarning xohish-istaklariga ko‘ra, qulay va zamonaviy kiyimlarni, hamyonbop, ulgurji narxlarda sotish va bu bilan ko‘p sonli mijozlarning ko‘nglini olish.

Foto: VIQOR
Foto: VIQOR

Do‘konimizdan klassik, sport, modern uslubidagi turli xil kiyimlarni olishingiz mumkin.

Ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar:

Do‘koningiz qayerda joylashgan?

“VIQOR” do‘koni Chilonzor metro bekati yaqinida, “Integro” savdo markazi, 140-do‘konda joylashgan.

Foto: VIQOR
Foto: VIQOR

Do‘koningizda “dostavka” bormi?

Hozircha buyurtma bo‘yicha eltib berish xizmati yo‘lga qo‘yilmadi. Do‘konimizda xaridorlar juda ko‘pligi sababli bu xizmatni ochishga ulgura olmadik.

Yangi kelgan mahsulotlar haqida qanday ma’lumot olsak bo‘ladi?

Yangi mahsulotlar Telegram, Instagram va Feysbukdagi sahifalarimizda muntazam e’lon qilib boriladi. Ularni kuzatib borsangiz, yangiliklardan boxabar bo‘lasiz.

Kiyimlar rostdan ham sahifalarda ko‘rsatilgan narxlarda sotiladimi, do‘konga borganimizda boshqa narxda olishga majbur bo‘lmaymizmi?

Ko‘rsatilgan narxlar haqiqiy narxlar, ulgurji narxlarda donaga sotiladi. Bir dona mahsulot olsangiz ham qo‘shimcha pul to‘lamaysiz.

Foto: VIQOR
Foto: VIQOR

Ko‘proq mahsulot olsak, chegirma qilib berasizlarmi?

Kiyimlar shundoq ham ko‘p do‘kon va savdo rastalaridagi donabay sotilayotganlaridan 2, ba’zida 3 barobar arzonroq. Biz allaqachon ulgurji narxda sotyapmiz. Bundan arzon narxda sotish uchun biz bundan ham arzonroq narxda kiyimlarni yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Agarda siz biz sotayotgan kiyimlarni yanada arzonroq narxlarda topib, bizga yetkazib bera olsangiz, siz bilan hamkorlik qilishga doim tayyormiz.

Bizning sahifalarimiz va kontaktlar:

Telegram: t.me/viqor

Reklama huquqi asosida