Press "Enter" to skip to content

Husnbuzarlarni yo’qotish: davolash usullari, uy sharoitida teri parvarishi

Bundan tashqari vodorod peroksidini quyidagi masalliqlar bilan aralashtirish mumkin:

Yuzni oqartirish — uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar, tavsiyalar

Ideal teriga ega parvarishlangan ayol har qanday yoshda ham go’zal ko’rinadi. Ammo umr yillari, noto’g’ri hayot tarzi, stress, ekologiya yoki yorqin quyosh teriga o’z ta’sirini o’tkazgan bo’lsa nima qilish kerak? Go’zallik salonlariga tashrif buyurish uchun ortiqcha vaqt yoki mablag’ bo’lmasa, yuzni oqartirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish mumkin.

Qarshi ko’rsatmalar

Teri lakmus qog’ozi kabi tananing holatini aks ettiradi. Har qanday to’satdan paydo bo’lgan pigmentatsiya shifokorlarga murojaat qilish uchun arzigulik sababdir. Peshonadagi kichik to’q-jigarrang dog’ jigar bilan bog’liq muammolarni ko’rsatishi mumkin. Yuzda notekis qirrali katta pigmentli dog’lar — jiddiy gormonal nuqsonlar haqida dalolat beradi.

Yuzning tuproq rangda bo’lishi shifokorga OIV, bazedov kasalligi, onkologiya, sepsis mavjudligini ko’rsatishi mumkin. Yashilroq tusda bo’lishi — sirroz, buyrak kasalligi, shishlar haqida so’zlaydi. Teri qoplamining qizarishi — rosatsea, tuberkulyoz, eritrotsitoz, allergiya va boshqa ko’plab kasalliklar alomati bo’lishi mumkin. Esingizda saqlang: dastlabki bosqichda teri saratoni ham pigmentli dog’ kabi ko’rinadi.

Bunday holatlarda yuzni oqartirishga harakat qilib, kerakli natijaga erishib bo’lmaydi. Shunchaki qimmatbaho vaqt yo’qotiladi va kasallik aniqlanishini kechga qoldiriladi, salomatlik esa bu vaqtda yomonlashib boraveradi.

Agar quyidagilar mavjud bo’lsa, yuzni oqartirish usullarini qo’llash tavsiya etilmaydi:

  • Bitmagan yaralar yoki choklar;
  • Yallig’lanish jarayonlari;
  • Melanoma, keratoz va boshqa teri kasalliklari.

Agar yaqinda salon muolajalaridan o’tgan bo’lsangiz yoki teringiz suvsizlangan va juda nozik bo’lsa, pigmentli dog’tindirmalarni oqartirishga shoshilmaslik kerak. Teri sog’lom bo’lsa, yuzni oqartirish, sepkillar rangini ochroq qilish istagi bo’lsa, unda quyidagi sodda tartiblarga amal qilish kifoya.

Uy sharoitida yuzni oqartirish

Qo’shimcha xarajatlarsiz yuzni qanday oqartirish mumkinligini bilmaydiganlar uchun samaradorligi sinovdan o’tgan bir nechta oddiy retseptlar havola etiladi.

  • Kashnich va istalgan sitrus sharbati. Bu pigmentli dog’larni yo’qotish va terini mikroelementlar bilan to’yintirishga yordam beradi. Biroz miqdorda sharbat siqib olinadi, so’ng unda mato namlanib, 20 daqiqa davomida yuzda qoldiriladi;
  • Rezavorlar pyuresi. Ideal variant — qulupnay va bodrezakli (kalina). Smorodinadan foydalanish ham mumkin. Agar teri sezgir bo’lsa, u holda smorodina pyuresini suv bilan aralashtirgan ma’qul. Niqob tayyorlash uchun mevalar ezib, biroz namlangan dokaga yoyiladi, niqob yuzga qo’llaniladi. 15-20 daqiqadan keyin yuz iliq suv bilan yuvib tashlanadi. Ta’sirni kuchaytirish uchun rezavor pyurega oz miqdorda asal qo’shish mumkin;
  • Bodringdan pyure. Ushbu oqartiruvchi va oziqlantiruvchi vositani boshqa mahsulotlar bilan aralashtirish shart emas. Bodring qirg’ichdan chiqariladi va tayyor massa darhol yuzga surtiladi va 25 daqiqaga qoldiriladi. Bunday vosita terini oqartibgina qolmay, balki uni juda yaxshi namlantiradi;
  • Oq gil (loy). Gil kukuni suv bilan aralashtirilib, yuz terisiga ingichka qilib surtiladi. Niqob yuzda qancha uzoq tursa, shunchga yaxshi natijaga erishish mumkin. Gil qurib qolguncha kutiladi, keyin iliq suv bilan yuvib tashlanadi;
  • Xantal. Bu retsept hamma uchun ham mos kelavermaydi. Yuzni oqartirish uchun xantalni qo’llashdan oldin, niqob ta’siri bilak terisida tekshirib ko’rilishi kerak. Xantal kukuni suv bilan qaymoqdek quyuqlikka kelguncha aralashtiriladi. Bilak terisiga surtib ko’riladi, achishish his qilguncha ushlab turiladi. Keyin issiq suv bilan yuvib tashlanadi. Agar niqobdan keyin ta’sirlanish alomatlari bo’lmasa, uni yuzga qo’llash mumkin;
  • Qatiq. Ushbu mahsulot pigmentli dog’lardan xalos bo’lishga yordam beradi. Agar unga kashnich sharbati qo’shilsa, natijalar yanada qoniqarliroq bo’ladi.

Niqoblar yuz oqarmagunicha muntazam ravishda qo’llab turiladi. Bu jarayon vaqt talab etadi. Niqoblar tezda natijaga erishishni yoqtiradiganlar uchun mos kelmaydi.

Soda, vodorod peroksidi (perekis) va limondan tayyorlangan niqoblar yaxshi samara beradi. Faqatgina bitta shart: bu moddalar teri hujayralariga nisbatan juda agressivdir, shuning uchun ularni juda quruq va nozik teriga qo’llash tavsiya etilmaydi.

Vodorod peroksidi

Peroksidli vosita tezda tayyorlanadi. Bir osh qoshiq vodorod peroksidi bir necha tomchi nashatir spirti va xo’jalik sovuni bilan aralashtiriladi. Masalliqlar mustahkam ko’pik paydo bo’lguncha aralashtiriladi. Teri ustiga qalin qatlam qilib surtiladi. Vosita haftasiga uch marta qo’llaniladi, undan ko’p qo’llanilganda teri noziklashib qolishi xavfi mavjud.

Bundan tashqari vodorod peroksidini quyidagi masalliqlar bilan aralashtirish mumkin:

  • Xamirturush. Bir qoshiq quruq xamirturush shuncha miqdordagi perekis bilan aralashtiriladi. So’ng teriga surtiladi va 15 daqiqaga qoldiriladi;
  • Tvorog. 1 ta tuxum sarig’i, 1 qoshiq yog’li tvorog, 2-3 tomchi vodorod peroksidi aralashtiriladi. So’ng 15 daqiqaga teriga surtiladi va iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Quruq yuz terisi sohiblari bu niqobni haftada 1 marotaba, normal va yog’li yuz terisi sohiblari esa haftasiga 2 marotaba qo’llashlari mumkin.

Muhim: perekis sochlarni rangsizlantiradi, shuning uchun niqobni qoshlar atrofiga qo’llashda ehtiyot bo’lish zarur.

Iste’mol sodasi

Har qanday xonadon oshxonasida topiladigan yana bir juda samarali yuzni oqartiruvchi vosita — iste’mol sodasidir.

  • Tabiiy asal va sodali niqob. Bir osh qoshiq asal va qaymoq bir chimdim soda bilan aralashtiriladi va aralashma yuzga surtiladi. Niqob 10 daqiqa ushlab turiladi, so’ng iliq suv bilan yuvib tashlanadi va teri namlantiriladi;
  • Yallig’lanishga qarshi aralashma. 1 choy qoshiq iste’mol sodasi, 2 osh qoshiq kartoshka kraxmali yoki suli uni (suli yormasini ezib tayyorlash mumkin) olib, quyuqroq massa hosil bo’lguncha suv bilan aralashtiriladi. Yaxshiroq ta’sirga ega bo’lish uchun bir necha tomchi choy daraxti moyidan qo’shish tavsiya etiladi. Yuzning muammoli sohalariga surtiladi;
  • Soda va peroksid aralashmasi. Faqatgina muammoli sohalarni oqartirish uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu super samarali niqobni tayyorlash uchun 2 choy qoshiq soda va 1 choy qoshiq peroksid aralashtiriladi. Terida 5-7 daqiqaga qoldirib, so’ng ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlanadi.

Soda skrab sifatida ham ishlatilishi mumkin. Buning uchun shunchaki sodani biroz suv bilan namlantirib, yuzga surtish va yuzning massaj chiziqlari bo’ylab ishqalash kifoya. Yuzni oqartirish va tiniqlashtirish uchun suv o’rniga apelsin sharbati qo’shish mumkin.

Limon sharbati

Ushbu sitrus sharbati nafaqat sepkillarga qarshi ta’sir ko’rsatadi, balki turli xil toshmalar va pigmentli dog’larni yo’qotishda ham yaxshi yordam beradi.

  • Meva sharbati bilan namlangan paxta bolishchalari. Ular bilan yuz artiladi;
  • Limon-olma-glitserinli niqobi. Birinchi marta tayyorlashda bir necha tomchi limon sharbati, yarim qoshiq olma sharbati va bir qoshiq glitserin olinadi. Keyingi muolajalar uchun limon sharbati miqdori yarim qoshiqqa yetkazilishi kerak. Bu terini nordon muhitga o’rganishiga yordam beradi va terining ta’sirlanishini oldini oladi.

Sodali muolajalarni haftada bir martadan ko’p qo’llash mumkin emas. Niqob va skrablar uchun vaqt 10 daqiqadan oshmasligi darkor.

Yuzdagi dog‘larni ketkazish uchun

Agar yuz terisi quruq va dog‘ bosgan bo‘lsa, piyozni mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazib,unga teng miqdorda suyuq asal qo‘shiladi. Aralashma yuz terisiga surtiladi, 15-20 daqiqadan so‘ng avval nam, keyin quruq paxtali bolishcha bilan artiladi.

Shuningdek, yog‘li va normal teri sohibalari piyoz sharbatidan sepkil hamda pigment dog‘larni ketkazuvchi vosita sifatida foydalanishlari mumkin. Buning uchun ertalab va kechqurun yuz terisini piyoz sharbatiga namlangan paxtali bolishcha bilan artib, so‘ng qaymoq surtiladi. 10 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuvib tashlanadi.

Husnbuzarlarni yo’qotish: davolash usullari, uy sharoitida teri parvarishi

Husnbuzar, yoki tibbiy tilda akne — terining noto’g’ri ishlashi natijasida yuzaga keladigan muammo. O’lik hujayralar va yog’lar teri teshikchalari yo’lini to’sib qo’yadi (aynan shu yerda yog’ bezlari joylashgan), ammo bakteriyalar unga kirishi mumkin bo’ladi. Bunday tiqilib qolgan teshikchalarda oziqa moddalari ko’pligi sababli bakteriyalar u yerda faol ko’payib, yallig’lanish, ya’ni ugrini keltirib chiqaradi. Ko’pincha, husnbuzarlar yuz, orqa va ko’krak qafasi terisiga toshadi.

Akne — eng keng tarqalgan teri kasalligidir. U bilan kurashish ba’zan qiyin bo’ladi, ammo buning iloji bor.

Husnbuzar paydo bo’lishi sabablari

Husnbuzar bir necha sabablarga ko’ra toshishi mumkin. Va, afsuski, bu faqat gigiena muammolari bilan bog’liq emas. Hammasi ancha chuqurroq.

Gormonlar

Avvalo, akne gormonlar bilan bog’liq muammolar natijasidir [manba] . Aynan gormonlar terini shu qadar ko’p yog’ ishlab chiqarishga majbur qilib, teshikchalar ularni tashqari ajratishga ulgura olmay, tiqilib qolishiga sabab bo’ladi.

Odatda, bularning barchasi o’smirlik davrida yuzaga keladi va maksimum 30 yoshgacha davom etadi, lekin doim ham emas. Ba’zida gormonal fon (ular genetik jihatdan belgilangan bo’ladi), ba’zida esa kasalliklar bunga xalaqit beradi.

Bundan qanday xulosa qilish mumkin? Agar o’smirlik davrida kuzatiladigan gormonlar darajasi «o’ynash» vaqti nihoyasiga yetgan bo’lsa-yu, lekin husnbuzarlar muammosi bezovta qilishdan to’xtamasa, ehtimol ular butun hayotingiz davomida siz bilan birga bo’ladi va bu bilan yashashni o’rganishga to’g’ri kelishi mumkin.

Noto’g’ri pardoz

Yog’ asosida tayyorlangan har bir vosita ugri toshishi xavfini oshiradi. Juda agressiv tozalash vositalari ham zararlidir. Shu sababli, yengil suv asosli vositalardan foydalaning va toshmalarga qo’l bilan tegmang.

Ovqatlanish

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ovqatlanish tartibi husnbuzar chiqishiga hech qanday aloqasi yo’q. Ammo har yerda bo’lganidek bunda ham qoidada istisnolar mavjud. Ba’zi kishilar akne bartaraf bo’lishi uchun shirinlik yoki sutli mahsulotlaridan voz kechishlari kifoya [manba] . Shu sababli siz ham sinab ko’rishingiz mumkin.

Stress

Stress gormonal tizim bilan bevosita bog’liq bo’lganligi sababli doimiy tashvish va tushkunlik terining holatini yomonlashtirishi mumkin. Shu bois asabiy kunning ertasiga yuzda husnbuzarlar aniqlansa, bu salbiy bo’lsa-da normal holat hisoblanadi.

Husnbuzar turlari

Akne — butunlay g’ayrioddiy narsa, hech bo’lmaganda ularning ko’plab turlari mavjudligi va bir odamda bir nechta turi rivojlanishi mumkinligi tufayli.

Aknening ba’zi turlari aslida oddiy bakterial infektsiya hisoblanadi, ba’zilari yashin tezligida yuzaga kelib, to’qimalar nekrozini chaqiradi va tizimli kasalliklar bilan bog’liq bo’ladi. Ammo biz hozircha oddiy husnbuzarlar haqida gaplashamiz.

Ochiq komedonlar

Qora nuqta deb ataladigan narsalar. Bu nuqtalar gugurt uchining o’lchamidan kattaroq va deyarli bir santimetr chuqurlikda bo’lishi mumkin. Qora nuqta ortida juda ko’p miqdorda teri yog’i yashiringan bo’ladi.

Ularning qora rangdaligi havo bilan aloqa qilib, oksidlanishi tufaylidir, aslo ko’pchilik o’ylaganidek kir to’lib qolishi sababli emas. Ba’zan ular qora emas, to’q-sariq rangda qolishi mumkin.

Yopiq komedonlar

Tuzilishi jihatidan ochiq turi kabi. Ammo uning sirti nozik teri qatlami bilan qoplanganligi sababli yog’lar oksidlanmaydi va oqligicha qoladi.

Papulalar

Oq dog’lari bo’lmagan kichik qizil toshmalar. Ba’zan ular og’riq chaqiradi. Ular teri ostidagi akne deb ham ataladi.

Pustulalar

Ular oddiy ugri kabi ko’rinadi: qizil yallig’langan soha, markazida dastlab suyuq bo’lib, so’ngra qattiqlashadigan modda mavjud bo’ladi (tavsiya: suyuqlikka tegmagan yaxshi). Ushbu modda tarkibi yiringdir.

Nodullar

Qattiq nodullar terining tubida yashiringan bo’lib, uning sathidan ko’tarilib turadi. Ular juda og’riqli bolib, qichishishi mumkin va kishiga noqulayli yetkazadi [manba] .

Kistalar

Bu husnbuzarlarning eng jiddiy turi. Teri ostida ko’p miqdorda nodullar mavjud bo’lib, ularga oddiy qo’l ostidagi vositalar yordamida yetib bo’lmaydi. Bunday kistalar chandiq hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin [manba] .

Bolalar aknesi

Davolash yoki tegmaslik kerak bo’lgan husnbuzarlar mavjud: ular chaqaloqlarda uchraydi va hech qanday aralashuvni talab qilmaydi. Bu shunchaki chaqaloqning qonida ona gormonlarining mavjudligiga reaktsiyadir. Bu reaktsiya vaqt o’tishi bilan o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketadi. Va ota-onalar qanchalik kamroq e’tibor qaratishsa, shunchalik tezroq.

1-jadval. Husnbuzarlar tasnifi (paydo bo’lishi sabablari va turiga ko’ra)

Sababi Xavf guruhi Turlari Davolash usullari
O’smirlik husnbuzarlari 13 yoshdan 18-20 yoshgacha bo’lgan o’smirlarning 60 foizi. Qizlar o’g’il bolalarga qaraganda ko’proq duch kelishadi Aknening barcha turlari va barcha bosiqchlari 1-2 darajalar mahalliy vositalar yordamida (malhamlar, niqoblar), 3-4 darajalari tizimli davolanish yordamida (antibiotiklar va gormonal vositalar)
Kattalar aknesi Menstrual siklning ikkinchi yarmida fertil bo’lgan ayollar Papula, pustula, ba’zan esa nodulyar-kistoz akne Gormonal fon normaga kelgach o’zlari o’tib ketadi
Urogenital tizim kasalliklariga chalingan, endokrin o’zgarishlar aniqlanganlar shaxslar, odatda erkaklar Nodulyar-kistoz sharsimon husnbuzar Birlamchi kasallikni tizimli davolash
Vazn olish uchun steroidlar qabul qiluvchi shaxslar Nodulyar-kistoz turi (steroidlar qabul qilish bilan birga boshlanadi) Steroidlar qabuli bekor qilingach o’z-o’zidan o’tib ketadi
Ekzogen husnbuzarlar Aknegen mahsulotlar (kimyoviy vositalar, kosmetik vositalar) bilan uzoq vaqt aloqada bo’ladigan shaxslar Aloqa davomiyligi va terining ta’sirchanligiga bog’liq Ta’sirlantiruvchi modda bilan aloqani bekor qilish va mahalliy simptomatik davolash choralarini qo’llash

2-jadval. O’smirlik davrida teri turiga ko’ra husnbuzar chiqishi intensivligi va joylari.

Teri turi Xususiyatlari Akne toshish joylari
Quruq Teri juda nozik. Teshikchalar ko’zga tashlanmaydi. Quruqlashish, shamolda yorilishga moyil bo’ladi Ugri chiqish holatlari kamdan-kam holatlarda kuzatiladi, hatto gormonal o’zgarishlar cho’qqiga yetgan davrda ham. Peshona, iyakda bir-ikkita toshma kuzatilishi mumkin
Normal O’rtacha nozik bo’lgan teri. Sog’lom va namlangan ko’rinishga ega Peshona, iyakda aniqlanadi, toshmalar soni ko’p emas
Kombinativ Teri T-zona deb ataladigan sohada ko’p miqdorda yog’ ishlab chiqarishga moyil. Yog’ ko’pligi sababli yuz yaltirashi mumkin, teshikchalar ko’zga tashlanadi T-zona — peshona, burun, iyak. Yonoqlarda bir-ikkita toshma aniqlanishi mumkin
Yog’li Teri yog’ ajratishi yuqori darajada. Teshikchalar kengaygan va ularni qurollanmagan ko’z bilan ham ko’rish mumkin. Husnbuzar joyida dog’lar qolishi xavfi yuqori Yuzning barcha qismlari, kuraklar, dekolte zonasiga ham chiqishi mumkin

Teri parvarishi

Shunday qilib, qanday akne turi toshgan bo’lmasin, terini baribir parvarishlash lozim. Yodda tutingki, husnbuzarlarni davolash va terini parvarishlash bitta narsa emas.

  1. Tozalash vositalari. Kuniga ikki marta namlangan yuzni va akne bilan zararlangan boshqa sohalarni tozalovchi vositalar bilan ehtiyotkorona massaj qiling, so’ng sohani yaxshilab yuvib tashlang.
  2. Hech qachon umumiy sochiq bilan artinmang. Bir marta ishlatiladigan salfetkalardan foydalanish afzal, ayniqsa yuz uchun. Yoki kichik ro’molchalar sotib olin, issiq suvda yuvib tashlang va dazmollang — bu bir martalik ishlatiladigan salfetkalar o’rnini bosadi.
  3. Skrablar. Faqat aknening yengil darajalarida va haftada bir martadan ko’p bo’lmagan holda foydalaning. Kichik zarrachali turini tanlang va tozalash yakunida ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlang.
  4. Dorivor vositalar. Terini tozalab, so’ng dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan ta’sirlangan joylarga qo’llab chiqing.
  5. Dush uchun gellar va sovun — kuniga bir marta yumshoq shimgich yordamida qo’llang. Agar tez-tez yuvinadigan bo’lsangiz, faqat suvning o’zidan foydalaning.

Husnbuzarlarni davolash

Agar nafaqat paydo bo’lgan husnbuzarni yo’qotish, balki umuman akne paydo bo’lishini kamaytiradigan jiddiy davolanish haqida gapiradigan bo’lsak, unda yuz uchun niqoblardan ko’ra kuchliroq vositalar kerak bo’ladi.

Buning uchun quyidagilarga murojaat qilish mumkin:

  1. Antibiotiklar. Bunda ular ham mahalliy (ya’ni teriga qo’llaniladi), ham tabletka shaklida bo’lishi mumkin [manba] .
  2. Retinoidlar. Ular tashqi tomondan qo’llaniladigan moddalardir.
  3. Oral kontratseptivlar. Faqat ayollarga buyuriladi va bu vositalar terining holatini jiddiy ravishda yaxshilashi mumkin, chunki ular gormonal fonni butunlay o’zgartiradi.
  4. Kislotalar (masalan salitsil yoki azelain) va benzoil peroksid [manba] .
  5. Izotretinoin. Ayniqsa og’ir holatlarda buyuriladi, chunki u jiddiy nojo’ya ta’sirga ega: yorug’likka sezgirlikdan tortib tomoq qurishi, ko’ngil aynishi va bosh og’rig’igacha [manba] . Ushbu preparatni qo’llashda ayollarga homilador bo’lish qarshi ko’rsatiladi (bu homilaga ta’sir qiladi). Ammo uning ta’siri juda yaxshi va sezilarli. Albatta, bunday vositalarni shifokorlar buyuradi.

Ugrilarga qarshi uy sharoitida kurashish

Husnbuzarlarni ketkazish uchun yordam beradigan tabiiy vositalar:

  1. Choy daraxti yog’i.
  2. Qoramol tog’aylari.
  3. Rux.
  4. Pivo achitqilari.

Ushbu moddalar turli xil kosmetik vositalarga qo’shiladi, husnbuzarlardan halos bo’lish uchun bunday tarkibiy qismlar saqlovchi vositalarni tanlash maqsadga muvofiqdir.

Batamom husnbuzarlardan qutulish uchun uy sharoitida davolanish usullari yoki mo’jizaviy xalqona vositalar yo’q. Noto’g’ri vositalar ta’siri tufayli terini kuydirib qo’yish mumkin. Bunday holatda aknedan ko’ra jiddiyroq muammolar yuzaga keladi.

Aslida, ko’pchilik niqoblar u yoki bu tarzda yordam berishi mumkin (yoki yo’q), shuning uchun uy sharoitida davolanish omadni sinab ko’rishdir: nima yordam beradi, qachon va qanday qilib, aniq emas.

Yuzni tozalash

Aslida buni qilmaslik yaxshi, dermatolog yoki kosmetologga murojaat qilish ancha xavfsizroqdir. Ammo ko’pincha terining teshiklari shu qadar tez-tez tiqilib qoladiki, shifokorga ishga borgandan ko’ra ko’proq borishga to’g’ri kelishi mumkin. Bunday holatda terining ostidan barcha keraksiz narsalarni olib tashlashga yordam beradigan maxsus asboblar to’plamlari mavjud.

Aslida, bu o’sha-o’sha husnbuzarni «siqib tashlash» usuli, yagona farqi — asboblar teriga kamroq zarar yetkazadi, infektsiya rivojlanishi va iz qolish xavfi kamayadi.

Kosmetik ekstraktorlar va shipchiklardan ham foydalanish qoidalari mavjud:

  • Barcha muolajalar toza terida o’tkazilishi va yonda xlorgeksidin kabi yengil antiseptiklar tayyor turishi kerak;
  • Bitta husnbuzarni ochgach — erinmaslik va asbobni yuvish yoki hech bo’lmaganda antiseptik bilan namlangan paxta yordamida artib olish kerak. Faqat YouTube`dagi shubhali videolarda hammasi ketma-ket bajariladi;
  • «Og’ir artilleriya»ni shunchaki sovun va niqob kabi yengil mahsulotlar yordam bermagan hollarda qo’llash yaxshi.
  • Qizil rangda bo’lgan barcha sohalar yallig’lanishdir. Yallig’langan joylarga tegib bo’lmaydi.

Husnbuzarlar dog’ini yo’qotish

Aknening ko’pgina turlari o’zlari izlar va notekisliklar qoldiradi. Biroq agar oddiy husnbuzar noto’g’ri siqilsa ham chandiq yoki hech bo’lmaganda pigmentli dog’ ishlab olish mumkin.

Akne dog’larini ketkazish muolajalari ko’p sonli emas. Ularning barchasi u yoki bu darajada shikastlovchi ta’sirga ega va har doim ham samarali bo’lmaydi.

  1. Kimyoviy piling. Bunda kislota bilan och rangli dog’larni sezilmas qilishga harakat qilinadi.
  2. Lazerli tekislash. Lazerlarning bir nechta turlari mavjud (ta’sir darajasi va xavfliligi har xil), ammo ularning hech biri mukammal natija bermaydi [manba] .
  3. Plomba va filler. Ba’zida chandiqlar terining qarishi va akne izlari chuqurlashgani sababli yanada yaqqolroq ko’zga tashlandigan bo’lib qoladi. Fillerlardan foydalanish (ajinlarga qarshi qo’llanilgani kabi) izlarning ko’rinishini silliq qilishga yordam beradi [manba] .

Oldini olish

Husnbuzar paydo bo’lishini oldini olish haqida gapirganda uning yengil bosqichlari nazarda tutiladi. Furunkul (chipqon), nodulyar-kistoz yoki tezkor paydo bo’luvchi aknega qarshi mustaqil kurashishga harakat qilmang — bu nafaqat terida jiddiy muammolar yuzaga kelishi, balki og’ir holatlarda sepsisga sabab bo’lishi mumkin.

Mutaxassislar yengil darajadagi aknega qarshi profilaktika o’tkazishda quyidagilarni tavsiya etishadi:

  • Yog’ bezlari faolligi oshgan davrda ovqatlanish tartibini qayta ko’rib chiqish, ya’ni yog’li va oddiy uglevodlarga boy bo’lgan shirin mahsulotlar iste’molini cheklash;
  • Qo’l va yuz gigienasiga ko’proq e’tibor qaratish. Bu akneni to’liq yo’q bo’lishiga sabab bo’lmasa-da, tashqi omillar tufayli uning tarqalib ketmasligiga yordam beradi.
  • Muntazam ravishda antiseptik niqob va malhamlardan foydalanish. Ular teri teshikchalarini bakteriyalar kirishidan himoyalaydi.

Qanday kiyimda sariq dog’lardan qutulish mumkin?

Har bir inson teridan kiyimda ko’ringan jingalak sariq joylarni yaxshi biladi. Ko’pincha bu qo’ltiq ostidagi joy, ba’zan orqa tomon. Engil kiyimlarda bunday joylar ayniqsa sezilarli. Bunday joylardan ba’zan deodorantlar, ayniqsa, agar ular sifatsiz bo’lsa, saqlamaydilar. Agar sizning kiyimingizda bunday sariq joylar bo’lsa, keling, ularni qanday qilib qutqarasiz?

Qanday kiyimlardan sariq rangli idishni olib tashlash mumkin?

Issiq kundan keyin uyingizga kirib, kiyimingizni cho’zishga harakat qiling: terdan olingan yangi parraklar yaxshi yuviladi. Agar oq liboslarni yuvsangiz: ko’ylak , bluza, kiyim-kechak , buyumni ajoyib oqartiruvchi yorqin quyoshda quriting. Lekin kiyimdan eski sariq dog’larni qanday olish mumkin?

Buning bir necha yo’li bor. Masalan, ushbu vositadan foydalanishingiz mumkin: idish yuvadigan suyuqlik – 1 choy qoshiq, vodorod periks – 4 osh qoshiq, pishirish sodali suv – 2 osh qoshiq. Ushbu ingredientlardan aralashtirma va bo’yoqqa qo’llang. Keyin dog ‘yaxshilab silkitib, taxminan bir soat yoki ikki soat ketish kerak. Endi bu narsa chayqatiladi va odatdagidek yuviladi.

Sariq dog’lar bilan oq narsa oldin taxminan 100 g ammiak qo’shib, detarjen bilan suvda namlangan bo’lishi kerak. Bu narsa 5-6 soat davomida bunday yechimda yotganidan so’ng, u mashinada yoyilishi kerak. Yuvish uchun harorat 60 ° S bo’lishi kerak. Bu usul nafaqat sariq rangdagi joylarni yo’qotish, balki oq kiyimdan ham kulrang bo’lmaganda ham samarali bo’ladi. Bu usulda kiyimlarga sariq rangli patlarni olib tashlashdan oldin, bu narsa issiq suv bilan yuvilishi mumkinligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Siz uni ko’ylak yoki kiyimning yorlig’i ustiga qo’yishingiz mumkin.

Agar siz uyda kiyimlarga sarg’aygan sochlar bilan ish tuta olmasangiz, siz uni quruq tozalagichga joylashtirolmaysiz, ular tezda unga to’g’ri ko’rinish beradi.