Press "Enter" to skip to content

Dog‘larni yo‘qotish uchun

Asalari mahsuloti bo‘lgan propolis teridagi dog‘larni ketqazishda katta yordami tegishi mumkin. Buning uchun propolis bo‘lagini olib dog‘lar ustiga yupqa qilib joylashtiriladi va usti bog‘lanadi. 2 soatdan so‘ng kompressni olib tashlab, yaralar o‘rni moychechakli damlamada (bir payola qaynoq suvga 1 osh qoshiq o‘t solinadi) yuviladi. Muolaja 5 kun davomida kuniga 2 mahal amalga oshiriladi.

Matolardagi turli dog’larni oqartirishning samarali usullari

Kiyimdagi har qanday dog’ni oqartirish vositalari yordamida ketkazsa bo’ladi. Buning uchun libos matosiga dog’ga qarshi gel yoki aralashma bilan ishlov berilib, kir yuvish mashinasiga solinsa kifoya. Ammo buning imkoni bo’lmaganida nima qilinadi? Aytaylik, uyda chiroq yo’q yoki vaqtingiz tig’izligidan kir yuvishga ulgurolmayapsiz. Quyida sizga shoshilganda asqotadigan tavsiyalarni havola etamiz.

Yomg’irdan so’ng sayrga chiqqan farzandingiz, shimining tizzasini kir qilib qaytsa, mana bu retsept yordamida matodagi dog’ni ketkazish mumkin. 1 litr suvga 1 oshqoshiq nashatir spirtini aralashtirasiz. Aralashmani shim tizzasining kir bo’lgan joyiga shimdirib, ustidan cho’tkada ishqalaysiz. So’ng shu qismining o’zinigina suvda chayib olsangiz, kifoya.

Maktab formasidagi ruchka siyohining dog’i kir yuvish kukunlarini “pisand” qilmaydi. Hatto eng so’nggi rusumdagi kir yuvish mashinasi ham bu muammoni mustaqil hal eta olishi qiyin. Xo’sh, nima qilinadi?

Paxta bo’lagiga spirtni tomizib, siyoh ustidan 2-3 soniya bosib turing. So’ngra asta ishqalang. Oddiysi ish bermasa, nashatir spirtidan foydalanib ko’ring.

Kiyimdagi ovqat yog’idan halos bo’lishning bir qancha sinalgan usullari bor. Mana, ularning ayrimlari:

-yangi paydo bo’lgan yog’ dog’ini quruq salfetkaga shimdirib olish mumkin. Buning uchun kiyimning ikki tarafiga quruq salfetka qo’yilib, ustidan dazmol bosiladi. Dog’ yangiligida salfetkaga oson singadi;

-eski dog’ni tozalashda esa spirt eritmasi bilan ishlov berish usulidan foydalanib ko’rish mumkin. Bunda 1 stakan suvga 2 oshqoshiq spirt aralashtiriladi.

Kofta yo ko’ylagingizga lab bo’yog’i yohud tonal krem tegib ketsa, aslo ishqalamang. Pardoz vositasi matoga yanada chuqurroq singib qoladi. Yaxshisi, bunday qiling:

-dog’ ustiga quruq salfetka qo’ying. Orqa tarafidan esa spirt eritmasi bilan artib oling. Pardoz vositasining izi qolmagach, toza suvda chayib olasiz;

-bir martaik urinish ish bermasa, ishlatilmaydigan tish cho’tkasini kir sovuniga botirib, dog’ ustidan yurgizing.

Tirnog’ingizni boyayotib, behosdan ko’ylagingizga lak tegib ketdi, endi nima qilasiz? Ahir bo’yoqning tezda qurib qolishi bor. Maslahatimiz, quyidagi usulni sinab ko’ring:

Dog’ ustiga qog’oz salfetkani qo’yib, orqa tarafidan spirt yoki atseton bilan arting. So’ng lak tekkan matoni ikki-uch soatga iliq suvga bo’ktirib qo’ying.

Turlariga ko’ra farqlangani bois kiyimga to’kilgan meva sharbati bir qancha usullar yordamida tozalanadi. Xususan:

-paxta bo’lagini sirkada namlab, dog’ ustidan yurgizing. So’ng sovuq suvda chayib oling;

-yangi hosil bo’lgan meva sharbati ustidan osh tuzi sepib qo’yiladi. Tuz suyuqlikni o’ziga shimib olgach, issiq suvda kiyim chayib olinsa, kifoya. Dog’dan asar ham qolmaydi.

Bexosdan qo’lingizni kesib olsangiz, birinchi qiladigan ishingiz barmoqdan oqayotgan qonni qanday qilib bo’lsa ham to’xtashishdan iborat bo’ladi, shundaymi? Ammo bunda ko’ylak yengi yoki boshqa biror qismiga qon tegishi mumkin. Yoki bolaning burni qonadi, deylik. Vannaxonaga yetib borguniga qadar ko’ylagining old qismi dog’ bo’ladi. Qon yuqini tozalash uchun nashatir spirtidan foydalanasiz. Dog’ni spirt bilan artib, 15 daqiqaga qoldirasiz. So’ng kir sovunida ishqalab yuvib olinsa, kifoya.

Mazali shirinliklarning yuqi osongina tozalanmasligi mumkin, agar vaqtida chorasi ko’rilmasa. Xo’sh, nima qilamiz?

-yangi hosil bo’lgan shokolad dog’i ustidan mayda osh tuzi sepib qo’yilsa, dog’ matoga singmaydi;

Eski shokolad dog’ini esa 1 stakan suvga sirka yoki nashatir spirtini aralashtirib, libosni tozalash mumkin.

Ayrim antiperspirantlar kiyimda dog’ qoldirmaydi. Biroq hammasi ham emas. Libosdagi ter dog’i sarg’imtir ko’rinishda bo’lsa, albatta uni tozalash kerak. Bunda sizga quyidagi usullar kor qiladi:

– 1 oshqoshiq idish yuvish gelini 3 osh qoshiq perekis vodorodi va 2 oshqoshiq iste’mol sodasi bilan aralashtiring. Tayyoraralashmani ter dog’idan sarg’aygan kiyimga surtib, 15 daqiqaga qoldiring. So’ng iliq suvda chayib olasiz. Shuningdek, sirkaga ozroq iliq suvni aralashtirib, u bilan sarg’aygan matoni oqartirish mumkin.

Dog‘larni yo‘qotish uchun

Ayollar go‘zalligiga rahna soladigan muammolardan biri bu dog‘lardir. Bularni yo‘qotish uning holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Shuni hisobga olgan holda quyidagi kosmetolog Gulnoza Abdullayevaning “Shifo-info” gazetasidagi maqolasini siz bilan baham ko‘rishni istadik. Demak boshladik, dog‘larni yo‘qotishning oddiy choralari.

Shifokor konsultatsiyasi

Muolajalar

Kartoshka

Bir dona kartoshka po‘stidan tozalab yuviladi. Mayda qirg‘ichdan o‘tqazib, ikki qavat dokaga o‘raladi va zararlangan joylarga qo‘yiladi. 1 soatdan keyin u olib tashlanadi. Shu tariqa kuniga uch mahal kopress qo‘yish mumkin. Davolash muddati yetti kun.

Sarimsoqpiyoz

Ikki bo‘lakcha sarimsoqpiyoz po‘stidan tozalab, mayda qilib to‘g‘raladi. Tovada dumba yog‘i eritilib, sarimsoqpiyoz qizartirib qovuriladi. Yog‘ dokadan o‘tqazilib, zararlangan joylarga mayin qilib surtiladi. Muolaja 7 kun davom etadi.

Aloy

Yoshi 5 yildan oshgan aloy olinadi. O‘simlikning qalin barglarini ertalab uzib, qaynoq suvga botirib olinadi. Uni toza, quruq dokaga o‘rab, sovutkichning muzxonasiga 3 sutka qo‘yiladi. Belgilangan vaqt o‘tgach, alloy bargi olinib, eritiladi. Yupqa taqsimchalarga bo‘lib, dog‘lar yuzasiga yopishtirib bog‘lanadi. Kompress 2 soat turadi. Undan keyin kompress olib tashlab, o‘rni salitsil spirit bilan artiladi va ochiq havoda bir oz turiladi.

Propolis

Asalari mahsuloti bo‘lgan propolis teridagi dog‘larni ketqazishda katta yordami tegishi mumkin. Buning uchun propolis bo‘lagini olib dog‘lar ustiga yupqa qilib joylashtiriladi va usti bog‘lanadi. 2 soatdan so‘ng kompressni olib tashlab, yaralar o‘rni moychechakli damlamada (bir payola qaynoq suvga 1 osh qoshiq o‘t solinadi) yuviladi. Muolaja 5 kun davomida kuniga 2 mahal amalga oshiriladi.

Tuxum

Bir dona xom tuxum po‘sti bilan yuvilib, shisha idishga solinadi. Ustiga bir dona limonni maydalab to‘g‘rab, yopib, qorong‘I joyda bir hafta saqlanadi. Muddat o‘tgach, shishadagi tuxum limon ta’sirida maydalanib eriganini ko‘rish mumkin. Bu aralashma quvvatli, darmonbaxsh vosita sifatida kuniga bir mahal nonushtadan yarim soat oldin 1 osh qoshiqda qabul qilinadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Qovoq urug‘i foydalari

Dog‘larni yo‘qotish uchun qo‘shimcha tavsiyalar…

  • Achchiq bodomning yog‘ini yuzga surtilsa, undagi dog‘larni ketqazadi.
  • Indovning urug‘i yoki suvi yuzdagi qora dog‘ va sepkillarni ketqazadi.
  • Oftobda turib yovvoyi piyozni surtilsa, yaralardan qolgan izlarni yo‘qotadi.
  • Kunjutni yanchib, badandagi qora dog‘larga bog‘lansa, ularni ketqazadi.
  • Ilon po‘stini kuydirib, nashatir spirtiga aralashtirib, hosil bo‘lgan malhamni qo‘yish bilan badandagi dog‘larni daf qilish mumkin.
  • Katta qora arini zaytun yog‘ida pishirib surtilsa, yuz va badandagi dog‘lar ketadi.
  • Turp urug‘ini yanchib, asal bilan aralashtirgan holda badan va yuzdagi dog‘larga qo‘yib bog‘lansa, ularni ketqazadi.

Kiyimdagi dog‘larni osonlik bilan yo‘qotamiz

Biz sevib kiyadigan birorta kiyimimizga dog‘ tekkan bo‘lsa, uni ketkazish juda qiyin deb o‘ylaymiz. Ba’zan esa bu kiyimni tashlashga to‘g‘ri kelgan paytlar ham bo‘lgan. Lekin, kiyimni darrov tashlab yubormang, chunki ko‘pchilik dog‘larni kimyoviy tozalashsiz ham yo‘qotsa bo‘ladi. Ularni bemalol uyda tozalash mumkin.

Amaliy maslahatlar

Dog‘larni yo‘qotishga kirishishdan oldin, ularning kelib chiqishini va tarkibini aniqlash kerak. Ba’zan eskirgan dog‘larga faqat murakkab kimyoviy birikmalar ta’sir qilishi mumkin. Bunday hollarda oldin bu birikma kiyimning rangiga va tuzilishiga qanday ta’sir qilishini bilish muhim, buning uchun kiyimning ko‘rinmaydigan joyiga ozroq surib ko‘rish zarur.

Yog‘li dog‘lar

Yog‘ dog‘larini ketkazish uchun suv qo‘shilgan nashatir spirti va yuvish vositasidan foydalanish mumkin, undan so‘ng kiyimni toza oq gazlama ustidan dazmollash kerak.

Kiyimdagi yog‘ dog‘larini yo‘qotish uchun darhol tish poroshogi sepish va uning ustiga oq qog‘ozni og‘irroq narsa bilan bir necha soat davomida bosib turish kerak.

Ichimliklar dog‘i

Choy dog‘i ustiga shakar sepib, bir soatdan keyin odatdagidek yuvish tavsiya qilinadi.

Sharob, qahva, kakao va shokolad dog‘larini bir osh qoshiq nashatir spirtining bir litr qaynoq suvdagi eritmasi yordamida tozalash mumkin.

Pivo dog‘i sovunli suv yordamida oson ketadi.

Meva dog‘lari

Uzum va gilos dog‘lari ustidan qaynoq suv quyilsa oson yo‘qoladi. Meva dog‘larini tozalash uchun uning ustiga tuz sepib, issiq suvda bir necha daqiqa ushlab turiladi va yuvish vositasi yordamida yuviladi.

Shunga o‘xshash dog‘larni ketkazishda uni issiq sut ichida biroz ushlab turiladi va suvda yuvib tashlanadi. Eskirgan dog‘larni limon kislotasi yordamida tozalashga urinib ko‘ring.