Press "Enter" to skip to content

Maktab ichki nizomlarida hijobga taqiq qo’yish qonuniymi

Qayd etilishicha, ilgari qaror 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi kerak bo‘lgan. 2022-yil 1-iyungacha hududlar kesimida 2022/2023-o‘quv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.

Hijob kiyimlar 2023 yil

Ассалому алайкум, устоз. Яқинда, ҳижоб ҳақида Қуръон ва суннатда ҳеч нарса айтилмаган, деган гапни эшитиб қолдим. Шу тўғрими?

Жавоб:

Бу мутлақо нотўғри гап! Ҳижоб – муслима аёлнинг бегоналар назаридан тўсиши керак аъзоларини тўсувчи ва ёпувчи либос дегани. Муслима аёлнинг ҳижоби балоғат ёшига етган ҳар бир аёлга фарздир. Бу ҳукм Қуръон, Суннат ва ижмоъи уммат билан собит бўлган. Аллоҳ таоло Аҳзоб сурасининг 59-оятида айтади:

“Эй Набий, жуфтларингга, қизларингга ва мўминларнинг аёлларига айт: жилбобларини ўзларига яқин қилсинлар”.

Жилбоб – устдан кийиладиган ёки ёпиладиган кенг кўйлакдир. Яна Нур сурасининг 31-оятида бундай дейди:

“Сен мўминаларга айт: Кўзларини тийсинлар, фаржларини сақласинлар ва зийнатларини кўрсатмасинлар, магар зоҳир бўлган зийнатлар бўлса (майли). Рўмолларини кўксиларига тўсиб юрсинлар. Зийнатларини кўрсатмасинлар”.

Бу ояти карима тафсирида шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳ ўз “Тафсири Ҳилол”ларида шундай дейдилар: “Ушбу оятда Аллоҳ таоло Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва салламга хитоб қилиб, мўмина аёлларга кийим кийиш ва аврат беркитиш борасида ўзларини қандай тутишлари лозимлигини баён қилиб беришини буюрмоқда. Муслима аёллар ҳам номаҳрамларга шаҳват назари билан қарамасликлари лозимлиги ушбу оятдан тушунилади. Аёлнинг аёлга нисбатан аврати киндигидан тиззасигачадир. Аёл кишининг номаҳрам эркакларга нисбатан аврати юзи ва икки кафтидан бошқа бутун баданидир. Мўмина-муслима аёл шарафини сақлаш учун Аллоҳнинг амрига итоат этиб, авратини номаҳрам эркаклардан беркитмоғи керак. Бунинг учун эса, юзи ва икки кафтидан бошқа бутун танасини тўсиб турадиган кийим киймоғи лозим. Шунингдек, кийим юпқа, баданга ёпишган, тор бўлмаслиги ҳам зарур. Номаҳрам эркакларнинг эътиборини жалб қилмайдиган даражада бўлиши керак. Зийнат деганда чиройли кийимлар, тақинчоқлар ва аёллар ўзларини чиройли кўрсатиш учун ишлатадиган турли воситалар кўзда тутилади. Аёл киши ушбу оятга амал қилиб, зийнатини номаҳрамлардан беркитмоғи лозим, беркитишнинг имкони бўлмай қолганда гуноҳ эмас. бошларига ўраган рўмоллари фақат сочларини эмас, балки томоқлари, кўксилари ва кўкракларини ҳам тўсиб турсин. Токи, уларнинг жамоли бегона кўзларга мўлжал бўлмасин, турли фитналар келтириб чиқармасин” (Иқтибос тугади).

Демак, Қуръони каримнинг бу оятининг маъноси аниқ ва равшан. Унинг далолати бошқа маънога таъвил этишни қабул қилмайди.

Ҳадиси шарифдан далилга келсак, Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Эй Асмо! Агар аёл ҳайз ёшига етса, ундан бу ва мана бугина кўриниши жоиз бўлади”, дедилар ва юз ҳамда икки кафтга ишора қилдилар”. Абу Довуд ривояти. Яна Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Аллоҳ ҳайз кўрувчи – ҳайз ёшига етган (яъни, балоғатга етган) аёлнинг намозини фақат рўмол билангина қабул қилади”, дедилар. Насаийдан бошқа бешовлон ривоят қилишган.

Салаф ва халаф ислом уммати ҳижобнинг фарзлигига ижмоъ қилишган. Ҳижоб масаласи динда заруратан маълум масалалардан ҳисобланади. Яъни унинг фарзлигини инкор қилган кофир бўлади. Ҳижоб – муслималарни бошқа аёллардан ажратиб турувчи аломатгина эмас, балки у диннинг бир бўлаги бўлган мажбурий фарзлардандир.

Мубашшир Аҳмад

Maktab ichki nizomlarida hijobga taqiq qo’yish qonuniymi?

Savol: Maktabga qizim ro’molda borardi. Mana shu 2 yildan beri maktab direktori va zouchlari tamonidan “maktabda ro’molda yurish mumkin emas”, degan gaplar bilan janjal bo’lib keladi. Bir amallab eplab keldik. Lekin bu yildan ahvol ancha murakkablashgan ko’rinadi.

Hozir ta’til bo’lishiga qaramasdan kuni kecha maktabdan direktor telefon qildi. Tezda maktabga yetib kelishimni so’radi. Borsam yana shu masala, ro’mol haqida. Direktorning aytishicha, bu yilgi o’quv davrida ro’mol bilan umuman maktabga kiritishmas ekan. Maktab eshigida hokimiyatdan, SNB xodimlari bilan turib, birma-bir maktabga kiritishar ekan. Ro’molli qizlarni maktabning alohida xonasiga kiritishib, ota-onasini chaqirtirib ro’molini yechishar ekan. Bo’ysunmaganlarga qarshi kerak bo’lsa qonun bilan chora ko’rishar ekan. O’zim qonundan ancha xabarim bo’lsa ham, lekin hali bunaqa qonunni hech ko’rmagan edim. Lekin direktorning aytishicha, bunaqa qonun chiqqanmish. Bo’ysunmaganlarni 3 yilga qamasharmish.

Buni eshitib farzandimni maktabga chiqarishdan qo’rqib turibman.
Sizlardan iltimos, shu qonun bilan bizni tanishtirsangiz va qanday qilib o’z haq-huquqlarimiz uchun kurashishimizni o’rgatsangiz. Oldindan rahmat.

Javob: O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida maktab, litsey, kollej yoki Oliy ta’lim muassaslarida va umuman jamoat joylarda ro’mol o’rab yurish (hijobda bo’lish)ni taqiqlovchi normalar mavjud emas. Agar qizlaringiz tahsil olayotgan maktab direktori ayganidek, hijobda bo’lishni taqiqlovchi qonun qabul qilingan va bo’ysunmaganlarga nisbatan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo’llaniladigan bo’lsa, avvalo O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeks, Jinoyat kodeksi va yana o’nlab boshqa qonun hamda qonunosti aktlariga o’zgartirish kiritish lozim bo’ladi.

To’g’ri, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksiga 184-1-modda qo’shilgan bo’lib, unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining(diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari – eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarichaga miqdorda jarima solishga yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq olishga sabab bo’ladi, deyiladi. Maktab direktorlari ushbu moddani ro’kach qilib qizingizni maktabga kiritmaslikka haqli emasliklari haqida quyida batafsil izoh beramiz.

Birinchidan, O’zbekiston Respublikasi Konstititsiyasining 18-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respunblikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Shuningdek Konstitutsiyaning 31-moddasida vijdon erkinligi, 41-moddasida esa bepul ta’lim olish huquqi kafolatlangan. Konstitutsiyaning yuqorida keltirib o’tilgan moddalariga ko’ra, qizingiz e’tiqodidan qat’i nazar, huquqlardan foydalanishda teng bo’lib, albatta bepul ta’lim olish huquqiga ega.

Ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunining 4-moddasi Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar teng huquqliligi deb nomlanib, unga ko’ra, “ O’zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab ularning huquqlarini har qanday cheklash va ularga bevosita yoki bilvosita imtiyozlar belgilash, dushmanlik va adovat uyg’otish yoxud ularning diniy yoki dahriylik e’tiqodi bilan bo’g’liq his-tuyg’ularini haqoratlash, diniy ziyoratgohlarni oyoqosti qilish qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi”, deyiladi. Ya’ni, fuqarolarni dinga bo’lgan munosabati uchun kamsitish yoki huquqlarini cheklash O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 141-moddasi hamda 156-moddasi 2-qismi talablariga ko’ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Uchinchidan, yuqoridagi qonunning 7-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi ularning dinga bo’lgan munosabatidan qat’i nazar ta’min etiladi. Demak, qizingizni ro’mol o’rab yurishi uni dunyoviy ta’lim olishiga to’sqinlik qilmaydi.

To’rtinchidan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim tog’risida”gi qonuni 4-moddasi Bilim olish huquqi deb nomlanadi. Mazkur moddaga ko’ra, jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansublgi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi kabilardan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.

Beshinchidan, agar maktab direktori shu maktabning ichki tartib-qoidasiga ko’ra qizingiz maktabga ro’molda kelishi mumkin emas degan bahonani qiladigan bo’lsa, unda siz maktab deriktoridan avvalo shu ichki tartib qoidasi bilan sizni shaxsan tanishtirishini hamda qizingizni maktabga ro’molda kelishini nima sababdan rad etayotgani to’g’risida sizga yozma ravishda javob berishini talab qiling. Agar direktor sizga yozma ravishda javob berishga majbur emasligini aytsa, unda siz O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 35-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida“gi qonunining 2-moddasi, 4-qismiga ko’ra belgilangan tartibda berilgan murojaatni rad etish taqiqlanishini tushuntiring. Imkon qadar maktab direktoridan yozma javob olishga harakat qiling. Chunki sizni ishontirib aytamanki, amaldagi qonun hujjatlarimizda maktabga ro’molda kelsa kirgizilmasin degan qoida yuq. Agar maktabning ichki nizomida hijob bilan maktabga kelmaslik qayd etilgan bo’lsa, shuni aytish kerakki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 16-moddasi hamda “Normativ huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi qonuniga ko’ra, har qanday ma’muriy-boshqaruv organlari va tashkilotlarning o’z doirasida qabul qiladigan hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid kelishi mumkin emas. Konstitutsiya va amaldagi qonunlarda diniy e’tiqodiga kora ajratish, ya’ni maktabga ro’molda kelishni taqiqlovchi bironta norma bo’lmay turib, maktab ma’muriyati bunday qoida chiqara olmaydi, chiqarishi mumkin ham emas. Sizga iloji boricha yozma ravishda javob oling deyishimning sababi esa, maktab ma’muriyati qizingizni ro’molda maktabga kelishiga qarshilik qilishda davom etsa, unda siz maktab ma’muriyati ustidan tegishli organlarga shikoyat qilashingiz uchun mana shu yozma javob asos bo’ladi.

Hurmatli Lobarxon, oxirida yana shuni ta’kidlab o’tmoqchimanki, maktab direktori aytgan qonun, ya’ni maktabga ro’molda kelsa 3 yilga ozodlikdan mahrum etiladi(qamaladi) degan qonun mavjud emas. Siz yuqorida keltirilgan qonun hujjatlarini asos qilib maktab direktoridan qizingizning huquqlari buzilmasligini talab qilishingiz kerak. Agar bu talabingizni rad etsalar, unda asosli yozma javob berishlarini talab qiling. Mazkur muammo yuzasidan avvalo, Xalq ta’limi vazirligining tuman bo’limlariga, shahar boshqarmasiga hamda Xalq ta’limi Vazirligiga, shaxsan Xalq ta’limi vaziri nomiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiling. Qaysi organ yoki tashkilotga murojaat qilishingizdan qat’i nazar, arizangizni ikki nusxada olib boring va arizangizni qabul qilib olgan organ yoki tashkilot xodimidan ikkinchi nusxaga qabul qilib oldim deb qabul qilib olgan sanani yozib imzo qo’yib berishini talab qiling. Mana shu ikkinchi nusxa o’zingizda qolsin. Va shuni yodda tutungki, qaysi organ yoki tashkilot bo’lmasin, arizangiz yuzasidan ular sizga o’n kun ichida yozma, asosli javob berishlari shart. Agar ulardan javob kelmasa, siz yuqoridagi organlarga murojaat qilganingiz haqidagi arizalarni ilova qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga murojaat qilishingiz kerak. Bu ikki organga bir paytda murojaat qilsangiz ham bo’ladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, maktab direktorining xatti-harakatlariga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni tegishlicha javobgarlik belgilaydi, shuning uchun siz direktorning noqonuniy xatta-harakati ustidan maktab joylashgan tuman prokuraturasiga shikoyat qilishingiz mumkin. Mazkur shikoyatingizda maktab direktorining xatt-harakatlari Jinoyat kodeksining 141-moddasi (Fuqarolarning teng huquqligini buzish) hamda 144-moddasiga ko’ra jinoyat hisoblanishi va direktorga nisbatan qonuniy chora ko’rishlarini talab qilishingiz kerak. Agar tuman prokuraturasidan ham javob ololmasangiz, prokuratura organlarining bo’ysunuviga ko’ra avval Toshkent shahar prokuraturasiga hamda Respublika prokuraturasiga shikoyat bilan murojaat qilishingiz kerak. Shuningdek, shikoyat bilan maktab joylashgan tuman jinoyat ishlari bo’yicha sudiga ham shikoyat bilan murojaat qila olasiz. Chunki, amaldagi qonun normalari, jumladan, Jinoyat protsesual Kodeksi 321-moddasiga ko’ra sud ham jinoyat sodir etilganligi to’g’risidagi sabab va yetarli asoslar mavjud bo’lgan barcha hollarda jinoyat ishini qo’zg’atishi shart. Ya’ni faqat prokuratura organlari emas, sud ham jinoyat ishini qo’zg’ata oladi.

Aloqador maqolalar:

  1. Maktab uchun ota-onalardan pul yig’ish qonuniymi?© Photo Odnoklassniki.ru Читайте эту статью на русском Xabarlarga ko’ra.
  2. 3-podkast: Maktab uchun ota-onalardan pul yig’ish qonuniymi?O’zbekiston davlat byudjetidan 2015-yil umumta’lim maktablarini ta’mirlash uchun 400 mlrd.
  3. Ichki ishlar organlariga qarindoshlari sudlanganlar ishga olinadimi?Savol: Men 2015-yil IIB ga ishga kirish uchun borib, 2016-yil.
  4. Aliment to’layotganim uchun OVIR olishimga taqiq qo’yiladimi?Savol: Men 2016-yilli yanvar oyida chet elga ketdim. Ketganimdan so’ng.

O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilidan davlat maktablarida forma kiyish majburiy bo‘ladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Foto: Telegram / Huquqiy axborot

Qayd etilishicha, ilgari qaror 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi kerak bo‘lgan. 2022-yil 1-iyungacha hududlar kesimida 2022/2023-o‘quv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.

Foto: Telegram / Huquqiy axborot

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy budjet hamda “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olishda ko‘maklashiladi.

Shuningdek, 2022-yil 10-avgustdan har bir tuman va shaharda maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 15-avgustida yagona maktab formasi bo‘yicha qaror qabul qilgan. Qaror bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandi ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralar, e’tirozlarga sabab bo‘lgan edi. Xususan, hijobni ham taqiqlagan ushbu bandda, jumladan, shunday deyilgan: “O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno”.

  • O‘zbekistondagi maktablarda qizlarning hijobda, o‘g‘il bolalarning soqol qo‘ygan holda kelishiga ruxsat berildimi? XTV aniqlik kiritdi
  • O‘zbekistonda pul evaziga o‘qishga formasiz kelish mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar inkor etildi